MakDonaldning Injil kitobiga o'zbek tilidagi sharhlari
Bu kitobning mazmundorligi jihatidan dunyoda tengi yo‘q. A. T.
Robertson
Kirish
I. KANONDAGI ALOHIDA O‘RIN
Yuhannoning so‘zlariga ko‘ra, uning kitobi aynan imonsilar uchun -
"ishonishingiz uchun" yozilgan (20:31).
Bir kuni cherkov havoriylarning chaqirig‘iga amal qildi: o‘n
to‘qqizinchi asrda Yuhanno Injilining millionlab cho‘ntak nusxalari
tarqatildi.
Shuningdek, Yuhanno Injili ko‘plab yetuk va g‘ayratli masihiylar
uchun Muqaddas Kitobning eng sevimli kitoblaridan biri, balki eng
sevimlisidir.
Yuhanno nafaqat Rabbimiz hayotidagi ba’zi voqealarni sanab o‘tadi;
uning kitobida biz Masih bilan yoshligidan Galiliyada, to Osiyodagi
keksalik yillarigacha birga bo‘lgan havoriyning ko‘plab mulohazalarini
topamiz. Uning Injilida Martin Lyuter "Xushxabarning mohiyati" deb
atagan mashhur oyatni o‘qiymiz - Yuhanno 3:16.
Agar Yuhanno Injili Yangi Ahddagi yagona kitob bo‘lganida ham, unda
har bir xohlovchi uchun qolgan umri davomida o‘rganish va mulohaza
qilishga yetarli material topilgan bo‘lar edi.
II. MUALLIFLIK
To‘rtinchi Injilning muallifi masalasi so‘nggi 150 yil ichida juda
keng va faol muhokama qilindi. Bunday yuqori qiziqishning sababi,
shubhasiz, Injil yozuvchisining Iso Masihning Ilohiyligi haqida guvohlik
berishidagi ishonchdir. Bu Injil voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan
odamning qalamidan emas, balki tasvirlangan hodisalardan ellik yoki yuz
yil keyin yashagan noma’lum, ammo iste’dodli ilohiyotshunos asari
ekanligini isbotlashga urinishlar bo‘ldi. Binobarin, u Iso aslida kim
bo‘lgani, nima aytgani va nima qilganini emas, balki Masih haqidagi
cherkovning keyingi ta’limotini aks ettiradi, degan fikrlar
bildirildi.
Injil muallifining ismi aniq ko‘rsatilmagan, ammo bu o‘n ikki
tanlanganlardan biri bo‘lgan havoriy Yuhanno ekanligi haqida ko‘plab
ishonchli dalillar mavjud.
Kliment Aleksandriyskiy yozishicha, Yuhannoni Efesda topgan yaqin
do‘stlari unga mavjud sinoptik Injillarga qo‘shimcha ravishda o‘z
Injilini yozishni taklif qilganlar. Shunday qilib, havoriy Muqaddas
Ruhning ilhomi bilan o‘zining ruhiy Injilini yaratdi. Bu boshqa Injillar
ma’naviy emas, degani emas. Shunchaki Yuhanno Masihning so‘zlariga va u
ko‘rsatgan mo‘jizaviy alomatlarnining chuqur ma’nosiga alohida e’tibor
bergani uchun biz ushbu Injilni "ruhiy" deb atash huquqiga egamiz.
Tashqi dalillar
Ko‘rib chiqilayotgan Injilning muallifi Yuhanno ekanligi haqidagi
birinchi yozma dalillar Antioxiyalik Feofil (taxminan milodiy 170-yil)
asarlarida topilgan. Biroq, Ignatiy, Yustin Shahid, Tatian, Muratori
kanoni va bid’atchilar Vasilidiy va Valentinda to‘rtinchi Injilga
boshqa, oldingi, bilvosita eslatmalar va havolalar mavjud.
Iriney Iso Masihning o‘zidan Yuhannogacha, Yuhannodan Polikarpgacha
va Polikarpdan Irineygacha bo‘lgan shogirdlar zanjirini yakunlaydi. Shu
tariqa xristianlik paydo bo‘lgan vaqtdan to ikkinchi asrning oxirigacha
bo‘lgan davr qamrab olinadi. Iriney ko‘pincha bu Injildan iqtiboslar
keltiradi, uni Yuhannoning asari deb hisoblaydi va cherkov tomonidan tan
olingan deb qabul qiladi. Bu Injil Irineydan boshlab, jumladan Kliment
Aleksandriyskiy va Tertullian tomonidan ham e’tirof etilgan.
O‘n to‘qqizinchi asrning boshlarigacha Yuhannoning muallifligi shubha
tug‘dirmadi. Bundan istisno, bu haqiqatni rad etgan kam ma’lum bo‘lgan
aloglar sektasi edi.
Yigirma birinchi bobning eng oxiri birinchi asr oxirida Efes jamoasi
oqsoqollari tomonidan imonlilarni Yuhanno Xushxabarini qabul qilishga
undash uchun qo‘shilgan, degan taxmin mavjud. 24-oyat bizni yana 20-oyat
va 13-bobda tilga olingan "Iso sevgan shogird"ga qaytaradi. Bu
ko‘rsatmalar doimo havoriy Yuhannoga tegishli deb qabul qilingan.
Liberallar esa to‘rtinchi Injil ikkinchi asr oxirida yozilgan, deb
da’vo qilganlar. Ammo 1920-yilda Misrda Yuhanno Xushxabarining o‘n
sakkizinchi bobidan bir parcha topildi (Papirus 52, obyektiv usullar
yordamida ikkinchi asrning birinchi yarmiga, taxminan milodiy 125-yilga
to‘g‘ri keladi). Uning viloyat shaharchasidan topilganligi (masalan,
Iskandariyadan emas) an’anaviy tan olingan yozilish sanasi - birinchi
asr oxiri to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi, chunki Efes qo‘lyozmalarining
janubiy Misr chegaralarigacha tarqalishi uchun ma’lum vaqt kerak
bo‘lgan. Yuhanno Xushxabarining beshinchi bobidagi shunga o‘xshash
parcha, Papirus Egerton 2 ham ikkinchi asrning boshlariga tegishli
bo‘lib, bu Xushxabar havoriy Yuhanno hayotligida yozilgan, degan
taxminni yanada mustahkamlaydi.
Ichki dalillar
O‘n to‘qqizinchi asrning oxirida mashhur anglikan ilohiyotshunos
olimi, yepiskop Vestkott Yuhannoning muallifligini juda ishonchli tarzda
isbotlagan. Uning mulohazalari ketma-ketligi quyidagicha: 1) muallif,
shubhasiz, yahudiy - yozish uslubi, so‘z boyligi, yahudiy urf-odatlari
va madaniy xususiyatlarini bilishi, shuningdek, Injildagi Eski Ahd
zamirida yotgan g‘oyalar - bularning barchasi ushbu taxminni
tasdiqlaydi; 2) bu Falastinda yashovchi yahudiy (1:28; 2:1, 11; 4:46;
11:18, 54; 21:1-2). U Quddus va ibodatxonani yaxshi biladi (5:2; 9:7;
18:1; 19:13, 17:20, 41; yana qarang: 2:14-16; 8:20; 10:22); 3) u o‘zi
hikoya qilayotgan voqealarning guvohi: matnda harakat joyi, shaxslar,
vaqt va urf-odatlar haqida ko‘plab mayda tafsilotlar uchraydi (4:46;
5:14; 6:59; 12:21; 13:1; 14:5, 8; 18:6; 19:31); 4) bu havoriylardan
biri: u shogirdlar davrasidagi ichki hayot va Rabbimizning hayoti
haqidagi bilimlarni namoyon etadi (6:19, 60-61; 12:16; 13:22, 28;
16:19); 5) muallif boshqa shogirdlarni nomma-nom tilga olgani holda,
hech qachon o‘zini tilga olmagani uchun, bu bizga 13:23; 19:26; 20:2;
21:7, 20 dagi ismsiz shogird havoriy Yuhanno, deb taxmin qilish imkonini
beradi. Injil muallifi tasvirlangan voqealarning guvohi ekanligini
tasdiqlovchi yana uchta muhim joy: 1:14; 19:35 va 21:24.
