Комментарии к Библии МакДональда на Узбекском языке.
O'qing
Uilyam Makdonald - mashhur ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi, ularning ba’zilari allaqachon o’zbek tiliga tarjima qilingan. U 1947-1965-yillarda "Emmaus" Muqaddas Kitob maktabida dars bergan, 1959-yildan esa shu maktabning rahbari bo‘lgan.
Makdonaldning Muqaddas Kitobga yozgan sharhlari
Uilyam Makdonaldning fikrlari haqida
Uilyam (Bill) Makdonald 1917-yil 7-yanvarda Massachusets shtatining Leominster shahrida tug‘ilgan.
30 yoshida Uilyam Makdonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi. Mana shu va’daning ijrosi - qirq yildan ortiq vaqt davomida Muqaddas Kitobni chuqur o‘rganish, ko‘p yillik o‘qituvchilik faoliyati va Rabbga izchil xizmat qilishning samarasi. Muallif uchun shunchaki ma’lumot yoki nazariy bilimlarni yetkazish emas, balki Rabbimiz Iso Masihning ulug‘vorligini va U amalga oshirgan ishlarni ko‘rsatish, Muqaddas Kitobdagi o‘zaro bog‘liqliklarni tushuntirish, shu tariqa talqinni pand-nasihat bilan birlashtirish muhimdir.
O‘qish oson bo‘lgan bu sharhlar o‘quvchini Xudoning Kalomini muntazam va uzluksiz o‘rganishga hamda Muqaddas Kitob boyliklaridan zavqlanishga undaydi.
Shuning uchun barcha maqolalar amaliyot bilan chambarchas bog‘liq, ularni o‘qish e’tiqodda dalda beradi. Makdonald Muqaddas Kitobning murakkab joylarini chetlab o‘tmaydi, balki ularni batafsil tushuntiradi, muhim mavzularni alohida yoritadi.
Uilyam Makdonald - mashhur ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi, ularning ba’zilari allaqachon rus tiliga tarjima qilingan. U 1947-1965-yillarda "Emmaus" Muqaddas Kitob maktabida dars bergan, 1959-yildan esa shu maktabning rahbari bo‘lgan. 1973-1996-yillarda u cherkov ichki Muqaddas Kitob maktabi xodimlari jamoasiga a’zo bo‘lgan. 1996-yildan so‘ng Uilyam Makdonald vafotiga qadar, ya’ni 2007-yil 25-dekabrgacha Muqaddas Kitob xizmatida bo‘ldi.
”Masihiylar uchun Muqaddas Kitob sharhlari" kitobining maqsadi - oddiy masihiyga Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashda yordam berishdir. Ammo shuni yodda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi. Bunday nashrlar qila oladigan eng yaxshi narsa - umumiy tushunchalarni tushunarli tarzda tushuntirish va o‘quvchini keyingi o‘rganish uchun Muqaddas Kitobga yo‘naltirishdir.
Sharhlar oddiy, ommabop tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyotshunoslik tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi. Ko‘p masihiylar Eski va Yangi Ahdning asl tillarini bilishmaydi, ammo bu ularni Kalomning amaliy foydasidan uzoqlashtirmaydi. Ishonchim komilki, Muqaddas Yozuvlarni muntazam o‘rganish orqali har bir masihiy ”benuqson ishlovchi, haqiqat so‘zini to‘g‘ri tushuntiruvchi" bo‘lishi mumkin (2 Timo‘tiy 2:15).
Sharhlar qisqaligi, aniqligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Biror parchani tushunishda yordam olish uchun o‘quvchiga uzun tushuntirish sahifalarini o‘qib chiqishning hojati yo‘q. Zamonaviy hayot sur’ati haqiqatni ma’lumotnoma ko‘rinishida bayon etishni talab qiladi. Sharhlar Muqaddas Kitobning tushunish qiyin bo‘lgan joylarini chetlab o‘tmaydi. Ko‘p hollarda muqobil tushuntirishlar keltiriladi, bu esa o‘quvchiga ulardan qaysi biri matn mazmuniga va umuman Muqaddas Kitobga ko‘proq mos kelishini o‘zi hal qilish imkonini beradi.
Faqat Muqaddas Kitobni bilishning o‘zi yetarli emas. Kalomni hayotda amalda qo‘llash zarur. Shu sababli, sharhlar Muqaddas Kitobni Xudo insonining hayotida qanday qo‘llash mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi. Agar bu kitobdan Muqaddas Kitobdan ajralgan holda foydalanilsa, u yordamchidan ko‘ra ko‘proq tuzoqqa aylanadi; agar u o‘quvchini Muqaddas Yozuvlarni shaxsan o‘rganishga va Xudoning amrlariga itoat etishga undasa, demak u o‘z maqsadiga erishgan bo‘ladi.
Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga ajoyib intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.
* - sharhlarga so‘zboshi yozgan paytida, u butun umri davomida 84 dan ortiq kitob yozgan.