1 Fisih ziyofatiga va Xamirturushsiz non bayramiga ikki kun qolgan edi. Bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari Isoni hiyla bilan tutib, o‘ldirish uchun fursat poylab yurgan edilar.
2 Ular: “Biz bu ishni bayram kunlari qilmasligimiz kerak, aks holda xalq g‘alayon qilishi mumkin”, dedilar.
3 Iso Baytaniya qishlog‘ida teri kasalligiga chalingan Shimo‘nning uyida mehmon bo‘lib o‘tirgan edi. Shunda bir ayol ganchdan yasalgan idishda toza, qimmatbaho sunbul moyi olib keldi. Idishni sindirib, moyni Isoning boshidan quydi.
4 Ba’zilar bundan g‘azablanib, bir–biriga: — Moyni bunday isrof etishning nima keragi bor edi?!
5 Axir, uni uch yuz kumush tangadan ham ko‘proqqa sotib kambag‘allarga taqsimlab berish mumkin edi–ku! — deb ayolni qattiq koyishdi.
6 — Qo‘yinglar uni! — dedi Iso. — Nega ayolni xijolatda qoldiryapsizlar? U Men uchun ajoyib ish qildi.
7 Kambag‘allar har doim sizlar bilan birga bo‘ladilar. Istagan vaqtingizda ularga yordam bera olasizlar. Lekin Men sizlar bilan doimo birga bo‘lmayman.
8 Bu ayol qo‘lidan kelganini qildi. U Mening tanamga xushbo‘y moy surtib, oldindan dafnga tayyorladi.
9 Sizlarga chinini aytayin: Xushxabar dunyoning qaysi yerida e’lon qilinmasin, bu ayol ham esga olinib, uning qilgan ishi haqida aytiladi.
10 Shunda o‘n ikki shogirddan biri bo‘lgan Yahudo Ishqariyot bosh ruhoniylarning oldiga borib, Isoni sizlarga tutib beraman, dedi.
11 Bosh ruhoniylar bu gapni eshitib, juda xursand bo‘ldilar, Yahudoga pul berishni va’da qildilar. Shunday qilib, Yahudo Isoni tutib berish uchun qulay vaqtni kuta boshladi.
12 Xamirturushsiz non bayramining birinchi kunida, Fisih qo‘zisi so‘yiladigan paytda, shogirdlar Isodan so‘radilar: — Fisih taomini qayerda yemoqchisiz? Biz borib tayyorgarlik ko‘raylik.
13 Iso shogirdlaridan ikkitasini yuborayotib, ularga dedi: — Shaharga boringlar, u yerda ko‘zada suv ko‘tarib ketayotgan bir odamni uchratasizlar. Uning orqasidan boringlar.
14 U kiradigan xonadon egasiga shunday deb aytinglar: “Ustozimiz shogirdlari bilan Fisih taomini yemoqchilar. U sizdan: ‘Bizga tayyorlab qo‘yilgan mehmonxona qayerda?’ deb so‘rab yubordilar.”
15 Uy egasi sizlarga jihozlangan, tayyorlab qo‘yilgan katta boloxonani ko‘rsatadi. U yerda biz uchun hozirlik ko‘ringlar.
16 Shogirdlar jo‘nashdi. Shaharga kirganlarida, xuddi Isoning aytganini topdilar va Fisih taomini tayyorladilar.
17 Kech kirganda, Iso o‘n ikki shogirdi bilan birga u yerga keldi.
18 Ular ovqatlanib o‘tirganlarida Iso shunday dedi: — Sizlarga chinini aytayin, Men bilan taom yeyayotgan kishi Menga xiyonat qiladi. U sizlarning orangizdadir.
19 Shogirdlar xafa bo‘lib, birin–ketin: — Nahotki o‘sha men bo‘lsam? — deb Undan so‘ray boshladilar.
20 Iso ularga javoban dedi: — U o‘n ikkitangizdan bittasi, Men bilan baravar kosaga nonni botirgan — o‘shadir.
21 To‘g‘ri, Inson O‘g‘li U haqda yozilganday jon beradi. Lekin Inson O‘g‘lini tutib beradigan odamning holiga voy! Uning tug‘ilganidan ko‘ra tug‘ilmagani yaxshiroq edi.
22 Ular ovqatlanayotganda, Iso nonni oldi, duo o‘qib sindirdi. Nonni shogirdlariga berib: — Olinglar, bu Mening tanamdir, — dedi.
23 Sharob quyilgan kosani ham oldi, shukrona duosini o‘qib ularga uzatdi. Hammalari undan ichdilar.
24 Iso ularga dedi: — Bu sharob Xudoning ahdini bildiradi. Bu Ahd ko‘plar uchun to‘kiladigan qonim evaziga kuchga kiradi.
25 Sizlarga chinini aytayin: Xudoning Shohligida Men yangi sharob ichadigan kungacha uzum ne’matidan boshqa ichmayman.
26 So‘ng ular hamdu sano kuylab, Zaytun tog‘i tomon ketdilar.
27 Iso shogirdlariga dedi: — Hammalaringiz Meni tashlab, qochib ketasizlar. Chunki yozilgan: “Men cho‘ponni o‘ldiraman, Shunda qo‘ylar har yoqqa tarqalib ketadi.”
28 Biroq Men tirilganimdan keyin, sizlarni Jalilada kutaman.
29 Butrus Isoga dedi: — Sizni hamma tashlab ketsa ham, men Sizni tashlab ketmayman!
30 Iso unga: — Senga chinini aytayin, bugun, shu kechasiyoq, xo‘roz ikki marta qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan, — dedi.
31 Lekin Butrus o‘z gapida qattiq turib oldi: — Kerak bo‘lsa, Siz bilan birga o‘laman! Ammo Sizdan aslo tonmayman! — dedi. Boshqa hamma shogirdlar ham shunday deyishdi.
32 Ular Getsemaniya degan joyga bordilar. Iso shogirdlariga: — Men ibodat qilayotganimda, sizlar shu yerda o‘tirib turinglar, — dedi.
33 U yoniga Butrusni, Yoqub va Yuhannoni oldi. Isoni qayg‘u, g‘am bosib kela boshladi.
34 Shogirdlariga: — Yuragimdagi og‘ir qayg‘u Meni o‘lguday qiynab yubordi. Shu yerda qolinglar–da, ko‘z– quloq bo‘lib turinglar, — dedi.
35 Bir oz nari ketib yerga muk tushdi: “Agar iloji bo‘lsa, bu lahza Meni chetlab o‘tsin”, deb ibodat qildi.
36 So‘ng shunday deb yolvordi: “Ota! Otajon! Sen uchun hamma narsaning imkoni bor! Bu azob kosasini Mendan uzoqlashtir. Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo bo‘lsin.”
37 Iso qaytib kelib, shogirdlarining uxlab yotganini ko‘rdi. Butrusga dedi: — Shimo‘n! Uxlayapsanmi? Bir soatgina ham uyg‘oq o‘tira olmadingmi?
38 Ko‘z–quloq bo‘lib turinglar, vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qilinglar. Ruh tetik, tana esa zaifdir.
39 Iso yana borib, o‘sha so‘zlarni aytib ibodat qildi.
40 U qaytib kelib, shogirdlarining yana uxlab yotganini ko‘rdi. Ularning ko‘zlari yumilib ketavergan edi. Ular Isoga nima deb aytishni bilmay qoldilar.
41 Uchinchi marta borib kelib, Iso shogirdlariga dedi: — Haligacha dam olib, uxlab yotibsizlarmi?! Bo‘ldi, vaqt–soati keldi! Inson O‘g‘li gunohkorlar qo‘liga tutib berilyapti.
42 Turinglar, ketaylik! Ana, Menga xoinlik qiluvchi kelyapti!
43 Iso hali gapirib bo‘lmasidan, to‘satdan Yahudo kelib qoldi. U o‘n ikki shogirddan biri bo‘lib, uning yonida qilich va tayoq ushlagan olomon bor edi. Bu olomonni bosh ruhoniylar, Tavrot tafsirchilari va oqsoqollar yuborgan edilar.
44 Xoin Yahudo olomon bilan til biriktirib, shunday degandi: “Men kimni o‘psam, U o‘sha Kishidir. Uni qo‘lga olinglar, qo‘riqlab, olib ketinglar.”
45 Yahudo to‘ppa–to‘g‘ri Isoning oldiga borib: — Ustoz! — deb Uni o‘pdi.
46 Shu zahotiyoq odamlar Isoni ushlab, qo‘lga oldilar.
47 O‘sha yerda turganlardan biri qilichini qinidan sug‘urdi–da, oliy ruhoniyning xizmatkoriga bir urib, qulog‘ini kesib tashladi.
48 Iso ularga dedi: — Sizlar Meni qo‘lga olish uchun qo‘zg‘olonchiga qarshi chiqqandek qilichu tayoqlar bilan qurollanib kelibsizlar.
49 Men har kuni Ma’badda sizning orangizda edim, ta’lim berardim. Sizlar o‘shanda Meni qo‘lga olmadingizlar. Ammo bular Muqaddas Bitiklarda aytilganlar bajo bo‘lishi uchun ro‘y berdi.
50 O‘shanda hamma shogirdlari Isoni tashlab, qochib ketishdi.
51 Bir yosh yigit Isoga ergashib ketayotgan edi. U zig‘ir matoga o‘ranib olgan, boshqa kiyimi yo‘q edi. Odamlar o‘sha yigitni ham ushlagan edilar,
52 u zig‘ir matosini tashlab, yalang‘och holicha qochib ketdi.
53 Isoni oliy ruhoniyning oldiga olib keldilar. Bosh ruhoniylar, oqsoqollar va Tavrot tafsirchilarining hammasi yig‘ilgan edilar.
54 Butrus esa Isoning orqasidan masofa saqlab ergashib kelib, oliy ruhoniyning hovlisiga kirdi. U soqchilar bilan birga olov yonida o‘tirib, isindi.
55 Bosh ruhoniylar va Oliy kengashning barcha a’zolari Isoni o‘limga mahkum qilish uchun Unga qarshi guvoh izlar edilar, lekin topolmasdilar.
56 Ko‘p odamlar Unga qarshi soxta guvohlik berayotgan bo‘lsalar–da, ammo bergan guvohliklari bir–biriga mos kelmas edi.
57 Soxta guvohlardan ba’zilari so‘zga chiqib shunday der edilar:
58 — U: “Inson qo‘li bilan qurilgan bu Ma’badni Men buzib tashlayman–u, uch kunda inson qo‘llarisiz, boshqa bir Ma’badni tiklayman”, — deganini eshitgan edik.
59 Lekin bu xususda ham guvohlarning bergan ma’lumotlari bir–biriga mos kelmas edi.
60 Bundan keyin oliy ruhoniy oldinga chiqib, Isoga: — Indamay turaverasanmi?! Ularning Senga qo‘ygan ayblariga javob qaytarmaysanmi?! — dedi.
61 Iso esa indamadi, hech javob qaytarmadi. Oliy ruhoniy yana Undan so‘radi: — Muborak Xudoning O‘g‘li — Masih Senmisan?
62 Iso dedi: — Men O‘shaman. Sizlar Inson O‘g‘lini Qodir Xudoning o‘ng tomonida o‘tirganini va osmon bulutlarida kelayotganini ko‘rasizlar.
63 Shundan keyin oliy ruhoniy o‘z kiyimlarini yirtib dedi: — Bizlarga boshqa guvohlarning nima keragi bor?!
64 Uning kufr ketganini o‘zlaringiz eshitdingizlar. Sizlarning qaroringiz qanday? Hammalari Uni o‘limga loyiq deb topishdi.
65 Ba’zilar Unga tupurishdi. Uning yuz–ko‘zini bog‘lab, mushtlashdi: “Payg‘ambar, qani top–chi, Seni kim urdi ekan?” deb aytishdi. Soqchilar ham Uni olib ketib, urdilar.
66 Butrus pastdagi hovlida ekan, oliy ruhoniyning bir cho‘risi kelib qoldi.
67 Isinib turgan Butrusni ko‘rib, unga tikilib qaradi–da: — Siz ham o‘sha Nosiralik Iso bilan birga edingiz–ku! — dedi.
68 Lekin Butrus inkor etib: — Nima deyapsan o‘zi, tushunmayapman, — dedi–yu, boshqa yoqqa, tashqi hovliga chiqib ketdi. Shu payt xo‘roz qichqirdi.
69 Cho‘ri uni yana uchratib, u yerda turganlarga: — Bu odam o‘shalardan biri, — deb yana aytdi.
70 Butrus yana inkor etdi. Bir ozdan keyin u yerda turganlar yana Butrusga gapira boshlashdi: — Sen Jalilaliksan–ku! O‘shalardan biri ekanliging aniq.
71 — Xudo ursin! Sizlar aytayotgan bu Odamni men tanimayman! — deb qasam ichdi Butrus.
72 Naq shu payt xo‘roz ikkinchi marta qichqirdi. Isoning: “Xo‘roz ikki marta qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan”, — degan so‘zi Butrusning esiga tushib ketdi. U chidolmay yig‘lab yubordi.
Mark Muqaddas xushxabar: 14 Bob
MakDonaldning Injil kitobiga o'zbek tilidagi sharhlari
VII. XIZMATKORNING AZOBI VA O‘LIMI (14-15-boblar)
A. Isoni o‘ldirish fitnasi (14:1−2)
Bu mash’um haftaning chorshanba kuni edi. Ikki kundan so‘ng Fisih bayrami bo‘lib, u yetti kunlik Xamirturushsiz non bayramining boshlanishini bildirardi. Din rahbarlari Iso Masihni yo‘q qilishga qat’iy ahd qilgan edilar, ammo bayram kunlarida buni qilishni istamasdilar, chunki xalq orasida ko‘pchilik Isoni payg‘ambar deb bilardi.
Garchi oliy ruhoniylar va ulamolar bayramda Uni o‘ldirmaslikka qaror qilgan bo‘lsalar-da, Ilohiy taqdirning o‘zi hal qildi va Xudoning Fisih Qo‘zisi aynan shu paytda qurbon qilindi (Matto 26:2 ga qarang).
B. Iso Baytaniyada xushbo‘y moy bilan qutlug‘landi (14:3−9)
Zargar olmosni qora baxmal ustiga qo‘ygani kabi, Muqaddas Ruh va uning yerdagi kotib Markus ham, diniy rahbarlarning yovuz fitnasi va Yahudoning xoinligi fonida ayolning Rabbimizga bo‘lgan mehri porlashini mohirona ta’kidlab o‘tdilar.
14:3 Moxov Simun Najotkor sharafiga ziyofat uyushtirdi, ehtimol shifo topgani uchun minnatdorchilik belgisi sifatida. Ismi aytilmagan ayol (Baytaniyadagi Maryam bo‘lishi mumkin, Yuhanno 12:3) Isoning boshiga qimmatbaho xushbo‘y moyni mo‘l-ko‘l qilib quydi. Uning Isoga bo‘lgan muhabbati naqadar buyuk edi!
14:4−5 Ba’zi mehmonlar buni dahshatli isrofgarchilik deb o‘yladilar. U ehtiyotsizlik qilib, katta zarar ko‘rdi, deyishdi. Nega atirni sotib, pulini kambag‘allarga tarqatmadi? (Uch yuz kumush tanga bir yillik ish haqi edi.) Odamlar hozir ham bir yil umrini Xudoga bag‘ishlashni isrof deb hisoblaydilar. Butun umrini Parvardigorga bag‘ishlashni qanchalar katta isrofgarchilik deb bilisharkin!
14:6−8 Iso ularga e’tiroz bildirishni man etdi. Ayol qulay fursatdan foydalanib, Xaloskorga hurmat ko‘rsatdi. Agar ular kambag‘allarga shunchalik g‘amxo‘rlik qilishsa, ularga yordam berish imkoniyati doimo bo‘ladi, chunki kambag‘allar doimo yoningizda bo‘ladi. Rabbimiz esa tez orada o‘ladi va dafn etiladi. Bu ayol o‘z muhabbatini qo‘lidan kelganicha izhor etdi. Balki u Isoning jasadiga g‘amxo‘rlik qila olmas, shuning uchun U hayotligida sevgisini namoyon qildi.
14:9 Bu xushbo‘y hidlar bizning avlodimizgacha yetib keldi. Iso bu ayol haqida butun dunyoda eslanishini aytdi. Haqiqatan ham, u Injildagi yozuv tufayli xotirlangan.
D. Yahudoning xiyonati (14:10-11)
Ayol Najotkorni juda qadrlar edi. Undan farqli o‘laroq, Rabbimiz Iso Masih bilan kamida bir yil birga yashagan va Undan faqat marhamat ko‘rgan Yahudo Uni unchalik qadrlamas edi. U oliy ruhoniylar oldiga borib, Xudoning O‘g‘lini ularning qo‘liga topshirishni va’da qildi. Ular uning taklifini mamnuniyat bilan qabul qilib, xiyonati uchun haq to‘lashga so‘z berishdi. Endi tafsilotlarni puxta o‘ylab chiqish qolgan edi.
E. Fisih bayramiga tayyorgarlik (14:12−16)
Garchi aniq xronologiyaga ishonch bo‘lmasa-da, biz endi Fisih haftasining payshanba kuniga yetib kelganga o‘xshaymiz. Shogirdlar bu Fisih bayrami barcha o‘tkazilgan Fisih bayramlarining ijrosi va cho‘qqisi bo‘lishini deyarli anglamasdilar. Ular Rabbimizdan Fisih ziyofatini qayerda tayyorlashni so‘radilar. U ularni Quddusga yuborib, ko‘zada suv ko‘tarib ketayotgan odamni topishni buyurdi. Bu kamdan-kam uchraydigan hodisa edi, chunki ko‘zalarni odatda ayollar ko‘tarib yurishardi. Bu odam ularni kerakli uyga boshlab borishi kerak edi. So‘ng ular uy egasidan Ustozning shogirdlari bilan Fisih taomini yeyishi mumkin bo‘lgan xonani ko‘rsatishini so‘rashlari lozim edi.
Rabbimizning qanday qilib tanlashi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishini kuzatish hayratlanarli. U insonlar va mulklarning to‘la huquqli Hokimi sifatida ish yuritadi.
O‘zini va mol-mulkini Uning ixtiyoriga topshirgan samimiy qalblarni ko‘rish ham go‘zaldir. Hayotimizning har bir xonasiga darhol kirishiga rozi bo‘lsak, bu biz uchun naqadar yaxshi!
F. Iso xiyonat qilinishini oldindan aytadi (14:17−21)
O‘sha kuni kechqurun Iso o‘n ikki shogirdi bilan birga tayyorlab qo‘yilgan yuqori qavatdagi xonaga keldi. Ular yeb-ichib o‘tirganlarida, Iso shogirdlaridan biri Unga xiyonat qilishini aytdi. Ular o‘z tabiatlarining buzuqligini tan olishdi. Har biri o‘ziga ishonqiramay, "Men emasmi?" deb so‘rardi. Keyin Iso xoinni U bilan birga idishga non botirgan odam sifatida fosh qildi, ya’ni U bir bo‘lak non uzatgan kishi. Iso bashorat qilganidek, Inson O‘g‘li o‘limga ketyapti, ammo Unga xiyonat qiluvchining qismati dahshatli bo‘ladi, dedi. Haqiqatan ham, o‘sha odamning tug‘ilmagani afzal edi.
G. Birinchi Qutlug‘ Kechlik (14:22−26)
14:22−25 Nonni olib, Yahudo tunni tark etdi (Yuhanno 13:30). Shunda Iso bizga Qutlug‘ Kechlik nomi bilan ma’lum bo‘lgan marosimni joriy etdi. Uning teran ma’nosi uchta so‘zda mujassam: (1) U oldi — inson tabiati; (2) sindirdi — U xochda qurbon bo‘lishi kerak edi; (3) berdi — U O‘zini biz uchun fido qildi.
Non — Uning qurbon qilingan Tanasi, kosa — Uning to‘kilgan Qoni ramzidir. U O‘z qoni bilan Yangi Ahdni tasdiqladi. U yer yuziga qaytib kelib, Shohligini o‘rnatmaguncha, Uning uchun boshqa bayramlar bo‘lmaydi.
14:26 So‘ng ular madhiya kuyladilar — ehtimol, Zabur 113−118 dan parcha. Keyin ular Quddusdan chiqib, Qidron soyligini kesib o‘tib, Zaytun tog‘iga yo‘l oldilar.
Butrusning o‘ziga bo‘lgan ishonchi (14:27−31)
14:27−28 Yo‘lda Najotkor shogirdlariga kelgusi soatlarda ularning hammasi Undan uyalib, Uning izdoshlari ekanliklarini tan olishdan qo‘rqishlari haqida ogohlantirdi. Zakariyoning bashorati amalga oshadi: cho‘pon uriladi va Uning qo‘ylari tarqalib ketadi (Zah 13:7). Lekin O‘z marhamati bilan ulardan voz kechmasligiga ishontirdi: O‘lganlardan tirilganidan so‘ng ularni Jalilada kutajagini aytdi. 14:29−30 Butrus Xudodan voz kechish fikridan g‘azablandi. Boshqalar voz kechishi mumkin, lekin u hech qachon! Iso uning "hech qachon"ini "tez orada"ga o‘zgartirdi. Xo‘roz ikki marta qichqirmasdan oldin, Butrus uch marta Najotkordan tonishini aytdi. 14:31 "Bu bema’nilik, - deb xitob qildi Butrus. - Men Sendan voz kechgandan ko‘ra o‘limga rozi bo‘laman!" Shunchalik maqtanchoqlik qilgan yolg‘iz Butrus emas edi. Hamma shoshilinch va o‘ziga ishongan holda shunday dedi. Buni doimo yodda tutaylik, chunki biz ulardan farq qilmaymiz. Yuragimizning qo‘rqoqligi va zaifligini bilishimiz kerak. Z. Getsemaniyadagi kurash (14:32−42)
14:32 Yer yuzini zulmat qopladi. Payshanba kechasi juma tongiga aylanayotgan edi. Ular Getsemani deb atalgan devor bilan o‘ralgan joyga kelganlarida, Iso sakkiz shogirdini kiraverishda qoldirdi. 14:33−34 U o‘zi bilan Butrus, Yoqub va Yuhannoni bog‘ning ichkarisiga olib ketdi. U yerda biz uchun O‘zini qurbon qilishini so‘rab ibodat qilar ekan, muqaddas qalbida kuchdan ortiq og‘irlikni his etdi. Biz Uning, gunohsizning, biz uchun gunoh bo‘lishining ma’nosini tushunishga qodir emasmiz. U uch shogirdini qoldirib, ularga o‘sha yerda hushyor turishni buyurdi. U sal nariroqqa, bog‘ga - yolg‘iz o‘zi ketdi. Xuddi shuningdek, gunohlarimiz uchun Xudoning dahshatli jazosini olib, yolg‘iz o‘zi xochga mixlanadi. 14:35 Biz hayrat va dahshat bilan Rabbimiz Iso Masihning Xudoga ibodat qilib yerga yiqilganini ko‘ramiz. U xochga bormaslikka izn so‘radimi? Yo‘q, aslo, u shu maqsadda dunyoga kelgan edi. Avvalo, iloji bo‘lsa, shu soat O‘tib ketishini so‘rab iltijo qildi. Agar Uning o‘limi, dafn etilishi va tirilishi o‘rniga gunohkorlarni qutqarishning boshqa yo‘li bo‘lsa, Xudo bu yo‘lni ko‘rsatsin. Osmon jimjit edi. Najot topish uchun boshqa yo‘l yo‘q edi. 14:36 Va yana ibodat qildi: "Avva, Ota! Sening qo‘lingdan hamma narsa keladi. Bu qadahni Mendan olib o‘t; lekin Men xohlagancha emas, Sen xohlagandek bo‘lsin". E’tibor bering, U Xudoga hamma narsaga qodir bo‘lgan sevimli Otasi sifatida murojaat qildi. Bu yerda gap jismoniy imkoniyatda emas, balki ma’naviy imkoniyatda edi. Qodir Ota fosiq gunohkorlarni qutqarish uchun boshqa biror adolatli asos topa olarmidi? Osmonning sukunati boshqa yo‘l yo‘qligini ko‘rsatdi. Xudoning muqaddas O‘g‘li gunohkorlar gunohdan xalos bo‘lishi uchun qon to‘kishi kerak edi! 14:37−40 Uch shogirdining yoniga qaytib, ularni uxlab yotgan holda topdi - bu insonning tubanlashgan tabiatiga g‘amgin sharh edi. Iso Butrusni bu og‘ir paytda uyg‘oq turishga ogohlantirgan edi. Yaqindagina Butrus o‘zining qat’iyligi bilan maqtanardi. Endi esa u bir soat ham uyg‘oq tura olmas edi. Agar inson bir soat ibodat qila olmasa, o‘ta kuchli bosim paytida vasvasaga bardosh bera olishi aqlga sig‘maydi. Uning ruhi qanchalik jo‘shqin bo‘lmasin, u o‘z tanasining zaifligi bilan hisoblashishi kerak. 14:41−42 Rabbimiz uch marta qaytib kelib, shogirdlarini uxlab yotgan holda ko‘rdi. So‘ngra U: "Hali ham uxlab dam olyapsizlarmi? Yetarli, vaqt keldi; mana, Inson O‘g‘li gunohkorlar qo‘liga topshirilmoqda", - dedi. Shu so‘zlar bilan ular o‘rinlaridan turib, oldinga yurdilar. Biroq uzoqqa borishmadi. I. Iso xoinlik qilinib, qo‘lga olinadi (14:43−52)
14:43 Bog‘ga allaqachon Yahudo bir guruh qurollangan odamlar bilan kirib kelgan edi. Ular go‘yo xavfli jinoyatchini qo‘lga olmoqchi bo‘lgandek, qilich va kaltak ko‘tarib kelishdi. 14:44−45 Sotqin esa ularga belgi berdi. Ular ushlab olishlari kerak bo‘lgan Kishini o‘pib qo‘ydi. Shunday qilib, Yahudo Isoning oldiga kelib, Uni "Ustoz" deb atadi va Uni o‘pdi. (Asl matnda qo‘llangan kuchli ifoda ko‘p marotaba yoki namoyishkorona o‘pishni nazarda tutadi.) Nega Yahudo Rabbiga xiyonat qildi? Iso mamlakatni boshqarishni o‘z qo‘liga olmaganidan hafsalasi pir bo‘lganmi? Yoki uning Shohlikdagi sharafli o‘ringa bo‘lgan umidi puchga chiqdimi? Yoki ochko‘zlik g‘olib keldimi? Bularning hammasi uni bu nojo‘ya ishga undagan bo‘lishi mumkin. 14:46−50 Xoinning qurollangan yordamchilari kelib, Rabbimizni ushlashdi. Butrus darhol qilichini sug‘urib, oliy ruhoniyning qulini urdi va qulog‘ini kesib tashladi. Bu ruhiy emas, balki jismoniy munosabat edi. Butrus ruhiy jangda jismoniy quroldan foydalangan edi. Luqo (22:51) va Yuhanno (18:11) yozganidek, Rabbimiz Butrusni to‘xtatib, mo‘jizaviy tarzda quloqni tikladi. So‘ng Iso Uni ushlab olganlarga ular tomonidan kelib, Uni kuch bilan ushlash qanchalik bema’ni ekanligini eslatdi! U har kuni ular bilan birga ma’badda bo‘lib, ta’lim berardi. Nega o‘shanda Uni ushlamadilar? U javobni bilardi. Unga xiyonat qilinishi (Zabur 40:10), qo‘lga olinishi (Ishayo 53:7), kaltaklanishi (Zabur 21:13) va tark etilishi (Zah 13:7) kerakligi haqida bashorat qilgan Muqaddas Bitiklar amalga oshishi kerak edi. 14:51−52 Mark bu voqeani tasvirlagan yagona xushxabarchi. Ko‘pchilik Markning o‘zi shoshilinch ravishda qochib ketayotganda chodrasini qurollangan odamlar qo‘lida qoldirgan yigit bo‘lgan deb hisoblaydi. Choyshabga o‘xshash narsa oddiy kiyim emas, balki qo‘lbola yopinchiq sifatida o‘zi bilan olib kelgan bir parcha mato edi.
14:29−30 Pyotr Xudodan voz kechish fikridan g‘azablandi. Ehtimol, boshqalar voz kechishar, lekin u hech qachon! Iso uni " hech qachon " " tez orada " deb tuzatdi. Xo‘roz ikki marta qichqirguncha, Pyotr uch marta xaloskoridan tonadi.
14:31 "Bu bema’nilik, - deb xitob qildi Pyotr. - Men sendan yuz o‘girgandan ko‘ra o‘limga rozi bo‘laman!" Shunchalik maqtanchoqlik qilgan yolg‘iz Pyotr emasdi. Hamma shoshib-pishib, o‘ziga bino qo‘yib gapirardi. Buni doimo yodda tutaylik, chunki biz ulardan farq qilmaymiz. Biz yuragimizning qo‘rqoqligi va zaifligini bilishimiz kerak.
I. Hefsimaniyadagi kurash (14:32−42)
14:32 Zamin zulmatga cho‘mdi. Payshanbaga o‘tar kechasi juma kuni ertalabga o‘tardi. Ular Getsemaniya deb atalgan devor bilan o‘ralgan joyga kelganlarida, Iso sakkiz shogirdini eshik oldida qoldirdi.
14:33−34 U o‘zi bilan Pyotr, Yoqub va Yuhannoni bog‘ning ichkarisiga olib ketdi. U yerda biz uchun o‘zini qurbon qilishini so‘rab ibodat qilar ekan, O‘zining muqaddas ruhida kuchdan ortiq og‘irlikni his etdi. Uning, gunohsizning, biz uchun gunoh qilishining ma’nosini tushunishga qodir emasmiz. U uchta shogirdini qoldirib, ularga o‘sha yerda hushyor turishni buyurdi. U sal nariroqqa, bog‘ga - yolg‘iz o‘zi ketdi. Xuddi shuningdek, gunohlarimiz uchun Xudoning dahshatli jazosini olib, yolg‘iz o‘zi xochga mixlanadi.
14:35 Biz hayrat va dahshat bilan Rabbimiz Iso Masihning Xudoga ibodat qilib yerga yiqilganini ko‘ramiz. U xochga bormaslikka izn so‘radimi? Yo‘q, aslo, u shu maqsadda dunyoga kelgan. Avvalambor, iloji bo‘lsa, shu soat o‘tib ketishini so‘rab iltijo qildi. Agar Uning o‘limi, dafn etilishi va tirilishi o‘rniga gunohkorlarni qutqarishning boshqa yo‘li bo‘lsa, Xudo bu yo‘lni ko‘rsatsin. Osmon jimjit edi. Poklanish uchun boshqa yo‘l yo‘q edi.
14:36 Va yana ibodat qildi: "Avva, Ota! Sening qo‘lingdan hamma ish keladi. Bu qadahni Mening oldimdan olib o‘taver. E’tibor bering, U Xudoga hamma narsaga qodir bo‘lgan sevimli Otasi sifatida murojaat qilgan. Bu yerda gap jismoniy imkoniyatda emas, balki ma’naviy imkoniyatdadir.
Qodir Otam yovuz gunohkorlarni qutqarish uchun boshqa biror adolatli asos topa olarmidi? Osmon sukunati boshqa yo‘l yo‘qligini ko‘rsatdi. Xudoning muqaddas O‘g‘li gunohkorlar gunohdan xalos bo‘lishi uchun qon to‘kishi kerak edi!
14:37−40 Uch o‘quvchining yoniga qaytib, Ularni uxlab yotgan holda topadi - bu tubanlashgan inson tabiatining g‘amgin sharhi. Iso Butrusni bu og‘ir paytda uxlamaslik haqida ogohlantirgan. Yaqindagina Pyotr o‘zining qat’iyligi bilan maqtanardi. Hozir u uyqusiz ham o‘tira olmasdi.
Agar inson bir soat namoz o‘qiy olmasa, o‘ta kuchli bosim paytida vasvasaga bardosh bera olishi aqlga sig‘maydi. Uning ruhi qanchalik jo‘shqin bo‘lmasin, u o‘z tanasining zaifligi bilan hisoblashishi kerak.
14:41−42 Parvardigor uch marta qaytib kelib, shogirdlarini uxlab yotgan holda ko‘rardi. So‘ngra U zot: "Hali ham uxlab yotibsizlarmi?! Tamom, fursat yetdi; mana, Inson O‘g‘li gunohkorlar qo‘liga topshirilmoqda." Shu so‘zlar bilan ular o‘rinlaridan turib, oldinga yurdilar. Lekin uzoqqa borishmadi.
J. Iso sodiq va qo‘lga olingan (14:43−52)
14:43 Bog‘ga allaqachon Yahudo bir guruh qurollangan odamlar bilan kirib kelgan edi. Ular go‘yo xavfli jinoyatchini qo‘lga tushirmoqchidek qilich va qoziqlar bilan kelishdi.
14:44−45 Sotqin esa ularga ishora qildi. Ular olishlari kerak bo‘lgan Kishini o‘pib qo‘ydi. Shunda Yahudo Isoning oldiga kelib, Uni "Ravvi" deb atadi va Uni o‘pdi. (Asliyatdagi emfatik shakl ko‘p marotaba yoki namoyishkorona o‘pishni nazarda tutadi.) Nega Yahudo Xudoga xiyonat qildi? Iso mamlakatni boshqarishni o‘z qo‘liga olmaganidan hafsalasi pir bo‘lganmi? Yoki uning Shohlikdagi sharafli o‘ringa bo‘lgan umidi puchga chiqdimi? Yoki ochko‘zlik g‘olib keldimi? Bularning hammasi uni nojo‘ya ishga olib kelishi mumkin edi.
14:46−50 Xoinning qurollangan yordamchilari kelib, Rabboni ushlashdi. Butrus darhol qilichini sug‘urib, oliy ruhoniyning qulini urdi-da, qulog‘ini kesib tashladi. Bu ma’naviy emas, balki jismoniy reaksiya edi. Butrus ma’naviy jangda jismoniy quroldan foydalangan.
Luqo (22:51) va Yuhanno (18:11) da o‘qiganimizdek, Xudovand Butrusni taqiqlab, mo‘jizaviy tarzda quloqni tikladi.
So‘ng Iso Isoni ushlab olganlarga ular tomonidan kelib, Uni kuch bilan ushlash qanchalik bema’ni ekanligini eslatdi! U har kuni ular bilan birga ibodatxonaga borib, dars berardi. Nega O‘shanda Uni olishmadi? U javobni bilardi. Unga sodiq bo‘lish (Zabur 40:10), qo‘lga olinish (Isha 53:7), kaltaklanish (Zabur 21:13) va tark etilishi (Zah 13:7) kerakligi haqida bashorat qilgan Yozuvlar amalga oshsin.
14:51−52 Mark bu voqeani tasvirlagan yagona yevangelistdir. Markning o‘zi shoshilinch ravishda qochib ketayotganda chodrasini qurollangan odamlar qo‘lida qoldirgan yigit degan fikr keng tarqalgan. Choyshab oddiy kiyim emas, qo‘lbola choyshab singari o‘zi bilan olib kelgan bir parcha mato edi.
Erdman shunday izohlaydi: "Ehtimol, bu yorqin voqea Iso azob va og‘riq chekayotgan paytda butunlay tark etilganini ko‘rsatish uchun qo‘shilgan. U yolg‘izlikda azob chekish nima ekanligini aniq bilardi."
K. Iso oliy ruhoniy oldida (14:53−54)
Bu sud jarayonining bayoni 53-oyatdan 15:1 gacha davom etadi va uch qismga bo‘linadi: (1) oliy ruhoniy oldidagi sud (53-54-oyatlar); (2) sinedrionning yarim tungi yig‘ilishi (55-65-oyatlar); (3) sinedrionning ertalabki majlisi (15:1).
14:53 Bu yerda Mark Kayafa oldidagi sudni tasvirlayotgani umume’tirof etilgan. Anna oldidagi sudni Yuhannoning Injilidan (18:13, 19-24) topish mumkin.
14:54 Butrus Hazrati Isoning orqasidan oliy ruhoniyning hovlisigacha xavfsiz masofani saqlagan holda ergashib bordi. Kimdir uning qulashining quyidagi rejasini chizgan:
1. Avvaliga u kurashdi - g‘ayratini noto‘g‘ri yo‘naltirdi.
2. So‘ng qochdi - qo‘rqoqlarcha Ustozdan voz kechdi.
3. Nihoyat, U uzoqdan - yarim shogirdlik bilan tunda ergashdi.
U xizmatkorlar bilan birga olov yoniga o‘tirib, o‘z Rabbisining dushmanlari bilan isindi.
L. Iso sinedrion oldida (14:55−65)
14:55−59 Garchi bu yerda aniq aytilmagan bo‘lsa-da, 55-oyat sinedrionning yarim tungi yig‘ilishini tasvirlashni boshlayotganga o‘xshaydi. Yetmish bir diniy rahbardan iborat bu organ oliy ruhoniy raisligida to‘plandi. Bu g‘ayrioddiy kechada sinedrion tarkibiga kirgan farziylar, sadduqiylar, ulamolar va oqsoqollar o‘zlari amal qilishlari lozim bo‘lgan qoidalarga o‘ta e’tiborsizlik bilan yondashdilar. Ular kechasi yoki yahudiylar bayramida majlis o‘tkazmasliklari kerak edi. Ular yolg‘on guvohlik olish uchun guvohlarni sotib olishlari mumkin emasdi. Tun tugaguncha o‘limga hukm chiqarilmasligi lozim edi. Ularning hukmlari, agar ular Tosh kesmalari zalida yig‘ilmagan bo‘lsa, haqiqiy emas deb hisoblanardi.
Rabbimiz Isoni iloji boricha tezroq yo‘q qilish niyatida, diniy hokimiyat vakillari o‘ylab o‘tirmay, o‘z qonunlarini ham buzdilar. Ular yolg‘on guvohlarni jalb qilishga qaror qildilar, ammo bir-biriga mos keladigan ko‘rsatmalar ololmadilar.
Kimdir Rabbimizning "Bu qo‘l bilan qurilgan ibodatxonani buzib, uch kunda qo‘l bilan qurilmagan boshqasini quraman" degan so‘zlarini tahdid sifatida taqdim etdi. Isoning haqiqiy so‘zlari Yuhannoning Injilida (2:19) yozilgan. Ular ataylab Quddus ibodatxonasini Uning tanasi ibodatxonasi bilan aralashtirib yuborishdi.
14:60−62 Oliy ruhoniyning birinchi savoliga Iso javob bermadi. Ammo Undan qasam ichib (Matto 26:63) U haqiqatan ham Masih, Muborakning O‘g‘limi, deb so‘rashganda, Najotkor "ha" deb javob berdi, bu Levilar 5:1 ga muvofiq edi. So‘ngra, Hazrati Iso O‘ziga nisbatan har qanday shubhani bartaraf etib, oliy ruhoniyga Inson O‘g‘lining qudratning o‘ng tomonida o‘tirganini va osmon bulutlarida kelayotganini ko‘rishini aytdi. Bunda U oliy ruhoniy Uni Xudo sifatida namoyon bo‘lganida ochiq ko‘rishini nazarda tutgan edi. Isoning birinchi kelishi paytida, Uning ilohiy ulug‘vorligi inson tanasida yashiringan edi. Ammo U yana qudrat va buyuk shon-shuhrat bilan kelganda, parda ko‘tariladi va har bir kishi Uning oldida Kim turganini aniq biladi.
14:63−64 Oliy ruhoniy Iso nimani nazarda tutganini tushundi. U kufrga qarshi norozilik belgisi sifatida kiyimlarini yirtib tashladi. Masihni tan olish va qabul qilishga hammadan ko‘ra ko‘proq tayyor bo‘lishi kerak bo‘lgan isroillik, Uni qoralash haqida hammadan ko‘ra balandroq qichqirdi. Ammo u yolg‘iz emasdi: butun sinedrion Iso Xudoga shak keltirdi, deb uning fikriga qo‘shildi va Uni o‘limga loyiq deb tan oldi. (Arimafeyalik Yusuf va Nikodim bu noqonuniy majlisda qatnashmagan deb hisoblanadi.)
14:65 Keyin nihoyatda xunuk manzara yuz berdi. Sinedrionning ba’zi a’zolari Xudoning O‘g‘liga tupurib, Uning yuzini bekitib qo‘ydilar va O‘z haqoratlovchilarining nomini aytishni talab qila boshladilar. Ulug‘vor Xaloskor gunohkorlarning bunday hujumlariga dosh berishi aql bovar qilmas hodisa edi.
Xizmatkorlar (ma’bad qo‘riqchilari) haqoratlashga qo‘shilib, Uni mushtladilar.
M. Butrus Isodan voz kechib, achchiq yig‘laydi (14:66−72)
14:66−68 Butrus pastdagi hovlida kutardi. Oliy ruhoniyning cho‘rilaridan biri o‘tib borardi. Qiz unga tikilib qaradi, keyin uni Nosiralik Isoning izdoshi deb aybladi. Jo‘shqin shogird uning nima haqida gapirayotganini mutlaqo tushunmagandek ko‘rinib, tashqariga chiqdi. Shu payt xo‘roz qichqirdi. Bu juda noqulay vaziyat edi. Gunoh o‘zining dahshatli o‘lponini undirayotgan edi.
14:69−70 Cho‘ri uni yana ko‘rib, atrofdagilarga Isoning shogirdi ekanini aytdi. Butrus yana bir bor sovuqqonlik bilan inkor etdi, ehtimol, odamlar uni tinch qo‘yishsa bo‘lmasmidi, deb o‘yladi.
So‘ngra u yerdagilar Butrusga: "Haqiqatan sen o‘shalardan birisan, chunki sen jaliliyaliksan, tiling ham shuni ko‘rsatib turibdi", deyishdi.
14:71−72 Butrus la’natlar o‘qib, qasam ichib, bu Odamni tanimasligini ayta boshladi. Shu so‘zlar og‘zidan chiqishi bilanoq xo‘roz qichqirdi. Tabiat qo‘rqoqlarcha aytilgan yolg‘onlarga shu tarzda e’tiroz bildirayotganga o‘xshardi. Butrus darhol Rabbimizning bashoratlari amalga oshganini angladi. U tashqariga chiqib, achchiq yig‘ladi.
E’tiborli jihati shundaki, Butrusning voz kechishi haqida to‘rtala Injilning barchasida yozilgan. Biz hammamiz o‘ziga ishonish qanchalik xor qilishini tushunib olishimiz kerak. Biz o‘zimizga emas, balki Xudoning kuchiga to‘liq tayanishni o‘rganishimiz lozim.