III. YOZILISH VAQTI
Iriney ishonch bilan ta’kidlashicha, Yuhanno o‘z Injilini Efesda
yozgan. Agar u haq bo‘lsa, eng qadimgi sana milodiy 69 yoki 70-yillarga,
ya’ni Yuhannoning Efesga kelish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Yuhanno hech
qayerda Quddusning vayron bo‘lgani haqida gapirmagani uchun, bu hali
sodir bo‘lmagan deb taxmin qilish mumkin. Bu fakt Injil o‘sha dahshatli
voqeadan oldin yozilgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
Bir qator o‘ta liberal kayfiyatdagi olimlar, Muqaddas Kitob bo‘yicha
mutaxassislar, O‘lik dengizdan topilgan o‘ramlar bilan qandaydir
bog‘liqlikni kuzatib, Yuhanno Injili milodiy 45-66 yillarda yozilgan,
degan taxminni ilgari surdilar.
Bu o‘z-o‘zidan g‘ayrioddiy hodisa, chunki odatda liberallar kechroq
sanalarni talab qilishadi, konservatorlar esa erta sanalar haqidagi
taxminlarni himoya qilishadi.
Bu holatda ilk cherkov an’anasi keyingi yozilish sanasi tomonida
turadi.
Birinchi asrning oxiri haqidagi dalillar yetarlicha asosli. Aksariyat
olimlar Iriney, Kliment Aleksandriyskiy va Iyeronimning Yuhanno Injili
to‘rtlikning oxirgisi bo‘lib, qisman sinoptiklarga tayanadi, degan
fikriga qo‘shiladilar.
Ushbu Injilda Quddusning vayron bo‘lishi haqida hech narsa
aytilmaganligi, ehtimol, kitob o‘n besh-yigirma yil o‘tgach, birinchi
zarba allaqachon o‘tib ketganida yozilganligi bilan izohlanadi.
Irineyning yozishicha, Yuhanno 98-yilda taxtga o‘tirgan imperator Trayan
davrigacha yashagan, demak, Injil undan biroz oldin yozilgan bo‘lishi
mumkin. Injilda "yahudiylar" haqida uchraydigan eslatmalar ham
yahudiylar tomonidan xristianlikka qarshilik quvg‘inga aylangan keyingi
sanani ko‘rsatadi.
Shunday qilib, yozuvning aniq sanasini aniqlashning iloji yo‘q, ammo
eng ehtimoliy davr milodiy 85-yildan 95-yilgacha bo‘lgan.
IV. YOZISH MAQSADI VA MAVZU
Butun Yuhanno Xushxabari yetti mo‘jiza yoki Iso odamlarning ko‘z
o‘ngida amalga oshirgan alomatlar atrofida qurilgan.
Bu alomatlarning har biri Isoning Xudo ekanidan dalolat berardi. (1)
Kanadagi to‘y ziyofatida suvni sharob
ga aylantirish (2:9). (2) Amaldorning o‘g‘lini sog‘aytirish
(4:46-54). (3) Betesda hovuzi yonidagi bemorni sog‘aytirish (5:2-9). (4)
Besh ming kishini to‘ydirish (6:1-14). (5) Isoning shogirdlarini
bo‘rondan qutqarish uchun Jalila dengizida yurishi (6:16-21). (6) Tug‘ma
ko‘rni davolash (9:1-7). (7) Lazarni tiriltirish (11:1-44). Xaloyiq ko‘z
o‘ngida amalga oshirilgan bu yetti mo‘jizaga qo‘shimcha ravishda yana
bir, sakkizinchi mo‘jiza borki, Masih tirilganidan so‘ng shogirdlari
huzurida uni amalga oshirgan - baliq ovlash (21:1-14).
Charlz R. Erdman shunday yozgan: "To‘rtinchi Injil boshqa hech qanday
kitobga qaraganda ko‘proq odamlarni Masihga ergashishga undagan, ko‘proq
imonlilarni solih xizmatga ilhomlantirgan va tadqiqotchilar oldiga
ko‘proq murakkab vazifalarni qo‘ygan."
Aynan Yuhanno Injili orqali Masihning yer yuzidagi xizmatining
xronologiyasi tiklanadi. Boshqa uchta Injilga ko‘ra, bu xizmat faqat bir
yil davom etgandek tuyulishi mumkin. Ammo Yuhannoning har yilgi umumxalq
bayramlarini tilga olishi taxminan uch yillik davrni ko‘rsatadi.
