Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Низолар - (3 қисм) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchiliklar
Kenning hikoyasi. 1–qism
Oylab korish uchun vaqt
Kenning hikoyasi. 2–qism
Kenning hikoyasi. 3–qism
Oylab korish uchun vaqt
Mualliflar haqida
KENNING HIKOYASI. 3-QISM
- Ona, ota, men yaqinda Dag bilan gaplashdim va u menga hayotimning ba’zi jihatlariga boshqacha qarashga yordam berdi.
Ken shu qadar asabiylashayotgandiki, gapirganida uning ovozi titrab chiqardi, lekin bu holat bilan hech nima qila olmasdi. Kech tushgandi, u ota-onasi bilan mehmonxonada o‘tirardi. Dag Shou ham uning yoniga o‘tirdi. Kenning singlisi Hillari do‘stlarining uyida mehmonda edi.
Ken davom ettirardi:
- Dag bilan suhbatimizdan so‘ng, men sizlarning g‘amxo‘rligingizni qadrlashim kerak degan xulosaga keldim. Aytmoqchimanki, siz uyimizning farovonligi va xavfsizligi, oziq-ovqat haqida qayg‘urasiz. Deyarli barcha kiyimlarim va buyumlarimni siz sotib olasiz, shuni bilishingizni istaymanki, siz menga qilgan har bir narsa uchun sizdan g‘oyat minnatdorman. Men buni tez-tez aytmasligimni tushunaman, - Ken hayajon ila duduqlanib gapirardi. - Va men... Men sizlarni yaxshi ko‘raman. - U ularning yuzlaridagi tabassumni payqadi.
- Biz ham seni yaxshi ko‘ramiz, Ken, - dedi onasi, otasi shunchaki boshini irg‘ab qo‘ydi.
Kenga bu so‘zlarni talaffuz qilish juda qiyin edi, to‘satdan xonadan chiqib ketib, Dagning o‘ziga ular bilan suhbatni davom ettirishga ruxsat berishni xohlardi. Lekin uning o‘zi davom ettirishi kerakligini tushunardi.
- Siz mening ehtiyojlarimni qondirish uchun judayam g‘amxo‘rlik qilasizki, men sizga yana bir muhtoj bo‘lgan narsamni aytmoqchiman. Bunga qarshi emasmisiz?
- Ken, albatta yo‘q, - dedi otasi va onasi bilan tinglashga tayyorlandilar.
Ken Dagdan qo‘llab-quvvatlashni kutib, davom ettirdi:
- Men daldangizga muhtoj ekanligimni angladim. Men juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishimni bilaman va noto‘g‘ri ish qilganimda sizlar menga buni aytasizlar. Albatta, meni tuzatish kerak, ammo agar siz ham to‘g‘ri qilayotgan ishimga e’tibor bersangiz, bu men uchun katta yordam bo‘lardi. Mening ba’zi harakatlarimni ma’qullashingizni eshitishim zarur. Tasdiqlashni eshitmasam, qilayotgan barcha harakatlarimni noto‘g‘ri qilayotgandek tushunaman. Agar birorta ishni yaxshi qilayotganimni sezsangiz, iltimos, menga bu haqda ayta olasizmi?
Ken ota-onasining ko‘zlariga qarab juda asabiylashdi. U tabassum bilan qo‘llab-quvvatlab turgan, go‘yo: “Ofarin!” deyayotgan Dagga bir qarab qo‘ydi.
Bir oz tanaffusdan so‘ng otasi Kendan so‘radi:
- Haqiqatan ham biz seni umuman qo‘llab-quvvatlamaymiz va dalda bermaymiz, deb o‘ylaysanmi?
- Ota, ba’zi hollarda. Ayniqsa, o‘qishlarim yomonligini, kiyimlarim sizga yoqmasligini, xonam tartibsizligini men doimo eshitganimda... - Ken ushbu ro‘yxatga nimadir qo‘shmoqchi ediyu davom etmadi.
- Kennet, sen bizning o‘g‘limizsan, - dedi otasi, - va biz sen bilan juda faxrlanamiz. Biz seni shunchaki tartibga solamiz, seni kuzatib boramiz, chunki biz senga yaxshilik tilaymiz.
Ken roziligini bildirgancha bosh irg‘adi.
- Bilaman, ota. Lekin, men o‘zimda biron bir narsani o‘zgartirishim kerakligini eshitganimda, buni qanday qilishni bilmayman. Xuddi o‘sha oqshom mening pleyerimni olib qo‘yganingizda. Uy vazifasini bajarishni deyarli tugagan edim. Sizdan faqat mening musiqam dahshatli ekanligi va u meni o‘qishdan chalg‘itishi haqida eshitganim bo‘ldi...
Dag xushmuomalalik bilan uni to‘xtatdi:
- Ken, ehtimol, bunday vaziyatda otangdan nimani eshitishni istashingni aytishing ma’qul bo‘lardi?
Ken bu haqda o‘yladi va otasiga o‘girilib dedi:
- “Uy vazifasi bajarilishi qanday kechmoqda?” kabi so‘zlarni aytsangiz, o‘zimni yaxshi his qilgan bo‘lardim. Sizga vazifalar daftarimni ko‘rsatganimda, siz: “Ajoyib. Agar senga yordam kerak bo‘lsa, menga murojaat qil. Faqat musiqa seni chalg‘itishiga yo‘l qo‘yma” - deyishingiz mumkin edi.
O‘zini yanada ishonchli his qilgan Ken, o‘z so‘zlariga otasining munosabatini kuzatdi. Birozdan so‘ng otasi gapirdi:
- Aftidan, nima demoqchi ekaningni tushundim, o‘g‘lim. Bunday adolatsiz bo‘laman deb aslo o‘ylamagan ekanman. O‘sha oqshom sen bilan qattiq munosabatda bo‘lganimdan afsusdaman, bu hammasi emas. Yaxshi o‘qishingni shunchalik xohlaganimdan, yutuqlaringni sezmay qolibman. Qattiq afsusdaman. Meni kechirasanmi?
Ken javob bermasdan oldin, onasi ham beparvoligi uchun uzr so‘radi. Ken ularni kechirishini aytganida, onasi dedi:
- Biz sening muvaffaqiyatlaringni va yaxshi xulq-atvoringni sezishga harakat qilamiz va buning uchun seni maqtashni unutmaymiz.
Ota-onasining ijobiy harakatidan ilhomlanib, Ken o‘z ehtiyojlari ro‘yxatidagi ikkinchi nuqtaga o‘tdi - ularning e’tiboriga muhtojligi: ular uni tinglamaganida, u bilan vaqt o‘tkazmaganida yoki yolg‘iz qolganida va uning ishlariga qiziqish bildirmaganlarida o‘zining xafa bo‘lishini aytdi.
- Agar siz ba’zan mening xonamga kirib, ahvolimni so‘rasangizlar va gapirganlarimi tinglasangizlar juda yaxshi bo‘lardi - dedi u.
Ota-onasi yana kechirim so‘rab, ko‘proq e’tiborli bo‘lishga va’da berishdi.
Ken allaqachon to‘xtashga tayyor edi. U ota-onasi uning so‘zlariga ijobiy munosabatda bo‘lishiga deyarli ishonolmasdi va o‘z hissiyotlari bilan ularni ortiqcha qiynamoqchi emasdi. Ammo onasi shu payt dedi:
- Sen bizga juda katta yordam berding, Kennet. Biz seni xafa qilayotganimizdan umuman xabarimiz yo‘q edi. Aytmoqchi bo‘lgan yana birorta gaping bormi?
- Ha, bor... - dedi u qo‘llab-quvvatlashni kutib Dagga qarab. - Dag bilan suhbatlashganimizda, men sizlar bilan bog‘liqlikni his qilish zarurligini angladim. Albatta, men endi bola emasman. Va menga doimo meni quchoqlashingiz yoki qo‘limdan ushlab turishingiz shart emas. Ammo men quchoqlashlaringizni sog‘inaman va meni sevishingizni aytganlaringizda, bu menga doimo yoqadi.
Kenning onasi bunga boshqa chiday olmadi. Va ko‘z yoshlari bilan o‘g‘lining oldiga keldi:
- Buni sendan eshitganimdan juda xursandman! Kichkina boladay muomalada bo‘lishni xohlamaysan, deb o‘ylaganim uchungina seni quchoqlamasdim. Menda sen uchun juda ko‘p quchoqlarim va o‘pichlarim bor.
Ken o‘rnidan turib, onasini quchoqladi. Xuddi shu paytda otasi ham ularning oldiga keldi va birgalikda bir muncha vaqt qo‘l ushlashib turishdi. Dag ularga qo‘shilib, oilalari uchun qisqa ibodat qildi.
- Yana bir gapim bor, - dedi Ken qo‘li bilan ko‘z yoshlarini artib va xijolat bilan jilmayib. - Sizdan iltimos qilaman, faqat do‘stlarim yonimda bo‘lmaganida, meni quchoqlab o‘ping maylimi?
Hamma kulib yubordi.
Bir necha daqiqadan so‘ng Dag ketishi kerakligini aytdi. Ken uni eshik tomon kuzatdi:
- Dag rahmat, katta rahmat... bilasizmi... shunchaki rahmat.
- Hechqisi yo‘q, Ken, - javob qildi Dag - Hammasi yaxshi o‘tdi. Sen juda zo‘r ish qilding, ota-onang ham... O‘ylaymanki, ular seni chindan ham sevishadi.
Ken javoban kulib, boshini irg‘adi.
Dag chiqib mashinaga qarab yo‘l oldi, lekin keyin yosh do‘stiga o‘girilib:
- Endi sen Todd bilan ham gaplashishing mumkin. Suhbat paytida sen bilan birga bo‘lishimni xohlaysanmi?
Ken bir daqiqa o‘ylanib qoldi.
- Taklif uchun tashakkur, Dag, lekin endi bu mening qo‘limdan keladi. Ota-onam bilan suhbatlashish menga kuch va ishonch bag‘ishladi, endi men Todd bilan o‘zim gaplasha olaman. Men buni o‘zim qila olaman deb o‘ylayman... Albatta bu ibodatingizsiz bo‘lmaydi.
- Ishonchim komilki, sen bunga qodirsan Ken, men sen uchun ibodat qilaman. Faqat hamma narsa qanday o‘tganligi haqida menga xabar ber. - U qo‘lini silkitib mashinaga o‘tirdi.
- Albatta! - Ken eshikni yopib orqasidan qichqirdi. U Todd bilan bo‘lajak suhbatni intiqlik bilan kutayotgan edi. Ken bu uchrashuv to‘g‘risida Dag va ota-onasiga xursandchilik bilan aytib beraman deb o‘ylardi.
Книга на Узбекском языке: Конфликты, конфликты (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
Цель книги "Конфликты, конфликты" - помочь наладить такую связь с другими, которую предназначил для нас Бог.
Данная книга использует стратегию "читай и практикуй", поэтому вы сможете оказать "помощь 911" человеку, который борется с подобными проблемами в современном мире.