Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Жинсий зўрланиш - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchilik
Enn hikoyasi 1-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Enn hikoyasi 2-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Enn hikoyasi 3-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Mualliflar haqida
O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT
Afsuski, Enn Kessidi bobosi bilan boshidan o‘tkazgan kechinmalar kam uchraydigan holat emas. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda har ikki daqiqada bolalarni zo‘rlashga urinish sodir bo‘ladi. Taxminan har uchinchi ayol va har yetti erkakdan biri o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlarga nisbatan qilingan jinsiy zo‘ravonlik boshqalarga ko‘rinmasligi mumkin, ammo Enn kabi uning qurboni bo‘lganlar bu holat qanday azob, sharmandalik va aybdorlikni olib kelishini bilishadi. Balki siz ham uning qurboniga aylanganingiz uchun bu kitobni o‘qiyotgandirsiz.
Keling, "jinsiy zo‘ravonlik" atamasini aniqlaylik. Bizning holatda, bu har qanday jinsiy harakat yoki suhbat bo‘lib, uning maqsadi o‘zlari uchun boladan jinsiy qoniqishni olishdir. Aniqrog‘i, bolalik yoki o‘smirlik chog‘ida quyidagi holatlar yuz bergan bo‘lsa, o‘zingizni jinsiy zo‘ravonlik qurboni deb hisoblashingiz mumkin:
- Kattalar sizga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan bo‘lsalar.
- Kattalar sizga qarash yoki erkalash uchun yechinishingizni so‘ragan bo‘lsalar.
- Kattalar sizning jinsiy a’zongizga tegingan yoki sizni jinsiy a’zosiga teginishga majbur qilgan bo‘lsalar.
- Kattalar og‘zi bilan jinsiy a’zongizga tegingan yoki sizni og‘zi bilan jinsiy a’zosiga teginishga majbur qilgan bo‘lsalar.
- Kattalar sizni masturbatsiyaga majbur qilgan bo‘lsalar yoki uning buni qilishini tomosha qilishga majbur qilgan bo‘lsalar.
- Kattalar sizning qin yoki anusingizga barmoq, jinsiy organi yoki boshqa narsa bilan kirgan bo‘lsalar.
- Kattalar sizni u bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan bo‘lsalar.
- Kattalar sizni pornografik materiallar yaratish uchun ishlatgan bo‘lsalar.
Xudo jinsiy zo‘ravonlikdan nafratlanadi. U jinsiy aloqani er va xotin o‘rtasidagi o‘zaro sevgining namoyon bo‘lishi sifatida yaratdi (qarang: Ibt. 2:24; Ibr. 13:4). Ushbu chegaralardan tashqariga chiqadigan har qanday jinsiy faoliyat Xudoning maqsadini buzish va Uning irodasini buzishdir. Kattalar o‘z harakatlarini qanchalik "aybsiz" ko‘rsatishga harakat qilishmasin, bu, albatta, boladan kattalarning jinsiy qoniqishi uchun foydalanishni ham o‘z ichiga oladi.
Jinsiy zo‘ravonlik jinsiy aloqa va uning maqsadini Xudoning rejasiga muvofiq tushunishingizga to‘sqinlik qiladi. Bu sizning emotsional, ijtimoiy va balog‘atga yetishingizning tabiiy jarayonini buzadi. Bu sizga haqiqiy sevgining mohiyatini – insoniy sevgi va Xudoning sevgisini tushunishingizga to‘sqinlik qiladi. Bu sizni Xudoning suratida va Unga o‘xshash qilib yaratilgan shaxs sifatida kamsitadi. Agar siz jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lsangiz, demak siz psixologik va ehtimol, jismoniy shikastlangansiz.
Bolalar va o‘smirlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qanday oqibatlarga olib keladi? Ularning asosiylari quyida keltirilgan.
Jismoniy kasallik yoki shikastlanish. Ennning bobosining behayo harakatlari unga jismonan zarar yetkazmagan. Biroq, boshqa bolalarning taqdiri achinarliroq bo‘lishi mumkin. Ba’zida jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari OITS yoki boshqa jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infeksiyalar bilan kasallanadilar, yoki qin yoki anusga kirish oqibatida, jiddiy shikastlanadilar. Ba’zi kasalliklar davolab bo‘lmaydigan bo‘lib, hatto o‘limga olib kelishi mumkin.
Homiladorlik. Jinsiy zo‘ravonlikka uchragan qizlar homilador bo‘lishi mumkin, bu ularning zo‘ravonlik oqibatida qiyinlashib qolgan hayotini yanada murakkablashtiradi.
Soxta aybdorlik hissi. Nega Enn bobosining qilgan ishida o‘zining ham aybi bor deb o‘ylaydi? Aksariyat bolalar kattalarni barkamol va adolatli deb bilishadi. Va agar kattalar bolaga biron–bir tarzda zarar yetkazsa, shu jumladan jinsiy zo‘ravonlik qilsa, bola o‘zini bunga loyiq deb qaror qilishi mumkin. Bolalar o‘zlarini noto‘g‘ri ayblashlari yoki o‘zlarini hukm qilishlari mumkin, chunki ular kattalar ularga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishayotganlarini bilishgan, lekin buni to‘xtatish uchun hech narsa qila olmadilar.
