Ayollar ishongan yolg‘on va ozod qiladigan haqiqat (Nensi Demoss) 1 bob

Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (1-боб) Китоб Ўзбек тилида

Ayollar ishongan yоlg‘on va ozod qiladigan xaqiqat (Nensi Demoss) O‘zbek tilida audiokitob Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида

 

 

MUNDARIJA

MUQADDIMA

XOTIRA DAFTARIM

1-QISM. KIRISH SO‘ZI

2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON

2 BOB. Xudo haqida

3 BOB. O‘zim haqimda

4 BOB. Gunoh haqida

5 BOB. Ustunliklar haqida

6 BOB. Nikoh haqida

7 BOB. Bolalar haqida

8 BOB. His-tuyg‘ular haqida

9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida

III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH

10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi

11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat

XOTIMA


1-QISM. KIRISH SO‘ZI

1 BOB. Haqiqat… yoki oqibatlar

“Oyog‘ingiz uchun magnitli vibromassajer! 15 daqiqali massajdan so‘ng yangidan tug‘ilgandek bo‘lasiz!”

“Fortepiano chalishni o‘rganish... 40 soatda!”

“Bor yo‘g‘i 10 daqiqada ortiqcha uch kilogramm vaznga ozish imkoni! Ko‘nglingiz istagan ovqatdan kechishga endi hojat yo‘q!”

Jamiyatimizda yolg‘on juda keng negiz otgan. Yolg‘on barcha sohalarni qamragan va yuqoridagi mantiqsiz reklama e’lonlar buning yaqqol isbotidir. Gohida yolg‘onni aniqlash oson bo‘ladi (misol uchun 10 daqiqada 3 kilogramm vazn tashlash taklifi). Afsuski, yolg‘onni tez aniqlash doim ham oson bo‘lavermaydi.

Reklamalarda yolg‘on odamning tabiiy istaklarini uyg‘otadi. Biz qandaydir mo‘‘jiza ro‘y berishi va ter to‘kmasdan, parhez qilmasdan, pul harajatlarsiz, og‘riqsiz, hech qanday mashaqqatsiz, qandaydir 10 daqiqa ichida chindan ham ortiqcha vazndan ozod bo‘lish mumkinligiga ishongimiz keladi. Televideniyeda reklama qilinayotgan har xil dorilarni, ovqatga qo‘shiladigan qo‘shimchalarni va shug‘ullanish vositalarini sotib olishimizning boisi shu.

Odam Atoning va Momo Havoning Xudo haqida fikrini o‘zgartirishni o‘ziga maqsad qilgan makkor sotuvchi eng birinchi reklama orqali hiyla-nayrangini ishga soldi. Shayton Xudoni U yaratgan mavjudotdan ajratishga harakat qildi. Uning taxmini o‘zini oqlardi – erkak ham, ayol ham ochiqdan ochiq Xudoga qarshi bosh ko‘tarishi dargumon edi. U bilar ediki, maqsadga erishish uchun ularni aldash, vasvasaga solish, o‘zlariga yoqadigan va Xudoning ko‘rsatmalariga ochiqdan-ochiq zid kelmaydigan, mantiqan to‘g‘ri ko‘ringan o‘tkir hiyla o‘ylab topishi kerak.

Shayton haqiqat niqobi ostiga solingan o‘taketgan yolg‘on, yarmi chin haqiqat va aldov ishlatib, Momo Havoni yo‘ldan ozdirdi. Dastlab u Momo Havoning ongida Xudoning aslida aytgan so‘zlariga nisbatan ikkilanish uyg‘otdi (“Haqiqatan ham Xudo, bog‘dagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi?” Ibt. 3:1).

So‘ng u Momo Havoni Xudoning so‘zlariga bepisand qarashga va Xudo aytmagan narsalarga ishonishga majbur qildi. Xudo: “Yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan”, dedi. Biroq Momo Havoning so‘zlariga ko‘ra, Xudo go‘yoki: “Ulardan yemanglar ham, ularga tegmanglar ham ” degan edi.

Shayton Momo Havoni aldadi, uning dilida Xudoning iltifoga, sevgisiga, ezgu niyatli ekanligiga nisbatan shubha uyg‘otdi. “Haqiqatan ham Xudo, bog‘dagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi? — deb so‘radi u. Bu shunday mazmunda aytilgan edi: “Nahot Xudo erkinligingizni chegaralab qo‘ygan bo‘lsa?! U sizlarning baxtli bo‘lishingizni istamaydigan ko‘rinadi!”

Aslida esa Xudo ularga: “... bog‘dagi hamma daraxtning mevasidan bemalol yeyaver. Lekin yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan,...” degan edi.

Ammo Egamiz – sahovatli Xudo.

Mana shu katta Bog‘da Xudo faqat bittagina taqiqlov belgisini qo‘ygan edi: “...yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan”. Bundan ham muhimi shu ediki, Xudo o‘rnatgan yagona cheklov Odam Ato va Momo Havoning foydasiga xizmat qilishi, ularning abadiy davom etadigan, marhamatga to‘la, baxtli hayotining garovi bo‘lishi lozim edi. Xudo ular mana shu daraxtning mevasidan yeyishi bilanoq o‘lishini; o‘rtadagi munosabatlari buzilishini; Odam Ato ham, Momo Havo ham shaytonga, gunohga va o‘z tabiatiga qul bo‘lib qolishini bilar edi.

So‘ng Ilon Momo Havoni aldadi, unga ongli ravishda Xudoga bo‘ysunmaslikning oqibatlari haqida soxta tushunchalarni singdirdi. Xudo: “yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan, undan yeyishing bilanoq, shubhasiz, o‘lasan” dedi. (Ibt. 2:17) Shayton buni inkor etib: “Yo‘q, o‘lmaysizlar” – dedi. Endi u Xudoning so‘zlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad etmoqda.

Iblis Momo Havoni yo‘ldan ozdirdi, unga tuganmas marhamatlarni va’da qildi, biroq shu oddiy sharti bilanki, Momo Havo Xudo taqiqlagan mevani yeyishi kerak edi. (Ibt. 3:5) U Momo Havo oldida bir dunyo bilim, barcha sir-asrorlar ochilishini va’da qildi (“ko‘zlaringiz ochiladi). Iblis Momo Havoga u Xudo bilan teng bo‘lishini uqtirib, uni ishontirdi, ya’ni uning xudo bo‘lishini aytdi. (“...Xudoga o‘xshab qolasizlar”)

Nihoyat, shayton Momo Havoga uning o‘zi yaxshini yomondan ajratishni bilib olishini va’da qildi. (“barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan bo‘lasizlar”) Xudo bunga qadar Odam Atoga va Momo Havoga nima yaxshi, nima yomon ekanligini tushuntirgan edi. Shayton: “Xudoning fikri – Xudoniki; sening ham o‘z fikringni bildirishga haqing bor – sen uchun nima yaxshi, nima yomon ekanligini o‘zing, mustaqil hal qilishga haqlisan”, degan shum fikrni Momo Havoning diliga soldi.

Shayton Momo Havoni aldab, uni o‘zi ko‘rganlari, hissi va ongi o‘rgatgani bo‘yicha ish tutishga majbur qildi, bular hatto Egamizning dastlab er-xotinga bergan ko‘rsatmalariga zid kelgan bo‘lsada:

Xotin qarasaki, o‘sha daraxt ko‘zga chiroyli ko‘rinadi, mevalari juda yeyishli ekan. Xotin: “Qaniydi mevalar menga donolik ato qilsa”, deb orzu qildi. U daraxtning mevasidan olib yedi, …  (Ibt. 3:6)

Xotin daraxtning mevasidan yedi. Biroq va’da qilingan martaba o‘rniga uni uyat, aybdorlik, qo‘rquv va begonalashish hissi to‘ldirdi. U aldangan edi, uni aldashdi.

Puritanlar jamoati cho‘poni Tomas Bruks shunday yozadi:

Shayton katta ne’matlarni va’da qiladi, lekin eng dahshatli kunlarni boshingizga soladi, ulug‘ martaba berishni va’da qiladi, lek o‘rniga sharmandalikka yo‘liqtiradi, rohat va’da qilib, joningizni azobga soladi; foyda va’da qilib, yo‘qotishlarga olib keladi; hayot va’da qilib, joningizni oladi.

O‘sha kundan boshlaboq shayton yolg‘on ishlatib, bizning odatlarimizni o‘zgartirishga, tanlagan yo‘limizdan adashtirishga va hayotimizni barbod qilishga intiladi. Qandaydir ma’noda bizning dunyoda kechgan muammolarimiz – yolg‘onning achchiq mevasi, soxta narsalarga ishonishib bosgan qadamimizning oqibatlaridir.

Shayton bizni “hozirgi hayotning” yorug‘ kelajagi bilan aldab avraydi; lekin shu vaqtning o‘zida u biladiki, uning yo‘li o‘limga olib boradi (Hikm. 14:12).

Shunday ekan, nima uchun biz uning yolg‘oniga o‘zimizni tutib beramiz? Nima uchun tuzoqqa tushamiz? Buning sabablaridan biri shuki, shayton odatda ilon ko‘rinishida kelmaydi. U jamiyat e’tiborini qozongan qahramon, ommabop jurnal, film, teleko‘rsatuv yoki xit-parad qo‘shig‘ini o‘ziga niqob qiladi. U bizga samimiy nasihat bergan qarindosh yoki do‘st, doktor va hatto masihiy yozuvchi, yo bo‘lmasa voiz yoki qalbimizga vasiylik qiluvchi shaxs orqali murojaat qilishi mumkin.

Bevosita manba qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, har safar Xudo Kalomiga zid maslahat berilganda, shuni bilingki, shayton bizni aldamoqqa yoki bizga zarar yetkazmoqqa urinayotgan bo‘ladi. O‘qigan yoki eshitganlarimiz bir qaraganda to‘g‘ridek ko‘rinishi mumkin, lekin Xudoning Kalomiga zid kelsa, demak noto‘g‘ri bo‘ladi. Qaniydi, biz yetilib pishgan, mazali ko‘ringan, lekin Xudo tomonidan taqiqlangan mevaning o‘sha paytda ham o‘lim va yo‘qotishlarni olib kelishini ko‘ra olganimizda edi.

Yolg‘onning ishga solinishi

Yolg‘on avval qanday bo‘lsa, hozir ham iblis faoliyatining asosini tashkil qiladi. Isoning so‘zlariga ko‘ra, yolg‘on gapirish iblisga xos sifat, bu uning xislatidir:

Azaldanoq iblis qotil edi. U hech qachon haqiqat tarafdori bo‘lmagan, chunki unda haqiqat yo‘q. U yolg‘on so‘zlaganda, o‘ziga xos so‘zlaydi. Chunki u yolg‘onchi, yolg‘onning otasidir.

Yuhanno 8:44

Sababini to‘lik tushunolmasakda, lekin iblis o‘ziga o‘lja sifatida aynan ayolni tanladi. Yangi Ahdda havoriy Pavlus ikki marotaba aynan ayolning aldanganini e’tirof etadi:

“... Momo Havo ilonning yolg‘on–yashiqlariga ishonib, yo‘ldan ozdi” (2 Kor. 11:3);

“...Odam Ato emas, xotin shaytonga aldanib, gunoh qildi” (1 Tim. 2:14).

Ayrim ilohiyotchilarning taxminiga ko‘ra, Momo Havo aslida zaifroq, tabiatdan vasvasa va sinovlarga nisbatan chidamsiz bo‘lgan. Boshqalarning hisoblashicha, Xudo uni eriga bo‘ysundirgani bois, Momo Havo mana shu ruhiy himoya ostidan chiqishi bilanoq, yolg‘onning o‘ljasiga aylanishi oson bo‘lib qolgan.

Qanday bo‘lmasin, shunisi aniqki, biz ayollar shaytonning yolg‘onlari oldida nisbatan zaifroqmiz. Esda tuting, shayton avval erkakning oldiga borishga harakat qilmadi; u bila turib ayolning oldiga bordi va uni yo‘ldan ozdirdi. Aynan xotin o‘z erini gunoh qilishga majburladi, so‘ng ular orqali gunoh butun odamzotga yoyildi (shunday bo‘lsada, oxir-oqibat bularning hammasiga Odam Ato javobgar bo‘lib qoldi). Nazarimda, hozirgi kunga qadar shayton ayollarni yo‘ldan ozdirishni maqsad qilib kelgani bejiz emasligini tushunib olishimiz juda muhim. Bu shayton olib borgan strategiyaning bir qismi. U biladiki, agar biz ayollar uning yolg‘oniga ishonsak, bu bilan atrofimizdagi erkaklarga ta’sir o‘tkazamiz va bizning gunohga yon bosishimiz keyingi avlodga ham namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Gohida, xuddi Momo Havo bilan bog‘liq misoldagidek shayton bizni ham ochiqchasiga aldashga urinadi. Biroq ko‘pincha bizni yo‘ldan ozdirish vositasi sifatida u boshqa odamlarni ishga soladi.

Efesliklarga maktubda Pavlus ogohlantiradi: “O‘shanday gunohlarni qilishga bahona izlaganlar sizlarni quruq gaplar bilan aldamasin...” – deydi. (Ef. 5:6) Qayta qayta u Xudoning xalqini bir-biriga haqiqatni gapirishga chaqiradi. Bir-birimizga yolg‘on gapirsak, bu bilan aslida shaytonga quloq solgan, uning vakillari sifatida bir-birimizni aldagan, buzg‘unchilik qilgan bo‘lamiz.

Kalomda aytilganki, Xudoning suriviga bosh bo‘lish, Xudoning xalqiga haqiqatni yetkazish mas’uliyatini olgan ruhiy yetakchilar ham bizni aldashi mumkin. Ko‘p yetakchilarning Xudo bergan vazifaga bo‘ysunmasligi, o‘z izdoshlariga xiyonat qilib, haqiqatni aytmasligi juda achinarli holat. Hizqiyol payg‘ambar orqali Xudo halqni yo‘ldan ozdirgan yetakchilarga shunday deydi:

Sizlar yolg‘onlaringiz bilan solih odamning dilini ranjitdingiz. ... Fosiq odam yomon yo‘lidan qaytmasligi, jonini saqlab qolmasligi uchun sizlar uni qo‘llab turdingiz...

Hizqiyol 13: 22

Ishonamanki, bu bugungi kunda masihiylar olamida yuz berayotgan narsalarning aniq izohi. Masihiylar uchun buyumlar sotiladigan do‘konlarda, jurnallarda, diniy tele va radiokanallarda, taniqli masihiy ruhshunoslarning so‘zlarida ko‘pincha yolg‘on ishlatilgani ko‘zga tashlanadi. Nazarimda, aksariyat hollarda bu atayin qilinmaydi, odamlar yolg‘on gapirayotganini o‘zlari bilmasligi mumkin. Aslida ham aynan shunday bo‘lib chiqadi.

Ko‘p holatlarda ruhshunoslar “fosiqni qo‘llab turadilar”, unga tavba qilishga ehtiyoj yo‘qligini uqtiradilar. O‘jarlik qilgani, itoatsizligi va gunohlaridan tavba qilmaganligi bois, nomunosib odamlarga ular Xudoning marhamatlarini, inoyatini va’da qiladilar. Ularning ta’limoti odamlarga o‘z harakatlarini oqlashga yordam beradi:

• g‘azab (“bu haqiqiy tuyg‘ularni boricha namoyon etishdir”),

• xudbinlik (“sizdan haddan ortiq ko‘p narsalarni talab qilgan odamlar bilan  o‘rtangizda to‘siqlar o‘rnatishingiz kerak”),

• mas’uliyatsizlik (“kimdir sizni qattiq xafa qilgani uchun muammolarni boshdan kechirasiz”),

• bevafolik (“turmush o‘rtog‘ingiz bilan ajralishga va boshqa odam bilan turmush qurishga haqlisiz; Xudo sizga yana bir imkon bermoqda”).

Shu vaqtning o‘zida ular solih odamning dilini ranjitadi yoki unda soxta aybdorlik hissini uyg‘otishadi:

• mas’uliyat ko‘rsatilganda (“siz boshqalarning izmidasiz”),

• xizmatchi ko‘ngilchanlik qilganda (“odamlar sizdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligingiz kerak”),

• ahdiga sodiq bo‘lgan odamga (“Xudo sizdan bunday turmushni saqlab qolishingizni kutmaydi”).

Ko‘zingizni oching

Achinarlisi shuki, aksariyat odamlar, hatto masihiylar ham, qanday ahvolga tushib qolganini payqab ololmaydigan darajada yolg‘onga berilib ketgan. Yolg‘oning mohiyati aslida shu bo‘ladi — u ko‘zimizni ko‘r qiladi, yolg‘onga o‘lja bo‘lganimizni payqab olishimizga yo‘l qo‘ymaydi.

Ushbu kitobdan ko‘zlangan maqsadlardan biri – masihiy ayollarning ko‘zini ochishga va atrofidagi hodisalarni baholashga undash, ularni uyg‘otish, dunyoviylar olamida ham, masihiylar olamida ham negiz otgan yolg‘onni borligicha ko‘rsatish va fosh etishdan iborat. Har doim qilgan ishlarimizda soxta fikr (tasavvurlar)ga asoslangan narsalar juda ko‘p! Natijada uy qumloqqa quriladi. Bitta yolg‘on boshqasiga olib boradi, unisi yana boshqasiga va shunday davom etadi.

Afsuski, aksariyat odamlar ko‘rgan va eshitganlarini o‘ylamay-netmay qabul qilishga moyil. Biz musiqa tinglaymiz, kitob va jurnallar o‘qiymiz, kinofilmlar ko‘ramiz, nasihatlarga quloq tutamiz, reklamaga munosabat bildiramiz va biror holatda ham o‘zimizga muhim savol bermaysiz. Misol uchun:

• Muallif bu bilan nimani yetkazmoqda? U nima demoqchi?

• Bu haqiqatan ham shundaymi?

• Haqiqatga zid bo‘lgan soxta fikr (tasavvur) menga halaqit bermayaptimi?

Shayton Momo Havoga juda katta va’dalarni berdi: “ko‘zlaringiz ochilib, sizlar ham barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan bo‘lib, Xudoga o‘xshab qolasizlar” (Ibt. 3:5). Kim bunday taklif oldida o‘zini tiyib tura olarkan?

Xotin qarasaki, o‘sha daraxt ko‘zga chiroyli ko‘rinadi,  mevalari juda yeyishli ekan. Xotin: “Qaniydi mevalar menga donolik ato qilsa”, deb orzu qildi. (Ibt. 3:6) Agar daraxt ko‘zga chiroyli ko‘rinmaganda, sizningcha xotin bu taklifni qabul qilgan bo‘larmidi? Tasavvur qiling: meva chirigan, qurtlagan bo‘lganida, Momo Havo Xudoga bo‘ysunmaslikka yo‘l qo‘yarmidi? Daraxtning chiroyliligi, mevaning yeyishli ko‘rinishi tufayligina xotin ilonning taklifiga qiziqdi.

Muammo shundaki, xotin nima bo‘layotganigi baholab o‘tirmadi, haqiqatni yolg‘ondan ajratishga harakat qilmadi ham. Bu ish unga qanchalik qimmatga tushishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rmadi. Agar xotin bu tanlov uning hayotiga, Xudo bilan munosabatiga, oilasiga, bolalari va bo‘lg‘usi avlodlarining hayotiga qanday og‘ir, dahshatli, dardu alamga, yo‘qotishlarga to‘la kunlarni solishini, shuningdek (unga quloq solgan erining gunohi orqali) yer yuzida tug‘iladigan har bir odamning hayotiga fojiali ta’sirini tasavvur qila olganida edi, shaytonning yolg‘on so‘zlariga quloq solgan, Xudoga itoatsizlik qilgan bo‘larmidi? Menimcha, yo‘q.

Biroq bizning oldimizda ham xuddi shu muammo turibdi. Shuni sezdimki, tanlagan yo‘lining oqibatlari haqida jiddiy o‘ylab ko‘radigan masihiylar juda kam uchraydi. Biz shunchaki boshqa odamlarga, vaziyatga va atrofimizdagi ovozlarga qarab yashaymiz – hozir istaganimizni yeymiz, televideniyeda reklama qilingan yangi texnikalarni harid qilamiz, hayot tarzimizda so‘nggi modaga qaraymiz, do‘stlarimizning qadriyati va ustunliklariga qarab ularga taqlid qilamiz.

Bular ko‘zimizga juda chiroyli bo‘lib ko‘rinadi, tabiiy va mutlaqo zararsizdek tuyuladi. Biroq natijada odamlar bilan munosabatlarimizni buzamiz, qulog‘imizgacha qarzga botamiz, g‘azablanamiz, ruhiy tushkunlikka tushamiz, o‘zimizni tuzoqqa ilingan va yengilgandek his qilamiz. Biz aldanganmiz, biz yolg‘onga ishondik.

Quyida shunga o‘xshash yolg‘onga yorqin bir misol keltiraman: yettita farzandi bo‘lgan yosh ona menga internet orqali bir erkak bilan tanishgani va uni yaxshi ko‘rib qolgani haqida yozdi; hatto uni deb eri bilan ajrashish haqida ham o‘ylay boshlaganini aytdi. Suhbat vaqtida u buning noto‘g‘ri ekanligini tan oldi. “Biroq, — davom etdi u, — bu odam menga va bolalarimga juda mehribon”.

Ikki soat unga, bu erkakni aslida uning bolalari qiziqtirmasligini tushunishni so‘rab yalindim, aks holda u uning turmushini buzmas edi; agar yaxshi ko‘rganida, Xudoning qonunini buzishga undamas edi. Uni ogohlantirdim, tanlamoqchi bo‘lgan bu yo‘li, garchi yaxshidek ko‘rinsada, lekin falokatga olib kelishi muqarrar ekanligini aytdim. Unga yolg‘onning tuzog‘iga ilinganini va birgina umidi haqiqatga ishonish va shuning asosida hayot kechirishi lozimligini ko‘rsatishga harakat qildim.

Qulikka olib keladigan yolg‘on

Navbatdagi boblarda biz ayollar ishonadigan yolg‘onning eng keng tarqalgan va eng halokatli turlarining ayrimlarini muhokama qilamiz. Biroq avval keling, bizning yolg‘onga qay tarzda o‘lja bo‘lishimiz, yolg‘on qanday qilib bizni qullikka olib kelishini ko‘raylik.

Umuman olganda, odamning qulga aylanishi bir zumda bo‘ladigan narsa emas. Hech kim bir lahzaning o‘zida ochko‘zlizlikka moyil yoki qiziqqon bo‘lib qolmaydi. Qulikka olib boradigan yo‘l aslida ma’lum bir vaqt davom etadigan jarayon.

Nimadan boshlanadi...?

Yolg‘onga quloq solishdan

Adan bog‘ida ham hammasi shundan boshlandi. Xotin shaytonning yolg‘on so‘ziga quloq soldi. Ishonchim komilki, unda bu yolg‘on oxir-oqibat nimaga olib kelishi haqida zarracha ham tasavvur bo‘lmagan. Ehtimol u shaytonning so‘zlarini oxirigacha eshitish, uning nima demoqchi ekanligini bilishning hech bir yomon joyi yo‘q deb o‘ylagandir. Quloq solish o‘z-o‘zidan hali itoatsizlik emasdi. Biroq muhimi bu emas, balki Xudoning so‘ziga zid bo‘lgan nuqtai nazarga quloq tutishning o‘zi xotinni xavf ostiga olib keldi, bu orqali itoatsizlikka yo‘l ochildi, itoatsizlik o‘z navbatida jismoniy va ruhiy o‘limga olib borar edi.

Haqiqat bo‘lmagan narsaga quloq tutish – bu qulikka va o‘limga olib boradigan birinchi qadam. Yuragimizga va ongimizga singdirilayotgan ma’lumotni sinchiklab o‘rganishimiz muhim deyilganining boisi shu.

Oilada yettita farzandmiz va men to‘ng‘ichiman. Ota-onamga sog‘lom e’tiqod bergani uchun Xudoga cheksiz minnatdorman. Ular bolalariga yetkazilayotgan ma’lumotlarni saralab, sinchiklab tekshirishardi.

Ota-onam avlodimizda eng birinchi masihiylar bo‘lgan, ular yoshligidanoq Xudoga imon keltirgan edi. Bizni tarbiyalab o‘stirar ekan, ular hozirgi ota-onalardan farqli ravishda sermazmun kitoblarni o‘qish, seminarlarga qatnashish imkoniyatlariga ega bo‘lmagan. Shunday bo‘lsada, Xudo ularga bolalarini “issiqxonada” o‘stirish uchun yetarlicha donolik va jur’at ato etgan. Ular bizni zararli ta’sirlardan himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solar, ruhiy oziqlantiradigan ma’lumot manbalari bilan ta’minlab kelardi. Shu bois biz mustahkam himoya ostida yashab ulg‘aydik. Bolalikdanoq gunohni uzoqdanoq payqab olishni, yaxshilikni yomonlikda ajratishni o‘rgandik.

Bola tarbiya qilishda qo‘llanilgan bunday yondashuv u vaqtda bizga yoqmasdi. Biroq ota-onam o‘sha vaqtda: “Biz o‘z bolalarimizni dunyoda negiz otib borayotgan yolg‘onning mash’um ta’siriga yo‘liqtirib qo‘ymaymiz” – deyishga jur’at topa olgan va bu uchun men Xudoga cheksiz minnatdorman. Kalomni va Xudoning yo‘llarini sevib o‘sishimiz, haqiqatning qalbimizni jonlantirishi, biz haqiqatni tanib bilishimiz ularning xohish-orzusi bo‘lgan. Mana shu issiqxonadan chiqqanimizdan keyin ham, ota-onamiz bizning haqiqatda yurishda davom etishimizni va har qanday yolg‘on va nohaqlikni rad etishimizni xohlardi.

Yillar o‘tdi, katta bo‘ldim va ko‘ryapmanki, hozir ham ongimizni himoya qilishimiz nihoyatda zarur. Bizning yuragimizni o‘ziga jalb qiladigan televideniye, jurnallar, kinofilmlar, musiqa, do‘stlarimiz, savdo rastalari shular jumlasidan va bular hali hammasi emas. Faqat mustahkam intizomgina bizga chindan ham qimmatli, yaxshi va muhim narsalarni qabul qilishimizga yordam bera oladi.

Zararsiz yolg‘on bo‘lmaydi. Biz bu dunyoga xos, yolg‘ondan iborat bo‘lgan soxta fikrlarni yuragimizga singdirib, shu vaqtning o‘zida ziyon-zaxmatsiz hayot kechirolmaymiz. Xotin qilgan birinchi xato daraxtning mevasidan olib yeyishi emas, balki ilonga quloq solishdan iborat bo‘lgan.

Haqiqatga zid bo‘lgan fikr yoki nasihatga quloq tutish – bu oxir-oqibat sizni qulga aylantiradigan, noto‘g‘ri tushunchalar tomon bosiladigan eng birinchi qadamdir. Yolg‘onga quloq solish orqali qullikka olib boradigan keyingi qadam – bu …

Yolg‘on haqida mulohaza qilish

Biz avval yolg‘onga quloq solamiz; so‘ng u haqda mulohaza qilamiz. Dushman aytgan so‘zlar o‘y-xayolimizni egallaydi. Biz berilgan ma’lumotni “hazm qila boshlaymiz”. Bu dushman bilan aloqa o‘rnatish demakdir. “Balki u haqdir” – degan fikr paydo bo‘ladi. Bu jarayonni tomorqaga ishlov berish yoki ekin ishlariga qiyoslash mumkin. Dastlab yerga ishlov beriladi – biz Xudoning Kalomiga qarshi fikrlarning ta’siri oldida o‘zimizni ojiz his qilamiz. So‘ng urug‘ ekiladi – biz yolg‘onga quloq solamiz. Keyingi navbatda yer sug‘oriladi, unga o‘g‘it solinadi, ya’ni bu singdirilgan yolg‘on haqida mulohaza qilish demakdir.

Yuragimizga haqiqat bo‘lmagan narsa haqida mulohaza qilishga yo‘l qo‘yib bersak, ertami kechmi muqarrar ravishda ...

Yolg‘onga ishonamiz

Bu bosqichda ekilgan urug‘ unib, ko‘kara boshlaydi. Avvaliga xotin ilonning so‘zlarini oxirigacha eshitdi. So‘ng aytilgan narsalarni xayoldan o‘tkazdi va ilon bilan suhbat qurdi. Qisqa vaqt o‘tib u ilonning so‘zlarini haqiqat deb bildi. Garchi bular Xudo ochgan haqiqatga mutlaqo zid kelgan bo‘lsada. Xotin yolg‘onga ishongach, keyingi qadamni bosishga qiynalmadi. Yolg‘onni oxirigacha tinglasangiz, u haqda mulohaza qilsangiz, unga ishonsangiz ertami-kechmi siz ...

Yolg‘on asosida harakat qila boshlaysiz

Endi urug‘ ekilgach, yer sug‘orilgach, o‘g‘it solindi va u unib chiqdi, meva bera boshladi. Meva – yo‘ldan ozish demakdir. Ishonch ma’lum bir harakatlarni hosil qiladi. Yolg‘onga ishonish gunohli harakatlarni keltiradi. Bizning fikr-zikrimiz hayot tarzimiz orqali namoyon bo‘ladi. Xuddi shu tarzda, hatti-harakatlarimiz ham har doim bizning ishonchimizga asoslanadi – so‘zdagi ishonchimizga emas, balki ishlarimiz orqali tasdiqlanadigan ishonchimizga.

“... u ko‘nglida o‘zining foydasini hisoblaydi,“Yegin, ichgin”, — deydi–yu, ko‘ngli sen bilan emas. (Hikm. 23:7)

Hayotimizda har qanday gunoh yolg‘ondan boshlanishini esda tutishimiz juda muhim. Biz gunohga quloq tutamiz, to ishonmagunimizcha, u haqida mulohaza qilamiz, nihoyat, mana shu yolg‘on asosida ish tuta boshlaymiz.

Keyin nima bo‘ladi? Haqiqatni rad etamiz va nazarimizda, ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinsada, Xudoning Kalomidagi so‘zlarga zid ravishda ish tutamiz. Lekin, keyingi safar vasvasa kelganda, gunoh qilishimiz oson bo‘ladi. Biz gunohga qo‘l uramiz. Gunoh tasodifan ro‘y bermaydi. Yuragimiz gunoh qilishga o‘rganadi va odatga aylanadi. Biz shu orqali gunohga bog‘lanib qolamiz. Nima bo‘lganini anglab yetmasimizdanoq qullik bo‘yinturug‘iga ilinamiz. Gunoh ildiz otib bo‘ldi. Shayton xo‘rak tashladi, biz uni yutdik va biz uning o‘ljasiga aylandik. Endi u bizni qo‘yib yubormaslikka harakat qiladi.

Hammasi nimadan boshlanganini esdan chiqarmang:

Har qanday sohada gunoh, qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, yolg‘on orqali kirib keladi.

Urug‘ ekildi; yer sug‘orildi, o‘g‘it solindi, urug‘ unib ko‘karadi va meva beradi – bitta emas, mo‘l hosil beradi. Bu qullik, vayronalik va o‘lim hosilidir.

Qullikdan ozodlikka o‘tish

Oramizdagi aksariyat odamlarning hayotida qullik o‘rin olgan sohalar mavjud bo‘lib, bunga bizning yolg‘on fikrga quloq solishimiz, unga ishonishimiz va uning asosida ish tuta boshlashimiz sabab bo‘lgan. Bu qullikdan qanday ozod bo‘lish va erkin hayotga o‘tish mumkin? Quyida bizni qul qilgan muayyan yolg‘ondan qutulish, bizni ozod qiladigan haqiqatni bilib olishga yordam beradigan uchta qadam keltiriladi.

1. Qullik va gunohli ishlar hayotingizning qaysi sohasidan (yoki sohalaridan) joy olganini aniqlang. Aksariyat holatlarda siz buning qanday qullik ekanligini tez payqab olasiz. Biroq ochiq-oydin ko‘rinmaydigan boshqa sohalar ham bo‘lishi mumkin. Xudodan hayotingizning qaysi sohalarida qullik o‘rin olganini sizga aniq ko‘rsatishini so‘rang. Kalomda aytilganki: “odam nimadan yengilsa, o‘shaning quli bo‘ladi. (2 But. 2:19) Hayotning qaysi sohalarida siz Xudoning farzandiga xos ozodlikda yashamayapsiz?

Hayotingizda siz qul bo‘lgan sohalar bormi (ochofatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, tamaki chekish, ichkilik, giyohvand)? Emotsional sohalarda hech narsaga qul bo‘lib yashamayapsizmi (notinchlik, qo‘rquv, ruhiy siqilish, odat tusiga kirgan bezovtalanish). Jinsiy sohada-chi (masturbatsiya, pornografiya, shahvoniy nafs, zino, gomoseksualizm)? Pul bilan bog‘liq sohalarda (katta harajatlar qilishga moyillik, ziqnalik)? O‘zingizda tez achchiqlanishga yoki yolg‘on gapirishga moyillik sezasizmi? Maqtovga bo‘lgan doimiy ehtiyoj, haddan ortiq uyatchanlik hissini, to‘xtamay gaplashish istagi, teleseriallarga yoki sevgi haqida romanlarga bog‘lanib qolganingizni sezasizmi? Xudo hayotingizda siz ozod bo‘lmagan boshqa sohalarni ham ko‘rsatishi mumkin.

Ularni topganingiz zahoti hech narsani to‘g‘rilashga harakat qilmang. Ehtimol, siz avval bunday ahloqingizdan qutulishga harakat qilib ko‘rgan, ammo yengilib, taslim bo‘lgandirsiz. Agar tomorqangizdan yomon meva beradigan daraxtni yo‘q qilishni istasangiz, bilingki, undagi mevalarni olib tashlashning o‘zi bilan masala hal bo‘lmaydi. Daraxt yana meva soladi. Yomon mevalarni yo‘q qilishning birdan-bir yo‘li – daraxtni tomiri bilan sug‘urib tashlashdir. Shuning uchun ham navbatdagi qadam juda muhim o‘rin kasb etadi.

2. Ozod bo‘lmasligingizga yoki noto‘g‘ri ahloqingizga zamin yaratgan yolg‘onni aniqlang. Siz eshitgan, ishongan va buning natijasida qul bo‘lgan yolg‘on nimadan iborat? Ko‘proq holatlarda bu savolga javob topish qiyinchilik tug‘diradi: ildizlar odatda ko‘zdan yashirin joyda bo‘ladi, yolg‘on esa chalg‘ituvchi tabiatga ega. Bu yerda agar Xudo bizga qanday yolg‘onga ishonganimizni tushunishga yordam bermasa, o‘zimiz hech narsa qilolmaymiz.

Kitobning keyingi sahifalarida biz ko‘p masihiylar hayotida negiz otishiga va achchiq meva berishiga yo‘l qo‘ygan yolg‘onning qirqta turi haqida so‘z yuritamiz. Xudodan sizga kitobda tilga olingan yolg‘onlardan yoki boshqa qanday yolg‘on aynan sizni o‘ziga qul qilganini aniq ko‘rsatishini so‘rang. Xudodan bu gunohdan tavba qilishingizga yordam berishini so‘rang. Demak, qanday yolg‘onga o‘lja bo‘lganingizni tushundingiz. Keyin-chi?

3. Yolg‘onning o‘rnini haqiqat bilan to‘ldiring. Shayton – kuchli dushman. Uning asosiy quroli – vasvasa. U ishlatadigan yolg‘on mash’um ta’sirga ega. Lekin shaytonning yolg‘onidanda kuchliroq narsa bor – bu Xudoning haqiqati. Bizni qanday yolg‘on o‘ziga qul qilganini tushungach, unga ishonganimizdan, tavba qilganimizdan keyin bizda yolg‘onni yengish uchun kuchli qurol paydo bo‘ladi. Bu qurol – haqiqat deb ataladi.

Har bir yolg‘onning o‘rnini haqiqat bilan to‘ldirmoq lozim. Qayerda yolg‘on eshitib, u haqda mulohaza qilgan, unga ishongan va uning asosida ish tutgan bo‘lsak, endi haqiqatga quloq solishimiz, haqiqat haqida mulohaza qilib, unga ishonishimiz va haqiqat asosida ish tutishimiz lozim. Shunday qilib, Muqaddas Ruhning qudrati bilan, biz qullikdan ozodlikka o‘tishga muvaffaq bo‘lamiz. Iso aytganidek, bu haqiqat bizni ozod qiladi. (Yuhanno 8:32)


Книга на Узбекском языке: - Ложь в которую верят  женщины  (Нэнси Демосс)

Автор этой книги исследует наиболее распространенные среди женщин заблуждения (о Боге, грехе, браке, детях и т.д.) и старается помочь обрести истину и стать по-настоящему свободными. Книга полезна всем (включая мужчин) и может быть использована для проведения семинаров по вопросам семьи и брака.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак