Ayollar ishongan yolg‘on va ozod qiladigan haqiqat (Nensi Demoss) 10 bob

Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (10-боб) Китоб Ўзбек тилида

Ayollar ishongan yоlg‘on va ozod qiladigan xaqiqat (Nensi Demoss) O‘zbek tilida audiokitob Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида

 

 

MUNDARIJA

MUQADDIMA

XOTIRA DAFTARIM

1-QISM. KIRISH SO‘ZI

2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON

2 BOB. Xudo haqida

3 BOB. O‘zim haqimda

4 BOB. Gunoh haqida

5 BOB. Ustunliklar haqida

6 BOB. Nikoh haqida

7 BOB. Bolalar haqida

8 BOB. His-tuyg‘ular haqida

9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida

III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH

10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi

11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat

XOTIMA


III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH

10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi

Biz bugungi kunda masihiy ayollar ishongan bir qator soxta tushunchalarni muhokama qildik. Biroq dushman qo‘llaydigan qurollar bu bilan chegaralanmaydi. Yolg‘onning niqoblari juda ko‘p va shayton aynan siz uchun ta’sirli bo‘ladiganini tanlaydi. Mohir baliqchi singari u bir qaraganda aybsiz ko‘rinadigan, o‘ljani o‘ziga tortadigan xo‘rakni ishga soladi. Nimaga ishonishimizning unga qizig‘i yo‘q, haqiqatga ishonmasak bo‘lgani. U qarshilik qilolmaydigan birgina narsa – bu haqiqat. Haqiqat uni dunyo ustidan hukmronlik qilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Shaytonning yolg‘oniga qarshi tura oladigan haqiqatga so‘nggi marta qarashdan avval (11-bob) mazkur kitobda ko‘rsatilgan ikkita eng muhim fikrni esga olaylik:

Yolg‘on bizni qul qiladi.

Haqiqat bizni ozod qilishga qodir

Biz qullik aslida shayton ongimizga singdirgan yolg‘onga quloq solishdan boshlanishini aytib o‘tdik. Tele ko‘rsatuvlar, kinofilmlar, musiqa, kitob va jurnallar orqali hayotimizga zarb bilan kirib kelayotgan dunyoviylarga xos fikrlashning zarari, halokatli ta’sirini ko‘rmayapmiz. Soxta qarashlar fikr-zikrimizni qanchalik o‘zgartirib yuborishga qodir ekanligini biz tushunmaymiz. Shu boisdan ham Egamiz “fosiqlar maslahatiga yurmaydigan, gunohkorlar yo‘lida turmaydigan, mazaxchilar orasida o‘tirmaydigan” odamlarga alohida marhamatlarini va’da qiladi. (Zab. 1:1)

Shaytonning yolg‘oniga yurak dilimizni ochganimiz zahotiyoq biz yolg‘on haqida chuqur o‘ylay boshlaymiz. Agarda soxta fikrni shu zahotiyoq rad etmasak, uning ongimizga o‘rnashib olishiga yo‘l qo‘yib bersak, ertami-kechmi yolg‘onga ishonib qolamiz. Ishonchimiz o‘z navbatida shunga munosib ish tutishga olib kelishi muqarrar.

Ishlarimiz asosida odatlar shakllanadi, bular oxir-oqibat qulikka olib keladi.

Sandraning guvohligi yolg‘onga ishonish oqibatida Xudo bilan va odamlar bilan erkin munosabatlar buzilishini tasdiqlaydi.

Xudo meni chindan ham yaxshi ko‘rishi, qabul qilishiga ishonmasdim, o‘zimni haqir, notavon deb bilar edim. Atrofdagilarning maqtoviga erishish uchun men bir daqiqaga ham tinmay mukammallikka intila boshladim. Ideal darajada masihiy ayol bo‘lsamgina, Xudoni mamnun eta olaman deb o‘ylardim. Agar gunoh qilsam, U meni inkor etadi degan fikrga ishonardim. Mendan yaxshi masihiy ayol chiqmadi, chunki gunohlarim borligini bilar edim. Noto‘g‘ri fikr yuritish menga aybdorlik hissi va qullikdan boshqa hech narsa bermadi.

Mag‘rurligim ikki taraflama o‘zini ko‘rsatdi:

1) Mukammal bo‘la olmasligimni tan olishdan qo‘rqqanim bois, men gunohimni rad etardim, Xudo meni qabul qilmasligi haqida o‘ylashni esa istamasdim.

2) Har safar yengilib kelganimga qaramay, men o‘z kuchim bilan taqvoli ayol bo‘lishga umid qilardim. Shu sababdan, Xudo meni qabul qilishiga ishona olmasdim. Bu yopiq doiradan chiqishning imkonini topolmasdim (harakat/engilish/gunoh/aybdorlik hissi), natijada kechirim, erkinlik va Xudo bilan munosabatning zavqini his qilolmaganman.

Atrofdagilarning maqtoviga erishishga harakat qilib, kim bo‘lsa ham ko‘nglini olish uchun, bor kuchimni ishga solardim. Faqatgina insonlarni mamnun qiladigan bo‘lib qoldim va har doim hammaga “ha” deb javob berardim. Xudo meni odamlar bilan qanday munosabat bo‘lishga chaqirayotgani haqida kam o‘ylardim, chunki atrofdagilarning maqtovi o‘zimni hurmat qilishim uchun asosiy omilga aylangan edi. Odamlar bilan munosabatimda ko‘pincha adolatsizlikka yo‘l qo‘iylardi, chunki men hech kimning ko‘nglini qoldirmaslikka, qarshi gapirmaslikka harakat qilardim. Bu aslida nikob edi va bu niqob ostida mening haqiqiy his-tuyg‘ularim yashirinardi, bundan tashqari men muammolarim boshqalarga yuk bo‘lishini xohlamasdim. O‘zimni juda yolg‘iz his qilardim, chunki mening haqiqatda qanday odam ekanligimni hech kim bimasdi. Natijada “xizmatimdan foydalangan” odamlarga nisbatan alam va g‘azab his qila boshladim (garchi ularni bunga mening hatti-harakatlarim undagan bo‘lsada).

Kamchiliklarim tufayli tinchligimni yo‘qotdim. Har qanday hato yoki nuqson men uchun halokat bo‘lib, notavon ekanligimning isbotidek ko‘rinar edi. Har safar o‘z oldimga erishib bo‘lmaydigan maqsadlarni qo‘yib, ilojsiz yengilar edim. O‘zimdan mutlaq komillikni talab qilib, bunga erisholmagan vaqtlarimda o‘zimni ayamay qoralardim. Dahshatli ahvolga keldim. O‘z oldimga qo‘ygan talablarim chidab bo‘lmaydigan darajaga yetdi va o‘ttiz yoshda men juda og‘ir depressiyaga tushdim.

Bir necha oy avval o‘zimning qullikda ekanligimni, yolg‘onga ishonganimni, uning zolimona hukmronligidan ozod bo‘lishim kerakligini tushundim. Biroq uzoq vaqt Xudodan yordam so‘rolmay yurdim: nazarimda, agar ojizligimni va gunohkorligimni tan olsam, U shu zahotiyoq meni rad etadigandek tuyulardi.

Sandra konferensiyada yolg‘onning xavfliligi, haqiqatning nimaga qodir ekanligi haqida eshitdi va uning yuragiga yorug‘lik kirib kelgandek tuyuldi, ilk bor umid paydo bo‘ldi:

Konferensiya vaqtida Muqaddas Ruh menga Xudoning Kalomiga e’tiborsizlik qilganligimni ko‘rsatdi. Xudoning Kalomi – haqiqatdir va agar men shaytonning qal’aday mustahkam bo‘lgan yolg‘onini yo‘q qilishni xohlasam, Xudo Kalomi hayotimning barcha sohalarini egallamog‘i lozim. Men birdan-bir umidim shu ekanligiga chindan ham ishonaman. Biroq men qachonki yuragimni va ongimni Xudo Kalomidagi haqiqatlar bilan to‘ldirishni astoyidil davom ettirsamgina bunga erishaman. Men har kuni Muqaddas Kitobni o‘qishga va haqiqat haqida mulohaza qilishga qaror qildim. Fikr-zikrimning yangilanishi – uzoq jarayon ekanligini juda yaxshi tushunaman. Yangi-yangi soxta tushunchalar ochilaveradi va menga ularni Xudoning Kalomi bilan yengishga to‘g‘ri keladi. Kalomining g‘ayritabiiy kuchga ega ekanligini bilaman. Undagi va’dalarga suyanaman – haqiqat meni ozod qiladi!

Bu kitobni o‘qib, yolg‘onga ishonganingizni, yolg‘on asosida hayot kechirganingizni sezdingizmi? Agar buni sezgan bo‘lsangiz, shuni bilingki, hayotingizning bir yoki bir nechta sohasida yolg‘on sizni qul qilib olgan. Bu juda jiddiy, yuragingizga chuqur o‘rnashib olgan muammolar yoki sizga ahamiyatsizdek tuyulgan masalalar bo‘lishi mumkin. Ehtimol hayotingizning bu sohalarini dushmanga topshirib qo‘yib, uzoq yillar qutulish ilinjida yashayotgandirsiz. Bunday muammolarning borligi haqida birinchi marta eshitayotgan bo‘lishingiz ham mumkin.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, bundan qutulish uchun kamida uchta qadamni bosishingiz kerak bo‘ladi:

1. Qaysi sohada/sohalarda qul bo‘lganingiz yoki gunoh qilib kelayotganingizni aniqlang.

2. Uning asosida yotgan yolg‘onni aniqlang.

3. Yolg‘onning o‘rnini haqiqat bilan to‘ldiring.

Haqiqat har qanday yolg‘onni yengishga qodir. Shayton sizdan aynan shu narsani yashirishga harakat qiladi. Bunga ishonmasligingiz uchun u bor kuchini ishga soladi. Biroq haqiqatni tushunib, unga ishongan holda harakat qila boshlaganingiz zahotiyoq qafaslar ochiladi va siz ozodlikka erishasiz.

Haqiqat bizni ozod qilishga, (Yuh. 8:32) ongimizni va yuragimizni soxta fikr va emotsiyalardan himoya qilishga qodir. Shunday paytlar bo‘ladiki, o‘zimning g‘azab, soxta fikrlar, qo‘rquv, hamma narsani boshqarish istagi, xafagarchilik girdobiga tushib qolganimni his qilaman. Bunday holatlarda “haqiqatga intilaman”, undan boshpana izlayman. Xudoning Kalomi va’da qilib deydi: “Seni U qanotlari ostiga olar, Uning panohida bexatar bo‘lasan, Sadoqati bilan senga qalqon, devor bo‘lar”. (Zab. 90:4)

Haqiqat sizni butunlay poklaydi: butun ruhingizni, joningizni va tanangizni benuqson qilib saqlaydi. Xochga mixlanishdan avval Iso O‘z shogirdlariga Kalomining poklovchi qudrati haqida eslatdi. (Yuh. 15:3) Ikkita bobdan keyin biz Uning: “Ey Muqaddas Ota!... Sening kaloming haqiqatdir. Haqiqat orqali ularni O‘zing uchun ajratib olgin” – deb ibodat qilgani haqida o‘qiymiz. (Yuhanno 17:17) Ko‘pincha qo‘limga Muqaddas Kitobni olib ibodat qilaman: “Ota, meni O‘z Kaloming bilan pokla. Sening Kaloming haqiqatdir. Haqiqating bilan yuragimni va ongimni tozala” – deyman.

Haqiqat yo‘lini tanlab

Dushman hujum qilganda, yuragimizni haqiqat sari boshlashni va emotsiyalarimiz yoki ongimiz “nima deyishidan” qat’iy nazar, haqiqat asosida ish tutishni o‘rganishimiz kerak.

Toliqqanimda, zaiflashganimda yoki tanam ojizlik qilgan, ongim va emotsiyalarim yolg‘onga berilgan paytlarda men to‘xtashga va yolg‘onga qarshi tura oladigan haqiqatni topishga harakat qilaman. Haqiqatni ongimga singdiraman, gohida ovoz chiqarib, qayta-qayta takrorlayman va agar kerak bo‘lsa buni uzoq vaqt, to haqiqat yuragimga o‘rnashgan yolg‘onning o‘rnini egallamaguncha davom ettiraman. Xudoga haqiqat asosida ish tutishim uchun menga inoyat va kuch berishini so‘rayman. Haqiqatning aql bovar qilmaydigan kuchiga ko‘p marotaba guvoh bo‘lganman. U ichimda qaynagan emotsiyalarni tinchlantiradi, fikr-hayolarimni va hayotimni tartibga soladi.

Yaqinda men uzoq yillar davomida to‘plangan emotsiyalarning toshib chiqqaniga guvoh bo‘ldim. Bir odam menga nohaq ta’na qildi, bundan juda og‘rindim. O‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Uyga kelib yig‘ladim, o‘zimni hech tinchlata olmadim.

Bir necha soat davomida dushman ongimni zaharlab, his-tuyg‘ularimni alg‘ov-dalg‘ov qilib keldi. Men o‘sha odamning qanchalik nohaq bo‘lgani, meni qanday qattiq xafa qilgani haqidagina o‘ylay olardim, xolos. Xafa qilgani uchun uni jazolash istagi yuragimga o‘rnashishiga yo‘l qo‘yib berdim. Nazarimda allaqachon kechirilgan, yana boshqa bir nechta eski nohaqliklarni ham esga oldim va o‘zimni oqlashga, aybsizligimni isbotlashga kirishdim. Emotsiyalarim menga bo‘ysunmasdi, g‘azabim chiqar, o‘zimga rahmim kelardi.

Endilikda bir qator soxta fikrlarga ishonib kelganimni tushunib yetyapman. Bu shunday fikrlar edi:

• U yomon odam bo‘lgani uchun, menga yomonlik qilishni xohlagan.

• Men bunday so‘zlarni eshitishga loyiq ish qilganim yo‘q, yaxshi munosabatga munosibman.

• O‘sha odam 100% aybdor edi, mening esa mutlaqo aybim yo‘q.

• Bu odamni kechirolmayman.

• U meni tiklab bo‘lmaydigan darajada yaraladi.

• U bilan munosabatlarimizni qayta tiklab bo‘lmaydi.

• Bu odam meni g‘azablanishga majbur qildi.

• Mening ham g‘azablanishga haqqim bor.

• O‘zimni oqlashga, hammaga haqiqatni aytishga haqim bor.

• Hammasini boricha qoldirolmayman, vassalom. His-tuyg‘ularimni o‘zgartira olmayman.

Bu yolg‘onga ishonish oqibatida men bir necha soat ich-ichimdan ezildim, kurashdim.

Keyingi kuni ertalab Muqaddas Kitobimni ochdim va avvalroq to‘xtagan joyimdan o‘qiy boshladim; Matto Xushxabarining 5-6 boblarini o‘qidim. Bu yerda haqiqat bilan yuzma-yuz to‘qnashishimga to‘g‘ri keldi:

Kamtarin bo‘lganlar baxtlidir… Rahmdil bo‘lganlar baxtlidir, chunki ular rahm–shafqat topadilar… Tinchlik o‘rnatuvchilar baxtlidir…

Lekin Men sizlarga aytaman: sizga yomonlik qilgan odamga qarshilik ko‘rsatmang. Agar kimdir o‘ng chakkangizga ursa, unga chapini ham tuting. <…> …dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar. …Sizlarni quvg‘in qilganlar uchun ibodat qilinglar...

Agar sizlarga yomonlik qilganlarni kechirsangizlar, osmondagi Otangiz ham sizni kechiradi. Bordi–yu, sizlar boshqalarning gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi.

Mt. 5:5, 7, 9, 39, 44; 6:14–15

Endi oldimda tanlov turardi. Yolg‘onga ishonamanmi yoki haqiqatni qabul qilamanmi? Mana shu yerda haqiqiy kurash boshlandi. Yuragimga xafagarchilik o‘rnashib olgandi. Gina saqlashni, g‘azablanishni, xafa qilgan odamdan o‘ch olishni xohlardim. Biroq yuragim shuni sezardiki, bunday yo‘l meni faqat qullikka olib keladi.

Xudo oldida tiz cho‘kib, qo‘limda Muqaddas Kitobni ochib ushlagan holda men haqiqatni tanladim. Kechirishim kerakligini, xafa qilgan odamdan rozi bo‘lishim, gina saqlamasligim kerakligini bilardim. Kechira olmasligimni his qilardim, biroq shuni bilar edimki: gap mening kechira olmasligimda emas, balki kechirishni xohlamayotganimda edi. Shuni ham bilar edimki, agar haqiqat so‘qmoqlaridan yurishni xohlasam, qasos olmasligim, bu odamni sevgimdan mahrum qilmasligim kerak.

Men haqiqatni takrorlab, yuragimga uni singdira boshladim.

O‘zimga kechirmaslikning nimaga olib kelishini, boshqalarga rahmdil bo‘lmasam, menga ham rahm iltifot ko‘rsatilmasligini, Xudoning amrlariga bo‘ysunsam agar qanday marhamatlarga erishishimni eslatdim.

Kechirish istagini kutib bo‘lmasligi, Xudoga itoat qilishni tanlash lozimligini bilardim; emotsiyalarim tinchlanishini ham bilardim. Tiz cho‘kib turar ekanman, ichimda hali hamon kurash davom etardi, lekin men baribir oq bayroqni ko‘tardim. Bu bilan Xudoga: “Sen yengding!” dedim.

O‘zimni va o‘sha odamni Xudoning qo‘liga topshirdim va xafa qilganni kechirishga rozi bo‘ldim. Qancha qiyin bo‘lmasin, gina saqlamaslikka rozi bo‘ldim.

Emotsional erkinlik tez kelmadi. Ma’lum bir vaqt dilimda xafagarchilik borligini sezib keldim, gohida yana o‘sha his-tuyg‘ularimga qaytish istagi uyg‘onar yoki bildirmasdan qasos olish niyati paydo bo‘lardi. Biroq Xudoning iltifoti bilan men yuragimga haqiqatni singdirishda, haqiqat asosida yashashda davom etdim. Xudoning Kalomiga bo‘ysunib men munosabatlarni tiklash, meni xafa qilgan o‘sha odamning hayotini yaxshilash uchun imkon izlay boshladim.

Keyingi haftalarda his-tuyg‘ularim irodamga bo‘ysuna boshladi. O‘z vaqtida Egamiz vaziyatni to‘liq tushunishimga yordam berdi. U bunday munosabatimning sabablarini oydinlashtirdi va yuragimning tubida men hatto hayolimga ham keltirmagan, bartaraf etish zarur bo‘lgan ayrim muammolar borligini ko‘rsatdi. Meni shu qadar sevib, hayotimdagi vaziyatlarda boshqarib kelgani, muammlarimni ochib namoyon qilgani uchun Xudodan minnatdorman. Shuningdek, o‘sha vaziyat orqali meni Masihning siymosiga yaqin qilib o‘zgartirgani uchun ham Undan minnatdorman.

Haqiqatning o‘zgartiruvchi qudrati

Qullikdan ozod bo‘lish – bu haqiqatni bilib olishning, haqiqatga ishonish, haqiqat asosida hayot kechirishning shirin mevasidir. Haqiqatni qanday qilib bilib olishimiz mumkin? Shuni esda tutishimiz kerak: haqiqat – bu shunchaki bir fikr, g‘oya yoki falsafa emas. Haqiqat – bu Shaxs, Rabbimiz Iso Masihdir. U O‘zi haqida: “Men yo‘l, haqiqat va hayotdirman” – deydi. Iso odamlarga diniy ta’limot haqida va’z qilmagan, U O‘zi haqida va’z qilgan. O‘zini Isoning izdoshi deb hisoblaganlarga U aytadiki:

… Agar Mening so‘zlarimga rioya qilsangizlar, haqiqiy shogirdlarim bo‘lasizlar. Sizlar haqiqatni bilib olasizlar, haqiqat esa sizlarni ozod qiladi. <…> … agar O‘g‘il sizlarni ozod qilsa, haqiqatan ozod bo‘lasizlar.

Yuh. 8:31, 32, 36

Haqiqiy erkinlikka qachonki Rabbiy iso Masih bilaln aloqa qilsangizgina erishasiz. Iso (inson qiyofasida kelgan Xudoning Kalomi) O‘zini Muqaddas Kitobda namoyon qildi (Xudoning bitiklarda bayon etilgan Kalomi). Agar Uni tanib bilishni istasak, haqiqatni bilishni istasak, o‘zimizni Muqaddas Kitobni o‘qishga, o‘rganishga v mulohaza qilishga bag‘ishlashimiz lozim. Buning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi, bu yo‘lni kesib ham bo‘lmaydi. Dushman har doim bizga yolg‘on bilan hujum qiladi. Bu yolg‘onni yengish uchun yuragimizda va ongimizda Masih jo bo‘lmog‘i lozim, biz Uning Kalomi bilan yurak dilimizni to‘ldirib borishimiz kerak.

Biroq haqiqatni bilishning o‘zi yetarli emas. Haqiqatga bo‘ysunishimiz ham kerak. Bu demakki, kerak bo‘lgan paytda biz Xudoning Kalomiga munosib ravishda fikr-zikrimizni o‘zgartirishga tayyor bo‘lmog‘imiz lozim. O‘zini masihiy deb hisoblagan millionlab odamlar aslida yolg‘onga ishonib yashaydi – ular Xudo Kalomiga zid hayot kechiradilar. Ularning hayotda qo‘llagan qadriyatlari, atrofdagi voqealarga bo‘lgan munosabati, odamlar bilan muomalasi, tutgan yo‘li va ustunliklari aslida aldanganidan, dunyoviylarga xos fikrlashidan dalolat beradi.

Ma’lum bir nuqtai nazar shuning uchun ham to‘g‘riki, chunki “hamma shunday hisoblaydi”, yoki har doim bunga ishonib kelganmiz, yoki masihiylar olamida taniqli yozuvchi shunday hisoblagan, yo bo‘lmasa yaxshi do‘stimiz yoki bizga vasiylik qilgan shaxs buni maslahat bergan deb fikr yuritish aslida noto‘g‘ri. O‘z fikr va qarashlarimizni biz Xudoning Kalomi bilan solishtirishimiz zarur. Yagona, benuqson manba shu bo‘ladi.

Haqiqat asosida yashash – bu yolg‘onni ongli ravishda rad etish va haqiqatni qabul qilish demakdir. Zabur sanosi muallifining: “Soxta yo‘llardan meni saqlagin, Men sadoqat yo‘lini tanlaganman,...” deb ibodat qilishining boisi shu. (Zab. 118:29–30)

Kalom sahifalarini ochar, Xudoning So‘zini tinglar ekanmiz, har safar ibodat qilishimiz va Xudodan shaytonning yolg‘oni hayotimizning qaysi sohasiga kirib kelganini ko‘rsatishini so‘rashimiz kerak. Shu vaqtning o‘zida yuragimiz: “Xudoyim, Sening Kaloming – haqiqatdir, Sening hamma so‘zingga bo‘ysunaman. Menga yoqsa ham, yoqmasa ham, xohlasam ham, xohlamasam ham, rozi bo‘lsam ham, rozi bo‘lmasam ham, tushunsam ham, tushunmasam ham, men baribir hayotimni Kalomingga bo‘ysundiraman. Senga itoat qilaman”.

Haqiqatni bilib, haqiqat so‘qmoqlaridan yursak, Egamiz biz orqali atrofdagi odamlarni ham haqiqatga olib keladi.

... Shunda biz norasida go‘daklarga o‘xshamaymiz, shamol esgan tomonga egiladigan novdaday bo‘lmaymiz. Har xil ta’limotlar va quv odamlarning hiylayu ayyorliklariga laqqa tushavermaymiz. Kelinglar, mehr–muhabbat bilan haqiqatni aytib, jamoatning boshi bo‘lgan Masihga o‘xshab har jihatdan yetuk insonlar bo‘laylik

Endi yolg‘on gapirishni bas qilib, har biringiz o‘z yaqiningizga haqiqatni aytinglar, axir, hammamiz bir tananing a’zolarimiz–ku.

Ef. 4:14–15, 25

Yuqorida aytib o‘tganimdek, bu kitobni yozishimga ayollarning haqiqat orqali ozod bo‘lishini juda xohlaganim sabab bo‘lgan. Bu xohish Yoqub maktubining eng so‘nggi oyatlarida bayon etilgan:

… agar orangizdagi biror kishi haq yo‘ldan ozgan bo‘lsa, uni to‘g‘ri yo‘lga soling. Esingizda bo‘lsin, gunohkorni nohaq yo‘ldan qaytargan odam o‘sha gunohkorning najot topishiga va behisob gunohlarining yuvilishiga sababchi bo‘ladi.

Yoqub. 5:19 – 20

Bugungi kunda “haq yo‘ldan ozganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish” g‘oyasi odamlarning nazarida g‘alati va tushunarsiz ko‘rinadi. Postmodernizm madaniyatimizning shiori – “bag‘rikenglik” bo‘lib, buning ma’nosi shunday: “Sen o‘zing istagandek yashashing mumkin, lekin menga maslahat bera ko‘rma. Hayotimning senga aloqasi yo‘q”. Mana shu yolg‘on madaniyatimizga kirib o‘rnashgach, ko‘p imonlilar haqiqatga yon bosmay qo‘ydi, chunki ular “murosasiz” va “tor fikrovchi” degan nom orttirishdan ko‘rqishadi.

Ko‘p masihiylarning “o‘zing ham yasha, boshqalarga ham yashashga yo‘l qo‘yib ber” degan g‘oyasi nafaqat dunyoga nisbatan, balki haqiqat so‘qmoqlaridan yurmagan imonlilarga nisbatan ham bildirilmoqda. Ular “qayiqni tebrantirishni”, qattiqqo‘l va talabchan degan nom olishni istamaydi. Bir qaraganda, hammasini boricha qoldirish osonroqdek tuyuladi.

Biz shuni esda tutishimiz kerak: Masihning haqiqati, Uning Kalomidagi haqiqat odamlarni ozod qiladi. Xushxabarning mohiyati shu bo‘ladi! Bu juda muhim xabar. Bizning yaqinlarimiz va qarindoshlarimiz boshqa hech qanday yo‘l bilan zulmat, yolg‘on va o‘lim bo‘yinturug‘idan ozod bo‘la olmaydi. Agar ularni chindan ham yaxshi ko‘rsak, bu holda qat’iyylik bilan ibodat qilib, ularga hayotga Xudoning nazari bilan qarash iqtidorini qaytarish uchun jon kuydiramiz.

Biz haqiqatni bilib olishimiz, unga ishonishimiz, jamiyatimizga yoqmasa ham haqiqatga bo‘ysunishimiz va uning asosida hayot kechirmog‘imiz lozim. Biz qo‘rqmasligimiz, ishonch va rahmdillik bilan haqiqatni e’lon qilmog‘imiz, adashgan gunohkorlarni soxta yo‘lidan qaytarish, haqiqat yo‘liga boshlash uchun jon kuydirmog‘imiz zarur.


Книга на Узбекском языке: - Ложь в которую верят  женщины  (Нэнси Демосс)

Автор этой книги исследует наиболее распространенные среди женщин заблуждения (о Боге, грехе, браке, детях и т.д.) и старается помочь обрести истину и стать по-настоящему свободными. Книга полезна всем (включая мужчин) и может быть использована для проведения семинаров по вопросам семьи и брака.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак