Ayollar ishongan yolg‘on va ozod qiladigan haqiqat (Nensi Demoss) 3 bob

Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (3-боб) Китоб Ўзбек тилида

Ayollar ishongan yоlg‘on va ozod qiladigan xaqiqat (Nensi Demoss) O‘zbek tilida audiokitob Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида

 

 

MUNDARIJA

MUQADDIMA

XOTIRA DAFTARIM

1-QISM. KIRISH SO‘ZI

2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON

2 BOB. Xudo haqida

3 BOB. O‘zim haqimda

4 BOB. Gunoh haqida

5 BOB. Ustunliklar haqida

6 BOB. Nikoh haqida

7 BOB. Bolalar haqida

8 BOB. His-tuyg‘ular haqida

9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida

III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH

10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi

11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat

XOTIMA


3 BOB. O‘zim haqimda

   • Hech narsaga arzimayman

   • O‘zimni yaxshi ko‘rishni o‘rganishim kerak

   • O‘zimni yengolmayapman

   • Mening haq-huquqlarim bor

   • Tashqi go‘zallik ichki go‘zallikdan ko‘ra muhimroq

   • Barcha xohishlarim albatta ro‘yobga chiqishi kerak

   • Yolg‘onga haqiqatni qarshi qo‘ying

   • Amalda qo‘llash

Xotira daftarim.

Oxirgi haftalar hayotimda eng qiyin palla bo‘ldi. Birovga dardlarimni yoysam, deyman. Odam Ato bilan bog‘dan chiqib ketganimizdan beri o‘rtadagi munosabatlarimiz negadir buzildi. Endi menga ishonadimi, yo‘qmi,bilmayman. Albatta, uni qoralay olmayman, Axir hayotini alg‘ov-dalg‘ov qilgan asli men bo‘laman. O‘zimni o‘taketgan nodondek his qilyapman. Odam Ato o‘sha ilon menga qanday ta’sir o‘tkaza olganini tushunmayapti. Ilon chindan ham rad qilib bo‘lmaydigan dalillarni keltirdi, shu tariqa yo‘q deya olmadim.

O‘sha lahza, birinchi marta o‘zimga qarab, yalang‘och ekanligimni anglaganim hali ham ko‘z o‘ngimda. So‘ng Odam Atoga qaradim, ko‘zlaridan uning ham shu haqda o‘ylayotganini payqadim. Bir birimizni tanigandan beri mana birinchi marta men uning ko‘ziga qaray olmayapman. Bunga qadar bir-birimizdan hech qachon uyalmaganmiz. Endi esa bir-birimiz oldimizda ko‘pincha o‘zimizni noqulay his qilamiz. Garchi Parvardigor Egamiz anjir barglaridan yasalgan, foydasiz yopinchiq o‘rniga biz uchun teridan kiyim-kechak yasab, bizni kiyintirgan bo‘lsada, baribir o‘zimni juda ojiz his qilaman ... tashqi kuchlardan ko‘ra ko‘proq ichimda meni niqtalaydigan bir nish borligini sezaman.

Odam Atoning ko‘zida qanday ko‘rinishim haqida hech qachon o‘ylab ko‘rgan emasman. Uning meni yaxshi ko‘rishini, Xudoning eng go‘zal ijodi sifatida qabul qilishini har doim bilar edim. Endilikda uning meni sevishiga, chiroyli deb hisoblashiga shubhalarim ortib bormoqda. Balki u achinayotgandir, Xudo meni unga berganidan ko‘ngli o‘ksinayotgandir?

Bir necha hafta avval ko‘zlarimda qattiq og‘riq sezib, natijada kontakt linza taqa olmay qoldim. Avvaliga buni allergiya xuruji deb o‘yladim va dori ichib qaytarishga urindim. Biroq bu yordam bermadi. Ko‘z qorachig‘im yalig‘langani bois, linza bilan yaxshi ko‘ra olmay qoldim va bu mening ko‘rish qobiliyatimni pasaytirib yubordi. Oxir-oqibat yalig‘lanish shu darajada kuchaydiki, linzadan voz kechishga va okulist qabuliga navbat olishimga to‘g‘ri keldi.

U ko‘zimni tekshirib, hammasiga sabab aslida allergiya emas, ko‘z ham emas, kontakt linzalar ekanligini aytdi. Linzalar shikastlangan: yapaloq bo‘lib qolgan va ko‘z qorachig‘ini yalig‘lantirar edi. Ko‘rish qobiliyatim tiklanishi uchun linzalarni almashtirish, yangisini taqish talab etilardi.

Xudoning fe’l-atvori haqida tasavvurlarimiz juda katta ahamiyatga ega, negaki bu boshqa barcha narsalar haqidagi tasavvurlarimizga, dunyoqarashimizga ta’sir qiladi. Xudoni noto‘g‘ri qabul qilish oqibatida voqelikka bo‘lgan munosabatimiz o‘zgaradi. Ko‘pincha g‘azab yoki sarosimaga tushushimizning sababi aslida odamlar yoki vaziyat emas, balki borliqni, voqelikni shikastlangan linza orqali ko‘rib qabul qilayotganimiz ekanligini tushunmaymiz.

Bizning Xudo haqida tasavvurlarimiz o‘zimiz haqimizdagi tasavvurlarga ayniqsa kuchli ta’sir qiladi. Agar Uning haqiqatda Kim ekanligini bilmasak, Uning shaxsi haqida bo‘hton, yolg‘onlarga ishonsak, chin-haqiqatki, o‘zimiz to‘g‘rimizda ham noto‘g‘ri fikrga ega bo‘lamiz.

Agar Xudoni mensimasak, oqibatda o‘zimiz nochor holga kelamiz. Agar tasavvurimizda Xudo ojiz, koinot ustidan hukmronlik qilolmaydigan, kuchsiz bir Zot bo‘lsa, biz o‘zimizni ham ojiz his etamiz va qarshi shamollarga, noqulay vaziyatlarga bardosh berolmaymiz. Agar tasavvurimizdagi Xudo hech narsaga arzimaydigan bo‘lsa, bu bizda ham “men hech narsaga arzimayman” degan o‘y, fikrning ustunlik qilishiga sabab bo‘ladi. Xudo haqida yolg‘onga ishonsak, o‘zimiz haqimizdagi yolg‘onga ham ishonishimiz muqarrar. Quyidagilar bunga misol bo‘la oladi:

Hech narsaga arzimayman

So‘rovnoma o‘tkazganimizda unda qatnashgan ayollarning 42 foizi mana shu yolg‘onga ishonishini tan oldi. Bu juda kuchli yolg‘on va siz uning domiga tushgan ayollarning so‘zlarini eshitib, bunga amin bo‘lishingiz mumkin:

Men o‘zimni xuddi boshqalardan kamdek his qilaman, bu narsa meni butun umr qiynab kelgan. Ko‘pincha bu tufayli boshqa odamlar bilan munosabatlarni to‘xtatishga majbur bo‘lganman, garchi tabiatdan juda kirishimli bo‘lsamda.

O‘zimni juda ahamiyatsiz his qilganim bois, har doim atrofdagi odamlarning daldasiga muhtojlik sezaman! Agar odamlar meni yaxshiroq bilganlarida edi, chindan ham hech narsaga arzimaydigan ekanligimni tan olardilar.

Turmushda baxt topa olmaganim bois o‘zimni hech narsaga arzimaydigandek his qilardim, nazarimda hech kim, hatto Xudo ham meni yaxshi ko‘ra olmaydigandek tuyulardi. Birov meni sevishi uchun, men benuqson bo‘lishim kerak degan o‘ylar meni hech qachon tark etmasdi.

Men hech qanday talablarga javob bera olmasdim, shu tariqa, Xudo meni seva olmaydi deb o‘ylardim.

Ko‘pincha notavonlik hissi bizda atrofdagi odamlardan eshitgan yolg‘onga ishonish oqibatida paydo bo‘ladi va bu holat ko‘proq bolalik davrida uchraydi.

Bolaligimda meni ahmoq deb atashardi, hech narsaga arzimasligimni aytishardi. Vaqt o‘tib o‘zim ham bunga ishondim. Hozirgacha bundan qo‘rqib yashayman, ozod bo‘lolmayapman.

Bu dunyoda biron bir narsada yutuqqa erisha olishimga ishonmasdim, chunki bolaligimdan menga aynan shuni uqtirib kelishgan. Odamlar meni hech narsani tushunmaydigan, aqliy qoloq bola o‘rnida qabul qilishardi. Bilsangiz, o‘zim ham bunga ishona boshladim. Qobig‘imga o‘ralib oladigan odat chiqardim, odamlardan o‘zimni olib qochadigan bo‘ldim. Bir umr menda hech qachon yaqin do‘st bo‘lmasligiga, oila qurolmasligimga, og‘riq va azoblarni kechishim, bevaqt o‘lishimga sabab bo‘lishiga ishonardim. Qo‘rqardim va bu qo‘rquv meni butun umr ta’qib qilgan.

Muammo shundaki, o‘z haqimizdagi fikrimiz ko‘pincha boshqa odamlarning biz haqimizdagi fikri asosida shakllanadi. Gohida ularning so‘zlari to‘g‘ri bo‘lib chiqadi, foyda beradi, lekin har doim emas. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra, biz fikriga quloq solgan kishi, bizni “shikastlangan linzalar” bilan ko‘radigan bo‘lsa, bu holda uning bizni noto‘g‘ri qabul qilishgi muqarrar. Oramizda ayrimlar qiyshiq oynak aks ettirgan narsani haqiqat o‘rnida ko‘rib, butun umr emotsional qamoqda yashab o‘tadi.

Odamlar aytgan so‘zlar nazariy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan taqdirda ham, Qallob bu ma’lumotni bizni qulga aylantirish uchun ishlatishi mumkin. Misol uchun olti yoshli qizga dugonasi: “Sen juda semizsan!” deb to‘g‘risini aytishi mumkin. O‘zi haqida bunday so‘zlarni eshitgan qizcha o‘sha kuzatuv natijasida qilingan soxta xulosalarga suyanib katta bo‘lgach, bir kun kelib qullikka tushishi hech gap emas. “Men semizman, – deydi u, – shuning uchun ...

• bir umr semiz bo‘lib o‘taman;

• hech kim, hech qachon meni yaxshi ko‘rmaydi, men bilan do‘stlashishni xohlamaydi;

• jamiyatda hech qanday o‘rnim yo‘q;

• atrofdagilarga yoqish uchun ulfatlarimning e’tibor markazida bo‘lishim kerak”.

Gohida bolalikda qabul qilingan birgina tanqid odamni uzoq yillar qiynab kelishi va ta’qib qilishi mumkin. Mindining hayotida aynan shunday bo‘lgan:

Esimda, yoshim chamasi oltida edi. O‘shanda menga yashashga haqqim yo‘qligi, umuman tug‘ilishim ham xato bo‘lganini aytishdi. Buni kim aytganini eslolmayman, bilganim shuki: onam mening yonimda turar va bu so‘zlarga hech qanday javob qaytarmadi. Shundan beri yakkalanib qoldim, odamlar bilan gaplashish men uchun juda qiyin bo‘lib qoldi.

Yettinchi sinfda meni mahsus maktabga o‘tkazishga qaror qilishdi. Meni qabul qilishdi, lekin o‘quvchilar soni juda ko‘p bo‘lgani bois, ohir-oqibat yana oddiy maktabga qaytib bordim. Shunday bo‘lsada, joyim o‘sha yerda ekanligiga hech qachon ishonmasdim.

Bugungi kunga qadar o‘zimni befahm, tentak ekanligimga, meni alohida xonada, odamlardan yiroqda saqlash kerakligiga ishonib kelganman. Katta sinfda o‘qiganimda hech kim men bilan do‘stlashmasdi, odamlar meni qasddan xafa qilishga urinar edi. Oqibatda men yanada yakkalashdim, chuqur depressiya holatiga tushdim, qaniydi o‘hlasamu, boshqa uyg‘onmasam derdim.

Bu hikoya odamning qulga aylanish jarayonini juda aniq qilib ko‘rsatib beradi. Dastlab, hali bolaligidayoq bu ayolga dahshatli, halokatli yolg‘onni aytishdi. U buni oxirigacha eshitdi, so‘ng yolg‘onga haqiqatni qarshi qo‘yish o‘rniga bu haqida o‘ylay boshladi va bu holat uning buni haqiqat deb qabul qilguniga qadar davom etdi. Oxir-oqibat uning hayot tarzi mana shu yolg‘onga suyanib qoldi (“Yakkalanib qoldim”), va yolg‘on uni qulga aylantirdi: “[Men] depressiya holatiga tushdim, qaniydi o‘hlasamu, boshqa uyg‘onmasam derdim”.

Odamning o‘zini qanday qabul qilishi kelajagini, taqdirini belgilab beradi. Agar yolg‘onga ishonsak, yolg‘on asosida hayot kechirsak, qullikka tushishimiz muqarrar. Buni quyidagi hikoyalar tasdiqlaydi:

Juda uzoq vaqt men hech narsaga arzimasligimga ishonib yashadim. Hatto tavba qilganimdan keyin ham o‘zimni hech narsaga arzimaydigan odam o‘rnida ko‘rardim. Buning oqibatida chuqur depressiyani boshdan kechirdim. Odamlardan uzoqlasha boshladim, natijada Xudo men uchun belgilab bergan quvonchdan ham mosuvo bo‘lib qoldim.

“Hech narsaga arzimayman” — butun umr bunga ishonib keldim. Har doim mana shu yolg‘on bilan va o‘zimda atrofdagi odamlarning daldasiga bo‘lgan doimiy ehtiyojga qarshi kurashib yashadim. Haddan oshirib yubordim – hammaning ko‘nglini olishga harakat qilardim, hatto tashqi ko‘rinishimni ham fikr-qarorimdagi idealga yetkazishga intilardim.

Bu kabi guvohliklar juda ko‘p. Bugungi kunda ko‘p ayollar yaxshi munosabatning gadosi bo‘lib yashaydi, ular jon jahdi bilan atrofdagi odamlarning maqtoviga erishish yo‘llarini izlaydi. Ular xuddiki o‘tmishdagi salbiy munosabatlar oqibatida qalbida kemirilgan joyni mana shu orqali to‘ldirishga, hayolidagi tarozi pallasini tenglashtirishga harakat qilgandek, go‘yo. Lekin aksariyat hollarda qancha ijobiy fikr va maqtovlar bildirilmasin, bular o‘tmishda ularni arzimas odam ekanligiga ishonishga majbur qilgan, yaralovchi so‘zlarning mash’um ta’sirini bartaraf etolmaydi. Maqtov va xush so‘zlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirib bo‘lmaydi. Ular ko‘rinishi yoki qilgan ishlari haqida yuzlab ijobiy baho, maqtov eshitgan taqdirida ham, oilasida aytilgan birgina salbiy fikr, ularni dastavvalgi holatga qaytaradi. Nima uchun? Sabab shuki, ular o‘zining qadr-qimmatini boshqa odamlar belgilashiga yo‘l qo‘yib beradi.

1 Butrus maktubida Isoning qadr-qimmati qanday belgilangani haqida aytgan oyat bor. Bu Iso haqida atrofdagi odamlarning fikriga emas, (yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’iy nazar) balki Uning Samoviy Otasi tomonidan aytilgan haqiqatga asoslangan. Ya’ni Uning insonlar tomonidan rad etilgani, lekin Xudo tomonidan qimmatbaho deb tanlagani haqida aytilgan. (1 But. 2:4) Iso insonlar tomonidan rad etildi – bu insonlarni O‘zi uchun yaratgan, ularni sevgan, ular uchun O‘z jonini fido etgan bo‘lsada. Biroq Uning qadr-qimmati bu bilan belgilanmas edi. U Xudo tomonidan qimmatbaho deb tanlangan edi va mana shu jihat uning ahamiyatini belgilab berardi.

Tasavvur qiling, bir odam san’at go‘zalligini ko‘p yaxshi tushunmagani bois noyob suratni ahlat idishiga tashlab yuboradi. Ayting-chi, bu bilan noyob surat o‘zining qiymatini yo‘qotadimi? Yo‘q, albatta. San’at asarining haqiqiy qiymati qachonki san’at shaydosi uni topib: “Bu bebaho asar. Uning uchun istalgan bahoni berishga tayyorman” deganda oshkora bo‘ladi.

Xudo meni va sizni gunoh bo‘yinturug‘idan ozod qilish uchun O‘zining Yagona O‘g‘lini yerga yuborib, xuddiki jonimizning bahosini belgilagandek bo‘ldi. U bizning jonimiz olamdagi hamma narsadan qimmat ekanligini e’lon qildi. Kimning fikrini qabul qilasiz? Yolg‘onga ishonsangiz, bu sizni qulga aylantiradi. Haqiqatga ishonsangiz agar ozod bo‘lasiz.

O‘zimni yaxshi ko‘rishni o‘rganishim kerak

“O‘ziga past nazar bilan qarash” bugungi kunda eng ko‘p uchraydigan tashhislardan biri. Professional ruhshunoslar o‘z patsiyentlariga, o‘qituvchilar esa o‘quvchilariga bu tashhisni qo‘yishadi. Jamoat cho‘ponlari bu haqida qo‘li ostidagi suruvga, ota-onalar – bolalariga gapirishadi va juda ko‘p odamlar o‘zlarida buni sezib kelganini tan oladi.

O‘zini ahamiyatsiz his qilish kasalligiga chalingan odamlarga dunyo: “O‘zingni yaxshi ko‘rishni o‘rganishing kerak” deb o‘rgatadi. Bu ommaviy psixologiyada ham, o‘zini o‘zi yaxshi ko‘rish yo‘lini izlovchilardan tashkil topgan jamiyatda ham xuddiki najotbaxsh duodek bo‘lib qolgan.

Muqaddas Kitob bizning Xudo suratiday qilib yaratilganimizni, Xudo bizni yaxshi ko‘rishi va biz Uning uchun qimmatli ekanligimizni aytadi. Biroq bu bizning sharofatimiz bilan erishilgan narsa emas va o‘zimizni qancha maqtamaylik, bu bilan Xudoning sevgisini chuqurroq his qila olmaymiz. Aksincha, Isoning ta’limoti bo‘yicha, kim jonini bersa, uni saqlab qoladi. O‘zini yaxshi ko‘rish haqida ta’limot odamni yolg‘izlikka va baxtsizlikka olib keladi.

Odamlar ichida: “Hech qachon o‘zimga yoqmaganman” yoki “Gap shundaki, u ayol o‘zini yaxshi ko‘rmaydi” deydiganlar qancha? Kalomga qaraydigan bo‘lsak, shunday haqiqatni topamiz: biz o‘zimizni yaxshi ko‘rib bo‘lganmiz, hatto ortiq darajada desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Iso: “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving” degan va bu o‘zgani sevish uchun biz avvalo o‘zimizni sevishimiz kerak degan fikrdan mutlaqo yiroq. Iso o‘rgatadiki, biz tabiiy holda o‘zimizga qancha e’tibor berib, o‘z haqimizda qancha g‘amho‘rlik qilsak, boshqalarga ham xuddi shuncha e’tibor, xuddi shunday g‘amho‘rlik qilmog‘imiz lozim.

Agar tishim og‘risa, darrov vaziyatni tahlil qilaman va muammoni yechishga urinaman. Agar o‘zimni yaxshi ko‘rmaganimda, og‘riqni shunchaki bee’tibor qoldirgan bo‘lardim. Ammo boshqa birovning tishi og‘rigan paytda, bunga bee’tibor bo‘lish juda oson, Axir bu uning muammosi. O‘zimizni yaxshi ko‘rishimiz tabiiy hol, biroq o‘zgani xuddi shu tarzda yaxshi ko‘ra olmaymiz.

Efesliklarga maktubda ham xuddi shu haqda aytilgan bo‘lib, Pavlus erlarga o‘z xotinlarini o‘z tanalarini sevganday sevishni buyuradi ... “Hech kim hech qachon o‘z tanasini yomon ko‘rmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi”. (Ef. 5:28–29)

Biz doimo o‘zimiz haqimizda g‘amho‘rlik qilamiz, qayg‘ularimiz haqida o‘ylab tashvishlanamiz, har doim odamlarning qilgan ishidan qanchalik ta’sirlanishimizni tushunamiz. Oramizda ayrimlarning bu darajada nozik ta’bli bo‘lishiga sabab, bizning o‘zimizni yomon ko‘rishimizda emas, balki haddan ortiq yaxshi ko‘rishimizdadir! Odamlar bizni qabul qilishini, biz bilan yumshoq muomala qilishni xohlaymiz. Agar o‘zimizni bu qadar qattiq yaxshi ko‘rmaganimizda bizni rad etganlaridan, mensimaganlaridan, bizga yetarlicha e’tibor qaratmaganlaridan tashvishlanmasdik.

Gap shundaki, biz o‘zimizga nisbatan nafrat his qilmaymiz, o‘zimizni yaxshi ko‘rishga bizni o‘rgatish shart emas. Xudoni va atrofdagi odamlarni chindan ham yaxshi ko‘rish uchun o‘zimizni rad etishni o‘rganishimiz lozim. Bizdagi xastalik bu “o‘zimizga past nazar bilan qarash” emas, o‘zimizga nisbatan yomon munosabatda bo‘lish ham emas. Buni Xudoni borligicha qabul qilmaslik, mensimaslik, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Muammo o‘zimizni boshqacha qabul qilishimizda emas, balki Xudoni boshqacha qabul qilishimizdadir. Biz o‘zimizni ko‘proq yaxshi ko‘rishimiz emas, balki Xudoning bizga bo‘lgan cheksiz muhabbatini, niyatini va biz uchun belgilagan maqsadini qabul qilishimiz lozim.

Uning sevgisini qabul qilganimizda, bizda o‘zimizni atrofdagilar bilan taqqoslash zarurati o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Biz o‘zimiz to‘g‘rimizda bu darajada ko‘p o‘ylamaymiz. Buning o‘rniga Xudoning boshqa odamlarga bo‘lgan sevgisini yetkazuvchi vakillarga aylanamiz.

O‘zimni yengolmayapman

Bu ko‘p odamlarni bir umrga qul qiladigan yana bitta yolg‘on. Qachonlardir hammamiz mana shu yolg‘onning o‘ljasi bo‘lganmiz. Quyidagi ayollarning taqdiridan ehtimol siz ham o‘z hayotingizga o‘xshash holatni toparsiz:

“Mening taqdirim xuddi ota-onamning taqdiriga o‘xshaydi. Axir bu nasldan naslga o‘tib keladigan narsa. Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi” – degan yolg‘on fikrga ishonardim. Otam xizmatchi bo‘lgan, lekin keyinchalik otam ham, onam ham Xudodan va imonlilar jamoatidan qaytib ketishdi. Bir umr Xudoga sodiq qolish mening nazarimda imkonsizdek ko‘rinar edi. Ota-onam buni uddalay olmadimi, demak men ham uddalay olmayman.

O‘zimni yengolmayman der va bu bilan yalqovligimni va intizomsizligimni oqlardim.

Otamning oilasi, qarishdoshlari semizlikdan qiynalgani bois, men ham o‘zimda ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolar borligiga ishonardim. Jussam ularga tortgan, shu tariqa bir umr semizlikdan qiynalaman. Bu bilan kurashishdan foyda yo‘q, men baribir semiraveraman deb o‘ylardim va ochofatligimda ularni ayblardim.

Biz o‘zimizda ko‘nglimizga yoqmagan yoki Xudoga yoqmaydigan narsalarni topamiz. Biroq tanlovimiz, munosabatimiz va hatti-harakatimiz uchun mas’uliyatni o‘z bo‘ynimizga olish o‘rniga biz 100 ta bahona topamiz:

• Uyimiz shunday torki, boshqalarni ko‘rishga ko‘zim yo‘q.

• Ishim og‘ir, asabiylashganim bois uyga kelganimda, bolalarni ko‘rib istar-istamas jazavam qo‘ziydi.

• Bu shunchaki og‘ir kunlar.

• Men garmonlar qo‘zg‘alishini boshdan kechiryapman.

• Shu qadar charchadimki, hech narsaga madorim yo‘q.

• Oilamizda janjalni tinchlantira oladigan odam bo‘lmagan. Biz hamma narsani ichimizda saqlardik, o‘zimizni hech narsa bo‘lmagandek tutardik. Hozirgacha yuragimdagi dardlar haqida gaplasha olmayman.

• Ota-onam men haqimda hech qachon iliq fikr bildirmagan, men mehr ko‘rmay o‘sganman.

• Buvam ham, onam ham vasvasa kasalligidan qiynalib o‘tgan. Bu nasldan naslga o‘tadigan illat ko‘rinadi.

• Onam menga hech qachon chindan ham onalik qilmagan, shu tariqa bolalarimni qanday tarbiyalash kerakligini bilmayman.

• Bolaligim qiyin kechgan, natijada hozir odamlarga ishonmayman.

• Sobiq erim meni har doim kamsitardi, o‘zimga past nazar bilan qarashimga aynan u sababchi.

Bularning hammasi, biz boshdan kechirgan narsalarga atrofdagilar aybdorligi, biz shunchaki boshqalarning zulmi, kasofati qurboniga aylanganimizni nazarda tutadi.

Shunday bo‘lsada, Momo Havo haqidagi hikoya ustidan mulohaza qilar ekanmiz, bu ayolning bebaxt bo‘lishida erining ham, bolalarining ham aybi bo‘lmaganini tushunamiz. Ayollarning muammolarida erkaklar aybdor degan g‘oyani oldga suradigan zamonaviy feminizmga qarshi ravishda, Momo Havoning hayoti buzilishiga erkak kishining hech qanday aybi bo‘lmagan. Momo Havo bunda o‘z atrofidagi muhit, sharoitlarni ham ayblay olmasdi. Aksincha, bunday sharoitda hayot zavqiga to‘lib yashash, baxtli kun kechirish uchun yetarlidan ham ortiq imkoniyatlar bo‘lgan. Momo Havoni va uning erini na moliyaviy muammolar, na ish joyi bilan bog‘liq qiyinchiliklar, na janjalkash qo‘shnilar va na bog‘ni bosib ketadigan yovvoyi o‘tlar qiynagan; bilsangiz agar, ular hatto qaynona-qaynata muammosidan ham ozod bo‘lgan!

Momo Havo boshiga yog‘ilgan kulfatlar uchun hech kimni ayblay olmasdi. Muammo uning o‘zidan kelib chiqdi. Bu uning tanlovi edi va hech kimni bunda ayblab bo‘lmaydi. Bosgan qadami oqibatida Momo Havo o‘zini qullik iskanjasiga tutib berdi, o‘zining va oilasining, qolaversa keyingi avlodlarining boshiga dahshatli kulfatlarni soldi.

“O‘zimni yengolmayapman” deb biz o‘zimizni aldaymiz va bu shunday yolg‘onki, bizni atrofdagi odamlarning va tashqi sharoitning oson o‘ljasiga aylantiradi. Bu bilan kelajagimiz uchun boshqa kimdir yoki boshqa narsalar javobgar ekanligi, biz hech qanday o‘zgara olmasligimiz, shunchaki taqdir qo‘lidagi qo‘g‘irchoq bo‘lib kelganimiz anglashiladi. Biz negadir, birovning amri bilangina harakat qila olamiz degan yolg‘onga ishondik.

Bu yolg‘on bizga o‘zgarishga hech qanday umid qoldirmaydi. Shayton biladiki, agar o‘zimizni boshqara olmasligimizga ishonsak, biz hech qachon o‘zgarmaymiz. Bir umr qul bo‘lib yashaymiz. Agar doimio yengilib yashash, gunoh yoki musibatlar bizga taqdir qilib berilganiga ishonsak, dushman zarbidan qulab, gunohga botib, musibatlar ostida, umidsiz holda qolaveramiz.

Biroq bizga tanlov huquqi berilgan. Biz o‘z tanlovimiz, bosgan qadamimiz uchun javob beramiz. Biz Muqaddas Ruhning kuchi bilan o‘zgarishimiz mumkin. Haqiqatni bilib, uni qabul qilganimiz zahoti o‘tmish iskanjasidan, sharoitlardan va hatto yuragimizda chuqur ildiz otgan ahloq turlaridan ozod bo‘la olamiz.

Mening haq-huquqlarim bor

“Hech kim daxl qilolmaydigan huquq” ... “Sen o‘z hayotingni o‘zing boshqarish huquqiga egasan!”... “Sifatli xizmat ko‘rsatilishini talab qilishga haqing bor!” Konstitutsiyadan tortib, tez xizmat ko‘rsatish restoranlarigacha, hamma yerda “Mening haq-huquqim bor” degan shior ustivor ekanini ko‘rishimiz mumkin. Bu g‘arb mamlakatlarining o‘ziga xos emblemasiga aylandi. Hozirgi ayollar buni mahkam ushlab olishgan.

Hozirgi feministlar harakati ayollar huquqini himoya qilish g‘oyasiga asoslanadi: ovoz berish huquqi, o‘y-ro‘zg‘or tashvishlaridan ozod bo‘lish, mavqeda teng imkoniyatlarga ega bo‘lish huquqi, erkaklar bilan teng maosh olish huquqi, o‘z badaniga o‘zi ega bo‘lish huquqi, erkin harakat qilish, erkin so‘zlash huquqi, o‘zi istagandek bo‘lish huquqi, erning familiyasiga o‘tmaslik huquqi va “erkaklar zulmining” boshqa turlariga tobe bo‘lmaslik huquqini”.

Ayollarni ishontirishdi, ularga qachonki o‘z huquqlarini himoya qilishsagina ozodlikka va baxtga erisha olishini uqtirishdi. To‘g‘ri-da “o‘zingni o‘zing himoya qilmasang, kim seni himoya qiladi?” Lekin mening o‘ylashimcha, ayollar o‘z huquqlarini himoya qilganlari uchungina bugun mana shunday achinarli ahvolga kelib qolishdi. “O‘z huquqlarini talab qilish” doim ham kutilgan natijalarni beravermasligi haqida ko‘p eshitaman:

O‘z huquqlarim borligiga ishonganim juda ko‘p, keraksiz bahs-tortishuvlarga sabab bo‘ldi va buning natijasida hayotim toqat qilib bo‘lmaydigan darajada og‘irlashdi.

O‘z haqimni talab qilganimda ma’lum bir vaqtga qoniqish sezaman, lekin oz muddat o‘tib yana umidsizlikka tushaman.

Aslida butun dunyoda odamlar o‘z huquqini himoya qilish evaziga emas, balki boshqalar oldida past kelish evaziga yaxshi munosabat va sog‘lom madaniyat qurishga muvaffaq bo‘lmoqda. Hatto bizning yo‘l harakat qoidalarimiz ham o‘zida ushbu prinsipni aks ettiradi. Siz hech qayerda “Yo‘l bermaslikka haqingiz bor” degan belgini ko‘rmaysiz. Aksincha, bizdagi belgilar “Yo‘l bering” deydi. Yo‘l harakat tartibi uchun bu eng yaxshi prinsip. Bu prinsipni hayotimizga ham kiritsak agar, bundan faqat foyda topgan bo‘lardik.

Shunga qaramay, biz har qanday sohada o‘z huquqlarini himoya qilish g‘oyasi ustivor ekanligini ko‘ramiz. Oltmishichi yillarda avj olgan chalkashlik va sarosima – “huquqlar” haqida falsafaga asos soldi. Bu g‘oya biz – masihiylar madaniyatining ham bir qismiga aylandi. U suhbatlarimiz mavzusiga aylanmoqda. U bizning dunyoqarashimizni shakllantirmoqda. Bugungi kunda quyidagilar o‘z-o‘zidan ma’lum narsa sifatida qabul qilinadi:

• baxtli bo‘lish huquqiga egasiz;

• odamlar sizni tushunishini talab qilish huquqiga egasiz;

• sevikli inson bo‘lish huquqiga egasiz;

• ma’lum bir hayot tarzi bo‘yicha yashash, mehnat uchun ma’lum miqdorda haq olish va ayrim imtiyozlarga ega bo‘lish huquqiga egasiz;

• yaxshi turmush qurish huquqiga egasiz;

• do‘stlashish va ishqiy muhabbatga asoslangan munosabatlar tuzish huquqiga egasiz;

• hamkasblaringiz tomonidan hurmatda bo‘lish huquqiga egasiz;

• eringiz va bolalaringiz tomonidan qadrlanish va hurmatda bo‘lish huquqiga egasiz;

• dam olish kunlari va ta’til olish huquqiga egasiz;

• to‘yib uxlash huquqiga egasiz;

• eringiz sizga uy yumushlarida yordam berishini talab qilish huquqiga egasiz.

Va eng muhimi, agar ma’lum bir huquqingiz buzilsa, sizda e’tiroz bildirish huquqi ham bor. Siz g‘azablanish, depressiya holatiga tushish, ma’lum bir choralarni qo‘llash va o‘z haq-huquqlaringizni talab qilish huquqiga egasiz!

Eski Ahd kitobida Yupus payg‘ambar insonga xos tabiatni: “huquqlar” buzilganda, ularni himoya qilish, g‘azablanishga bo‘lgan mayillikni namoyon etadi. Yunus Naynabo aholisini yomon ko‘rish huquqiga ega ekanligini his qilgan. U o‘zi istagan joyda xizmat qilish huquqiga ega edi. Shuningdek u g‘ayriyahudiy xalqlarning Xudo tomonidan qanday jazoga tortilishini tomosha qilishga ham o‘zini huquqli deb bilgan.

Xudo Yunus o‘ylagandek ish tutmadi. “Bu voqeadan Yunus qattiq xafa bo‘lib g‘azablandi” (Yunus 4:1). U shu darajada g‘azablandiki, Xudoga: endi “... jonimni olib qo‘ya qol. Yashaganimdan ko‘ra, o‘lganim yaxshiroq” deb iltijo qildi. Joniga qasd qilish uning o‘z emotsiyalarini tiya bilmasligining oqibati edi.

Egamizning Yunusga rahmi kelmadi, U Yunusning ranjigan dilini ayab ham o‘tirmadi. Aksincha ish tutdi va isyon qilgan payg‘ambarga huquqlar haqida masalani ko‘ndalang qo‘yib dedi: “Nahotki shundan sen xafa bo‘lding?!” (Boshqa tarjimada: “Xafa bo‘lishga nima haqing bor?”)

Yunus bu savolga javob berishdan bosh tortdi.

U shahardan chiqib, shaharning sharq tomoniga borib o‘tirdi. Shu yerda chayla yasab, endi shaharga nima bo‘larkin, Xudo O‘z fikri-qarorini o‘zgartirmasmikan, deb chaylaning soyasida kutib o‘tirdi. Bir payt, Yunusning boshiga soya bo‘lsin, qayg‘usi barham topsin deb Egamiz bir o‘simlik o‘stirdi. O‘simlik Yunusning tepasida ko‘tarildi. Yunus bu o‘simlik o‘sganidan juda xursand bo‘ldi (Yunus 4:6)

Yunusning emotsional holati haq-huquqlari saqlanishiga qanchalik bog‘liq bo‘lganini ko‘ryapsizmi? Xudoning g‘ayriyahudiylarga rahm qilgani Yunusga yoqmadi, negaki Yunus bu xalqlarni yomon ko‘rar edi va shu bois Xudodan g‘azablandi. Egamiz Yunusning boshiga soya bo‘lsin, qayg‘usi barham topsin deb, bir o‘simlik o‘stirganida esa, Yunus bundan juda xursand bo‘ldi.

Ammo xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Keyingi kuni tong paytida Xudo bir qurtni yubordi, qurt o‘simlikni kemirib quritdi. Quyosh yuqoriga ko‘tarilganda, Xudo sharqdan garmsel yubordi. Quyosh Yunusning boshini shunday qizdirdiki, u holdan keta boshladi. Yunus: “Bunaqa yashaganimdan, o‘lganim yaxshiroq”, deb yana o‘ziga o‘lim tiladi. Xudo yana Yunusga haq-huquqlar haqida so‘z ochib dedi: “Bitta o‘simlik nobud bo‘lganidan jahling chiqdimi?” (Boshqa tarjimada: “O‘simlik uchun jahl qilishga haqing bormi sening?”)

Ha, jahlim chiqdi, o‘limimga ham rozi bo‘ldim, — deb javob berdi Yunus. (Yunus 4:9) (Boshqa tarjimada: “Qattiq jahlim chiqdi ... hatto o‘limga ham rozi bo‘ldim”)

Yunusning o‘ylashicha, u o‘z hayotini va tashqi sharoitlarni o‘zi boshqarish huquqiga ega bo‘lgan, atrofdagi hamma narsa u istagandek bo‘lishiga, bir narsa yoqmasa agar, g‘azablanishga ham haqli bo‘lgan. O‘z huquqini himoya qilish istagi Yunusni emotsional beqarorlikka, yolg‘izlikka va Xudodan yiroqlashishiga olib keldi.

Achinarlisi shuki, gohida Yunus haqida hikoya mening hayotimni juda eslatib yuboradi. Juda ko‘p holatlarda vaziyat men istagandek bo‘lmaganini ko‘rib, o‘zimda g‘azab, norozilik paydo bo‘lganini sezaman. Ish joyimda mening ishtirokimsiz qabul qilingan qaror, avtobusda haydovchining qo‘pol muomala qilishi, magazindagi uzun navbat, o‘zimga yaqin odamning o‘ylamasdan gapirgan so‘zi, do‘stimdan jindek xafa bo‘lishim (balki haq bo‘la turib, balki tushunmasdan) ishonchimni yo‘qqa chiqargan odam, endigina uhlaganimda telefon jiringlashi va hokazolar bunga sabab bo‘ladi. Agar har safar o‘z huquqlarimni talab qilaversam, bundan o‘zimning kayfiyatim buziladi, haddan ortiq talabchan, jahldor bo‘lib qolaman.

Emotsional va ruhiy holatimizda barqarorlikni ta’minlashning birdan-bir yo‘li – o‘z huquqlarimizni bu hayotda hamma narsaning Yagona, to‘la huquqli Egasi bo‘lgan Zotga topshirishdir. Mana shu haqiqat bizni ozod qiladi.

Tashqi go‘zallik, ichki go‘zallikdan ko‘ra muhimroq

Biz yashagan jamiyat qizlarimizga va ayollarimizga ilk bolalik damlaridanoq mana shu yolg‘onni tinmay singdirib borishga harakat qiladi. Barcha sohalarda uning tashviqot qilinganini ko‘rishimiz mumkin: televideniye, kinofilmlar, qo‘shiqlar, jurnal va kitoblarda, reklamalar ushbu yolg‘on bilan sug‘orilgan. Bizni tashqi go‘zallik hayotda hamma narsadan muhim ekanligiga ishontirishadi. Ayollar ularning aytganlariga ishonishadi: ha, muhimi – go‘zallik, kelishgan qaddi-qomatga ega bo‘lish, barno yuzli bo‘lishdir. Hatto ota-onalar, aka-uka va opa-singillar, o‘qituvchilar va do‘stu birodarlar ham gohida o‘zlari bilmagan holda bunga hissa qo‘shadilar: “shiringina” bolakaylarga hamma qaraydi, ularni erkalashga shoshiladi, maqtaydi, shu vaqtning o‘zida ko‘p yoqimtoy bo‘lmagan bolaga tanbehlar yog‘ilishi, e’tiborsiz qilinishi va hatto ochiqchasiga rad etilishi mumkin.

Tashqi ko‘rinishga bo‘lgan haddan ortiq qiziqish eng birinchi ayoldayoq paydo bo‘lganiga ishonaman. Momo Havoni Xudo taqiqlagan mevadagi qaysi jihat o‘ziga jalb qilganini eslaylik.

Xotin qarasaki, o‘sha daraxt ko‘zga chiroyli ko‘rinadi, mevalari juda yeyishli ekan. Xotin: “Qaniydi mevalar menga donolik ato qilsa”, deb orzu qildi. U daraxtning mevasidan olib yedi, ... Ibt. 3:6

Daraxtdagi mevalar foydali (mevalari juda yeyishli) edi, shuningdek ular Momo Havoga u istagan donolikni beradigandek tuyulardi. Biroq shu bilan birga mevalarning “ko‘zga chiroyli ko‘ringani” ham muhim o‘rin tutgan – ularning tashqi ko‘rinishi kishini o‘ziga jalb qilardi. Hiylakor dushman xotinni tez ko‘rinmaydigan, jumladan ishonch va itoat kabi sifatlardan ko‘ra ko‘proq tashqi chiroyni qadrlashga majbur qildi. Muammo daraxtning chiroyli bo‘lganida emasdi, Axir Xudo uni shunday qilib yaratgan. Momo Havo Xudoning ijodidan taralgan chiroy, go‘zallikdan zavq olishi mumkin edi, biroq tashqi ko‘rinishga haddan ortiq berilib, aldandi. U yolg‘onga ishondi va yolg‘on asosida ish tutdi.

Jismoniy go‘zallik barcha odamlarning talab normasiga aylanib ulgurdi. Shu vaqtdan boshlab Momo Havo ham, uning eri ham o‘z badaniga boshqa nazar bilan qaray boshladi. Ular o‘zlariga tashqaridan qarab, badanidan uyaladigan bo‘ldilar – Xudo tomonidan sevgi bilan, mukammal qilib yaratilgan badandan uyaldilar. Shu zahoti, bir-biri oldida yalang‘och bo‘lishdan qo‘rqib, ular badaniga yopinchiq izlashdi.

Jismoniy go‘zallikning qalb go‘zalligidan, ruh va hayot tarzi latofatidan muhimroq ekanligi haqida o‘rgatgan yolg‘on erkaklarni ham, ayollarni ham o‘zini xunuk va hatto badbasharadek his qilishga, o‘zidan, tashqi ko‘rinishidan uyalishga va xijolat tortishga majbur qiladi. Ammo jisman go‘zal bo‘lishga intilmoqning umidsizlikka olib kelishi muqarrar. Bu erishib bo‘lmaydigan maqsad.

Hatto eng jozibador, eng go‘zal ayollar ham o‘zining chiroyli ekanligini his qilmasligini tan olib aytishadi. Gollivud yulduzlaridan biri Meg Rayan o‘zi haqida shunday deydi: “Nazarimda ko‘rinishim bir muncha g‘alatidek. Agar tashqi ko‘rinishimni o‘zgartirish imkoni berilganda edi, oyoqlarim uzun bo‘lishi, oyoq kaftim kichikroq, burnim ham kichikroq bo‘lishini so‘ragan bo‘lardim”1.

Ehtimol siz tashqi, jismoniy go‘zallikni haddan ortiq qadrlashimizning muayan xavfli tomonlarini ko‘rmayotgandirsiz. Keling, biz suyangan asosiy fikrga qaytaylik: odam nimaga ishonsa, uning hayot tarzini shu narsa belgilab beradi. Agar yolg‘onga ishonsak, ertami-kechmi mana shu yolg‘on asosida harakat qila boshlaymiz. Agar yolg‘onga ishonib, uning asosida harakat qilsak, qulga aylanamiz.

Quyida ko‘rsatilgan ayollarning hammasi go‘zallik haqida ma’lum bir yolg‘onga ishongan. Bu ularning o‘zi haqidagi fikrini va tabiiyki yurish-turishini o‘zgartirdi va oxir-oqibat ular qulga aylanishdi:

Ayol kishi avvalo jisman chiroyli bo‘lishi kerak degan fikrga ishonib, shu tariqa o‘zimni hech qachon chiroyli deb hisoblamaganman. Belimdagi va oyog‘imdagi chandiqlardan uyalardim. Skolioz (umurtqaning qiyshiq o‘sishi) bo‘lganim tufayli operatsiya qildirganman va buning oqibatida belimning butun qismida va oyoqlarimda katta chandiqlar qolib ketgan. Hozir umurtkam juda tekis, lekin har doim nazarimda bu meni qandaydir o‘ziga xos go‘zallikdan mosuvo qilgandek tuyulardi. O‘zimni xunuk deb hisoblab, bundan xijolat tortardim.

Tashqi go‘zallik (badanim) – men uchun eng muhim ekanligiga ishonardim, ayniqsa erkaklarning nazari bilan qaralganda. Boshqalarning e’tiboriga muhtoj bo‘lganim bois, bundan atrofdagi odamlarni o‘zimga qaratish uchun foydalanishga qaror qildim. Natijada shahvoniy fikrlar es-hayolimni egalladi.

Opam chiroyli qiz. Uni juda yaxshi ko‘raman, biroq o‘zim xunukman. Umr bo‘yi men boshqalar mendan ko‘ra yaxshiroqligi, ular meni qabul qilishi uchun ko‘p tirishib, jon kuydirishim kerakligiga ishonib keldim. Husni-qomati kelishgan odamlarga hayotda har doim omad kulib boqishini ko‘raman. Men bilan hech qachon bunday bo‘lmasligini juda yaxshi tushunaman, shu tariqa o‘zimning tashqi ko‘rinishim haqidagi tasavvurlarning quli bo‘lib yashayman.

Bir umr mening kimligimni tashqi ko‘rinishim belgilab berishiga ishonib yashadim, va albatta hech qachon dunyo talab etgan darajadagi ko‘rinishga ega bo‘lmaganman. Shu bois har doim o‘zimga past nazar bilan qarardim. Noto‘g‘ri ovqatlanishga odatlandim, oqibatda ochko‘zlikka mayl bo‘lib qoldim, nikohda muammolar yuzaga kela boshladi. Bunga sabab o‘zimni ko‘rimsiz deb hisoblaganim va hayolimda erim har doim mendan chiroyliroq ayollarga qaragandek tuyulishi edi.

O‘zini boshqalar bilan taqqoslash, hasad qilish, raqobat, beahloqlik, jinsiy yaqinlikka bo‘lgan nosog‘lom qiziqishlar, noto‘g‘ri ovqatlanish, beadab kiyinish, tannozlik va erkaklar bilan o‘ynashish – bular go‘zallik haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishning oqibatlarini ko‘rsatadigan holatlarning ayrimlari, xolos. Ayollarni bunday qullikdan nima ozod qilishi mumkin? Faqat haqiqatgina biz ishongan yolg‘onni yenga oladi. Xudoning Kalomi bizga o‘tkinchi jismoniy go‘zallikning tabiati haqida hamda abadiy bo‘lgan ichki go‘zallik haqida haqiqatni ochadi:

Joziba aldamchi, chiroy esa o‘tkinchidir, ammo Egamizdan qo‘rqadigan ayol ko‘kka ko‘tariladi.

Hikmatlar 31:30

Sizning jozibangiz o‘rilgan sochlar, oltin taqinchoqlar, chiroyli kiyimlar kabi tashqi zeb–ziynatdan iborat bo‘lmasin. Ammo qalbingizdagi yuvosh va sokin ruh sizlarning so‘lmaydigan ichki go‘zalligingiz bo‘lsin. Xudoning nazarida bunday go‘zallikning qadri yuksakdir. O‘tmishda Xudoga umid bog‘lagan muqaddas xotinlar ham o‘zlari shu yo‘sinda bezanib, erlariga bo‘ysunar edilar.

1 Butrus 3:3–5

Bu oyatlar aslo odamning tashqi go‘zalligi gunohli ekanligi yoki odam o‘zining ko‘rinishi haqida qayg‘urmasligi kerak deb o‘rgatmaydi. Bunday tasavvur xuddi yuqorida, tashqi go‘zallik – hayotda eng muhimi deb o‘rgatgan fikr kabi, mutlaqo noto‘g‘ridir.

Muqaddas Kitobning bironta oyatida tashqi go‘zallikning qoralagangani yoki tashqi ko‘rinish hech qanday ahamiyatga ega emas deb o‘rgatilganini topmaysiz. Kalom Xudo bergan chiroy-latofatdan haddan ortiq mag‘rurlangan yoki ruhiy ehtiyojiga zarar yetkazib bo‘lsada, tashqi ehtiyojlari haqida tashvish qilgan odamga tanbeh beradi.

Shayton ishlatadigan makrlardan biri – bizni bir narsa ketidan boshqasiga haddan ortiq berilib yashashga majbur qilishdir. Madaniyatimizda batartib kiyinish, intizom va nozik did yetarlicha qadrlanmay qo‘ydi. Ba’zida masihiy ayollarga: “Sizlar kim ekanligingizni bilasizmi? Xudo sizlarni ayol qilib yaratdi. Uning bu in’omini qabul qiling. Ayollarga xos latif bo‘lishdan, tashqi va ichki (ya’ni ruhiy) go‘zalligingizni ko‘rsatishdan qo‘rqmang. Sizlar Xudoning farzandlarisiz. Sizlar – Masihning Kelinisiz. Shohanshoh avlodisizlar, Shoh xonadoniga qarashlisizlar. Shunday kiyining, shunday yuringki, bu sizning yuksak martabangizni, Xudo avlodiga xos muqaddasligingizni ko‘rsatib tursin. Xudo sizlarni bu dunyodan tanlab oldi, shunday ekan, dunyoning qabohatlari sizni o‘zi xohlaganday qilib shakllantirishiga yo‘l qo‘ymang. Dunyoviylarga xos fikr qilishdan, kiyinish tarzidan, dunyoning ahloqidan o‘zingizni asrang. Odamlar Xudo hayotingizning nafaqat tashqi, balki ichki tomondan ham qanchalik o‘zgartirganini ko‘rishiga yo‘l qo‘yib bering”.

Biz – yuragimizda Masih jo bo‘lgan ayollar, ichki borlig‘imiz bilan ham, tashqi ko‘rinishimiz bilan ham Xudoning inoyatini, betakror go‘zalligini, tartibi va salobatini aks ettirishga jon kuydirmog‘imiz lozim.

Masihiy xotin uchun bu masalada beg‘alva tomonni izlashga sabablar yetarlidir. Hikmatlar kitobida tilga olingan “Farosatli xotin” jismonan tetik, yaxshi kiyimda bo‘lgan. (Hikmatlar 31:17, 22) Bunday ayol eriga obro‘ orttiradi.

Agar ayol isqirt, pala-partish kiyinsa, ko‘rinishi haqida umuman qayg‘urmasa, bu bilan erining yuzini yerga qaratadi (nafaqat erining, balki Samodagi Quyovining ham). Bundan tashqari, agar ayol eri uchun jozibali bo‘lishga harakat qilmasa, ishoning erining e’tiborini boshqa ayol jalb qiladi.

Havoriy Pavlus Timo‘tiyga maktubda imonlilar jamoatidagi tartib-intizom haqida yozadi va ayollarning qanday kiyinishi lozimligi haqida alohida ko‘rsatmalar beradi. Bu qimmatli ko‘rsatmalar bizga ayolning ichki dunyosi, qalbi hamda tashqi ko‘rinishi va fe’l-atvori o‘rtasida muvozanatni topishga yordam beradi. Pavlus ayollarni shunday so‘zlar bilan dav’at qiladi:

…Xotinlar soddagina, did bilan kiyinsinlar. Ular sochiga ortiqcha oro bermay, oltin va marvarid taqinchoqlar yoki qimmatbaho kiyimlar bilan emas, balki or–nomus bilan bezansinlar. Xudojo‘y xotinlarga munosib xayrli ishlar bilan o‘zlariga zeb bersinlar.

1 Tim. 2:9 – 10

Bu yerda “bezansinlar” va “munosib” degan so‘zlar “batartib, yaxshi o‘ylangan, arzirli” ma’nosini beradi, ya’ni “uyg‘unlik bilan tuzilish” nazarda tutiladi.2 Masihiy ayolning tashqi ko‘rinishi sodda va pok qalbni aks ettirmog‘i lozim; uning kiygan libosi va sochi g‘ayriodatiyligi bilan chalg‘itmasligi, e’tiborni tortmasligi, haddan ortiq ko‘zga tashlanmasligi yoki beadab bo‘lmasligi kerak. Shunda u yuragining holatini va Xudo bilan munosabatini aks ettiradi.

Qiqr yoshdan oshganlar uchun...

Qirq yoshdan oshishim bilan menga kataloglar yuborishni boshlashdi. Ularda reklama sifatida qarilikka qarshi turli vositalar taklif etilardi. Ular terim yosharishi va tozalanishini, ajinlar va ko‘zim ostidagi ko‘kariklarning yo‘qolishini, kuchga to‘lishimni, tirnoqlarim va sochim sog‘lom nur taratishi, ko‘zim tiniqlashishi, qulog‘im yaxshi eshitishini va’da qiladi. Yosh o‘tgan sari ayolning eng asosiy maqsadi – bu chiroyli ko‘rinish, o‘zini xuddi yoshdek his qilishdan iborat bo‘lishi nazarda tutiladi.

Lekin shunga qaramay, yoshim o‘tib boraveradi, bu demakki badanim ham asta-sekin kuchdan qoladi. Oynaga qarab, yuzimni tirish egallab kelayotganini ko‘raman – o‘ng yil avval ulardan asar ham yo‘q edi. Sochimga oq yugurdi, Muqaddas Kitobni ko‘zoynak taqib o‘qishga majburman, garchi har kuni jismoniy mashq bilan shug‘ullanib, parhez qilsamda, jismoniy holatim yigirma yil avvalgi holatimday yaxshi emas.

Biroq buni fojia deb o‘rgatgan yolg‘onga ishonishdan men bosh tortaman, yoshligimni orqaga qaytarish mumkin degan fikrni inkor etaman. Qarilik davrimni tezlashtirishga urinmayman, biroq taqdirga qarshi jon jahd bilan kurashish niyatidan ham yiroqman. Keksayganim sari, Xudoning nazarida muhim bo‘lgan narsalar haqida ko‘proq o‘ylashni xohlayman – misol uchun, Muqaddas Ruhga yuragimni o‘zgartirishi, ezgulikka, donolikka va shuronaga to‘ldirishiga yo‘l qo‘yib beryapmanmi?

Qanday ichimliklarni yoki dorilarni sotib olishimdan, kimning xizmatidan foydalanishimdan qat’iy nazar, shuni bilamanki, badanimda ortga qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar yuz beradi. Buni qabul qilmaslik – yolg‘onga ishonish demakdir. Biroq shuni ham bilamanki: “Solihning yo‘li tongga o‘xshaydi, kun chiqquncha tong yorishaveradi”. (Hikm. 4:18) Bu bilan shu anglashiladiki, hayotda alohida o‘lchov bor va biz unda, garchi tanamiz kuchdan qolsa ham, boyib, misli yo‘q go‘zallikka burkanib boramiz.

Haqiqat shundaki, agar vaqtimizni va kuch imkoniyatlarimizni qaddi-qomatimizga, tashqi ko‘rinishimizga chiroy berishga, yosh ko‘rinishga qaratsak, jismonan baquvvat bo‘lish uchun jon kuydirsak, bu maqsadga erisha olamiz, ammo bu qisqa vaqtgina davom etadi. Bir kun keladi va biz o‘sha, Xudoga maqbul bo‘lgan va biz bilan abadul-abad qoladigan ichki go‘zallikni, f’el-atvorni va porlashni o‘zimizda hosil qilmaganimizdan achinamiz, afsuslanamiz.

Barcha xohishlarim albatta ro‘yobga chiqishi kerak

Bu navbatdagi yolg‘on, hayot haqida noto‘g‘ri tasavvurdir. Jamiyatimizda shunday bir falsafa hukmron, unga asosan har qanday istak albatta ushalmog‘i lozim (imkon qadar tez va qiyinchiliksiz).

Bu shunday falsafaki, bizni istak orzularimizni aniq ifoda etishga va “ehtiyojlarimizni” imkon qadar tez qanoatlantirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga undaydi. Ya’ni: och qoldingizmi – ovqatlaning. Ko‘nglingizdagi narsaga qurbingiz yetmayaptimi, qarzga oling. Ishqiy sarguzashtlarni xohlayapsizmi, shunga yarasha kiyining, o‘zingizni shunday tutingki, erkaklarning sizga qaramaslikka imkoni qolmasin. Yolg‘iz bo‘lsangiz, ish joyingizda oilali erkakka dilingizni oching.

Keyingi safar magazinga kirganingizda ayollar uchun nashr etiladigan jurnallarga va kitoblarga e’tibor qarating, odatda ular chiqish eshigi oldida sotiladi. Muqovasi barcha istaklaringizning ushalishi haqidagi va’dalarga to‘lib toshganini ko‘rasiz:

• “Chiroyli ko‘rinishning va hayotdan zavq olib yashashning 99 usuli!”

• “Ovqatdan voz kechmay, ortiqcha vazndan qanday xalos bo‘lish”.

• “O‘ttiz daraja issiqda chiroy va qomatingizni qanday ko‘rsatish”.

• “O‘zingizni suyishning vaqti keldi: bir zumda uzun sochli bo‘lish, uy sharoitida quyoshga toblanib, chiroy orttirish”.

• “Qaddi-qomatni raso qilib, betning tusini yaxshilovchi, badanni tetik qilishda qo‘l keladigan odat!”

• “Yengil hayot: qiziqarli ish, esni og‘diradigan liboslar, aqldan tashqari orzular va oqilona qarorlar”.

Har doim istagingizni qanoatlantirishning yo‘li topiladi. Bu quyidagi ko‘rinishda berilishi mumkin:

• “Qanday qilib ...” qabilidagi sarlavha ostidagi kitob,

• ishqiy munosabatlar,

• bozor aylanish,

• safar qilish,

• yangi prichyoska, liboslar, uy, duxi, ish yoki er,

• eritilgan pishloq bilan qalin yo‘g‘rilgan katta pitssa.

Bunday fikrdagi ayollar nari borsa umidi puchga chiqish, orzulari ushalmay qolishi bilan chegaralanadi. Ular ichki bo‘shliqni to‘ldirish payida sarson-sargardon bo‘lib yurishda davom etadi.

Juda bo‘lmasa, bu yolg‘on qattiq azoblarga olib keladi, sizni o‘ziga qul qilib oladi. Aynan shu narsa doimiy xavotirga, achchiqlanishga, depressiyaga tushishingizga sabab bo‘ladi. Bu yolg‘on juda ko‘p qizlarni to‘shakdagi iliqlik, do‘st bo‘lish va’dasi evaziga iffatini, bokiraligini yo‘qotishga majbur qilgan. Bu yolg‘on oilasi bor ko‘p ayollarni xuddiki uni tushungan, his-kechinmalarini bilgan hamkasbining qo‘yniga solib qo‘ydi. Bu yolg‘on ko‘p yigit va qizlarni nosog‘lom niyat bilan turmush qurishga majbur qildi. So‘ng esa bunday juftliklar ajrashishdi. Hammasiga ichki ehtiyojlarni qoniqtirish istagi sabab bo‘ladi.

Biz, Karmen ismli ayolni, bu yolg‘on qanday changalzorlarga olib kirganiga o‘zingiz guvoh bo‘ling:

Hayotimda har qanday orzuim albatta ushalishi kerak degan fikrga ishonib yashardim, shu tariqa nimaiki istasam, qachon istasam, erishishga harakat qilganman. Kiyim ustibosh, Yevropaga sayohat, chet elda dam olish – bularning hammasiga kredit orqali yoki qarzga pul olish bilan erishardim. Oqibatda 22 yoshda qarzlarim 7 – 10 ming dollarga yetdi. Buning ustiga, yonimda albatta bir erkak bo‘lishi kerak deb o‘ylardim, shuning uchun hatto o‘zim ko‘p yoqtirmagan erkaklar bilan ham uchrashardim, men bilan to‘shakda yotishni istasa, shuning o‘zi kifoya bo‘lgan. Gohida boshqaga kerakli ekanligimni his etish uchun ham jinsiy aloqa qilardim.

Ellin ismli, boshqa ayolning hayoti bu yolg‘on emotsional sohaga va umuman inson shaxsiga qanchayin katta futur yetkazishini ko‘rsatib beradi:

Nikohda jinsiy hayotdan qoniqish his qilmasdim va bunga erimni aybdor deb hisoblardim. Erimni ayblardim va to‘shakda meni qoniqtira oladigan boshqa erkakni izlardim. Buni muhabbat deb atagan bo‘lsamda, aslida bor yo‘g‘i shahvoniy nafs ekanligini bilardim. Shunday bo‘lsada, bunga haqim borligiga ishonardim, erim meni to‘shakda qoniqtirishi shart deb o‘ylardim. Avvaliga hammasi ko‘ngildagidek bo‘ldi, lekin keyinchalik sir oshkor etilgach, uyatga qoldim, izza bo‘ldim, yuragimni aybdorlik hissi to‘ldirdi, to‘g‘rilab bo‘lmaydigan baloga yo‘liqqanday bo‘ldim. Shunday og‘riq sezdimki, hech qanday o‘tkinchi huzur-halovat uning o‘rinini bosolmasdi.

Qanday haqiqat bizni yolg‘on tuzog‘idan ozod qiladi?

Birinchidan, shuni tan olishimiz kerakki, bu dunyoda bizda har doim ushalmagan orzular bo‘ladi. (Rim. 8:23) Agar barcha xohish istaklarimiz bu dunyodayoq ushalganda edi, biz bu dunyoning o‘zi bilan qanoatlanar va boshqa dunyoga intilmas ham edik.

Bizdagi istak orzular o‘z-o‘zidan gunohli bo‘lavermasligini tushunib olishimiz zarur. Chindan ham yomoni bu istak orzularimizning hozir va shu yerdayoq ushalishini talab qilishimiz, qanday bo‘lmasin, aytganimiz ro‘yobga chiqmog‘i lozim, deb turib olishimizdir.

Insonga jinsiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojni Xudo bergan. Bu ehtiyoj qanoatlanishi lozim, biroq nikohda doirasidagina bo‘lsa agar. Ammo dunyo boshqacha o‘rgatadi va jinsiy yaqinlikka xohish bo‘lsa, bu xohishni qanoatlantishga haqingiz bor: kim bilan, qachon va qayerda – buning ahamiyati yo‘q deydi.

Xuddi shu tarzda, ochlikni his qilishning ham hech qanday aybli joyi yo‘q. Emotsional va ruhiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun me’yordan ortiq ovqat yeyish – mana bu yomon.

To Xudoning O‘zi istak xohishlaringizni qonuniy yo‘l bilan qanoatlantirish uchun sharoit yaratmas ekan, boriga qanoat qilib yashashni o‘rganmog‘imiz lozim.

Ikkinchi haqiqat shundan iboratki: yuragimiz tubidagi ehtiyojlarni hech bir inson yoki buyum orqali qanoatlantira olmaymiz. Bu meni chindan ham, ruhan ozod qilgan haqiqatlarning biri. Meni baxtli qila oladigan odamlarni, qulay sharoitlarni uzoq yillar izladim. Ular ishonchimni oqlamadi, qayta-qayta pand berdi, natijada depressiya holatiga tushdim, umidlarim puchga chiqdi.

Haqiqat shundaki, har qanday mavjudot oxir-oqibat umidingizni puchga chiqaradi. Buyumlar kuyishi yoki buzilishi, yo‘qolishi, o‘g‘ri bosqinchining qo‘liga tushishi mumkin. Odamlar ko‘chib ketishi, o‘zgarishi, ishonchingizni oqlamasligi yoki qazo qilishi mumkin. Bir necha yil avval o‘zim uchun qadrli bo‘lgan bir nechta yaqinimni yo‘qotishimga to‘g‘ri keldi, shundagina mana shu haqiqatni tushunib yetdim. To yuragim tubidagi orzu istaklar odamlar orqali ushalishini kutib yashar ekanman, har doim umidim puchga chiqaveradi.

Turmushga chiqmagan, Xudoga sodiq, ajoyib masihiy ayollar bilan gaplashganman. Ular yolg‘izlikning qanchalik og‘irligi haqida gapirishadi. Shuni ham yodda tuting, turmush qurganlarning hammasi ham yolg‘izlikdan ozod bo‘lavermaydi. Turmushga chiqqan va yolg‘izlik hissidan qattiq qiynalib, yakkalanib yashayotgan ko‘p ayollarni bilaman. Gap shundaki, yer yuzida bironta erkak ayol qalbining tubidagi xohish orzularni qanoatlantira olmaydi. Xudo bizni shunday qilib yaratganki, Uning O‘zidan boshqa hech kim, hech narsa, hech qachon qalbimizdagi bo‘shliqni to‘ldira olmaydi. (Zab.15:11; 33:9–11)

Eringiz bormi, yo‘qmi, siz shuni tushunib olishingiz kerak – xohish istaklarning paydo bo‘lishi yaxshi ham emas, yomon ham emas, ular bizning ruhiy holatimizni belgilamaydi. Bunday xohishlarni qabul qilib, Xudoga topshirishni va Xudo ularning ushalishini ta’minlashini kutish yashashni o‘rganmog‘imiz lozim.

Yuqorida ko‘rganimizdek, Xudo haqida noto‘g‘ri tasavvurlar o‘zimiz to‘g‘rimizda noto‘g‘ri tasavvurlarni keltirib chiqaradi va ushbu asosiy sohalarning har qaysisidagi yolg‘on hayotimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Xudo haqida yoki o‘zingiz haqingizda yolg‘onga ishonish gunoh haqida yolg‘onga olib kelishi muqarrar.

Amalda qo‘llash

1. Xudoga BO‘YSUNING.

O‘zingiz haqida qanday yolg‘onga ishonib kelgansiz?

2. Mas’uliyatni o‘z zimmangizga OLING.

Bu yolg‘onga ishonish sizning hayot tarzingizga qanday ta’sir qildi (munosabatlaringizga va hatti-harakatlaringizga)?

3. Haqiqatni E’LON QILING.

Yuqorida keltirilgan haqiqatlarni birma-bir ovoz chiqarib o‘qing. Ularning qaysi biri hozirgi kunda siz uchun ayniqsa muhim?

Xudoning Kalomi bilan fikr-zikringizni yangilang. Quydagi parchalarni ovoz chiqarib o‘qing. Zab. 138:13–18, Ef. 1:3–8, Rim. 5:6–8, Rim. 8:1–2, 13, 15–17

Bu oyatlarda Xudo sizni qanday qabul qilishi haqida nima deyilgan?

4. Haqiqat asosida HARAKAT QILING.

Haqiqat asosida hayot kechirish uchun qanday qadamlarni amalga oshirishingiz kerak?

5. Xudodan haqiqat so‘qmoqlaridan yurishda sizga yordam berishini SO‘RANG.

Ota, Sendan uzoq bo‘lgan paytlarimda ham sevgingni inkor etib kelganimga qaramay meni izlaganing uchun rahmat. Shuni bilamanki, menda hech qanday arzigulik fazilat yo‘q. Mendan voz kechmaganing uchun rahmat. Meni hech bir shartsiz, mangu sevging bilan sevganing uchun minnatdorman. Men uchun O‘z O‘g‘lingni berganing, U mening gunohlarim deb yarador bo‘lgani, ayblarim tufayli o‘ldirilgani uchun rahmat. Meni O‘zingga qiz qilib, tanlab olganing, meni bebaho xazina o‘rnida ko‘rganing uchun rahmat. Muqaddas Ruhing yuragimda jo bo‘lgani uchun rahmat. Meni Iso singari qilib o‘zgartirib borayotganing uchun rahmat. Xizmatingda Senga hamkor bo‘lishimga yordam ber. O‘tinaman, meni Masihga o‘xshash qilib o‘zgartir, Masihning qalbini, fe’l-atvorini va hayotini yuragimga jo qilgin. Uning nomi bilan so‘rayman. Omin.


Книга на Узбекском языке: - Ложь в которую верят  женщины  (Нэнси Демосс)

Автор этой книги исследует наиболее распространенные среди женщин заблуждения (о Боге, грехе, браке, детях и т.д.) и старается помочь обрести истину и стать по-настоящему свободными. Книга полезна всем (включая мужчин) и может быть использована для проведения семинаров по вопросам семьи и брака.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак