Muqaddas Kitob hikoyalari. (Oilaviy o‘qish uchun) O‘zbek tilida.
MUNDARIJA
Ota-onalarga tilak. ESKI AHD - Birinchi qism Birinchi odamlar tarixi. 1. Dunyoning yaratilishi 2. Odam Atoning gunoh qilishi 3. Qobil bilan Hobil 4. To‘fon 5. Bobil minorasi Ibrohim payg‘ambarning hikoyasi. 6. Va’da qilingan yer 7. Ibrohim va Lut. 8. Va’da qilingan o‘g‘il. 9. Ibrohimning xudoga bo‘lgan sevgisini sinalishi. Yoqub payg‘ambarning hikoyasi 10. Yoqub bilan Esov 11. Yoqubning ko‘rgan tushi 12. Yoqub musofir yurtda 13. Aka-ukaning uchrashishi Yusuf payg‘ambarning hikoyasi 14. Yusufning ko‘rgan tushlari 15. Yusuf qullikda 16. Misrda 17. Yusuf akalari bilan uchrashadi Muso payg‘ambarning hikoyasi 18. Qamish savat (Muso) 19. Yonayotgan buta 20. Qizil dengizdan o‘tish 21. Manna va qoyadan chiqqan suv 22. Sinay tog‘ida 23. Oltin buqa (Horun va Muso) 24. Ayg‘oqchilar (Yoshua va Xolib) 25. Qoyadan chiqqan suv 26. Bronzadan yasalgan ilon Yoshua payg‘ambarning hikoyasi 27. Rahoba va ayg‘oqchilar (Yoshua) 28. Iordan daryosini kechib o‘tish 29. Yerixoning qulashi 30. Quyosh va oy to‘xtab qoldi (Yoshua) Shomuil payg‘ambarning hikoyasi 31. Yosh shomuil 32. Isroil shoh talab qiladi Dovud payg‘ambarning hikoyasi 33. Cho‘pon yigit 34. Imon g‘alaba qiladi 35. Dovud va Shoul 36. G‘orda 37. Sion tog‘idagi sandiq Sulaymon payg‘ambarning hikoyasi 38. Sulaymon donolikni tanlaydi 39. Xudoga atab ma’bad qurish 40. Shava malikasi (Sulaymon) Yunus payg‘ambarning hikoyasi 41. Yunus xudodan qochib ketadi 42. Naynavo aholisi tavba qiladi Doniyor payg‘ambarning hikoyasi 43. Asirlik (Doniyor) 44. Doniyor va uning do‘stlari 45. Olovli chuqurlik 46. Belshazar ziyofat beradi 47. Doniyor shoh Doro saroyida 48. Doniyor sherlar uyasida 49. Vatanga qaytish (Doniyor) YANGI AHD - Ikkinchi qism Hikoyalari Iso Masih. 50. Jabroil farishta Maryamga zohir bo‘ladi. 51. Oxurdagi chaqaloq 52. Daladagi cho‘ponlar 53. Sharqdan kelgan munajjimlar 54. Isoning oilasi. 55. Isoning suvga cho‘mdirilishi. 56. Isoning sahroda vasvasaga solinishi. 57. Isoning dastlabki shogirdlari. 58. Ka’na qishlog‘ida sodir bo‘lgan mo‘’jiza. 59. Isoning ma’badni birinchi daf’a tozalashi. 60. Tungi tashrif. 61. Quduq yonidagi uchrashuv. 62. Mo‘l-ko‘l o‘lja. 63. Iso moxov odamni tuzatadi. 64. Iso sholni sog‘aytiradi. 65. Shifo topgan ayol. 66. Iso beva ayolning o‘g‘lini tiriltiradi. 67. Iso yairning qizini tiriltiradi. 68. Iso bo‘ronni tinchlantiradi. 69. Iso besh mingta odamni to‘ydiradi. 70. Isoning suv ustida yurishi. 71. Rahmdil samariyalik haqida matal. 72. Iso baytaniya qishlog‘ida. 73. Adashgan qo‘y haqida matal. 74. Darbadar o‘g‘il haqida matal. 75. Iso bolalarni duo qiladi. 76. Iso lazarni tiriltiradi. 77. Iso ko‘r odamning ko‘zini ochadi. 78. Isoning zakkay bilan uchrashuvi. 79. Isoning quddusga tantanali kirishi. 80. Beva ayolning xayr-ehsoni. 81. Isoga sunbul moyi quygan ayol. 82. Iso so‘nggi fisih bayramini nishonlaydi. 83. Getsemaniya bog‘ida. 84. Xoinlik va isoning hibsga olinishi. 85. Butrusning isodan tonishi. 86. Iso hokim pilat huzurida. 87. Isoni xochga mixlash. 88. Isoning qayta tirilishi. 89. Butrus va Yuhanno qabr oldida. 90. Iso emmaus yo‘lida shogirdlariga ko‘rinadi. 91. Iso bilan to‘ma. 92. Isoning osmonga ko‘tarilishi. 93. Muqaddas ruhning tushishi. 94. Stefanni toshbo‘ron qilish. 95. Shoulning imonga kelishi. 96. Imon bilan suvga cho‘mish. 97. Tavitaning tirilishi. 98. Butrus qamoqda. 99. Pavlus va Silas. 100. Pavlusning Rimga safari. 101. Iso masihning Yuhannoga yuborgan vahiysi. Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism.
Injil - Hikoyalari Iso Masih. Qadrli ota-onalar!![]()
1. Hikoya. Dunyoning yaratilishiIbtido kitobi, 1-2-boblarAzalda faqat Xudo bor edi, boshqa hech narsa yo‘q edi. Butun borliqni quyuq
zulmat qoplagan edi. Xudo buni o‘zgartirishni istab yer bilan osmonni yaratdi. 2. Hikoya. Odam Atoning gunoh qilishiBirinchi odamlar tarixi: Ibtido kitobi, 3-bob Xudo yeru-osmonni yaratganida, U farishtalarni ham yaratgan edi. Ular samoda, Xudoning huzurida yashashar va Unga xizmat qilishar edi. Bir kuni ulardan biri Xudoga qarshi bosh ko‘tardi, chunki u Yaratuvchi kabi qudratli bo‘lishni istab qolgan edi. Bu isyonda ko‘plab farishtalar qatnashishdi. Shunda Xudo ularni jannatdan quvib, jahannam atalmish qoron-g‘ulikka uloqtirdi. Ushbu gunohkor farishta iblis yoki shayton nomini oldi va isyonga qo‘shilgan boshqa farishtalarga bosh bo‘lib oldi. Agar Odam Ato va Momo Havo gunoh qilishsa, unda o‘lim ularga hukmron bo‘lishi va do‘zahga tushishini shayton yaxshi bilardi. U odamlardan nafratlanardi va ularni Xudo bilan muloqot qilish in’omidan mahrum qilishni istardi. Shunda unga bir fikr keldi: “Men ularni Xudo taqiqlagan yaxshi va yomonni bilish daraxti mevasidan yeyishga undab ko‘raman”. Shayton ilon qiyofasiga kirib, Adan bog‘iga yashirincha kirib oldi... Bir kuni Momo Havo bog‘da yolg‘iz sayr qilib yurganida yaxshi va yomonni bilish daraxti oldidan chiqib qoldi. Daraxt oldida turarkan, kimningdir ovozini eshitdi: - Momo Havo! Ayol qo‘rqib ketdi: “Kim bu menga gapirayotgan?” Birdan u oldida turgan ilonni ko‘rib qoldi. - Xudo rostdan ham bog‘dagi birorta ham daraxt mevasidan yemang- lar, deb aytdimi? – so‘radi u. - Yo‘q, Xudo unday demagan, - javob berdi Momo Havo. – Biz bog‘dagi hamma daraxtlarning mevalarini yeya olamiz. Faqat mana bu daraxtning mevasidan yeyishimiz taqiqlangan, undan yesak o‘lamiz. - O‘lmaysizlar, - dedi ilon. – Xudo bu daraxtga tegmasligingiz uchungina shunday degan. Chunki undan yeganingizda xozirgidan ko‘ra ko‘proq narsa bilib olishingiz Unga ma’lum. Sizlar Xudo kabi bo‘lasizlar va nima yaxshi-yu, nima yomonligini bilib qolasizlar. Shundan so‘ng ilon ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Momo Havo mevalarni ko‘zdan kechirishda davom etdi. U hayoliga kelgan fikrdan hayajonlanib ketdi; shunaqa oddiy yo‘l bilan ular Xudo kabi bo‘lib qolishlari mumkin ekan. U qo‘rquv ichra mevaga qo‘l cho‘zdi. Hech narsa sodir bo‘lmaganini ko‘rgach, mevalardan birini uzib oldi va undan bir tishlam yeb ko‘rdi. Xuddi shu lahzada Odam Ato kelib qoldi. - Odam Ato, mevadan sen ham yeb ko‘r, - dedi Momo Havo. – Men taqiqlangan mevadan yeb ko‘rgan edim, ko‘rib turganingdek tirikman, o‘lib qolganim yo‘q! Odam Ato ham ko‘p kuttirmasdan mevadan yeb ko‘rdi. Ulardan birontasi ham o‘lib qolishgani yo‘q. Ayni damda hech narsa sodir bo‘lmagan bo‘lsa-da, o‘sha zahotiyoq nimadir o‘zgarganini ikkalasi ham sezishdi. Insonning yuragiga gunoh va yovuzlik, dunyoga esa o‘lim kirib kelgan edi. Gunoh – Xudoga itoatsizlik, Uning amrlarini buzish demakdir. O‘lim – gunoh uchun berilgan jazodir. Shunday qilib, odamlarning to‘la-to‘kis baxti darz ketdi. Iblis o‘z niyatiga yetdi. Birdan, Odam Ato bilan Momo Havo o‘zlarining kiyimsiz ekanliklarini sezib qolishdi va bir-biridan uyalib ketishdi. Daraxlarning yirik barglarini uzib, ulardan o‘zlariga kiyim tikishdi. Ular o‘zlariga o‘zlari qanday yordam berishni biladiganday tuyulardi. Lekin nimadir ularga tinchlik bermasdi. Xudo yaratgan bu dastlabki odamlarni, o‘zlariga ilgari yot bo‘lgan aybdorlik hissi qamrab olgan edi. Kech tushganda Xudo boqqa keldi. Odam Ato bilan Momo Havo, Uning ovozini eshitib daraxtlar orasiga berkinib olishdi. Ilgari ular Xudo bilan do‘st bo‘lishgan bo‘lsa-da, endi Undan qo‘rqib ketishgandi. Gunoh odamzot bilan Xudo o‘rtasidagi ajoyib munosabatni buzgan edi. Avvallari ular Xudoning huzuriga to‘la ishonch va sevgi bilan kelishardi, endi bo‘lsa Undan yashirinishga majbur edilar. Xudo ularning yaqinlariga kelib chaqirdi: - Odam Ato qayerdasan? Xudo Odam Atoni topolmagani uchun chaqirmagan edi, chunki U hammani va hamma narsani ko‘rib turadi. Odam Ato bilan Momo Havo Xudo o‘zlarini izlayotganini bilishlari uchun chaqirgan edi. - Bu yerdaman! – javob berdi Odam Ato. Xudoga javob berarkan, Undan yashirinish qanchalar ahmoqlik ekani haqida o‘ylar edi. – Sening ovozingni eshitganimda, yalang‘ochman deb qo‘rqib ketdim. - Yalang‘ochligingni senga kim aytdi? – so‘radi Xudo undan. – Shu paytgacha kiyimsiz yurishdan uyalmagan edingku? Yoki men yemanglar degan daraxt mevasidan yedingmi? Odam Ato uyatdan Xudoning yuziga qaray olmadi. - Mevani Sen menga bergan xotin berdi, - ohista javob berdi Odam Ato. - Bu nima qilganing? – so‘radi Xudo Momo Havodan. - Ilon meni aldadi, - o‘zini himoya qildi Momo Havo. – Men uning fitnasi qurboniga aylandim. Shunda Xudo ilonga yuzlanib dedi: - Qilgan ishing uchun la’nati bo‘lasan! Odamlar abadiy dushmanlaringga aylanishadi. Bir kun kelib, seni mag‘lub qiladigan Zot dunyoga keladi! Odam Ato bilan Momo Havo Xudo nima haqida gapirayotganini tushunishmadi. Axir ular Xudo gunohning ustidan g‘alaba qozonish uchun Najotkor yuborishini bilishmas edi-da. “Mana endi ular yaxshi nima-yu, yomon nimaligini bilib olishdi, - deb o‘yladi Xudo. Odamlar xuddi Men kabi bo‘lishni istashyapti, biroq ular yovuzlikka qarshi turishga juda ham ojizlar. Shuning uchun Men ularning hayot daraxti mevasidan ham yeb ko‘rishlarini xohlamayman”. - Sizlar bog‘dan ketishingiz kerak, - dedi Xudo Odam Ato bilan Momo Havoga. – Momo Havo, sening farzandlaring bo‘ladi, biroq dunyo yuzini ko‘rishlari bilanoq ular senga azob keltirishadi. Sen bo‘lsa, Odam Ato, o‘zingni va oilangni boqishing uchun mashaqqat bilan yerga ishlov berasan, yer bo‘lsa begona o‘t bilan chaqir tikan o‘stiradi. Umringning oxirigacha tinim bilmaysan. So‘ng tanang yana yerga qaytadi, zero sen tuproqdan yaralgansan. Jannatni tark etishlaridan oldin Xudo odamlarga teridan kiyim yasab berdi. Xudo shu tariqa odamlarga g‘amxo‘rlik qildi, garchi ular Xudoga itoatsizlik etib, U bilan birga yashash huquqidan mahrum bo‘lgan bo‘lsalar ham. Shunday qilib, Odam Ato bilan Momo Havo jannatdan quvildilar. Xudo bog‘ni qo‘riqlash uchun bog‘ning atrofiga Karublar bilan olovli qilichlarni qo‘ydi. Shu ondan boshlab odamlar Adan bog‘i sarhadlaridan tashqarida yashay boshlashdi. Biroq...Xudo ularga Najotkor yuborishni va’da qildi! ![]() SAVOLLAR 1) Odam Ato bilan Momo Havoga qaysi daraxt mevasini yeyish taqiqlangan edi? 2) O‘sha daraxt mevasidan yeb ko‘rishni Momo Havoga kim maslahat berdi? 3) Xudo Odam Ato bilan Momo Havoga qanday va’da berdi? 3. Hikoya. Qobil bilan HobilIbtido kitobi, 4-bob Adan bog‘idan haydalganlaridan so‘ng, Odam Ato bilan Momo Havo bog‘ning
tashqarisida yashay boshladilar. Ulardan ikkita farzand tug‘ildi. Kattasining
ismi Qobil, kichiginiki esa Hobil edi. Otalari kabi, ularning ham mashaqqat
bilan mehnat qilishlariga to‘g‘ri keldi. Qobil dehqon bo‘ldi, Hobil esa
qo‘ychivon. 4. Hikoya. TO‘FONIbtido kitobi, 6-9-boblar Odam Ato bilan Momо Havoning farzandari ko‘paygandan-ko‘paydi. Odam Ato, Momo
Havo, Qobil va Shit olamdan o‘tishganda, odamlar allaqachon ko‘payib yer yuziga
tarqalib bo‘lgandi. O‘sha paytlarda
odamlar juda uzoq umr ko‘rishib, sog‘liqlari mustahkam va kuchlari ko‘p bo‘lardi.
Masalan, Odam Ato 930 yil, Shit 912 yil, Xano‘x o‘g‘ri Matushaloh bo‘lsa 969 yil
yashagan. Xano‘xdan tashqari, bu odamlar haqida bizga ko‘p narsa ma’lum emas.
Xano‘x judayam solih odam bo‘lib, Xudoga xursandchilik bilan xizmat qilgani
haqida yozilgan. Xano‘x 365 yoshga to‘lganida, Xudo uni osmonga olib chiqib
ketdi, ya’ni u boshqa odamlar kabi o‘lim ko‘rmadi va yerga ko‘milmadi, balki
Xudo uni tiriklayin osmonga olib ketdi. Uning o‘g‘li Lamak o‘g‘il ko‘rib ismini
Nuh (Yupanchiq) deb qo‘ydi, chunki ota-onasi “Xudovand la’nat etgan yerni
ishlaganda qo‘llarimiz chekadigan mashaqqatlarga shu yupanchiq bo‘ladi” – deb
umid qilishgan edi. 5. Hikoya. BOBIL MINORASIIbtido kitobi, 11-bob To‘fondan so‘ng Nuhning o‘g‘il- lari Som, Xom va Yofaslar ko‘plab
o‘g‘il-qizlar va nabiralar ko‘rishdi. Shuni ta’kidlash joizki, odamlar endi
to‘fondan oldingiday uzoq umr ko‘rishmasdi. Masalan, Nuh 950 yil yashagan bo‘lsa,
uning o‘g‘li Som 6. Hikoya. IBROHIM PAYG‘AMBARNING HIKOYASI - VA’DA QILINGAN YERIbtido kitobi, 12-bob, 1-9 oyatlar Nuhning o‘g‘illari ya- na ko‘plab farzandlar ko‘rishib, butun yer yuzi
bo‘ylab tarqalib borishdi. Bular qanday nasl edi? 7. Hikoya. IBROHIM VA LUTIbtido kitobi, 13-bob; 18-bob, 20-33-oyatlar; 19-bob Vaqt o‘tib Ibrohim va Lut juda boyib ketdilar. Ularning qora mol podalari va
qo‘y suruvlari son- sanoqsiz bo‘lib, oltin-kumushlari ham mo‘l edi. Ko‘p o‘tmay
ularning orasida muammo chiqdi. Ularning poda va suruvlari shu qadar ko‘p ediki,
o‘zlari yashab turgan yerga sig‘maganlaridan, cho‘ponlari orasida nizo chiqib
turardi. 8. Hikoya. VA’DA QILINGAN O‘G‘ILIbtido kitobi, 15-bob; 18-bob, 1-22-oyatlar; 21-bob, 1-6 oyatlar Ibrohim bilan Soro Kan’on yurtida, chaylalarda istiqomat qilishar edi. Ular
farzandsiz edilar. Ibrohim va Soro endi qartayib qolishgan, Ibrohim deyarli yuz
yoshda, Soro bo‘lsa deyarli to‘qson yoshda edilar. 9. Hikoya. IBROHIMNING XUDOGA BO‘LGAN SEVGISINI SINALISHIIbtido kitobi, 22-bob Ibrohim va Soroning oilasi Ishoqning tug‘ilishi bilan yanada shod- xurram
bo‘ldi. Uchalasi ham Xudoni hamda bir-birlarini sevar edilar. Ibrohim boy-badavlat
odam ekanligini allaqachon bilasiz. Shunga qaramasdan uning yuragi yagona hazina
– o‘g‘li Ishoqqa bog‘langan edi. Ibrohim uni dunyodagi hamma narsadan a’loroq
sevsa-da, Xudoga bo‘lgan sevgisi bundan ham kuchli edi. 10. Hikoya. YOQUB BILAN ESOV (Yoqub payg‘ambarning Hikoyasi)Ibtido kitobi, 24, 25, 27- boblar Vaqt o‘tib Ishoq voyaga yetdi. U Rivqoga uylanib, ikki o‘g‘ilning otasi
bo‘ldi. Ularga Esov va Yoqub deb ism qo‘ydi. Ular egiz bo‘lsalar-da, bir-biriga
mutlaqo o‘xshamasdi. 11. Hikoya. YOQUBNING KO‘RGAN TUSHIIbtido kitobi, 28-bob Bu yerdan ketishing kerak! - Rivqo Yoqubni unday boshladi. Qullardan biri Esovning g‘azab ustida Yoqubni o‘ldirishga qaror qilganini Rivqoga yetkazgan edi. - Bobong Ibrohimning yurtiga, Akam Lobonning oldiga qochib bor-da, o‘sha yerda yashay tur. Agar bir necha yil ko‘zidan yiroqda bo‘lsang, akang Esov jahlidan tushadi. Ana shunda men odam yuborib seni bu yerga olib keltiraman. Rivqo Yoqubni tuzoqqa jo‘natib yuborish uchun eridan qanday ruxsat olishni bilardi. - Yoqub bu yerlik qizlarga uylanmasligi kerak. Unga o‘z yurtimizdan kelin qilishimiz lozim. Ishoqqa bu fikr ma’qul keldi. Axir xotini Rivqo ham ko‘p yillar avval otasi Ibrohimning vatanidan kelgan edida. Mayli Yoqub ham o‘sha yerdan o‘ziga xotin ola qolsin. Ishoq Yoqubni oldiga chaqirdi. - O‘g‘lim, bu yerlik qizlardan o‘zingga xotin olma, - dedi Ishoq. – Xoronga, onangning yurtiga bor. O‘sha yerdan o‘zingga xotin top. Xudo senga yor bo‘lsin! “Mana bu boshqa gap, - o‘ylardi Yoqub. – Hatto otam ham meni ketishimga ruxsat beryapti. Endi akam Esovdan berkinishim qochib ketishga o‘xshamaydi”. Yoqub ota-onasi bilan xayrlashib, yo‘lga tushdi. U otasidan yo‘lga biron narsa berishini ham so‘ramadi. O‘zi bilan na xizmatkor, na qo‘y-qo‘zi, na echki-uloq oldi; hatto eshak ham olgani yo‘q. Yoqub yolg‘iz o‘zi yo‘lga tushdi. Uning yuragi g‘amga botgan edi. U o‘zi bilmagan yurtga otlangan darbadar edi. Yo‘lda dam olishi uchun na bir chodir va na bir uy bor edi. Shuning uchun, oqshom tushganida Yoqub ko‘rpa-to‘shaksiz, boshining tagiga katta tosh qo‘yib uxlar edi. O‘sha yurtda yirtqich hayvonlar yashasa-da, Xudo Yoqubni butun sayohati davomida asrab kelar edi. Bir safar yo‘l azobidan qattiq charchagan Yoqub darrov uxlab qoldi va ajoyib bir tush ko‘rdi. Tushida bir uchi yerda, boshqa uchi osmonga tutashib ketgan bir narvonni ko‘rdi. Xudoning farishtalari narvondan tushib chiqishayotgan ekan. Narvonning eng tepasida Xudo turardi. U Yoqubga gapirib dedi: - Men Ibrohim va Ishoqning Xudosiman. Hozir o‘zing yotgan shu yerni Men senga va sening naslingga beraman. Sening avlodlaring son- sanoqsiz bo‘ladi. Yer yuzidagi xalqlarning barchasi ular orqali baraka topadilar. Shuni bilginki, Men sen bilan birgaman, qayerga bormagin sen bilan bo‘laman, seni asrayman. Shu yerda Yoqub uyg‘onib ketdi. “Bu oddiygina tushga o‘xshamaydi, - o‘yladi u. – Bu Xudoning uyi ekan! U men bilan gaplashdi!” Yoqub boshi tagiga qo‘yib yotgan toshni olib, uni yodgorlik qilib o‘rnatdi. Keyin ibodat qilib dedi: - Ey Xudoyim, agar men bilan bo‘lib, borayotgan shu yo‘limda meni asrasang hamda meni otam uyiga eson-omon qaytarib keltirsang, Senga bir umr sajda qilaman va xizmat qilaman. Menga Sen nimaiki bersang, o‘ndan bir qismini Senga ushr qilib beraman. SAVOLLAR 1) Nima uchun Yoqub tug‘ilib-o‘sgan uyini tashlab uzoq o‘lkalarga ketdi? 2) U tushida nimani ko‘rdi? 3) Xudo Yoqubga nima dedi? 12. Hikoya. YOQUB MUSOFIR YURTDAIbtido kitobi, 29-30; 31-bob, 1-12-oyatlar Uzoq safardan so‘ng, nihoyat Yoqub qarindoshlari yashaydigan yurtga yetib keldi. U o‘sha yerdagi cho‘ponlardan Lobonni taniysizlarmi deb so‘radi. – Taniymiz, - javob berishdi cho‘ponlar. – Anavi katta qo‘y podasini haydab kelayotgan qizni ko‘ryapsanmi? O‘sha qiz Lobonning kichik qizi Rohila bo‘ladi. Yoqub ko‘zlagan yeriga yetib kelganini angladi. Shu yerda u Xudoga minnatdorchilik bildirib duo o‘qidi, so‘ngra Rohilaga qo‘ylarini sug‘orishda yordam berdi. Rohila juda chiroyli qiz edi. Lekin Yoqub unga o‘zining kimligini aytmadi. - Nimaga menga yordam beryapsan? – so‘radi Rohila. - Ko‘p yillar avval ammang Rivqo Kan’on yurtiga erga tegib ketgan edi, - dedi Yoqub. - Xabarim bor, - dedi Rohila, - otam Lobon menga bu haqda aytib bergan. Sen o‘zing kimsan? - Men Yoqubman, ammang Rivqoning o‘g‘liman. - Demak, qarindoshimiz ekansan-da! – xursand bo‘ldi Rohila. - Xush kelibsan! Lobon Yoqub haqida eshitib, uni kutib olgani yugurib ketdi. - Uyimizga marhamat, mehmonimiz bo‘l! Lobonning uyida xursandchilik hukm surardi. Yoqubning sharafiga bazm uyushtirishib, turli-tuman bayram taomlari tortishdi. U qarnidoshlariga otasi Ishoqning qarib ko‘zdan qolgani, onasi Rivqoning sog‘-salomatligi, o‘zi egzaklarning kichigi bo‘lsa ham, otasining duosini olib merosxo‘rga aylangani haqidagi uzundan-uzoq hikoyasini aytib berdi. - Menga aytchi, bu safarga chiqishingga otang Ishoq ruxsat berdimi? – so‘radi Lobon. - Uning o‘zi meni bu yerga yubordi! – javob berdi Yoqub. – Menga shu yerdan o‘zingga xotin topib kel dedi. Buni aytarkan, Yoqubning yanoqlari qizarib Rohila tomonga o‘g‘rincha nazar tashlab qo‘ydi. Yoqub tog‘asi Lobonning qo‘ylarini boqib yuraverdi. Bir oy o‘tgandan so‘ng, Lobon undan mehnati uchun qanday mukofot istashini so‘radi. Yoqub esa nima deyishni oldindan o‘ylab qo‘ygan edi. - Bilasizku, uylanish uchun kelinning otasiga qalin puli berish lozim. Men esa Rohilaga uylanishni xohlayman. Agar rozi bo‘lsangiz qizingiz Rohila uchun yetti yil ishlab beraman. Lobon roziligini bildirib boshini liqillatdi: - Qizimni begonaga bergandan ko‘ra senga berganim ma’qul. Shunday qilib, Yoqub Lobonnikida yetti yil ishladi. Nihoyat aytilgan muddat o‘tganda, to‘y-tomosha bilan Rohilaga uylandi. O‘sha paytning odatiga ko‘ra, kelin boshdan-oyoq yopingan bo‘lishi kerak edi. Faqat tong otgandagina kuyov kelinning yuzini ko‘rdi. Kelin yuzidagi pardani olganida Yoqub cho‘chib tushdi: uylangan qizi Rohila emas, balki uning opasi Leax edi! U Lobonning oldiga borib g‘azabini sochdi. - Bu nima qilganingiz?! – baqirdi Yoqub. – Men yetti yil Rohila uchun mehnat qildimku, Leax uchun emas! Siz meni aldadingiz! - O‘zing bilasan, bizda qizlarning kattasidan avval kichigini erga berish odati yo‘q. Yoqub o‘zini yerga otib yig‘lab yubordi. Aldanish qanchalik og‘ir botishini endi tushunib yetgan edi. Lobon “Rohilani ham senga beraman, agar menikida yana yetti yil xizmat qilsang” - dedi. O‘sha davrda erkaklar bir nechta ayolga uylanishlari mumkin edi, shuning uchun Yoqub bu taklifga rozi bo‘ldi. Bir haftadan so‘ng yana bir marta to‘y berishdi, bu safar aldov va firib ishlatilmadi. Nihoyat Yoqub o‘zi sevgan qiz Rohilaga yetishdi. Yoqub qaynotasinikida yana yetti yil xizmat qildi. Bu muddat tugaganidan keyin ham unikida qolib xizmat qilishda davom etdi. Lekin bu safar qalin puli uchun emas, balki ko‘plab sigirlar, qo‘ylar va echkilar egasi bo‘lish uchun ishladi. Natijada uning podasi Lobonnikidan ham ko‘payib ketdi. Shuncha boylik ustiga, u yana o‘n bitta o‘g‘il va bir qizlik ham bo‘ldi. Yoqub juda mamnun edi: Xudo uni tashlab qo‘ymagan va unga baraka bergan edi. Biroq ko‘p o‘tmay Lobon va o‘g‘illari uning boyligiga hasad qilayotganlarini sezib qoldi. Shu orada Xudo unga gapirib, ota yurtiga, oilasiga qaytib borishi kerakligini aytib qoldi. SAVOLLAR 1) Yoqub bilan Rohila qanday tanishib qolishdi? 2) Lobon Yoqubni qanday aldadi? 3) Nima uchun Lobonning o‘g‘illari Yoqubga munosabatlarini o‘zgartirishdi? 13. Hikoya. AKA-UKANING UCHRASHISHIIbtido, 32-33-boblar; 35-bob, 1-7-oyatlar Yoqub va uning oilasi uzoq safarga chiqishganida, hammalari Xudo Ibrohimga va uning avlodlariga va’- da qilib bergan yurtga boryapmiz deb xursand bo‘lishdilar. Faqat birgina fikr ularga tinchlik bermasdi – Esov ularni qanday qarshilar ekan- a? Esov Yoqubni o‘ldirishga ahd qilgani Yoqubning esida edi, shuning uchun Esov uni va farzandlarini o‘ldirishi mumkin deb qo‘rqar edi. Esov atrofiga to‘rt yuz nafar odamni to‘plab uni kutib olgani chiqayotganini eshitganida, Yoqubning yuragi orqaga tortib ketdi. Nima qilish kerak? Agar Esovning niyati yomon bo‘lsa, unda Yoqubning kuni bitadi. Qochib qutulishning iloji yo‘q, chunki son-sanoqsiz podalar, ayollar va bolalar bilan tezroq yurishning iloji yo‘q edi. O‘zlarini mudofaa qilishlari uchun esa ularda qurol tutishga qodir erkaklar juda kam edi. Shunda Yoqub o‘zining mol-hollari bilan odamlarini ikkita manzilga ayirib qo‘ydi. “Agar Esov birinchi manzilga hujum qiladigan bo‘lsa, mendan o‘ch olish niyati yo‘qolmaganini shundan bilib olaman. Shunda hech bo‘lmasa, ikkinchi manzildagilar qutqulib qolar”, - tushuntirdi u o‘g‘illariga. Yoqubning o‘zi bo‘lsa birinchi guruh bilan yo‘lga tushdi. Kech tushganida, u manzildan bir oz uzoqlashib ibodat qila boshladi: - Yo Rabbim, men Sening rahm-shafqating va inoyatingga munosib emasman. Lekin hozir Sendan meni va oilamni saqlab qolishingni iltijo qilib so‘rayman. Akam Esov bizni o‘ldirib yuborishiga yo‘l qo‘yma. Axir O‘zing senga panoh bo‘laman, mana shu yerlarni sening avlodlaringga mulk qilib beraman, deb va’da bergansan. Ertasi kuni tongda turib, qullaridan bir nechtasini o‘ttizta tuya bilan birga akasini qarshilagani yubordi. Ular ko‘zdan g‘oyib bo‘lishi bilan, Yoqub yana boshqa xizmatkorlarini ikki yuz bosh qo‘y podasi bilan yubordi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, echki, sigir va eshaklar podalarini ham xizmatkorlari orqali o‘zidan oldin jo‘natib yubordi. Bu podalar akasi uchun sovg‘a edi. “Esov bu sovg‘alarni qabul qilsa, balki uchrashganimizda mendan yuz o‘girmas”, - deb o‘ylardi Yoqub. Yoqub barcha podalaridan sovg‘alarni yuborib bo‘lgan vaqtda ham Esovdan darak yo‘q edi. Oqshom tushib, hamma uxlagani yotdi. Tun yarmida Yoqub o‘rnidan turdi-da, oila a’zolari bilan o‘zida bo‘lgan barcha mol-mulkini vodiydan oqib o‘tgan kichik bir daryo kechuvidan o‘tkazdi. Daryoning bu qirg‘og‘ida bir o‘zi qolgan edi. Kutilmaganda bir Zot paydo bo‘lib, u bilan kurashdi. Bu Zot Xudoning inson qiyofasidagi farishtasi edi. Ular uzoq kurashishdi, Yoqub bor kuchi bilan o‘zini himoya qildi. U Zot Yoqubni yenga olmasligiga ko‘zi yetgach, uning soniga urdi. Yoqub kurashni davom ettira olmasa-da, raqibini mahkam ushlab olgan edi. - Mana tong ham otdi, - dedi raqibi, - endi Meni qo‘yib yubor. Yoqub bo‘lsa Uni qo‘yib yubormadi. - Avval meni duo qil. - Isming nima? - Yoqub. - Bundan buyon sening isming Yoqub emas, balki Isroil bo‘ladi, chunki sen Xudo bilan kurashding va yengding, shunday ekan odamlarga ham bas kela olasan. - Menga ismingni ayt, - iltimos qildi Yoqub. Lekin u Zot javob bermadi. Shunda Yoqub anglab yetdiki, u odam bilan emas, balki Xudoning O‘zi bilan kurashgan ekan. Xudo esa uni duo qilib marhamatladi. Quyosh sharqda ko‘tarilganda, sirli Zot ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Yoqub sekin-asta o‘rnidan turib, daryo kechuvidan o‘tib oldi. Soni og‘rigani tufayli oqsoqlanib yurayotgan edi. Yoqub oilasi va chorvasini olib yo‘lga tushdi. Uzoqdan unga qarab kelayotgan odamlarni ko‘rdi. Bu Esov va uning odamlari edi. Yoqub ularning qarshisiga chiqarkan, itoatkorligining ramzi sifatida yetti marta yergacha egilib ta’zim qildi. Lekin Esov uni kutib olgani yugurib borib, ukasini quchib o‘pdi-da, dedi: - Seni ko‘rganimdan juda xursandman, Yoqub! Yoqubning yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi – Esovning unga nisbatan ginasi qolmagan edi. Akasining yuragi yumshaganini bilib, Yoqub haddan ziyod quvondi. Yoqub Xudodan akasining yuragini o‘zgartirishini so‘ragan edi, Xudo uning iltijosini eshitdi. Aka-ukalar xursandchilik ko‘z yoshlarini to‘kishardi. Esov boshini ko‘tarib, Rohila, Leax va ularning farzandlarini ko‘rib so‘radi: - Bular senga kim bo‘ladilar? Yoqub javob berdi: - Bu Xudovand menga in’om etgan bolalar. Shunda Rohila, Leax, cho‘rilar va Yoqubning barcha farzandlari birma- bir kelib Esovga ta’zim qilishdi. Esov yana so‘radi: - Men yo‘lda uchratgan chorva podalari-chi, ularni nima uchun yubording? Mening hamma narsam bor, o‘zingniki o‘zingga bo‘lsin. Yoqub bo‘lsa Esovdan o‘tindi: - Marhamat qilib, sizning oldingizga yuborgan sovg‘a-salomlarimni qabul qiling. Chunki Xudo menga ehson qildi, menda hamma narsa bor. Yoqub ko‘p yolvorgach, akasi uning sovg‘alarini qabul qilishga majbur bo‘ldi. Esov ukasiga dedi: - Qani yuraylik, mening qarorgohimga boramiz, mehmonim bo‘lasan. Lekin Yoqub shunday javob berdi: - Mening tezroq yurishim qiyin: bolalar nozik, qo‘y va sigirlarim sog‘iladigan, agar ularni tezroq yurgizsam, butun chorvamdan ayrilib qolaman. Shunday qilib, Yoqub Esov bilan birga ketmadi. Shunda Esov o‘z uyiga qaytib ketdi. Uning uyi Kan’on yurtidan uzoqda edi. Yoqub esa Iordan daryosini kechib o‘tib, Kan’on yurtidagi Shakam shahri yaqinida makon qurdi. Yoqub chodirlar tikib, o‘sha yerda qurbongoh tikladi hamda Xudovandga sajda qildi. SAVOLLLAR 1) Yoqub uyiga qaytarkan, nimadan eng ko‘p qo‘rqardi? 2) Og‘a-inilarning uchrashuvi qanday o‘tdi? 3) Yoqub qanday yangi ism oldi? 14. Hikoya. YUSUFNING KO‘RGAN TUSHLARI (Yusuf payg‘ambarning Hikoyasi)Ibtido kitobi, 37:1-12 bob Yoqubning o‘n ikki nafar o‘g‘li bor edi. Ularning hammasi voyaga yetdi. Eng kenja o‘g‘li Benyamingina hali balog‘at yoshiga yetmagan edi. Onasi Benyaminni tug‘ayotib, joni uzilgan edi. Rohilaning boshqa o‘g‘li Yusuf esa Benyamindan katta edi. U o‘spirin yoshda bo‘lib, otasini hurmat qilar va unga itoatkor edi. Katta o‘g‘illari Yoqubning qo‘y va echki podalarini boqar edilar. Ular ko‘pincha gunoh ishlar qilib, bu bilan otalarini ranjitar edilar. Yusuf ularning oralarida bo‘lganida, ularning qilib yurgan nohaqliklaridan vijdoni qiynalar va otasiga aytib berar edi. Uning bu hulq-atvori akalarining asabiga tegar va akalari u bilan qo‘pol munosabatda bo‘lishar edi. Yoqub ham o‘z navbatida katta o‘g‘illariga nisbatan adolatsizlik qilib, Yusufni ulardan ortiq ko‘rishini ochiq ko‘rsatar edi. Otalarining bunday yo‘l tutishi ularning nafrati va hasadini qo‘zg‘ardi. Bir kuni Yoqub Yusuf uchun beqasam to‘n tikishlarini buyurdi. Bunday chiroyli to‘n boshqa o‘g‘illarining bi- rontasida ham yo‘q edi. Bundan esa akalarining hasadi yanada ortdi. Ba’zan Yusuf g‘ayri- oddiy tushlar ko‘rar edi. Bir kuni u tushida o‘zi va akalarining dala o‘rtasida bug‘doy poyalarini bog‘layotganini ko‘rdi. Akalarining bog‘lamlari uning bog‘lamiga ta’zim qilayotgan ekan. Yusuf bundan hayratga tushib, akalariga ko‘rgan tushini gapirib berdi. Akalarining bundan jahli chiqib: - Nahotki ustimizdan hukmronlik qilmoqchisan? – deyishdi. Ko‘p o‘tmay Yusuf yana bir tush ko‘rdi. Tushida quyosh, oy va o‘n bitta yulduz unga ta’zim qilardi. Bu tush uni avvalgisidan ham ko‘proq ajablantirdi. Yusuf bu tushini ham otasi bilan akalariga aytib berdi. Shunda otasi uni koyib: - Nahotki men, onang va akalaring oyoqlaringga yiqilib ta’zim qilsak? Biroq Yoqubni bu gaplar o‘ylantirib qo‘ydi. Akalari esa undan avvalgidan-da battarroq g‘azablanib, dedilar: - Yusuf haddidan oshib ketdi. O‘zini kim deb o‘ylayapti? Hali unga ko‘rsatib qo‘yamiz! SAVOLLAR 1) Ishoqning nechta o‘g‘li bor edi? 2) Ishoq Yusufni boshqa farzandlaridan ko‘proq sevishi to‘g‘rimi? 3) Nima uchun akalari Yusufning ko‘rgan tushlaridan jahllari chiqdi? 15. Hikoya. YUSUF QULLIKDAIbtido, kitobi, 37-bob, 13-36-oyatlar Bir kuni Yoqub Yusufni qo‘y va echki podalarini boqib yurgan akalarining oldiga yubordi. U shunday dedi: - Borib akalaringdan xabar olib kel. Yusuf har doim otasining aytganini bajoni dil bajarib kelar edi. Shuning uchun vaqtni zoye ketkazmay, o‘zi bilan eshak ham, xizmatkor ham olmay yo‘lga tushdi. U otasi tiktirib bergan beqasam to‘nini ustiga kiyib, otasi bilan xayrlashib, jo‘nab ketdi. Yusuf akalarini ko‘p qidirdi, yo‘lda uchragan bir odamdan so‘rab akalari qayerdaligini bilib oldi. U akalariga yaqinlashayotganida, akalari uni uzoqdan ko‘rib bir-biriga shunday deyishdi: - Ana tush ko‘ruvchi kelyapti. Kelinglar, uni o‘ldirib biron chuqurga tashlaymiz, otamizga bo‘lsa uni yirtqich hayvon yebdi deb aytamiz. O‘shanda ko‘ramiz uning tushlari qanday amalga oshar ekan. Aka- ukalarning kattasi Ruben qolganlariga dedi: - Ukamizning qonini to‘kmaylik, uni shu cho‘ldagi biron quduqqa tashlaylik. Ruben keyinroq kelib ukasini qutqarib otasiga qaytarmoqchi edi. Aka-ukalar Yusufni o‘ldirmaslikka rozi bo‘lishdi. Yusuf yetib kelishi bilan akalari uni tutib, ustidagi beqasam to‘nini yechib olishdi. Shunda Yusuf akalarining niyati yomonligini tushunib yetdi. U achchiq-achchiq ko‘z yoshi to‘kib, akalariga shuncha yolvorsa-da, akalari yuraklarini tosh qilib turaverishdi, ukalariga rahmlari kelmadi. Ular Yusufni chuqur bir o‘raga tashlashdi. Yusufning qorni och va charchagan, ichishga bir tomchi suvi yo‘q edi. Jondan ortiq ko‘rgan otasini boshqa ko‘rolmasligini o‘ylasa, Yusufning yuragi orqaga tortib ketar edi. Uning ko‘z yoshlari-yu, oh-vohiga qaramasdan, bag‘ri tosh akalari ovqatlanishga o‘tirishdi. Birdan ularning ko‘zi karvonga tushdi. Bu Misrga xushbo‘y qatron (o`simliklar shirasi) va tutatqilar hamda mo‘miyo olib ketayotgan karvon edi. Aka-ukalar orasidan Yahudo degani sakrab o‘rnidan turdi va dedi: - Menda bir fikr tug‘ildi! Bu karvon Misrga yo‘l olmoqda. Keling- lar Yusufni ularga sotib yuboramiz! Shunda uni o‘ldirishimizga hojat qolmaydi. Karvon yaqinlashib qolganda, aka-ukalar savdogarlarning qarshisiga yugurib chiqib shunday deyishdi: - Qul olmaysizlarmi? Manavi kelishgan o‘spirin o‘n yetti yoshda, o‘zi sog‘lom va baquvvat. Misrda u uchun sizlarga yaxshigina pul to‘lashadi. Savdogarlar Yusufni obdon ko‘zdan kechirib, uni yigirma kumush tangaga baholashdi. Bir oz vaqt o‘tib og‘a-inilar otalari Yoqubga Yusufning echki qoniga belangan beqasam to‘nini keltirishdi, va Yusufni yirtqich hayvon yegan bo‘lsa kerak deyishdi. Yoqub sevimli o‘g‘li uchun uzoq vaqt aza tutdi, hech kim va hech narsa uni yupata olmadi... SAVOLLAR 1) Yusufning akalari qanday yovuz reja tuzishdi? 2) Akalarining qaysi biri Yusufni qutqarib qolmoqchi bo‘ldi? 3) Akalari Yusufga nimalar qilishdi? 16. Hikoya. MISRDAIbtido kitobi, 39, 40, 41-boblar Savdogarlar Yusufni Misrga olib kelishdi va uni Po‘tifar degan misrlik bir amaldor, fir’avn saroyida soqchilar boshlig‘i bo‘l- gan odamga sotib yuborishdi. Yusuf misrliklarning tilini juda tez o‘zlashtirib oldi. Hamma ishda uddaburon bo‘lgani uchun tez orada Po‘tifar xonadonidagi barcha mol-mulk va xizmatchilar ustidan nazoratchi bo‘lib oldi. Xudo musofir yurtda uni yolg‘iz tashlab qo‘ymagani va ham doim yordam berib kelgani uchun Yusuf Undan minnatdor edi. Po‘tifar oliyjanob xo‘jayin edi, xotini esa uning aksi o‘laroq ayyor va mug‘ombir edi. Bir kuni Po‘tifar uyda bo‘lmagan vaqtda, Po‘tifarning xotini Yusufga tuhmat qildi. Buning uchun Yusufni zindonga tashlashdi, lekin Xudo uni bu yerda ham tashlab qo‘ymadi. Zindonning xo‘jayini Yusufning ishonchli odamligini payqab, mahbuslar ustidan nazoratchi qilib qo‘ydi. Yusuf yotgan zindonga fir’avnning bosh soqiysi bilan novvoyini ham qamab qo‘yishgan edi. Bir kun kechasi ikkala amaldor ham g‘aroyib tush ko‘rishdi. Ko‘rgan tushlari ularni xavotirga solib qo‘ydi. - Tushning ta’birlari Xudodan emasmi? Agar Xudo menga tushin- gizni ta’birini ochib bersa, sizlarga yordam berishim mumkin, - taklif qildi Yusuf. – Tushingizni menga aytib beringlar. Soqiy bilan novvoy tushlarini Yusufga aytib berganlarida, Yusuf ko‘p o‘ylab o‘tirmay, tush ta’birini ularga yetkazdi. Chunki Xudoning O‘zi unga tushning ta’birini ochib bergan edi. Bir necha vaqt o‘tib, zindondan uzoqda joylashgan boshqa bir uyda, hashamdor to‘shakda, yana bir odam g‘aroyib tushlar ko‘rmoqda edi. Bu Misr shohi fir’avn edi. U tushida yettita sigirning Nil daryosidan chiqib kelganini ko‘rdi. Ular sog‘lom va ko‘rkam bo‘lib, daryo qirg‘og‘ida tinchgina o‘tlab yurishardi. Keyin esa Nildan boshqa yettita sigir chiqib keldi. Ozg‘inligidan ularning qovurg‘alarini sanash mumkin edi. O‘sha ozg‘in sigirlar sog‘lom sigirlarni yutib yuborishsa ham, hech narsa yemaganday oriqligicha turardi. Fir’avn birdan uyg‘onib ketdi. Ko‘p o‘tmay yana uyquga ketdi. Bu safar u tushida yettita to‘liq, pishgan boshoq o‘sib chiqqan bug‘doy poyasini ko‘rdi. Uning orqasidan o‘sha boshoqdan qovjiragan, puch boshoqlar o‘sib chiqibdi. Mana shu puch boshoqlar to‘liq boshoqlarni yutib yuboribdi. Bu juda qo‘rqinchli edi. Fir’avn uyg‘onib ketdi, uni muzday ter bosgan, ko‘ngli g‘ash tortgan edi. U anglab yetdiki, bu tushlar yuqoridan berilgan ekan, lekin kim ularning ta’birini aytib bera olardi? Fir’avn qancha mulohaza qilmasin ko‘rgan tushining ma’nosini topa olmadi. Shunda u butun Misr yurtidagi munajjimlar saroyga yetib kelsin deya farmon berdi. Hamma jamuljam bo‘lganida, fir’avn ularga ko‘rgan tushini aytib berdi. Biroq munajjimlardan birortasi ham tushning ta’birini aytib bera olmadi. G‘azabga to‘lgan fir’avn ularni quvib yubordi. Shunda Yusuf bilan birga mahbus bo‘lgan bosh soqiy u haqda eslab qoldi, chunki Yusuf soqiyning ko‘rgan tushini ta’birlab bergan edi-da. Soqiy fir’avnga Yusuf haqida aytib berganida, fir’avn darhol Yusufni olib kelishlarini buyurdi. - Demak tushlarning ma’nosini aytib berish qo‘lingdan kelar ekanda? – so‘radi Yusuf. - Yo‘q, mening qo‘limdan kelmaydi, - javob berdi Yusuf, - lekin Xudo tushning ma’nosini tushunishimga yordam beradi. Shunda fir’avn unga tushida ko‘rgan hamma narsani aytib berdi. - Har ikkala tushning ma’nosi bir, - dedi u. – Yetti semiz sigir ham, yettita to‘liq boshoq ham Misr diyori ko‘radigan yetti yillik farovonlikni anglatadi. Oriq sigirlar bilan puch boshoqlar bo‘lsa farovonlik yillaridan keyin keladigan yetti yil ocharchilikni bildiradi. Ocharchilik shunchalar kuchli bo‘ladiki, bundan avvalgi farovonlik yillaridan asar ham qolmaydi. Tushlar sizga ikki marta berilishi shundan dalolatki, Xudo men sizga aytib berganlarni shubhasiz amalga oshiradi. Fir’avn chuqur tashvishga botdi. - Yurtimiz boshiga tushadigan bu ofatni qaytarishning iloji bormi? - Bor, - dedi Yusuf. – Ocharchilik bo‘lishi muqarrar, lekin siz buning uchun tayyorgarlik ko‘rib qo‘yishingiz lozim. Maslahatim, dono boshqaruvchilar topib, ularni don zahiralari uchun mas’ul etib tayinlang. Yetti yil farovonlik davomida ular hosilning ortiqcha qismini yig‘ib maxsus qurilgan omborlarga to‘plasinlar. Shunda, qurg‘oqchilik boshlanganda, oziq-ovqat yetarli bo‘ladi. Fir’avnga bu maslahat ma’qul tushdi. U o‘rnidan qo‘zg‘olib, Yusufga dedi: - Modomiki Xudo bularni senga ochib bergan ekan, sendan donoroq odam yo‘q. Mening xalqim sening so‘zlaringga itoat etadi. Seni butun Misr yeri ustidan hukmdor etib tayinlayman. Men esa faqat taxtim bilangina sendan ustun bo‘laman. Hukmronlik belgisi o‘laroq fir’avn qo‘lidagi uzukni yechib Yusufning qo‘liga taqib qo‘ydi. Shuningdek uni shohona kiyintirib, bo‘yniga oltin zanjir ham osib qo‘ydi. Fir’avn Yusufga ot-arava tortiq etib, u o‘tganida hamma odamlar ta’zim qilishini buyurdi. Shu tariqa fir’avn Yusufni butun Misr yurti ustidan hukmdor etib tayinladi. Yurt ustidan boshqaruvni qo‘lga kiritgan Yusuf ko‘p mehnat qilishi lozim edi. U butun mamlakat bo‘ylab ulkan don omborlari qurishga amr berdi. Yusuf vaqtini maishatu-ziyofatga sarf qilmasdan, har doim xalqning farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qildi. Yusuf Xudodan behad minnatdor edi, chunki U Yusufni zindondan mo‘’jizaviy tarzda qutqargan edi. U katta qudratga ega bo‘lgani va hashamatli liboslarda yurgani uchun emas, balki xalqqa xizmat qilish va ularni ocharchilikdan qutqarish imkoniyatiga ega bo‘lgani uchun xursand edi. Tez orada Yusuf uylandi va xotini unga ikkita o‘g‘il tug‘ib berdi. U qarib kuchdan qolgan otasi haqida tez-tez eslar va uni qayta ko‘rish umidini yo‘qotib borar edi. U akalarini ham eslab turar edi. “Zora qilgan yovuz ishlaridan tavba qilib, yuraklari o‘zgargan bo‘lsa”, deb umid qilar edi. Yusufning yuragida akalariga nisbatan nafrat qolmagan edi. O‘zining Misrga sotilishi Xudoning irodasi bo‘lganini u yaxshi bilar edi. Xudo esa buni nafaqat misrliklarni, balki Yoqubning butun oilasini ocharchilikdan qutqarib qolish uchun qilgan edi. SAVOLLAR 1) Savdogarlar Yusufni akalaridan sotib olib qayerga olib borishdi? 2) Ular Yusufni kimga sotishdi? 3) Xudo Yusufga Misrda qanday yordam berdi? 