Quyidagi o‘rinlarga e’tibor bering: yahudiylarning birinchi Fisih
bayrami (2:12−13); "yahudiylarning bayrami" (5:1) - bu Fisih yoki Purim
bo‘lishi mumkin; ikkinchi (yoki uchinchi) Fisih bayrami (6:4); Chayla
bayrami (7:2); Ibodatxonani yangilash bayrami (10:22) va oxirgi Fisih
bayrami (12:1).
Yuhanno vaqt ko‘rsatkichlarida ham juda aniq. Boshqa uch xushxabarchi
taxminiy vaqt ko‘rsatkichlari bilan kifoyalansa, Yuhanno yettinchi soat
(4:52); uchinchi kun (2:1); ikki kun (11:6); olti kun (12:1) kabi
tafsilotlarni qayd etadi.
Bu Injilning uslubi va lug‘at tarkibi o‘ziga xos bo‘lib, uni faqat
Yuhannoning maktublari uslubi bilan taqqoslash mumkin.
Undagi jumlalar qisqa va sodda. Muallif yunon tilida yozsa-da,
yahudiycha fikrlashi aniq. Ko‘pincha, jumlalar ulardagi fikr qanchalik
muhim bo‘lsa, shunchalik qisqa bo‘ladi. Lug‘at tarkibi qolgan Injillarga
nisbatan cheklangan, ammo ma’nosi chuqurroq. Quyidagi muhim so‘zlarga va
ularning matnda qanchalik ko‘p uchrashiga e’tibor bering: Ota (118),
ishonmoq (100), dunyo (78), sevmoq (45), guvohlik bermoq (47), hayot
(37), nur (24).
Yuhanno Injilining o‘ziga xos xususiyati shundaki, muallif ko‘pincha
yetti raqami va yettiga karrali raqamlardan foydalanadi. Butun Muqaddas
Kitob bo‘ylab mukammallik va to‘liqlik g‘oyasi har doim bu raqam bilan
bog‘liq (Ibtido 2:1-3 ga qarang). Ushbu Injilda Xudoning Ruhi Iso Masih
timsolida Xudoning vahiysini mukammal va to‘liq qilgan, shuning uchun
yetti raqami bilan bog‘liq misollar va turli tasvirlar bu yerda tez-tez
uchraydi.
Shuningdek, Yuhanno Injilining yettita "Men borman" iboralari ma’lum:
(1) "hayot noni" (6:35, 41:48, 51); "dunyoning nuri" (8:12; 9:5);
"eshik" (10:7, 9); "yaxshi cho‘pon" (10:11, 14); "tirilish va hayot"
(11:25); "yo‘l, haqiqat va hayot" (14:6) va "Tok" (15:1, 5). Kamroq
ma’lum bo‘lgan boshqa "Men borman" yoki "bu Menman" iboralari ham bor,
ularga ta’rif berilmaydi: 4:26; 6:20; 8:24, 28:58; 13:19; 18:5, 8;
oxirgi oyatda ikki marta.
Hayot noni haqida so‘z yuritilgan oltinchi bobda "non" va "nonlar"
deb tarjima qilinadigan yunoncha so‘z yigirma bir marta uchraydi - bu
yettiga karrali son. Xuddi shu bobda "osmondan tushgan non" iborasi
"osmondan tushgan" iborasi kabi aynan yetti marta uchraydi.
Shunday qilib, Yuhanno bu Injilni o‘qiganlarning barchasi "Iso
Xudoning O‘g‘li Masih ekanligiga ishonishlari va Uning nomi bilan
hayotga ega bo‘lishlari" uchun yozgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin
(20:31).
Reja
I. Muqaddima: Xudoning O‘g‘lining birinchi kelishi (1:1−18)
II. Xudoning O‘g‘li xizmatining birinchi yili (1:19 - 4:51)
III. Xudoning O‘g‘li xizmatining ikkinchi yili (5-bob)
IV. Xudoning O‘g‘li xizmatining uchinchi yili: Jalila (6-bob)
V. Xudoning O‘g‘li xizmatining uchinchi yili: Quddus (7:1 -
10:39)
VI. Xudoning O‘g‘li xizmatining uchinchi yili: Pereya (10:40 -
11:57)
VII. Xudoning O‘g‘lining O‘z tanlanganlariga xizmati
(12−17-boblar)
VIII. Xudoning O‘g‘lining azob-uqubatlari va o‘limi
(18-19-boblar)
IX. Xudoning O‘g‘lining g‘alabasi (20-bob)
X. Xotima: Tirilgan Xudoning O‘g‘li O‘z tanlanganlari bilan
(21-bob)
Yuhanno Muqaddas xushxabar: Kirish
MakDonaldning Injil kitobiga o'zbek tilidagi sharhlari
Bu kitobning mazmundorligi jihatidan dunyoda tengi yo‘q. A. T. Robertson
Kirish
I. KANONDAGI ALOHIDA O‘RIN
Yuhannoning so‘zlariga ko‘ra, uning kitobi aynan imonsilar uchun - "ishonishingiz uchun" yozilgan (20:31).
Bir kuni cherkov havoriylarning chaqirig‘iga amal qildi: o‘n to‘qqizinchi asrda Yuhanno Injilining millionlab cho‘ntak nusxalari tarqatildi.
Shuningdek, Yuhanno Injili ko‘plab yetuk va g‘ayratli masihiylar uchun Muqaddas Kitobning eng sevimli kitoblaridan biri, balki eng sevimlisidir.
Yuhanno nafaqat Rabbimiz hayotidagi ba’zi voqealarni sanab o‘tadi; uning kitobida biz Masih bilan yoshligidan Galiliyada, to Osiyodagi keksalik yillarigacha birga bo‘lgan havoriyning ko‘plab mulohazalarini topamiz. Uning Injilida Martin Lyuter "Xushxabarning mohiyati" deb atagan mashhur oyatni o‘qiymiz - Yuhanno 3:16.
Agar Yuhanno Injili Yangi Ahddagi yagona kitob bo‘lganida ham, unda har bir xohlovchi uchun qolgan umri davomida o‘rganish va mulohaza qilishga yetarli material topilgan bo‘lar edi.
II. MUALLIFLIK
To‘rtinchi Injilning muallifi masalasi so‘nggi 150 yil ichida juda keng va faol muhokama qilindi. Bunday yuqori qiziqishning sababi, shubhasiz, Injil yozuvchisining Iso Masihning Ilohiyligi haqida guvohlik berishidagi ishonchdir. Bu Injil voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan odamning qalamidan emas, balki tasvirlangan hodisalardan ellik yoki yuz yil keyin yashagan noma’lum, ammo iste’dodli ilohiyotshunos asari ekanligini isbotlashga urinishlar bo‘ldi. Binobarin, u Iso aslida kim bo‘lgani, nima aytgani va nima qilganini emas, balki Masih haqidagi cherkovning keyingi ta’limotini aks ettiradi, degan fikrlar bildirildi.
Injil muallifining ismi aniq ko‘rsatilmagan, ammo bu o‘n ikki tanlanganlardan biri bo‘lgan havoriy Yuhanno ekanligi haqida ko‘plab ishonchli dalillar mavjud.
Kliment Aleksandriyskiy yozishicha, Yuhannoni Efesda topgan yaqin do‘stlari unga mavjud sinoptik Injillarga qo‘shimcha ravishda o‘z Injilini yozishni taklif qilganlar. Shunday qilib, havoriy Muqaddas Ruhning ilhomi bilan o‘zining ruhiy Injilini yaratdi. Bu boshqa Injillar ma’naviy emas, degani emas. Shunchaki Yuhanno Masihning so‘zlariga va u ko‘rsatgan mo‘jizaviy alomatlarnining chuqur ma’nosiga alohida e’tibor bergani uchun biz ushbu Injilni "ruhiy" deb atash huquqiga egamiz.
Tashqi dalillar
Ko‘rib chiqilayotgan Injilning muallifi Yuhanno ekanligi haqidagi birinchi yozma dalillar Antioxiyalik Feofil (taxminan milodiy 170-yil) asarlarida topilgan. Biroq, Ignatiy, Yustin Shahid, Tatian, Muratori kanoni va bid’atchilar Vasilidiy va Valentinda to‘rtinchi Injilga boshqa, oldingi, bilvosita eslatmalar va havolalar mavjud.
Iriney Iso Masihning o‘zidan Yuhannogacha, Yuhannodan Polikarpgacha va Polikarpdan Irineygacha bo‘lgan shogirdlar zanjirini yakunlaydi. Shu tariqa xristianlik paydo bo‘lgan vaqtdan to ikkinchi asrning oxirigacha bo‘lgan davr qamrab olinadi. Iriney ko‘pincha bu Injildan iqtiboslar keltiradi, uni Yuhannoning asari deb hisoblaydi va cherkov tomonidan tan olingan deb qabul qiladi. Bu Injil Irineydan boshlab, jumladan Kliment Aleksandriyskiy va Tertullian tomonidan ham e’tirof etilgan.
O‘n to‘qqizinchi asrning boshlarigacha Yuhannoning muallifligi shubha tug‘dirmadi. Bundan istisno, bu haqiqatni rad etgan kam ma’lum bo‘lgan aloglar sektasi edi.
Yigirma birinchi bobning eng oxiri birinchi asr oxirida Efes jamoasi oqsoqollari tomonidan imonlilarni Yuhanno Xushxabarini qabul qilishga undash uchun qo‘shilgan, degan taxmin mavjud. 24-oyat bizni yana 20-oyat va 13-bobda tilga olingan "Iso sevgan shogird"ga qaytaradi. Bu ko‘rsatmalar doimo havoriy Yuhannoga tegishli deb qabul qilingan.
Liberallar esa to‘rtinchi Injil ikkinchi asr oxirida yozilgan, deb da’vo qilganlar. Ammo 1920-yilda Misrda Yuhanno Xushxabarining o‘n sakkizinchi bobidan bir parcha topildi (Papirus 52, obyektiv usullar yordamida ikkinchi asrning birinchi yarmiga, taxminan milodiy 125-yilga to‘g‘ri keladi). Uning viloyat shaharchasidan topilganligi (masalan, Iskandariyadan emas) an’anaviy tan olingan yozilish sanasi - birinchi asr oxiri to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi, chunki Efes qo‘lyozmalarining janubiy Misr chegaralarigacha tarqalishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘lgan. Yuhanno Xushxabarining beshinchi bobidagi shunga o‘xshash parcha, Papirus Egerton 2 ham ikkinchi asrning boshlariga tegishli bo‘lib, bu Xushxabar havoriy Yuhanno hayotligida yozilgan, degan taxminni yanada mustahkamlaydi.
Ichki dalillar
O‘n to‘qqizinchi asrning oxirida mashhur anglikan ilohiyotshunos olimi, yepiskop Vestkott Yuhannoning muallifligini juda ishonchli tarzda isbotlagan. Uning mulohazalari ketma-ketligi quyidagicha: 1) muallif, shubhasiz, yahudiy - yozish uslubi, so‘z boyligi, yahudiy urf-odatlari va madaniy xususiyatlarini bilishi, shuningdek, Injildagi Eski Ahd zamirida yotgan g‘oyalar - bularning barchasi ushbu taxminni tasdiqlaydi; 2) bu Falastinda yashovchi yahudiy (1:28; 2:1, 11; 4:46; 11:18, 54; 21:1-2). U Quddus va ibodatxonani yaxshi biladi (5:2; 9:7; 18:1; 19:13, 17:20, 41; yana qarang: 2:14-16; 8:20; 10:22); 3) u o‘zi hikoya qilayotgan voqealarning guvohi: matnda harakat joyi, shaxslar, vaqt va urf-odatlar haqida ko‘plab mayda tafsilotlar uchraydi (4:46; 5:14; 6:59; 12:21; 13:1; 14:5, 8; 18:6; 19:31); 4) bu havoriylardan biri: u shogirdlar davrasidagi ichki hayot va Rabbimizning hayoti haqidagi bilimlarni namoyon etadi (6:19, 60-61; 12:16; 13:22, 28; 16:19); 5) muallif boshqa shogirdlarni nomma-nom tilga olgani holda, hech qachon o‘zini tilga olmagani uchun, bu bizga 13:23; 19:26; 20:2; 21:7, 20 dagi ismsiz shogird havoriy Yuhanno, deb taxmin qilish imkonini beradi. Injil muallifi tasvirlangan voqealarning guvohi ekanligini tasdiqlovchi yana uchta muhim joy: 1:14; 19:35 va 21:24.
III. YOZILISH VAQTI
Iriney ishonch bilan ta’kidlashicha, Yuhanno o‘z Injilini Efesda yozgan. Agar u haq bo‘lsa, eng qadimgi sana milodiy 69 yoki 70-yillarga, ya’ni Yuhannoning Efesga kelish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Yuhanno hech qayerda Quddusning vayron bo‘lgani haqida gapirmagani uchun, bu hali sodir bo‘lmagan deb taxmin qilish mumkin. Bu fakt Injil o‘sha dahshatli voqeadan oldin yozilgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
Bir qator o‘ta liberal kayfiyatdagi olimlar, Muqaddas Kitob bo‘yicha mutaxassislar, O‘lik dengizdan topilgan o‘ramlar bilan qandaydir bog‘liqlikni kuzatib, Yuhanno Injili milodiy 45-66 yillarda yozilgan, degan taxminni ilgari surdilar.
Bu o‘z-o‘zidan g‘ayrioddiy hodisa, chunki odatda liberallar kechroq sanalarni talab qilishadi, konservatorlar esa erta sanalar haqidagi taxminlarni himoya qilishadi.
Bu holatda ilk cherkov an’anasi keyingi yozilish sanasi tomonida turadi.
Birinchi asrning oxiri haqidagi dalillar yetarlicha asosli. Aksariyat olimlar Iriney, Kliment Aleksandriyskiy va Iyeronimning Yuhanno Injili to‘rtlikning oxirgisi bo‘lib, qisman sinoptiklarga tayanadi, degan fikriga qo‘shiladilar.
Ushbu Injilda Quddusning vayron bo‘lishi haqida hech narsa aytilmaganligi, ehtimol, kitob o‘n besh-yigirma yil o‘tgach, birinchi zarba allaqachon o‘tib ketganida yozilganligi bilan izohlanadi. Irineyning yozishicha, Yuhanno 98-yilda taxtga o‘tirgan imperator Trayan davrigacha yashagan, demak, Injil undan biroz oldin yozilgan bo‘lishi mumkin. Injilda "yahudiylar" haqida uchraydigan eslatmalar ham yahudiylar tomonidan xristianlikka qarshilik quvg‘inga aylangan keyingi sanani ko‘rsatadi.
Shunday qilib, yozuvning aniq sanasini aniqlashning iloji yo‘q, ammo eng ehtimoliy davr milodiy 85-yildan 95-yilgacha bo‘lgan.
IV. YOZISH MAQSADI VA MAVZU
Butun Yuhanno Xushxabari yetti mo‘jiza yoki Iso odamlarning ko‘z o‘ngida amalga oshirgan alomatlar atrofida qurilgan.
Bu alomatlarning har biri Isoning Xudo ekanidan dalolat berardi. (1) Kanadagi to‘y ziyofatida suvni sharob
ga aylantirish (2:9). (2) Amaldorning o‘g‘lini sog‘aytirish (4:46-54). (3) Betesda hovuzi yonidagi bemorni sog‘aytirish (5:2-9). (4) Besh ming kishini to‘ydirish (6:1-14). (5) Isoning shogirdlarini bo‘rondan qutqarish uchun Jalila dengizida yurishi (6:16-21). (6) Tug‘ma ko‘rni davolash (9:1-7). (7) Lazarni tiriltirish (11:1-44). Xaloyiq ko‘z o‘ngida amalga oshirilgan bu yetti mo‘jizaga qo‘shimcha ravishda yana bir, sakkizinchi mo‘jiza borki, Masih tirilganidan so‘ng shogirdlari huzurida uni amalga oshirgan - baliq ovlash (21:1-14).
Charlz R. Erdman shunday yozgan: "To‘rtinchi Injil boshqa hech qanday kitobga qaraganda ko‘proq odamlarni Masihga ergashishga undagan, ko‘proq imonlilarni solih xizmatga ilhomlantirgan va tadqiqotchilar oldiga ko‘proq murakkab vazifalarni qo‘ygan."
Aynan Yuhanno Injili orqali Masihning yer yuzidagi xizmatining xronologiyasi tiklanadi. Boshqa uchta Injilga ko‘ra, bu xizmat faqat bir yil davom etgandek tuyulishi mumkin. Ammo Yuhannoning har yilgi umumxalq bayramlarini tilga olishi taxminan uch yillik davrni ko‘rsatadi. Quyidagi o‘rinlarga e’tibor bering: yahudiylarning birinchi Fisih bayrami (2:12−13); "yahudiylarning bayrami" (5:1) - bu Fisih yoki Purim bo‘lishi mumkin; ikkinchi (yoki uchinchi) Fisih bayrami (6:4); Chayla bayrami (7:2); Ibodatxonani yangilash bayrami (10:22) va oxirgi Fisih bayrami (12:1).
Yuhanno vaqt ko‘rsatkichlarida ham juda aniq. Boshqa uch xushxabarchi taxminiy vaqt ko‘rsatkichlari bilan kifoyalansa, Yuhanno yettinchi soat (4:52); uchinchi kun (2:1); ikki kun (11:6); olti kun (12:1) kabi tafsilotlarni qayd etadi.
Bu Injilning uslubi va lug‘at tarkibi o‘ziga xos bo‘lib, uni faqat Yuhannoning maktublari uslubi bilan taqqoslash mumkin.
Undagi jumlalar qisqa va sodda. Muallif yunon tilida yozsa-da, yahudiycha fikrlashi aniq. Ko‘pincha, jumlalar ulardagi fikr qanchalik muhim bo‘lsa, shunchalik qisqa bo‘ladi. Lug‘at tarkibi qolgan Injillarga nisbatan cheklangan, ammo ma’nosi chuqurroq. Quyidagi muhim so‘zlarga va ularning matnda qanchalik ko‘p uchrashiga e’tibor bering: Ota (118), ishonmoq (100), dunyo (78), sevmoq (45), guvohlik bermoq (47), hayot (37), nur (24).
Yuhanno Injilining o‘ziga xos xususiyati shundaki, muallif ko‘pincha yetti raqami va yettiga karrali raqamlardan foydalanadi. Butun Muqaddas Kitob bo‘ylab mukammallik va to‘liqlik g‘oyasi har doim bu raqam bilan bog‘liq (Ibtido 2:1-3 ga qarang). Ushbu Injilda Xudoning Ruhi Iso Masih timsolida Xudoning vahiysini mukammal va to‘liq qilgan, shuning uchun yetti raqami bilan bog‘liq misollar va turli tasvirlar bu yerda tez-tez uchraydi.
Shuningdek, Yuhanno Injilining yettita "Men borman" iboralari ma’lum: (1) "hayot noni" (6:35, 41:48, 51); "dunyoning nuri" (8:12; 9:5); "eshik" (10:7, 9); "yaxshi cho‘pon" (10:11, 14); "tirilish va hayot" (11:25); "yo‘l, haqiqat va hayot" (14:6) va "Tok" (15:1, 5). Kamroq ma’lum bo‘lgan boshqa "Men borman" yoki "bu Menman" iboralari ham bor, ularga ta’rif berilmaydi: 4:26; 6:20; 8:24, 28:58; 13:19; 18:5, 8; oxirgi oyatda ikki marta.
Hayot noni haqida so‘z yuritilgan oltinchi bobda "non" va "nonlar" deb tarjima qilinadigan yunoncha so‘z yigirma bir marta uchraydi - bu yettiga karrali son. Xuddi shu bobda "osmondan tushgan non" iborasi "osmondan tushgan" iborasi kabi aynan yetti marta uchraydi.
Shunday qilib, Yuhanno bu Injilni o‘qiganlarning barchasi "Iso Xudoning O‘g‘li Masih ekanligiga ishonishlari va Uning nomi bilan hayotga ega bo‘lishlari" uchun yozgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin (20:31).
Reja
I. Muqaddima: Xudoning O‘g‘lining birinchi kelishi (1:1−18)
II. Xudoning O‘g‘li xizmatining birinchi yili (1:19 - 4:51)
III. Xudoning O‘g‘li xizmatining ikkinchi yili (5-bob)
IV. Xudoning O‘g‘li xizmatining uchinchi yili: Jalila (6-bob)
V. Xudoning O‘g‘li xizmatining uchinchi yili: Quddus (7:1 - 10:39)
VI. Xudoning O‘g‘li xizmatining uchinchi yili: Pereya (10:40 - 11:57)
VII. Xudoning O‘g‘lining O‘z tanlanganlariga xizmati (12−17-boblar)
VIII. Xudoning O‘g‘lining azob-uqubatlari va o‘limi (18-19-boblar)
IX. Xudoning O‘g‘lining g‘alabasi (20-bob)
X. Xotima: Tirilgan Xudoning O‘g‘li O‘z tanlanganlari bilan (21-bob)