Uyat. Bu tuyg‘u aybdorlik tuyg‘usiga o‘xshaydi. Siz buni o‘zingiz istamagan holda buzuq harakatlarning ishtirokchisiga aylanganingiz tufayli his qilishingiz mumkin. O‘zingdan uyalishingiz mumkin. Garchi bunda sizning aybingiz bo‘lmasa ham, siz o‘zingizni nopok, yomon, noloyiq yoki gunohkor his qilishingiz mumkin.
O‘zingizni ojiz his qilish. Bobosi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan Enn o‘zini faqat ikkalasi biladigan "sirning" tuzog‘iga tushib qolgandek his qildi. U bu yomon ekanini tushundi, lekin bu haqda hech kimga aytolmadi. Zo‘rlovchi inson sizni ko‘ndirgan, qo‘rqitgan yoki hatto sizni jim yurishingiz uchun pora berishga uringan bo‘lishi mumkin. Bu haqda kimgadir aytmoqchi bo‘lganingiz uchun, yoki aytishga harakat qilganingizda ular sizga ishonishmagani, so‘zlaringizga e’tibor bermagani uchun o‘zingizni ojiz his qilishingiz mumkin.
O‘ziga past baho berish. Jinsiy zo‘ravonlikning ko‘plab qurbonlari o‘zlarini sevilmagan yoki sevgiga loyiq emasligiga aminlar. Ular kimdir ularni, shu jumladan Xudo, do‘stlari, ota–onalari yoki turmush o‘rtog‘i sevishlari mumkinligiga ishonishlari qiyin. O‘z–o‘zini past baholash ovqatlanishning buzilishi yoki o‘z joniga qasd qilish fikri kabi boshqa psixologik muammolarga olib kelishi mumkin.
Zo‘ravonlik harakatlarini takroran boshdan kechirish. Bolalikda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganlar uchun bunday holatni yana boshdan kechirish ko‘p uchraydi. Birinchi zo‘ravonlik harakati natijasida o‘zlarining qadr–qimmatini yo‘qotib, kelajakda bunday munosabatga loyiq ekanliklariga ishona boshlaydilar.
Jinsiy zo‘ravonlik boshqa oqibatlarga ham olib kelishi mumkin, jumladan, boshqa odamlarga nisbatan ishonchsizlik va tajovuzkorlik, etarli darajada rivojlanmagan ijtimoiy ko‘nikmalar, chekinish, uydan qochish, (fohishalik kabi) noqonuniy harakatlarga moyillik, depressiya, g‘azab, qo‘rquv, tashvish, o‘z joniga qasd qilish. Jinsiy tajovuz qurboni sifatida siz ba’zi psixologik ta’sirlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Va shifo topish uchun siz boshqa odamlarning yordamiga muhtojsiz. Agar siz ham, Enn singari, siz bilan nimadir sodir bo‘lganini sir tutayotgan va hech kimdan yordam so‘ramagan bo‘lsangiz, hozir bu haqda gapirish va yordam so‘rash vaqti keldi.
Enn tushunganidek, jinsiy zo‘ravonlikni eslash juda qiyin. Uning hikoyasining birinchi qismida aytib o‘tilgan, boshdan kechirganingiz tufayli paydo bo‘lgan og‘riqni engishga yordam beradigan bir nechta fikrlarga ahamiyat berishimiz mumkin:
Birinchidan, nima bo‘lganini eslaganingizda, siz turli xil his–tuyg‘ularni boshdan kechirishingiz mumkin. Enn singari, siz ham aybdorlik, uyat, ojizlik va hatto g‘azabni his qilishingiz mumkin. Siz bu holatdan hayotingizda hech qachon yig‘lamagandek yig‘lashingiz mumkin. Siz o‘zingizda emotsional jihatdan bo‘shliqni his qilishingiz mumkin. Va siz vaziyatdan, sizni haqorat qilgan odamdan, sizni himoya qilishi kerak bo‘lgan odamdan (ota–onangiz, katta akangiz yoki opa–singilingiz) va hatto (bunga yo‘l qo‘gani uchun) Xudodan g‘azablanishingiz mumkin. Bu his–tuyg‘ularning barchasi odatiy va tabiiy ekanligini tushunish kerak: Xudo sizni shunday yaratgan. Sizning his–tuyg‘ularingiz ichki klapanga o‘xshaydi, u orqali yurak og‘rig‘i chiqadi. Ularni tushunish va ularga dosh bera olish muhimdir. Albatta, ularni ifodalashning sog‘lom va nosog‘lom usullari bo‘lishi mumkin.
Jennining Ennga bergan oddiy maslahati mutlaqo to‘g‘ri edi: his–tuyg‘ularingizni yashirmang, ular tashqariga chiqsin. Va Jenni uning yoniga o‘tirdi va Enn bilan yig‘ladi. Bu munosabat Isoning so‘zlarida aks ettirilgan: “Yig‘layotganlar baxtlidir, chunki ular tasalli topadilar” (Matto 5:4). Yig‘lash – ruhiy og‘riqdan xalos bo‘lishga yordam beradigan jarayon. Og‘riqni o‘zingizda saqlamang, uni boshqa odamlar bilan ular sizga hamdard bo‘lishlari uchun baham ko‘ring. Bu siz uchun Xudoning marhamati va shifoning boshlanishi bo‘ladi. Ushbu bosqichda turlicha tuyg‘ularning barchasini boshdan kechirish juda muhim (va foydali).
Ikkinchidan, siz o‘tmishdagi zo‘ravonlik azobini yengishga harakat qilayotganingizda, hammasidan ko‘ra ko‘proq sizga tasalli kerak bo‘ladi. Shuning uchun Jenni Shou va Xizer Uells Ennini quchoqlab, u bilan birga yig‘lashdi. Bizga qiyin bo‘lgan paytlarda, eng katta yengillik biz boshqalar bu og‘riqni biz bilan baham ko‘rishayotganini tushunishimizdan keladi. Xudo bizni boshqa odamlar orqali yupatadi. Havoriy Pavlus shunday deb yozgan edi: "Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga, har turli tasallining manbai bo‘lgan Xudo — marhamatli Otaga hamdu sanolar bo‘lsin! Har xil azob–uqubatlarga uchraganimizda, Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz." (2 Kor. 1:3–4).
Tasalli o‘zi nima? Ehtimol, birinchi navbatda nima emasligini ko‘rib chiqish foydali bo‘ladi. Tasalli – bu o‘zingizni ushlab turishga va ruhingizni yo‘qotmaslikka da’vat etish emas. Tasalli – bu nima uchun odamlarning muammolari borligini tushuntirishga urinish emas. Tasalli – bu Xudo hammasini nazorat qilyapti kabi "to‘g‘ri" so‘zlar to‘plami emas. Bularning barchasi o‘z vaqtida foydali bo‘lishi mumkin, lekin bu bizning tasalliga bo‘lgan ehtiyojimizni qondirmaydi.
Odamlar bizning og‘rig‘imizni his qilishlari va biz bilan birga qayg‘urishlari bizga asosan tasalli beradi. Iso do‘sti Lazar vafot etganida tasalli xizmatini ko‘rsatdi (qarang: Yuh. 11). Iso Lazarning opa –singillari Maryam va Martaning uyiga kelganida, ular bilan birga yig‘lab yubordi (qarang: Yuh. 11:33–35). Va buni esda tutish juda muhim, ayniqsa keyin nima qilganini nazarda tutsak: esingizda bo‘lsa U Lazarni tiriltirdi (qarang: Yuh. 11:38–44).
Nega Iso yuragi ezilgan Maryam va Martaga: "Yig‘lama, Lazar tez orada hayotga qaytadi", demadi? Chunki o‘sha paytda ular qayg‘usini o‘rtoqlashadigan odamga muhtoj edilar. Iso ular bilan yig‘lab, tasalliga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirdi. Va keyin U mo‘‘jiza yaratdi va ularning qayg‘usini quvonchga aylantirdi.
Agar biz qayg‘u paytida yolg‘iz emasligimizni bilsak, uni boshimizdan o‘tkazish biz uchun yengilroq bo‘ladi. Havoriy Pavlus bizga shunday deb o‘rgatgan: "Xursand bo‘lganlar bilan xursand bo‘linglar va yig‘laganlar bilan yig‘langlar" (Rim 12:15). Siz qayg‘uda bo‘lganingizda, odamlar sizni yupatishni, sizni kuchli bo‘lishga undashni yoki nima uchun muammo yuz berganini tushuntirishni istab, tasalli berishga harakat qilishlari mumkin. Shubhasiz, bu odamlar sizga g‘amxo‘rlik qilishadi va qo‘lidan kelganicha harakat qilishadi. Lekin ular haqiqiy tasalli nima ekanligini bilmasliklari mumkin. Shu payt yoningizda Jenni va Xizer singari sizga chindan ham tasalli beradigan insonlar bo‘lishiga umid qilamiz. Kimdir siz bilan birga azoblaringizni tushinib, qayg‘u chekayotganida, hatto yig‘layotganda, siz Xudoning g‘amxo‘rligini his qilasiz. Jenni va Xizerning xatti–harakatlari og‘ir va fojiali sharoitlarda haqiqiy tasalli berishning yaxshi namunasidir.
Biroq, Enn Kassidi yaqinda bilib olganidek, jinsiy tajovuz natijasida kelib chiqqan ruhiy jarohatlarni davolash boshqa ko‘plab jihatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Книга на Узбекском языке: Сексуальное насилие (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
Эта книга о сексуальном насилии.
Четырнадцатилетняя Энн Кэссиди больше не может хранить свою страшную тайну. Кошмары, воспоминания, чувство вины... Ему нужно с кем-то поделиться этим. Признание того, что она подверглась сексуальному насилию, приносит облегчение, но не облегчает причиненную боль. Что ему делать?