17. Hikoya. YUSUF AKALARI BILAN UCHRASHADIIbtido kitobi, 42, 43, 44-boblar Yetti yil mobaynida Misrda mo‘l-ko‘l hosil yig‘ib olishdi. Undan keyin esa yetti yil qurg‘oqchilik boshlandi. Butun Misr diyorida ocharchilik hukmron edi. Odamlar fir’avn huzuriga kelib undan non so‘rashar edi: -Yeydigan hech narsamiz qol- madi, ochlikdan o‘layapmiz. Shunda fir’avn ularga shun-day dedi: - Yusufning oldiga boringlar, u sizlarga yordam beradi. Xalq Yusufning oldiga bordi, u esa don omborlarini ochib xalqqa don sota boshladi. Non sotib olish uchun Misrga begona yurtlardan ham odamlar kelishar edi. Don uchun to‘lov sifatida qoplab kumush keltirishar edi. Yusuf bo‘lsa ularning qoplarini bo‘shatib, ularni don bilan to‘ldirib berar edi. Omborlarda don shu darajada ko‘p ediki, Yusuf hamma muhtojlarga don sota olardi. Ocharchilik Yoqubning oilasi istiqomat qiladigan Kan’on yurtini ham chetlab o‘tmadi. Yoqub Misrda don borligini eshitib, u yerga o‘g‘illarini yubordi. Uzoq va mashaqqatli safardan keyin o‘g‘illari fir’avnning saroyiga yetib kelishdi. U yerda ularni bir odamning oldiga eltishdi. O‘sha odam o‘zining ulug‘vor ko‘rinishi bilan ularda qo‘rquv va hurmat uyg‘otgan edi. Ustidagi hashamatli lisoblarini qarang! “Bu odam fir’avnning vaziri, Misrda fir’avndan keyingi qudratli odam bo‘lsa kerak”, - o‘yladi aka-ukalarning kattasi Ruben. Lekin u bu odam qiyofasida ukasi Yusufni tanimagan edi. Vazirning hurmatini bajo keltirish uchun, aka-ukalar yergacha egilib ta’zim qilishdi. - Bizga rahming kelsin, janobim! Biz bug‘doy uchun yaxshi haq to‘laymiz! Yusuf akalarini tanidi. Javob berishga shoshilmasdan shunday fikr yuritdi: “Akalarimning yuraklari o‘zgaribdimi, bir tekshirib ko‘ray. Sodir etgan yovuzliklari eslaridami, qilgan ishlari uchun afsusdami?” So‘ngra g‘azabnok ovoz bilan ularga dedi: - Sizlar ayg‘oqchisizlar! Bu yer haqida ma’lumot yig‘ib, keyin bizga hujum qilmoqchisizlar! - Yo‘q, yo‘q! Aslo unday emas! – akalari umidsiz javob berishdi va uning oldida yanada pastroq ta’zim qilishdi. Shu onda Yusuf ko‘rgan tushi haqida esladi. Tushida akalarining bog‘lamlari uning bog‘lamiga ta’zim qilgan edi. Ruben butun kuchini yig‘ib, dedi: - Biz hammamiz bir odamning o‘g‘illarimiz. Biz o‘n ikki og‘a- ini edik. Ukalarimizdan biri yo‘qolgan, ikkinchisi esa uyda qoldi. - Yaxshi, – dedi Yusuf, - faqat, haqiqatni gapirayotganingizga ishonch hosil qilishim kerak. Buning uchun sizlardan biringiz shu yerda qamoqda qolasizlar, qolganlaringiz uyingizga don olib borib, kenja ukangizni huzurimga keltirasizlar. Kenja ukangiz kelsagina bu yerdan yana don sotib olib, oilangizga qaytishingiz mumkin. Agar qaytib kelmasangiz, demak menga yolg‘on gapirgan va ayg‘oqchi bo‘lib chiqasizlar. Shunday qilib, ular don solingan qoplarini olib uyga qaytishdi. Oralaridan Shimo‘nni esa Yusuf qamoqda olib qolgan edi. O‘g‘illari uylariga qaytganida, Yoqubga sodir bo‘lgan hamma voqeani aytib berishdi. Biroq, Yoqub Benyaminni ular bilan yuborishni xohlamasdi, chunki uni ham yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqardi. Bir necha oy o‘tib, Misrdan keltirgan bug‘doylari tugaganda, Yoqub yuragida og‘ir yuk bilan kenja o‘g‘lini boshqa o‘g‘illari bilan Misrga yuborishga rozi bo‘ldi. Yahudo Benyaminga o‘zi ko‘z-quloq bo‘lishga, uni ko‘z qorachig‘iday asrashga va’da berdi. Ular Misrga yetib kelar-kelmas, ularni vazirning uyiga olib kelishdi. Bundan aka-ukalar havotirga tushishdi. Biroq bazm uchun yasatib qo‘yilgan katta xonaga olib kirishganida, ularning hayrati yanada oshdi. Nimaga fir’avnning vaziri aynan ularni bazmga chaqirdi. Buning ustiga aka-ukalarni dasturxon atrofiga yoshi bo‘yicha o‘tkazishgan edi. Misrliklar ularning yoshini qayerdan bilishgan bo‘lsa? Bazm davomida vazir ular bilan tarjimon orqali gaplashib, ularning oilasi haqida ko‘proq narsa bilib olishga harakat qilardi. Keyingi kuni ertasi karvon ortiga qaytadigan vaqt bo‘ldi. Shimo‘nni aka-ukalari yoniga qaytarishib, qoplarini bug‘doyga to‘ldirib berishdi. Otalari Yoqub bundan juda shodlansa kerak! Biroq hali shahardan uzoqlashib ulgurmagan edilarki, qurollangan chavandozlar ortlaridan quvib kelayotganini ko‘rishdi. - Nima uchun vazirnikida o‘g‘irlik qildingiz? – qichqirdi ularning sardori. – U sizlarni bazmga taklif qildi, sizlar bo‘lsa uyalmasdan uning kumush qadahini o‘g‘irlabsizlar! - Yo‘q, janobim, - o‘zini himoya qildi Ruben. – Biz hech qachon o‘g‘irlik qilmaymiz. Ana narsalarimizni tintib ko‘r! Agar o‘sha qadahni birortamizning narsalarimiz orasidan topsang, o‘sha odamni qatl etishing mumkin, qolganlarimiz bo‘lsa janobimga qul bo‘lamiz. Har birisi qoplarini ochib qarashganda, kumush qadah Benyaminning qopidan chiqdi. Yusuf Benyaminnig qopiga kumush qadahini solib qo‘yganini ular qayerdan ham bilishsin! Yusuf akalarini oxirgi marta sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan edi. Akalari fir’avnning saroyiga qo‘rquv ila qaytib kelishdi. Yusuf Benyaminni Misrda qul qilib olib qolishga farmon berdi. Shunda Yahudo bor kuchini to‘plab shunday dedi: - Janob, sizga murojaat etishimga ijozat bering. Men mana shu bola uchun otamga kafil bo‘lganman. Unga kenja o‘g‘lingizga hech narsa bo‘lmaydi deb va’da berganman. Agar Benyamin otasining oldiga qaytmasa, unda otamiz g‘amdan o‘lib qoladi. Sizdan iltimos qilaman, uni qo‘yib yuborib, o‘rniga meni olib qoling. Endi Yusuf amin bo‘ldiki, akalari unga qarshi sodir etgan jinoyatlaridan saboq chiqaribdilar. Ukalarini avval qilganlariday qullikka sotib yuborish o‘rniga, o‘zlari uning o‘rniga qul bo‘lishga tayyor edilar. Xudo ularning yuraklarini o‘zgartirgan edi. Shunda akalarini hayron qoldirib, Yusuf baland ovozda yig‘lab yubordi. Ozgina o‘zini bosib olgandan so‘ng esa, ularga dedi: - Men ukangiz Yusufman. O‘n bir aka-ukasi unga qarab dong qotishgan, birontasi bir og‘iz gap gapira olmasdi. Butun Misrni qo‘lga olgan bu odam ukalari Yusuf edi; mana shu ukalariga bir vaqtlar hasad qilib, otalari uni boshqa o‘g‘illaridan ko‘ra ko‘proq sevgani uchun uni qullikka sotib yuborgan edilar. - Qo‘rqmanglar, - dedi ularga Yusuf, - sizlarga nisbatan ginam yo‘q. Chunki endi Xudo sizlarni va boshqa ko‘plab odamlarni ochlikdan qutqarish uchun meni sizlardan avval Misrga yuborgani ma’lum bo‘ldi. Bo‘lmasa hammamiz ochlikdan o‘lar edik. Qurg‘oqchilik boshlanganiga endigina ikki yil bo‘ldi. Yana besh yil yerga ekin ekilmaydi. Sizlar bu yerga kelishingiz bilan bu Xudoning rejasi bo‘lganiga amin bo‘ldim. Aka-ukalar joylaridan qo‘zg‘ala olmay turardilar. Endilikda kuch- qudrat egasi bo‘lgan ukalari bir vaqtlar unga qilgan yovuzliklari uchun o‘ch olmasligi mumkinmi, deb ishona olmasdilar. Biroq Yusuf, quchog‘ini ochib, hayqirdi: - Benyamin! Meni tanimayapsanmi? Men akang Yusufmanku? Shunda Benyamin akasiga tomon otildi, aka-ukalar bir-birini quchoqlab quvonchdan yig‘lab yuborishdi. O‘rtadagi to‘siq yiqilib, aka- ukalar birin-ketin Yusuf bilan quchoqlashib ko‘risha boshladilar. Ular sodir bo‘layotgan barcha hodisalarning haqiqatligiga ishona olishmasdi. Akalari Yusuf bilan uzoq suhbatlashishdi – unga aytadigan gaplari juda ko‘p edi. Yusufning aka-ukalari kelganini eshitib, fir’avn Yusufni huzuriga chaqirdi. - Akalaringga ayt, otangni va oilalarini olib Misrga ko‘chib kelishsin, ocharchilik tugaguncha shu yerda yashasinlar. Men ularga oilalarini Kan’ondan ko‘chirib kelishlari uchun aravalar beraman. Kan’onga tashlab keladigan mol-mulklari uchun qayg‘urmasinlar, chunki ularga bu yerda hamma narsa beraman! Yusuf fir’avnga ta’zim qildi: - Iltifotingiz uchun rahmat, janobim. Aytganlaringizni amalga oshirish uchun shoshilayin unda. Keyingi kuni akalari Kan’onga otalari Yoqubni, xonadon a’zolari bilan chorvalarini olib kelish uchun yo‘lga otlandilar. Yusuf ular ko‘zdan g‘oyib bo‘lganlarigacha orqalaridan kuzatib turdi. Benyamin bo‘lsa akasiga qo‘lini siltab xayrlashdi. SAVOLLAR 1) Yusufning bug‘doy bog‘lamlari haqida ko‘rgan tushi qanday o‘ngidan keldi? 2) Akalari qoplarida kumush qadahni ko‘rganlarida nima uchun qo‘rqib ketishdi? 3) Nima uchun Yoqub Benyaminni akalari bilan birga Misrga yubormadi? 18. Hikoya. Muso payg‘ambarning hikoyasi QAMISH SAVATChiqish kitobi, 1–2 boblar Yoqub va o‘g‘illari Misrga, Yusuf- ning oldiga kelib o‘rnashganlariga ko‘p yillar bo‘ldi. Endi ular oddiygina oila emasdilar, balki haqiqiy xalq, ya’ni Isroil xalqiga aylangan edilar. Misrliklar Yusuf va uning Misrga ko‘rsatgan yordami haqida allaqachon unutib yuborishgan edi. Fir’avnlar ko‘p almashinar, endi misrliklar esa bu kelgindi xalqqa bir tahdid sifatida qarashar edi. Shu sabab yangi fir’avn isroilliklarni qullarga aylantirib, ularni loy va somondan g‘isht quyishga va boshqa majburiy mehnatlarga majburlar edi. U yahudiylarning ustidan boshliqlar tayinladi, ular xalqni og‘ir mehnatga ko‘mib tashlashlari kerak edi. Odamlar kundalik belgilab qo‘yilgan miqdorda g‘isht quya olmasalar ularni shafqatsizlarcha jazolar edilar. Biroq misrliklar Isroil xalqini qanchalik yerga urishga harakat qilmasin, bu xalq ko‘paygandan ko‘payib, har yili kuchiga kuch qo‘shilib boraverar edi. Shunda fir’avn bir dahshatli reja, ya’ni Isroil xalqidan bo‘lgan o‘g‘il bolalarni tug‘ilgan zahoti o‘ldirish rejasini tuzdi. Bir diyonatli yahudiy ayolining ko‘zi yoridi va u o‘g‘il tug‘di. Onasi o‘g‘liga faqat Xudogina yordam bera olishini bilib, Unga astoydil ibodat qildi. U chaqaloqni uzoq vaqt misrliklardan yashirib yurdi. Lekin bola uch oylik bo‘lganida, uni boshqa yashirib yura olmasligini bildi. Bolaning onasi qamishdan savat to‘qidi, ichiga suv kirmsligi uchun qora saqich bilan qatronladi. Bolaning opasi Maryam onasiga yordam berib turar edi. Keyin ular savatni olib Nil daryosiga kelishdi. Savatni qirg‘oq yaqinida, qamishlar orasida qoldirishdi. Bu yerda savatni oqim olib ketmas, qirg‘oqdan ham uzoqqa suzib ketolmas edi. Maryam yaqin- atrofda yashirinib, savatga va chaqaloqqa nima bo‘lar ekan deb kuzatib turdi. Tez orada qizcha daryo tomon kelayotgan bir gala ayollarni ko‘rdi. Ularning oldida hashamat bilan kiyingan yosh xonim borar edi. Bu fir’avnning qizi edi. Boshqalari esa aftidan uning kanizaklari edi. Chamasi fir’avnning qizi bu yerda cho‘milmoqchi edi. U kiyimlarini yechib sekin-asta suvga tushdi. Maryam malikaning savat yashirilgan joyga yaqinlashayotganini yuragi hayajonda bo`lib, kuzatib turar edi. Mana malika to‘xtab qoldi. - Bu nima, - qichqirib yubordi malika. U cho‘risiga savatni suvdan olib chiqishni buyurdi va savatning qopqog‘ini ochdi. - Bu yahudiy chaqaloq bo‘lsa kerak. Menimcha bolaning onasi uni otamning askarlaridan yashirishga uringan ko‘rinadi, - dedi fir’avnning qizi yo‘ldoshlariga. - Uni nima qilaylik? – so‘radi ular. - Bolani o‘ldirishlarini xohlamayman! Shunda u o‘zlariga ohista yaqinlashib kelayotgan Maryamni ko‘rib qoldi. - Bu yerga qayerdan kelib qolding? – so‘radi fir’avnning qizi. Maryam ikkilanib javob berdi: - Menmi?...Shu atrofda o‘ynab yurgan edim. Agar istasangiz bolani emizib beradigan ayolni topib kelishim mumkin. Fir’avnning qizi rozilik bildirdi va Maryam oyog‘ini qo‘liga olib uyiga yugurdi. Nafasi tomog‘iga tiqilib, onasiga hamma narsani aytib berdi. - Xudo ibodatimizni eshitdi, - dedi onasi quvonchdan porlab. Shundan so‘ng ular daryo tomon shoshilishdi. - Bolani olib, uni men uchun boqib ber, - buyurdi fir’avnning qizi. – Men senga buning uchun haq to‘layman. Bola katta bo‘lganida menga olib kel, men uni o‘zimga o‘g‘il qilib olaman. Ayol shunchalar baxtiyor ediki, bir og‘iz ham so‘z ayta olmas, faqat boshini ma’qul degandek silkitib qo‘yar edi, xolos. Fir’avnning qizi bolani o‘pib: - Xayr, o‘g‘lim! – deya o‘zining aravasi tomon yo‘l oldi. Maryam va onasi ham bolani o‘pib deyishdi: - Uyingga xush kelibsan! Bola bir necha yil o‘z oilasida o‘sdi. Uni Xudoni sevishga va Unga ibodat qilishga o‘rgatishdi. Bola ulg‘aygach, uni fir’avnning saroyiga olib kelishdi. Malika unga Muso deb ism qo‘ydi va fir’avnning o‘g‘liday tarbiyalab ta’lim berishlarini buyurdi. Imkoni bo‘lishi bilan Muso ota-onasi, opasi Maryam va akasi Horunni ko‘rgani kelar edi. Saroydan chiqib, isroilliklarning qarorgohi oralab yurarkan, ko‘rganlaridan yuragi ezilar edi. - Isroilliklar farovon hayot kechirayotgan bir paytda, xalqimning bunday nochor yashashi adolatdan emas. Isroil o‘g‘illari ertalabdan kechgacha mehnat qilishadi, qorni nonga to‘ymay yashashadi, hatto o‘z erklari o‘z qo‘llarida emas. Bir kuni Muso qarasa, isroillik bir odamni og‘ir yuk tashishga majburlashayotgan ekan. Misrlik qo‘lida qamchi bilan uni turtkilab borar edi. Shunda isroillik yiqilib tushdi, misrlik bo‘lsa uni qamchi bilan ura ketdi. Bunday shafqatsizlik va adolatsizlikka Muso ko‘z yumib tura olmadi. U atrofiga qarab hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, yugurib borib misrlikni o‘ldirib qo‘ydi. Misrlikning jonsiz tanasini ko‘rgach, nima ish qilib qo‘yganini anglab yetdi. Ertasi kuni Muso ikkita isroillikning urshayotganlarini ko‘rdi. Ularga yaqinlashib, birodarini xafa qilayotganiga qarab dedi: - Uni tinch qo‘y! Nimaga birodaringni uryapsan? - Senga nima? – javob berdi xaligi odam. – Kecha misrlikni o‘ldirganingday meni ham o‘ldirmoqchidirsan-a? Musoning yuzi qo‘rquvdan gezarib ketdi. “Qanday qilib bu xabar shunchalar tez tarqadi ekan? – o‘yladi u. – Agar fir’avn bu haqda xabar topsa, meni o‘ldirmasdan qo‘ymaydi. Bu yerdan qochishim kerak!” Muso saroyga qaytib bormadi. Qotillik haqida xabar topgan fir’avn haqiqatdan ham Musoni topib, qatl etishlarini buyurdi. Qo‘rquv va g‘amga botgan, qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan Muso, ortidan quvib kelayotganlardan qocha-qocha, Misrdan uzoqlashgandan uzoqlashib, Midiyon yurtiga borib qoldi. Qum va toshdan boshqa hech narsa yo‘q bo‘lgan joyda yura-yura bir quduq topib oldi. Chanqog‘ini qondirib bo‘lgan ham ediki, qo‘ylarini sug‘orish uchun bir nechta qiz kelib qoldi. Muso ularga yordam berdi, qizlar esa uni uylariga ovqatga taklif qildilar. Bu yettita qiz Yatro degan odamning qizlari edi. Uning o‘g‘li bo‘lmagani sababli unga yosh va navqiron yigitning ko‘magi kerak bo‘lardi. Muso esa maqsadsiz tentirab yurgani uchun Yatro unga shu yerda ular bilan qolishni taklif qildi. Shu tariqa Muso fir’avnning hashamatli saroyini qoldirib, Midiyon yurtidagi chodirlarda yashashni o‘ziga afzal ko‘rdi. Ko‘p o‘tmay u Yatroning to‘ng‘ich qizi Zippuraga uylandi va undan o‘g‘illik bo‘ldi. Muso qaynatasining qo‘ylarini boqib yurar va Misrni unuta boshlagan edi. U hatto o‘zining xalqi haqida ham o‘ylamay qo‘ygandi. Biroq Isroil xalqi Xudoning yodida. U xalqining iztiroblarini ko‘rib, ohu-faryodlarini eshitib, ularga yordam berishga ahd qildi. Bu ishni amalga oshirish uchun esa U Musoni da’vat etdi. SAVOLLAR 1) Nima uchun fir’avn isroilliklarni og‘ir mehnatga majbur qildi? 2) Isroil xalqini qirib yuborish uchun fir’avn qanday reja o‘ylab topdi? 3) Musoning onasi chaqaloq bilan qanday yo‘l tutdi? 4) O‘z oilasida, ya’ni ota xonadonida voyaga yetayotgan Musoga onasi nimalarni o‘rgatishga ulgurgan? 19. Hikoya. YONAYOTGAN BUTAChiqish kitobi, 3-12-boblar Bir kuni Muso Sinay tog‘i etaklarida qo‘ylarini boqib yurgan edi. Bir mahal g‘aroyib hodisaning guvohi bo‘ldi: buta yonib borar edi. “Juda g‘alati, buta alanga ichida-yu, lekin yonib tugamayapti!” – hayratga tushdi Muso va yaqinroq bordi. Shunda u kimningdir unga gapirayotganini eshitdi: - Muso! Muso! Men Ibrohim, Ishoq va Yoqubga gapirgan Xudoman. Men xalqim Isroilning chekkan azoblarini ko‘rdim va ularning nolasini eshitdim. Men ularni qullikdan ozod qilib, sut va asal oqib yotgan Kan’on yeriga olib borishga ahd qildim. Endi bor: seni fir’avnning oldiga yuboraman, Isroil xalqini Misrdan olib chiqasan. Qo‘rqma! Men sen bilanman! - Men-a? Xalqimning oldiga borib, ota-bobolarimizning Xudosi meni yubordi desam, Uning ismi nima deb so‘rashmaydimi? - Men Egangizman, - yana javob keldi yonayotgan butadan. – Men yagona Xudoman, Ibrohim, Ishoq va Yoqubning Xudosiman. - Bolaligimdan gapga chechan emasman, buning ustiga tilim chuchuk, - davom ettirdi Muso. – Menga hech kim, ayniqsa fir’avn quloq solmaydi. - Odamlarni yaratgan, ularga gapirishni o‘rgatgan Men emasmi? – dedi Xudo. – Sening og‘zingga ham kerakli so‘zni O‘zim solib qo‘yaman. Lekin Muso qarshilik qilishda davom etdi. - Boshqa birortasini yubora qol. Shunda Xudoning g‘azabi qaynadi. - Yo‘q, Muso, buni aynan sen bajarasan! Agar gapirishga qo‘rqsang, akang Horunni yoningga ol, u sening o‘rningga gapiradi. Lekin Mening xabarchim sen bo‘lasan va Isroilni qullikdan olib chiqasan! Shunday qilib, Muso, Xudoning unga amr etganlarini bajo keltirish uchun Misrga qaytib bordi. Biroq akasi Horun bilan birga fir’avnni qanchalik ko‘ndirishga urinishmasin, fir’avn Isroil xalqini ozod qilishga rozilik bermasdi. Bu orada esa fir’avn isroil xalqining yumushini yanada og‘rilashtirib, beriladigan jazoni yanada kuchaytirdi. Xudo Misr yurti bilan fir’avnning boshiga o‘nta ofat yubordi. Bular kasallik keltiruvchi va don-dunlarga zarar keltiruvchi ofatlar edi. Biroq shunda ham fir’avn Isroil xalqinining va’da qilingan yerga borishiga ijozat bermadi. Shunda Xudo Muso orqali Isroil xalqiga amr etib, har bir oila uchun tanasida nuqsoni bo‘lmagan bittadan qo‘zini Fisih qurbonligi qilib so‘yilsin dedi. Fisih “chetlab o‘tish” degan ma’noni anglatadi. Qo‘zining qonini idishga solib, kechki payt uni eshik kesakisi va yondorlariga surtish lozim edi. O‘sha tunda hech kim uydan tashqariga chiqmasligi kerak edi, chunki Xudoning farishtasi Misr yurti bo‘ylab butun to‘ng‘ichlarni o‘ldirayotgan edi. Eshigiga qon surtilgan uylarni esa, o‘lim farishtasi chetlab o‘tar edi. Ovqatdan oldin yana bir ish qilishimiz lozim, - dedi oila bosh- liqlari. – Har biringiz xuddi uzoq safarga otlanganday kiyinib oling, tayog‘ingiz qo‘lingizdan tushmasin. Qo‘zi go‘shtini tong otguncha yeb bitiring. Bu Egamizning Fisih bayramidir. Xudo bizga bu kunni asrlar osha eslab qolib, avloddan-avlodga o‘tadigan bayram sifatida nishonlashni buyurgan. Oila dasturxon atrofiga yig‘ilganida, qo‘zi go‘shtini taxir o‘tlar bilan birga tortishdi. Bolalarga taxir o‘tlarning ta’mi yoqmagan bo‘lsa-da, oila boshi ularga shunday tushuntirdi: - Xuddi shu o‘tlar kabi, bizning Misrdagi hayotimiz va qiyinchiliklarimiz ham achchiq bo‘ldi. Non bilan qo‘shib yeyishlari uchun odatdagidan boshqacha non berishdi. - Bu nonga xamirturush qo‘shilmagan, - tushuntirdi onalar. – Muso bizga xamirturushsiz non yopishni buyurdi. Bu bilan safarga hozirligimizni namoyon etamiz, chunki uzoq yo‘lga xamirturushli non olib bo‘lmaydi. Nihoyat oilalar uxlashga yotishdi. Erta tongda isroilliklarning hammasi uylari oldilarida yo‘lga shay bo‘lib turishardi. Uzoq kutishgan o‘sha buyuk kun keldimikan-a? Mana uzoqdan otliq ko‘rindi. Bu isroillik xabarchi edi. - Hammasi Xudo aytganday bo‘lib chiqdi! – qichqirdi u hali uzoqda turib. – Har bir misrlikning xonadonida to‘ng‘ich o‘g‘il halok bo‘ldi, shu jumladan fir’avnning xonadonida ham. Bugun Xudo fir’avn Uning irodasiga boshqa qarshilib qila olmasligini ko‘rsatdi! - Endi nima qilamiz? – so‘rashdi odamlar. - Sizlar yo‘lga chiqishga tayyorsizlarku, - dedi xabarchi. – Bor- budingizni olib yo‘lga tushinglar. Odamlar bor-budlarini olish uchun uylariga yo‘l oldilar. Otalar bo‘lsa o‘g‘illarining qo‘llaridan ushlab, ularga eshik kesakisi va yondoridagi qonni ko‘rsatishdi: - Bu qon isroilliklar shu yerda yashaganliklariga belgi bo‘ladi. Mana shu qon seni Xudoning hukmidan asrab qoldi, o‘g‘lim! Fisih bayrami shu tariqa joriy etilgan edi, ayna shu kuni Egamiz O‘z xalqini qullikdan olib chiqqan edi. Fir’avn Muso bilan Horunga shunday dedi: - O‘zlaringiz ham, Isroil xalqingiz ham yo‘qolinglar! Mening yurtimdan chiqib ketinglar! Misrliklar isroilliklarni tezroq ketinglar, deb shoshirishar edi... Egamiz qudratli qo‘li ila isroilliklarni ozod qilguniga qadar, isroilliklar Misr diyorida to‘rt yuz o‘ttiz yil yashadilar. Misrdan chiqib ketayotganlarning soni ayollar va bolalardan tashqari olti yuz ming erkak edi. SAVOLLAR 1) Muso sahroda qanday g‘aroyib hodisaning guvohi bo‘ldi? 2) Xudo Musoga qanday amr berdi? 3) Fir’avn beshinchi ofatdan so‘ng isroilliklarni ozod qildimi? 4) Fisih bayrami nimani anglatadi? 20. Hikoya. QIZIL DENGIZDAN O‘TISHChiqish kitobi, 13-bob, 20-22; 14-bob; 15-bob, 1, 22-oyatlar Isroilliklar ketar-ketmas, fir’avn ularni qo‘yib yuborga- niga afsuslana boshladi. - Ularni quvib yetishimiz kerak! – buyruq berdi u jangchilariga. – Ularni ortga qaytarib, shafqatsizlarcha ja-zolaymiz. Uchqur otlar qo‘shilgan ikki g‘ildirakli jang aravalarida misrliklar yahudiylarning ketidan quva ketishdi. Har bir jang aravasiga o‘qchi askarlar joylashtirilgan bo‘lib, aravani bitta odam boshqarib borar edi. Isroil o‘g‘lonlari Kan’on yeriga yo‘l olgandilar. Xudoning O‘zi ularga yo‘l ko‘rsatib borardi. Egamiz kunduzi bulut ustuni, tunda esa olov ustini ko‘rinishida xalqning oldida boraverdi. Kunduzi bulut ustuni ularni issiqdan himoya qilar, tunda esa olov ustuni ularning yo‘lini yoritib borar edi. Bulut to‘xtagan paytda, Muso ham xalqqa to‘xtashni buyurardi. Bulut joyidan ko‘zg‘alishi bilan, isroilliklar ham yo‘lga tushardilar. Shu tariqa ular yura-yura Qizil dengiz bo‘yiga yetib kelishdi va qirg‘oqda to‘planishdi. Ular hali chodir tikib bo‘lmaslaridan, ortlaridan shovqin-suron va otlarning tuyoq tovushi eshitildi. Misr tomonga ko‘z tashlab, ular fir’avn va uning son-sanoqsiz otliq askarlari va jang aravalari kelayotganini ko‘rdilar. Fir’avn isroilliklarni Misrga qaytarib ketish uchun ularning ortidan tushgan edi. Yaqinlashib kelayotgan jang aravalarini ko‘rib xalq dahshatdan qotib qoldi. Endi nima bo‘ladi? Oldilarida dengiz yastanib yotar, ortlarida esa fir’avn va jangchilari turar edi. Isroilliklarning qo‘rquvdan yuraklari yorilguday bo‘lib, Musoga noliy boshlashdi: - Bizni sahroda o‘lib ketishimiz uchun olib kelgan edingmi? Bu yerda o‘lib ketgandan ko‘ra, Misrda qul bo‘lib yashasak bo‘lmasmidi? Ular shunday deya noshukurlik qilishsa-da, Muso ularni tinchitish uchun bosiqlik bilan dedi: - Qo‘rqmanglar! Egamiz bugun sizlarni qanday qutqarishini ko‘rasizlar! Egamizning O‘zi sizlar uchun jang qiladi, shunday ekan tinchlaninglar! Shu payt g‘aroyib bir hodisa sodir bo‘ldi. Isroilliklarning oldida, ularga yo‘l ko‘rsatib ketayotgan bulut ustuni balandga ko‘tarilib isroilliklar bilan misrliklarning o‘rtasiga turib oldi. Misrliklar oldilarida turgan quyuq bulut devorini ko‘rib sarosimaga tushishdi. Fir’avn bo‘lsa bulut tarqalishini kutinglar deb buyruq berdi. Bulut ustuni misrliklar turgan tarafni qanchalar zimistonga aylantirgan bo‘lsa, isroilliklar turgan tarafni nurafshon qilib turar edi. Isroilliklarning qo‘rquvi bir oz chekindi. Endi nima qilishlari kerak? Hammalari Musoga qarab turishar edi. Shunda Xudo Musoga dedi: - Qo‘lingdagi hassani dengiz tomonga uzat, shunda isroilliklar dengizdan quruqlikdan o‘tganday o‘tib olishadi. Muso dengiz qirg‘og‘ida turib qo‘lini suv uzra ko‘tardi. Dengiz ko‘pirib, kuchli shamol ko‘tarildi. Shamol kuchaygandan-kuchayib, suvni ikki tarafga ajratdi. Dengiz o‘rtasida uzun quruqlik paydo bo‘ldi. Va nihoyat isroilliklarning dengizdan o‘tib olishlari uchun yo‘l ochilib, suv ikki tomonda devor bo‘lib turib qoldi. Xudo mo‘’jiza yaratgan edi! Isroilliklarning ruhi ko‘tarildi. Muso birinchi bo‘lib dengiz tubiga qadam qo‘ydi, uning ortidan esa isroilliklar oila-oila bo‘lib quruq yo‘lakdan o‘ta boshladilar. Misrliklar tarafida bulut sekin-asta ko‘tarila boshlaganda, ular otlariga minib isroilliklarning ortidan quvib ketishdi. Dengizning o‘rtasidan o‘tgan yo‘lakni ko‘rib, shu yo‘lakdan oldinga intilishdi. Tez orada aravalar qumga tiqilib qoldi, biroq fir’avn qaysarlik bilan qo‘shinini olg‘a yurishga undardi. Shu orada barcha isroilliklar qarama-qarshi qirg‘oqqa chiqib olishgan edi. Shunda Muso dengiz tomonga yuzlanib, qo‘lidagi hassasini pastga tushirdi. Shamol esishdan to‘xtab, dengiz suvi ortiga qaytdi. Isroilliklar dengizga tikilib turishardi. Misrliklarning hammasi suvga g‘arq bo‘lgan, faqat jang aravalarning bir nechta siniq bo‘laklarigina suv yuzida qalqib yurar edi. Isroilliklarning hammasi bir ovozdan shodon hayqirib yuborishdi hamda Muso bilan birga Egamizni madh qilib qo‘shiq kuylashdi. - Egamiz mening kuch-qudratim. U mening qutqaruvchimdir. U mening Xudoyimdir, men Uni olqishlayman, otamning Xudosidir, men Uni ulug‘layman! SAVOLLAR 1) Nima uchun misriklar isroilliklarning ortidan quvishdi? 2) Egamiz fir’avn qo‘shinini qanday to‘xtatib qoldi? 3) Egamiz qanday qilib dengizni ikkiga ajratdi? 21. Hikoya. MANNA VA QOYADAN CHIQQAN SUVChiqish kitobi, 16-bob; 17-bob, 1-7-oyatlar Isroilliklar sahro bo‘ylab yurib, suv manbalari bo‘yida to‘xtab suv ichar, palma daraxtlari soyasida dam olishar edi. So‘ng yana o‘rinlaridan qo‘zg‘alib, Sin sahrosi tomon yo‘l olishar edi. Misrdaliklarida o‘zlari bilan yo‘lga ozgina non olishgan edi, uni tez orada yeb tugatishdi. Endi nonni qayerdan topishsa ekan? Isroilliklar nonni Xudodan so‘rashlari lozim edi. Xudo O‘z xalqini sevardi va ularning ochlikdan o‘lishiga yo‘l qo‘ymas edi. Biroq Xudoga ishonishga o‘rganmagan isroilliklar noliy boshladilar. Ular Muso va Horunning oldiga borib, shunday dedilar: - Misr yurtida o‘lib ketsak bo‘lmasmidi? U yerda go‘sht mo‘l edi, to‘ygunimizcha non yer edik. Sizlar bo‘lsa bizni mana shu sahroga ochdan o‘ldirish uchun olib keldingiz. Ular Xudodan va Musodan mamnun emas edilar. Ammo rahmdil va sabr-toqatining cheki yo‘q Egamiz Musoga dedi: - Men xalqimning so‘zlarini eshitdim va Men ularga oqvat beraman. Ertasi kuni tongda, isroilliklar chodirlaridan chiqqanlarida, yerning oppoq qirovga o‘xshagan narsa bilan qoplanganini ko‘rishdi. Muso ularga dedi: - Bu Xudo sizlarga samodan yuborgan non. Uni keragicha to‘plab, chodiringizga olib kiringlar. Isroilliklar bu samoviy nondan (mannadan) yig‘ib ola boshladilar va u hamma uchun yetarli edi. Xudo mannani ertalab yog‘dirar va xalq uni o‘sha paytdayoq yig‘ib olishi zarur edi, chunki quyosh chiqqanda u erib ketar edi. Muso ularga dedi: - Mannani keragidan ortiq yig‘ib olmang va keyingi kun uchun saqlab qo‘ymang. Chunki Xudo mannani sizga har kungisini har kuni yuboradi. Biroq ba’zi odamlar Musoning so‘zlariga ishonmasdan, mannadan ertasi kun uchun saqlab qo‘yishgan edi. Ertalab turib qarashsa, mannaga qurt tushgan ekan, uni tashlab yuborishga to‘g‘ri keldi. Ko‘p o‘tmay isroilliklarning suvlari tugab qoldi. Sahroda na daryo, na ko‘l va na quduq bor edi. Shunday bo‘lsa-da, Xudo ularni suvsizlikdan o‘lib ketishlariga yo‘l qo‘yarmidi? Yo‘q albatta. Biroq isroilliklar Xudoga suv so‘rab murojaat qilmadilar, aksincha yana Musoga kelib nolidilar. - Nimaga bizni Misrdan olib chiqding? Bizni bolalarimiz va chorvamiz bilan birga sahroda suvsiz o‘ldirish uchunmi? Xalq shunchalar g‘azabda ediki, hatto Musoni toshbo‘ron qilishga ham tayyor edi. Shunda Muso yana Xudoga murojaat etib, bu muammoni hal qilib berishini iltijo qilib so`radi. - Bu xalqni nima qilay? – so‘radi u. Shunda Xudo Musoga dedi: - Qo‘lingga tayog‘ingni olib tepalikka ko‘taril. Xalq orasidan birortasi sen bilan borsin. Keyin qoyaga yetganingda tayog‘ing bilan qoyani qattiq ur, shuna u yerdan suv oqib chiqadi. Muso qoyaga tayog‘i bilan urganida qoyadan toza, chuchuk suv chiqdi. Chanqoqdan holdan toygan xalq uchun bu qanchalik hayotbaxsh tuyulardi. Suvsizlikdan ularning lab-dahanlari qurib, til va tomoqlari qaqrab ketgan edi. Endi esa suv bo‘yida to‘ygunlaricha suv ichishlari, ko‘zalarini suvga to‘ldirib olishlari, hatto chorvalarini ham sug‘orishlari mumkin edi. Isroil xalqi uzoq yillar davomida sahroda yashashiga to‘g‘ri keldi. Xalq ko‘p marta Xudodan nolib, Unga ishonchsizlik bildirgan bo‘lsa-da, Xudo ularni tashlab qo‘ymadi. SAVOLLAR 1) Sahrodagi qiyinchiliklar nimalardan iborat edi? 2) Isroilliklar ochlikka duchor bo‘lganlarida qanday yo‘l tutishdi? 3) Xudo qanday qilib ularning qornini to‘ydirdi? 4) Nima uchun mannani keyingi kun uchun saqlab qo‘yishganida u aynib qoldi? 5) Isroilliklarning ichishga suvlari tugab qolganda, ular qanday yo‘l tutdilar? 6) Xudo qayerdan ularga suv topib berdi? 22. Hikoya. SINAY TOG‘IDAChiqish kitobi 19-20, 24-boblar; 31-bob, 18-oyat Isroil xalqiga yo‘l ko‘rsatib ke- tayotgan bulut ustuni tog‘ etagida to‘xtagani uchun xalq o‘sha yerda to‘xtab chodir tikdi. Xudo Musoga toqqa chiqishni buyurdi. O‘sha yerda U Musoga muhim qonun- qoidalar bermoqchi edi. Muso toqqa ko‘tarilganida, Xudo unga dedi: - Isroil xalqiga marhamat qilib, ularni Misr yeridan olib chiqqanimni ko‘rding. Endi ulardan Mening amrlarimga amal qiladilarmi-yo‘qmi, shuni so‘ra. Shunda xalq javob berib dedi: Muso tog‘dan tushib, isroilliklardan Xudoning Kalomiga bo‘ysunasizlarmi deb so‘radi. Shunda xalq bir ovozdan javob berib: - Egamizning aytganlariga bo‘ysunamiz, - deyishdi. Keyin Muso toqqa qaytib borib, xalqning javobini Xudoga yetkazdi: - Isroil xalqi hamma amrlaringni bajarishga tayyor. Xudo dedi: - Men xalq bilan sen orqali gaplashaman. Xalqning oldiga borib, Mening aytadigan gaplarimni qabul qilishga tayyor turishlarini buyur. Muso isroilliklarning oldiga qaytib borib, dedi: - Uch kundan so‘ng Xudoning ovozini eshitasizlar. Tog‘ cho‘qqisidagi bulutlarda esa Uning ulug‘vorligi namoyon bo‘lganini ko‘rasizlar. Xudoning oldida pok bo‘lib tura olishingiz uchun kiyimlaringizni yuvib oqartiringlar va o‘sha kun uchun tayyorgarlik ko‘ringlar. Toqqa behosdan yaqinlashib, oyoq bosib, halok bo‘lmasliklari uchun Muso tog‘ning atrofiga chegara qo‘ydi. Hatto chorvalari ham toqqa yaqinlashmasligi kerak edi, chunki tog‘ Xudoning ulug‘vorligi bilan qoplanishi lozim edi. Uch kundan so‘ng erta tongda kuchli momaqaldiroq ovozini eshitib xalq qo‘rquvdan larzaga tushdi. Muso xalqqa chodirlaridan chiqib Xudo tomonga ko‘z tashlashni buyurdi. Ular esa dahshatli manzaraning guvohi bo‘lishdi. Sinay tog‘i dud-bo‘ron bilan qoplangan, Xudo olov ko‘rinishida toqqa tushib kelgani uchun tog‘ titrab-tebranmoqda edi. Momaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqib, tog‘ tutar, xalq esa qo‘rquvdan dir-dir titrar edi. Egamiz Musoga dedi: - Tog‘ning tepasiga chiqib oldimga kel. Muso butun xalqning ko‘z oldida toqqa chiqib ketdi. Xudo unga dedi: - Men Egangiz, seni Misr yeridan qullikdan olib chiqqan Xudoyingman. Mendan boshqa xudolaring bo‘lmasin. O‘zingga xudolar yasab olma, ularga xizmat qilma. Egang Xudovand ismini behudaga chaqirma. Shanba kunini muqaddas bilib xotirla. Olti kun mehnat qil va yumushlaringni bajar, yettinchi kun esa Egang Xudoning shabbat kunidir. Ota-onangni hurmat qil, shunda yer yuzida uzoq umr ko‘rasan. Odam o‘ldirma. Zino qilma. O‘g‘irlik qilma. Birodaringga tuhmat qilma. Boshqalarning mulkiga ko‘z olaytirma. Xudo gapini tugatganida xalq xursand bo‘lib ketdi, chunki ular Xudoning momaqaldiroqqa o‘xshash jarangdor ovozini eshitib, qo‘rquvga tushayotgan edi. Muso tog‘dan qaytib tushganida, isroilliklar uning oldiga kelishib, shunday deyishdi: - Xudodan iltijo qilib so‘ra, U bizga gapirmasin. Chunki biz dahshatga tushyapmiz. Xudo senga gapirsin, sen esa Uning gapini bizga yetkaz. Shunda Muso yana toqqa chiqib bulutlar orasida ko‘rinmay ketdi va xalqning tilagini Xudoga yetkazdi: - Ular Sening ovozingni yana bir bor eshitishga qo‘rqishyapti. Xudo dedi: - Mendan qo‘rqqanlari yaxshi. Shunday bo‘lsa mayli, Mening xalqqa aytadigan gaplarimni o‘zing ularga yetkazasan. Xudo Musoga toqqa chiqishni buyurdi va u bilan o‘sha yerda yolg‘iz qolib gaplashdi. Muso tog‘da qirq kun qolib ketdi. Bu vaqt mobaynida hech narsa yemadi va ichmadi. Xudo uning jonini saqlab qolish uchun unga bulutlar orasida turib gapirardi. Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Xudo Isroil xalqiga chodir ko‘rinishidagi bir maskan qurishni amr etadi. Bu chodirni yig‘ish va bir joydan boshqasiga olib yurish mumkin edi. Uni Muqaddas chodir deb atashdi. O‘nta amr yozilgan tosh lavhalarni solib qo‘yish uchun ular akas daraxti yog‘ochidan sandiq yasashdi. Sandiqni ichi bilan tashqarisini oltin bilan qoplashdi. Uni Ahd sandig‘i deb atashdi. So‘ngra Xudo Musoga ikkita tosh lavhani berdi. Ularga Xudo O‘z qo‘llari bilan o‘nta amrni yozib bergan edi. SAVOLLAR 1) Xudo kimni toqqa chaqirib gaplashmoqchi bo‘ldi? 2) Nima uchun tog‘ning atrofiga chegara tortishdi? 3) Nima uchun xalq Xudoning ovozini boshqa eshitmaslikni xohladi? 4) Muso qancha muddat tog‘ tepasida qolib ketdi? 5) Xudo Muso bilan gapini tugatib, unga nima berdi? 23. Hikoya. OLTIN BUQAChiqish kitobi, 32- 33 boblar Muso Sinay tog‘ida bir necha kunni Xudo bilan gaplashib o‘tkazdi. Xalq uning qaytishini betoqat bo‘lib kutayotgan edi. Ularning sabri borgan sari tugab borar edi. Ular boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladigan va muammolarini aytib, murojaat qilish mumkin bo‘lgan xudolari bo‘lishini xohlab qolishdi. Odamlar Horundan o‘zlariga xudo yasab berishini so‘rayvergach, Horun rozi bo‘ldi. - Mayli! – qichqirdi u. – Men sizlarga xudo yasab beraman! Xalqning qistoviga ko‘nish bilan Xudoning amriga qarshi chiqayotganini bilsa-da, qarshirik qilishga Horunning jasorati yetmadi. Horun odamlar keltirgan tillalarni yig‘ib eritdi va undan quyma buqaning haykalini yasadi. Uni xalqning oldiga chiqarganida, xalq jumbushga kelib hayqirdi: - Mana bizning xudoyimiz! Sinay tog‘idan tusharkan, Muso xalqning kayfu-safo hayqiriqlarini eshitdi. U bir qarashdan nimalar sodir bo‘layotganini darrov payqadi. - Eh, siz, gunohkorlar! Xudosizlar! – qichqirdi u g‘azab bilan. G‘azab va g‘am-anduhdan uning ko‘zlariga yosh quyildi. Isroil o‘g‘illari barhayot Xudoni qoldirib, quyma buqaga sajda qilib gunohga botishgandi! Bunday dahshatli manzaradan yuragi g‘azabga to‘lgan Muso tosh lavhalarni boshi uzra ko‘tarib yerga bir uloqtirgan edi, lavhalar chil- parchin bo‘lib har tarafga otilib ketdi. So‘ngra Muso oltin buqani yo‘q qilishlarini buyurdi. - Sizlar og‘ir gunoh qildingizlar, - dedi u. – Men yana bir bor toqqa ko‘tarilib, Xudodan sizlarning gunohingizdan o‘tishini so‘rayman. Balki Xudo sizlarga yana bir marta rahm-shafqati va sabr-toqatini ko‘rsatsa. Muso yana bir bor Sinay tog‘iga chiqib Xudodan xalqning gunohidan o‘tishini so‘radi. - Agar ularning gunohini kechirmasang, bu xalqni yer yuzidan supurib tashlasang, unda meni ham ular bilan birga yo‘q qilib yubor, - iltijo qildi u. - Men faqat gunoh qilganlarnigina yo‘q qilaman, butun Isroil xalqini qirib yubormayman. Borib Men Ibrohim, Ishoq va Yoqubga va’da qilgan yerni egallanglar. Lekin Men sizlar bilan birga bormayman, - javob berdi Xudo. - Agar Sen bizlar bilan bormas ekansan, unda men ham bu xalqni u yerga olib bormayman, chunki Sensiz biz halok bo‘lamiz. - Muso, Men seni yaxshi ko‘raman, shuning uchun iltimosingni bajo keltiraman, - dedi Xudo. – Men xalqning gunohini kechiraman va sizlar bilan va’da qilingan yerga boraman. Bir ozdan so‘ng Xudo Musoga boshqa tosh lavhalari yasashga buyurib, ularga o‘nta amrlarni O‘z qo‘llari bilan yozib berdi. SAVOLLAR 1) Isroil xalqi xudo yasab berishni so‘rab kimga murojaat qilishdi? 2) Horun qanday jonivorning quyma haykalini yasadi? 3) Egamiz xalqqa qanday jazo bermoqchi bo‘ldi? 4) Muso tog‘dan tushgandan so‘ng nima qildi? 24. Hikoya. AYG‘OQCHILARSahroda kitobi, 13-14-boblar - Bu aynan o‘sha sut bilan asal oqib yotgan zamin, - ma’lum qildi Yoshua. Muso uni boshqa o‘n bitta qabila vakillari bilan birga va’da qilingan yerni tekshirib kelish uchun yuborgan edi. Qirq kun mobaynida ular o‘sha yerni boshdan-oyoq aylanib chiqishdi. Qaytib kelishgach, hosildor yerlar, keng o‘tloqlar va o‘rmonlar haqida xalqqa so‘zlab berishdi. O‘zlari bilan bir bosh uzum olib kelishdi. Kattaligidan uni ikki kishi xodaga osib ko‘tarib kelishgan edi. Ayg‘oqchilarning barchasi bir ovozdan tasdiqlashib, deyishdi: - Kan’on – haqiqatdan ham sut bilan asal oqib yotgan yer ekan. Lekin ularning yuzida ozgina ikkilanish bor edi. Nihoyat, ulardan biri yurak yutib, ma’lum qildi: - Muso Hazratlari, bu yer qancha yaxshi bo‘lmasin, biz uni qo‘lga kirita olmaymiz. U yerda yashaydigan xalq bizdan ko‘ra ancha kuchliroq ekan. U bilan birga borgan boshqa ayg‘oqchilar ham u yerda istiqomat qiladigan bahodirlar nasli haqida, hamda shaharlarni o‘rab turgan baland va qalin devorlar haqida aytib berishdi. Shunda olomon orasida g‘ala-g‘ovur va oh-vohlar ko‘tarildi. Xalq g‘azabga minib, o‘zlarini shunaqa qiyin ahvolga solib qo‘ygani uchun Musoni ayblar edi. Birdan xalqning shovqini orasida kimdir balan ovozda gapira boshladi. Bu Yoshua bo‘lib, u va’da qilingan yerni tekshrishga Yahudo qabilasining vakili sifatida borgan edi. - Biz ularni yenga olamiz! – hayqirdi u. – Menga ishoning! Avvalo esa Xudoga ishoning! Uning O‘zi shu yerni bizga va’da qilib berganku. Uning O‘zi bizga yordam beradi! Xolib Yoshuning so‘zlarini tasdiqlab, dedi: - Ruhingizni tushirmang, birodarlar! Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar. Xudoga qarshi isyon qilmang! Olomonning shovqin-suroni Yoshua va Xolibning so‘zlarini bo‘lib qo‘ydi. G‘azab va alamdan odamlar ularning gaplarini eshitishni istashmasdi. Birdan muqaddas chodir tepasida yorug‘ bir nurni ko‘rdilar. Egamizning ulug‘vorligi chodirni qoplagan edi. Shu ondayoq dod-fig‘onlar tindi. Xudoning isroilliklarga biron gapi borligini bilish uchun Muso chodir tomon shoshildi. - Bu xalq Menga ishonmaydi, shuning uchun, o‘lat yuborib ularni jazolayman! – Xudoning qat’iy hukmi shu bo‘ldi. Muso shu safar ham Xudoga iltijo qilib xalqning gunohidan kechirishini so‘radi. - Yaxshi, - javob berdi Xudo, - sen iltimos qilganing uchungina Men bu xalqni qirib tashlash fikrimdan qaytaman. Biroq, Mening Misrda va sahroda sodir etgan mo‘’jizalarimni ko‘rib ham, o‘z bilganidan qolmagan odamlarning birortasi Men ota-bobolariga va’da qilib bergan yerni ko‘rmaydi. Va’da qilingan yerga kirish- lariga Men yo‘l qo‘ymayman! Xalq qirq yil sahroda sarson- sargardon bo‘lib yuradi. Shundan keyingina ular yangi yerni egallaydilar. Bu vaqt davomida yigirma yoshdan katta bo‘lgan avlodning barchasi o‘lib ketadi. Faqat Yoshua bilan Xolibgina hozir yigirma yoshdan kichik bo‘lgan avlod bilan birga Kan’on diyoriga kiradi. SAVOLLAR 1) Va’da qilingan yerni tekshirib kelishga kimlar borishi kerak edi? Ular necha kishi edilar? 2) Ular Kan’on yerida nimalarni ko‘rdilar? 3) Bu voqeadan biz qanday saboq chiqarishimiz mumkin? 25. Hikoya. QOYADAN CHIQQAN SUVSahroda kitobi, 20-bob,1-13 hamda 22-29-oyatlar Isroilliklar sahroda uzoq vaqt yashab, bir joydan boshqasiga ko‘chib yurdilar. Bir kuni ular suvi yo‘q bo‘lgan joyga kelib o‘rnashdilar. Ular muammoni qanday hal qilgan deb o‘ylaysiz? Xudoga iltijo qildilarmi yoki nolib boshladilarmi? Baxtga qarshi ular har doim qilib kelganlaridek, yana Muso bilan Horunga qarab ming‘irlay boshladilar: - Nimaga avvalroq o‘lib ketmagan ekanmiz a? Nimaga bizlarni Misrdan olib chiqdingiz? Sahroda o‘lib ketishimiz uchunmi? Bu yerda na anjir daraxti, na tokzor, na birorta meva bor. Mana endi suv ham yo‘q ekan! Hali ham sahroda tentirab yurganlarining sababi Xudoga ishonmaganlarida ekanligini ular allaqachon unutgan edilar. Muso bilan Horun xalqning nolishini eshitib, g‘amga botishdi. Ular xalqdan uzoqlashib, chodir oldida tiz cho‘kib ibodat qila boshladilar. Ko‘p o‘tmay Xudo ularga gapirib dedi: - Tayog‘ingni olib, xalqni shu yerga to‘pla. Keyin qoyaga yaqinlashib, qoyaga suv chiqsin deb buyur. Shunda qoyadan suv oqib chiqadi. Lekin Muso bilan Horun hali ham xalqdan darg‘azab edilar. Ular: - Quloq solinglar, ey, itoatsiz bandalar! Mana shu qoyadan sizlarga suv chiqarib berishimiz kerakmi? So‘ng Muso qo‘lini ko‘tarib, qoyaga tayog‘i bilan ikki marta urgan edi, qoyadan suv otilib chiqdi. Jamoa o‘zlari suv ichib, keyin chorvalarini ham sug‘ordi. Muso Egamizning amrini to‘liq bajo keltirdi deb o‘ylaysizmi? Shu yerda Musoning bir nechta xato qilganini ko‘ramiz. Birinchidan, u qoyani tayoq bilan urishi emas, balki unga buyruq berishi kerak edi, xolos. Ikkinchidan, Muso bilan Horunning o‘zlari ham qoyadan suv chiqishiga shubhalangan edilar. Shunga qaramasdan, Xudo xalqiga O‘zining rahmdilligini namoyon etish uchun qoyadan suv chiqargan edi. Muso bilan Horunga bo‘lsa U jazo tayinladi: - Menga yetarlicha ishonmaganingiz uchun, Isroil xalqiga Mening muqaddasligimni namoyon etmaganligingiz uchun, va’da qilingan yerga sizlar kirmaysizlar. Ular uchun bu jiddiy jazo edi. Ibrohim Xudo sharafiga qurbongoh o‘rnatib, sajda qilgan Kan’on yurtini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni Muso juda orzu qilar edi. Bu voqeadan keyin esa uning orzulari amalga oshishi gumon edi. Muso butun yer yuzidagi eng kamtar inson edi. Isroilliklar unga nisbatan ko‘pincha nonko‘rlik qilsalar va unga ta’na toshlari otsalar- da, u hech qachon ularga qo‘rslik qilmas edi. Faqat mana shu safargina Muso o‘zini tutib tura olmagan edi. SAVOLLAR 1) Yana bir bor suv tanqisligiga uchragan xalq qanday yo‘l tutdi? 2) Xudo Musoga qoyadan suvni qay tariqa chiqarishni buyurdi? 3) Muso buning o‘rniga nima ish qildi? 4) Xudo Muso bilan Horunni qanday jazoladi? 26. Hikoya. BRONZADAN YASALGAN ILONSahroda kitobi, 21-bob, 4-9-oyatlar Isroil xalqi sahroda uzoq vaqt qolib ketdi. Ba’zan Kan’on yeri chegaralariga endi yetib keldik deganlarida, bulut boshqa tomonga qarab harakatlanar, shunda butun xalq ham unga ergashib yana sahroga qaytib borishga majbur bo‘lar edi. Bundan ular chuqur g‘amga botar edilar, chunki ular va’da qilingan yerga kirishni juda istashar edi. Agar yahudiylar sahroda nolinib noshukurlik qilishmaganda edi, Egamiz ularni allaqachon Kan’on yeriga olib kirgan bo‘lar edi. Biroq Xudo ularni jazolash uchun xalqning u yerga kirishini kechiktirar edi. Bir kuni ular yana Xudo bilan Musoga qarshi isyon ko‘tarib qolishdi: - Nimaga bizni Misrdan olib chiqdingiz? Sahroda ochdan o‘lyapmiz. Bu yerda na non bor, na suv. Manna bo‘lsa me’damizga tegdi. Mana shu qilganlari uchun Xudo ularga jazo tariqasida zaharli ilonlarni yubordi. Ilon chaqishidan o‘lgan odamlarning soni juda ko‘p edi. Xalq qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lib, tavba qilishdi va Musoga shunday deyishdi: - Biz Egamizga va senga qarshi gapirib katta gunoh qildik. Egamizga iltijo qil, U ilonlarni bizdan daf qilib bersin. Muso xalq uchun ibodat qildi. Xudo esa uning iltijolarini eshitib, shunday amr etdi: - Bronzani eritib undan ilon yasab, uni xodaga mahkamlab qo‘y. Ilon chaqqan odamga shu ilonga qarashni ayt, shunda u tirik qoladi. Ilon chaqqan odam qarorgohning qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar, boshini ko‘tarib qaraganda ilonni ko‘ra olar edi. Odam tanasidagi zahar yo‘qolib, sog‘ligi va kuch-quvvati tiklanishi uchun shuning o‘zi kifoya edi. Xudoga ishonib, bronza ilonga qaragan odam shifo topib, Xudoni ulug‘lar edilar. Biroq baxtga qarshi, oralarida shifo topish uchun bronza ilonga qarashning o‘zi yetarliligiga ishonmaydiganlar ham bor edi. Bunday odamlar ilon chaqishidan o‘lib ketar edilar. Odamga hayotni bronza ilon emas, balki Xudo beradi. Odamlardan talab qilinadigani – Xudoga imon keltirish hamda Xudoning najot berish usulini qabul qilishdir. SAVOLLAR 1) Sahroda uzoq vaqt qolib ketgan isroilliklar nima qilishdi? 2) Xudo jazo tariqasida ularga nima yubordi? 3) Ilon chaqqan odamlar shifo topishlari uchun Xudo Musoga nima yasashni buyurdi? 27. Hikoya. Yoshua payg‘ambarning hikoyasi RAHOBA VA AYG‘OQCHILARYoshua kitobi, 1-2-boblar Musoning o‘limidan so‘ng Yoshua xalqni va’da qilingan yerga olib kirishga tayyorlay boshladi. Agar Yoshua Egamizga bo‘ysunib, Uning amrlariga amal qilib yursa, unga yordam berishga va’da berdi. - Dadil va botir bo‘l, - dedi U Yoshuaga. – Men, Egang, qayerga borma sen bilan bo‘laman va seni tark etmayman. Yoshua xalqqa uch kunga yetadigan oziq-ovqat tayyorlab olishni buyurdi, chunki endi ular Iordan daryosining narigi sohiliga o‘tishlari kerak edi. Bu yerni Xudo ularga berishga ahd qilgani sabab, uni va’da qilingan yer deb atashardi. Yoshua ehtiyotkor edi. U dastlab ayg‘oqchilar yuborib, ularning o‘sha yerni, ayniqsa Yerixo shahrini o‘rganib kelishlarini istardi. Ayg‘oqchilar shaharga kirib, kun kech bo‘lgani uchun Rahoba ismli ayolnikida tunab qoladigan bo‘ldilar. Rahobaning uyi shahar devorlariga tutashgan edi. Yerixo shahrining shohi bu haqda xizmatkorlaridan bilib olgach, isroilliklarni qo‘lga olishlarini buyurdi. Biroq Rahoba ularni uyining tomiga yashirib qo‘ydi-da, shohning xizmatkorlariga shunday dedi: - Ha, menikiga begona odamlar kelishgan edi. Ularni tanimayman. Qorong‘i tushganda esa, ular ketishdi. Orqalaridan tez borsangiz, yetib olasizlar. Shoh yuborganlar isroilliklarning ortidan quvib ketishdi, Rahoba bo‘lsa qo‘noqlari oldiga ko‘tarilib, dedi: - Egamiz bu yerni sizlarga berganini bilaman. Bu yerda yashovchi odamlarning hammasi sizlardan qo‘rqadi. Misrdan chiqqaningizda Egangiz sizlar uchun qanday mo‘’jizalar yaratganini, Qizil dengiz suvlarini ikkiga yorib sizga yo‘l ochib berganini eshitdik. Hammamizni dahshat qamrab olgan, chunki sizninig Xudoyingiz, Egangiz, butun yeru- osmonning hukmdoridir. Men sizlarning hayotingizni saqlab qoldim, shuning uchun sizlar ham meni va oilamni o‘limdan qutqarib qolishga va’da beringlar. Bizning jonimizni saqlab qolishingizga kafolat bering. Ayg‘oqchilar Rahobaga o‘zi va oilasi najot topishlarini va’da berishdi. Shundan so‘ng Rahoba ularga derazadan arqonga osilib tushishlariga yordam berdi. Xayrlashayotganlarida, ayg‘oqchi yigitlar Rahobaga uyi derazasiga o‘zlari osilib tushgan qizil arqonni bog‘lab qo‘yishi lozimligini uqtirishdi. Mana shu arqon Rahoba va uning uyiga to‘planadigan qarindosh-urug‘larining jonini saqlab qolish uchun shartli belgi bo‘ladi. Shu gaplarni aytib, yigitlar shahardan sezdirmasdan chiqib olishdi. Ular Yoshuaning oldiga eson-omon yetib olishdi va o‘zlari bilan sodir bo‘lgan voqealarni aytib berishdi: - Egamiz u yerni bizning qo‘llarimizga bergan, shuning uchun u yerning barcha aholisi bizning oldimizda qo‘rquvdan dir-dir titrashadi. SAVOLLAR 1) Egamiz Yoshuaga qanday va’da berdi? 2) Kan’on yurtiga kirishdan avval Yoshua qanday yo‘l tutdi? 3) Ayg‘oqchilar qanday qutulib qolishdi? 28. Hikoya. IORDAN DARYOSINI KECHIB O‘TISHYoshua kitobi, 3-4-boblar Erta tongda Yoshua Isroil xalqi bilan birgalikda Iordan daryosi tomon yo‘l oldilar. Daryo qirg‘og‘ida qarorgoh tiklab, daryodan kechib o‘tishga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. Yoshua xalqqa eng avvalo o‘zlarini poklashni buyurdi, chunki Egamiz mo‘’jiza ko‘rsatishini unga ma’lum qilgan edi. Ertasi kuni Egamiz Yoshuaga dedi: - Men Musoga yordam berib kelganimday, senga ham yordam berishimni bugun butun xalqqa ko‘rsataman. Ruhoniylarga ayt, Ahd sandig‘ini ko‘tarib daryoga tushishlari bilan yurishdan to‘xtasinlar. Yoshua ruhoniylarga Ahd sandig‘ini olib xalqning oldida boraverishni tayinladi. Xalqqa bo‘lsa shunday dedi: - Bugun sizlar Egamizning mo‘’jizasini ko‘rasizlar va orangizda tirik Xudo borligini bilib olasizlar! Ahd sandig‘i sizlardan oldin Iordan daryosiga tushadi. Har bir qabiladan bittadan odamni saylab olinglar. Ularga alohida topshiriq bor. Ahd sandig‘ini ko‘tarib ketayotgan ruhoniylarning oyog‘i suvga tegishi bilan, Iordan daryosining suvi qurib, ikkiga ajraladi. Bir tomondagi suv devor hosil qilib turib qoladi, boshqa tarafdagisi bo‘lsa oqib ketadi. Ruhoniylar Ahd sandig‘ini ko‘tarib suvga tushishlari bilan suv oqishdan to‘xtadi. Ruhoniylar turgan joydan uzoqda, daryoning yuqori oqimida suv baland devor hosil qilib turib qoldi. Daryoning dengizga quyiladigan boshqa qismi esa butunlay qurib qolguncha oqib turaverdi. Natijada keng yo‘lak hosil bo‘lib, ruhoniylar Ahd sandig‘ini daryoning o‘rtasigacha ko‘tarib bordilar. Ular o‘sha yerda to‘xtab xalqning daryodan o‘tishini kutib turdilar. Isrilliklarning hammasi Iordan daryosining narigi qirg‘og‘iga o‘tib oldilar. Egamiz buyurganidek, Isroilning har bir qabilasidan bittadan kishi ruhoniylar Ahd sandig‘ini ko‘tarib turgan joydan bittadan tosh olib, xalq tunash uchun to‘xtagan joyga olib bordi. Butun xalq Iordanning narigi qirg‘og‘iga o‘tib olgandan keyin, suv yana o‘zining o‘zaniga qaytib, avvalgiday qirg‘oqlaridan toshib oqa boshladi. Xalq Egamizning bu mo‘’jizasidan hayratga tushib, Yerixo shahrining sharqida joylashgan Gilgal degan joyda qarorgoh qurdi. U yerda Yoshua o‘n ikki qabila vakili daryodan olib chiqqan o‘n ikkita toshni yodgorlik sifatida o‘rnatib, xalqqa shunday dedi: - Farzandlaringiz sizlardan “Buning ma’nosi nima?” deb so‘rash- ganida, ularga shunday deb javob beringlar: “Mana shu yerda, Egamizning Ahd sandig‘i oldida Iordan daryosining suvi ikkiga ajralgan”. Bu toshlar Isroil uchun abadiy xotira bo‘lib qolsin, toki butun xalqlar Egamizning qo‘li qudratli ekanini bilib olsinlar! Sizlar ham hayotingiz davomida Egangiz Xudodan qo‘rqib yashanglar! SAVOLLAR 1) Kimlar Ahd sandig‘i bilan xalqning oldida borishlari lozim edi? 2) Iordan daryosiga nima qildi? 3) Iordan daryosi qirg‘og‘ida qanday yodgorlik o‘rnatildi? U nimani anglatar edi? 29. Hikoya. YERIXONING QULASHIYoshua kitobi, 5-6-boblar Yerixo aholisi isroil- liklardan qo‘rqqanlaridan, shahar darvozalarini yopib olishdi. Shahardan hech kim chiqa olmasdi, va unga hech kim kira olmasdi. Egamiz Yoshuaga dedi: - Men Yerixo shahrini, uning shohini va qo‘shinini sening qo‘llaringga beraman. Jangchilaring bilan olti kun mobaynida shahar atrofini aylanib chiq. Yettita ruhoniy Ahd sandig‘i oldida karnay chalib borishsin. Yettinchi kun esa, karnay ushlagan ruhoniylar bilan birga shahar atrofini yetti marta aylanib chiqinglar. Olti kun davomida biror kishi birorta so‘z aytmasin. Faqat oxirgi kuni mening ishoram bilan xalq qattiq hayqirsin, shunda shahar devorlari qulab tushadi. Shunda jangchilar har biri turgan joyidan shaharga yopirilib kirishsin. Yoshua Egamizning amrini ruhoniylar va jangchilarga yetkazdi. Shuningdek, shahardan topiladigan barcha oltin va kumush, mis va temir buyumlar Egamziga bag‘ishlanishini ularga tushuntirdi. Yoshua xalqni ogohlantirib, Yerixo shahridan o‘zlari uchun hech narsa olmasliklarini tayinladi, aks holda buning badali o‘lim bo‘lishini ta’kidladi. Isroil xalqi hamma narsani Egamiz aytganday bajardi. Isroil qo‘shini qarorgohdan chiqib keldi. Oldinda yettita ruhoniy karnay chalib borar, ularning ortidan Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar, eng so‘nggida esa qurollangan bo‘linma borar edi. Yoshua men aytmagunimcha, ovozingizni chiqarmanglar, deb ogohlantirgan edi. Isroilliklar olti kun mobaynida shaharni bir martadan aylanib chiqishdi. Yettinchi kuni esa, erta tongdanoq shahar atrofida ovoz chiqarmay aylana boshladilar, faqat ruhoniylargina karnaylarini chalib borishardi. Shahar atrofini yetti marta aylanib bo‘lishgach, ruhoniylar karnaylarini qattiq chalganlarida, Yoshua: - Baqiringlar! – dedi. Barcha jangchilar baland ovozda hayqirib yubordilar. Aynan shu lahzada shahar devori chayqalib, undan katta-katta harsanglar qulay boshladi, ko‘p o‘tmay esa devorning o‘zi ham tubigacha vayron bo‘ldi. Devorning faqat Rahoba yashaydigan qismigina butun qolgan edi. Shu zahoti Isroil jangchilari shaharga yopirilib, uni egallab olishdi. Yoshua shaharga ayg‘oqchilikka borgan ikki yigitni chaqirib, ularga Rahoba va uning oila a’zolarini uydan olib chiqishni buyurdi. Yigitlar ularni topib Isroil qarorgohiga keltirishdi. Yerixo bo‘lsa butunlay vayron qilindi. SAVOLLAR 1) Isroilliklar Yerixo shahrini necha marta aylanib chiqishlari lozim edi? 2) Kim eng oldinda borar edi? Ularning soni necha kishi edi? 3) Nima uchun Rahoba va uning oilasi saqlab qolindi? 30. Hikoya. QUYOSH VA OY TO‘XTAB QOLDIYoshua kitobi, 10-bob Kan’on shohlari Yerixoda sodir bo‘lgan voqea haqida eshitganlaridan so‘ng, ham- malari birgalashib Yoshua va Isroil xalqiga qarshi urush ochdi. Givon shahrining aholisi esa aksincha is- roilliklar bilan ittifoq tuzdi. Bu haqda xabar topgan beshala shoh shaharni qamal qilishdi. Shahar ahli Yoshuadan yordam so‘raganlarida, u ittifoqchi xalqning dushmanlariga qarshi katta qo‘shin tortib chiqdi. Ko‘p o‘tmay Kan’on shohlarining birlashgan qo‘shini Isroil qo‘shinidan qocha boshladi. Egamizning O‘zi ham xalqi uchun kurashdi: dushman qo‘shini ustidan osmondan katta-katta tosh yog‘ila boshladi. Qorong‘i tusha boshlaganda, hali dushman tor-mon qilinib bo‘linmagan edi. Shunda Yoshua butun Isroil xalqi oldida shunday dedi: “Ey, quyosh, tek turgin Givon shahrida, Oymomo, sen esa Oyjavlon vodiysida”. Egamiz Yoshuaning ibodatini eshitdi. Isroilliklar dushmanlarini uzil- kesil tor-mor qilmagunlaricha quyosh botmasdan turaverdi. Bunday hodisa hech qachon sodir bo‘lmagan edi. Bu harbiy yurishda isroilliklar boshqa shaharlarni ham bosib olishdi, chunki Egamiz ularni qo‘llab- quvvatlab turgan edi. SAVOLLAR 1) Qaysi shahar aholisi Isroil xalqi bilan sulh tuzdi? 2) Givonliklarni kim qutqardi? 3) Kun botayotgan paytda Yoshua nima qildi? 31. Hikoya. Shomuil payg‘ambarning hikoyasi YOSH SHOMUIL1 Shohliklar kitobi, 3-bob Isroilliklar va’da qilingan yerda uzoq yillar yashab kelardi. Ular uylar qurishar, yerga ishlov berib, uzumzorlar ekishar, hamda yashab turgan yurtlarini dushmanlardan muntazam himoya qilishar edi. Sahroda bo‘lganlarida Xudoning o‘nta amri yozilgan tosh lavhalarni Muqaddas chodirda saqlar edilar. Endi bo‘lsa bu chodirni tog‘ning tepasiga o‘rnatishdi. Xudoga sajda qilish yoki qurbonliklar keltirishni istagan odamlar o‘sha yerga borishardi. Ruhoniy Elax Egamiz Ma’badiga kiraverishda o‘tirib, toqqa ko‘tarilayotgan odamlarni kuzatar edi. Qarib qolgani bois ruhoniylik vazifasini o‘zi bajara olmaydigan bo‘lib qolganidan, o‘rniga o‘g‘illari chodirda xizmat qilishardi. Biroq Elaxning o‘g‘illari Xudoga itoatsiz bo‘lib, ko‘p yomon ishlar qilishardi. Elax bu haqda bilsa ham, o‘g‘illarini jiddiy tergamas edi. Ularga bunday noma’qul ish qilmanglar deb aytar, biroq o‘g‘illari otasining gapini e’tiborga olmas edi. Bir kuni Elaxning oldiga bir ayol kichkina bolani yetaklab keldi. - Assalomu alaykum! – dedi u. – Ismim Xanna. Meni eslaysizmi? Bir necha yil avval shu yerda Xudodan o‘g‘il berishini so‘rab ibodat qilgandim. O‘sha paytda bor umidimni yo‘qotgan edim. Esingizdami, Egamizga achchiq–achchiq yig‘lab, nola qilgan edim. Endi bo‘lsa Egamiz tufayli baxtiyorman. Mana mening o‘g‘lim, - deya ayol o‘g‘liga mehr bilan boqdi. – O‘shanda Egamiz iltijolarimni qabul qilishini aytgan edingiz. Mana endi o‘g‘lim doim Ma’badda xizmat qilishi uchun uni siz bilan qoldiraman. Uning ismi Shomuil, Xudoga xizmat qilishingizda u sizga yordamchi bo‘ladi. Chunki uni Egamizga bag‘ishlayman deb, Egamiz huzurida qasam ichganman. - Egamiz seni marhamatlasin, o‘g‘lim, Shomuil, – dedi Elax. – Yur, senga yashaydigan hujrangni ko‘rsataman. Shomuilga Elaxga yordam berish yoqar edi. Bir kuni kechasi Shomuil Ahd sandig‘i yaqinida uxlab yotar edi. Kimdir uning ismini aytib chaqirayotganini eshitib, birdan uyg‘onib ketdi. - Labbay! – deb ovoz berdi u. Hech kim javob bermagandan so‘ng, Shomuil Elaxning oldiga yugurib kelib: - Meni chaqirdingizmi? – deb so‘radi. - Yo‘q, men seni chaqirmadim, – dedi Elax, – qayt, borib joyingga yot. - Qiziq, – o‘yladi Shomuil, so‘ng borib yana uyquga cho‘mdi. - Shomuil! – yana eshitildi ovoz. Bola bu safar qo‘rqib ketdi. So‘ng o‘rnidan turdida, shosha-pisha Elaxning oldiga bordi. - Meni chaqirdingizmi? - Yo‘q, o‘g‘lim, seni chaqirganim yo‘q, - boshini chayqadi Elax. – Borib yot! Shomuil yana uxlab qoldi. Bu safar u yana kimningdir o‘zini baland ovoz bilan chaqirayotganini eshitdi. “Yana bir bor adashgan bo‘lishim mumkin emas”, - o‘yladi Shomuil va Elaxning oldiga yugurib keldi. - Labbay, Hazratim, men shu yerdadman! Sizga biron narsa kerak emasmi? Ruhoniy tushundiki, Shomuilni Xudo chaqirayotgan ekan. - Orqangga qaytib borib uxla. Xudo yana seni chaqiradigan bo‘lsa, “Gapiraver, ey, Egam, quling tinglayotir”, deb javob ber. Shomuil o‘rniga yotib kuta boshladi. Shunda ovoz yana bir bor eshitildi: - Shomuil, Shomuil! - Gapiraver, ey, Egam, quling tinglayotir! – javob berdi Shomuil bir oz titroq bilan. Shunda Xudo unda dedi: - Men Elaxning oilasini hukm qilaman. Elaxga o‘g‘illarini yovuzlik qilishdan to‘xtatmagani uchun, o‘z hulq-atvorlari bilan Mening nomimga dog‘ tushirishiga yo‘l qo‘yib bergani uchun jazolayman. Ularning ikkisi ham bir kunda halok bo‘lishadi. Bunday daxshatli xabarni eshitib, Shomuil ertalabgacha mijja qoqmadi. Quyosh chiqqanida esa o‘rnidan turib, Egamizning uyi eshiklarini ochdi. - Egamiz tunda senga nima dedi? – so‘radi Elax. Dastlab Shomuil Egamizning dahshatli vahiysini Elaxga aytishni istamadi, biroq Elaxning qistovi bilan hech narsani yashirmay aytib berdi. Ruhoniy eshitganlaridan chuqur qayg‘uga cho‘mdi, keyin g‘am- anduh ila dedi: - U Egamizdir. Unga nima ma’qul bo`lsa, o‘shani bajo qiladi. Shomuil yil sayin ulg‘ayib borar, Egamiz esa u bilan birga edi. Tez oradi butun Isroil Shomuil Egamizning payg‘ambari bo‘lishga loyiqligiga amin bo‘ldi. Egamiz unga muhim haqiqatlarni ochib berar, u esa bularni Isroil xalqiga yetkazar edi. SAVOLLAR 1) Egamiz nima uchun Elaxdan norozi bo‘ldi? 2) Egamiz Ma’badda Shomuilni necha marta chaqirdi? 3) Egamiz Shomuilga nima dedi? 32. Hikoya. ISROIL SHOH TALAB QILADI1 Shohlar kitobi, 8-10-boblar Shomuil juda qarib qolgan edi. Xudo uzoq yillar mobaynida xalqni u orqali boshqarib keldi. U hakam sifatida xalqning nizolarini hal qilishga yordam bergan bo‘lsa, payg‘ambar sifatida xalqni Xudoga itoat etishga undar edi. Boshqa xalqlarni hakamlar emas, balki shohlar boshqarar edi. Shunga o‘xshab isrilliklar ham o‘z shohlari bo‘lishini istab qolishdi. Ular Shomuilning oldiga kelib, unga shunday deyishdi: - Bizning ustimizdan shoh tayinlab bering! Shomuil bundan siqildi. U Xudoga ibodat qilganida, Xudo unga javob berib dedi: - Xalqning aytganini qil...zero ular seni emas, balki Meni o‘z shohlari sifatida rad etishdi. Shunda Shomuil isroilliklarning barchasini bir joyga to‘p-lab, ularga dedi: - Xudo sizlar uchun bir shoh beradi, lekin sizlar o‘zingiz istagan shohga nisbatan quyidagi majburiyatlarga ega bo‘lasiz: o‘g‘illaringiz uning qo‘shinida xizmat qiladi, ularning ba’zilari shohning aravasini qo‘riqlaydigan chavandozlari bo‘ladi. Ba’zilaringiz shoh uchun qurol- yarog‘ yasashga, ba’zilaringiz uning dalasida ishlashga majbur bo‘lasiz. Qizlaringiz shoh uchun ovqat pishirib, non yopishadi. U sizning eng yaxshi uzumzorlaringiz, dalalaringiz va bog‘laringizni olib, o‘zining yaqinlariga beradi. Hosilingizning o‘ndan bir qismini sizdan tortib olib, o‘zining xizmatkorlariga beradi. Sizning cho‘ri va qullaringiz shoh uchun xizmat qiladi. Shunda siz Xudodan shoh so‘raganingiz uchun qattiq afsuslanasiz va Undan “Bizlarni shohdan qutqar”, deb iltijo qilasiz, U esa sizlarni eshitmaydi. Biroq xalq Shomuilning so‘zlarini rad etib, bir ovozdan: - Ustimizdan shoh tayinlang! – deb talab qilaverdi. Shunda Xudo Shoulni ularga shoh qilib berdi. Shoul yosh va qaddi- qomati kelishgan yigit bo‘lib, xalq orasida undan baland odam yo‘q edi. Isroilliklar uni xursandchilikda qarshilab, shunday deyishardi: - Yashasin shoh! Baxtga qarshi Shoul yaxshi shoh chiqmadi. U Xudoning amrlariga amal qilmas va o‘zboshimchalik bilan ish tutar edi. Shu sababli Xudo Shoulning avlodlari Isroil xalqi ustidan hukmronlik qilishini istamadi. Shoul hali Isroilning shohi bo‘lib turgandayoq, Xudo O‘zining ko‘nglidagiday bir yigitni tanlab olgan edi. Shoulning o‘limidan so‘ng o‘sha yigit Xudoning xalqiga yo‘lboshchilik qilishi lozim edi. SAVOLLAR 1) Shomuilni xalq kim deb bilardi? Uning vazifasi nima edi? 2) Nima uchun xalq Xudodan shoh talab qildi? 3) Xudo xalqning qaroriga qanday munosabat bildirdi va ularni nimalar haqida ogohlantirdi? 33. Hikoya. Dovud payg‘ambarning hikoyasi CHO‘PON YIGIT1 Shohlar kitobi, 16-bob Bir vaqtlar Baytlahm kichkina qishloq bo‘lib, yo‘lovchilar u yerda deyarli to‘xtashmasdi. Lekin Xudo Shomuilni aynan shu yerdagi bitta oilaga ziyoratga yubordi. Bu oila o‘g‘illaridan biri ke- yinchalik Isroilning shohiga aylanishi lozim edi. Shomuilning o‘z oyog‘i bilan tashrif buyurishi oilaning boshi Essay uchun katta sharaf edi. Shuning uchun u Shomuilni birga taom yemoqqa taklif qildi. Dasturxon atrofida o‘tirganlarida Essay o‘g‘illarini birma-bir Shomuilga tanishtira boshladi. - Bu mening to‘ng‘ich o‘g‘lim, - g‘urur bilan dedi Essay. “Shoh bo‘lishga munosib yigit ekan, - hayolidan o‘tkazdi Shomuil, - Shoulga o‘xshagan baland bo‘yli, qaddi-qomatli ekan”. Biroq shu payt Shomuil Xudoning ovozini eshitdi: - Uning kelishgan qomati va balan bo‘yiga qarama! Odamlar tashqi ko‘rinishga qarab baho berishadi, Xudo esa yurakka qaraydi. Bu yigit shoh bo‘lmaydi. Shunday qilib Essay yettita o‘g‘lini birma-bir tanishtirdi. Ammo har safar Xudo “Bunisi emas!”, deb javob berardi. - Endi dasturxonga marhamat, - dedi Essay. - Shoshma, - to‘xtatdi uni Shomuil, - o‘g‘illaringning hammasi shumi? - Kenja o‘g‘lim ham bor. U yaylovda qo‘y boqib yuribdi. - Uni ham olib kel! – dedi Shomuil. Ko‘p o‘tmay Dovudni Shomuilning huzuriga keltirishdi. U chiroyli, kelishgan yigit bo‘lib, ko‘zlari yonib turar edi. Shunda Egamiz Shomuilga dedi: - Qani, uning boshiga moy surt! Men tanlagan odam shu! Shomuil moy solingan shoxni oldida, yigitning boshiga moy quyib dedi: - Xudoning nomi ila seni Isroilning shohi deb e’lon qilaman. Xudo senga yor bo‘lsin! Shu onda Egamizning Ruhi Dovudni qamrab oldi. Essay bilan boshqa o‘g‘illari hayratdan biron bir so‘z ayta olishmas, Dovudning o‘zi bo‘lsa nimalar sodir bo‘layotganini anglay olmasdi. SAVOLLAR 1) Egamiz Shomuilga qanday topshiriq berdi? 2) Essayning nechta o‘g‘li bor edi? 3) O‘g‘illarining qaysi biri shoh etib moylandi? 34. Hikoya. IMON G‘ALABA QILADI1 Shohlar kitobi, 17-bob Shomuil Dovudning boshiga moy quygandan keyin ham Dovud otasining qo‘ylarini boqishda davom etdi. Qo‘ylarini yaylovga olib borganida, o‘zi bilan birga lirasini ham olardi. Jonivorlar o‘tlab yurishganida, u lirasini chalib, o‘zi uchun yangi qo‘shiqlar yaratar edi. Yaylovda qo‘y boqish oson ish emas edi. Bir marta hatto qo‘ylarini ayiqdan himoya qilishiga ham to‘g‘ri kelgan edi. - Men qo‘ylarimni qanday asrab-avaylasam, Xudo ham meni shunday asrab-avaylaydi, - mulohaza qildi qo‘zichog‘ini yirtqich og‘zidan zo‘rg‘a tortib olgan Dovud. – Xudo meni qo‘riqlaydi, menga g‘amxo‘rlik qiladi, hamda meni turli xavflardan himoya qiladi. Dovud lirasini qo‘liga olib, torlarini bir oz sozlab oldi va shunday deb kuylay boshladi: - Egam mening Cho‘ponimdir, men muhtojlik ko‘rmayman. U menga yam-yashil yaylovlarda orom beradi, sokin irmoqlar bo‘yida U meni yetaklaydi. U menga qayta kuch baxsh etadi. O‘zining nomi haqqi-xurmati meni solihlik so‘qmoqlaridan yetaklaydi. Hatto zulmat vodiysida yursam ham, xavf-xatardan qo‘rqmayman, axir Sen men bilan birgasan. Sening cho‘pon tayog‘ing, xiviching meni himoya qiladi. Egamizning Ruhi Shoulni tark etgani uchun, uni yovuz ruh qiynar edi. Bir kuni u yana yovuz ruhdan jazavaga tushib, saroyidagi barchani qo‘rquv va sarosimaga soldi. Bu holat tez-tez sodir bo‘lib, g‘azabini jilovlay olmas, bosilganidan so‘ng esa qilgan ishidan pushaymon bo‘lib qiynalar edi. Shu sabab, xizmatkorlaridan biri Shoulga Dovudning lirani yaxshi chalishi haqida ma’lum qildi. Shoh esa darhol Dovudni saroyga keltirishlarini buyurdi. Shoul hozir o‘zining oldida kim o‘tirganini bilganda edimi, ya’ni bu yigit Shomuil shoh qilib moylagan odamligini bilganda edimi! Biroq u Dovud haqda hech qanday shubhaga bormadi va uni butun qalbi bilan yaxshi ko‘rib qoldi. Uning lirada chalgan kuylari bo‘lsa Shoulning qalbini yumshatdi. Shoul urushga ketganida, Dovud ota uyiga qaytib borar edi. Urushda yosh lira chaluvchi kimga ham kerak bo‘lardi? Shunday qilib, bu safar urush boshlanganda ham Dovud yana otasining qo‘ylarini boqishga qaytdi, akalari bo‘lsa Shoul bilan birga urushga ketishdi. Bir kuni otasi uni chaqirib, dedi: - Tez bo‘l, qo‘shinlarimiz turgan joyga borib, akalaringga yegulik olib borib ber. Dovud bir necha soat yo‘l yurib, qo‘shin turgan joyga yetib bordi. U akalariga keltirgan yeguligini berib, sipohlarning gaplariga quloq sola boshladi. Birdan hamma jim bo‘lib qoldi va dushman qo‘shini tomonga tikilib qolishdi. Filistlardan biri Isroil qo‘shiniga tomon yaqinlashib keldi. Oh, bu jangchini bir ko‘ring! Ismi Go‘liyot bo‘lib, bo‘yi deyarli uch metr, o‘zi juda baquvvat edi. Ustiga og‘ir sovut kiyib, qo‘lida katta nayza ushlab turardi. - Mening taklifim o‘sha-o‘sha! – qichqirdi u. – Orangizdan bittangiz kelib men bilan kurashing. Agar u yutib chiqsa, filist qo‘shini mag‘lub bo‘lgan deb hisoblaymiz. Agar men uni yutsam, unda sizlar mag‘lub hisoblanasizlar. Nima, qo‘rqib ketdingizmi, quyon- yuraklar! - Bu filist sizlarni jangga chorladimi? – so‘radi Dovud akalaridan. - Ha, bir necha marotaba. Lekin hammasi behuda. Kim ham bunaqa bahaybat jangchi bilan kurashardi? - Lekin Xudo biz bilanku! – hayron bo‘ldi Dovud. Jangchilar uning gaplariga kulishdi. - Buning Xudoga nima aloqasi bor. Hamma gap kuchda, epchil bo‘lish va yaxshi qurol-yarog‘da. Shoh Shovul hatto filist Go‘liyotni yenggan kishiga qizini berib o‘ziga kuyov qilishga va’da bergan. Lekin hech kimning yuragi dov bermayapti. Shovulga Dovudning qo‘shin qarorgohiga kelganini aytishdi. Shovul uni huzuriga chaqirtirdi. - Filist bilan kuch sinashishimga ijozat bering, - iltimos qildi Dovud. - Buni hayolingdan chiqarib tashla! – javob berdi shoh. Sen hali juda yoshsan, Go‘liyot bo‘lsa kuchli va tajribali jangchi. - Otamning qo‘ylarini boqib yurganimda, qo‘ylarga hujum qilgan ayiq va sherlar bilan kurashib ularni yengar edim. Meni sher, ayiqning panjasidan xalos qilgan Xudo o‘sha filistning qo‘lidan ham xalos qiladi, - deb ishontirdi yigitcha. - Imoning mustahkam, bundan juda xursandman, - dedi Shoul. – Sendan boshqa hech kim uning da’vatini qabul qilmadi... Mana, mening sovutimni kiyib ol, qurol-yarog‘larim va dubulg‘am (bronza qalpog‘im) ni ham ol. Xudo yor bo‘lsin! Dovud Shoulning jang kiyimlarini kiyib, yurishga harakat qilib ko‘rdi, lekin ular unga og‘irlik qildi. Shuning uchun ularni yechib tashlab, palaxmonini olib, cho‘pon xaltasiga beshta silliq tosh soldida, filist tomon yurdi. - Men bilan kurashgani seni yuborishdimi? – qattiq kulib yubordi Go‘liyot qo‘lida palaxmon tutgan yigitchaning o‘zi tomon kelayotganini ko‘rib. - Sen mening qarshimga qilichu-nayza bilan bilan chiqding. Men esa Isroil lashkarining Xudosi, Sarvari Olamning nomi bilan qurollanib ustingga bostirib boryapman, - hayqirdi Dovud. Keyin u palaxmoniga tosh solib, uni boshi uzra qattiq aylantirib, filistga qarab otdi. Tosh Go‘liyotning qoq peshonasiga tegdi. Filist yerga yuz tuban quladi. Dovud yugurib borib, filistning qilichini qinidan sug‘urib oldi va o‘ldirdi. Isroilliklar Dovudning g‘alabasidan ruhlanib, filistlarni o‘z yurtlaridan quvib chiqardilar. SAVOLLAR 1) Shoul Dovudga qanday qurol-yarog‘lar berdi? 2) Go‘liyot Dovudni qanday mashara qildi? 3) Dovud qanday qilib Go‘liyotni yengdi? 35. Hikoya. DOVUD VA SHOUL1 Shohlar kitobi, 19-bob, 1-10-oyatlar Filist ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, Dovud shoh saroyida qoldi. U Shoulning dasturxonidan taom yeb, u bilan suhbatda bo‘lib, hatto shohga ba’zi masalalarda maslahat ham berardi. Vaqt o‘tishi bilan Dovud qurol ishlatishni o‘rganib oldi va mohir jangchi bo‘lib yetishdi. Yosh yigitchaning gap-so‘zlari, yurish-turishlari shoh Shoul va uning saroy ahliga juda ma’qul bo‘lganidan, uni Isroil qo‘shiniga qo‘mondon qilib tayinlashdi. Nafaqat shoh Shoul, balki uning o‘g‘li Yo‘natan ham Dovudni o‘z joniday aziz ko‘rardi. Ularning o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib borardi. Dovud Go‘liyot ustidan g‘alaba qozonganiga ko‘p o‘tmasdan, Yo‘natan unga dedi: - Mening qurol-yarog‘im, qilich va o‘q-yoyimni ol, ular mening senga bo‘lgan do‘stligim ramzi bo‘lsin. Shu kundan boshlab Dovud va Yo‘natan eng yaqin, eng sadoqatli va eng samimiy do‘stlarga aylanishdi. Har ikkalasi bu do‘stlikni ardoqlashardi. Xalq ham Dovudni yaxshi ko‘rardi. Erkaklar, ayollar va bolalar Shouldan ko‘ra ko‘proq uni olqishlar edilar. Shohning esa bundan jahli chiqib, Dovudga hasad qilar edi. Bir kuni Shoul Dovud bilan dasturxon atrofida o‘tirganlarida, bu safar ham shohning jahli birdan chiqib ketdi. Dovud darrov lirasini olib Shoulni tinchlantirish uchun kuy chala boshladi. Biroq bu safar musiqa ish bermadi. Chunki aynan Dovud Shoulning g‘azablanishiga sabab bo‘lgan edi. Qarshisida lira chalib o‘tirgan yigitchani ko‘rganida, shoh o‘zini tutib tura olmadi. U devorga tirab qo‘yilgan nayzasini olib Dovudga qarab uloqtirdi. Dovud esa sergak bo‘lib o‘tirgani uchun nayzaga chap berib qoldi. Nayza Dovudning boshi ustidan uchib o‘tib devorga qadalib qoldi. Bundan Shoulning yanada g‘azabi qaynadi. Agar Dovud yashin tezligida xonadan chiqib ketmaganida, Shoul ikkinchi nayzani otib, uni aniq o‘ldirgan bo‘lardi. - Dovud ko‘zimga ko‘rinmasin! – qichqirdi shoh. – Uni filistlar bilan urushga jo‘natib yuboringlar! Shoul Dovuddan qo‘rqardi, chunki Egamiz u bilan ekanini ko‘rar edi. Shuning uchun Dovudni o‘zidan uzoqqa yubordi. Tan olish kerakki, shoh Dovudga Go‘liyotni yengishidan avval bergan va’dasining ustidan chiqdi, qizi Mixalni Dovudga xotinlikka berdi. Shunga qaramasdan, Dovud bari bir ham shohdan qochib yurishiga to‘g‘ri keldi. Shoulning o‘g‘li Yo‘natan otasining niyati buzuqligini va Dovudni o‘ldirmoqchi ekanini do‘stiga etkazdi. SAVOLLAR 1) Yo‘natan Dovud va Shoul uchun kim hisoblanardi? 2) Shoul nima uchun Dovudni yomon ko‘rib qoldi? 3) Shoul Dovudga nima qilmoqchi edi? 36. Hikoya. G‘ORDA1 Shohlar kitobi, 24-bob Shoh huzuridan qochib ketgan Dovud har yoqda o‘ziga xavfsiz boshpana qidiradigan bo‘ldi. Qayerga bormasin uni darrov tanib qolishar va bu haqdagi xabar shohgacha yetib borar edi. Vaqt o‘tishi bilan ko‘plab jangchilar kelib Dovudning qo‘shiniga qo‘shila boshladi. Bir kuni Dovud va uning jagchilari tog‘dagi bir g‘or oldida o‘tirishgan edi, o‘zlari tomon kelayotgan katta qo‘shinni ko‘rib qolishdi. - Bu Shoulku, - dedi Dovud. – U meni o‘ldirish uchun izlab yuribdi. Tezda berkining! Jangchilar darrov g‘orga kirib berkinishdi. G‘or og‘zida qorovullik qilayotgan jangchi ham ularning ortidan g‘orga kirib, Dovudga dedi: - Shohning o‘zi biz tomonga kelyapti. Dovud, Xudoning O‘zi senga imkoniyat beryapti. Shohni o‘ldirishing mumkin! Yolg‘iz o‘zi qarshilik ko‘rsata olmaydi. Shunda uch ming jangchi sipoh senga tobe bo‘lishadi. - Jim bo‘l! – uning gapini bo‘ldi Dovud. Barchalari jim bo‘lishdi. G‘orning qorong‘i joyida berkinib olgan jangchilar sabr bilan g‘orning og‘ziga tikilib turishardi. Shunda shohona kiyimlar kiygan Shoul ko‘rinish berdi. - Shu yerda qolinglar! – shivirladi Dovud va ehtiyotkorlik bilan oldinga intildi. Shoul g‘orga kirgandan so‘ng, katta xarsang tosh orqasiga o‘tib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Dovud emaklab xarsang toshga yetganida Shoulning faqat ridosi (shohona to‘ni) etagigina ko‘rinib turardi. Dovud qilichini chiqarib shohning ridosi etagidan bir parcha kesib oldi-da, ortiga qaytdi. - Nimaga Shoulni o‘ldirmading? – shivirlab so‘rashdi jangchilar. - Xudo uni shoh qilib moylagan. Xudoning tanlaganiga qarshi qo‘l ko‘tarmayman, - deb javob berdi Dovud. - Lekin Xudo allaqachon uni rad etib, seni uning o‘rniga tanlab oldiku! - Ha, shunday, - dedi Dovud, - shuning uchun Xudoning O‘zi belgilangan vaqtda taxtga chiqishimni ta’minlaydi. Xudo bajaradigan ishga men qo‘l urmasligim kerak. Hamma g‘orning og‘ziga qarab turardi. Nihoyat shoh g‘ordan chiqib ketdi. - Shu yerda qolinglar! – buyruq berdi Dovud va shohning orqasidan g‘ordan chiqdi. Qorong‘u g‘ordan ko‘zni oladigan yorug‘likka chiqqanida, Shoul allaqachon pastga, jangchilari oldiga turgan edi. - Shoh hazralari! – qichqirdi Dovud va yuzi yerga tukkuday ta’zim qilib, Shoulni hali ham shoh sifatida hurmat qilishini ko‘rsatdi. – Nima uchun meni sizga yomonlik qiladi deb o‘ylayapsiz? O‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib turibsizki, hozir Egam g‘orda sizni qo‘limga bergan edi, lekin men sizga qarshi qo‘l ko‘tarishni istamadim. Shunday deya Dovud shohning etagidan kesib olgan mato parchasini boshi uzra ko‘tardi. Shoul hadiksirab ridosi etagiga ko‘z yugurtirdi. Haqiqatdan ham, kiyimi etagidan bir parcha kesib olingan ekan. Bundan ta’sirlangan Shoul yig‘lab yubordi. - Sen haqsan, men noto‘g‘ri qildim! – hayqirdi u titroq ovoz bilan. – Bu ishing bilan menga yaxshilik qilgan ekansan, men bo‘lsam yomonlik bilan javob qaytaribman. Endi men anglab yetdim, sen albatta shoh bo‘lasan. Menga sizdan keyin avlodingizni qirib yubormayman deb ont ich! - Ont ichaman! – javob berdi Dovud baland ovoz bilan. Dovudning rahmdilligidan yuragi yumshagan shoh barcha qo‘shinini yig‘ib, saroyiga qaytib ketdi. Dovud esa shohning orqasidan uzoq qarab qoldi. SAVOLLAR 1) Dovud qayerda yashirindi? 2) Dovud Shoulga nisbatan qanday yo‘l tutdi? 3) Nima uchun u Shoulni o‘ldirmadi? 37. Hikoya. SION QAL`ASI- DAGI SANDIQ2 Shohlar kitobi, 5-bob,7-11; 1 Solnomalar 13; 15-16-boblar Nihoyat Xudo va’da berganidek Dovud shoh bo‘ldi. U Baytlahm shahrida tug‘ilib-o‘sgan bo‘lsa-da, shoh bo‘lganidan so‘ng Quddus shahrida yashay boshladi. Quddus haddan ziyod go‘zal shahar edi. U qator tepaliklar ustida qad ko‘targan bo‘lib, ulardan biri Sion qal’asi deb atalardi. Mana shu tepalik ustida Dovud o‘ziga saroy qurdirdi. U Xudoni qattiq sevardi, shuning uchun Xudoning Ahd sandig‘i o‘ziga yaqin joyda bo‘lishini istardi. Vaqti-soati kelganda, Dovud Ahd sandig‘ini olib kelish uchun yo‘lga tushdi. Ko‘pdan-ko‘p ruhoniylar unga ergashishdi. Xalq ham shohlarining ortidan yurib, turli musiqa asboblari, xususan, lira, karnay, nay, chang va zillarda turli musiqalar chalib kelishardi. Buning ortidan Xudoni madhlab, qo‘shiqlar kuylashar edi. Dovud Egamizning va xalqning oldida sakrab-sakrab o‘ynab kelardi. Eng orqada bo‘lsa, ruhoniylar Ahd sandig‘ini ko‘tarib kelayotgan edilar. Bu shunday go‘zal manzara bo‘lib, Xudoning madhini eshitish ko‘ngillarga juda yoqardi. Katta olomon Dovud va ruhoniylarni qarshi olish uchun ko‘chaga chiqqan edi. Ular Dovudning Xudoni qanday olqishlab, o‘ynayotganini ko‘rdilar. O‘sha kuni Dovud juda baxtiyor edi! Sion qal`asi tepasida Ahd sandig‘i joylashadigan joy atrofini devor bilan o‘rab, darvoza o‘rnatishgan edi. Olomon qal`aga yaqinlashganida, shoh bilan Ahd sandig‘ini o‘tkazib yuborish uchun darvozalarni katta ochib qo‘yishdi. Dovud, ustiga pardalar yopilgan Ahd sandig‘i joylashtiriladigan maxsus joyni oldindan tayyorlab qo‘ygan edi. Qo‘shiqchilar jamoasi Dovudning o‘zi yaratgan “Egamizni ulug‘lang!” nomli madhiyani tantanali ijro etishardi. O‘sha kuni Dovud Sion qal`asida Xudoga atab qurbonliklar keltirdi va Isroil xalqini duo qildi. Xudoning Ahd sandig‘i saroyi yaqiniga keltirilganidan juda shodlandi. Qo‘shiqchilar Ahd sandig‘i oldida har kuni kuy chalib madhiyalar aytishardi. Shoh Dovud har doim ham saroyida bo‘la olmasdi, chunki ko‘pincha filistlar va Isroilning boshqa dushmanlari bilan urushga ketardi. Lekin har safar Xudo unga va odamlariga dushman ustidan g‘alaba berganida, u Sion qal`asiga kelib Xudoga minnatdorchilik bildirar va Uni ulug‘lar edi. SAVOLLAR 1) Dovudning qarorgohi qaysi shaharda joylashgan edi? 2) Ahd sandig‘ini Quddusga olib kelishganida shoh xursandchiligini qanday ifodaladi? 38. Hikoya. SULAYMON PAYG‘AMBARNING HIKOYASI SULAYMON DONOLIKNI TANLAYDI3 Shohlar kitobi, 2-3-boblar O‘limi oldidan Dovud barcha Isroil yo‘lboshchilarini Quddusga to‘plab, ularga Xudoga atab bir uy qurib berish rejasi borligini bildirdi. Biroq Egamiz Dovud urushda ko‘p qatnashgani uchun bunga ijozat bermadi. - Egamizga atab uyni o‘g‘lim Sulaymon qurib beradi, - dedi Dovud. – Egamiz menga ont ichib, “Agar Sulaymon Mening amrlarimga amal qilib yursa, uni tashlab qo‘ymayman va uning shohligini mustahkamlayman”, degan. Dovud yo‘lboshchilarga Egamizning amrlarini saqlab, Unga butun yuraklari bilan xizmat qilinglar, deb nasihat qildi. Yo‘lboshchilar ham, Dovudning boshqa o‘g‘illari ham, Sulaymonga itoat etamiz deb, tantanali va’da berishdi. Egamiz Sulaymonni marhamatladi va u qudratli shoh bo‘lib yetishdi. Uni nafaqat o‘z xalqi va fuqarolari, balki uzoq-yaqindagi xalqlar ham hurmat qilishardi. Hukmronligining ilk davrida Sulaymon Egamizga kamtar va itoatkor yurak bilan qurbonliklar keltirdi. Tunda Egamiz unga tushida zohir bo‘lib, yosh shohga: - Mendan nima istaysan? Tila tilagingni, - dedi. - Sen har doim otam Dovudga suyanchiq bo‘lib kelgansan. Otamga bergan va’dangga muvofiq, meni shoh qilib ko‘tarding. Lekin men hali yosh va tajribasizman. Shuning uchun Sendan men qulingga dono va idrokli yurak ato etishingni so‘rayman, toki adolatli qarorlar chiqara olay va yaxshi bilan yomonning farqiga bora olay. Zero kim ham Sening dengiz qumiday son-sanoqsiz xalqingni boshqara olar ekan? – javob berdi Sulaymon. Bunga javoban Egamiz dedi: - Mendan boylik yoki uzoq umr so‘ramading, aksincha, donolik so‘rading. Shuning uchun Men sening istagingni bajo keltiraman. Buning ustiga Men senga yer yuzidagi boshqa bironta shohda bo‘lmagan boylik va shuhratni ham beraman. Agar otang Dovud kabi Mening amrlarim va qonunlarimga amal qilib yursang, sening umringni uzoq qilaman. Sulaymon uyg‘onib ketdi va Egamizga, unga bergan va’dalari uchun minnatdorchilik bildirdi. Bir kuni shohning huzuriga ikkita ayol bir chaqaloq bolani olib kelib, ularning muammosini hal qilib berishini so‘radi. Ulardan biri hikoya qildi: - Biz bu ayol bilan bitta uyda yashaymiz. Ikkalamizning ham deyarli bir xil vaqtda ko‘zimiz yoridi. Bir kuni tunda manavi ayolning bolasi o‘lib qolibdi. Buni anglab yetgach, u uxlab yotganimda bolamni bag‘rimdan olib, o‘zining o‘lik bolasini yonimga yotqizib qo‘yibdi. Bunga javoban ikkinchi ayol dedi: - Mening bolam tirik, o‘lik bola seniki. Ayollar bir-biri bilan shohning huzurida bahslasha boshladilar. Bu o‘ta murakkab jumboq bo‘lib, hamma, shoh buni qanday hal qilar ekan, deb kutib turishardi. Sulaymon xizmatkorlariga buyurib dedi: - Menga qilich keltiringlar! Tirik bolani ikkiga bo‘linglar. Yarimini bittasiga, yarimini ikkinchisiga beringlar! Bolasi tirik bo‘lgan ayol: - Hazrati oliylari! Tirik qolgan bolani manavi ayolga beravering! Uni o‘ldirmasangiz bo‘ldi! – deb baqirib yubordi. Boshqasi bo‘lsa: - Ikkiga bo‘lavering! Menga ham bo‘lmasin, senga ham! Shoh shu tariqa bolaning haqiqiy onasi kimligini bilib oldi. Unga bolasini qaytarib berishlarini buyurdi. Butun Isroil Sulaymonning jumboqni qanday yechgani haqda xabar topdi va uni yanada hurmat qila boshlashdi. Unga Xudo hukm chiqarish uchun donolik berganiga ishonch hosil qilishdi. SAVOLLAR 1) Xudo, Dovud Unga Ma’bad qurib berishini nima uchun istamadi? 2) Sulaymon Xudodan nima so‘radi? 3) Ayollar o‘rtasidagi nizoni qanday hal qildi? 39. Hikoya. XUDOGA ATAB MA’BAD QURISH3 Shohlar kitobi, 5-8-boblar Egamiz Sulaymonning mamlakatga hukmronlik qilishini marhamatladi. Mamlakat farovon bo‘lib, qo‘shni xalqlar bilan tinchlik o‘rnatilgan edi. Biroq Sulaymonning oldida boshqa bir muhim vazifa – Egamizning Ma’badini qurish vazifasi turar edi. Isroilliklarning Misrdan chiqqanlariga to‘rt yuz sakson yil bo‘lganida Ma’bad qurilishini boshladilar. Sulaymon otasi Dovudning ittifoqchisi bo‘lgan Tir va Sido‘n shohi Xiram bilan tinchlik sulhi tuzdi. O‘rtalaridagi kelishuvga binoan, Xiram Ma’bad qurilishi uchun qimmatbaho yog‘och va tosh yetkazib berishi, Isroil esa buning evaziga oziq-ovqat yetkazib berishi lozim edi. Ma’bad qurilishi yetti yil davom etdi. Ma`bad, Dovud o‘z o‘limi oldidan o‘g‘li Sulaymonga chizib bergan reja asosida qad ko‘tarib borardi. Ma’bad quriladigan joy, ya’ni Moriyox tog‘i ham Dovud tomonidan tanlangan edi. Aynan shu tog‘da, juda ko‘p yillar avval Ibrohim Xudoga o‘zining sadoqatini isbotlab bergan, Xudo esa Ishoqning hayotini saqlab qolgan edi. Ma’bad ikkita bo‘linmadan iborat bo‘lib, ular “Asosiy xona” va “Eng muqaddas xona”, deb atalardi. Ahd sandig‘i Eng muqaddas xonaga joylashtirilgan bo‘lib, bu xona boshqalaridan ko‘ra balandroq qilib qurilgan va qalin parda bilan ajratilgan edi. Eng muqaddas xonada deraza yo‘q edi, u yer qop-qorong‘i bo‘lishi lozim edi. Muqaddas kitobda bu joy “Xudo bilan gaplashadigan yer”, deb atalgan, chunki u yerda Xudo ko‘rinmas tarzda hozir bo‘lgan. Ma’badni qurib bitirishgach, uni poklab, bag‘ishlash marosimini o‘tkazishdi. Sulaymon barcha Isroil oqsoqollarini, hamma qabila yo‘lboshchilari va Isroil xalqi urug‘boshilarini, Ahd sandig‘ini Ma’badga ko‘chirib keltirish uchun yig‘di. Ruhoniylar Ahd sandig‘ini Eng muqaddas xonaga keltirishganida Egamizning uyi bulut bilan to‘lib ketdi. Egamiz, qilingan ishlar Unga ma’qulligini hamda O‘z xalqi Isroil orasida makon qurganini shu tariqa ko‘rsatib berdi. Endi Sulaymon, Ma’bad qurilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning barchasidan Egamiz mamnun bo‘lganiga ishonch hosil qildi. SAVOLLAR 1) Shoh Xiram nima uchun Sulaymonga yordam berdi? 2) Ma’bad qurilishi qancha vaqtda tugatildi? 3) Ma’baddagi Eng muqaddas xona nima uchun kerak edi? 4) Ahd sandig‘ini ma’badga olib kirishganida nima sodir bo‘ldi? 40. Hikoya. SHAVA MALIKASI3 Shohlar kitobi, 10-bob Sulaymonning shuhrati, uning barpo etgan hashamatli inshoot- larining dovrug‘i dunyoning eng chekka joylarigacha yetib bordi. Odamlar hashamatli Ma’badni ko‘rish, Sulaymonning dono hikmatlarini eshitish uchun Quddus- ga kelishardi. Bunday ziyoratchilar orasida Shava malikasi ham bor edi. Ayolning o‘zi nihoyatda badavlat bo‘lib, uning shoh Sulaymonga hadya etgan sovg‘alari bundan dalolat berar edi. Malikaning tuyalariga ko‘p miqdorda oltin va qimmatbaho toshlar, xushbo‘y ziravorlar ortilgan edi. Uning son-sanoqsiz xizmatkorlari yo‘l bo‘yi bu boyliklarni qo‘riqlab kelardi. Sulaymon asilzoda mehmonini shohona tarzda kutib oldi. Malika Sulaymonga turli savollar berib, ko‘nglida nima bo‘lsa hammasi haqida u bilan suhbatlar qurdi. Sulaymon malikaning hamma savollariga javob berdi, malikaning bironta savoliga javob berishda qiynalmadi. Shava malikasi Sulaymonning donoligiga ishonch hosil qilib, u qurdirgan saroyni, dasturxonidagi noz–ne’matlarni, shohning qullari uchun qurilgan yotoqxonalar, xizmatkorlarning liboslarini, Egamizning uyida shoh Sulaymon nazr qilgan qurbonliklarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi. Malika hayratini yashira olmay shohga shunday xitob qildi: - Sizning ishlaringiz, donoligingiz haqida yurtimda eshitgan- larim to‘g‘ri ekan. – Biroq menga hatto bularning yarmini ham aytishmagan ekan. Sizning donoligingiz va amalga oshirgan ishlaringiz men eshitgandan-da ziyoda ekan. Sizni shoh etib tayinlagan, sizdan muruvvatini darig‘ tutmagan Egangizga hamdu sanolar bo‘lsin! U buni Isroilga bo‘lgan mangu sevgisi bois qildi! SAVOLLAR 1) Shava malikasi nima uchun uzoq safarga otlandi? 2) Uni Isroilda nimalar hayratga soldi? 3) Shava malikasi Sulaymonga nima dedi? 41. Hikoya. Yunus payg‘ambarning Hikoyasi YUNUS XUDODAN QOCHIB KETADIYunus kitobi, 1-4-boblar Qadim-qadimda shohlar yoki butun bir xalqlarga O‘z Kalomini yetkazish uchun Egamiz maxsus odamlar, ya’ni payg‘ambarlarni tanlab olgan. Ular Xudo buyur- ganlarini bajarishlari lozim edi. Mana shunday payg‘ambarlardan biri Yunus ismli odam bo‘lgan. Bir kuni Egamiz unga qiyin bir topshiriq berdi. - Yunus, – dedi U, – qani bo‘l, Naynavo shahriga bor va u yerda va’z qil! Avvaliga Yunus noto‘g‘ri eshitgan bo‘lsam kerak deb o‘yladi. Naynavoga? Naynavo - qo‘shni davlat bo‘lgan, buyuk va qudratli Ossuriya mamlakatining poytaxti edi. U yerda va’z qilib bo‘lmaydi? U yerning aholisi uni kaltaklashlari va hatto o‘ldirishlari mumkin. - Yo‘q, – o‘yladi Yunus, – Naynavoga hech qachon bormayman! Xudoning unga bergan topshirig‘ini bajara olmasligini bilib, u boshqa yurtga qochib yashirinishga qaror qildi. Tarshishga boradigan kemani topib, yo‘l haqini to‘ladi-da kemaga tushib, suzib ketdi. Avvaliga hammasi joyida edi, ko‘ngilsiz voqeadan darak beradigan hech narsa yo‘q edi. Biroq ular sohildan ancha uzoqlashib qolganlarida dahshatli bo‘ron boshlandi. To‘lqinlar kuchaygandan kuchayib borardi. Dengizchilarni vahima bosdi. Kema suv tubiga g‘arq bo‘ladiganday tuyulganida, ularning har biri o‘z xudosiga iltijo qila boshladi: - Yordam bering! Bizni qutqaring! Xudolar, iltijomizga quloq soling! Biroq bo‘ron tobora quturib borardi. Yunus-chi? U bu paytda nima qilayotgan edi? U ham ibodat qilayotgan edimi? Axir u barhayot Xudoning ibodatlarga javob berishini bilar edi-ku? Afsus- ki, u kemaning pastki bo‘linmasida uxlab yotar edi, chunki Xudoga o‘zi to‘g‘risida eslatishni mutlaqo istamas edi. Mana kema darg‘asi (kapitani) Yunusning yoniga kelib, uni uyg‘otdi. - Uyg‘on! Agar xudoying bo‘lsa, unga yolvor! Nahotki cho‘kib ketayotganimizni ko‘rmasang?! Yunus bu bo‘ronning o‘ziga va Xudodan qochishga urinishiga aloqasi bor deb taxmin qildi. Shunday bo‘lsada, Xudoga yuzlanishni istamasdi. Dengizchilar kema sahnida turishgan edi. Ulardan biri bo‘ronning guvillagan tovushi ostida taklif qildi: - Kelinglar, qur’a tashlaylik, shunda bu falokat kim sababli boshimizga kelganini bilamiz. Qur’a tashlagan edilar, qur’a Yunusga tushdi. Keyin Yunusdan so‘radilar: - Bizga ayt–chi, sen kimsan? Qaysi qilmishing uchun Xudo sen tufayli bizning ham boshimizga bu falokatni yog‘dirmoqda? - Men dengiz va quruqlikni yaratgan Samoviy Xudo – Egamga xizmat qilaman. Biroq hozir Undan qochib ketyapman. Chunki U meni Naynavoga yuborgan edi, men esa u yerga borishni istamayman. Dengizchilar bu odamni nima qilsak ekan, deb boshlari qotdi. Shunda Yunus kemadagilarga dedi: - Meni olib, dengizga uloqtirsangizlar, dengiz tinchlanadi. Bilaman, bu kuchli bo‘ron men tufayli boshlaringizga kelgan. - Yo‘q, – deyishdi ular, – biz bunday qilolmaymiz. Biroq barcha harakatlari behuda ekanini anglagach, o‘zlari tanimagan Yunusning Xudosiga tavba qilib, Yunusni dengizga uloqtirdilar. Dengiz shu zahotiyoq tinchlanib qoldi. Dengizchilar avvaliga bunga ishonmadi, so‘ng esa birin-ketin kema sahnida tiz cho‘kib Egamiz Xudoga ibodat qildilar. Yunusga nima bo‘ldi ekan? Cho‘kib ketgan bo‘lsa-chi? Yo‘q! Egamiz Yunusni haloq qilishni istamasdi. U Yunusning Naynavo aholisiga va’z qilishini xohlardi. Shuning uchun Yunusni yutib yuborsin deb, Xudo katta nahang baliqni yuborgan edi. Yunus uch kechayu, uch kunduz baliq qornida o‘tirib, Xudoga tinmay ibodat qildi. Shunda Egamiz baliqqa Yunusni qirg‘oqqa chiqarib tashlashga amr berdi. - Xudo naqadar qudratli! - hayolidan o‘tkazdi Yunus quruqlikka chiqarkan. – Hatto bo‘ronlar-u, dengiz mavjudotlari ham Uning amriga bo‘ysunadi. Shundan so‘ng Yunus zudlik bilan Naynavoga yo‘l oldi. SAVOLLAR 1) Yunus nima uchun Naynavoga borishni istamadi? U qayerga va qanday qilib qochib ketdi? 2) Nima uchun dengizda bo‘ron ko‘tarildi? 3) Bo‘ron nima uchun tindi? Yunus qanday qilib quruqlikka chiqib oldi? 42. Hikoya. NAYNAVO AHOLISI TAVBA QILADIYunus kitobi, 3-bob Bo‘ron voqeasidan keyin bir nech hafta o‘tdi. Yunus allaqochon buyuk shahar ko‘chalarida xalqni tavbaga chaqirib yurardi: - Qirq kundan so‘ng Naynavo vayron bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, hech kim uning ustidan kulmadi, hech kim hujum qilib ham qolmadi, hatto unga dag‘dag‘a ham qilishmadi. Aksincha – odamlar uning so‘zlariga ishonishdi. Egamiz ularning ustidan chiqargan hukmi adolatli edi: Naynavoliklar haqiqatdan ham juda ko‘p xalqlar bilan urush olib borgan, juda ko‘p qabih ishlarga qo‘l urgan edilar. Bu yovuzliklarning barchasi uchun jazo muqarrar ekanini ular anglab yetishgan edi. Payg‘ambar va uning hukm kuni haqidagi xabari Naynavo shohiga ham yetib bordi. - Har biringiz Xudoga ibodat qiling. Har bir odam ro‘za tutsin, tavba qilganining belgisi o‘laroq qimmatbaho liboslar o‘rniga qanorga burkansin, - buyruq berdi u. – Balki shunda U bizning gunohimizdan o‘tar, bizga bo‘lgan g‘azabini qaytarar va bizni halok qilmas. Oradan qirq kun o‘tganda, Yunus shahar yaqinidagi tepaliklardan birida o‘tirar va Naynavoning vayron bo‘lishini kutib o‘tirar edi. Biroq hech narsa ro‘y bermadi. Kun ham oxirlab borar, Naynavo hali ham avvalgi holida turar edi. Shunda Yunusning jahli chiqdi. Bekorga Xudoning yaqinlashib kelayotgan hukm kuni haqida jar solgan ekanmanda?! Yovuz Naynavoliklar qirilib ketganda adolatdan bo‘lmasmidi? Yunus o‘tirgan tepalikka quyoshning nurlari tik tushganidan, tepalik qizib ketgan, bu esa Yunusning g‘ashiga tegardi. Ertasi kuni uyqudan uyg‘onib qarasa, sal nariroqda barglari katta-katta bir o‘simlik o‘sib chiqibdi. Uning soyasida Yunus o‘zini ancha yaxshi his qildi. Aslida esa, Xudo o‘simlikni bir kunda shu qadar baland qilib o‘stirgan edi. Biroq ertasi kuni esa o‘simlik Xudoning amri bilan qurib qoldi. Bundan Yunus yanada achchiqlanib, hatto o‘limiga ham rozi bo‘ldi. Shunda Egamiz unga dedi: – Bu o‘simlik uchun sen mehnat qilmagansan, uni ekib– o‘stirmagansan, o‘zi bir kechada o‘sib, bir kechada yo‘q bo‘ldi. Sen shu o‘simlik uchun achinganingda, Men Naynavo shahriga achinmasligim kerakmi?! Axir, bu yerda oq–qorani ajrata olmaydigan son-sanoqsiz odamlar va talay hayvonlar yashaydi–ku! Bu so‘zlardan keyin Yunus Egamizning qanchalik iltifotli, sabrli va kechirimli ekanini tushundi. SAVOLLAR 1) Yunus Naynavoda nima haqda va’z qildi? 2) Naynavo aholisi uning va’zini qanday qabul qilishdi? 3) Egamiz Naynavo bilan qanday yo‘l tutdi? 43. Hikoya. DONIYOR PAYG‘AMBARNING HIKOYASI ASIRLIK4 Shohlar kitobi, 24-bob Shoh Sulaymon buyuk va badavlat mamlakatda hukmronliq qilganiga uch yuz yildan ortiq vaqt o‘tdi. Uning vafotidan keyin shohlik ikkiga bo‘lindi. Quddus hamon poytaxt shahar hisoblanardi. Bu yerda shohning saroyi va eng muhimi, Sulaymon qurdirgan Ma’bad bor edi. Endi bu yer Yahudo deb atalardi. Afsuski, shoh ham, xalq ham Xudoning yo‘lidan yurmay, Uning amrlariga bo‘ysunmay qo‘yishdi, hamda g‘ayriyahudiylarning xudolari va butlariga sajda qila boshlashdi. Egamiz ularning oldiga payg‘ambarlarni yubordi. Payg‘ambarlar xalqni tavba qilishga undashar, lekin ularga hech kim quloq solmasdi. Natijada Egamiz jazo tariqasida mamlakatni bobilliklarning qo‘liga berdi. Bobil shohi Navuxadnazar Yahudo xalqining eng xavfli dushmani edi. U Quddusga katta qo‘shin tortib kelib, shohni asirga oldi, Egamizning uyidagi oltin va kumush ashyolarning hammasini Bobilga olib ketib, butxonalariga joylashtirdi. Shuningdek, bobilliklar Sulaymon saroyidagi va Egamizning uyidagi hamma xazinalarni ham olib ketishdi. Talon-torojlik qilib bo‘lishgach, ular shoh saroyi, Ma’bad va yahudiy zodagonlarning uylarini yoqib yuborishdi. Navuxadnazar yosh yigitlarni, shohning o‘g‘illarini, Yahu- do beklarini, yetti ming nafar mohir jangchilarni, shuningdek hunarmandlar va temirchilarni ham asirlikka olib ketdi. Shunday qilib Yahudo va Quddus Navuxadnazarga qaram bo‘lib qoldi. Egamiz O‘zining gunohkor va itoatsiz xalqini shu yo‘l bilan jazoladi. Asirlikda bo‘lganlarida, Isroil xalqi Egamiz – haqiqiy Xudo, butlar esa – soxta xudolar ekanini anglab yetishlari lozim edi. SAVOLLAR 1) Isroil xalqi Xudoga sodoqatli edimi? 2) Yahudiylarning asosiy dushmani kim edi? 3) Bobilliklar Quddus bilan nima qilishdi? 44. Hikoya. DONIYOR VA UNING DO‘STLARIDoniyor kitobi, 1-bob Navuxadnazar saroyida Yahudo xalqidan bo‘lgan bir nechta yosh yigitlar yashardi, ular shohlar va beklar avlodidan edilar. Shohning bu yoshlarga nisbatan o‘ziga xos bir rejasi bor edi. Shoh ularga uch yil mobaynida ta’lim berish, bobilliklar tilini va turli fanlarni o‘rgatishga qaror qilgan edi. Buning natijasida ular ulkan imperiyani boshqarishda shohning yordamchilariga aylanishgan edi. Bu yigitlarning ismlari quyidagicha edi: Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyo. Ularning yahudiylardan kelib chiqqanlarini eslatmasligi uchun ularning ismlarini bobilcha ismlarga o‘zgartirishdi. Xususan, Doniyorga – Beltashazar, Xanoniyoga – Shadrax, Mishailga – Meshax, Ozariyoga esa Abednaxu degan ismlar berishdi. Bu qalin do‘stlar asirlikda ham Xudoga ibodat qilishda davom etdilar. Dastlab, boshidanoq, o‘lim xavf solib turganiga qaramay, ular shohona yegulik va sharobdan bulg‘anishni xohlamadilar. Egamiz yosh yigitlarning jasorati va sadoqatini munosib taqdirlab, ularga o‘tkir zehn, bilim, o‘qishga layoqat hamda ko‘rkam tashqi ko‘rinish berdi. Doniyorga esa Xudodan alohida in’om – Xudoning Ruhi yordamida tushlar va vahiylarni ta’bir etish in’omini berdi. Bir kuni Navuxadnazar tush ko‘rdi va uning tushini hech kim ta’bir eta olmadi. Yolg‘iz Doniyorgina tushning ma’nosini aytib bera oldi. Shohning bundan hayrati oshdi, lekin Doniyor o‘zining bu qobiliyati Xudoning in’omi ekanini aytdi. Navuxadnazar Doniyor sajda qiladigan barhayot Xudoni ulug‘lab, Unga sanolar aytdi. SAVOLLAR 1) Shoh Navuxadnazar saroyga kimlarni keltirdi? Ularning ismlari nima edi? 2) Shoh asirlikdagi yigitlar haqida qanday reja tuzgan edi? 3) Yigitlar qanday qarorga kelishdi? 45. Hikoya. OLOVLI CHUQURLIKDoniyor kitobi, 3-bob Ko‘p o‘tmay Navuxadnazar Doniyor sig‘ingan Xudo - yagona tirik Xudo ekanini esidan chiqdi. U oltin haykal yasattirib, hamma unga muk tushib sajda qilsin, deb farmon chiqardi. Shu munosabat bilan bayram uyushtirilib, ko‘p mehmonlar taklif etildi. Chaqirilganlar orasida Doniyorning do‘stlari ham bor edi. Sozandalar cholg‘u asboblarini chalganlarida, uchala yahudiy yigitlardan boshqa hamma odamlar muk tushib oltin haykalga sajda qilishdi. Shohning xizmatkorlari darhol bu haqda shohga yetkazdilar. Bu xabardan g‘azabga mingan Navuxadnazar Shadrax, Meshax va Abednaxuni o‘z huzuriga chaqirtirib, ularga dedi: - Sizga tanlash imkoniyatini beraman. Yoki oltin haykalga sajda qilasizlar yoki olovli chuqurlikka tashlanasizlar. Shunda sizlarni mening qo‘limdan bironta xudo qutqara olmaydi! Biroq Shadrax, Meshax va Abednaxu shohga shunday javob berishdi: - Biz sig‘inadigan Xudo bizni olovli chuqurlikdan ham, sizning qo‘lingizdan ham qutqarishga qodir. Ammo U bizni qutqarmagan taqdirda ham, biz hech qachon xudolaringizga sig‘inmaymiz, oltin haykalga ham sajda qilmaymiz! Bunga javoban Navuxadnazar olovni odatdagidan yetti barobar qattiqroq yondirishni buyurdi. Jangchilari orasida eng kuchli polvonlarga Shadrax, Meshax va Abednaxuni bog‘lab, olovli chuqurlikka tashlashni amr etdi. Olovning tafti uch og‘aynini chuqurlikka tashlayotgan polvonlarni kuydirib yubordi. Uchchala yigitlar esa chuqurlikka qo‘llari bog‘liq holda yiqildilar. Buni tomosha qilib turgan shoh Navuxadnazar o‘rnidan sapchib turdi-da, hayrat ichra maslahatchilariga: - Biz chuqurlikka uchta bog‘langan odamni tashlamaganmidik? – deb hayqirib yubordi. - Xuddi shunday, shoh hazratlari, – deb javob berdi ular. - Voajabo! Alanganing o‘rtasida bog‘lanmagan to‘rtta odam yuribdi– ku, – dedi shoh. - Ularning birortasiga ham zarar yetmagan. To‘rtinchi kimsa xuddi ilohiy zotga o‘xshaydi–ya! Navuxadnazar chuqurlikning og‘ziga borib: - Shadrax, Meshax va Abednaxu, ey Xudoyi Taoloning xizmatkorlari, qani, chiqinglar! Oldimga kelinglar! – deb baqirdi. Uchchala yigit olov ichidan chiqib, shohning oldiga keldilar. Ularni o‘rab olgan shohning barcha maslahatchilari ko‘rdilarki, yigitlarga hech qanday ziyon yetmabdi. Ularning na sochlari kuygan, na ustki kiyimlariga zarar yetgan edi, ulardan hatto tutun hidi ham kelmasdi. Bu buyuk mo‘’jiza edi, chunki kuchli polvonlar chuqur og‘zidaligida olovning taftidan kuyib halok bo‘lgan bir vaqtda, chuqurning ichiga yiqilgan yigitlar undan tirik chiqqan edilar. Navuxadnazar yahudiy yigitlar sajda qilgan Xudoning har narsaga qodirligini tan olishga majbur bo‘ldi. U shunday deb hayqirdi: – Shadrax, Meshax va Abednaxuning Xudosiga hamdu sanolar bo‘lsin! U O‘z farishtasini yuborib, O‘ziga inongan qullarini xalos qildi. Ular o‘z Xudosidan boshqa bo‘lgan xudolarga sig‘inishdan ko‘ra, o‘limni ravo ko‘rdilar! Navuxadnazar Shadrax, Meshax va Abednaxuni egallab turgan lavozimlariga qaytarib, ularni munosib tarzda taqdirladi. SAVOLLAR 1) Shoh Navuxadnazar qanday farmon chiqardi? 2) Doniyorning do‘stlari nima uchun oltin haykalga sajda qilishdan bosh tortishdi? 3) Egamiz ularni qanday qutqardi? Navuxadnazar ularning qutqaril- ganini ko‘rgach, nima dedi? 46. Hikoya. BELSHAZAR ZIYOFAT BERADIDoniyor kitobi, 5-bob Navuxadnazarning o‘limidan so‘ng Belshazar Bobilga shoh bo‘ldi. U bazm va o‘yin-kulguni shu qadar yoqtirar ediki, hatto dushman qo‘shinlari Bobilni qamal qilib turgan vaqtda ham saroyda katta ziyofat uyushtirdi. Sharob daryoday oqib yotgan ziyofatga mingta begini ham taklif qildi. Shirakayf bo‘lib qolgan shoh bobosi Navuxadnazar Quddusdagi Ma’baddan olib kelgan oltin va kumush qadahlarni keltirishni buyurdi. Shoh beklari o‘sha qadahlardan sharob ichishib, o‘zlarining xudolarini olqishlar, chunki bu xudolar ularni dushmandan xalos etishga qodir deb, o‘ylar edilar. To‘satdan hamma jim bo‘lib qoldi. Shoh va uning mehmonlari saroy devorlaridan biriga yozayotgan odam qo‘lining panjasini ko‘rib dahshatdan bo‘zarib ketishdi. Devordagi so‘zlar sirli bo‘lib, hech kim ularni o‘qiy olmas va ma’nosini ham tushuntirib bera olmasdi. Shohning tizzalari qaltirab, qurquvdan rangi oqarib ketdi. U devorda yozilgan so‘zlarning ma’nosini tushunmagan bo‘lsada, bundan yaxshilik kelib chiqmasligini sezar edi. Shoh baqirib, munajjim va afsungarlarni keltirishni buyurdi. Belshazar bu so‘zlarni o‘qib, ma’nosini tushuntirib bergan odamga katta boyliklar berishni va’da qildi. Biroq hech kim bu ishning uddasidan chiqmadi. Shunda Belshazarning onasi shohlikda Xudoning Ruhiga to‘lgan Doniyor ismli odam borligi, o‘z vaqtida Navuxadnazar bu odamni mamlakatdagi barcha munajjimlarning boshlig‘i qilib tayinlaganini aytdi. Doniyorni shoh huzuriga keltirishganda, shoh undan so‘radi: - Seni Xudoning ruhi bilan to‘lgan, idrokli, zehni o‘tkir va dono odam deb eshitdim. Bobildagi munajjimlardan mana bu so‘zlarni o‘qib, ma’nosini tushuntirib berishni so‘ragandim. Biroq ular buni eplay olmadilar. Agar sen hozir bu yozuvni o‘qib, uning ma’nosini menga tushuntirib bersang, seni taqdirlayman. Biroq Doniyor shunday javob berdi: - Sovg‘alaringiz o‘zingizda qolaversin yoki ularni boshqa birovga bera qoling! Men bu yozuvni shundoq ham o‘qib, uning ma’nosini MENE, MENE, TEKEL va PARSIN. tushuntirib beraman. Doniyor davom ettirdi: - Egamiz Xudo barcha shohlar va xalqlar ustidan hukmronlik qiladi. Ammo siz, beklaringiz va xotinlaringiz haddingizdan oshib, Samoviy Xudoga qarshi bosh ko‘tardingiz, Xudo Ma’badining qadahlarini huzuringizga keltirib, beklaringiz, xotinlaringiz bilan mayxo‘rlik qildingiz. Hech narsa ko‘rmaydigan, eshitmaydigan, hech narsa bilmaydigan oltin, kumush, bronza, temir, yog‘och va toshdan yasalgan xudolarni madh ayladingiz. Ammo sizga hayot beruvchi va oxiratingizni belgilovchi Xudoni ulug‘lamadingiz. Shuning uchun Xudo qo‘l panjasini yuborib: MENE, MENE, TEKEL va PARSIN – deb yozdirdi. Buning ma’nosi quyidagicha: “Xudo hukmronlik vaqtingizni hisoblab chiqib, shohligingizga yakun yasadi. Siz tarozida tortilib, hukmronlik qilishga nomunosib bo‘lib chiqdingiz. Shohligingiz bo‘linib, Midiyaliklar va Forslarga berildi”. Xuddi o‘sha kuni kechasi Bobil shohi Belshazar o‘ldirildi. Taxtga esa Forslik Kurush o‘tirdi. Qudratli Bobil shohligiga shu tariqa yakun yasaldi. SAVOLLAR 1) Bobil qamalga olingan vaqtda shoh Belshazar nima qilayotgan edi? 2) Ziyofatda mehmonlar qanday idishdan sharob ichishdi? 3) Belshazar va uning mulozimlari qanday hodisaga guvoh bo‘lishdi? Belshazarga buning ma’nosini kim tushuntirib berdi? 4) Belshazarning eng katta muammosi nimadan iborat edi? Uning qismati qanday kechdi? 47. Hikoya. DONIYOR SHOH DORO SAROYIDADoniyor kitobi, 6-bob Midiyaliklar va forslarning birlashgan yangi shohligiga shoh Kurush hukmronlik qilar va u Bobil ustidan midiyalik Doroni shoh etib tayinladi. Shoh Doro butun shohligidagi yerlarni bir yuz yigirmata viloyatga bo‘lib, har bir viloyat ustidan noiblarni tayinladi. Noiblarni nazorat qilish uchun esa uchta amirni tayinladi, ularning biri Doniyor edi. Shoh Doro Doniyorni nihoyata qadrlasa-da, uning saroyida Doniyorni ko‘ra olmaydigan odamlar ham bor edi. Doniyordan qutulish uchun ular razil bir reja tuzdilar. Bir kuni ular shohning huzuriga borib: - Shoh hazratlarining umrlari boqiy bo‘lsin! – deyshdi. – Siz, qudratli, himmmatli va iltifotli shohsiz. Barcha odamlar sizning iltifotingiz ostida yashaydi. Biroq buni bilmaganlar ham bor. Shu sababli, biz mulohaza qilib ko‘rdik: qanday qilsak sizning iltifotingiz hammaga ayon bo‘ladi. Endi bir farmon joriy qilsangiz, unga ko‘ra mamlakatingizda hamma odam bir oy davomida sizdan boshqa hech bir kimsaga yoki Xudoga sajda qilmasin. Shunda hamma odamlar sizning qanchalik serhimmat ekanligingizni bilib oladi. - Bu yaxshi fikr, – dedi shoh. Bunday so‘zlardan shohning kayfiyati chog‘ bo‘ldi. - Men bu farmonni imzolayman. Kimda-kim unga rioya qilmasa, sherlar uyasiga tashlansin, – dedi u. SAVOLLAR 1) Bobilning yangi shohi etib kim tayinlandi? Uning ismi nima edi? 2) Doniyor qanday lavozimga tayinlandi? 3) Doro qanday farmonni imzolashga qaror qildi? 48. Hikoya. DONIYOR SHERLAR UYASIDADoniyor kitobi, 6-bob Midiya va Fors shohlari chiqargan farmonlar shunisi bilan farq qilar ediki, ularni hech qachon buzib bo‘lmasdi. Hatto farmonni imzolagan shohning o‘zi ham uni o‘zgartirishga haqqi yo‘q edi. Albatta, Doniyor bu yangi farmon haqida xabar topgan edi. Shunga qaramay, u har doim qilganiday, kuniga uch mahal tiz cho‘kib, Xudoga ibodat qilar edi. U ibodat qilgan xonaning derazalari ochiq turar va tashqarida poylab turgan sayroy mulozimlariga uning ovozi yaxshi eshitilib turardi. Amaldorlar uning uyiga bostirib kirib, uni hibsga olishdi. Ko‘p o‘tmay ular shoh Doroning huzuriga kelib, ko‘rgan-eshitganlari haqida shohga ma’lum qilishdi. Shoh bundan qattiq xafa bo‘ldi. - Bo‘lishi mumkin emas! – dedi u, – sizlar mening do‘stim va eng yaxshi noibimga tuhmat qilishingizga yo‘l qo‘ymayman! - Hazrati oliylari, biz unga hech qanday yomonlik istamaymiz! – deya, javob berishga jur’at qildi amaldorlardan biri, – biroq, qonun shuni talab qiladi. - Yolg‘on aytyapsan! – hayqirdi shoh, – sizlar Doniyorni yo‘q qilish maqsadida menga ushbu farmonni imzolatgansiz. Ko‘zimdan yo‘qolinglar! Doro umidini yo‘qotdi. Kuni bo‘yi shu haqda o‘ylab chiqdi, vazirlari va do‘stlariga maslahat soldi. Biroq hech kim farmonni bekor qilishning ilojini topolmadi. Doro bir ahvolda allaqachon sherlar uyasi oldida turgan Doniyorga yaqinlashdi. Odatda, jinoyatchilar qatl etishga hukm qilinganda, sherlarni yanada yirtqichroq qilish uchun ularni bir necha kun och qoldirishardi. Yurak-bag‘ri qon bo‘lgan Doro qo‘lini Doniyorning yelkasiga qo‘ydi. - Seni Xudoying qo‘liga topshirdim, sen doim sajda qiladigan o‘sha Xudo seni asrasin. Afsuski men senga hech qanday yordam berolmayman, – dedi. Shoh ishora qilishi bilan Doniyorni chuqurlikka tashlashdi. Doro kuni bilan hech narsa yemadi, kechasi esa ko‘ziga uyqu kelmadi. Ertasi kuni tong otgach, shoh shosha–pisha sherlar uyasi tomon shoshildi: - Doniyor, – deya kuyinib xitob qildi u. – Tirikmisan? Xudoying seni qutqardimi? Chuqurlikdan Doniyorning sokin ovozi eshitildi: - Xuddi shunday, podshohim! Xudoyim farishtasini yuborib, sherlarning og‘izlarini berkitib qo‘ydi va sherlar menga hech qanday zarar yetkazmadi. Shu zahotiyoq Doniyorni chuqurlikdan chiqarishdi. Unga hech narsa qilmagan edi. Shoh juda quvonib ketdi va chuqur yengil tortdi. Saroyiga qaytib kelgach, darhol Doniyorning dushmanlarini sherlar uyasiga tashlashni buyurdi. So‘ng esa butun dunyo bo‘ylab barcha xalqlar, elatlar va urug‘larga shunday maktub yo‘lladi: – Shohligimdagi barcha odamlar Doniyorning Xudosiga sajda qilsin, chunki U barhayot va mangu Xudodir. Najotkoru Xaloskor Udir. Yeru ko‘kda alomatu mo‘’jizalar ko‘rsatgan, Udir Doniyorni shrelardan qutqarib olgan. Uning shohligi menikidan beqiyos buyukdir va bu shohlikning oxiri bo‘lmas. SAVOLLAR 1) Doniyor Doroning yangi farmoni haqida eshitgach nima qildi? 2) Doniyorni sherlar uyasiga tashlashlaridan avval Doro unga nima dedi? 3) Doniyor qutqarilgach, Doro qanday farmon chiqardi? 49. Hikoya. VATANGA QAYTISHYeremiyo kitobi 31-bob, 31-34 oyatlar. Doniyorni bolaligidayoq Bobilga olib ketishgan edi. Biroq keksayib qolganida ham o‘z vatanini hamda Xudoning O‘z xalqini asirlikdan qaytarib kelishi haqidagi va’dasini chiqarmagan edi. Koshki, Ma’bad qayta tiklanib, barcha yahudiylar Egamizga sajda qilish uchun yana bir joyga jam bo‘lsa edi! Shularni o‘ylab, Doniyor uyida yolg‘iz qolib ro‘za tutdi hamda Xudoga iltijo qildi: – Yo Rabbiy, Sen buyuk va muqaddas Xudosan! Seni sevganlarga iltifoting cheksizdir. Biz, Sening xalqing, ko‘p nohaqlik qildik. Shuning uchun ham Sen Quddusning vayron bo‘lishiga, bizning esa begona yurtga surgun bo‘lishimizga yo‘l qo‘yding. Biroq Sening rahmdil ekanligingni bilib, yolvoraman: xalqingning gunohidan o‘tgin, uni vataniga qaytar! Egamiz Doniyorning iltijolariga quloq soldi. Doniyorga Isroilga qaytish nasib qilmadi, chunki faqat uning vafotidan keyingina Isroil xalqiga o‘z vataniga qaytib borishga ijozat berildi. Bobil shohi ibroniylarga vatanlariga qaytishga ijozat beribgina qolmasdan, balki ularga Quddusdagi Ma’baddan olib kelingan barcha kumush va oltin idishlarni ham qaytarib berdi. Isroillikarning bundan boshi osmonga yetdi! Nihoyat ular ozod bo‘lgan edi! Shunday bo‘lsa-da, vataniga qaytishga hammaning ham jur’at etmasdi. Axir ular bu mamlakatda allaqachon uylar, bog‘lar barpo etgan, qo‘shnilar va do‘stlar orttirgan edilar. Isroilda esa xarobalardan boshqa narsa topib bo‘lmasdi. Hammasini boshqatdan qurish uchun esa katta mashaqqat, mehnat talab etilardi. Biroq qiyinchiliklardan qo‘rqmaydiganlar ham juda ko‘p edi. Ular Quddusga ko‘chib borib, Egamizning uyini qayta tiklashga qaror qildilar. Vatanlariga qaytib borayotgan isroilliklarning uzundan-uzoq karvoni belgilangan manzilga yetguniga qadar bir necha hafta o‘tdi. Bu yerda ular o‘zlari taxmin qilgan manzarani ko‘rishdi: uylari vayron qilinib, yashab bo‘lmaydigan darajaga keltirilgan, saqlanib qolganlarida esa boshqa odamlar yashar edi. Dala va uzumzorlarni yovvoyi o‘tlar bosgan, ayrimlariga esa begona odamlar ega chiqib, ularga ishlov bergan edi. Oldinda ularni qanchadan-qancha katta kurashlar va mashaqqatlar kutar edi! Ular uchun eng muhimi yerga ishlov berish, chopish, ekish va hosil yig‘ish, yangi uylar va omborxonalar kurish emas edi. Aksincha, muhimi Egamizni Ma’badda turib ulug‘lash edi, buni esa asirlikda qilining iloji yo‘q edi! Biroq, endi Ma’bad ham yo‘q edi. Qachonlardir go‘zallikda tengi yo‘q bo‘lgan Quddus endi haroba bo‘lib yotardi. - Ehtimol Ma’badni qayta tiklash uchun ko‘p vaqt ketar balki, lekin qurbongohni hoziroq qurishimiz mumkin, – dedi ruhoniy. – U avval qayerda turgan bo‘lsa, o‘sha joyga o‘rnatilishi lozim. Odamlar qurbongoh uchun belgilangan joyni tozalashga kirishishdi. Tez orada ular Xudoga qurbonliklar keltirishib, ularni vatanlariiga qaytib kelishlariga yordam bergani uchun minaddorlik bildirishdi. Oradan ko‘p yillar o‘tib, yangi Ma’badni Xudoga bag‘ishlashdi. Quddus yana bir bor baland devorlar bilan o‘ralgan go‘zal shaharga aylandi. Isroil xalqi Bobildan qaytib kelgach, Egamiz ularga O‘zining amrlarini eslatib turishlari uchun payg‘ambarlar yuborib turdi. Egamiz xalqni qayta-qayta jazolashiga va qayta-qayta kechirishiga to‘g‘ri keldi. Biroq uzoq o‘tmishdayoq, Uning O‘zi payg‘ambar orqali, kunlar kelib hammasi o‘zgarishi, avvalgidan mutlaqo boshqa bo‘lishini aytgan edi. “Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Isroil va Yahudo xalqlari bilan yangi ahd tuzaman. Bu yangi ahd Men ularning ota–bobolari bilan tuzgan ahdga o‘xshamaydigan bo‘ladi. Men ota– bobolarini qo‘lidan yetaklab, Misrdan olib chiqqanimda, ular bilan ahd tuzgan edim. Men ularga sodiq xo‘jayin edim, ammo ular o‘sha ahdimni buzishdi.” ... “Men kelajakda Isroil xalqi bilan tuzadigan ahd shunday bo‘ladi: Men qonunimni odamlarning ongiga solib qo‘yaman, qonunimni ularning yuraklariga yozaman. Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim bo‘ladilar... Men ularning ayblarini kechiraman, gunohlarini hech qachon esga olmayman” (Yeremiyo kitobi 31-bob, 31-34 oyatlar). Egamiz O‘z va’dasini qachon amalga oshirishni nazarda tutgan edi? 50. Hikoya. YANGI AHD
Ikkinchi qism
JABROYIL FARISHTA MARYAMGA ZOHIR BO‘LADILuqo bayon etgan Xushxabar, 1-bob, 5-38-oyatlarJalilaning Nosira degan kichik shahrida Maryam ismli bir qiz yashardi. U Yusuf ismli duradgor yigitga unashtirilgan edi. Garchi Maryam bilan Yusuf oddiy odamlar bo‘lsa-da, shoh Dovudning avlodidan edilar. Yaqin kunlarda ular birga turmush qurishlari kerak edi. Bir kuni Maryam uy yumushlarini qilayotgan paytda, unga Jabroil farishta zohir bo‘ldi. Uni Egamiz yuborgan edi: - Salom, ey Xudo yorlaqa-gan! Egamiz sen bilandir, – dedi farishta. Maryam sarosimaga tushib, “Men bilan hali hech kim bunaqa salomlashgan emas”, deya hayolidan o‘tkazdi. - Maryam, qo‘rqma, sen Xudodan inoyat topding, – dedi farishta. – Sen o‘g‘il tug‘asan va uning ismini Iso qo‘yasan. Iso – Qutqaruvchi demakdir. U buyuk bo‘ladi va uni Xudoyi Taoloning O‘g‘li deb atashadi. Egamiz Xudo Unga bobosi Dovudning taxtini beradi. U to abad hukmronlik qiladi, hukmronligining oxiri bo‘lmaydi. Maryam farishtaning so‘zlarini arang tushundi. - Men hali er ko‘rmagan bo‘lsam...– dedi u ikkilanib. - Har bir tug‘ilgan inson bolasining otasi bo‘ladi, – dedi farishta, – biroq sendan tug‘ilajak O‘g‘il ilohiy bola bo‘ladi. Uning Otasi – Xudoi Taolodir. U Xudoi Taoloning O‘g‘li bo‘ladi deganimning boisi shu. Maryam farishtaning so‘zlariga ishondi. Egamizning bir necha asr avval bergan va’dasi tez orada bajo bo‘lishi lozim edi! Maryam esa va’da qilingan Najotkorni dunyoga keltiradi! Biroq Maryam bir qanday sodir bo‘lishini hech ham tushuna olmasdi, chunki hali er ko‘rmagan edi-da. Shuning uchun u farishtadan so‘radi: - Bu qanday bo‘ladi? Jabroil unga dedi: - Bu Muqaddas Ruhning kuchi bilan sodir bo‘ladi. Egamizning qudrati chaqaloqqa hayot ato etadi. Shu sabab sendan tug‘ilajak bola muqaddas bo‘ladi, hamda Uni Xudoning O‘g‘li deb atashadi! Maryam, Xudoning so‘zlariga itoat etishni istab dedi: – Mana men Egamning bandasiman. Hammasi siz aytganingizday bo‘lsin. Shundan keyin farishta undan uzoqlashib, samoga qaytib ketdi. SAVOLLAR 1) Farishta Jabroil kimga zohir bo‘ldi? Maryam qayerda yashar edi? U kimga unashtirilgan edi? Ular kimning avlodi edilar? 2) Farishta Maryamga nimani bashorat qildi? 3) Maryam farishtaning xabarini qanday qabul qildi? 51. Hikoya. OXURDAGI CHAQALOQLuqo bayon etgan Xushxabar, 2-bob, 1-7-oyatlar Rim dunyosining birinchi imperatori Avgustning ko‘ngliga butun Rim aholisini ro‘yxatdan o‘tkazish istagini soldi. Imperator farmon chiqardi, va unga muvofiq Falastinda yashagan har bir fuqaro ota-bobosi tug‘ilgan joyga borib, ro‘yxatdan o‘tishi lozim edi. Yusuf bilan Maryam o‘sha vaqtda Nosirada yashashar edi. - Mening oilam Baytlahmlik ekanligidan xabaring bor – dedi Yusuf Maryamga, – men shoh Dovudning avlodidanman, shuning uchun ota- bobolarim yashagan o‘sha shaharga borishim kerak. - Boshqa payt bo‘lganda bunday safarlarga bemalol chiday olardim, – Maryam javob berdi, – lekin o‘zingiz bilasiz, yaqinda ko‘zim yoriydi. Yo‘l mashaqqatli. – Chaqaloqning begona joyda tug‘ilishi ham yaxshi emas. Yusuf uni tinchlantirishga urindi: – Men har doim yoningda bo‘laman, Maryam. Qolaversa, farishta ham tug‘ilajak bola Xudoning O‘g‘li bo‘lishini aytgan edi. Xudoning O‘zi biz haqimizda g‘amxo‘rlik qiladi. Shunday qilib, Maryam bilan Yusuf yo‘lga otlanishdi. Garchi ularning eshagi bo‘lsa-da, ular ohista harakatlanar va sayohat uzoqqa cho‘zilardi. Nihoyat Baytlahmga yetib kelgach, yo‘lda horib-tolgan yo‘lovchilar tunash uchun joy qidirishdi. - Kechirasiz, uyingizdan bizga joy topiladimi? – so‘radi Yusuf uyida u yoqdan-bu yoqqa tinmay yurayotgan mehmonxona egasidan. - Afsus, hamma joylar band, – javob berdi mehmonxona egasi. - Hamma joylar band? Unday bo‘lsa, qayerda tunaymiz? Kichkina bo‘lsa ham mayli, birorta dahlizcha bo‘lsa ham topib bering. Xotinimning ko‘zi yorishi kerak...shu bugun sodir bo‘lsa ajabmas! - Qo‘limdan kelsa, jon deb sizga ham, xotiningizga ham yordam bergan bo‘lardim, lekin bironta ham bo‘sh joy yo‘q-da. Maryam sarosimaga tushib, Yusufning qo‘lini mahkam tutdi: - Ko‘chada qololmaymiz-ku axir! Tashqari juda sovuq, o‘zimdan emas, boladan xavotirdaman! Mehmonxona egasi yaqinroq keldi. - Ko‘chada qolmaysiz. Hovlimning bir chekkasida molxona bor. U yerda pichanlar orasida qulay joylashib olishingiz mumkin. Jonivorlarim bo‘lsa sizlarni isitib qo‘yadi. - Sahiyligingiz uchun sizga rahmat, katta rahmat! O‘sha tunda aql bovar qilmaydigan hodisa yuz berdi: butun olamni yaratgan va borliqni qo‘llarida tutib turuvchi Xudoning O‘g‘li, jajji chaqaloq qiyofasida dunyoga kelib, pichan ustida yotishga majbur bo‘ldi. Tabiiyki, bolaning ko‘rinishiga qarab hech kim Uni Xudoning O‘g‘li deb aytolmasdi. Maryam uni yo‘rgaklab, mollar pichan yeydigan oxurga yotqizib qo‘ydi. Go‘dak oxurda har qanday oddiy bola kabi tipirchilab yotar, ba’zan-ba’zan ingalab qo‘yardi. Yusuf Maryamga qarab dedi: - Farishta bu bola to‘g‘risida senga nima deganini eslaysanmi? Bunga ishonish qiyin, u shunchalik jajji-ki, tug‘ilgan joyi ham faqirona. - Yusuf, bularning hammasi haqiqat – eshitilar-eshitilmas javob berdi Maryam, – Xudo aytganlarining hammasi amalga oshadi. SAVOLLAR 1) Rim imperiyasining qudratli imperatori kim bo‘lgan? 2) Yahudiylar qayerga borishlari kerak edi? 3) Iso qanday “hashamatli mehmonxonada” tug‘ildi? 52. Hikoya. DALADAGI CHO‘PONLARLuqo bayon etgan Xushxabar, 2-bob, 8-20-oyatlar Baytlahm yaqinidagi yaylovda cho‘ponlar suruvlarini boqishardi. Kech kirgan bo‘lsa ham, ularning uxlashlari mumkin emasdi: atrofda yovvoyi hayvonlar izg‘ib yurar va istalgan paytda suruvdagi qo‘zichoqlarga hamla qilishi mumkin edi. Har kecha, ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar cho‘ponlar sergak turishlariga to‘g‘ri kelardi. Nimalar bo‘lyapti o‘zi? Ko‘zni qamashtiradigan bu yorug‘lik nima bo‘ldi ekan-a? Osmondan yorqin nur taratib kimdir oldilariga tushib kelmoqda edi. Cho‘ponlar qattiq vahimaga tushdilar. Voajab, bu Egamizning farishtasi- ku! Farishta ularga nihoyatda yumshoqlik bilan so‘z ochdi: – Qo‘rqmanglar! Men hamma insonlarni quvontiradigan xabar olib keldim! U shu kecha Baytlahmda tug‘ilgan ilohiy go‘dak haqida xabar yetkazish uchun samodan kelganini tushuntirdi. Bu go‘dak – Najotkorimiz va Rabbimiz Iso Masihdir! Cho‘ponlar uzoq kutilgan Najotkor kelganini bilgach, hayratga tushishdi. Mana buni yangilik desa bo‘ladi! Buning orqasidan ular yanada g‘aroyib narsalarni eshitishdi: go‘dakni hashamatli saroylarda emas, balki oxurda topishlari mumkinmish. Bundan anglashiladiki, ular birinchi navbatda molxonani topishlari kerak ekan. Cho‘ponlar bir-biriga gap ochib ulgurmagan ham edilarki, osmondan farishtalarning hamdu-sanosi eshitildi: “Falak toqidagi Xudoga sharaflar bo‘lsin, Xudodan marhamat topgan yerdagi bandalarga tinchlik kelsin!” Bu qo‘shiq olam uzra yangragan eng go‘zal qo‘shiq bo‘lgan bo‘lsa, ajabmas. Farishtalar osmonga ko‘tarilib, g‘oyib bo‘lishdi. Cho‘ponlar bir– biriga dedilar: Qani, Baytlahmga boraylik! Hammasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘raylik. Bu yangilikni Xudoning O‘zi yetkazganiga ularning ishonchi komil edi. Cho‘ponlar suruvni Xudoning panohiga topshirib, Baytlahmga jo‘nadilar. U yerda cho‘ponlar og‘ilxonani, Maryamni, Yusufni va oxurda yo‘rgaklangan chaqaloqni topdilar va hammasi Xudo aytganidek ekaniga amin bo‘ldilar. Cho‘ponlarning qalbi quvonchdan yayrab ketdi, axir uzoq kutilgan Masih, Xudoning O‘g‘li bo‘lgan Isoni eng birinchi bo‘lib ko‘rish baxti ularga nasib etgan edi-da!
O‘sha mamlakatda yaylovda cho‘ponlar bor edi. Ular tunda yaylovdagi
suruvini qo‘riqlash uchun dalada yotib qolgan edilar. Ularning qarshisida
Egamizning bir farishtasi paydo bo‘ldi. Egamizning ulug‘vorligi ularning
atrofini yoritib yubordi. farishta ularga shunday dedi: 53. Hikoya. SHARQDAN KELGAN MUNAJ-JIMLARMatto bayon etgan Xushxabar, 2-bob, 1-12-oyatlar Uzoq sharq mamlakatida munajjimlar yashar edi. Nima uchun ularni bunday atashgan? Ular turli ilmlarni o‘rganganlari uchun bo‘lsa kerak. Ularning sevimli mashg‘uloti yulduzlarni o‘rganish bo‘lgan. Bir kuni ular osmonni kuzatayotgan edilar. To‘satdan yangi paydo bo‘lgan bir yulduzni ko‘rib qolishdi. Bu judayam porloq, yonib turuvchi yulduz edi. Sharq osmoni har doim yulduzlarga to‘la, lekin bu yulduz boshqalaridan ajralib turardi. Bu yulduz o‘ziga xos bo‘lib, qolganlariga mutlaqo o‘xshamasdi. Shunda Xudo ularga yangi yulduz nima sababdan paydo bo‘lganini ochib berdi: zaminning qaysi burchidadir Shoh tug‘ilgan edi va agar munajjimlar yulduzning ortidan borishsa, yulduz ularni o‘sha joyga olib boradi. Ular bundan qanchalar xursand bo‘lishdi! Ular darrov yo‘lga hozirlik ko‘ra boshlashdi, bu orada yangi tug‘ilgan Shohga hadyalar olishni ham unutishmadi. Safar uchun kerakli ashyolarni olgach, yo‘lga tushishdi. Yo‘l qanchalar uzoq bo‘lmasin, ular yulduzni kuzatib boraverishdi. Yulduz oldinda nur sochib, munajjimlarni ortidan ergashtirib borar edi. Nihoyat ular muqaddas shahar Quddusga yetib keldilar. Munajjimlar yangi tug‘ilgan Shohni tezroq ko‘rish maqsadida darhol shohning saroyiga yo‘l olishdi, chunki Uni o‘sha yerdan topishga umid qilgan edilar. Ularni shoh Hirod qarshi oldi va o‘zini mehmondo‘stday ko‘rsatishga tirishdi. Tushlik paytida shoh ulardan tashriflarining maqsadi haqida so‘rab-surishtirdi. Munajjimlar esa osmonda paydo bo‘lgan yulduz haqida va uning Yahudiyada Shoh tug‘ilganini anglatishi haqida so‘zlab berdilar. - Shoh saroyidan boshqa qayerda ham tug‘ilishi mumkin, degan hayol bilan shu yerga keldik, – dedi munajjimlar so‘zlarini yakunlab. - To‘g‘ri qilibsiz, – dedi Hirod. - Afsuski, bu yerda yaqin orada chaqaloq tug‘ilgani yo‘q. Biroq men bajonidil sizlarga yordam beraman. Shohligimda buni biladigan olimlar bor va men ularni chaqirtirib, hammasini bilib olaman. Chindan ham, mamlakatning olimu-donolari katta yordam berib, chaqaloq haqida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishdi. - Shoh Baytlahmda tug‘ilishi lozim. Bu haqda Mixo payg‘ambarning kitobida yozilgan, – deyishdi ular. - Baytlahm bu yerga juda yaqin, – tushuntirdi Hirod chet ellik mehmonlarga. – Agar tushdan keyin tuyalaringizga minib, janub tomon yursangiz, kun botguncha manzilga yetib olasizlar. Hammasini yaxshilab surishtirganingizdan keyin, qaytishingizda yana mening oldimga kirib o‘tinglar, chunki men ham yangi tug‘ilgan Shohni ziyorat qilmoqchiman, – dedi Hirod. Buni aytar ekan, u makkorona kulgisini bazo‘r berkitayotgan edi. Aslida u chaqaloqqa hadya berishni emas, balki halok qilishni o‘ylab qo‘ygan edi. Tabiiyki, munajjimlar bundan mutlaqo bexabar bo‘lgan. Ular o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, yo‘lga tushdilar. Baytlahmga yetib borganlarida esa qorong‘i tushib bo‘lgan, osmonda birin-ketin yulduzlar paydo bo‘layotgan edi. Munajjimlar osmondagi yulduzlar orasida o‘sha, ularga uzoq vaqtdan beri yo‘l ko‘rsatib kelayotgan yulduzni ko‘rib, juda xursand bo‘lishdi. Yulduz ularning oldilaridan o‘tib, nihoyat go‘dak yotgan joyning tepasida to‘xtadi. - Shu yerda bo‘lsa kerak, aynan shu uyda! – quvonib ketdi ular. –Xudoning O‘zi bizga yo‘l ko‘rsatdi! Yusuf ostonada salobatli odamlar turganini ko‘rib, ko‘zlariga ishongisi kelmadi. Na Yusuf, na Maryam, hech qachon uzoq yurtdan kelgan bunday badavlat mehmonlarni qabul qilishmagandi. - Yahudiylarning shohi bo‘lib tug‘ilgan bola qayerda? – so‘rashdi ular. - Bola anavi yerda yotibdi, – javob berdi Yusuf go‘dakka ishora qilib. Hashamatli kiyingan bunday obro‘li va olim odamlarni xuddi Xudoga sajda qilayotganday chaqaloq Isoning poyida tiz cho‘kishini kuzatish g‘alati edi. Shundan so‘ng munajjimlar xazinalar solingan qutichalarini ochib, Isoga oltin, xushbo‘y tutatqilar va mirrani tortiq qildilar. Hadyalarini berib, ular chaqaloq, Maryam va Yusuf bilan xayrlashib, o‘z yurtiga qaytib ketdilar. Egamiz munajjimlarning biriga tushida gapirib, Hirodning asl maqsadini ayon qilib berdi. – Xudo menga gapirdi, – dedi u sheriklariga. – Hirodning niyati yaxshi emas. U chaqaloqqa hadyalar bermoqchi emas, aksincha Unga zarar yetkazmoqchi. Shuning uchun uning saroyiga qaytib bormaymiz. Shunday qilib, ular yovuz shohga chaqaloqni topganliklari haqida hech narsa aytmasdan, uylariga boshqa yo‘l bilan qaytib ketdilar. Ertasi kuni tunda Egamiz Yusufga ham tushida zohir bo‘ldi. Unga xotini va bolani olib, Misrga jo‘nashi kerakligini aytdi. Yusuf vaqtni boy bermasdan, go‘dak va Maryamni olib, tundayoq yo‘lga tushishdi. Misrga yetib borguncha uzoq yo‘l yurishlari kerak edi. Xudo ularni qanday katta kulfatdan asrab qolganini ular keyinroq tushunib yetishdi: Hirod munajjimlar o‘zini aldab ketganini anglab yetgach, rosa g‘azab otiga mingan edi. Shu sababdan, Baytlahm va uning atroflaridagi ikki yoshgacha bo‘lgan hamma o‘g‘il bolalarni qilichdan o‘tkazishni buyurgan edi. U o‘ldirilgan bolalar orasida yangi tug‘ilgan Shoh ham bo‘lishiga umid qilgan edi. Ammo Iso bu paytda allaqachon xavfsiz joyda edi. Oradan ko‘p o‘tmay Hirod vafot etdi. Hirodning o‘limidan so‘ng, Yusuf Misrda yana bir tush ko‘rdi. Unga farishta zohir bo‘lib xavf o‘tib ketganini va endi u Isroil yurtiga qaytib borishi mumkinligini aytdi. Egamiz shuningdek, Yusufga qayerda yashashi kerakligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, Isoning bolalaligi Nosira shahrida o‘tdi. SAVOLLAR 1) Munajjimlar osmonda qanday g‘ayrioddiy hodisaga guvoh bo‘ldilar? 2) Ular Quddusga kimni izlab keldilar? Ular kimning oldiga keldilar? 3) Munajjimlar Isoga qanday hadyalar olib kelishdi? 54. Hikoya. ISONING OILASILuqo bayon etgan Xushxabar, 2-bob, 40-52-oyatlar Iso Nosirada, duradgor Yusufning oilasida tug‘ilib o‘sdi. U o‘n ikki yoshga kirganida, Yusuf bilan Maryam Isoni Quddusga, Fisih bayramiga olib bordilar. Yahudiylar har yili Fisih bayramini nishonlar, bu marosimni intiqlik bilan kutishardi. Ulardan ayrimlari bir necha kun yo‘l bosib Quddusni ziyorat qilishar edi. Ular Quddusda boshqa o‘lkalardan kelgan yahudiylar bilan birga Ma’badda o‘tkaziladigan tantanalarda qatnashishardi. U yerda ular Xudoga hamdu-sanolar aytar edilar, chunki Xudo O‘z xalqini sevib, ularga ko‘p marotaba yordam bergan edi. Butun jamoani bayram shodligi qamragan, ayniqsa o‘tgan yilda o‘n ikki yoshga to‘lgan bolalar hammadan ko‘proq sevinishar edilar. Chunki ular o‘sha kuni hayotlarida birinchi bor bayramda qatnashish huquqiga ega bo‘lardilar. Bu safar ota-onasi Isoni ham o‘zlari bilan birga olib, qo‘shnilari bilan birga Quddusga yo‘l olgandilar. Safar davomida Iso nimalarni ko‘rib- eshitmadi! Quddusga yetib borguncha ham yo‘lda ko‘p qiziq voqealarga guvoh bo‘lish mumkin edi. Shaharning ko‘rki esa kutilgandan ko‘ra go‘zalroq ekan. Ma’bad hashamatli bo‘lib, minglab ovozlar hamohang bo‘lib jaranglardi. Isoni eng avvalo Ma’baddagi ruhiy xizmat qanday o‘tkazilishi qiziqtirardi. Ota-onasi Isoga u yoki bu amallar va marosimlarninig ma’nosini batafsil tushuntirib berdi. Bayram tantanalari yetti kun davom etdi. So‘ngra ziyoratchilar ortga qaytishga taraddud ko‘ra boshladilar. Maryam va Yusuf o‘g‘lini qidirib, hech qayerdan topa olmadilar. Ular, avvaliga Iso qo‘shnilari orasida kelyapti, deb o‘yladilar, chunki U ko‘pincha ular bilan birga vaqt o‘tkazardi. Shu sabab, ko‘ngillari xotirjam holda yo‘lga chiqdilar. Qosh qoraymasidan ular Nosiradan kelgan ziyoratchilarga yetib olishdi. Qarashsaki, Iso ularning orasida yo‘q ekan. Shunda ular qattiq vahimaga tushishdi! Endi nima qilish kerak, deb boshlari qotdi. Quddusga qaytib borishga to‘g‘ri keldi! Uni izlamagan joylari qolmadi, yo‘lda uchragan odamdan: “O‘n ikki yoshli o‘spirni ko‘rmadingizmi?” – deb so‘rashardi. Bunday yoshdagi bolalarni uchratganlar ko‘p edi, lekin ular orasida izlab yurishgan o‘sha bola bor-yo‘qligini yo‘lovchilar bilishmasdi. Shu sabali ular Isoning hozir qayerda bo‘lishi mumkinligini aytib berisholmasdi. Yusuf bilan Maryamning havotiri oshgandan oshib borardi. Natijada ular Ma’badni yana bir marta ko‘zdan kechirib chiqishga qaror qilishdi. Aynan Tavrot tafsirchilari Muqaddas Bitiklarni muhokama qiladigan joyni hali borib ko‘rishmagan edilar. Isoni bu yerda topishdan umid qilmasdilar ham. Yosh bola muallimu-mudarrislar orasida nima ham qilardi? Ularning gapidan hech narsani tushunmas, tabiiyki u yer unga zerikarli tuyulishi tayin edi. Aslida esa buning teskarisi bo‘lib chiqdi: ular Isoni aynan Ma’baddan topdilar. Maryam bilan Yusuf ko‘zlariga ishonmadilar, chunki Iso muallimlar orasida o‘tirar, ularning gaplariga quloq solib, murakkab savollar berardi. Muallimlar esa uning savollariga javob berishda qiynalardilar. Unga savol berishganida esa, Iso nihoyatda aqlli javoblar berardi. Isoning har bir javobidan keyin muallimlar hayratdan boshlarini chayqar, bolaning zehni, donoligiga qoyil qolardilar. Maryam va Yusuf quvonch va qalblarida yengillik bilan farzandlarini quchdilar. Lekin ko‘p o‘tmay Maryam ta’na qildi: – O‘g‘lim, bu nima qilganing? Otang ikkovimiz Seni qidiraverib adoyi tamom bo‘ldik–ku! Iso javob berib dedi: – Men bu yerdan hech qayerga ketmadim. Men samoviy Otamning uyida bo‘lishim kerakligini nahotki bilmagan bo‘lsangizlar?! Yusuf ham, Maryam ham Isoning aytgan gapini tushunishmadi. Ular Isoni olib, Nosiraga qaytib ketdi. Iso voyaga yetgan sari dono bo‘lib borardi. U ota-onasini yaxshi ko‘rar, ularga quloq solar edi. U yana o‘n sakkiz yil ularga itoat qilib yashadi. Onasi Maryam Isoning Ma’badda aytgan bu so‘zlarini diliga tugib qo‘ydi, bu haqda vaqti-vaqti bilan mulohaza qiladigan bo‘ldi. SAVOLLAR 1) Yahudiylar Quddusga qaysi bayramni nishonlash uchun borishlari kerak edi? 2) O‘g‘il bolalarni necha yoshdan boshlab Fisih bayramida Ma’badga olib borishar edi? 3) Yusuf bilan Maryam Isoni yo‘qotib qo‘yishganlarida, U qayerda edi va nima bilan mashg‘ul edi? 4) Ma’badni birinchi marta borib ziyorat qilganidan so‘ng, Iso Nosirada necha yil ota-onasiga itoat qilib yashadi? 55. Hikoya. ISONING SUVGA CHO‘MDIRILISHILuqo bayon etgan Xushxabar, 3-bob, 1-18, 21-22-oyatlar Zakariyo va Elizabetning o‘g‘li Yahyoning tug‘ilishi ham farishta Jabroil tomonidan bashorat qilingan edi. Egamiz Yahyo uchun mutlaqo o‘zgacha xizmat tayyorlab qo‘ygan. Bu vaqtga kelib, Yahyo ulg‘ayib, Yahudiya sahrosida yashab yurardi. Bu yerda, uni ruhiy mulohaza qilishdan hech narsa chalg‘ita olmaydigan sahroda, Yahyo mutlaq xotirjamlik topib, butun diqqatini Xudoga qaratishni istardi. Egamiz unga: – Iordan daryosiga bor va u yerda va’z qil! – dedi. Shuningdek Xudo unga nima haqida va’z qilishi kerakligini ham aytdi. Yahyo Xudo ko‘rsatgan yerga itoatkorlik bilan yo‘l oldi. U Iordan daryosi atrofidagi yerlarni kezib, odamlarga: – Tavba qilinglar! Eski hayotingizdan voz kechinglar! Osmon Shohligi yer yuziga ham keladi! U hademay keladi, tayyor turinglar. Hozirgiday gunohkor holingizcha qolib ketmang! – derdi. Avvaliga odamlarga uning da’vati g‘alati tuyuldi. Ba’zilar Yahyoning ustidan kular, boshqalarning esa bu so‘zlar g‘ashini keltirar edi. Biroq bu odam Xudoning kalomini va’z qilayotganini his qilganlar ham bor edi. – Suvga cho‘minglar! – derdi Yahyo. – Men sizlarni Iordan suviga cho‘mdiryapman. Bu bir ramzdir: Suvga cho‘mganingizda nafaqat tanangizni tozalab yuvasiz, balki eski hayotingizdan voz kechganingizni ham namoyon qilasiz. Suvga cho‘mish siz uchun yangi hayot bosh- lashni anglatishi lozim. Yahyoning va’zini eshitib, juda ko‘p odamlar suvga cho‘mdilar. Ular do‘stlari va yaqinlariga shu ondan boshlab hayotlarini yangitdan boshlashni istashlarini aytishardi. Ularning so‘zlari tinglovchilarda qiziqish uyg‘otar, o‘zlarining ham Yahyo bilan shaxsan tanishish istaklari ortib borar edi. Ayrimlar esa Yahyoga savol berib: – Menga qara! Sen qanday vakolat bilan odamlarni suvga cho‘mdirib, ulardan eski hayotlaridan voz kechishni talab qilyapsan? Yoki sen payg‘ambarlar har doim xabarlab kelgan Xudoning O‘g‘limisan?! – derdi. – Yo‘q, men Xudoning O‘g‘li emasman, – javob berardi Yahyo, – lekin men to‘g‘rimda ham bashorat qilingan. Ko‘p yillar avval Ishayo: “Egamizga yo‘l hozirlash uchun cho‘lda bir ovoz yangraydi”, degan. Bu aynan men haqimda. Men sizlarni suvga cho‘mdiryapman xolos, lekin mendan ham qudratliroq bo‘lgan bir Zot ortimdan kelmoqda. U sizlarni Muqaddas Ruhga cho‘mdiradi. Yahyo bu so‘zlarni gapirayotib, bir yo‘lovchining o‘ziga yaqinlashib kelayotganini ko‘rdi. Yahyo va’z qilishni to‘xtatib, daryo sohilida to‘plangan olomonning orasidan Uni kuzatib turardi. Atrofidagilar buni payqab, Yahyo qarab turgan tomonga nigohlarini burdilar. Shunda ular olomonga yaqinlashib kelayotgan yo‘lovchini ko‘rdilar. Odamlar Unga yo‘l berish uchun ikki tomonga surildi. Shu onda Yahyo baland ovozda: – Ana dunyoning gunohini O‘ziga oluvchi, Xudoning Qurbonlik Qo‘zisi! – dedi. – U nima deyapti? – deb so‘rardi bir-biridan odamlar taajjublanib. – Xudoning Qo‘zisi? Bu nima degani o‘zi? – O‘zi qanaqa odam ekan? Yahyoning baland tovushi yana sohilda turgan barchaning diqqat- e’tiborini tortdi: – Mening ketimdan kelayotgan Zot Xudoning Shohligida mendan ulug‘dir. Shu darajada ulug‘ki, men Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman. Bu bilan payg‘ambarning bashorati bajo bo‘lmoqda. Iso Yahyoga yaqinroq borib: – Men aytgan Zot mana shu bo‘ladi! – deb, uning oldiga sekin yaqinlashib kelayotgan Isoga ishora qildi. Iso Yahyoning oldiga kelib: – Meni suvga cho‘mdirishing uchun oldingga keldim, – dedi. – Men seni cho‘mdirishim uchun? – ajablandi Yahyo. – Aslida Sen meni suvga cho‘mdirishing kerak! Iso dedi: – Kel, endi rozi bo‘l. Xudoning xohishi shudir. Ikkovi Iordan suviga tushdilar. Yahyo qo‘lini Isoning boshiga qo‘ydi va uni suvga tushirdi. Shu payt g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi: Iso suvdan chiqqan zahoti, Uning ustiga Xudoning Ruhi kaptar shaklida tushib qo‘ndi. Birdan osmondan: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan nihoyatda mamnunman!”, degan ovoz keldi. Yahyo o‘ziga berilgan topshiriqni ado etdi. U odamlarga Najotkor kelishi haqidagi xabarni yetkazdi. Mana U shu yerda: bu – Nosiralik Iso, Xudoning O‘g‘lidir. Lekin bu barcha yahuddiylar Rabbimizga ishonib, imon keltirdi degani emas edi. Aksincha, Uni faqat ozchilik odamlargina Ustoz deb, tan olishdi. SAVOLLAR 1) Yahyo uzoq yillar qayerda yashadi? 2) Odamlarni suvga cho‘mdirshni unga kim buyurgan edi? Gunohlarni kim “yuva” oladi? 3) Iso suvga cho‘mdirilgan vaqtda, Ota Xudo osmondan turib nima dedi? 56. Hikoya. ISONING SAHRODA VASVASAGA SOLINISHILuqo bayon etgan Xushxabar, 4-bob, 1-13-oyatlar Iblis hamisha Xudoning va Iso Masihning eng ashaddiy dushmani bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Iso Masih u bilan shafqatsiz jangga kirishgan. Iso Iordan daryosida samoviy Otasidan yer yuzida xizmat qilish haqida topshiriq olgan edi. Hali bu topshiriqni olib ulgurmay, iblis unga qarshi urush ochdi. Muqaddas Ruh Isoni sahroga boshlab ketdi. U yerda, Xudoning ijozati bilan, iblis tomonidan vasvasaga solinishi lozim edi. Iso sahroda qirq kecha-kunduz hech narsa yemadi ham, ichmadi ham. Mana odamlarni doimo gunoh qilishga undaydigan vasvasachi, ya’ni iblis Unga yaqinlashdi. Iso och qolib holdan toygan paytda, Uni yo‘ldan ozdirish mumkin, deb o‘yladi u. Shunda u o‘z maqsadiga erishishi mumkin edi – agar Najotkor gunoh qilsa, U hech qachon boshqa odamlarning gunohlarini O‘ziga ololmaydi. Odamlar esa to abad najotga erisha olmaydilar. Iblis Isoga dedi: – Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, bu toshga buyur, nonga aylansin! Iso unga shunday javob berdi: – Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan yashaydi. Iblis Isoga qarshi hech narsa deya olmadi, biroq yana Uni yo‘ldan ozdirishga harakat qildi. U Isoni baland bir toqqa olib chiqdi. Unga olamning barcha shohliklarini hamda ularning hashamatini ko‘rsatib, mag‘rurlik bilan dedi: – Agar tiz cho‘kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman. Iso Iordan daryosidan Muqaddas Ruhga to‘lib qaytdi. Ruh Uni sahroga boshlab ketdi. Shunda Iso dedi: – Yo‘qol ko‘zimdan, shayton! Axir: “Egang Xudoga sajda qil, faqat Unga xizmat qil”, deb yozilgan–ku! So‘ng iblis Isoni Quddusdagi Ma’badning eng yuqori joyiga chiqarib, ayyorlik bilan dedi: – Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, O‘zingni pastga tashla. Axir, yozilgan–ku: “U Sen to‘g‘ringda farishtalariga amr beradi, oyog‘ing toshga qoqilib ketmasin deya, Farishtalar qo‘llarida Seni ko‘tarib boradi.” Rabbimiz Iso Muqaddas Kitobni noto‘g‘ri talqin qilgan vasvasachi bilan tortishib o‘tirmadi. Unga Muqaddas Yozuvdagi oyat bilan javob berdi: – Egang Xudoni sinama. Shundan so‘ng iblis Isodan chekindi. SAVOLLAR 1) Iblis nima uchun Rabbimiz Isoning ishini barbod qilishga urindi? 2) Isoni kim sahroga boshlab bordi? 3) Iblis Isoni qaysi uchta narsa bilan vasvasaga soldi? Iso bunga qanday javob berdi? 57. Hikoya. ISONING DASTLABKI SHOGIRDLARIYuhanno bayon etgan Xushxabar, 1-bob, 35-51-oyatlar Yahyo cho‘mdiruvchi xalq- qa Rabbimiz haqida guvohlik bergandan keyin, bir kuni Iso yana Iordan daryosi yaqiniga keldi. Yahyo o‘zining ikki shogirdi Endrus va Yuhanno bilan gaplashib turgan edi. U o‘tib ketayotgan Isoga qarab: – Ana, Xudoning Qo‘zisi! – dedi. Endrus va Yuhannoga endi o‘zining emas, balki Masihning ortidan ergashishlari kerakligini tushuntirish uchun shunday degandi. Chunki Masih ular uchun yaxshi Ustoz bo‘lardi. Endrus va Yuhanno Rabbimizning ortidan ergashdilar. Iso o‘girilib, ularning ergashib kelayotganini ko‘rdi–da: – Sizlarga nima kerak? – deb so‘radi. Ustoz, Siz qayerda turasiz? – deyishdi ular. Yuringlar, ko‘rasizlar, – dedi Iso. Endrus va Yuhanno Isoning ortidan bir uyga kirishdi va o‘sha yerda tunni o‘tkazishdi. Iso bilan suhbatlari qanday maroqli o‘tdi-ya! Hech kim, hech qachon ular bilan Isodek teran, shu bilan birga samimiy va oddiy tarzda gaplashmagan edi. Endrusning Shimo‘n ismli akasi bor edi. Ular otasi bilan birga Jalila ko‘li bo‘yidagi Baytsayda shahrida yashardi. Ularning hammasi baliqchilik bilan shug‘ullanardi. Endrus darrov akasi Shimo‘nni topdi– da, unga: – Biz Masihni topdik, – dedi. So‘ng unga borib Iso bilan tanishishni taklif etdi. Akasi jon deb, rozi bo‘ldi. Shimo‘nni ko‘rib, Iso unga: – Sen Yuhanno o‘g‘li Shimo‘nsan. Bundan buyon isming Butrus (ya’ni “Tosh”) bo‘ladi, – dedi. Shimo‘n, Rabbimiz uni birinchi bor ko‘rishdayoq ismini bilganidan hayratlandi. Iso Shimo‘nga yangi ism berar ekan, oradan qisqa vaqt o‘tib, mana shu oddiy baliqchi ruhan yetuk, toshdek mustahkam e’tiqodli bahodirga aylanishini bilar edi. Ertasi kuni Yahyo shogirdlarining ikkitasi bilan yana kechagi joyda edi. U o‘tib ketayotgan Isoga qarab: — Ana, Xudoning Qo‘zisi! — dedi. Ikkala shogird Yahyoning bu so‘zlarini eshitib, Isoning orqasidan ergashib borishdi. ... Unga ergashganlardan biri Endrus edi. Endrus Shimo‘nning ukasi edi. U darrov akasi Shimo‘nni topdi–da, unga: — Biz Masihni topdik, — dedi. (Masih “Xudoning tanlagani” demakdir.) SAVOLLAR 1) Isoning dastlabki shogirdlari kimlar bo‘lgan? 2) Iso kimga Butrus deb ism qo‘ydi va bu ism nimani anglatadi? 58. Hikoya. KA’NA QISHLOG‘IDA SODIR BO‘LGAN MO‘’JIZAYuhanno bayon etgan Xushxabar, 2-bob, 1-11-oyatlar Iso shogirdlari bilan Jalilaga kelganiga uch kun bo‘lgan edi. U yerdagi Ka’na qishlog‘ida nikoh to‘yi bo‘ldi. Isoning onasi Maryam ham o‘sha yerda edi. To‘y xursandchilik bi- lan o‘tar edi: mehmonlar yeb ichishar, qo‘shiqlar aytib, raqs tushar, har xil hikoyalar aytib, kulishardi. Xursandchilik avjiga chiqqan bir paytda, Maryam do‘stlari bilan o‘tirgan Isoning oldiga kelib, Unga havotir ila pichirlab: - Ularda sharob qolmabdi, – dedi. Ana xolos! Odamlar kuyovni ziqna ekan deb o‘ylashsa kerak. Maryam o‘g‘lining vaziyatdan chiqib ketishning biron-bir chorasini topsa kerak deb, umid qilardi. Biroq Iso onasining nima istayotganini bilsa-da shunday javob berdi: - Buning Menga nima daxli bor?! Mening vaqt–soatim hali kelgani yo‘q, – dedi U. Rabbimizning so‘zlarini Maryam tushundi. Uning hamma narsaga qodir ekaniga Maryam ishonardi. Shuning uchun u xizmatkorlarga sekingina: - U sizlarga nima desa, shuni qilinglar, – dedi. Bir ozdan so‘ng Iso chindan ham xizmatkorlarning oldiga bordi. U hovlini ko‘zdan kechirib, u yerda oltita katta xum turganini ko‘rdi. - Xumlarni suvga to‘ldiringlar, – dedi U xizmakorlarga. Bu idishlarni limmo-lim qilib suvga to‘ldirish uchun ozmuncha ter to‘kishmadi. - Endi xumdagi suvdan ozgina olib, to‘yboshiga olib boringlar, – dedi Iso. Xizmatkorlar ko‘zlarini katta-katta ochib, unga ajablanib qarashardi. Nima dedi? Quduqdan tortib chiqarishgan suvni to‘yboshi tatib ko‘rishi kerakmi? Nosiralik bu mehmon ularning ustidan kulmoqchimi? Keyin Maryamning ularga aytgan gaplarini eslashib, Isoning aytganiday qilishga kelishishdi. To‘yboshi sharobga aylangan suvni tatib ko‘rdi. U ma’qullaganday o‘ziga-o‘zi ming‘irlab, kuyovning qoshiga shoshildi. - To‘yni zo‘r tashkillashtiribsan-u, bir ishda adashibsan-da, – dedi u. Kuyov hijolatdan ko‘zini olib qochdi va hayolidan shunday o‘tkazdi: “Sharob yetmay qolgani uchun menga ta’na qilsa kerak”. To‘yboshi esa mutlaqo boshqa gapni aytdi: – Dasturxonga avval yaxshi sharob tortiladi. Mehmonlar yaxshi sharob bilan yomon sharobning farqiga bormay qolgandan keyingina arzonroq sharob tortiladi. Sen esa aksini qilibsan-ku. Xizmatkorlaring hozir quyib berayotgan sharob eng oliy navliku! Kuyov buni qanday tushunishni bilmay qoldi. Maryam esa o‘g‘liga jilmayib qo‘ydi. Isoning shogirdlari esa: “Chindan ham Xudoning O‘zi Isoni odamlarning og‘irini yengil qilish uchun yuboribdi”, – deb o‘ylab qoldilar. SAVOLLAR 1) Iso shogirdlari bilan qaysi qishloqqa bordi? 2) U yerda qanday tadbir bo‘layotgan edi? Iso u yerda yaqinlaridan kimni uchratdi? 3) To‘yda qanday voqea yuz berdi? Iso nima qildi? Shogirdlar bu hodisadan keyin U haqda qanday fikrga borishdi? 59. Hikoya. ISONING MA’BADNI BIRINCHI DAF’A TOZALASHIYuhanno bayon etgan Xushxabar, 2-bob, 13-17-oyatlar Ka’na qishlog‘idan Iso sho- girdlari, onasi Maryam va ukalari bilan birga Kafar- nahumga bordi. Bu – Jalila ko‘li bo‘yida joylashgan kichik shaharcha edi. Iso u yerda bir necha kun turdi, so‘ngra Fisih bayrami yaqinlashib qolgani uchun, Quddus shahriga bordi. Ma’bad hovlisida odam gavjum edi. Bu yerda bayramni nishonlashga, Ma’badda qur- bonlik keltirib, ibodat qilishga kelganlardan tashqari, savdogarlar ham talaygina edi. Rabbimiz Iso bayramga kelganlar hisobiga boylik orttirayotgan savdogarlarni va sarroflarni ko‘rib g‘azablandi. Egamizning Ma’badi hovlisi bozorga aylanib ketgan edi. Xudoning Uyiga nisbatan hech qanday izzat-e’tibor yo‘q edi. Iso arqondan qamchi yasadi–da, Ma’baddan hammani mol–qo‘ylari bilan birga quvib chiqardi. Kaptar sotuvchilarga: – Otamning uyini bozor qilmanglar! – dedi. Savdogarlar tortishib o‘tirmay Ma’bad hovlisini tark etishdi. Sarroflar ham Rabbimizning obro‘-e’tiboriga tan berdilar. U sarroflarning xontaxtalarini ag‘darib, pullarini sochib yubordi. Odamlar Isoning qilayotgan ishlariga hayron qolishayotgan bo‘lsa-da, Unga qarshilik ko‘rsatishga jur’at eta olmadilar. «Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashib qolgani uchun Iso Quddus shahriga bordi. Ma’bad hovlisiga kirganda, u yerda mol–qo‘y, kaptar sotayotganlarni va xontaxtalar yonida o‘tirgan sarroflarni ko‘rdi. Iso arqondan qamchi yasadi– da, Ma’baddan hammani mol–qo‘ylari bilan birga quvib chiqardi. Sarroflarning xontaxtalarini ag‘darib, pullarini sochib yubordi. U ... Otamning uyini bozor qilmanglar! —dedi». SAVOLLAR 1) Iso Ma’bad hovlisida qanday manzaraga guvoh bo‘ldi? 2) Iso qanday yo‘l tutdi? Iso savdogarlarga nimalarni gapirdi? 60. Hikoya. TUNGI TASHRIFYuhanno bayon etgan Xushxabar, 3-bob, 1-21-oyatlar Bu galgi Fisih bayramida Iso ko‘p mo‘’jizalar ko‘rsatdi va xalq orasidan juda ko‘pchilik Unga imon keltirdi. Asosan bechorahollar Uni Xudoning Masihi va Najotkor deb qabul qilishar, boylar esa ko‘pincha Unga shubha yoki ishonchsizlik bilan qarar edi. Biroq Quddusda Rabbimiz Isoga va U bilan yakkama-yakka gaplashishga muhtoj bo‘lgan bir odam bor edi. U Isoning oldiga kunduzi borishga jur’at qilolmagandi. Ismi Nikodim bo‘lgan bu odam farziylar mazhabida bo‘lib, o‘zi taniqli yo‘lboshchi hamda oliy kengay a’zosi edi. Atrofidagi odamlarning ko‘ziga yomon ko‘rinmaslik uchun Nikodim Isoning oldiga kechasi borgan edi. Uyga kirgach, Nikodim shunday deb so‘radi: – Ustoz, Siz Xudodan kelgan bir muallim ekanligingizni biz bilamiz. Agar Xudo Siz bilan bo‘lmaganda edi, Siz bunday mo‘’jizali alomatlarni qila olmas edingiz. Nikodim Isoni buyuk Ustoz o‘rnida qabul qilsa-da, ammo Xudoning O‘g‘li ekanini bilmasdi. Iso kutilmaganda unga Xudoning Shohligiga kirish uchun odam yuqoridan tug‘ilishi lozimligini aytdi. Nikodim bu so‘zlarning ma’nosini chaqmas edi. Shu sabab u Isodan yana so‘radi: – Odam qanday qilib qaytadan tug‘iladi?! U onasining qorniga qayta kirib, yana tug‘ila olmaydi–ku! Iso unga odam yuqoridan, ya’ni Ruhdan tug‘ilishi lozim, deb javob berdi. Biroq Nikodimning buni tushunib yetishi juda qiyin edi. Shu sababdan Rabbimiz nima demoqchi ekanini tushuntirdi: – Har bir odam gunohkor bo‘lib, o‘z kuchi bilan solihlikka erisholmaydi. Faqat Muqaddas Ruh orqaligina u o‘zgarishi va boshqa odamga aylanishi mumkin. Buning qanday sodir bo‘lishi odamlar uchun bir sirdir. Bu so‘zlarning izohi sifatida Iso Nikodimga dedi: – Ruh xuddi shamolga o‘xshaydi. Shamol istagan joyda esaveradi. Uning tovushini eshitasiz–u, lekin qaysi tomondan kelib, qaysi tomonga ketishini bilmaysiz. Ruhdan tug‘ilgan har bir kishida ham shunday bo‘ladi. Lekin Nikodim uchun Isoning so‘zlari hamon tushunarsiz edi: – Bu qanday bo‘lishi mumkin? – so‘radi u yana bir bor. Xudoning O‘g‘liga bo‘lgan imongina odamni solih kishiga aylantira olishi haqida, hamda Xudo O‘z O‘g‘lini odamlarning gunohi uchun o‘limga topshirishi haqida Iso unga tushuntirib berdi: – Xudo dunyoni hukm qilish uchun emas, balki O‘g‘li orqali qutqarish uchun Uni dunyoga yubordi. Tez orada Nikodim Rabbimizga imon keltirdi va yuqoridan, ya’ni Ruhdan qayta tug‘ildi. Shundan so‘nggina u Masihga imon keltirganini odamlardan yashirmaydigan va bundan uyalmaydigan bo‘ldi. G‘animlar Isoga qarshi gapirganlarida, Nikodim Uni himoya qilar edi. SAVOLLAR 1) Nikodim nima uchun Iso bilan yolg‘iz uchrashishni istadi? 2) Odam Xudoning Shohligiga kirish uchun u bilan nima sodir bo‘lishi lozim? 3) Xudo O‘z O‘g‘lini dunyoga nima uchun yubordi? 61. Hikoya. QUDUQ YONIDAGI UCHRASHUVYuhanno bayon etgan Xushxabar, 4-bob, 4-29-oyatlar Quyidagi manzarani bir ko‘z oldimizga keltirib ko‘raylik: quyosh taftidan qizib yotgan yo‘lda bir guruh yo‘lovchilar kelishyapti. Ular Sixar degan shahar yaqiniga yetib kelishib, bir quduq yonida to‘xtashdi. Bu quduqni bir necha yuz yillar avval Yoqub qazdirgan edi. Bu yo‘lovchilar – Iso va Uning shogirdlari edi. Tush payti yaqinlashgani bois, Iso shogirdlarini ovqat sotib olish uchun shaharga yuborib, O‘zi esa quduq yonida qolgan edi. Tush payti quyosh tikkaga kelgan edi. Odatda bunday paytda quduq yonida odam bo‘lmas edi. Biroq uzoqdan bir ayolning shahardan chiqib quduq tomon kelayotganini ko‘rish mumkin edi. Bu ayol quduq yonida hech kim bilan uchrashib qolmaslik uchun atay kunning jazirama issig‘ida suv olgani kelayotgan edi. Shahar aholisining nazarida ayol gunoh ichra yashar, shu sabab undan nafratlanishardi. Ayol suv olayotgan mahal, Iso kutilmaganda so‘z ochib: – Menga ichgani suv ber, – dedi. Ayol yahudiy odam o‘ziga murojaat etayotganidan qattiq taajjubga tushdi, chunki yahudiylar samariyaliklar bilan aloqa qilishmasdi. Biroq Iso uning yuragini va gunohkor hayot kechirishini bilib, unga yordam berishni xohlar edi. Iso ayolga eng muhim narsalar – imon-ishonch va Xudoga qanday sajda qilish kerakligi haqida so‘z ochdi. Iso shunday dedi: – Xudo Ruhdir, Unga sajda qiluvchilar ham Muqaddas Ruh boshchiligida, haqiqatni bilgan holda sajda qilishlari lozim. Bu bilan Rabbimiz Iso qayerda sajda qilish muhim emas, demoqchi edi. Xudo har yerda hozir bo‘lgani kabi, biz ham Unga istalgan joyda sajda qilishimiz mumkin. Ayol Isoni diqqat bilan eshitar ekan, Muqaddas Ruh unga Isoning so‘zlarini tushunishiga yordam berardi. Ayol ancha vaqtdan beri haqiqatni izlardi, shuning uchun Isoga dedi: – Men Masih kelishini bilaman. U kelganda, hamma narsani bizga tushuntiradi. Bunga javoban Iso ayolga dedi: – O‘sha Menman. Sen bilan gaplashib turibman. Mana, ayol haqiqatni bilib olgan edi. Endi u Iso – Najotkor ekaniga ishonsa bo‘lgani. Samariyalik ayol o‘zini shu qadar baxtiyor his etdiki, darhol shaharga borib, odamlarga Iso to‘g‘risida gapira boshladi. U endi o‘zidan nafratlanib kelayotgan odamlardan mut- laqo qo‘rqmasdi. Axir ayol qilgan hamma gunohlarini kechirgan Najotkorini uch- ratgan edi-da! Ayol Sixar aholisini quduq yoniga borib, O‘zini Masih deb tanishtirgan Odamni ko‘rishga unda- di. Ko‘pchilik sa-mariyaliklar ayolning so‘zini eshitib, Rabbimiz Isoga imon keltirishdi. Ular ayolning “U mening qilgan hamma ishlarimni aytib berdi”, degan guvohligiga ishonishgan edi. Samariyaliklar Isoning oldiga kelib Undan o‘zlari bilan qolishini so‘radilar. Iso ikki kun o‘sha yerda qolib, aholi bilan suhbatlashdi. Isoning aytgan so‘zlari tufayli ko‘p odamlar imon keltirishdi, ayolga esa: – Endi sening so‘zlaring tufayligina ishonayotganimiz yo‘q. Uni o‘zimiz ham eshitdik. U haqiqatan ham olamning Najotkori ekanligiga amin bo‘ldik, – deyishdi. SAVOLLAR 1) Iso dam olish uchun to‘xtagan quduq Isroilning qaysi hududida joylashgan? 2) Ayol nima uchun tush vaqtida suv olish uchun keldi? 3) Iso samariyalik ayol bilan nima haqida gaplashdi? 4) Ayol nima uchun xursand bo‘lib shaharga shoshilinch jo‘nadi? U shahar aholisiga nimani gapirib berdi? 62. Hikoya. MO‘L-KO‘L O‘LJALuqo bayon etgan Xushxabar, 5-bob, 1-11-oyatlar Bir kuni Iso Jalila ko‘li bo‘yida va’z qilardi, olomon Xudoning so‘zini eshitish uchun Isoning yonida tirband bo‘ldi. Odam ko‘pligidan Isoga qayiqqa tushib, qirg‘oqdan bir oz nariroq suzib borib, o‘sha yerdan turib gapirishga to‘g‘ri keldi. Mana endi hamma Uni ko‘ra olar hamda Uning gaplarini tushunish ham oson edi. Iso gapini tugatib, Shimo‘nga dedi: – Chuqurroq yerga suzib borib, o‘lja uchun to‘rlaringizni tashlang- lar, o‘shanda ko‘p baliq tutasizlar. – Hozirmi? Chuqurroq joyga-ya? Butrus va uning yonidagi ba’zi baliqchilar Isoga ishonchsizlik va bir oz xayrixohlik bilan qaradilar. Iso, shubhasiz, aqlli odam, biroq baliqchilik sohasida nima ham bilardi? Birinchidan, kunduz kuni hech kim baliq tutmaydi, sababi qayiqning suvdagi soyasini ko‘rishi bilan baliqlar qochib ketadi. Ikkinchidan, hech kim to‘rni ko‘lning chuqur joyiga tashlamaydi, chunki to‘r ko‘lning tubiga yetib bormaydi. Baliq tutish uchun eng qulay joy – qirg‘oq yaqinidagi tubi tekis joy hisoblanadi. – Ustoz, biz tun bo‘yi astoydil harakat qildik, lekin hech narsa tutolmadik, – nihoyat Butrus javob berdi. – To‘g‘risini aytganda, chuqurroq yerda ayniqsa hech narsa tutolmasligimiz tayin. Ammo Siz aytganingiz uchun to‘rni tashlaymiz. Endrus Butrus bilan birga qayqqa tushib, Iso aytgan joyga suzib bordilar. Yuhanno bilan Yoqub ham qayiqda ularning ortidan ergashishdi. Ular bu g‘aroyib ovning nima bilan tugashini ko‘rmoqchi edilar. Ko‘lning o‘rtasiga yetgach, Butrus bilan Endrus to‘rlarini suvga tashlab, sabrsizlik bilan suvning tubiga ko‘z yugurtira boshladilar. Birdan suvda son-sanoqsiz baliq tangachalari yaltirab ko‘rina boshladi. Baliqchilar to‘rlarini mahkam tutib, tortib chiqara boshladilar. To‘rning og‘irlashib ketganiga qaraganda, o‘lja mo‘lga o‘xshaydi. Ular ikkovlashib to‘rni tortib chiqara olmasligiga ko‘zi yetgach, ular Yoqub bilan Yuhannoni yordamga chaqirdilar. «Shimo‘n Isoga shunday dedi: — Ustoz, biz tun bo‘yi astoydil harakat qildik, lekin hech narsa tutolmadik. Ammo Siz aytganingiz uchun to‘r tashlaymiz. Ular to‘r tash- laganlarida, shu qadar ko‘p baliq ovladilarki, hatto to‘rlari yirtila boshladi». To‘rt kishilashib to‘rni bir amallab tortib olishdi va baliqlarni ikkita qayiqqa joylashtirishdi. To‘rlar og‘irlikni ko‘tara olmay yirtilib ketdi. Bunga aql bovar qilib bo‘lmasdi! Ular umrida hali bunaqa ko‘p baliq tutmagan edilar! Bunday mo‘l-ko‘l o‘ljani ko‘rgan barchani vahima qoplardi. Shimo‘n Butrus esa Isoning oldida tiz cho‘kib, qo‘rquv bilan dedi: – Hazrat! Mening yonimdan keting, chunki men gunohkor insonman. Sizning yoningizda bo‘lishga noloyiqman! Biroq Iso qo‘lini uning yelkasiga qo‘yib: – Qo‘rqma, bundan buyon sen insonlarni ovlaysan, – dedi. Shogirdlar ikkala qayiqni ham qirg‘oqqa tortib chiqarib, o‘ljani saranjomlashni boshqalarga topshirishdi, o‘zlari esa Isoning ortidan ergashdilar. SAVOLLAR 1) Jalila ko‘lida qanday mo‘’jiza yuz berdi? 2) Butrus nima uchun Isodan o‘zidan uzoqlashishini so‘radi? 3) Iso Butrusga qanday va’da berdi? 63. Hikoya. ISO MOXOV ODAMNI TUZATADILuqo bayon etgan Xushxabar, 5-bob, 12-14-oyatlar Isoga yerdagi xizmati davomida tez-tez safarga chiqishiga to‘g‘ri kelardi. Turli shahar va qishloqlarda bo‘lganida, U ko‘plab kasal va zaif odamlarni uchratar va ularga shifo berar edi. Falastinda o‘sha paytlarda ko‘p uchraydigan bedavo kasalliklardan biri moxov kasalligi bo‘lgan. Bu yuqumli teri kasalligi edi. Bir kuni Iso shogirdlari bilan birga Jaliladagi shaharlarning biriga keldi va u yerda moxovga chalingan bir odamni uchratdi. Baxtiqaro odam Isoning oldida yugurib kelib, yerga yuz tuban yiqildi-da, shunday deb yolvordi: – Hazrat, agar istasangiz, meni bu kasallikdan poklay olishingizni bilaman. Bu odam Isoga qattiq ishonardi. Iso qo‘lini uzatdi va unga tekkizib: – Istayman, pok bo‘l! – dedi. Bu shunchaki Isoning istagi emas, balki Xudoning amri edi. Xudodan boshqa hech kim bunday deyishga jur’at qilolmasdi! Shunda mo‘’jiza yuz berdi: kasallik o‘sha zahoti g‘oyib bo‘ldi. Terisi tamoman poklangan bu inson Isoning qarshisida baxtiyor bo‘lib, turar edi. Rabbimiz bu odam sog‘aygani haqida boshqalarga aytishini istamasdi, shu bois unga o‘zini ruhoniyga ko‘rsatishni va Muso amr qilgan qurbonliklarni keltirishni buyurdi. Biroq mo‘’jizani sir saqlashning ilojisi yo‘q edi. Uni tinglash va dardlaridan forig‘ bo‘lish uchun Uning oldiga yanada ko‘p xaloyiq oqib kelar edi. SAVOLLAR 1) Moxov kasaliga chalingan odam nima uchun atrofdagilarga xavfli hisoblanardi? 2) Moxov kasaliga chalingan odam nima uchun Isoni ko‘rib xursand bo‘lib ketdi? 3) Iso nima uchun moxovdan tuzalgan odamning bu haqda hech kimga og‘iz ochmasligini xohladi? 64. Hikoya. ISO SHOLNI SOG‘AYTIRADILuqo bayon etgan Xushxabar, 5-bob, 17-25-oyatlar Yangilikni eshitdingmi? – so‘radi bir odam o‘rtog‘i- dan, – Iso qishlog‘imizga kelibdi! O‘sha, xastalarni sog‘ay-tiradigan Odam shu yerda. – Do‘stimiz haqida o‘ylamayapsanmi? Axir u yura olmaydiku. Isoning oldiga qanday boradi? – U holda biz uni Isoning oldiga olib boramiz, – dedi boyagi kishi. So‘ngra ular yana ikkita tanishini chaqirib, shol bo‘lib qolgan do‘stinikiga kelishdi. To‘rtovlon sholni to‘shagi bilan birga ko‘tarib, Iso to‘xtagan uyga olib bordilar. Biroq tez orada ularning hafsalasi pir bo‘ldi! Isoni ko‘rishga, so‘zlarini tinglashga to‘plangan olomon hatto uyga sig‘may, eshikdan tashqarida ham turar edi. To‘shakdagi shol do‘stlari bilan to‘rtalasi Isoga yaqinlasha olmasdi. Shu payt ulardan birining chehrasi yorishib ketdi. – Menda bir fikr bor! – dedi u, – biz uyga tomdan tushamiz! – Tomdan? Bu nima deganing? – Uyning tomi loy bilan suvalgan. Tomdan teshik ochamiz va sholni arqonlar bilan tushiramiz. Aytgan gap otilgan o‘q deganlariday, ulardan biri arqon va asbob- uskuna izlab ketdi. Qolganlari narvon yordamida sholni tepasi yassi tomga olib chiqishdi. Ish ko‘z ochib-yumgancha bitdi: to‘rtovlon tomdan shol do‘stlari to‘shagi bilan sig‘adigan darajada tuynuk ochishgan edi. Tuynuk Iso turgan joyning naq tepasidan ochilgan edi. Pastdan qaraganda, tuynukni o‘rab olgan to‘rtala yigitning havotirli yuzlari ko‘rinib turardi. Iso jilmayib avval tepaga, so‘ng esa shol odamga qaradi va hech kim kutmagan ushbu so‘zlarni aytdi: – Gunohlaring kechirildi. Shu payt Isoning atrofida turgan tafsirchilar bilan farziylarning g‘azabi qaynadi. Axir Xudodan boshqa hech kim gunohlarni kechira olmaydi–ku! Bu Odam O‘zini Xudo bilan tenglashtiryaptimi? Iso bo‘lsa ularning mulohazalarini bilib, shunday savol berdi: – Sizningcha, qaysi biri osonroq? Sholga: “Gunohlaring kechirildi!” deb aytishmi, yoki: “O‘rningdan turib yur!” deb aytishmi? Tafsirchilar Xudodan boshqa hech kimning gunohlarni kechirish qudrati yo‘qligini bilishardi. Biroq Iso shol odamning gunohlari kechirilganini e’lon qilishi bilan, O‘zining shunchaki odob-axloqqa o‘rgatgan muallim emasligini anglatgan etdi. To‘plangan odamlar o‘zlaricha o‘ylay boshladi: “Sholning gunohlari kechirilganini qanday bilish mumkin? Agar Iso sog‘aytirganda edi, O‘zining g‘ayrioddiy qobiliyat sohibi ekanini isbotlagan bo‘lar edi.” Ularning nima haqida o‘ylab turganini bilgan Iso dedi: – Gunohlarning kechirilishi haqida eshitganingizda, shuni ang- lashingiz kerakki, Xudo menga nafaqat xastalarni sog‘aytirish, balki gunohlarni kechirish qudratini ham bergan. So‘ng sholga o‘girilib, yana bir bor dedi: – Senga aytaman: o‘rningdan tur! To‘shagingni olib, uyingga bor! – dedi. Shol o‘sha zahoti o‘rnidan turib ketdi. So‘ng esa o‘zining to‘shagini arqonlar bilan birga yig‘ishtirib olib, hayratdan qotib qolgan olomon orasidan surilib chiqib ketdi. U Isoga minnatdorchilik bildirib, Xudoga hamdu-sanolar aytdi. Bu voqeani kuzatib turgan, tepadagi tuynukdan tomosha qilib turgan do‘stlarining shodon chehralari birdan g‘oyib bo‘ldi... «Inson O‘g‘liga yer yuzida gunohlarni kechirish hokimiyati berilgan. Hozir shuni bilib olasizlar. Iso shunday dedi–yu, sholga: — Senga aytaman: o‘rningdan tur! To‘shagingni olib, uyingga bor! — deb buyurdi. Shol o‘sha zahoti hammaning ko‘zi oldida o‘rnidan turdi. Yotgan to‘shagini olib, Xudoni ulug‘lab, uyiga ketdi». SAVOLLAR 1) Shol odamning do‘stlari qaysi xatti- harakatlari bilan o‘zlarining Isoga ishongani ko‘rsatadi? 2) Isoning sholga aytgan qaysi so‘zlari to‘plangan olomonni hayratga soldi? 3) Shifo topgan odam shosha-pisha uyiga ketishidan oldin, Isoga minnatdorchilik bildirdimi? 65. Hikoya. SHIFO TOPGAN AYOLLuqo bayon etgan Xushxabar, 8-bob, 42-48-oyatlar Iso qayiqqa tushib Kafarnahumga qaytib kelgan- da, bu yerda Uni katta olomon qarshi oldi. Unga ergashgan odamlarning son-sanog‘i yo‘q edi. Shaharning tor ko‘chalaridan o‘tishlariga to‘g‘ri kelganida, olomon Isoni har tomondan qisib qo‘yar, natijada Uning yurishi yanada sekinlashardi. Bir payt Rabbimiz Iso to‘satdan yurishdan to‘xtadida, orqasiga o‘girilib: Menga kim tegdi? – deb so‘radi. U O‘zidan bir kuch chiqqanini sezgan edi. Shogirdlari ajablanishdi: – Ustoz, olomon Sizni o‘rab olib, siqib qo‘yganini ko‘ra turib, kim tegdi, deysiz-a! Iso hech narsa demay atrofga qaradi, U kiyimi etagiga qo‘l tekkizgan odamni izlardi. Isoning ortidan ergashib kelganlar orasida bir xasta ayol bor edi. U bor–budini tabiblarga sarflagan bo‘lsa ham, hech biridan shifo topa olmagandi. So‘ng u Iso qilgan mo‘’jizalar haqida eshitib, shifo topish ilinjida Uni izlab topgan edi. Iso ko‘rmasligi uchun, orqasidan kelib, Uning kiyimi etagiga qo‘l tekkizgandi. U o‘zicha: “Agar kiyimiga bir tegib olsam bas, sog‘ayib ketaman”, deb o‘ylardi. Iso uni sog‘aytirish qudratiga egaligiga bu ayol mutlaq ishonardi! Qo‘li Ustozning kiyimiga tegar-tegmas, kasallikdan forig‘ bo‘lganini his qildi. Iso tabiiyki, kim qo‘l tekkizganini bilardi, biroq ayolning o‘zi Uning oldiga kelib, tan olishini kutdi. Ayol esa keldi va qo‘rqqanidan o‘zini Rabbimizning oyoqlari ostiga tashlab, bo‘lgan hamma narsani aytib berdi. Bunga javoban Iso unga mehr bilan shunday dedi: – Qizim, ishonching seni sog‘aytirdi. Eson–omon bor. SAVOLLAR 1) Rabbimiz shogirdlari bilan qaysi shaharga keldi? 2) O‘n ikki yildan beri kasallikdan azoblangan ayol nima qildi? 3) Ayolni nima sog‘aytirdi? 66. Hikoya. ISO BEVA AYOLNING O‘G‘LINI TIRILTIRADILuqo bayon etgan Xushxabar, 7-bob, 11-16-oyatlar Iso Jaliladagi Nain degan boshqa bir shaharga bordi. Bir talay olomon Iso bilan birga edi. Iso shahar darovozasiga yetay deganida, dafn maro- simining ustidan chiqib qol- di. Vafot etgan bir odamni tobutda olib ketishayotgan edilar. Tobutning ortidan marhumning onasi chuqur g‘amga ko‘milib borardi. Ayol bilan birga shahardan bir talay olomon chiqib kelayotgan edi. Ayol beva bo‘lib, vafot etgan odam uning yakkayu-yagona o‘g‘li edi. Iso bu ayolni ko‘rgach, unga rahmi kelib: – Yig‘lama! – dedi! Tobut ko‘tarib borayotganlar to‘xtab qoldilar. Iso esa tobutga yaqinlashib, o‘likka qo‘lini tekkizib: – Ey yigit, senga aytaman: tur o‘rningdan! – dedi. O‘lik rostlanib o‘tirdi–da, gapira boshladi. Mo‘’jiza yuz berdi! Iso uni onasiga topshirdi. Buni ko‘rganlar qo‘rqqanlaridan, bir muddat churq etmay turishdi, so‘ng bir-birining gapini bo‘lib: – Oramizda buyuk payg‘ambar paydo bo‘ldi, Xudo O‘z xalqini qutqarish uchun keldi, - deya hayqira boshlashdi. Odamlar Isroil Xudosini olqishlab, tasannolar ayta bosh- lashdi. Nain shahrida yuz bergan mo‘’jiza haqidagi shov-shuvlar tez orada butun Yahudo yurtiga yoyildi. SAVOLLAR 1) Iso qaysi shaharga keldi? 2) Shahar darvozasi oldida U kimni uchratdi? 3) Nain shahrida qanday hodisa yuz berdi? Odamlar bu mo‘’jizaga qanday munosabat bildirishdi? 67. Hikoya. ISO YAIRNING QIZINI TIRILTIRADILuqo bayon etgan Xushxabar, 8-bob, 41-42, 49-56-oyatlar Yair umrida hech qachon bunchalik tez yugurmagandi. U sinagogada (yahudiylar ibodat uchun yig‘iladigan binoda) oqsoqol edi. Bunday yuqori martabali odamlarga yugurish to‘g‘ri kelmasdi. Biroq bu yerda gap hayot- mamot masalasi haqida borar edi. Uning o‘n ikki yashar qizi o‘lim to‘shagida yotgan edi. Yair qizini jonidan ortiq ko‘rardi va uni qizining kundan-kunga so‘lib borayotganini ko‘rishga majbur edi. Ayni shu paytda shaharga Iso shogirdlari bilan keldi va Yair Undan yordam so‘rashga qaror qildi. U Isoning oyog‘iga bosh urib: “Ustoz, mening jajji qizim o‘lim to‘shagida yotibdi. Kelib uni sog‘aytiring, tirik qolsin. Hoziroq yuring, kech bo‘lmasin!”, deb yolvordi. – Qani, ketdik, – javob berdi Iso. – Oldimizga tushib boravering, Men ortingizdan boraman. Biroq olomon ko‘pligidan, ularning orasidan tez yurib o‘tib ketishning iloji yo‘q edi. Yair sabrsizlik bilan yo‘lidan chiqqan odamlarni itarib-turtib borar edi. Shu payt qarshisida shoshilib kelayotgan xizmatkorini ko‘rdi. Xizmatkori unga: – Qizingiz o‘ldi, Ustozni ovora qilmay qo‘ya qoling, – dedi. Yairning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Hammasi tamom! Jondan aziz qizi endi yo‘q! Shuncha yugurganlari behuda ketdi. Yair bir joyda qotib turar, yuzi esa murdanikidek oqarib ketgan edi. Iso xizmatkorning nima deganini eshitdi. U Yairni yelkasidan tutib, bag‘riga bosar ekan, dedi: – Qo‘rqmang. Faqat ishoning, qizingiz shifo topadi, – dedi. Sinagoga boshlig‘i nimaga ishonishni bilmasdi. U qayg‘udan karaxt bo‘lib, uyi tomon yo‘l oldi. Iso esa uning ortidan ergashdi. Uyga yaqinlashganlarida, odamlarning qizcha uchun dod-faryod qilayotganlari eshitilib turardi. Iso ularga dedi: – Yig‘lamanglar, axir, qizcha o‘lmagan, u uxlab yotibdi. Odamlar buni etishib, Isoning ustidan kuldilar, chunki qizcha o‘lganini ular aniq bilishardi. Qanday qilib Iso bunaqa kulgili narsalarni aytishi mumkin! Iso hammani chiqarib yuborib, shogirdlaridan Butrus, Yuhanno, va Yoqubni oldi, va qizchaning ota-onasi boshchiligida, qizcha to‘shakda yotgan xonaga kirdi. So‘ng qizchaning qo‘lidan ushlab: – Qizaloq, tur o‘rningdan! – dedi. Shu onda qizcha chuqur nafas oldi, keyin yana bir marta nafas olib, ko‘zlarini ochdi. Uning yuziga qon yugurib, avvalgi tusga kirdi. So‘ngra esa qizcha o‘rnidan turib ketdi. Ota-onasi ko‘zlariga ishonishmasdi. Ularning bolasi tirilgan edi! Bu qanday baxt! – Qizchaga ovqat beringlar, u qayta kuchga kirishi lozim, – dedi Iso. So‘ng U o‘rnidan turib, qizchaga yana bir marta jilmayib qaradi-da, xonadan chiqdi. Bu jumboqdan aqllari karaxt bo‘lgan shogirdlar o‘zlariga kelib, Ustozlarining ortidan yetib olgunlaricha, oradan muayyan bir vaqt o‘tdi.
68. Hikoya. ISO BO‘RONNI TINCHLANTIRADILuqo bayon etgan Xushxabar, 8-bob, 22-25-oyatlar Bir kun kechasi Jalila ko‘li sohiliga Isoning ta’limotini eshitish uchun odamlar yig‘ilgan edi. Iso so‘zini tugatgach, shogirdlariga dedi: – Ko‘lning narigi tomoniga suzib o‘taylik. Shogirdlar Iso bilan birga qayiqlarga tushib jo‘nab ketdilar. Iso kun davomida qattiq charchagani uchun uxlab qoldi. Birdan ko‘lda qattiq bo‘ron ko‘tarildi. Jalila ko‘lida odatda bunday bo‘ron tez- tez ko‘tarilib turardi. To‘lqinlar qayiqqa qattiq urilar, bundan qayiq suvga to‘lib, cho‘kib ketish xavfi ostida qolgan edi. Shogirdlar vaziyatni chamalab ko‘rishib, Isoni uyg‘otishga qaror qildilar: – Ustoz! Ustoz! Halok bo‘lyapmiz! – dedi ular qo‘rquv bilan. Iso o‘rnidan turib, dengizda quturayotgan to‘lqinlarni, guvillab esayotgan kuchli shamolni, u yoqdan-bu yoqqa chayqalayotgan qayiqni ko‘rib, bo‘ronga do‘q urdi: – Tinchlan! Bas qil! Shu onda shamol tindi, sukunat cho‘kdi. Ko‘l sathi oynadek silliq bo‘lib qoldi. Bu haqiqiy mo‘jiza edi! Bo‘ronning bunday tez to‘xtaganini ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan. To‘lqinlar ham odatda birdaniga emas, balki sekin-asta bosiladi. Hozir esa hammasi bir onda tugab, to‘liq sukunat cho‘kkan edi. Shogirdlar bunaqasini hali ko‘rmaganlar. Rabbimiz ulardan so‘radi: – Nimaga bunchalar qo‘rqoqsiz? Ishonchingiz qani?! Shogirdlar esa qo‘rquv va hayrat bilan bir–birlariga shunday deyishdi: – Bu kim bo‘ldi ekan–a? U hatto shamolu suvga amr beradi, ular esa bo‘ysunadi–ya! Ularning Ustozlari aslida Xudoning O‘g‘li ekanini shogirdlar imonlari orqaligina fahmlab yetayotgan edilar, ammo onglari bilan tushuna olmasdilar. SAVOLLAR 1) Nima uchun Rabbimiz Iso bo‘ron payti tinch uxlay olgan? 2) Shogidlar nima uchun bunchalik qo‘rqib ketishdi? Ular nimani unutib qo‘yishgandi? 3) Rabbimiz bo‘ronni tinchlantirgandan keyin, ular nimani his qilishdi? 69. Hikoya. ISO BESH MINGTA ODAMNI TO‘YDIRADILuqo bayon etgan Xushxabar, 9-bob, 10-17-oyatlar Iso ertadan kechgacha xalq bilan suhbatlashdi. Uni tinglash uchun kelgan odamlar orasida erkaklarning o‘zi besh ming nafarni, ayollar va bolalar ham deyarli shunchani tashkil qilardi. Iso va’z qilish bilan birga, xastalarga shifo ham berar edi. Kun botib, qorong‘i tusha boshlagach, shogirdlar Isoga: – Ustoz, odamlar yegulik topishlari kerak, – deyishdi. Iso ularga javoban jilmayib, dedi: – Sizlar ularga ovqat beringlar! – Shuncha odamga qayerdan yegulik topamiz? Bizda beshta non va ikkita baliqdan boshqa hech narsa yo‘q–ku! – dedi Filip, – kimsasiz joydamiz, buning ustiga pulimiz ham oz. Iso dedi: – O‘sha non bilan baliqlarni Menga keltiringlar! Iso beshta nonni oldi-da, osmonga qarab shukrona duosini o‘qidi. So‘ng sindirib, xalqqa tarqatish uchun savatlarga soldi. So‘ng baliq bilan ham xuddi shunday qildi. Shogirdlar ko‘rganlariga ishonmadilar. Mo‘’jiza sodir bo‘lgan edi. Non bilan baliq solingan savat bitta edi. Endi bo‘lsa hamma savatlar non bilan baliqqa to‘la edi. Maysa ustida guruh-guruh bo‘lib o‘tirgan odamlarga non bilan baliq tarqatganlari sari, savatlardagi yegulik hech kamaymasdi. Ovqat hammaga yetdi! Hammalari yeb to‘ydilar. Bu Iso deganlari qanday Zot bo‘ldi? Bunday g‘aroyib ishlarni qilish uchun qayerdan kuch olarkan-a? – Odamlar orasidan o‘tib, ortib qolgan non va baliqlarni yig‘ib olinglar, hech narsa uvol bo‘lmasin, – dedi Iso shogirdlariga. Shogirdlar qaytib kelishganlarida, har birining qo‘lida ortib qolgan burdalar solingan savatlar bor edi. Odamlar yeb to‘yganidan qolgan ovqat qoldiqlari, ular tarqatgan ovqatdan bir necha barobar ko‘p edi. Odamlar ko‘z o‘ngilarida sodir bo‘lgan mo‘’jizadan hayratga tushib: – Bu chindan ham kelishi kutilayotgan o‘sha Payg‘ambardir, – de- yishardi. Afsuski, non yeb to‘ygan besh ming odam orasida Isoning qilgan ishining ahamiyatini mutlaqo tushunmagan odamlar ham bor edi. Ular shunday fikr qilardilar: “Agar Iso uchun yegulik topish shunchalik oson bo‘lsa, unda ovqat uchun ishlashimizga hojat qolmas ekanda. Kelinglar, Uni o‘zimizga shoh qilib ko‘taraylik, shunda U barcha muhtojliklarimizni hal qiladi”. Iso odamlar nimani xohlayotganlarini bilardi. Biroq U yer yuziga shoh bo‘lish maqsadida dunyoga kelmagan edi. Shu sabab Iso bu joyni darhol tark etdi, odamlardan uzoqlashib, yolg‘iz O‘zi ibodat qilish uchun toqqa chiqib ketdi. Odamlar uy-uylariga tarqaldilar. Ayrimlarining Isodan ko‘ngli qolgan edi.
70. Hikoya. ISONING SUV USTIDA YURISHIMark bayon etgan Xushxabar, 6-bob, 45-56-oyatlar (Matto 14:22-33) Kech kirdi. Shogirdlar tushgan qayiq Jalila ko‘lida suzib borardi. Iso ular bilan emasdi, U ibodat qilish uchun yolg‘iz O‘zi tepalikka chiqib ketgan edi. Shogirdlar bir soatdan beri eshkak eshishga qiynalayotgan edilar, chunki shamol qayiqqa qarshi esar edi. To‘lqinlar qayiqni chayqatar, xavf ortib borar, shogirdlar esa Kafarnahumga yetib borishlari kerak edi. Iso ularni u yerga yuborgandi. O‘zi esa kechroq yetib borishini aytgandi. Shogirdlar qancha urinmasin, sohilga suzib borishning uddasidan chiqa olmayotgan edilar – shamol qayiqni boshqa tomonga olib ketib qolar edi. Shamol haddan tashqari kuchli, ular esa unga qarshi kurashda shunchalar ojiz edilar. Birdan ularga uzoqda yorug‘ bir nuqta ko‘rindi. U suv ustida chayqalib, qayiq tomon yaqinlashar edi. Masofa qisqarib borgani sari, buning inson ekanligini tobora aniqroq ko‘rishardi. Shogirdlardan biri qo‘rqqanidan baqirib yubordi. Suv ustida sharpa yurib kelyapti! Bunday bo‘lishi mumkin emas! Ularga yaqinlashib kelayotgan narsa yo sharpa, yoki bo‘lmasa, qandaydir tushunarsiz va dahshatli narsadan boshqa narsa emas! Endi ular o‘sha odamning (agar u chindan ham odam bo‘lsa), shamolning shovqinida ovozi yaxshiroq eshitilishi uchun qo‘llarini og‘ziga yaqin olib borib, bor ovozi bilan ularga qichqirayotganini aniq ko‘ra boshlashdi: – Qo‘rqmanglar, bu Menman! Bu – Iso, ularning Ustozi edi! Shogirdlar Uni tovushidan darhol tanib oldilar. Yuraklari endi joyiga tushdi. Shogirdlar yengil nafas olib, Isoning qayiqqa yaqinlashishini kutishdi. Ulardan faqat bittasigina kutib o‘tirishni istamadi. Butrus tabiatdan toqatsiz edi. Qolaversa, u Isoni juda yaxshi ko‘rgani uchun, Uni hammadan oldin kutvolish uchun jon deb, yugurib borgan bo‘lardi. Biroq buning iloji yo‘q edi-da. Kim suv ustida cho‘kim ketmasdan yura olishi mumkin? “Nega endi iloji yo‘q bo‘larkan? – o‘yladi Butrus. – Iso suv ustida yuryapti-ku, demak men ham yura olaman. O‘zim emas albatta, Uning yordami bilan”. Bu fikr hayoliga kelib ulgurmasdan u baland tovushda: – Hazrat, agar bu haqiqatan ham Siz bo‘lsangiz, amr bering, men suv ustida yurib Sizning oldingizga boray, – dedi! Iso: – Kel! – dedi. Butrus qayiqdan oshib, bitta oyog‘ini suv sathiga bosdi. Suv xuddi qattiq yerday uni tutib turganini ko‘rib, boshqa oyog‘ini ham qayiqdan oshirdi va qadam bosdi. U suv ustida yurib ketdi! O‘zi bilan Iso orasidagi masofa tobora qisqarib borar edi. Shu payt Butrus baland bir to‘lqinning ustiga bostirib kelayotganini ko‘rib, o‘takasi yorildi. To‘lqin ko‘pirganicha Butrusning oyoqlariga urilib parchalanardi. U nigohini Isodan uzib, endi butun diqqatini to‘lqinlarga tikkan edi. Shunda u qattiq qo‘rqib ketdi. To‘lqinda ham tekis yerda turganday oyog‘ida tik tura olarmikan-a? Shu payt u suvga cho‘ka boshlab: – Hazrat, meni qutqaring! – deb xitob qildi! Iso shu zahoti qo‘lini cho‘zib, Butrusni ushladi–da: – Ey imoni sust, nega ikkilanding?! – dedi. Butrus o‘zining imoni tufayli emas, balki Xudoning O‘g‘li Iso Masih orqali qutqarilib qoldi. Shu orada boshqa shogirdlar qayiqda ularga yaqinroq suzib kelishdi hamda Iso bilan Butrusni qayiqqa chiqarib olishdi. Shunisi ajablanarliki, ular qayiqqa tushishlari bilan shamol ham tindi. Qayiq to‘lqinlarda mayin tebranar edi. Bu voqea shogirdlarga qattiq ta’sir qilganidan, ular Isoning oldida tiz cho‘kishib, shunday deyishdi: – Siz haqiqatan ham Xudoning O‘g‘lisiz! O‘sha tunda shogirdlar Isoning yordamisiz halok bo‘lishlari mumkinligini yana bir bor anglab yetdilar. SAVOLLAR 1) Shogirdlar kechasi qayerga yo‘l olishdi? Nima uchun Iso ular bilan birga emasdi? 2) Ko‘lda nima sodir bo‘ldi? Shogirdlar dengizda suzayotib nimadan qattiq qo‘rqib ketishdi? 3) Rabbimiz qanday qilib suv ustidan yura oldi? 4) Butrus nima uchun birdan cho‘ka boshladi? 71. Hikoya. RAHMDIL SAMARIYALIK HAQIDA MATALLuqo bayon etgan Xushxabar, 10-bob, 25-37-oyatlar Bir kuni Isoning oldiga Muqaddas Bitiklarni juda yaxshi bilgan bir odam keldi. Bunday odamlarni o‘sha vaqtda “ulamolar”, ya’ni “Tavrot tafsirchilari”, deb atashgan. Xullas shu odam Iso uchun “qiyin” savol topib keldi. Buni esa joniga najot topish uchun emas, balki Isoni sinab ko‘rish yoki tuzoqqa tushirish uchun qildi. “Agar Iso bunga javob topib bera olsa, unda Uning xatolarini fosh qilaman” – deb hayolidan o‘tkazdi u. – Ustoz, – murojaat qildi u soxta kamtarlik bilan, – abadiy hayotga ega bo‘lish uchun nima qilishim kerak? Iso undan so‘radi: – Tavrotda bu to‘g‘rida nima yozilgan? – deb so‘radi. Mug‘ombir tafsirchining o‘zi savolga javob berishiga to‘g‘ri keldi: – U yerda “Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan sevinglar, va o‘zgani o‘zing kabi sev”, deyiladi. – To‘g‘ri javob berding. Sen ham shunday qil, ana shunda yashaysan! Tafsirchi o‘zini oqlash uchun darrov dedi: – Ha, bilaman. Lekin mening yaqinim kim? – Sizga bir hikoya aytaman, – javob berdi Iso. – Bir odam Quddusdan Yerixoga borayotgan ekan. Yo‘li kimsasiz, ovloq joydan o‘tar edi. Bu yerda yo‘lovchilarni ko‘pincha qaroqchilar poylab o‘tirar ekan. Haligi odam o‘sha yerdan o‘tayotganida qaroqchilar qoyalar orasidan otilib chiqib, bechoraga tashlanib qolishibdi. Qaroqchilar yo‘lovchini do‘pposlab, bor-budini shilib olishgandan keyin, uni kaltaklab, yo‘l bo‘yiga tashlab ketibdi. Oradan bir oz o‘tib, o‘sha yo‘ldan bir ruhoniy o‘tib qolibdi. U yerda yotgan yarador odamni ko‘rib, yo‘lning boshqa tomoniga o‘tib olib, yo‘lida davom etibdi. Ruhoniyning unga yordam bergisi kelmabdi. Sal o‘tib o‘sha joydan boshqa bir odam, ya’ni levi (Ma’badda xizmat qiluvchi odam) o‘tib qolibdi. U ham xuddi ruhoniy kabi ish tutibdi, yaradorning oldidan tez- tez o‘tib ketibdi. Nihoyat o‘sha yo‘ldan uchinchi odam o‘tib ketayotgan edi. U na ruhoniy, na levi, hatto Isroil xalqiga ham mutlaqo begona odam – samariyalik edi. Isroilliklarning aksariyati samariyaliklarga nafrat ko‘zi bilan qarar, chunki ular Xudoga noto‘g‘ri sajda qilishadi deb hisoblardilar. Shuning uchun bechora yarador samariyalikdan hech qanday yordam kutmasdi. Biroq samariyalik yo‘lda chalajon bo‘lib yotgan bu odamni ko‘rib, unga achinib ketibdi. Uning yaralariga moy surtib, bog‘lab qo‘yibdi. So‘ng uni o‘z eshagiga mindiribdi–da, mehmonxonaga yetguncha ehtiyotlab boribdi. Mehmonxona egasiga pul berib, jabrdiydani o‘sha yerga joylashtiribdi. Ertasi kuni pul chiqaribdi–da, mehmonxona egasiga berib: “Unga yaxshi qara, agar bundan ortiq xarajat qilsang, qaytishimda senga to‘layman”, debdi. – Sizningcha, o‘sha uch odamdan qaysi biri qaroqchilarning qo‘liga tushgan odamning yaqini hisoblanadi? Tafsirchi: – Unga shafqat ko‘rsatgan odam–da, – deb javob berdi. – To‘g‘ri aytdingiz. Boring, siz ham shunday qiling! – dedi unga Iso. SAVOLLAR 1) Isoga kim savol bilan murojaat qildi? U qanday savol berdi? 2) Iso qanday masalni aytib berdi? 3) Kimlar bizning yaqinimiz hisoblanadi? 72. Hikoya. ISO BAYTANIYA QISHLOG‘IDALuqo bayon etgan Xushxabar, 10-bob, 38-42-oyatlar Iso Qudusga kelgan payt- larida, Baytaniya qishlog‘iga tez-tez borib turardi. Bu qishloq Quddusdan bir necha chaqirim uzoqlikda joylashgan. U yerda Iso do‘stlari va izdoshlari hisoblangan Lazar, Maryam va Martalarnikida to‘xtardi. Shunday tashriflarning birida, Maryam Isoning oyoqlari oldida o‘tirib, Uning so‘zlarini tinglar, Marta esa mehmon kutish bilan ovora edi. Bir ozdan so‘ng Marta Isoning oldiga kelib norozi ohangda: – Hazrat! E’tibor bermayapsizmi, singlim hamma ishni bir o‘zimga tashlab qo‘ydi–ku! Unga ayting, menga yordam bersin, – dedi. Rabbimiz esa unga yumshoqlik bilan shunday javob berdi: — Eh, Marta, Marta, buncha urinib tashvishlanmasang. Zarur bo‘lgan bittagina narsa bor. Maryam o‘zi uchun eng yaxshisini tanladi va bu undan tortib olinmaydi. Buyuk Ustozimiz Iso nimani nazarda tutgan? U Martaga va bosh- qa barcha odamlarga ikkinchi darajali ishlarga ko‘p e’tibor bermaslik kerakligini nazarda tutgan edi. Marta ham xuddi Maryam singari ruhiy oziq jismoniy oziqdan ko‘ra muhimroq ekanini tushunishi lozim edi. Undan ham a’lorog‘i bo‘lgan – Iso Masihga bo‘lgan imonni hech kim tortib ololmaydi. Yerdagi hayotimiz esa ertami, kechmi poyoniga yetadi. Bu bilan yerdagi hayot haqida umuman o‘ylamaslik kerak demoqchi emasmiz. Hamma odamning o‘z majburiyat vazifasi bor. Biroq odam bu tashvishlarni o‘zining ruhiy hayotidan-da ustun qo‘yishi kerakmas. Marta bo‘lsa buning ayni aksini qilgan edi. Uning uchun mehmonlarni yaxshi kutib olish Najotkorning so‘zlarini tinglashdan ko‘ra muhimroq edi. SAVOLLAR 1) Iso Quddusga kelgan vaqtlarida ko‘pincha qayerda to‘xtar edi? 2) Marta mehmon kutishga bor kuchini qaratib, nimani esdan chiqarib qo‘ydi? 3) Iso nima uchun Maryamni Martaning yoniga, unga yordam berishga yubormadi? 73. Hikoya. ADASHGAN QO‘Y HAQIDA MATALLuqo bayon etgan Xushxabar, 15-bob, 3-7-oyatlar Bir kuni Iso farziylar bilan Tavrot tafsirchilariga quyidagi hikoyani aytib berdi. Bir cho‘pon suruvidagi qo‘ylariga vijdonan g‘am- xo‘rlik qilarkan. Uning yuzta qo‘yi bo‘lib, cho‘pon ularning birontasi ham adashib qolmasligi uchun ularni doim kuzatib yurarkan. U chindan ham yaxshi cho‘pon bo‘lib, qo‘ylarini yaxshi ko‘rar, kun oxirlaganda uyga qorni to‘q va sog‘-salomat qaytishlari uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilarkan. Bir kuni suruvidagi qo‘ylarini sanab chiqsa, ulardan bittasi yo‘qmish. U qaytadan sanabdi, yana to‘qson to‘qqizta chiqibdi! Demak, qo‘yi yoki yo‘qolib qolgan, yoki bo‘riga yem bo‘lgan. Nima bo‘lsa ham, uni topishi kerak! U suruvni yana bir bor diqqat bilan ko‘zdan kechirib, tumshug‘ida qora qashqasi bo‘lgan qo‘zichoq yo‘qligini aniqladi. Uyining darvozalari yaxshi qulflanganiga ishonch hosil qilgach, u qo‘zichoqni izlab ketibdi. Albatta, to‘qson to‘qqizta qo‘yni qarovsiz qoldirishga uning ko‘zi qiymasdi, lekin adashgan qo‘zi istalgan vaqtda xavfga duchor bo‘lishi mumkinlini bois, sustkashlik ham qilolmasdi. Cho‘ponning havotiri oshib shu darajada tez yugurardiki, tog‘ning tepasiga chiqquncha holdan toyib bo‘lgan edi. Hotirjam bo‘lishga hali erta edi, chunki qidiruv ishlari endi boshlangan edi-da. U vaqti-vaqti bilan to‘xtab, baland ovoz bilan qo‘zichog‘ini chaqirar, uning ma’rab javob berishini eshitish uchun butun diqqati bilan quloq solar edi. Biroq uning chaqirishiga faqat atrofdagi qoyalargina aks-sado bilan javob berar edi. Ishqilib, jarlikka tushib ketmagan bo‘lsinda! Tog‘ yonbag‘irlaridan ko‘tarilib borar ekan, cho‘pon qo‘zichog‘ini qayta-qayta chaqirardi. Birdan uzoqdan qo‘zining ma’rashini arang eshitilib qoldi. Tez yugurganidan shundoq ham tez urayotgan yuragi, quvonganidan qinidan chiqqudek bo‘ldi. Qo‘zichog‘i tirik ekan! U shosha-pisha qo‘zining ma’rashi eshitilgan tomonga yugurib ketdi. Qarasa – o‘sha yo‘qotib qo‘ygan qo‘zisi! Jonivor jarlikning turtib chiqqan joyida, na oldinga, na orqaga siljiy olmasdan turar edi. Cho‘pon jarlikni sinchiklab ko‘zdan kechirar, qo‘zining oldiga olib boradigan so‘qmoqni izlar edi. – Xavfli ekan, lekin iloji bor, – xulosa qilibdi u. So‘ng, sekin yurib, pastga tushibdi, qo‘zini yelkasiga ortib, ehtiyotlik bilan tepaga ko‘tarilibdi. Uning qanday xursand bo‘lganini ko‘rsangiz edi! Cho‘ponning bo‘yniga yopishib olganiga qaraganda, chamasi qo‘zi ham qutulib qolganidan quvonayotganga o‘xshardi. – Xudo ham O‘zidan uzoqlashib ketgan odamlarni xuddi shunday izlaydi, – dedi Iso hikoyasni yakunlab. – Sizlarni ishontirib aytamanki, xuddi shu singari, tavbaga ehtiyoji bo‘lmagan to‘qson to‘qqizta solih odamdan ko‘ra, tavba qilgan bitta gunohkor uchun Osmon Shohligida bayram bo‘ladi. SAVOLLAR 1) Iso farziylarga qanday masalni aytib berdi? 2) Masaldagi nima ko‘proq esingizda qoldi? 3) “Tavba qilish” nimani anglatadi? 74. Hikoya. DARBADAR O‘G‘IL HAQIDA MATALLuqo bayon etgan Xushxabar, 15-bob, 11-32-oyatlar Iso farziylarga yana bitta hikoya aytib berdi. Bir odamning ikki o‘g‘li bor ekan. Ular voyaga yetib, otasiga xo‘jalik ishlarida yordam beradigan bo‘lishibdi. To‘ng‘ich o‘g‘il istar-istamas bo‘lsa-da, otasiga yordam berar ekan. Kichik o‘g‘li bilan esa quyidagicha voqea yuz beribdi. Otasining har doim uni qil-buni qil deb, ish buyuraverishi joniga tekkan kenja yolg‘iz yashab, hamma narsani o‘zim hal qilganim yaxshi, degan qarorga kelibdi. Kunlardan bir kun, u otasining oldiga kelib: – Ota, kuni kelib qazo qilganingizda, menga davlatingizning bir qismi meros bo‘lib o‘tadi. Lekin men sizning o‘limingizni kutib o‘tirmoqchi emasman. Istaganimday yashay olishim uchun mening ulushimni hozirning o‘zida berishingizni istayman. Axir ertami-kechmi davlatingizning bir qismi baribir meniki bo‘ladi. Bu so‘zlarni eshitgan ota qattiq ranjibdi. U o‘g‘lining tegishli pulni olishi bilanoq, uyni tashlab ketishini bilar edi. Biroq o‘g‘lining qaroriga qarshi chiqmaslik uchun uni qolishga undamabdi. Shuning uchun o‘g‘liga ulushini beribdi. Ko‘p o‘tmay, kichik o‘g‘il uzoq yurtga ketibdi, u yerda dang‘illama uy olib, pulini qimmatbaho kiyim-kechaklaru, aysh-ishratga sarflabdi. Tez orada atrofdagi odamlar uning puli ko‘pligi va maqtanchoqligini payqab qolibdi. Boshqa yurtdan kelgan, puli oshib-toshib yotgan yigitning atrofida qizlar va yigitlar o‘ralasha boshlabdi, chunki u do‘stlarining sarf-harajatlariga pulini ayamas ekan. Yigit yaxshi do‘stlar orttirdim, deb o‘ylagan ekan. Biroq ular haqiqiy do‘st emas edilar, aksincha unga bir pul solingan hamyondek qarashardi. Bunday hayot yigitga juda yoqib tushibdi. U sayohatlarga chiqar, ko‘ngil ochar joylarga borar, vaqtchog‘lik qilar, hamda ko‘ngli istagan hamma narsani qilib ko‘rardi. Tug‘ilib o‘sgan uyini hatto esiga ham olmabdi. O‘yin-kulguga chalg‘igan yigit pulining kundan-kunga kamayib borayotganini payqamabdi ham. Bir kuni u navbatdagi katta ziyofat uchun pul to‘lash vaqti kelganda, puli yetmasligini eslab dahshatga tushibdi. – Pulim tugab qoldi, – g‘o‘ldiradi u, – menga yordam berib yuboringlar! Axir do‘stlarimsiz-ku! – Do‘stlaring? – norozi ohangda dedi ular, – biz mehmon chaqirib, so‘ng pul to‘lolmaydiganlarga do‘st emasmiz. Xayr, omon bo‘l! Shunday deya, do‘stlari uni birin-ketin tark etishdi. Yigit oxirgi pullarini qovoqxona egasiga sanab berdi, u esa yigitni haydab solibdi. Og‘ir ahvolga tushib qolgan yigit endi daydib yuradigan bo‘ldi va tez orada muhtojlik nima ekanini bilib oldi. Bu vaqtga kelib, yigit musofir bo‘lib turgan mamlakatda qahatchilik boshlandi. Shu sababli hech kim u bilan hatto qotgan nonini ham bo‘lishgisi kelmasdi. Aksiga olib yigit o‘ziga ish ham topa olmasdi. Ohir-oqibat u borib, o‘sha mamlakat fuqarolaridan biriga arzon narx evaziga cho‘chqalarini boqishga yollanibdi. Avvallari bunday ish haqida gapirishning o‘zi yigit uchun haqorat hisoblanardi. Endi bo‘lsa, uning mag‘rurligidan asar ham qolmagandi. Qorni och qolgan yigit cho‘chqalar yeydigan qo‘zoqlar bilan qornini to‘ydirishga ham zor bo‘libdi, lekin xo‘jayini unga shuni ham ravo ko‘rmas ekan. Mana endi cho‘chqalar orasida irkit, uvadasi chiqib ketgan kiyimlarda, qorni och, kamsitilgan holda o‘tirar edi. Yigit uzoq vaqtdan beri birinchi marta uyini esga olibdi. “Shunchalar ham nodon bo‘lamanmi? – o‘ylabdi u. – Uydan ketmasam bo‘larkan. Otamning qanchadan–qancha yollanma ishchilarining noni oshib–toshib yotibdi, men esa bu yerda ochlikdan o‘lyapman. «Nima qilishni bildim, – debdi u, – uyga qaytib boraman. Otam meni o‘g‘il o‘rnida ko‘rishiga umid qilmayman. Uning menga nisbatan otalik mehri butunlay qolmagan bo‘lsa kerak. Lekin hech bo‘lmaganda, menga rahmi kelib, yollanma ishchi qilib olar? Ularga to‘lagan haqni menga ham berar? Uyga olib boradigan yo‘l tugamaydiganday tuyuldi unga. Lekin ana ota uyi uzoqdan ko‘zga chalinib turibdi. Oxirgi bir nechta qadamni tashlashga yigitda kuch qolmagan edi. Buning ustiga otasining ko‘ziga qarashga jur’ati yetmas edi. Shu payt qarshisiga yugurib chiqayotgan odamga ko‘zi tushdi. Ko‘zlariga zo‘r berib, uzoqda kelayotgan odamga tikilib qaradi. Bu uning otasi edi! Qariya qo‘llarini silkitib, unga quvonch bilan hayqirar edi. Nahotki otasi uning qaytganidan quvonayotgan bo‘lsa?! Yigitning bunga ishongisi kelmas edi. Bunga ishonish qiyin edi. Nahot otasining jahli chiqmayotgan bo‘lsa, nahotki u o‘g‘lini avvalgidek yaxshi ko‘rsa?! Otasi o‘g‘lini quchib, bag‘riga qattiq bosib, o‘pdi. Keyin ikkalasi uyga tomon yo‘l olishdi. Yetib borganlarida, otasi xizmatkorlariga buyurib dedi: – O‘g‘limga eng nafis to‘n keltirib, yelkasiga yopinglar. Bo‘rdoqi buzoqni olib chiqib so‘yinglar. Yeb–ichaylik, xursandchilik qilaylik. Chunki bu o‘g‘lim o‘lgan edi, endi tirildi, yo‘qolgan edi, endi topildi. SAVOLLAR 1) Iso farziylarga qanaqa hikoya aytib berdi? 2) Bu masaldan qanday saboq olish mumkin? 3) Masaldagi ota va kenja o‘g‘il sizga kimni eslatadi? 75. Hikoya. ISONING BOLALARNI DUO QILISHIMuqaddas Kitob, Luqo bayon etgan Xushxabar, 18-bob, 15-17-oyatlar Odamlar har doim Isoning atrofini o‘rab olishar edi. Shunday kunlarning birida Iso ularga Xudo Shohligi to‘g‘risida so‘zlab berar hamda farziylar va tafsirchilarning ilmoqli savollariga javob berardi. Shu bilan birga, U son-sanoqsiz odamlarga shifo ham berardi. Uning atrofi yana odamlar bilan tirband edi. Shu orada Isoning oldiga boshqa bir guruh erkagu- ayol bolalarini yetaklab kelishdi. – To‘xtang? Qayerga tiqilyapsiz, – so‘radi kimdir olomon ichidan? – Isoning oldiga, – javob berdi bir ayol, – bolalarimizni duo qilib bersin. – Bolalarni duo qilsinmi? – o‘qraydi shu yerda turganlardan biri. – Isoning bolalardan boshqa muhim ishi yo‘qday-a? Ko‘rmayapsizmi, u yerda Isoning shifo berishini kutib turgan kasallar bor? Eshitmayapsizmi, Iso Xudoning Shohligi haqida jiddiy va muhim gaplarni aytayapti? Siz bo‘lsangiz bu yerga bolalaringizni olib ke-libsiz, hatto buning farqiga bormaydigan chaqalog‘ingizni ham. – Bolalar hamma narsani tushunishlari shart emas. Xudo ularni sevishini anglab yetsalar kifoya. Shuning uchun Isodan iltimos qilmoqchi edim, U... – Qimmatli vaqtini bolalarga sarflab, behudaga ketkizmaydiku. – Iltimos, bizni o‘tkazib yuboring! Tortishuv tobora kuchayib borardi. Iso tortishayotganlarga diqqatini qaratib, dedi: – Bolalarga yo‘l beringlar! Xudoning Shohligi ularnikidir – dedi. Shogirdlar hayron bo‘lib Isoga qaradilar. Xursand bo‘lgan ota- onalar esa bolalari bilan odamlar orasidan o‘tib Isoning oldiga borishdi. Shogirdlar ishonchsizlik bilan endi nima bulishini ko‘rish uchun yaqinroq keldilar. Iso ularga yuzlanib, dedi: – Menga ishonavering, kim Xudoning Shohligini xuddi bola kabi qabul qilmasa, unga kirolmaydi! Xudoning sevgisini bolalardek sodda yurak bilan qabul qilmagan odam, Shohlikdan meros olomaydi. So‘ng Iso jajji bolalarni navbatma-navbat qo‘liga olib duo qila boshladi, yoshi kattaroqlarining esa boshiga qo‘lini qo‘yib duo qildi. SAVOLLAR 1) Shogirdlar nima uchun bolalarni Isoning oldiga qo‘yishni xohlamadi? 2) Rabbimiz “Osmon Shohligi bolalalarnikidir” deganida nimani nazarda tutgan edi? 76. Hikoya. ISO LAZARNI TIRILTIRADIYuhanno bayon etgan Xushxabar, 11-bob, 1-45-oyatlar Marta va Maryamning akasi Lazar qattiq kasal bo‘lib qoldi. Opa-singil uning o‘lib qolishidan qo‘rqib, bu haqda Isoga: – Hazrat, Sizning aziz do‘stingiz kasal, – deb xabar berdilar. Rabbimiz kim haqida so‘z borayotganini bilar edi, lekin unchalik havotir olmadi. U shunday javob berdi: – Bu kasallik o‘lim bilan yakunlanmaydi, balki Xudoning ulug‘lanishiga sabab bo‘ladi! Iso bu xabarni olgach, shogirdlari bilan o‘sha joyda yana ikki kun qoldi, so‘ng shogirdlariga dedi: – Yuringlar! Lazar uxlab qoldi. Men uni uyg‘otgani ketyapman. Shogirdlari ikkilandilar, biroq Iso ularga: – Lazar vafot etdi! Men uning yonida bo‘lmaganimdan xursandman, chunki bu vaziyat sizlarning ishonishingizga imkon beradi. Qani, endi uning oldiga boraylik! – dedi. Iso Baytaniyaga yetib borganda, Lazarning qabrga qo‘yilganiga to‘rt kun bo‘lgan edi. Quddusdagi ko‘p yahudiylar Marta bilan Maryamning oldiga akasining vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun kelgan edilar. Marta Isoning kelayotganini eshitib, Uni kutib olgani chiqdi. Maryam esa uyda qoldi. Marta Isoni uchratganida, Unga dedi: – Hazrat! Agar Siz bu yerda bo‘lganingizda edi, akam o‘lmagan bo‘lardi. Ammo hozir ham bilaman, Siz Xudodan nima so‘rasangiz, Xudo Sizga beradi. – Akang tiriladi, – dedi Iso. – Bilaman, oxiratda o‘liklar tirilganda tiriladi, – dedi Marta. Iso unga dedi: – Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o‘lsa ham yashaydi. Kimda–kim Menga ishonib yashasa, to abad o‘lmaydi. Bunga ishonasanmi? Marta: – Ha, Hazrat, Siz dunyoga keladigan Masih, Xudoning O‘g‘li ekaningizga ishonaman, – dedi-yu, singlisi Maryamga Isoning kelgani va uni kutayotganini aytish uchun ketdi. Maryam singlisining so‘zlarini eshitiboq, o‘rnida turib, Isoning oldiga shoshildi. Uning oyog‘iga yiqilib yig‘ladi. Atrofdagi hammaning g‘amga botganini ko‘rib, Iso marhumni qayerga qo‘yganlarini so‘radi. Unga qabrni ko‘rsatishdi. Qabrga yaqinlashar ekan, Isoning ko‘zi yoshlandi va Lazar yotgan g‘or og‘zidagi toshni olib tashlashni buyurdi. Bir necha kishi toshni surib qo‘yishdi. Iso esa ko‘zlarini osmonga tikib, dedi: – Ey Ota! Meni eshitganing uchun Senga shukurlar aytaman. Shunday dedi–yu, baland ovoz bilan xitob qildi: – Lazar, tashqariga chiq! Shu payt qo‘l oyoqlari kafanlangan, yuzi ro‘mol bilan o‘ralgan marhum chiqib keldi. – Kafanini yechinglar, uni qo‘yib yuboringlar, – dedi Iso. Bu buyuk mo‘’jizani ko‘rgan ko‘p yahudiylar Rabbimiz Isoga imon keltirdi. SAVOLLAR 1) Lazarning qaysi singlisi Isoni kutib olgani chiqdi? U nima dedi? 2) Rabbimiz: “Men tirilish va hayotdirman” – deganida nimani nazarda tutgan? 3) Mo‘’jiza qanday yuz berdi? 77. Hikoya. ISO KO‘R ODAMNING KO‘ZINI OCHADIMark bayon etgan Xushxabar, 10-bob, 46-52-oyatlar Iso shogirdlari va bir talay xaloyiq bilan birga Yerixodan chiqib, Quddusga yo‘l olar edi. Yo‘l chekkasida tilamchiligi bilan hammaga tanish bo‘lib qolgan Bartimeyus o‘tirardi. Ko‘zi ojizligi bois, u, tilanchilik bilan kun kechirishga majbur edi. Bartimeyus har kuni yo‘l chetida g‘amgin bo‘lib o‘tirar edi. Uning yorug‘ olamni, odamlarni, gullarni, rang-barang olamni ko‘rishni qanchalar istashini bilsangiz edi! Bir kuni kimdir unga Iso ko‘rlarning ko‘zini ochayotgani haqida aytib qoldi. “O‘sha Iso deganlari mening ko‘zlarimni ham ocha olganda qanday ajoyib bo‘lardi! – o‘yladi Bartimeyus. – Lekin men ko‘r bo‘lsam, Uni qanday topaman? Kunlarning birida u yana har doimgi joyida o‘tirar edi. Shovqin- surondan bildiki, ko‘chada nimadir sodir bo‘lyapti. U ikkilana-ikkilana yo‘lovchilardan vaziyatni aniqlashtirishga harakat qildi: – Hoy, u yerda nima bo‘lyapti? – deb so‘radi. – Iso kelyapti! – dedi kimdir. – Iso? Bartimeyusning yuragi o‘ynab ketdi. U baland ovozda xitob qildi: – Ey Iso, Dovud O‘g‘li, menga rahm qil! – Jim bo‘l! – yo‘lovchilar unga do‘q qilishdi, – baqirma. Isoning atrofida shundoq ham odam ko‘p. Sening baqirishing yetmay turuvdi Unga! Biroq Bartimeyus odamlarga quloq solmadi. – Iso, menga yordam ber! – davom etdi u. Iso Bartimeyusning ovozini eshitib to‘xtadi va: – Meni chaqirgan o‘sha odamni bu yerga keltiringlar, – dedi. Shogirdlar Bartimeyusning oldiga kelib: – Dadil bo‘l, o‘rningdan tur. U seni chaqiryapti, – deyishdi. Bartimeyus o‘rnidan sakrab turdi–da, Isoning oldiga bordi. Kimdir uni qo‘lidan tutib, Isoni o‘rab turgan olomon orasidan yorib o‘tishiga yordam berdi. – Sen Mendan nima istaysan? – Bartimeyus Isoning xayrixoh ovozini eshitdi. – Hazrat, ko‘zlarim ko‘rsin! – dedi u duduqlanib. Iso unga: – Qo‘zlaring ko‘rsin! Ishonching seni qutqardi, – dedi. Chindan ham, Bartimeyusning ko‘zi ochildi. O‘sha zahoti u atrof- dagi yorug‘ olamni ko‘ra boshladi! Umrida birinchi marta olamni o‘zining rang-barang shakli-shamoyilida ko‘ra oldi! Bunga chindan ham aql bovar qilmas edi! Endi u qarshisida turgan Isoning yuzini ham ko‘ra olardi. Bu chehradan qanchalar sevgi va mehr-muhabbat taralib turardi! Bartimeyus o‘ziga katta muruvvat ko‘rsatgan Rabbimizga qanday minnatdorchilik bildirishni ham bilmasdi! U xuddi yosh boladek quvonchi ichiga sig‘may sakrar va Xudoni ulug‘lar edi. Iso shogirdlari bilan yo‘lga tushganida esa, u ularning ortidan ergashdi. SAVOLLAR 1) Yerixodagi ko‘r odamni kim deb atashardi? 2) Ko‘r odam Isoga kim deb murojaat qildi? U Isodan nimani iltimos qildi? 3) Ko‘zi ochilgach, u nima qildi? 78. Hikoya. ISONING ZAKKAY BILAN UCHRASHUVILuqo bayon etgan Xushxabar, 19-bob, 1-10-oyatlar Yerixoda Zakkay degan soliq yig‘uvchilarning boshlig‘i yashardi. U hammaga taniqli va badavlat odam edi. Uning ish joyi shahar darvozasi yaqinida edi. Shaharga kirmoqchi bo‘lgan savdogarlar har doim mana shu joydan o‘tishardi. – To‘xtanglar! – derdi Zakkay, – soliq to‘lamasdan turib shaharga kirishga hech kimning haqqi yo‘q. Qani ikki kumushdan chiqaringlar-chi, soliq miqdorini Rim hukumati o‘rnatgan. Yo‘lovchilar ich-ichidan norozi bo‘lib pul chiqarishganida, Zakkay xursand bo‘lib ketar edi. Boisi uning boyligi yana bir bor ko‘paygan bo‘lardi-da. Rim hukumatiga, u, kumush tanganing faqat bittasini topshirar, qolganini esa cho‘ntagiga urar edi. Odamlarga doim jilmayib qarasa-da, aslida baxtiyor emas edi, chunki uni hech kim yoqtirmas edi. Aksari odamlar undan nafratlanardi. Odamlar unga shunday munosabatda bo‘lishlariga aslida o‘zi sabachi ekanini Zakkay albatta yaxshi bilardi. Chunki uning o‘zi noto‘g‘ri ish qilardi. Bir kuni bir guruh odam Yerixoga Isoning tashrif buyurishi haqida gapirishayotgan edi. Zakkay buni eshitib qoldi. Iso? – xushyor tortdi Zakkay. “Iso! Men ham Uni bir ko‘rishim kerak, axir Uni hamma taniydi. Uning odamlarni yaxshi ko‘rishini hamma gapiryapti, lekin meni U yaxshi ko‘rmasa kerak, – o‘yladi Zakkay. – Meni hech kim yaxshi ko‘rmaydi. Shunday bo‘lsa-da, Uni bir ko‘rsam degandim. Zakkay qilayotgan ishini xizmatchilariga topshirib, o‘zi esa ko‘chaga chiqdi. Iso mana shu ko‘chadan o‘tishi kerak edi. Afsuski, ko‘cha Isoni ko‘rishga kelgan odamlar bilan to‘lib bo‘lgan edi! Zakkay past bo‘yli bo‘lgani bois, olomon orasida turib, Isoni ko‘ra olmayotgan edi. Nima qilsa ekan-a? Ko‘chada nimalar bo‘layotganini ko‘rish uchun u teparoq joyga chiqib olishi kerak. Shunda yaqin atrofdagi bir daraxtga ko‘zi tushdi. Daraxtga chiqib olish kerak! Soliqchilar boshlig‘i Zakkayning daraxtga qanday tirmashib chiqayotganini ko‘rgan odamlar xiringlashib kulishardi. Biroq Zakkay ularga e’tibor bermas edi. Nima qilib bo‘lsa ham Isoni ko‘rishni xohlardi u. Shu orada Iso o‘n ikki shogirdi bilan ko‘chada paydo bo‘ldi. Uning ortidan katta olomon ham ergashib kelar edi. Zakkay diqqat bilan kuzatar edi. Pastda, daraxtning shundoqqina tagida... Yo‘q! Iso shundoqqina o‘tib ketmadi! U daraxt ostiga kelib to‘xtadi va yuqoriga qarab, Zakkayga dedi: – Zakkay! Tezroq pastga tush, Men bugun sening uyingda mehmon bo‘lishim kerak. “U meni qayerdan biladi? – hayron bo‘ldi Zakkay, – Nima uchun aynan mening uyimda mehmon bo‘lmoqchi?” Hozir uning o‘ylab o‘tirishga vaqti yo‘q edi. Zakkay darrov pastga tushdi-da, Isoni va Uning shogirdlarini uyiga taklif qildi. Uydagilariga darhol dasturxon yoyishni, eng tansiq taomlarni olib kelishni buyurdi. Iso bilan shaxsan tanishganidan Zakkayning boshi osmonga yetdi. Odamlar to‘g‘ri aytgan ekan: Iso undan hazar qilmadi. U hamma odamlarni, hatto Zakkay kabi gunohkorona hayot kechiradiganlarni ham yaxshi ko‘rar edi. Zakkayning yuragida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Iso bilan gaplashar ekan, u gunoh ichida yashab kelganini anglab yetdi va buning uchun tavba qildi. Ziyofat oxirida, u, Isoga yuzlanib dedi: – Hazrat, men mol–mulkimning yarmini kambag‘allarga beraman. Biron kimsaning narsasini nohaq olgan bo‘lsam, to‘rt barobar qilib qaytaraman. Isoning mehmon bo‘lib kelganidan Zakkayning boshi osmonga yetgan edi. Iso bilan uchrashgach, Zakkay yangi hayot kechira boshladi. Endi u Xudoning irodasiga bo‘ysunib ish qilishni istardi. Isoga hamroh bo‘lib Zakkaynikiga kelgan ba’zi odamlar norozi bo‘ldilar: – Iso nima uchun uning uyiga kirdi? Biz bu yulg‘ich bilan hatto gaplashmaymiz ham. Buning ustiga hech kim u bilan bir dasturxon atrofida ham o‘tirmaydi. Lekin Iso deganlari biznikiga kirmasdan, unikiga kirib mehmon bo‘lyapti! – derdi ular nolinib. Isoning yuragini odamlar har doim ham tushunavermas edilar. Mana U Zakkayga shunday dedi: – Bugun xonadoningga najot keldi! Sen endi Xudoning xalqiga qo‘shilding. Men dunyoga senga o‘xshagan gunohkorlarni topish va qutqarish uchun kelganman! SAVOLLAR 1) Zakkay nima ish bilan shug‘ullanar edi? 2) Zakkay Isoga qanday va’da berdi? Uning bunday qaror qabul qilishiga nima sabab bo‘ldi? 3) Iso dunyoga nima uchun kelgan? 79. Hikoya. ISONING QUDDUSGA TANTANALI KIRISHIMatto bayon etgan Xushxabar, 21-bob, 1-11-oyatlar Fisih bayrami yaqinlashib kelar edi. Iso shogirdlari bilan Baytaniyadan chiqib Quddusga yo‘l oldi. Ularni katta olomon kuzatib borar edi. Bunga qadar, Iso Quddusda O‘zini katta azob-uqubatlar kutayotganini bir necha bor aytgan edi. Lekin, ko‘rinishidan bu Iso aytganlarining aksiga, tantanali yurishga o‘xshab ketar edi. Odamlar Rabbimizni shod-xurramlik bilan kutib olar, g‘alaba va ozodlik ramzi hisoblangan palma shoxlarini Uning poyiga to‘shar edilar. Bu shuni anglatardiki, Isoni kutib olishga chiqqan Quddus ahlining ko‘pchiligi Uni xalqning azaliy orzusini amalga oshiradigan Zot sifatida kutib olayotgan edi. Egamizning payg‘ambarlar orqali bergan va’dasiga ko‘ra, kelishi kutilayotgan Xudoning Masihi Yahudoning shohi bo‘lib kelib, ularni rimliklarning qo‘lidan ozod qilishi kerak edi! Nosiralik Iso mana shunday Shohning roliga juda mos kelardi! Iso esa nafaqat olomonning kayfiyatini, balki Muqaddas Bitiklarni ham bilar edi. xususan Xudo Zakariyo payg‘ambar orqali Iso to‘g‘risida: “Kamtarindir shohingiz, U ...xo‘tikni minib kel-yapti” degan edi. Samoviy Otasining irodasini bajo etmoq uchun, Iso shogirdlarini yaqin atrofdagi qishloqqa xo‘tik olib kelgani yubordi. Shogirdlar Uning ko‘rsatmasini bajardilar. Ular xo‘tikni Isoning oldiga olib kelishdi. Xo‘tik ustiga to‘nlarini tashlashdi, va Isoni xo‘tikka mindirishdi. Isoga ergashib kelayotgan olomon shunday deb hayqirardi: – Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin! Falak toqida Unga tasano o‘qilsin! Qadimgi yahudiy tilidagi “Tasanno” so‘zi “Rabbim, bizga najot ber, marhamatingni darig‘ tutma!” degan ma’noni anglatadi. Ayrimlar “Xalelluya”, ya’ni “Xudovandni olqishlang” deb hayqirar edilar. Olomonning ko‘tarinki kayfiyati yo‘lda uchragan hammaga o‘tardi. Barchalari Xudoni ulug‘lab: – Iso, Seni Tangri Taolo bizga yordam berish uchun yuborgan! – deb hayqirardi. Odamlar palma shoxlarini kesib, Isoning yo‘liga to‘shar va ovozlarini baland qilib: – Senga olqishlar bo‘lsin! Sen Xudoning elchisisan! Sen bizning Shohimizsan! Sen bizga tinchlik keltirasan! – derdi. Ayrimlar hatto to‘nlarini yechib, Iso yurishi kerak bo‘lgan chang yo‘lga poyandoz qilishardi. Ularning shohning yo‘liga poyandoz qiladigan gilamlari yo‘q edi, shunday bo‘lsada, ushbu xatti-harakatlari bilan ular Isoning va’da qilingan Najotkor ekanini ko‘rsatishga harakat qilayotgan edilar. Iso ularning shohi bo‘lishi lozim! Shod-xurramlikdan hayqirib borayotgan olomonga yana ko‘pdan- ko‘p yo‘lovchilar qo‘shilib borardi. Qayerga ko‘z tashlamang, har yerda quvonchdan porlayotgan yuzlarni, tabassum, quvnoq hayqiriqlar va bayram zavqini ko‘rish mumkin edi. Biroq xursandchilikka qo‘shilmayotganlar ham bor edi. Xalqning xursandchiligidan avzoi buzilgan ayrim farziylar Isoning oldiga kelib: – Bas qil! Agar xalq Seni shoh deb atayotganini rimliklar eshitsa, O‘zingga muammo bo‘ladi. Axir odamlar nima deyayotganlarini o‘zlari bilmayapti. Ularga ayt jim bo‘lishsin! – deyishdi. Farziylar unga hasad qilishardi, chunki Isoning oddiy xalq orasidagi obro‘si ularnikidan ko‘ra ortib borayotgan edi. Ular yahudiylar orasidagi obro‘-e’tiboridan mahrum bo‘lib qolishdan qo‘rqishardi. – Sizlarga shuni aytay, – javob berdi Iso, – agar bular jim bo‘lsa, toshlar chinqiradi! Ular Xudoni ulug‘layversinlar! Shu bilan birga, bugun Uni baland ovozda madhlab turganlarning ko‘pchiligi, bir necha kun o‘tib Unga xoinlik qilishlari va Uni tark etishlarini Rabbimiz juda yaxshi bilar edi. Ularning sevgisi bir pasda nafratga aylanib, Isoni xochga mixlashgacha boradi. SAVOLLAR 1) Isoning ortidan Quddusga ergashib borgan odamlar Undan nimani umid qilgandilar? 2) Iso Quddusga qanday kirib keldi? 3) Iso uchun qaysi biri muhimroq edi: shoh bo‘lishmi yoki Otasining irodasini bajo keltirishmi (ya’ni xochda azob chekishmi)? Nima uchun? 80. Hikoya. BEVA AYOLNING XAYR - EHSONIMark bayon etgan Xushxabar, 12-bob, 41-44-oyatlar Iso Quddusga kelgach, shogirdlari bilan birga Ma’badning tashqi hovlisiga kirdi. Iso Ma’bad xazinasi qarshisida o‘tirib, ehson qutisiga pul solayotgan odamlarni kuzatib turdi. U boy-badavlat yahudiylarning hammaga ko‘z-ko‘z qilib, qutiga ancha pul tashlaganlarini ko‘rdi. Bu pullar beva ayol uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini Iso bilardi. Shunda U shogirdlarini yoniga chaqirib dedi: – Bu kambag‘al beva ayol xazinaga pul tashlaganlarning hammasidan ham ko‘proq tashladi! Chunki boylarning hammasi ortiqcha pullaridan ehson qildilar, ammo bu ayol o‘zining tirikchilik tashvishlariga qaramasdan, bor-yo‘g‘ini tashladi. Bu hodisa shogirdlar uchun yaxshi saboq bo‘ldi. Xudo odamning qancha miqdorda ehson qilishiga emas, balki qanday yurak bilan ehson qilishiga qaraydi. Iso shogirdlariga xuddi shu narsani ko‘rsatmoqchi edi. Kelajakda Jamoatga g‘amxo‘rlik qilganlarida ham ular xuddi shunday ish tutishlari lozim edi. “Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi: — Sizlarga chinini aytayin, bu kambag‘al beva ayol xazinaga pul tashlaganlarning hammasidan ham ko‘proq tashladi. Chunki boylarning hammasi o‘zlarining ortiqcha pullaridan ehson qildilar. Bu ayol esa kambag‘alligiga qaramasdan, o‘zining bor– yo‘g‘ini, ro‘zg‘origa ishlatiladigan hamma pulini tashladi”. SAVOLLAR 1) Ma’badning tashqi hovlisida nima Iso va Uning shogirlarini e’tiborini tortdi? 2) Nima uchun badavlat odamlarning qilgan katta ehsonlari Isoda katta taassurot uyg‘otmadi? 3) Iso nima sababdan kambag‘al beva ayolni shogirdlariga o‘rnak qilib ko‘rsatdi? 81. Hikoya. ISOGA SUNBUL MOYI QUYGANMark bayon etgan Xushxabar, 14-bob, 3-9-oyatlar Fisih bayramiga olti kun qolganda Iso shogirdlari bilan Baytaniyaga keldi. U har galgidek Marta, Maryam va Lazarning uyida to‘xtadi. Ertasi kun kechki payt ularning hammasi Shimo‘nnikida mehmon bo‘ldilar. Shimo‘n avval moxov kasaliga chalingan bo‘lib, Iso unga shifo bergan edi. Kechki ovqat mahali Marta mehmonlarga xizmat qilardi. Maryam bo‘lsa ganchdan yasalgan idishda toza, qimmatbaho sunbul moyi olib Isoning oldiga keldi. U nozik qilib ishlangan idishning tiqinini ehtiyotkorlik bilan chiqarib, moyni Isoning boshi va oyoqlariga surtdi. So‘ngra sochlarini yoyib, Isoning oyoqlarini artib quritdi. Uy atir moyining xushbo‘y isiga to‘lib ketdi. Bu yerda o‘tirganlarning ba’zilari Maryamni bu ishi uchun koyidilar. Ular qimmatbaho atir moyini shunday uvol bo‘lganiga achinishardi. Isoning shogirdlaridan biri, Unga xiyonat qiladigan Yahudo Ishqariyot dedi: – Bu moyni uch yuz kumush tangaga sotib, kambag‘allarga bo‘lib bersa bo‘lmasmidi?! U kambag‘allarga qayg‘urgani uchun emas, balki o‘g‘ri bo‘lgani uchun shunday dedi. Odamlarning Isoga xayr qilib bergan pullari solingan quti Yahudoda turar, u esa qutidagi puldan o‘g‘irlab olardi. Rabbimiz shogirdlarning e’tiroz bilidirshdan to‘xtatib, qat’iy ohang- da dedi: – U Men uchun savob ish qildi. Kambag‘allar har doim sizlar bilan birga bo‘ladilar. Lekin Men sizlar bilan doimo birga bo‘lmayman. U Mening tanamga xushbo‘y moy surtib, oldindan dafnga tayyorladi. Xushxabar dunyoning qaysi yerida e’lon qilinmasin, bu ayol ham esga olinib, uning qilgan ishi haqida aytiladi. SAVOLLAR 1) Iso Baytaniyada kimning uyida to‘xtadi? Iso u yerga qachon keldi? 2) Maryam Isoga nima qildi? 3) Shogirdlardan qaysi biri Maryamni bu ishi uchun koyidi? 82. Hikoya. ISO SO‘NGGI FISIH BAYRAMINI NISHONLAYDIYuhanno bayon etgan Xushxabar, 13-bob, 1-32-oyatlar Fisih Isroil xalqining eng muhim bayrami hisoblangan. Bu gal Iso uni shogirdlari bilan ni- shonlashni xohladi. U Butrus bilan Yuhannoga dedi: –Quddusga kirishlarin- giz bilanoq, ko‘zada suv ko‘tarib ketayotgan bir odamni uchratasizlar. O‘sha odamga ergashib, u kiradigan uyga kiringlar va xonadon egasidan: “Bizga tayyorlab qo‘yilgan mehmonxona qayerda?”, deb so‘ranglar. Uy egasi sizlarga jixozlangan katta boloxonani ko‘rsatadi. U yerda bayramga hozirlik ko‘ringlar. Shogirdlar hamma narsani Iso aytganiday qilishdi. Kech kirgach, Iso shogirdlari bilan dasturxon atrofiga o‘tirdi. An’anaga ko‘ra ular birinchi hamdu-sanolar aytishdi. So‘ng Iso bayram marosimida hech qachon qilinmagan bir ishga qo‘l urdi. U tog‘orani olib, ichiga suv quydi, shogirdlarining biri oldida tizzalab o‘tirdi, va uning oyog‘ini yuva boshladi. Birining oyog‘ini yuvib bo‘lgach, ikkinchisiga o‘tdi, so‘ng uchinchisiga... Shogirdlarining hayratdan ko‘zlari katta- katta bo‘lib ketdi. Buning ma’nosi nima bo‘ldi ekan? Zodagonlarning uylarida mehmonlarning oyoqlarini yuvadigan xizmatkorlari bo‘lgan. Biroq Iso ularga xizmatkor emasku! Iso ular uchun Ustoz va Xudoning O‘g‘li edi! Shunga qaramay U xizmatkorning ishini qilyapti! Navbat Butrusga kelganida, u qarshilik ko‘rsata boshladi: – Hazrat, mening oyoqlarimni ikki dunyoda ham yuvmaysiz. – Agar oyoqlaringni yuvmasam, Menga qarashli bo‘lmaysan, – dedi Iso. Butrus bir lahza o‘ylanib qoldi. Gap shunchaki oyoqlarni yuvishda emasdi. Isoning bu amali ostida katta ma’no bor edi. Shogirdlarining oyoqlarini yuvib bo‘lgach, Iso yana dasturxon oldiga yonboshladi. So‘ng shogirdlaridan so‘radi: – Hozir nima qilganimni tushundizmi? Shogirdlar churq etmasdi, chunki aslida ular bu ishning ma’nosini tushunmagan edilar. – Men sizlarga o‘rnak ko‘rsatdim, – dedi Iso, – Men sizlarga nima qilgan bo‘lsam, sizlar ham bir-biringizga va boshqalarga shuni qilishingiz kerak. “Xuddi o‘shani qilishimiz kerak?! Xizmatkorga aylanishimiz kerakmi? Iso chindan ham bizdan shuni talab qilyaptimi? – o‘yladi shogirdlar. Iso gapida davom etdi: – Sizlar Meni “Ustoz”, “Hazrat” deb chaqirasizlar va to‘g‘ri qilasizlar, chunki Men xuddi shundayman. Agar Men Hazratingiz va Ustozingiz bo‘la turib oyoqlaringizni yuvgan bo‘lsam, sizlar ham shunday qilishingiz kerak. Qul o‘z xo‘jayinidan yuqori turmas, elchi ham uni yuborgandan ustun emas. Sizlar Mening qullarim va elchilarimsizlar. Shunday ekan, yaqinlaringizga xizmat qilishdan cho‘chimang. Mana endi kechki ovqatni yeydigan payt keldi. Shogirdlar taomni olib keldilar va Isoning duo qilishini kutdilar. Biroq taom uchun ibodat qilishdan avval Iso yana bir daf’a O‘zining o‘limi to‘g‘risida gapirib, shogirdlarini ajablantirdi. – Meni haqorat qiladilar, kaltaklaydilar va qatl etadilar. Biroq uchinchi kun men tirilaman. Isoning oxirgi so‘zlari shogirdlarning ruhini tushurib yubordi, biroq Iso dedi: – Men azob chekmasimdan avval bu Fisih taomini sizlar bilan birga yeyishni juda ham orzu qilgandim. Chunki keyingi Fisih bayramini Men yangi dunyoda, Xudoning Shohligida nishonlayman. Iso nonni oldi, duo o‘qib sindirdi. Nonni shogirdlariga berib: – Olinglar, bu Mening tanamdir. Xuddi shu non sindirilgani kabi Mening tanam ham sizlar uchun fido bo‘ladi. Birgalikda non sindirib yeganingizda Meni xotirlanglar, – dedi. Ovqatlanib bo‘lganlaridan keyin, Iso sharob quyilgan kosani olib, shunday dedi: – Bu Mening sizlar uchun to‘kiladigan qonimdir. Bu – Xudo odamlar bilan tuzadigan yangi ahdning ramzidir. U kosani yonida o‘tirganga uzatdi va hamma shogirdlar undan ichdilar. Ziyofat o‘z yakuniga yetib borardi. Bu galgi Fisih bayrami avvalgilariga mutlaqo o‘xshamasdi. Shogirdlar Iso ularga aytgan gaplarning bir qismini tushungan edilar xolos. Oradan bir oz o‘tibgina, ular Isoning so‘nggi Fisih bayramida aytgan so‘zlarining ma’nosini chaqishdi. SAVOLLAR 1) Quddusda Fisih ziyofatini kim tayyorlashi lozim edi? 2) Iso nima uchun shogidlarining oyoqlarini yuvdi? 3) Iso bu bilan shogirdlariga va barcha izdoshlariga nimani o‘rgatishni xohlagan edi? 4) Rabbimiz O‘z shogirdlariga qanday amr berdi? 83. Hikoya. GETSEMANIYA BOG‘IDALuqo bayon etgan Xushxabar, 22-bob, 39-46-oyatlar Iso o‘n bir shogirdi bilan Quddus shahridan chiqib, Qidron soyligining narigi tomoniga bordi. Shogirdlarning o‘n ikkinchisi Yahudo ular bilan emasdi. Tun qorong‘usida ular odatdagiday Zaytun tog‘iga yo‘l oldilar. Iso ko‘pincha shu yerda Samoviy Otasiga ibodat qilar edi. Tog‘ning yon bag‘rida Getsemaniya deb ataluvchi bog‘ bo‘lib, u yerda zaytun daraxtlari o‘sar edi. Boqqa kiraverishda Iso shogirdlariga: – Sizlar shu yerda turinglar. Men borib ibodat qilib kelaman, – dedi. Butrus, Yoqub va Yuhannoni esa O‘zi bilan birga olib ketdi. Iso uchun bu daqiqalar juda og‘ir edi. U chuqur iztirobga botgan edi. Rabbimiz O‘zini oldinda nimalar kutayotganini bilar edi. Odamzot qilgan gunohlarning barcha og‘irligi Uning yelkasiga tushgan, hamda U og‘ir qiynoqlar va xochdagi o‘limni qarshilamoqda edi. Uning tanasi jismoniy qiynoqdan o‘tishidan avval, Uning ruhi va qalbi chidab bo‘lmas azoblarga duchor bo‘lishi lozim edi. Gunoh nimaligini bilmagan Iso insoniyatning butun gunohlari uchun jazolanmog‘i lozim edi. G‘am-anduhga to‘lgan Iso sevimli shogirdlariga dedi: – Yuragimdagi og‘ir qayg‘u Meni o‘lguday qiynab yubordi. Shu yerda qolinglar–da, ko‘z–quloq bo‘lib turinglar, – dedi. Boshqa har qanday odam singari, Iso uchun ham do‘stlarining yonida turib, Unga dalda berishi zarur edi. Iso ulardan bir oz nari ketib, yana yerga muk tushdi va shunday deb ibodat qildi: – Ota, agar iloji bo‘lsa, bu zaqqum kosa Meni chetlab o‘tsin. Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo kelsin, – deb ibodat qildi. Har qanday inson singari Iso ham oldinda Uni kutayotgan azob va iztiroblardan qochib qutulishni istardi, biroq itoatkor O‘g‘il sifatida U: – Mening emas, Sening irodang bajo kelsin, - dedi. Iso chuqur iztirob ichida jon-jahdi bilan ibodat qildiki. Undan oqqan ter yerga tomayotgan qon tomchilariga o‘xshar edi. Shunda osmondan farishta kelib Unga quvvat berib turdi. Iso ibodatni tugatib, uchala shogirdi yoniga qaytdi. U shogirdlarini “Men bilan birga ibodat qilib turasizlar”, deb olib kelgan edi. Lekin Iso ularni ibodat qilayotgan holda emas, balki uxlab yotgan holda topdi. Shogirdlarini uyg‘otib, Butrusga yuzlandi: «Ey Ota! Qaniydi, bu azob kosasini Mendan uzoqlashtirsang! Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo bo‘lsin. Shu orada osmondan bir farishta Isoga zohir bo‘lib, Unga kuch ato qildi. Iso og‘ir iztirob ichida jon–jahdi bilan ibodat qildi. Undan oqqan ter esa yerga tomayotgan qon tomchilariga o‘xshar edi». – Shimo‘n! Uxlayapsanmi? Bir soatgina ham uyg‘oq o‘tira olmadingmi? Iso bu bilan Shimo‘n Butrus bir vaqtlar O‘zi bilan birga o‘limga borishga va hech qachon Undan tonmaslikka va’da berganini eslatmoqchi edi. Iso yana ikkinchi bor shogirdlaridan O‘zi bilan birga ibodat qilishlarini so‘radi, lekin ikkinchi marta ham ularni uxlab yotgan holda ko‘rdi. Uchinchi daf’a qaytib kelgach, Iso ularga dedi: – Sizlar hali ham beparvo uxlab, rohatlanib yotibsizmi? Mana vaqti- soati keldi, Inson O‘g‘li gunohkorlar qo‘liga tutib berilmoqda. Turinglar, ketaylik! Mana, Menga xiyonat qiluvchi yaqinlashib qoldi. SAVOLLAR 1) Iso Qutlug‘ kechlikdan so‘ng qayerga yo‘l oldi? 2) Iso Getsemaniya bog‘ida nima qildi? U Otasidan nimani iltimos qildi? 3) Iso shogirdlaridan nima qilishlarini so‘radi? 84. Hikoya. XOINLIK VA ISONING HIBSGA OLINISHILuqo bayon etgan Xushxabar, 22-bob, 47-54-oyatlar Bog‘ atrofida bir talay odam to‘plandi. Odamlar qo‘llarida mashalalar bilan qorong‘u tunni yoritishga harakat qilar edilar. Ular xuddi biron bir qaroqchi yoki qotilni qo‘lga olishga kelgandek, qilich-u nayzalar bilan qurollangan edilar. To‘daning aksari bosh ruhoniylar va farziylarning xizmatkorlari bo‘lib, ularga Isoning shogirdlaridan biri bo‘lgan Yahudo boshchilik qilardi. – Kimni qidiryapsizlar? – so‘radi Iso. – Nosiralik Isoni, – deb javob berdi ulardan biri. – O‘sha Menman, – dedi Iso. Yahudo olomon bilan til biriktirib, shunday degandi: – Yanglishib boshqa odamni qo‘lga olmasligingiz uchun, sizlarga belgi sifatida Isoga yaqinlashib, Uni o‘paman. O‘shandan kimni hibsga olish kerakligini bilib olasizlar. Yahudo Isoni o‘pmoqchi bo‘lib, Unga yaqinlashganda, Iso uning o‘ziga eshittirib: – Do‘stim, Menga o‘pich bilan xiyonat qilyapsanmi?! – dedi. Bu so‘zlar Yahudoning yuragiga xanjardek botdi, biroq u baribir Rabbimizni o‘pdi. Shunda bosh ruhoniylarning xizmatkorlari yopirilib Isoni hibsga oldilar. – Nega endi sizlar Meni bu yerda, tun qorong‘usida qo‘lga olish uchun keldingiz. Axir sizlar bilan har kuni Ma’badda birga edim, Menga qo‘l tekkizmadingizlar? – so‘radi Iso. Shunday deya O‘zini bog‘lashlariga yo‘l qo‘yib berdi, hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi. Shogirdlar Ustozlari olib ketilayotganini ko‘rgach, qo‘rquvdan har yoqqa qochib ketdilar. Iso g‘animlari qurshovida Quddusga keltirildi. Bu yerda esa Uni o‘lim kutmoqda edi. SAVOLLAR 1) O‘sha kecha Isodan va shogirdlaridan tashqari Getsemaniya bog‘iga yana kim keldi? 2) Yahudo Isoning oldiga yaqinlashib nima qildi? 3) Hibsga olayotganlarida Iso nima uchun qarshilik ko‘rsatmadi? 85. Hikoya. BUTRUSNING ISODAN TONISHILuqo bayon etgan Xushxabar, 22- bob, 54-62-oyatlar Juma kuni tong vaqti edi. Isoni oliy ruhoniy Kayafasning oldiga olib borishdi. Uning uyida sinedrion (yahudiylarning Oliy Kengashi) a’zolari Isoga hukm chiqarish uchun yig‘ilgan edilar. Butrus olomon ichiga kirib olib, Ustoziga ergashib kelar edi. U bir amallab oliy ruhoniyning hovlisiga kirdi, shu paytda Isoni so‘roq qilishayotgan edilar. Havo sovuq bo‘lgani uchun u yerda turgan xizmatkorlar bilan mirshablar olov yoqib, isinayotgan edilar. Butrus ham ularning oldiga borib, isinib turdi. Shunda bir ayol Butrusdan: – Sen ham Isoning shogirdlaridan birisanku, yoki men adashdimmi? – deb so‘radi. – Ey singlim, men Uni tanimayman – deb, Butrus uni inkor etdi. Shu tariqa Butrus birinchi marta Isodan tondi, garchi yaqindagina hech qachon Undan tonmaslikka ont ichgan bo‘lsa ham. Butrus oliy ruhoniyning hovlisida, olov oldida isinib o‘tirganiga sal kam bir soatcha bo‘lgan edi. U Ustozini qanday so‘roqqa tutishayotganini ko‘rib-eshitib turar edi. U olomon ichida yashirinib, Oliy Kengashning qarorini kutishga qaror qildi. Shu orada xizmatkorlardan biri Butrusga tikilib qaradi–da: – Sen ham U bilan birga eding-ku! – dedi. Lekin Butrus inkor etib: – Iso bilanmi? Uni mutlaqo tanimayman! – dedi! Bu bilan u ikkinchi marta Isodan tondi. Bu orada Oliy Kengash yig‘ilgan xonadan baland tovushlar eshitilardi. Isoni turtishar, haqorat qilib, ayrimlari esa Uni kaltaklashar edi. Shu payt yana kimdir Butrusga dedi: – Haqiqatan ham, sen U bilan birga bo‘lgansan. Shevang aytib turibdi! Butrus Ustoziga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘- layotganini ko‘rib turganidan, Uning taqdiri boshiga tushmasligi uchun shunday dedi: – Men Isoni tanimayman! U gapini tugatmasdanoq, xo‘roz qichqirib tong otganidan darak berdi. Shunda Butrus Rabbimizning Fisih bayramida: “Xo‘roz qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan” degan gapini esladi. Butrus Iso tomonga ko‘z tashlab, Iso ham Butrusga qarab turganini ko‘rdi. Uyat va qayg‘udan Butrusning ich-eti ezilib ketdi. U hovlidan otilib chiqib, achchiq–achchiq yig‘ladi. Ustozining bu nigohi umrining oxirigacha uning ko‘z o‘ngida muhrlanib qolgan edi. SAVOLLAR 1) Butrus Isoning shogirdlaridan biri ekanini kim bilib qoldi? 2) Butrus nima deb javob berdi? Bu necha marta takrorlandi? 3) Butrus nima uchun achchiq-achchiq yig‘ladi? 86. Hikoya. ISO HOKIM PILAT HUZURIDALuqo bayon qilgan xushxabar, 23-bob, 1-25-oyatlar Ertasi kuni ertalab askarlar Isoni Rim imperatorining vakili bo‘lgan hokim Pilat huzuriga olib kelishdi. Isoni qatl etish yoki ozod qilish uning vakolatiga kirar edi. Uning saroyi oldida allaqachon katta olomon yig‘ilgan edi. Pilat odamlarga baland ovoz bilan e’lon qildi: – Men Unda o‘limga loyiq hech qanday ayb ko‘rmayapman. Shunday ekan, Uni bir kaltaklatib, ozod qilaman! – Yo‘q, yo‘q! Uni xochga mixlab qo‘y! – deb hayqirdi olomon. Pilat nima ham qila olardi? Bu odamlar uni Isoni qatl qilishga majbur qilayotgandilar. Ammo Pilat Uning aybsizligiga ishonar edi. Shu payt uning miyasiga bir fikr keldi: “Yahudiylarning Fisih bayramida bittadan mahbusni ozod qiladigan odat bor. Agar ularga Barabbas bilan Isodan birini tanlashni taklif etsam, ehtimol ular Isoni tanlashar». Shu o‘ylar bilan Pilat xalqqa: Kimni ozod qilishimni istaysizlar: Barabbasnimi yoki Isonimi? – deb baqirdi. – Barabbasni, Barabbasni! – deb javob berdi ular. Baqir-chaqirlar saroyning ichki hovlisigacha yetib bordi, u yerda esa rimlik askarlar Isoni mazax qilish bilan vaqtchog‘lik qilishardi. Isoni qattiq kaltaklab bo‘lishgach, askarlar Uni haqorat qila boshladilar. Ular Isoga shohona alvon to‘n kiydirdilar, tikanlardan toj o‘rib, Uning boshiga qo‘ndirdilarda, Uni masharalab baland ovozda dedilar: – Yashavor, ey yahudiylarning Shohi! Isoni qamchi bilan shunday urdilarki, Uning butun tanasi qonga burkanib ketdi. Pilat Isoning miq etmay shuncha azob va haqoratlarga chidaganini ko‘rib, xalqning Unga rahmi kelar deb umid qilgan edi. U Isoni xalqning oldiga olib chiqdi, lekin Unga hech kimning rahmi kelmadi. Olomon: – Uni xochga mixlab qo‘y! Uni xochga mixlab qo‘y – deb yanada battarroq baqirardi. Pilatning hech bir iloji qolmadi. U qo‘l yuvadigan jom olib chiqishlarini buyurdi. So‘ngra xalqqa balan ovoz bilan: – Bu Odamning qoni to‘kilishida mening aybim yo‘q. Menku Uni xochga mixlash uchun buyruq beraveraman. Lekin Uning qoni sizning gardaningizda bo‘ladi! – dedi–da, olomonning ko‘zi oldida suv olib, qo‘llarini chaydi. So‘ng u Barabbasni qo‘yib yuborishga farmon berib, Isoni esa xochga mixlash uchun rim askarlarining qo‘liga topshirdi. SAVOLLAR 1) Pilat Isoni xalqning qo‘lidan qanday qutqarib qolishga umid qilgandi? 2) Xalq nima uchun Barabbasni tanladi? 3) Iso qanday azobli jazoga chidashiga to‘g‘ri keldi? 87. Hikoya. ISONI XOCHGA MIXLASHLuqo bayon etgan Xushxabar, 23-bob, 33-49-oyatlar Rim askarlari Isoni va boshqa yana ikkita jinoyatchini (ular ham xochga mixlab o‘ldirishga hukm qilingan edilar) qamchilar bilan urib haydab kelar edilar. Bir talay olomon ularning orqasidan, rimliklar odatda jinoyatlarni xochga mixlaydigan joyga ergashib kelardi. Bu joy Go‘lgota, ya’ni Boshsuyagi, deb atalardi. Jazoga qo‘shimcha tarzda rimliklar quyidagi chorani qo‘llardi: jinoyatchilarga qirq darra urilgach, ularni o‘z xochlarini yelkalarida ko‘tarib borishga majbur qilardilar. Xuddi shunday, Iso ham og‘ir yog‘och xochni O‘z yelkasida ko‘tarib borishiga to‘g‘ri keldi. Yarim yo‘lga yetganda Iso holdan toydi. Zobitlardan biri Kirineyalik Shimo‘n ismli odamga Isoning xochini ko‘tarib borishni buyurdi. Olomon orasida ayollar ham bor edi. Ayollar ko‘ksiga urib, Iso uchun faryod qilardilar. Manzilga yetib kelgach, askarlar o‘zlarining shafqatsiz vazifalarini bajarishga kirishdilar va Isoni yerda yotgan xochga mixladilar. So‘ng chuqur qazib, xochni chuqurga o‘rnatdilar. Qolgan ikkala mahbus bilan ham xuddi shunday qildilar. Birisini Isoning o‘ng tomonida, ikkinchisini esa Isoning chap tomonida xochga mixladilar. Xochga mixlanadigan joyga Isoning yaqin do‘stlaridan bir nechta erkak va ayollar ham kuzatib borgan edilar. Ayollar achchiq-achchiq yig‘lashar, sal nariroqda esa boshqa odamlar Isoni masxara qilishardi: – Agar Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, qani xochdan tushib o‘zingni qutqar-chi. Shunda Senga ishonamiz! Xochga mixlangan qaroqchilardan biri ham Isoni haqorat qilardi, boshqasi esa aksincha, uni to‘xtatishga urinar edi: – Bas qil! Biz qilmishimizga yarasha adolatli jazo oldik. U esa hech qanday yomonlik qilgani yo‘q. So‘ng o‘sha qaroqchi Isoga yuzlanib dedi: – Ey Iso, Shohligingga kirganingda meni ham esla! Iso javob berdi: – Senga va’da beraman, shu bugunoq sen Men bilan birga jannatda bo‘lasan. Shu payt birdan hamma yoq qop-qorong‘i zimistonga aylandi. Yer silkina boshladi. Isoning tanasi duchor bo‘lgan og‘riqlarni tasavvur qilib bo‘lmasdi, biroq U boshidan o‘tkazayotgan qalb azobi (ruhiy azob) bundan-da og‘ir edi. Chunki butun dunyoning gunohi Uning gardanida edi. Bir necha soatlik, til bilan ifoda qilib bo‘lmaydigan azoblardan keyin, Iso yolg‘izlik iztirobida faryod urdi: – Xudoyim! Xudoyim! Nega Meni tark etding? Iso Samoviy Otaning insonlar qilgan barcha gunohlar uchun mo‘ljallangan qahru-g‘azabini O‘zida his etdi. Bu g‘azabga hech bir gunohkor inson bardosh berolmas edi. Ham Xudo va hamda Inson bo‘lgan Masihgina bunga bardosh bera oldi. Zulmat ortga chekindi va Isoning so‘ngi so‘zlari eshitildi: – Amalga oshdi! Ota! Ruhimni Sening qo‘llaringga topshiryapman. U shunday dedi–da, jon berdi. O‘sha kuni kechasi Arimateyalik Yusuf Pilat huzuriga borib, Isoning jasadini xochdan yechib olishga va yahudiylarning odati bo‘yicha dafn etishga ruxsat so‘radi. Yusuf badavlat va zodagon odam bo‘lib, Isoga imon keltirgan edi, biroq odamlardan qo‘rqqani bois buni yashirardi. Pilat ruxsat bergach, Yusuf Nikodim yordamida Isoni xochdan tushirdi. Nikodim Rabbimizning oldiga bir kun kechasi kelgan va yashirincha Uning izdoshiga aylangan edi. U yahudiylarning dafn marosimida ishlatiladigan barcha narsalarni: kafanlash uchun zig‘ir mato, jasadga surtish uchun xushbo‘y moylar va atirlar olib kelgan edi. Isoning jasadini kafan bilan o‘rab, moy surtishdi. So‘ng uni qoyada o‘yilgan yangi qabrga olib borishdi. Bu qabr Iso xochga mixlangan joy yaqinida edi. Qabr og‘ziga katta bir toshni yumalatib keltirib qo‘yishdi-da, uylariga qaytishdi. Ertasi kuni bosh ruhoniylar va farziylar Isoning: “Uch kundan keyin qayta tirilaman”, degan so‘zlarini eslashib, Pilatning huzuriga borishdi va undan qabrni qo‘riqlash uchun askarlar berishini so‘rashdi. Ular Isoning shogirdlari jasadni o‘g‘irlab odamlarga: “U qayta tirildi”, deb aytishidan qo‘rqar edi. Pilat qabrni qo‘riqlash uchun askarlar ajratib berdi. Bundan tashqari qabrga hech kim kirolmasligi uchun, uning og‘zini muhrlatib ham qo‘ydi. Boshliqlar Isoning jonsiz tanasini o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘riqlashardi, chunki U sabab ko‘ngilsizliklar kelib chiqishidan qo‘rqishardi. SAVOLLAR 1) Isoni xochga mixlash uchun qayerga olib orishdi? Kim Uning xochini ko‘tarib borishda yordam berdi? 2) Nega Isoning o‘limi biz uchun muhim? 3) Arimateyalik Yusuf Isoni yaxshi ko‘rishini qanday isbotladi? U nima qildi? 4) Sinedrion a’zolari Rabbimizning o‘limidan keyin nima uchun bu qadar bezovta bo‘lishdi? 88. Hikoya. ISONING QAYTA TIRILISHIМатто баён этган Хушхабар, 28-боб, 1-8-оятлар G‘ira-shira tong ot- ganda bir nechta ayol – ikkala Maryam va Salomiya Quddusning tor ko‘chalaridan g‘amga botib ketib borardilar. Nima uchun ularning yuzlari shunchalik g‘amgin? Chunki dahshatli fojea yuz bergandi: ularni jahannamdan saqlab qolgan Iso endi yo‘q edi! Ular Isoning so‘zlarini boshqa eshitolmaydilar, avvalgidek Unga xizmat ham qilolmaydilar. Endi bo‘lsa ular Ustozlarining xurmatlarini so‘nggi bor o‘rniga qo‘yish – Uning jonsiz jasadiga xushbo‘y moy surtish istagida edilar. Ayollar qabr og‘zidagi ulkan toshni qanday olamiz deb, yo‘l bo‘yi tashvish tortib keldilar. Nihoyat shu o‘ylar bilan qabr joylashgan bog‘ga yetib keldilar. Lekin bu nimasi? Qabr toshi allaqachon surib qo‘yilgan, g‘or esa ochiq edi. Ayollar yaqinroq kelishdi. Atrofda hech kim yo‘q edi. G‘or ichiga ko‘z yugurtirgach, ehtiyotkorlik bilan ichkariga kirdilar. Isoning jasadi qo‘yilgan toshning usti bo‘m-bo‘sh edi! Unga nima qildi ekan-a? Nahot Isoning jasadini o‘g‘irlab ketishgan bo‘lsa? Bu vaqtga kelib, Iso qayta tirilganini ular bilmas edilar. Shuning uchun Uning tanasi qabrda yo‘q edi. Erta tongda buyuk mo‘’jiza ro‘y bergan, Rabbimiz Iso Masih tirilgan edi! Osmondan yashinday porloq farishta tushib keldi va qabr og‘zidagi toshni ag‘darib yubordi, toki istalgan odam kelib ko‘rsin, Isoning bu yerda yo‘qligiga amin bo‘lsin. Qabrni qo‘riqlab turgan soqchilar qo‘rqqanlaridan har tomonga qochib ketishdi. Biroq ayollar bundan bexabar edilar. Ular ko‘rgan yagona narsa – bo‘m-bo‘sh qabr edi. Magdalalik Maryam buni ko‘rgach juda xafa bo‘lib ketdi. U bilan birga kelgan yollar nima qilishni bilmay turarkanlar, Maryam bu yangilikdan Butrus bilan Yuhannoni xabardor qilish uchun shaharga yugurdi. Birdan ularga kiyimlari qorday oppoq farishta zohir bo‘ldi. Farishta ularga ajoyib xushxabarni yetkazdi: – Sizlar qo‘rqmanglar! Iso tirildi! Shaharga borib, shogirdlarga Isoning tirilganini aytinglar! SAVOLLAR 1) Yakshanba kuni qanday buyuk mo‘’jiza ro‘y berdi? 2) O‘sha tongda ayollar qayerga va qanday maqsad bilan otlanishgandi? 3) Qabrni qo‘riqlab turgan askarlar farishtani ko‘rgach nima qilishdi? 4) Farishta ayollarga nima dedi? 89. Hikoya. BUTRUS VA YUHANNO QABR OLDIDAYuhanno bayon etgan Xushxabar, 20-bob, 1-10-oyatlar Shaharga qaytib kelgach, Mag- dalalik Maryam Isoning shogirdlari Butrus va Yuhannoni izlab topdi. – Hazratimizning jasadini qabr- dan olib ketishibdi. Uni qayerga qo‘yishganini bilmaymiz, – dedi Maryam. Isoning qayta tirilgani va endilikda hayotligini u hayoliga ham keltirmasdi! Bu yangilikdan Butrus va Yuhanno albatta hayratga tushishdi. Ular darhol qabr tomon shoshildilar. Yuhanno tez yugurar edi, shuning uchun u Arimateyalik Yusufning bog‘iga Butrusdan oldin yetib bordi. Qarasa, qabr toshi chindan ham joyidan siljitilgan, qabrning og‘zi ochiq ekan. U engashib ichkariga qaradi, lekin qabrning ichiga kirmadi. Qiziq! Jasad yo‘q, kafan esa bir tekis qilib taxlab qo‘yilgan edi. Yuhanno g‘or og‘zida qoldi. Shu payt Butrus yetib kelib, qabrga kirdi va u ham xuddi o‘sha manzaraga guvoh bo‘ldi – Isoning jasadi o‘ralgan kafan batartib taxlangan, ro‘mol esa alohida joyga qo‘yilgan edi. Agar Magdalalik Maryam taxmin qilganidek, jasad chindan ham o‘g‘irlangan bo‘lsa, unda o‘g‘rilar kafan bilan qabrni bunday tartibga solib chiqib ketishmasdi! Yuhanno Butrusning ortidan qabrga kirdi. Birdan miyasiga shu fikr keldi – Iso tirik! Shuning uchun ham qabr bo‘sh! Shunda Butrus bilan Yuhanno shaharga qaytib, u yerda Isoning boshqa shogirdlarini va ayollarni topishdi. Ular ham Isoning tirikligini va Uni ko‘rganlarini tasdiqladilar! Isoning xochga mixlashganida, qayg‘urib ko‘z yoshi to‘kkan shogirdlarning aksariyati bu quvonchli xabarga ishonishmadi. SAVOLLAR 1) Magdalalik Maryam Butrus va Yuhannoga qanday xabar olib kelishdi? 2) Butrus va Yuhanno qabrda nimani ko‘rishdi? 3) Yuhanno bo‘sh qabrni ko‘rgach, nimaga ishonch hosil qildi? 90. Hikoya. ISO EMMAUS YO‘LIDA SHOGIRDLARIGA KO‘RINADILuqo bayon etgan Xushxabar, 24-bob, 13-35-oyatlar Isoning shogirdlaridan ikkitasi ruhi tushgan va g‘amgin holda Quddusdan Emmaus degan qishloqqa ketayotgan edi. Yo‘l bo‘yi ular o‘zaro suhbatlashib, oxirgi kunlarda ro‘y bergan voqealarni muhokama qilib borar edilar. Ular Isoning buyuk rahnamo bo‘lib, xalqni ozod qilishiga umid qilgan va shu sabab Unga ergashgan edilar. Uni esa qatl etishdi. ... Biroq shaharda Uning tirilgani haqida mish-mishlar tarqalgan. Bu xabardan ularning boshi qotgan edi. Shogirdlar o‘zaro gaplashib ketar ekan, qandaydir Yo‘lovchi ularga hamroh bo‘ldi. Bu Iso edi. Iso ma’lum vaqt ular bilan jim yurib bordi, keyin esa so‘radi: – Yo‘l bo‘yi nima haqida tortishib borayapsiz? Nimaga xomush ko‘rinasizlar? – Shu kunlarda Quddusda yuz bergan voqealardan nahot bexabar bo‘lsang? – dedi ulardan biri. So‘ng shogirdlar bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib berishdi. Gaplarini tugatib bo‘lgach, oraga yana sukunat cho‘kdi. Iso ularni oxirigacha tinglab, nihoyat O‘zi so‘z ochdi: – Nahotki Muqaddas Bitiklarda yozilganlarni tushunish sizlar uchun shunchalik qiyin bo‘lsa?! Aks holda bularning hammasi yuz berishi kerakligini anglagan bo‘lardingiz. Xudoning O‘g‘li Iso Masih odamlarning gunohi uchun azob chekishi va o‘lishi, shundan so‘ng tirilishi va ulug‘lanishi lozim edi. Keyin Iso ularga Musodan tortib Payg‘ambarlar bitiklarida O‘zi haqida yozilgan so‘zlarning hammasini tushuntirib berdi. Ular ushbu parchalarning ko‘pchiligi bilan tanish bo‘lsalar-da, ularning ba’zilarini noto‘g‘ri tushunishgan, ba’zilariga ishonishmagan, ba’zilarini esa shunchaki unutishgan edi. Endi bo‘lsa ularning ko‘zlari ochildi. Rostdan ham Muqaddas Kitobda aytilgan bashoratlarning barchasi bajo bo‘lgan edi! Ularning Ustozi va Rabbi bo‘lgan Iso odamlarni Rim imperatorining hukmronligidan emas, aksincha gunohning hukmronligidan qutqarish uchun O‘z jonini fido qilgan edi. Shuningdek Uning o‘limi va qayta tirilishi tasodif emas, balki azaldan Xudo tomonidan rejalashtirilgan edi. Qanday qilib ular buni avvalroq tushunmagan ekanlar-a? Notanish Yo‘lovchini tinglagani sayin shogirdlarning qayg‘usi tarqab borar edi. Lekin ular hali hamon o‘zlariga Kim hamroh bo‘lib kelayotganini payqamasdilar. Shu orada shogirdlar Emmaus qishlog‘iga yetib qolishdi va Yo‘lovchini kechki ovqatga va birga tunab qolishga taklif etishdi. Yo‘lovchi rozi bo‘ldi. Dasturxon tuzalgach, U nonni olib shukrona duosini o‘qidi va nonni sindirib, ularga berdi. – Qiziq, Iso ham oramizda bo‘lganida doim shunday qilar edi, – ikkalasi ham hayolidan o‘tkazishdi. Shunda ularning ko‘zlari ochildi: qarshilarida Iso o‘tirar edi! Avvaliga shogirdlar Uni tanimagan edilar, endi esa shak-shubhaga o‘rin qolmadi, bu – aniq Iso edi! Shu onda Iso ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Qanday qilib ular Isoni avvalroq tanishmadi ekan! Axir Iso ularga Muqaddas bitiklarni tushuntirayotganda, ularning yuraklariga iliqlik yugurmaganmidi? Garchi Iso ularning yonida bo‘lmasa-da, ikkala do‘st boshqa g‘amgin emasdilar. Iso tirik! Ular qattiq quvonganlaridan, o‘sha kuniyoq Quddusga qaytib, bu haqda qolgan shogirdlarga aytib berishga qaror qildilar. Quddusda shogirdlar yig‘ilgan uyga kirib, ular bilan quvonchli xabarni bo‘lishdilar. SAVOLLAR 1) Emmaus yo‘lida nechta shogird borayotgan edi? Ular nimadan chuqur qayg‘uda edilar? 2) Ular yo‘lda Kimni uchratishdi? 3) Ular Isoni qanday tanib qoldilar? 91. Hikoya. ISO BILAN TO‘MAYuhanno bayon etgan Xushxabar, 20-bob, 24-29-oyatlar Iso shogidlariga zohir bo‘lib, yaralarini ko‘rsatgan kuni, Uning yaqin shogirdlaridan biri To‘ma o‘sha yerda yo‘q edi. Ertasi kuni do‘stlari unga bo‘lgan voqeani to‘lqinlanib aytib berishganda, To‘ma boshini chayqashdan nariga o‘tmadi. – Men Uning qo‘llaridagi mix chandiqlarini ko‘rmagunimcha, Uning mix chandiqlariga o‘z barmog‘imni tekkizmagunimcha, qo‘limni Uning biqiniga qo‘yib ko‘rmagunimcha ishonmayman, - dedi u. Bechora To‘ma! Biz uni “Ishonchi sust To‘ma” deb ataymiz, chunki u Isoni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, mix chandiqlariga qo‘llarini qo‘ymaguncha ishonmasligini aytgan edi-da. Uning ishonishi uchun rad etib bo‘lmaydigan dalillar kerak edi. Oradan bir hafta o‘tdi. Shogirdlar yana birga to‘planishdi. Xuddi avvalgiga o‘xshab, Iso yana birdan oralarida paydo bo‘lib: – Sizlarga tinchlik bo‘lsin! – dedi! Keyin To‘maga qarab, qo‘lini uzatdi-da: – Mana Mening chandiqlarim. Qo‘lingni uzatib, biqinimga tegib ko‘r. Ikkilanishni bas qil, Xudoga ishon! – dedi. To‘ma o‘zining ikkilanganidan va avval aytgan so‘zlaridan uyalib ketdi. Yuragi qayta tirilgan Najotkori – Isoga bo‘lgan sevgi bilan to‘lib, Uning poyiga tiz cho‘kdi va qaltiroq ovoz bilan: – Yo Rabbim, Xudoyim! – deb xitob qildi! SAVOLLAR 1) To‘maning ikkilanishi qanday namoyon bo‘ldi? 2) Nima uchun uni “Ishonchi sust To‘ma” deb atashadi? 3) Iso To‘maga tanbeh berdimi? 92. Hikoya. ISONING OSMONGA KO‘TARILISHILuqo bayon etgan Xushxabar, 24-bob, 44-53; Havoriylar kitobi, 1-bob, 9-11-oyatlar Najokorimiz va Rab- bimiz Iso qayta tirilib O‘z shogirdlari bilan uchrashib suhbat qurgan davrlar qan- day ajoyib edi. Afsuski bu kunlar uzoq davom etishining iloji yo‘q edi. Iso osmonga, Otasining huzuriga qaytishi lozim edi. Zaytun tog‘i xilvat joy bo‘lgani bois, Iso do‘stlarini o‘sha yerga olib keldi. Shogirdlar g‘amgin edilar. Ular Iso yaqinda ularini tark etishini bilar edilar. Fisih bayrami o‘tganiga qirq kun bo‘lgan edi. – Qayg‘urmanglar, – dedi Iso, – garchi Otamning oldiga borayotgan bo‘lsam-da, sizlar bilan birgaman. Hatto Men haqimdagi Xushxabarni dunyoning chekkalarigacha yetkazganingizda ham, Men Muqaddas Ruh oraqali sizlar bilan o‘sha yerda bo‘laman. Axir osmonga ko‘tarilganimdan keyin, sizlarga Yupatuvchini yuboraman, deb ko‘p marta aytgan edim- ku. Shogirdlar unga hayron qolgan nazar bilan qarab turardilar. Iso davom ettirdi: – Yahyo odamlarni suvga cho‘mdirgan. Odamlar suvga cho‘mish orqali o‘zlarining yangi hayotda yashash istaklari borligini bildirishgan. Muqaddas Ruhning faoliyati ham shunga o‘xshash. U sizlarni yangi insonga aylantirib, Xushxabarni yoyishingiz uchun sizlarga kudrat beradi. Men O‘zim sizlarga Muqaddas Ruh orqali hamroh bo‘laman. Muqaddas Ruhning amal qilishi orqali sizlar Men bilan aloqada bo‘lasizlar, Meni tushuna olasizlar va Meni chindan seva olasizlar. Sizlar Xudodan kuch olib, Quddusda, Yahudiyada, Samariyada, yer yuzining hamma burchaklarida Mening shohidlarim bo‘lasizlar. So‘ng Iso qo‘llarini ko‘tarib shogirdlarini duo qildi va birdan yerdan uzoqlasha boshladi. Iso tobora uzoqlashib borarib, bulutlar ichida shogirdlari ko‘zidan g‘oyib bo‘ldi. Bunday ayrilish shogirdlar uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi. Kim ham, Isoning O‘z Otasi oldiga mana shu tariqa, hammaning ko‘zi oldida osmonga ko‘tarilib qaytadi, deb o‘ylabdi deysiz! Endi U Otasi bilan o‘zga dunyoda, ko‘zga ko‘rinmas olamda. Shogirdlar Isoning ketidan osmonga qaraganlaricha turib qoldilar. Ular endi nima qilishadi? Shu payt birdan oq kiyim kiygan ikki odam ularning oldida paydo bo‘ldi. Bular Xudoning farishtalari edi. Ular Isoning hali yana qaytib kelishi haqida shogirdlarga bildirishdi. Faqat bu safar Iso chaqaloq bo‘lib emas, balki kuch-qudrat egasi bo‘lib qaytib keladi. Ikkinchi marta qaytib kelganida, U, Oliy Hakam va Shahanshoh sifatida keladi. Ungacha esa Iso imonlilarning yuraklarida yashaydi hamda osmonda hukmronlik qiladi. Shogirdlar Isoning so‘nggi so‘zlarini yodda saqlab qolishdi va Quddusga xursand bo‘lib qaytib ketishdi. SAVOLLAR 1) Iso shogirdlari bilan qanday xayrlashdi? Iso ularga nima dedi? 2) Rabbimiz ularni qanday tark etdi? 3) Farishtalar shogirdlarga nima deyishdi? 93. Hikoya. MUQADDAS RUHNING TUSHISHIHavoriylar kitobi, 2-bob, 1-41-oyatlar Ma’bad oldidagi may-donda son-sanoqsiz odamlar to‘planib turar edi. Bu kun yahudiylarning Hosil bayramiga to‘g‘ri kelgani uchun Quddusga juda ko‘p ziyoratchilar yig‘ilishgan edi. Ushbu bayram Fisihdan ellik kun o‘tib nishonlangan. Iso shogirdlarining hammasi bitta joyda yig‘ilib turishgan edi. Ular ibodat qilib, o‘zaro suhbatlashib o‘tirishganida, birdan osmondan shiddatli shamol esganga o‘xshash ovoz keldi. Ovoz tobora kuchayib, ular o‘tirgan uyning ichini to‘ldirdi. Shu onda til shaklidagi alanga uchqunlari ko‘rindi. O‘sha alanga tarqalib, har birining ustiga qo‘ndi. Aslida bu haqiqiy alanga emas, balki Muqaddas Ruhning alomati edi. Bu hodisaning xususiyatli tomoni - shu tobda sodir bo‘lgan vahiyda emas, balki odamlarning yuragida ro‘y bergan o‘zgarishda edi. O‘sha zahotiyoq ular quvonchga to‘lib, baland ovozda Xudoni ulug‘lay boshladilar. Ular Isoning O‘zini ko‘rmasalar-da, Uning huzurini his qilar, Uning o‘zlariga aytgan hamma so‘zlari va ko‘rsatgan amallari yodlariga tushib, Xudoni ulug‘lar edilar. Havoriylar ta’riflab bo‘lmas hayajon bilan Xudoga minnatdorchilib bildirishar, buni esa uzluksiz ibodat, shod- xurramlik va hamdu-sanolar ko‘rinishida ifodalashar edilar. Shu payt ular Xudoni ham o‘z ona tillarida, hamda o‘zlariga mutlaqo yot bo‘lgan boshqa tillar va shevalarda ulug‘layotganlarini sezib qolishdi. Shunisi e’tiborliki, bu tillarni nafaqat havoriylar, balki boshqa shahar va hatto boshqa mamlakatlardan kelgan odamlar ham tushunishardi. Rimliklar – lotin tilidagi, yunonlar – yunon tilidagi, forslar – fors tilidagi, arablar – arab tilidagi, afrikaliklar – afrika tilidagi so‘zlarni eshitishardi. Ba’zilar buni mo‘’jiza alomati deb bilib, vahimaga tushgan bo‘lsa, boshqalar: – Iye, ular ichib mast bo‘lib qolibdilar–ku, – deb mashara qilishardi. Shu vaqt havoriylardan biri Butrus o‘rnidan turib balandroq joyga chiqdi va gapirmoqchi ekanini ko‘rsatib, qo‘li bilan ishora qildi. – Ey yahudiy birodarlar, va uzoqdan kelganlar! Gapimga quloq solib, shuni uqib olinglar! – deya u va’z qila boshladi. – Bu odamlarni sizlar mast deb o‘ylayapsizlar, ammo unday emas. Axir, soat endigina ertalabki to‘qqiz bo‘ldi-ku! Aksincha, Yo‘el payg‘ambarning bashorat qilib aytganlari bajo bo‘lmoqda: u insonlar ustiga Muqaddas Ruhning tushishi haqida bashorat qilgan edi. Mana bir necha haftaki, Muqaddas Bitiklarda bashorat qilingan juda ko‘p narsalar ro‘yobga chiqmoqda. Bugun siz guvoh bo‘lgan voqea ham Muqaddas Ruhning kelishidan boshqa narsa emas. Nosiralik Iso bilan sodir bo‘lgan barcha hodisalar ham qadimgi payg‘ambarlar tomonidan bashorat qilingan edi. U Xudoning O‘g‘li ekanini ko‘p mo‘’jizalar orqali tasdiqlab berdi. Shunga qaramay, sizlar rimliklarning qo‘li bilan Uni xochga mixlatib o‘ldirdingizlar. Ammo Xudo Uni tiriltirdi. Biz bunga ishondik, chunki o‘zimiz ham buning guvohi bo‘ldik. Biz Uni qatl qilinganidan keyin o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rdik va aminmizki, U tirik. Biz shuningdek Uning osmonga ko‘tarilganini ham ko‘rdik. Mana endi U bizga Muqaddas Ruhni yubordi. Hamma aniq bilib qo‘ysin: Iso Masihni Xudo jamiki borliq ustidan hukmdor qildi! Bu yerda hozir bo‘lib turganlarning ko‘pisi Xudoning O‘zi Butrus orqali ularga so‘zlayotganini payqab turardilar. Havoriyning gapirayotganlari haqiqat ekaniga ularda shubha qolmadi. – Endi biz nima qilaylik? – deb so‘radi odamlar. – Tavba qilinglar, har biringiz Iso Masihning nomi bilan suvga cho‘minglar, toki gunohlaringiz kechirilsin, – dedi u xalqqa javoban. – Shunda sizlar Muqaddas Ruhni in’om qilib olasizlar. Chunki payg‘ambarlarning aytganlari sizlarga ham taalluqlidir. Butrusning va’zini minglab odamlar tinglashdi, va o‘sha kuni uch mingta odam suvga cho‘mib, Isoga imon keltirdilar. Ularning hammasi Iso Masih haqida Xushxabarni katta quvonch bilan qabul qilishdi. Shunday qilib, Hosil bayramida, ya’ni Muqaddas Ruh osmondan tushgan kunda, ilk Jamoatga asos solindi. «Hosil bayrami kuni kelganda, hamma imonlilar bir joyda yig‘ildilar. Birdan osmondan shiddatli shamol esganga o‘xshash ovoz kelib, ular o‘tirgan uyning ichini to‘ldirdi. Ular til shaklidagi alangani ko‘rdilar. O‘sha alanga yoyilib, har birining ustiga tushdi. Shunda hammalari Muqaddas Ruhga to‘ldilar, Muqaddas Ruh bergan qobiliyatga ko‘ra, ular boshqa tillarda gapira boshladilar». SAVOLLAR 1) Havoriylarning Muqaddas Ruhni qabul qilganlarining yorqin dalili nima edi? 2) Butrus o‘z va’zida nima haqida gapirdi? 3) O‘sha kun qancha odam suvga cho‘mdirildi? Ular nima uchun bunday qilishdi? 4) Qaysi bayram Jamoatga asos solingan kun hisoblanadi? 94. Hikoya. STEFANNI TOSHBO‘RON QILISHHavoriylar kitobi, 6-7-boblar Quddusdagi Jamoat kengayib borardi. Jamoatga qo‘shilgan imonlilarning soni bir necha mingdan oshib ketdi. Havoriylar ko‘pincha muhtojlarga g‘am- xo‘rlik ko‘rsatishiga to‘g‘ri kelar, bu ish esa ko‘p vaqtni talab qilardi. Shuninig uchun ular bir to‘xtamga kelib, oralaridan yetti kishini maxsus xizmat uchun saylab oldilar. Bu xizmatchilar kambag‘allarga g‘amxo‘rlik qilishdan tashqari, xushxabarni va’z qilish bilan ham shug‘ullanardi. Stefan mana shunday xizmatchilarning biri edi. Muqaddas Ruh qudratida u ko‘plab odamlarni tavbaga olib kelar, Iso Masih nomi bilan mo‘’jizalar yaratar, bu bilan esa ayrim yahudiylarning nafratini qo‘zg‘ar edi. Natijada Stefanni sinedrion, ya’ni o‘sha paytdagi yahudiylarning Oliy Kengashi oldiga keltirishdi va undan javob berishni talab etishdi. Stefanning o‘z himoyasi uchun so‘zlagan nutqi ko‘proq Iso haqidagi Xushxabar va’z qilishga o‘xshar edi. Avvaliga kengash a’zolari uning so‘zlarida qoralashga loyiq hech narsa topishmadi, negaki Stefan Xudoning O‘z xalqi Isroilga bo‘lgan munosabati haqidagi barchaga ma’lum bo‘lgan tarixiy dalillarni gapirib berar edi. Biroq sal o‘tib Stefan ularni fosh qila boshladi: – Ey ensasi qotganlar! Yuragi va quloqlari sunnat bo‘lmaganlar! Otalaringiz kabi sizlar ham doimo Muqaddas Ruhga qarshi turasizlar, ular kabi sizlar ham Iso Masihni qabul qilmadingizlar. So‘ng Stefan osmonga tikilib dedi: – Mana, men osmonning ochilib ketganini va Xudoning o‘ng tomonida turgan Inson O‘g‘lini ko‘ryapman. Bu so‘zlardan keyin sinedrion a’zolari g‘azabdan o‘zlarini ortiq tutib tura olmadilar. Hammalari o‘rnilaridan turib Stefanga tashlandilar, uni shahar tashqarisiga sudrab chiqib, toshbo‘ron qildilar. Qattiq yaralangan Stefan ibodat qilib: – Yo Rabbim Iso, ruhimni qabul qilgin! – dedi. Toshlar zarbidan u tizzalab yiqildi va ovozi boricha: Ammo Muqaddas Ruhga to‘lgan Stefan osmonga tikilib, Xudoning ulug‘vorligini ko‘rdi. Iso Xudoning o‘ng tomonida turar edi. Qaranglar! — dedi Stefan. — Men osmon ochilganini ko‘ryapman. Inson O‘g‘li Xudoning O‘ng tomonida turibdi!”. Ular esa qo‘llari bilan quloqlarini berkitib oldilar, so‘ng birdaniga ammalari ovozlari boricha baqirib, Stefanga tashlandilar. Ular Stefanni shahar tashqarisiga olib chiqdilar va toshbo‘ron qildilar Stefan: “Ey Rabbim Iso, ruhimni ol!” deb ibodat qildi. So‘ngra u tiz cho‘kib, ovozi boricha: “Ey Rabbim Iso! Bu gunohni ularga yuklamagin!” deb baqirib, jon berdi. Farishta menga shunday dedi: “Bu so‘zlar ishonchli va to‘g‘ridir. Payg‘ambarlarni ruhlantirgan Egamiz Xudo O‘z qullari oldiga farishtasini yubordi. Toki farishta yaqin orada yuz berishi muqarrar bo‘lgan voqealarni ularga bildirsin.” “Men tezda kelaman! Bu kitobning bashorat so‘zlariga amal qilganlar baxtlidir!”… Solihlar esa to‘g‘ri ish qilishdan to‘xtamasin, muqaddas odamlar o‘zini muqaddas saqlasin.” Masih shunday demoqda: “Men tez kelaman, mukofotim O‘zim bilan. Har kimga qilmishiga yarashasini beraman. – Yo Rabbiy, bu gunohni ularga qo‘yma! – deb baqirib, jon berdi. Iso ham xochda huddi shunday ibodat qilgan edi. Stefan ham Isodan o‘rnak olib, joni uzilayotganida ham dushmanlari uchun ibodat qilishga ulgurdi. Stefan Isoning izdoshlari orasida Rabbimiz va Najotkorimizga bo‘lgan imoni tufayli shahid ketganlarning eng birinchisi bo‘ldi. SAVOLLAR 1) Havoriylarning eng muhim bo‘lgan qaysi xizmatga vaqtlari yetishmas edi? 2) Havoriylar bu muammoni qanday hal qildilar? 3) Stefan kim edi? Qanday qilib u yahudiylarning g‘azabini keltirdi? 4) Stefanni toshbo‘ron qilganlarida, u nima haqda ibodat qildi? 95. Hikoya. SHOULNING IMONGA KELISHIHavoriylar kitobi, 9-bob, 1-30-oyatlar Stefanni toshbo‘ron qi- lishayotganida bir odam ayniqsa o‘zida yo‘q xursand bo‘lgan edi. Uning ismi Shoul bo‘lib, u masihiylarni ko‘p quvg‘in qilgan yosh tafsirchi edi. U masihiylar jamoatida muhim rol o‘ynagan Stefanning qatl etilishidan mamnun ekanini yashirmasdi. Stefanning o‘limidan keyin imonlilarga qarshi quvg‘in keskinlashdi. Shoul bu quvg‘inda faol ishtirok etar, bu bilan u Xudoga xizmat qilyapman deb o‘ylar edi. Bir kuni Shoul masihiylarning aksari qismi yashayotgan Damashq shahriga yo‘l oldi. U masihiylarni hisbga olib, Quddusga keltirish va ularni jinoyatchilar kabi zindonband qilish istagida edi. Buning uchun avvaldan tayyorgarlik ko‘rib, oliy ruhoniydan ruxsatnoma ham olgan edi. Damashqqa yaqinlashganida bir hodisa yuz berib, uning hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. To‘satdan osmondan tushgan nur uning atrofini yoritib yubordi. U yerga yiqilgan zahoti, shunday bir ovozni eshitdi: – Shoul, Shoul! Nega Meni quvg‘in qilyapsan? – Yo Rabbiy, Sen kimsan? – deb so‘radi Shoul qo‘rqib. – Men sen quvg‘in qilayotgan Isoman, – dedi ovoz. Shoul bunga qadar Isoni soxta payg‘ambar va yolg‘onchi deb hisoblab kelardi. Endi bo‘lsa Uning oldida qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan edi. Masih Jamoatini dahshatga solib kelgan Shoul o‘zining qanchalar nohaq ekanini anglab yetgan edi. Endi esa, samodan turib unga gapirgan Iso – Xudoning O‘g‘li va payg‘ambarlar bashorat qilib aytgan Masih ekanligiga o‘zi amin bo‘lib turgan edi. Iso yana dedi: – Qani, o‘rningdan turib shaharga kir. Nima qilishing kerakligi senga o‘sha yerda aytiladi. Shoul o‘rnidan turdi, biroq ko‘zlarini ochganda, ko‘zlari hech narsani ko‘rmayotgan edi. Hamrohlari uning qo‘lidan tutib, Damashq shahriga keltirdilar. Damashqda Shoul uch kungacha ko‘zlari ko‘r bo‘lib turdi. Bu kunlarda u ovqat ham yemadi, suv ham ichmadi. O‘sha uch kun mobaynida u faqat Xudoga iltijo qilib, tavba qilib chiqdi. Shundan so‘ng, Egamiz Xanoniyo degan odamni Shoulning oldiga yubordi. Xanoniyo qo‘llarini uning boshiga qo‘yib Xudoga ibodat qilganda, Shoulning ko‘zlari ochildi. Shundan so‘ng Shoul suvga cho‘mib, masihiylar Jamoatiga qo‘shildi. SAVOLLAR 1) Shoul Damashqqa qanday maqsad bilan otlandi? 2) Uning rejasini kim ma’qulladi? 3) Damashq yaqinida Shoulni nima to‘xtatib qoldi? 4) Ko‘zi ko‘r bo‘lib qolgan Shoul nimani anglab yetdi? 96. Hikoya. IMON BILAN SUVGA CHO‘MISHHavoriylar kitobi, 8-bob, 26-39-oyatlar Hashamatli bir ot-arava sahro bo‘ylab sekin yurib borardi. Aravaning ichida kiyimidan badavlatligi ko‘- rinib turgan, qora tanli bir odam o‘tirardi. U hech narsaga e’tibor bermay, o‘rog‘lik qog‘ozni o‘qib kelar edi. O‘z vatani Habashistonda obro‘-e’tiborli va zodagon bo‘lgan bu amaldor Xabashiston malikasining moliya vaziri edi. Shunga qaramay u o‘zini baxtiyor hisoblamasdi. Amaldorni qiynayotgan savollardan ba’zilari “Yashashdan maqsad nima? O‘lganimdan keyin menga nima bo‘ladi? Gunohlarimdan o‘tadigan Zot bormi? Meni qanday bo‘lsam, shundayligimcha yaxshi ko‘radigan birortasi bormi?” kabilar bo‘lib, ularga javob topishga qiynalardi. Amaldor Xudoning qadimda Isroil xalqini tanlab olib, O‘zi bilan birga bo‘lishi uchun unga to‘g‘ri yashashni o‘rgatgani haqida eshitgan edi. Shu bois u Quddusni ziyorat qilib, u yerdagi Ma’badda ibodat qilish va o‘zini qiynayotgan savollarga javob topishni istardi. Biroq amaldor Isroil xalqiga begona xalqdan bo‘lgani uchun uning Ma’badga kirishiga ruxsat berishmadi. Uning uchun ko‘p narsa tushunarsizligicha qolib ketdi. Shunday bo‘lsa-da, Quddusga qilingan safari behuda bo‘lmasligi uchun o‘ziga qadimgi bitiklar yozilgan qimmatbaho o‘ram sotib oldi. Bu bitik qadimda yashab o‘tgan Ishayyo payg‘ambarning kitobiga mansub edi. Endi amaldor uyga qaytar ekan, aravasida o‘tirib, payg‘ambar kelishini bashorat qilgan Zot haqida o‘qir edi. Bashoratga ko‘ra bu Zot O‘zini azobli o‘limga topshirib, ko‘plab xalqlarni qo‘lga kiritishi lozim edi. “Buning ma’nosi nima bo‘lishi mumkin? – o‘ziga savol berdi amaldor. Shu payt kimdir: – O‘qiyotganingni tushunyapsanmi? — deb so‘rab qoldi. Bu Filip edi. Egamiz havoriyga sahro yo‘liga chiqishni buyurgandi. Mana u qora tanli amaldor Ishayo payg‘ambarning kitobini ovoz chiqarib o‘qiyotganini eshitib qoldi. Habashistonlik amaldor: – Umuman hech narsa tushunmayapman, – deb javob berdi. – Agar sen bilsang, aravaga chiq, menga hammasini tushuntirib ber. Filip aravaga chiqib, amaldorning yoniga o‘tirdi. – Ayt-chi, payg‘ambar bu gaplarni kim to‘g‘risida aytgan? – so‘radi u Filipdan. – Iso to‘g‘risida, – dedi Filip. – Iso? Kim U? Shunda Filip Iso to‘g‘risida hamma narsani, xususan, Uning xastalarga shifo bergani, mo‘’jizalar yaratgani, qanchadan-qancha odamlarga yordam bergani, shuningdek Xudoning Shohligi haqida ham tushuntira boshladi. Bundan tashqari, farziylar va ruhoniylarning Isoni yomon ko‘rgani va oxir-oqibat rimliklarning qo‘li bilan Uni o‘ldirtirganlarini ham so‘zlab berdi. – Afsus, – hayolidan o‘tkazdi amaldor, – jon deb U bilan tanishgan bo‘lardim. – U bilan hoziroq tanishishing mumkin! – dedi Filip. – Chunki Iso qayta tirildi! Keyin havoriy amaldorga Isoning shogirdlari guvohlik bergan narsalar, ya’ni Isoning qayta tirilgani, osmonga ko‘tarilgani va Muqaddas Ruhning kelgani haqida gapirib berdi. – Men ham suvga cho‘mishni istayman! – dedi amaldor hayajonini yashirmay. Filip javob berdi: – Agar chindan ham Isoga ishonsang, men seni jon deb suvga cho‘mdirib qo‘yaman. Habashistonlik amaldor ma’qul deganday qilib boshini silkitdi va dedi: – Iso Masih – Xudoning O‘g‘li ekaniga ishonaman! Arava suv bor joy yonidan o‘tayotganlarida, ular aravadan tushdilar va Filip uni suvga cho‘mdirdi. Amaldor o‘zida yo‘q xursand edi. Filipga rahmat aytish uchun o‘girilib qaraganida, Filip allaqachon g‘oyib bo‘lgan edi. Shunga qaramay, amaldor bari bir xursand bo‘lib yo‘lida davom etdi, chunki Iso har doim u bilan birga bo‘lishini Filipdan bilib olgandi. SAVOLLAR 1) Filip nima sababdan sahro yo‘liga chiqdi? 2) Zodagon amaldor nima maqsadda Quddusga kelgan edi? 3) U Muqaddas Yozuvlarning qaysi kitobini o‘qirdi? U Filipdan nima haqida so‘radi? 4) Habashistonlik amaldor suvga cho‘mdirilishdan avval Filip unga nimalar haqida gapirib berdi? 5) U nima uchun xursand bo‘lib yo‘lida davom etdi? 97. Hikoya. TAVITANING TIRILISHIHavoriylar kitobi, 9-bob, 36-42-oyatlar Bir kuni havoriy Butrus Quddusdan yigirma chaqirim uzoqlikda joylashgan Lo‘d shahriga bordi. Lo‘d shahri aholisining ko‘pchiligi Rab- bimiz Isoga imon keltirgan bo‘lib, Butrus ularni yo‘qlab turishni kanda qilmasdi. U yerda Yeney ismli bir odam sakkiz yildan beri shol bo‘lib yotardi. Butrus unga: – Yeney, Iso Masih senga shifo beryapti. O‘rningdan tur, ko‘rpa- to‘shagingni yig‘ib qo‘y! – dedi. Yeney shu zahoti o‘rnidan turib ketdi. E’tibor berib o‘qigan bo‘lsangiz, Butrus: “Men senga shifo beraman!” demadi, chunki u faqat Masihning qudratigina sholga shifo berishini bilar edi. Yeneyning kasalligini bilgan odamlarning hammasi uning shifo topganini ko‘rdi-da, Isoni Rabbimiz deb tan olib, imon keltirdilar. Lo‘d shahridan o‘ttiz chaqirimlik masofada, Yaffa degan shahar bor edi. U dengiz qirg‘og‘ida joylashgan edi. Lo‘d shahridan ayrim odamlar u yerga borib, havoriy Butrus qanday qilib Isoning nomi bilan sholga shifo bergani to‘g‘risida gapirib berishdi. Buni eshitgach, Yaffa aholisi havoriy Butrusni shaharlariga taklif qildilar, chunki aynan o‘sha paytda ularning jamoatidan bir ayol kasal bo‘lib, vafot etgandi. Tavita ismli bu ayol ko‘p xayrli ishlar qilgan, muhtojlarga yordam bergan edi. Odamlar uning uchun aza tutib yig‘lardi. Yaqinlari ayolni dafn qilishga tayyorlab qo‘ygan edi, lekin dafn etishdan avval, Butrusdan bu yerga kelib ketishni so‘radilar. Yaffaga yetib kelgach, Butrus boloxonaga chiqdi. U yerda marhumaning yaqinlari hamda u tirikligida yordam bergan bevalar yig‘lab turardi. Bechora ayollar havoriyga Tavita tirikligida tikkan kiyimlarni ko‘rsatib yig‘lardilar. Tavita ularni juda yaxshi ko‘rgani uchun, ayollar unga bog‘lanib qolgan edilar. Butrus ulardan bolaxonadan chiqib turishni so‘radi. So‘ng tiz cho‘kib, ibodat qildi–da, jasadga o‘girilib: – Tavita, tur o‘rningdan! – dedi. Tavita ko‘zlarini ochdi, Butrusni ko‘rib, qaddini rostlab o‘tirdi. Butrus qo‘lini Tavitaga uzatib, o‘rnidan turishiga yordamlashdi. So‘ngra tashqarida intizorlik bilan kutib turgan imonlilar va bevalarni chaqirib, tirilgan Tavitani ularga topshirdi. Yaqinlarining qanchalar quvonganini bir ko‘rganingizda edi! Butrusning Rabbimiz nomi bilan ko‘rsatgan bu mo‘’jiza tez orada butun atrofga yoyildi va ko‘p odamlar Xudoga imon keltirdi. SAVOLLAR 1) Butrus Lo‘d shahrida shifo bergan sholning ismi nima edi? 2) Butrusni qaysi shaharga chaqirishdi? U shahar odamlari nima uchun Tavitani bu qadar yaxshi ko‘rishardi? 3) Tavitaning tirilishi qanday yuz berdi? 98. Hikoya. BUTRUS QAMOQDAHavoriylar kitobi, 12-bob, 1-17-oyatlar Rim imperatori Qaysar Gay, Buyuk Hirodning nabirasi - Hirod Agrippani Quddus va Falastinning katta qismiga hokim etib tayinladi. Uning hukmronligi davrida masihiylarga qarshi katta quvg‘in boshlandi. Yahudiy yo‘lboshchilari va ularning tarafdorlari havoriylarni va Masihning boshqa hamma shogirdlarini yomon ko‘rishlarini Hirod yaxshi bilar edi. Ularning ko‘nglini olish maqsadida Hirod havoriylardan biri Yuhannoning akasi Yoqubni qatl qildi. Yahudiylarga bu qotillik xush kelganini ko‘rib, buning orqasidan Butrusni ham hibsga olishga buyruq berdi. Butrusni zindonband qilib, o‘n oltita askarga uni kechayu-kunduz qo‘riqlashni buyurdi. Hirod Butrusni qatl etish kunini allaqochon belgilab qo‘ygan, jamoat esa u uchun ixlos bilan ibodat qilar edi. Bu payt Quddusda boshqa havoriylar yo‘q edi. Ular Hirodning quvg‘inlaridan qochib shaharni tark etgandilar. Biroq Quddusda havoriylardan boshqa Masihning juda ko‘p shogirdlari bor edi. Mana shu shogirdlar Yuhannoning onasi Maryamning uyida yig‘ilib, Butrus uchun ibodat qilishardi. Bu paytda esa Butrus zindonda tinchgina uxlab yotar edi. Ikkita soqchi uning yonidan jilmay qo‘riqlar edilar. Bundan tashqari, qamoqxona eshigining tashqarisi-yu, ichkarisiga ham, shuningdek ko‘chaga olib chiqadigan darvoza oldiga ham soqchilar qo‘yilgandi. Shunday qattiq qo‘riqlanadigan qamoqxonadan Butrusning qochib ketishga imkoni bor deb o‘ylaysizmi? Butrus qochishga harakat qilib ham ko‘rmasdi. Shunda hech kim kutmagan hodisa yuz berdi. Birdan Egamizning farishtasi Butrusga zohir bo‘ldi. Undan nur yog‘ilib turar edi. Butrus qattiq uyquda edi, shuning uchun farishta uning biqiniga turtib, uyg‘otdi va: – Tezda o‘rningdan tur! – dedi. Shu onda kishanlar yechilib, Butrusning qo‘llaridan tushib ketdi. Farishta unga kamarini bog‘lab, chorig‘ini kiyib, to‘nini egniga tashlab tashqariga chiqishni aytdi. Soqchilar bu paytda qattiq uyquda edilar. Farishta Butrusga: – Orqamdan yur! – dedi. Butrus farishtaga ergashib, qamoqxonaning ochiq eshigidan chiqib ketdi. Farishta Butrusni uxlab yotgan soqchilar orasidan olib o‘tib, temir darvoza oldiga olib keldi. Darvoza o‘z–o‘zidan ularga ochildi. Ular tashqariga chiqib bir oz yurishgach, farishta ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Butrus o‘ziga kelib: – Endi ishonchim komilki, Egamiz O‘zining farishtasini yuborib, meni Hirodning qo‘lidan, yahudiy xalqining adovatidan qutqaribdi, – dedi. So‘ng Butrus Maryamning uyiga yo‘l oldi. U yerda imonlilar ko‘pchilik bo‘lib u uchun ibodat qilayotgan edilar. Butrus darvozani taqillatgan edi, cho‘ri qiz xabar olgani chiqdi. Qiz Butrusning ovozini tanigach, xursand bo‘lganidan, darvozani ochish o‘rniga, ichkariga yugurib kirdi–da, Butrusning kelganini ma’lum qildi. Shogirdlar ishonmasdan “Butrusning farishtasi bo‘lsa kerak”, deyishdi. Shu orada Butrus darvozani taqillatishda davom etdi. Ular darvozani ochib, Butrusni ko‘rdilar-u, hayron bo‘ldilar. Ularning quvonchining cheki yo‘q edi! Dushmanlar eshitib qolmasligi uchun Butrus qo‘li bilan “jim” deya ishora qildi va Egamiz uni qanday qilib zindondan ozod qilganini so‘zlab berdi. So‘ng Hirodning qo‘liga tushib qolmaslik uchun Butrus Quddus shahridan ketdi. SAVOLLAR 1) Quddusda qaysi shoh Jamoatga qarshi quvg‘inlar uyushtirdi? U buni nima sababdan qildi? 2) Havoriylardan qaysi biri Masih uchun birinchi bo‘lib o‘limni qarshi oldi? Keyingisi kim bo‘lishi kerak edi? 3) Jamoat bu vaqtda nima qilar edi? 4) Qatl arafasida Butrus bilan qanday hodisa yuz berdi? 99. Hikoya. PAVLUS VA SILASHavoriylar kitobi, 16-bob, 19-40-oyatlar Ilgari Shoul masihiylarni yomon ko‘rib, ularni quvg‘in qilgan edi. Endi esa uning o‘zi Xushxabarni yoyish uchun tinmay mehnat qilar edi. Shoulning hayotidagi o‘zgarishni ifodalash uchun bo‘lsa kerak, endi uni ko‘proq Pavlus deb atashardi. Bir nechta hamkori hamrohligida u hatto Yevropaga ham sayohat qilgan edi. Qayerga bormasin, u birinchi navbatda yahudiylarning dam olish kunlari, shahardan tashqarida yig‘ilib ibodat qilayotgan yahudiylarni izlab topar edi. Mana shunday yig‘ilishlarning biridan keyin Pavlusning oldiga Lidiya ismli badavlat bir ayol keldi. U Butrusdan Iso haqida ko‘proq gapirib berishini so‘radi. Suhbat oxirida: – Men bilan birga ibodat qiling, Egamiz meni farzandi sifatida qabul qilsin. Shuningdek suvga cho‘mib imon keltirishni juda istayman, – dedi. Suvga cho‘mdirilgach, Lidiya Pavlus bilan do‘stlarini uyiga taklif qildi. Biroq Pavlus va uning hamrohlaridan biri Silas unikida uzoq qolmadilar. Bir necha kun o‘tiboq shahar qozisi ularni qamoqqa oldi. Ayrim shaharliklar yahudiylarning bu yerga kelib yunonlar va rimliklarga va’z qilayotganidan g‘azabda edilar. Shunda Pavlus bilan Silasni ushlab zindonga tashlashdi, oyoqlari bilan qo‘llarini esa kundaga mahkamlab qo‘yshdi. Pavlus ham, Silas ham o‘rnidan turish u yoqda tursin, hatto qimirlay olishmasdi. Shunga qaramay, Egamiz qamoqda ham ular bilan birga ekanini ular bilishardi. Xudo ularning ruhlarini ko‘tarib, kuch berib turardi. Tun yarimlab qolganda, ular ibodat qilib Xudoni kuylashar edilar. Ovozlari borgan sari balandlab, hatto qo‘shni xonalardagilarga ham eshitilar edi. Mahbuslar qanday qilib odam qamoqda ham mana shunday xursandchilik bilan sano aytishi mumkin deb, quloqlariga ishona olishmasdilar. To‘satdan shiddatli zilzila yuz berdi-da, qamoqxonaning poydevorini silkitib tashladi. O‘sha zaxoti barcha eshiklar ochilib, hammalarining kishanlari bo‘shab qoldi. Yer silkinishidan zindonbon uyg‘onib, qamoqxona eshiklari ochilib qolganini ko‘rdi. – Mahbuslar bitta qolmay qochib ketishibdi, - o‘yladi u. – Endi meni qattiq jazolashadi. Undan ko‘ra o‘z jonimga qasd qilganim ma’qul. Pavlus zindonbon o‘zini o‘ldirmoqchi ekanini ko‘rgach, ovozi boricha: – Zinhor bunday qila ko‘rma, biz hammamiz shu yerdamiz! – deb baqirdi! Zindonbon hech kim qochmaganiga amin bo‘lgach, Pavlus bilan Silasni bag‘riga bosdi. «Bu odamlarning Xudosi ularni ozod qilish uchun shunaqa zilzila uyushtirgan bo‘lsa, demak U haqiqiy Xudo ekan!», deb o‘yladi u ichida. – Janoblar, najot topish uchun nima qilishim kerak? – so‘radi u. – Rabbimiz Iso Masihga ishon, shunda sen o‘zing va butun xonadoning najot topasizlar, – deb javob berdi Pavlus. Keyin zindonbon ikkovini uyiga taklif qildi. Pavlus bilan Silas zindonbonga ergashganlaricha, Iso haqida gapirib borardilar. Ular unga Isoning faqat ezgu ishlar qilgani, Xudoning O‘g‘li ekanini odamlarga O‘z hayoti va so‘zlari bilan ko‘rsatib bergani, rimlik askarlar begunoh Isoni xochga mixlaganlari haqida gapirib berishdi. Pavlus va Silasning o‘zlari esa boshlaridan o‘tkazayotgan quvg‘inlarga hayron bo‘lmasliklari haqida ham aytishdi. Nima uchun ularga Rabbilari Isodan ko‘ra yaxshiroq munosabatda bo‘lishlari kerak ekan? Shuningdek, ular zindonbonga va uning xonadon ahliga Iso odamlarning, shu jumladan ularning ham gunrhlarini yuvish uchun o‘limni qabul qilganini tushuntirishdi. Xochda Iso bizning gunohimizni O‘ziga oldi va bu orqali odamzod va Xudo o‘rtasidagi munosabatlarni tikladi. Pavlus bilan Silas Isoning qayta tirilgani hamda Muqaddas Ruh haqida aytishni ham unutmadilar. – Men ham Isoga tegishli bo‘lishni istayman! – dedi zindonbon. – Undan meni O‘ziga farzand qilib olishini so‘ramoqchiman. – Agar Xudo ayollarni ham qabul qilsa, men ham Unga xizmat qilishni istardim, – gapga qo‘shildi zindonbonning xotini. Pavlus dedi: – Albatta, Xushxabar ayollarga ham, bolalarga ham berilgan! Mana shahringizdagi yana bir ayol Masihning izdoshiga aylangan. Suhbat yakunlangach, butun xonadon suvga cho‘mdirildi va oila sohibi Pavlus bilan Silasni dasturxonga taklif qildi. Biroq ertasi kuni ular Lidiyaning uyiga qaytib ketdilar, chunki Lidiya ular haqida juda havotirlangan edi. Endi Pavlus va Silas unga nafaqat Xudo ularni qanday asragani, balki o‘sha kecha zindonbonning oilasi Xudoga imon keltirgani haqida ham aytib bera olishdi! SAVOLLAR 1) Pavlus bilan Silasni qayerga olib borishdi? 2) Mahbuslar qochib keta olmasligi uchun qanday choralar ko‘rilgan edi? 3) Pavlus bilan Silasning kechasi hamdu sanolar aytganini qanday izohlash mumkin? 4) Pavlus bilan Silas qanday qilib ozodlikka chiqishdi? 5) Zindonbon va uning oilasi bilan nima sodir bo‘ldi? 100. Hikoya. PAVLUSNING RIMGA SAFARIҲаворийлар китоби, 21-28-боблар Pavlus hamrohlari bilan Quddusdagi jamoatga kelgan- larida, u yerdagi imonlilar ularni xursandchilik bilan qabul qildilar. Pavlus ularga Xudo g‘ayriyahudiylar orasi- da qanday ishlar qilgan haqida batafsil gapirib berdi. Shunda barchalari Xudoga hamdu-sanolar aytib, Uning qudratli Kalomi uchun minnatdorchilik bildirdilar. Biroq ularning bu xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Pavlus Quddusga kelganiga yetti kun bo‘lganda, qurbonliklar keltirish va atagan nazrini berish uchun Ma’badga bordi. U yerda esa yahudiylar uni darhol tanib qolishdi. Ular Pavlusni tutib, uning yahudiylarning qonuniga qarshi ta’lim berib yurganlikda hamda ustiga- ustak g‘ayriyahudiylarni Ma’badga olib kelib, muqaddas joyni harom qilganlikda ayblashdi. G‘azablangan odamlar Pavlusni o‘ldirish uchun Ma’baddan sudrab chiqdilar, chunki bu ishni Ma’badda qila olmas edilar. Shunda Rim qo‘shini mingboshisi Klavdiy butun shahar oyoqqa turganini ko‘rib, Pavlusni kishan bilan bog‘lashni va qal’aga olib borishni buyurdi. Yo‘lda ketayotib Pavlus undan xalqqa gapirishga ijozat so‘radi. U yahudiylarga qanday qilib imonga kelgani va gunohlari kechirilgani haqida gapirib berdi. Yahudiylar avvaliga uni diqqat bilan tingladilar, biroq Pavlus Xudo uni boshqa xalqlar (ya’ni ma’jusiylar)ga Xushxabarni va’z qilish uchun yuborganini aytganda, xalq ovozi boricha shovqin soldi. “Bu odam yashashga loyiq emas!” – deb qichqira boshladilar. Klavdiy mahbusning so‘zlari xalqning g‘azabini qo‘zitganini ko‘rib, odamlariga Pavlusni qal’aga olib ketishni, uni qamchilab, so‘roqqa tutishni buyurdi. Shunda Pavlus: – Rim fuqarosining biron aybini isbotlamay turib, uni qamchilash qonunga muvofiqmi? – deb so‘radi. Rimliklar vahimaga tushishdi, uni so‘roq qilmoqchi bo‘lib turganlar o‘sha zahoti undan qo‘llarini tortdilar, lekin kishandan ozod qilmadilar. Ertasi kuni Pavlusni Oliy Kengash qarshisiga olib kelishdi. Muhokama vaqtida tomonlar o‘rtasida tortishuvlar yuzaga keldi. Birlari Pavlusni qoralar, boshqalari undan hech qanday ayb yo‘qligini aytishardi. G‘ala– g‘ovur kuchayib borar, yahudiylar har tomondan Pavlusni qisib qo‘yardi. Odamlar Pavlusni o‘ldirib qo‘yishidan qo‘rqib, Klavdiy, odamlariga uni qal’aga olib ketishni buyurdi. O‘sha kuni tunda Pavlusga Rabbimiz Iso zohir bo‘lib, shunday dedi: – Dadil bo‘l! Sen Quddusda Men uchun qanday guvohlik bergan bo‘lsang, Rimda ham shunday guvohlik berishing kerak”. Uzoq davom etgan muhokamalar hamda yahudiylarning Pavlusga qarshi bir necha marta suiqasd uyushtirganlaridan so‘ng, nihoyat uni imperatorning hukmiga topshirishga qaror qilishdi. Pavlus Rimga borishi va u yerda Iso Masih haqida Xushxabarni bevosita imperatorga va’z qilishi kerak edi. Pavlusning Rimga kema safari Qaysariyadagi bandargohdan boshlandi. Oldinda uni uzoq va xavfli sayohat kutar edi. O‘rta Yer dengizida yilning bu paytida qattiq bo‘ronlar bo‘lib turardi, shu sabab dengizga yelkanli kichkina yog‘och kemada chiqish har jihatdan xavfli edi. Pavlus kemachilarni bu haqda ogohlantirdi, ammo ular unga quloq solmadilar. Kunlarning birida nihoyatda kuchli bo‘ron ko‘tarildi. Baland to‘lqinlar kemani qattiq chayqatardi. Kemani qutqarib qolish uchun ular kemadan yuklarni uloqtira boshladilar, biroq vaziyat tobora yomonlashib borardi. Bir necha kun kema shamol yo‘nalishi bo‘ylab suzib yurdi. Odamlarning qutulib qolish umidlari so‘ngan edi. Shunda Pavlus shamolning shovqini orasida, ovozining boricha baqirib dedi: – Do‘stlar! Dadil bo‘linglar! Oramizdan hech kim nobud bo‘lmaydi, faqat kemadan ayrilamiz, xolos. Men sajda qiladigan Xudo- yim o‘tgan kuni menga: “Qo‘rqma, Pavlus, sen Qaysar huzurida bo‘lishing kerak” dedi. – Do‘stlar, dadil bo‘linglar! Chunki Xudo xuddi menga aytganidek qilishiga qattiq ishonaman! O‘n to‘rtinchi kuni dengizchilar quruqlikni ko‘rib qolishdi, biroq unga yaqinlashishning ilojini qila olmadilar. Kema sayoz joyga tiqilib qoldi. Old qismi qumga tiqilib, qimirlamay qoldi, orqa qismi esa to‘lqinlar shiddatidan parchalana boshladi. Odamlarning hammasi qutqarildi: ular eson–omon qirg‘oqqa yetib oldilar. Egamiz O‘z so‘ziga sodiq qoldi! Dengizchilar va yo‘lovchilardan hech kim cho‘kib ketmadi, hatto shikastlanmadi ham. Endi Iso Masihning nomi Rimda ham ulug‘lanishi uchun Pavlusda Xudoning rejasini amalga oshirishga yo‘l ochilgan edi. Egamiz Pavlusning Rimga kelishiga ajoyib imkon yaratdi. Pavlus esa Xudoga imperator huzurida Iso Masihga bo‘lgan e’tiqodi haqida gapirish imkonini bergani uchun minnatdorchilik bildirdi. Pavlus Rimga mahbus sifatida emas, balki Isoning shohidi, Samoviy Shohning elchisi sifatida kirib keldi! SAVOLLAR 1) Nima uchun Klavdiy Pavlusni Oliy Kengash qarshisiga olib chiqdi? U yerda nima sodir bo‘ldi? 2) Pavlus hibsdaligida Xudo unga qanday madad berib turdi? Buning Pavlus uchun ahamiyati qanday edi? 3) Dengizdagi sayohatida nima yuz berdi? 4) Xudoning Pavlusni Rimga yuborishdan maqsadi nima bo‘lgan? 101. Hikoya. ISO MASIHNING YUHANNOGA YUBORGAN VAHIYSIVahiy kitobi, 1-22-boblar Iso Masihning ko‘plab havoriylari Xushxabarni va’z qilganlari va Isoga sodiq qolganlari uchun azobli o‘lim topgan edilar. Ulardan faqat bittasigina o‘zining ajali bilan, to‘qsonga kirib olamdan o‘tdi. U Efes shahridagi masihiylar jamoatining a’zosi bo‘lgan. Bu havoriy Yuhanno edi. Garchi u ham Isoga ishongani uchun ko‘p marta quvg‘inlarga duchor bo‘lgan bo‘lsa-da, uni qatl etishmagan edi. Aksincha, havoriyni O‘rta Yer dengizidagi Patmos oroliga surgun qilishdi. Orol aholisi mahbuslar-u, soqchilardan tashkil topgan edi. Orolda hukm surgan sokinlik orasida Xudo Yuhannoga O‘z kalomini yubordi. U Yuhannoga Isoning shohlarning Shohi ekanini, masihiylar har yerda quvg‘inga uchrayotgan bo‘lsalar-da, ularning taqdirlari Isoning qo‘lida ekanini ko‘rsatdi. Yuhannoning ko‘zi o‘ngida paydo bo‘lgan manzaralarda (vahiylarda) unga shuningdek jahon tarixining poyoni ham ochib berildi. Yuhanno jami bo‘lib Xudodan o‘n ikkita vahiy oldi va ularni Muqaddas Kitobning eng oxirgi Vahiy kitobida bayon etdi. Eng so‘nggi vahiyda Farishta Xudoning xalqi uchun tayyorlab qo‘yilgan Osmon Shohligining ulug‘vor manzarasini ko‘rsatdi. Havoriy Yuhanno yangi yer bilan osmonni (jannatni), Xudoning va Qo‘zining taxtidan chiqadigan billurday tiniq, hayotbaxsh daryoni ko‘rdi. Uning qirg‘og‘ida hayot daraxti o‘sar edi. Bu Osmon Shohligida hech kim gunoh qilmaydi, chunki Iso Masih gunohni tamomila yenggan. Gunoh, imonsizlik va o‘lim zulmati endi qaytib kelmaydi, negaki Xudo ularni bartaraf qiladi. Najot topgan imonlilar esa Osmon Shohligida Masih bilan abadul-abad hukmronlik qiladilar. Farishta Yuhannoga ko‘rgan va eshitganlarining hammasi ishonchli va haqqoniy ekanini aytdi. Vahiy oxirida Rabbimiz Isoning O‘zi havoriy Yuhannoga: – Men Ibtido va Intihodirman, Birinchi va Oxirgi, Boshi va Poyonidirman ... Men Dovud ildizidan chiqqan Zotdirman, uning zurriyotiman, Yorug‘ tong yulduziman! – Men tez kelaman! – dedi Iso xayrlashayotib. – Omin! Yo Rabbimiz Iso, kelgin! – javob qildi Yuhanno. Farishta menga shunday dedi: “Bu so‘zlar ishonchli va to‘g‘ridir. Payg‘ambarlarni ruhlantirgan Egamiz Xudo O‘z qullari oldiga farishtasini yubordi. Toki farishta yaqin orada yuz berishi muqarrar bo‘lgan voqealarni ularga bildirsin”. “Men tezda kelaman! Bu kitobning bashorat so‘zlariga amal qilganlar baxtlidir!”… Solihlar esa to‘g‘ri ish qilishdan to‘xtamasin, muqaddas odamlar o‘zini muqaddas saqlasin”. Masih shunday demoqda: “Men tez kelaman, mukofotim O‘zim bilan.Har kimga qilmishiga yarashasini beraman. SAVOLLAR 1) Muqaddas Kitobning eng oxirgi kitobi kim tomonidan yozilgan? 2) Iso nima maqsadda yerga yana qaytib keladi? 3) Iso Masihga ishongan imonlilar abadiy qayerda bo‘ladilar? ![]() Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi. Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак |