Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji (Kichik Uillard F.Xarli) 2 bob

Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji - (Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?) Kitob O'zbek tilida

Эркак эҳтиёжи, аёл эҳтиёжи (Кичик Уиллард Ф. Харли) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

 

Хiyonatdan himoyalangan nikoh munosabatlarini yaratish Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji. Kitob O'zbek tilida

                    

Mundarija

Nashrning 15 yilligi munosabati bilan suzboshi

Kirish

1. Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?

2. Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?

3. Mehribonlik namoyon etilishi

4. Jinsiy qoniqish

5. Suhbat

6. Birgalikdagi hordiq

7. Rostguylik va ochiqlik

8. Jozibador rafiqa

9. Moliyaviy madat

10. Honadon sarishtaligi

11. Ota-onalik burchlarining  bajarilishi

12. Zavq - shavq

13. Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?

14. Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha


NEGA SEVGI BANKINGIZ HECH QACHON YOPILMAYDI?

Nikoh – bu o‘zaro munosabatlar orasidagi murakkab va eng chigali bo‘lsa kerak. Afsuski, bizlarning ko‘pchiligimiz rozilik berib nikohdan o‘tayotganda o‘zimizni nimaga bog‘layotganimizni to‘liq tushunib yetavermaymiz. Bizning fikrimizcha, baxtli nikohning rivojlanishi bir–biriga “mos keladigan” odamlarning qandaydir sirli birikmasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar nikoh muvaffaqiyatli chiqmasa, biz bu ikkalasi bir–biriga “mos kelmasligi”ni aytamiz. Ammo bir–biriga mutlaqo muvofiq kelmaydigan odamlarning oila qurishi ham g‘aroyib ekanligi rost. Ko‘pincha nikohlar juftlikdan birortasida yoki ikkalasida ham bir–birlarining ehtiyojlarini qondirish zarurligi haqidagi tushuncha va mahoratning yo‘qligi bois buzilib ketadi. Ko‘pincha sizning muvofiqligingiz o‘zaro bog‘liqlikning qandaydir sirli ko‘rsatgichiga emas, balki shu insonning ehtiyojlarini qonlirishga xohishingiz va layoqatingiz bor–yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi.

Xo‘sh, mabodo sizda xohish bo‘lsa–yu, ammo uddalay olmasangiz va mahoratingiz yetarli bo‘lmasa, nima qilish kerak? Ajoyib yangilik bor! Hali hammasi yo‘qotilmagan. Hech qachon o‘rganish uchun kech emas. Ana shu sababga ko‘ra, men xiyonat zarbasiga uchragan “nikoh qayiqlari” cho‘kmay qolishlariga ishonaman. Ularni hali quruqlikka chiqarib, ta’mirlash va qayta jihozlash mumkin. Ular qayta jihozlangandan so‘ng, avvalgi paytlarda bo‘lganidan ham oldinroqqa va tezroq borishlari mumkin.

Biroq mening maqsadim xiyonat qoyalariga borib urilgan nikohlarni qutqarish bilan cheklanib qolmaydi. Men yanada uzoqlarga qarayman. Men sizlarga er-xotinlar yillar o‘tgani sayin bir–birlariga tobora yaqin bo‘lib boradigan, romantika saqlanib qoladigan munosabatlarni yaratib, nikohingizni qay tarzda xiyonatdan asrab qolishingizni ko‘rsatmoqchiman. Nikohingiz xiyonatdan himoyalangan bo‘lishi uchun, bir–birlaringizning asosiy ehtiyojlaringizni tushunishingiz va ularni qondirishni o‘rganishingiz zarur. Biroq dastlab men ehtiyojlar qay tarzda bunchalik qudrat va zaruriyatga aylanishini tushunib olishingizga yordam berishni istayman. Men birinchi bobda aytib o‘tganimdek, ehtiyojlar beshafqat hisob-kitobni yuritadi. Mijozlarim bu ko‘rsatgich qanday ishlashini tushunishlariga yordam berish uchun men Sevgi Banki deb atagan tizimni ishlab chiqdim.

 

Sevgi Banki hammada bor

Majozan aytganda, men har birimizda o‘z Sevgi Bankimiz borligiga ishonaman. U o‘zida ko‘plab turlicha ko‘rsatgichlarni – har bir tanish insonimizga bittadan – o‘zida aks ettiradi. Har bir odam biz bilan munosabatda bo‘lganida yoki “ulush qo‘shadi yoxud “hisobdan qanchadir mablag‘ni “echib oladi”. Yoqimli munosabatlar mablag‘ ko‘payishiga, noxushlari esa uning kamayishiga sabab bo‘ladi.

Sevgi Banki qoidasi harakatlariga ko‘ra, har bir ulush yoki undan yechib olingan mablag‘ muayyan miqdorda “sevgi birligi” bilan baholanadi. Agar men og‘aynim bilan uchrashganimda (uni Jim deb atay qolaylik), u menda yoqimli taaassurotlar qoldirsa, mening Sevgi Bankimda Jim hisobiga bitta birlik qo‘shiladi. Agar u bilan muloqot menda yaxshi taassurotlar uyg‘otsa, Jim mening bankimga sevgining ikkita birligi qiymatida ulush qo‘shgan bo‘ladi. Juda yaxshi muloqot roppa–rosa uch birlikka teng. Men o‘zimni u bilan hayratomuz darajada yaxshi his etsam, bu to‘rt birlik hisobida baholanadi.

Ammo faraz qilaylikki, men kimningdiryonida (uni Jeyn deb ataylik) o‘zimni g‘alati sezishni boshlayman. Jeynning hisobidan bitta birlik olib tashlanadi. Agar u noxush holatni his qilishimga majburlasa, undan ikkita birlik olinadi. O‘ta salbiy munosabat tufayli hisobdan uch birlik yechib olinadi. Agar men Jeyn bilan uchrashuvimni hayotimdagi eng yoqimsiz kechinma deb bilsam, bu unga to‘rt birlikdan ayrilishiga sabab bo‘ladi.

Hayot davom etaveradi, mening Sevgi Bankimdagi hisoblar o‘zgaraveradi. Ayrim tanishlarim salmoqli mablag‘ to‘plashga erishganlar. Boshqalar “daromad” olib turishadi, ammo ularning hisobi katta emas – hoynahoy, men bilan kamroq uchrashganlari tufayli bo‘lsa kerak. Uchinchi toifadagilarning hisobi yanada kam, negaki bu odamlarning men bilan munosabatlari bir xilda emas – ba’zan yoqimli hissiyotlarni baxsh etishsa, ba’zan og‘riq berishadi. Bunday odamlarning qo‘ygan mablag‘i deyarli yechib olingan mablag‘lari bilan teng.

Boshqa odamlar esa mening qarzdorlarim bo‘lib qolishgan. Bu esa ularning menga yoqimli tuyg‘ulardan ko‘ra ko‘proq azob berishganini bildiradi. Men hatto ular haqida o‘ylaganimda ham o‘zimni noxush his etaman. Ularni ko‘rish va yonida bo‘lishga toqatim yo‘q. Qisqacha aytganda, mening Sevgi Bankimdagi ularning kredit hisoblari ko‘payib ketgan.

Sevgi Banki haqidagi sevgi tarixi

Albatta, Sevgi Bankining mohiyati matematik aniqlikda emas. U bizlarning deyarli har bir uchrashuvda bir–birimizga hissiy ta’sir ko‘rsatishimizni ta’kidlash uchun mo‘ljallangan. Ijobiy va salbiy taassurotlarning to‘planishi bizning tanishlarga bo‘lgan hissiy javob harakatimizni belgilaydi. Albatta, bu anglanmagan holda yuz beradi. Siz o‘z–o‘zingizga aytmaysiz–ku: “Uh, qoyil! Mana bu odam uch birlik olishga munosib ekan!” Yoki “Eh! U hisobda to‘rt birlikdan ayrildi”. Ayni pallada esa sevgi birliklari kelib–ketishda davom etaveradi.

Oilaviy hayotda doimo ikkita (erkak va ayolning) Sevgi Banki mavjud. Kelinglar, erning Sevgi Bankidagi xotinining hisobi tezlikda kamayib, ayni vaqtda shu erni yaxshi tushunadigan boshqa bir ayol ishxonada kutib turganida nimalar yuz berishi mumkinligini Jon va Meri misolida ko‘rib chiqaylik. Biz ushbu misolda Jonning Sevgi Bankiga e’tiborni qaratamiz, negaki aynan u oxir–oqibat chetda boshqa birov bilan ko‘ngilxushlik qiladi.

Jon Meri bilan tanishganida, darhol unga nisbatan iliq tuyg‘ularni his etadi. Meri nafaqat go‘zal, balki maftunkor, aqlli va jo‘shqin. Jonning Sevgi Bankidagi uning hisobiga bir zumdayoq uch birlik kelib tushadi.

Oradan bir–ikki kun o‘tib Jon Meriga qo‘ng‘iroq qilib, uni uchrashuvga taklif etadi. Qiz taklifni qabul qiladi. Jon go‘shakni qo‘ygan zahoti Merining hisobiga ikki birlik qo‘shiladi.

Uchrashuv ajoyib tarzda o‘tadi. Jon uni hayotidagi eng yaxshi damlardan biri deb hisoblaydi. Merining hisobi yana to‘rt birlikda ko‘payadi va shu tariqa endi to‘qqiz birlikni tashkil etadi. Ikkinchi uchrashuv ham deyarli xuddi shunday yaxshi o‘tadi. Meri yana uch birlikka ega bo‘lib, hisob o‘n ikki birlikka yetadi.

Ammo keyingi safar Jon Meriga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashuvga taklif etganida, qiz rad etishga majbur bo‘ladi. Qiz chindan ham juda afsusda ekanini, lekin bir necha hafta avval rejalashtirib qo‘ygan muhim ishlari borligini aytadi. Meri shoshgancha, agar Jonni bu gapi qiziqtirsa, ertaga oqshomda vaqti bemalol ekanini qo‘shib qo‘yadi. Jon chindan ham ruhlanib ketadi va ertaga soat sakkizda uning oldiga borishini hamda birgalikda kechki ovqatni baham ko‘rishlarini kelishib oladi.

Bu juda ham yoqimli bo‘lmagan vaziyatda Jonning Sevgi Bankidagi Merining hisobida nimalar ro‘y berdi?

“U men bilan uchrasha olmayotganidan xafa bo‘layotganga o‘xshaydi, – mushohada qilardi Jon. – Men axir u har daqiqada bo‘sh bo‘lishiga umid qilolmayman–ku. Boz ustiga, uning o‘zi ertaga kechqurun biror joyga borishimizni taklif etdi. Ishonchim komil, men unga juda yoqaman...”

Jon o‘zini ishontirishga qanchalik urinmasin, bu holat uning qalbida baribir noqulay hislarni qoldirdi. Jonning Sevgi Bankidagi Merining hisobi bitta birlikka kamayadi.

Jon va Meri keyingi bir necha oyda muntazam va tez–tez uchrashib turishadi. Yaxshi va ajoyib taassurotlar hisobi endi kamchilik salbiy damlar hisobidan ancha o‘zib ketadi va tez orada Merining hisobi 250 sevgi birligini tashkil etadi. Faqat Jon bilan bir yil avval aloqasini uzgan sobiq ma’shuqasi Saragina uning Sevgi Bankida bir qancha birliklar yig‘ishga erishgandi. Jon o‘ylay boshlaydiki, u Merini sevib qolgan.

Yarim yildan so‘ng Merining hisobi 500 birlikni tashkil etadi, bu Jonning hayotidagi har qanday ayolning, xususan, Saraning hisobidan ham ancha ko‘proq. Jon ana shu pallada hali hech kimni Merini sevganchalik kuchli sevmaganini his etadi. U o‘zi qachondir uchratgan barcha ayollar orasida uning eng jozibador, aqlli, sezgir, maftunkor va quvnoq ekanligini aytadi.

Jonning Sevgi Bankida Merining hisobi ko‘payib borgani sayin qizning maftunkorligi ham ortadi. Yigit uni ko‘plab ijobiy – hatto beqiyos – hissiy kechinmalar va bor–yo‘g‘i bir nechta salbiy xotiralar bilan eslaydi. Jon Meri bilan har bir uchrashuvni intiq kutadi va qiz yonida bo‘lmaganida hamisha sevgilisi haqida o‘ylaydi.

Jon mabodo Merini yo‘qotib qo‘ysa, nimalar qilishi haqida o‘ylay boshlaydi. U hatto o‘z hayotining qolgan kunlarini Merisiz qanday o‘tkazishni tasavvur qilolmaydi.

“Agar yonimda Meri bo‘lmasa, butunlay baxtli bo‘lishim uchun boshqa hech nimaning va hech kimning keragi yo‘q”, – deydi o‘z–o‘ziga Jon. Uning boshida to‘y haqidagi yorqin fikrlar tug‘iladi.

Ayni vaqtda Jonning Sevgi Bankidagi Merining hisobi beto‘xtov o‘sib boradi, garchi endilikda unchalik katta tezlikda bo‘lmasada. Ular endigina tanishganlarida, Meri Jonni anchagina yoqimtoy deb bilardi. U birinchi uchrashuvda qizda ko‘pgina ajoyib taassurotlar uyg‘otgan bo‘lib, hozir esa o‘ziga kuchli jalb qilib turibdi, biroq qiz hali to‘liq ishonchga ega emas. Meri hali ham Bobni eslab turadi. U Bobni juda yoqtirardi, ammo u to‘satdan qizni tashlab, o‘zi birgalikda yuqori sinfda o‘qigan tanish qizga uylanib olgandi.

Meri keyingi uchrashuvda Jonga o‘ziga biroz vaqt kerakligini to‘satdan aytib qoladi. U bir oy yoki taxminan shunga yaqin vaqt uchrashmay turishni taklif etadi va ana shu paytda boshqalar bilan uchrashuvga borish-bormasligi bilan qiziqdi.

Jon o‘zini tushkunlikka tushib qolgandek his qiladi. Bu uchrashuv unga butun hayotidagi eng azobli kechinmalarni bergandi. To‘rtta birlik Merining yirik hisobidan bir zumdayoq o‘chiriladi. Jon ikki kundan so‘ng Meriga qo‘ng‘iroq qilib, qizning qarorini o‘zgartirishga urinadi. Meri so‘zidan qaytmaydi. Jon uni bir oy bezovta qilmaslikka qaror qilishidan avvalroq Merining hisobi to‘liq yigirma besh o‘ringa pasayadi.

Jon bir oy davomida o‘zini baxtsiz his qilib yurdi. U hali ham Merini aqldan ozgudek darajada sevadi. Yigitning Sevgi Bankida qizning hisobi hamon yuqori o‘rinda – 471 birlik. Jon bir qancha boshqa ayollar bilan uchrashishga urinadi, ammo yigit ularda o‘zini rom etadigan hech nima topolmaydi. U Merini aqldan ozgudek sevib qolgani uchun, boshqa qizlar bilan uchrashuvni salbiy tajriba sifatida baholaydi. Garchi Jon uchrashuvga taklif etgan qizlarning bunda aslo ayblari bo‘lmasada, ular o‘z hisoblariga qarzdan boshqa hech nima to‘play olishmaydi.

Joy oy tugaganidan so‘ng Meriga qo‘ng‘iroq qildi. Qizning hisobi hamon 471 birlikni tashkil etadi. Zero u qizni sog‘inib o‘tkazgan paytda uning hisobidan sevgi birliklarini yechib olishi mumkin bo‘lgan hech qanday noxushlik ro‘y bermadi. Meri yigitga uni juda–juda sog‘ingani aytganida, Jon baxtiyorlikdan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi va ertasi kuni kechqurunning o‘zida biror joyga borishni taklif etadi. Meri unga faqat hammasini obdon o‘ylab ko‘rish va o‘z tuyg‘ulariga uzil–kesil ishonch qilishi lozim bo‘lganini aytadi.

Uzoq ayriliqdan keyingi ilk uchrashuv unutilmas bo‘ldi. Shundan so‘ng davom etgan barcha uchrashuvlar avvalgisidan yaxshiroq bo‘lib tuyulardi. Jonning Sevgi Bankidagi Merining hisobi 1000 birlikkacha ko‘tarildi. Ayni vaqtda Merining Sevgi Bankida ham Jonning hisobi uzluksiz ko‘payaverdi, hozir uning hisobi hech qachon bo‘lmagan darajada – 92 birlik. Jon Bobni barcha masalada ortda qoldirgan. Meri ham endi to‘y qo‘ng‘iroqchalari haqida o‘ylayapti.

Bir kuni oqshomda sevimli restoranlarida o‘tirishganida Jon Merining qo‘lini so‘radi. U Merini butun umr baxtli qilmoqchi ekanini aytib, agar qiz unga turmushga chiqsa, hech qachon va hech nima bilan azob keltirmaslikka va’da berdi. Meri yigitning taklifini qabul qildi. Ular tez orada o‘tkazilgan unashtiruv marosimidan so‘ng er-xotin bo‘ldilar.

Asal oyidan so‘ng

To‘ydan keyingi dastlabki yilda kelin–kuyovlar nihoyatda baxtli edilar. Jon va Meri bu haqda uzoq o‘ylab o‘tirmasdan, bir–birlarining ehtiyojlarini ajoyib tarzda qondirishardi. Jon ilk uchrashuv chog‘ida qanday bo‘lsa, xuddi shunday muloyim, sabr–toqatli va e’tiborli edi. Ular jo‘shqin ehtiroslarga berilganlarida, Meri Jonning erkalashlariga jo‘shib–toshib javob qaytarardi. Yoshlar ko‘p vaqtlarini birgalikda o‘tkazishar, uzoq suhbatlari chog‘ida o‘z orzu–umidlarini baham ko‘rishardi. Meri Jonning sevimli mashg‘ulotida undan ortda qolmaslik uchun tennisdan saboq olardi.

Meri Jonga ishonish mumkinligini biladi, negaki turmush o‘rtog‘i u bilan barcha masalada ochiq munosabatda. Jon o‘zining go‘zal rafiqasi bilan faxrlanadi va uning xonadondagi saranjom–sarishtaligidan, shuningdek, ayni vaqtda yarim ish o‘rnida kotiba bo‘lib ishlayotganidan xursand. Jon kompyuter tahlilchisi vazifasida ishlab durustgina daromad qiladi, lekin u xotini qancha xohlasa – hech bo‘lmasa, hozircha – ishlab turishi haqida Merining o‘zi bilan kelishib olgan.

Meri o‘zini Jon bilan birgalikda “xuddi tosh devor ortida turgandek” his qiladi, yigit esa barcha harakatlari bilan nihoyat oilaviy baxtga ega bo‘lganidan xursand ekanini ko‘rsatadi. U Jon bilan faxrlanadi va bu haqda tez–tez uning o‘ziga aytib turadi.

Xo‘sh, nikohdan keyingi birinchi yil mobaynida er va xotinning bir–birlarining Sevgi Bankidagi hisoblari bilan nimalar yuz berdi? Qizig‘i shundaki, Jon va Meri endi to‘ygacha bo‘lganidek shiddat bilan “ball” to‘plashmayapti. Eng asosiysi, ularda uchrashuv paytlariga nisbatan yanada ko‘proq umumiy taassurotlar va kechinmalar paydo bo‘lgan. Endi ular yaxshi va yomon paytlarda ham birgalikda. Ularning Sevgi Bankidagi qarzlari va daromadlari hayotdagi yuksalish hamda ortga chekinishlar bilan muvofiq keladi.

Hisobni to‘ldirishdagi pasayishlarga qaramay, Jonning Sevgi Bankidagi Merining hisobi o‘sishda davom etadi. Bir yillik oilaviy hayotdan so‘ng “toza daromad” yuz birlikka ko‘payadi. Shu tariqa, u 1100 birlikni tashkil etadi. Adolatli ravishda Jonning mablag‘i ham ortadi. Navbatdagi to‘rt yil mobaynida ikkalasining ham Sevgi Bankidagi hisoblari o‘sishda davom etadi.

Oilaviy turmushlarining beshinchi yilida ham Jon Merini nihoyatda sevadi, xotini ham unga nisbatan ana shunday tuyg‘ularni his etadi. Ular ota–ona bo‘lishga ahd qiladilar va oltinchi yilda qizaloq Tiffani dunyoga keladi.

Ana shu oltinchi yilda muhim o‘zgarishlar boshlanadi. Meri hamon Jonning hayotidagi xursandchilik bo‘lib qolmoqda, ammo yigit “qora chiziqlar” tobora ko‘payib borayotganini payqaydi. Garchi Tiffani go‘dak bo‘lsada, Jon uni bag‘oyat yaxshi ko‘radi. Chaqaloq esa ko‘p e’tiborni talab qilib, bir talay noxush vaziyatlarga sababchi bo‘ladi. Tun yarmida qizaloqning tagligini almashtirish navbati Jonga kelganida, bu uning uchun eng yoqimsiz damlarga aylanadi. Boz ustiga, Meri chaqaloqni ko‘krak suti bilan emizmagani bois Jon qizchasi bilan sayrga chiqqanida uni shisha idishdan oziqlantirishi kerak. Bundan tashqari, Meriga homiladorlik paytida ortirgan ortiqcha vaznidan qutulishi oson bo‘lmayapti.

Taqdirning barcha bu odatiy o‘zgaruvchanligi oqibatida Jonning Sevgi Bankidagi Merining hisobi yil davomida yuz birlikka pasayadi. Talofat unchalik katta emas, zero Merining hisobi avvalgidek yuqori bo‘lib, Jon uni butun qalbi bilan sevadi.

Tiffani ikki yoshga to‘lishi arafasida Merida yangi fikrlar alanga oladi. U yarim ish o‘rnidagi kotibalik vazifasidan ko‘ra ko‘prog‘iga erishishni istaydi. Ayol ko‘proq ahamiyatli kasbni egallashni istaydi va toki bolalari ulg‘ayib, ota–ona uyini tark etgunlaricha kutib o‘tirmoqchi emas. U bakalavr darajasini olish uchun, ehtimol, ma’muriy ishlar bo‘yicha magistr darajasini ham olish uchun kollejga qaytish fikriga Jon e’tiroz bildirmaydimi?

“O‘qishim uchun olti yil ketadi, – tushuntiradi Meri. – Men kunduz payti chaqaloqqa ko‘proq e’tibor qaratishim uchun kotibalik ishini tashlashim kerak, saboqlarimning ko‘proq qismiga kechqurun qatnashib turaman”.

Jon xayrihohlik bilan xotinining fikrini ma’qullaydi. Bu paytga kelib u muntazam ravishda durustgina daromad olmoqda, Merining oyligi esa umuman unchalik muhim ham emas. U Meriga kollejda bo‘lganida va uy vazifalarini bajarish uchun vaqt kerak bo‘lganida chaqaloqqa qarab turishini o‘zi taklif etadi.

Norinning paydo bo‘lishi

Meri mashg‘ulotlarga kirishib, tezda a’lo baholarni qo‘lga kiritadi. Biroq bu holat qurbonliklarni talab etadi – Jonni bularning bari aslo xursand qilmaydi. Uni chindan ham tashvishga solayotgani shuki, Meri endi shahvoniy ehtiroslarga tobora kamdan kam berilmoqda. Jon uning ikki xil vaziyat o‘rtasida qolganini tushunadi. Saboqlar katta quvvat sarflashni talab etadi, qolgan kuchni esa xo‘jalik ishlariga va Tiffaniga g‘amxo‘rliq qilishga qaratish kerak. Meri tunga yaqin o‘zini butunlay holdan toygandek his etadi. Jon bunday vaziyatda uni jinsiy aloqa qilishga undash xudbinlik ekanini tushunadi.

Jon xotini bilan faqat muvofiq keladigan vaziyatlarda bo‘ladigan kamdan kam va shoshilinch jinsiy aloqa qilishdan qoniqishga urinadi, ammo bundan tashqari, Meri avval unga qaratgan e’tibor va shanba tongidagi birgalikda tennis o‘ynashlar yetishmaydi. Endi Meri u bilan kamroq vaqt o‘tkazadi, shanba kunlari tobora kamroq tennis o‘ynaydi. Shu bilan birgalikda, Meri dam olish kunlari doimo xo‘jalik yumushlari bilan band va o‘quv dargohidan dushanba kuniga berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Jon va Merining keyingi ikki yildagi hayoti ana shu tartibda davom etdi. Jonning Sevgi Bankidagi Merining hisobi sekinlik bilan bo‘lsada bo‘shab boradi. Jon o‘zi uylangan bu ajoyib ayolga nima bo‘lganini tushunolmay hayron. Xotini boshi bilan o‘z kitoblariga sho‘ng‘ib ketganga o‘xshaydi, ammo taqdir hazilini qarangki, eri bilan ta’lim olishi haqidagi masalalarni muhokama etishni aslo istamaydi.

– Sen bularning barini bir necha yil avval o‘rgangansan, – deydi unga Meri. – Boz ustiga, kasbing matematikaga ixtisoslashgan, men esa bu bilimlarni o‘zlashtirishga ko‘p vaqt ajrata olmayapman.

E’tibor bering–a, Merining Sevgi Bankidagi Jonning hisobi o‘zgarmay turibdi, chunki Jon uning juda muhim ehtiyojini qondirishga – oliy ma’lumot olishiga yordam beryapti. Meri eri bilan hozir kamroq vaqt o‘tkazayotganini anglaydi, biroq Jon uning uchun qilayotgan fidoyiliklarini va oilaga bo‘lgan ochiq–ravshan sadoqatini teran qadrlaydi.

“Men diplom olganimdan so‘ng hammasi o‘z o‘rniga tushadi”, – ayol shunday fikrlar bilan o‘zini tinchlantiradi. Demak, Meri bu holatda eri nimalarni his qilayotganini to‘liq tushunmagan holda, bilimlar ummoniga sho‘ng‘iydi.

Ayni vaqtda esa Jon ishxonada tobora ko‘proq vaqtini Norin ismli maftunkor boshqaruvchi ayol bilan o‘tkazadi. Kompaniya rahbariyati ayolni uning bo‘limiga o‘tkazadi va ikkalasi birgalikda ishlay boshlaydilar. Norinning eri boshqa ayol bilan ilakishib uni tashlab ketganida Jon bor kuchi bilan hamkasabasini tinchlantirishga va dalda berishga harakat qiladi. Keyingi bir necha oylarda Jon va Norin o‘rtasidagi do‘stlik kundan kun mustahkamlanib boradi. Endilikda Jonning Sevgi Bankida bu ayolning hisobi bir necha yuzlab birliklarni tashkil etardi.

Norin bir finjon qahva ustida ikkalasi suhbat qilganlarida yoki boshqa yoqimli damlarda “daromad” qo‘yishda davom etdi. Jon aslo shubha qilmagan holda Norin bilan o‘z hayotining quvonch va qayg‘ularini baham ko‘rardi. Ularning suhbatlari ba’zan yigitga Meri bilan o‘tkazgan “eski ajoyib davrlar”ni yodiga solardi.

Shu bois Jon Merining jinsiy aloqaga (umuman olganda, go‘yo o‘qishdan tashqari boshqa hech nimaga) vaqti yetishmasligidan tushkunlikka tushganida, o‘z hissiyotlarini Norin bilan baham ko‘rar va uning samimiy hamdardligini qabul qilardi. Norin esa Jonga so‘z va ishoralari orqali o‘zi ham eri bilan ajrashganidan so‘ng jinsiy aloqaga ehtiyoj sezayotgani haqida tushuncha berardi.

Oradan haftalar, oylar o‘tib, Meri bakalavr diplomini olib, magistr darajasini olish dasturiga kirishdi.

– Yana bor–yo‘g‘i ikki yil – va hammasi tamom, – u Jonni ko‘ndirishga urinadi. – Sen mo‘‘jizaning o‘zginasisan, axir saboq olishimga yordam beryapsan.

Jon jilmayib o‘zining baxtiyor ekanini aytadi, ammo qalbining tub–tubida o‘zini mutlaqo boshqacha his qiladi.

“U ilmiy daraja olish fikri bilan shunchalik bandki, boshqa hech nima haqida o‘ylay olmaydi, – deydi Jon ertasi kuni Norin bilan qahva ichib o‘tirganlarida. – Men uning diplom olishini istayman, biroq buning bahosi juda qimmatga tushmayaptimi deb o‘ylab qolyapman”.

Meri bir necha haftadan so‘ng oraliq imtihonlariga tayyorlanish jarayoniga yanada ko‘proq ko‘mila boshlaydi. Ayni shu vaqtda Jon zimmasiga alohida bir loyiha yuklangan bo‘lib, ishxonada tez–tez va uzoq ushlanib qolishiga to‘g‘ri keladi. Loyihani tayyorlashda esa unga Norin yordam beradi.

Bir kuni kech oqshomda ikkalasi ishxonada yolg‘iz qolishadi. Jon qaysidir daqiqada Noringa o‘zini qanchalik yolg‘iz his qilayotganini aytadi. Keyingi damdayoq ayol Jonning quchog‘ida bo‘ladi va ular jinsiy aloqa qiladilar.

Hammasi yakunlanib ular uyga ketish uchun hozirlanganlarida, Jon hayajonga tushib, vijdon azobini his etadi. Norin uning holatini tushunib, Jonning oilasini buzmoqchi emasligini va Meri bilan uning o‘rtasiga tushish niyati yo‘qligini aytadi.

– Gapimni eshit, – deydi Norin, – senga rostini aytishim kerak. Men seni sevib qoldim va baxtli bo‘lishingni istayman. Xo‘sh, nega imkon bo‘lganida, shunchaki lazzat olib turmasak? Men bor–yo‘g‘i shuni istayman, xolos.

Jon uyga qaytayotganida qilmishi unchalik ham uyatli emasligi haqidagi qarorga keladi. Qaysidir ma’noda u hattoki ruhlanib ketadi. Meri aybdor emas, lekin u hozircha Jonning qovushishga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmaydi. Norin esa ortiqcha hech nima talab qilmasdan, uning bilan qanchadir muddat jinsiy aloqada bo‘lishi mumkin. “Xo‘sh, nega endi Norinni rad etishim kerak, axir bu uning ham ehtiyoji qondirilishiga yordam beradi–ku? – Jon mantiqan fikr yuritadi. – Albatta, bu hammasi vaqtinchalik. Bu hammasi Meri o‘qishni tugatib, jinsiy aloqa bilan shug‘ullanish uchun ko‘proq kuch to‘plab olguncha”. Jonning vijdoni qanchalik qiynalmasin, u o‘zining qondirilmagan ehtiyojlari haqidagi fikrni tezda o‘z xayollaridan quvib yuboradi.

Shundan buyon Jon va Norin haftasida kamida bir marta, ba’zan esa ko‘proq ham jinsiy aloqa qilib turishadi. Bir yilga ham yetmay Jonning Sevgi Bankidagi Norinning hisobi ming birlikkacha ko‘tariladi – bu deyarli Merining hisobi bilan barobar. Norinning hisobi muayyan miqdorda ko‘payganining sababi shuki, bu ayol Jonni noqulay hissiyotlarga tushiradigan hech nima qilmaydi va biror so‘z aytmaydi. Ular har safar qizg‘in ehtiros bilan qovushadilar. Qisqacha aytganda, Jon Norinni ajoyib ayol deb biladi va uni telbalarcha sevib qoladi.

Jonning Noringa ko‘ngil qo‘yishi o‘z xotinini boshqa sevmay qo‘yganini anglatmaydi. Jinsiy aloqadan qoniqmaslik hissi bartaraf etilganida, Jon va Meri o‘rtasidagi munosabatlar ancha yaxshilanadi. Ular kichkintoy Tiffanini o‘zlari bilan barcha umumiy tadbirlarga olib borishadi va oilaviy sayrlar uyushtirishga alohida e’tibor qaratishadi. Merining saboq jarayonida qisqa tanaffus paydo bo‘lgan vaqtlarda ishqiy ehtiroslarga berilishni istaydi, Jon bunday pallada jo‘shqin oshiqqa aylanadi. Ammo afsuski, bunday vaziyatlar kamdan kam bo‘ladi.

Ayni vaqtda Jon va Norin o‘zlarining kundalik mashg‘ulotlarini to‘liq bir fanga aylantirib yuborishadi. Yigit hech qachon vaziyatning nozik ekanligini yodidan chiqarmaydi va hammasini oldindan yaxshi–yomon taraflarini chamalab ko‘radi. Jon o‘z zimmasiga olgan ulkan loyiha ustida ishlash qo‘shimcha vaqtni talab etadi, shu bois Meri hech nimadan shubhalanmaydi.

Aslida Meri Norin ismli ayolning borligini hech qachon bilmagan bo‘lardi, agar yaqin dugonasi Jeyn bu haqda aytib qo‘ymaganida. Jon bilan bitta bo‘limda ishladigan boshqa yigitning xotini orqali Jeyn ularning qahvali tanaffus chog‘larida qanday dilkash suhbatlar qilishini eshitib qoladi. Unda shubha paydo bo‘lib, kichik bir kuzatuvni uyushtirmoqchi bo‘ladi. U Jon va Norin o‘rtasidagi aloqalarni aniqlab, shu yangilikni Meriga yetkazadi.

Meri dastlab Jeynga ishonmaydi, ammo shaxsan surishtirib, Jonning uyatdan qizarib ketgan holatini ko‘radi.

Jon hayajonga tushadi, negaki hech qachon fosh bo‘lishini kutmagandi. Agar Meri uning Norin bilan aloqalarini hech qachon bilmasa, ayolning qalbi bunchalik ozor chekmagan bo‘lardi. Jon ilk bora o‘zini o‘ta gunohkor his qiladi. U Meridan yolvorib kechirim so‘rab, o‘z harakatini izohlashga tushadi.

– Men mashg‘ulotlaring ustida qanchalik qattiq ishlayotganingni ko‘rib, xudbin bo‘lishni va sendan to‘shakda birga bo‘lishni talab qilishni istamadim. Norin bilan hammasi o‘z–o‘zidan ro‘y berdi, so‘ngra bu holat davom etishiga yo‘l qo‘yib berdim, hoynahoy, bu menga zarur bo‘lgan. Men senga azob berishni aslo istamayman. Endi o‘ta xudbinlarcha va ahmoqona ish qilganimni tushunyapman. Senga va’da beraman, bu boshqa qaytarilmaydi.

Merining qalbi tilka–pora bo‘lib g‘azabga to‘ldi. Nega Jon unga darhol biror nima demadi? O‘z ehtiyojini qondirish uchun nikohga xiyonat qilish shartmidi? Meri ilk marotaba diplom olishga bo‘lgan harakati tuzoqqa aylanib qolganini tushuna boshladi. Ayol tinchlana olmay o‘kirar, Jon ham o‘zini qalbi tilka–pora bo‘lgandek his qilardi. U Meridan kechirishini so‘rab yolvorar va Norin bilan boshqa ko‘rishmaslikka va’da berardi.

Meri Jonni chindan ham sevgani bois uni kechiradi va o‘z hayotlariga bir qancha o‘zgarishlar kiritishga harakat qiladi. U yana tennis bilan shug‘ullanishga vaqt topish uchun o‘quv darslarini kamaytiradi. U Jon bilan haftasiga bir necha marta ehtiros va zavq–shavq bilan qovushadi. Jon ayoliga sodiq qolishni istaydi, ammo mojaro bo‘lib o‘tganidan keyingi bir necha hafta mobaynida o‘z hayotidagi og‘ir tushkunlikni boshidan kechiradi. Ko‘ryapsizki, u xohlaydimi–yo‘qmi, uning Sevgi Banki yo‘qotishga uchragan. Jon endilikda Merini ham, Norinni ham sevadi. Jon Norinni sog‘inadi, ammo Merini tashlab ketolmaydi. Qisqacha aytganda, Jon ikkala ayolni ham sevib, ularga muhtoj bo‘ladi. Uning Sevgi Bankida ikkalasining ham salmoqli hisobi bor va u ikkalasidan ham kechib ketolmaydiganga o‘xshaydi.

U qanchalik harakat qilmasin, Norindan uzoqlashib ketolmaydi. U o‘zidagi dilgirlikni yengillatish uchun yana Norinning oldiga boradi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol ham uning yo‘qligida tushkun holatga tushgan. U Jonni quchoq ochib kutib oladi. Ular tiyiqsiz ehtiros bilan qovushadilar va endilikda fosh bo‘lmasliklari uchun uchrashib turishning usullarini o‘ylab topishadi. Biroq Meri tez orada gumonsiray boshlaydi va Jon ko‘ngilxushlik qilgan o‘sha ayol bilan o‘z erini baham ko‘rayotganini bilib qoladi.

Xo‘sh, keyinchi?

Jon va Meri kabi ana shunday vaziyatlarga tushib qolgan odamlar tez–tez mening qabulimga kelib turishadi. Erkak oilasida kuchayib borayotgan taranglik tufayli ma’shuqasi bilan aloqani uzmoqchi bo‘ladi. Xotin esa erining boshqa ayoldan voz kechishini istaydi, negaki bu holatlar tufayli aqlini yo‘qotib qo‘yish darajasiga kelgan. Va ma’shuqa ham doimo olijanob va sabr–toqatli bo‘laverishdan charchagan: u erkakning xotini bilan ajrashib, unga uylanishini talab qiladi.

Hamma muammo shundaki, beparvo erkak – bu holatda oilali erkak – ikkala ayoldan ham voz kechishga o‘zini majburlay olmaydi. Ma’shuqa uning biror ehtiyojini qondirsa, xotini boshqa ehtiyojini qanoatlantiradi. U ikkita pichan g‘arami o‘rtasidagi eshak, – ochdan o‘lishni istamaydi, ammo qaysi birini tanlashga ojiz bo‘lib, ikkala g‘aramdan ham yulib olishga urinadi.

Men ba’zan yordam bera olaman, ba’zan – yo‘q. Adashgan turmush o‘rtog‘ini ma’shuqasidan ayirib, uning ehtiroslarini so‘ndirib bo‘ladimi? Er-xotin bir–birlarining asosiy ehtiyojlarini qondirishni o‘rgana olishadimi? Hammasi ana shularga bog‘liq.

Xo‘sh, nikohga sadoqat ahdi nima bo‘ladi?

Ehtimol, siz hanuz o‘zingizga savol berayotgandirsiz: “Agar men xotinimning ehtiyojlarini qondirmayotgan bo‘lsam, uning boshqa odam bilan aloqada bo‘lishidan xavotirlanishim o‘rinlimi? Mabodo turmush o‘rtog‘im ehtiyojlarimni qondirmayotgan bo‘lsa, mening xiyonat qilishim mumkinligidan u qo‘rqishi kerakmi?” Mazkur kitobda qayd etilgan ehtiyojlardan kelib chiqsak, bu savollarga javob shunday: ha.

Tushunaman, bu yangilik unchalik yoqimli emas. “Xo‘sh, nikohga sadoqat ahdi nima bo‘ladi? – deb so‘rashingiz mumkin. – Ishonch kerak emasmi? Agar juftliklar bir–birlariga ishona olmasalar, nikoh qay tarzda shakllanishi mumkin?”

Men nikoh majburiyatlariga sodiq qolish tarafdoriman va har qanday nikohda ishonch muhim hayotiy bog‘lovchi bo‘g‘in ekanini ma’qullayman. Ammo minglab odamlar bilan o‘tkazgan yigirma besh yillik ish tajribam meni rad etib bo‘lmas haqiqatga o‘rgatdi: oilalik odam beshta asosiy ehtiyojlarning birortasidan qoniqish hosil qilmasa, u nikohdan tashqarida aloqaga kirishish vasvasasiga asir bo‘lib qoladi. Er-xotin har bir ehtiyoj jabhasini alohida o‘rganib chiqsalar, bir-birlari haqida g‘amxo‘rlik qilishni shunday o‘zlashtirib olishlari mumkinki, nikohlari xiyonat xavfi qarshisida bardosh bera oladi. Yana bir muhim jihat shuki, ana shunda nikohdagi munosabat yanada jo‘shqin, to‘laqonli va ishonchliroq bo‘lishi mumkin.

Men birinchi bobda erkak va ayollarning o‘nta hissiy ehtiyojlari haqida yozgandim. Garchi ikkala jins a’zolariga barcha o‘nta ehtiyojlar xos bo‘lsada, ulardan beshtasi ko‘proq ayollar uchun, boshqa beshtasi esa erkaklar uchun muhimroqdir.

Erkaklar va ayollarning bu o‘nta ehtiyojlarga o‘z ustunliklari nuqtai nazarlari tufayli hosil bo‘ladigan notenglikda ikkala jins vakillari ham bir–birlarining tuyg‘ulariga kirishib ketishlari oson emas. “Nega, – so‘raydi birovi boshqasidan, – bu beshta narsalar senga bunchalik kerak? Ularning hech biri menga ularsiz yasholmaydigan hayotiy zaruriyat bo‘lib tuyulmayapti, jillaqursa, bir qancha vaqtga. Senga nimalar bo‘lyapti o‘zi?”

Mana shu kabi tushunmovchiliklar tufayli juftlikdan har biri o‘zi anglamagan holda o‘zining ikkinchi yarmi his qilayotgan ehtiyojni emas, balki o‘zi his qilayotgan ehtiyojni qondirishga zo‘r berib urinadi. Shu tariqa, xotinlar ko‘pincha erlarini osonlik bilan yoqimli gap–so‘zlarga ko‘mib tashlashadi, zero ularning o‘zlari ham mehribonlikni qadrlab, erlaridan shunday munosabatni kutishadi. Va aksincha – erlar xotinlarini shahvoniy ehtiroslari bilan qurshab olishadi, negaki jinsiy aloqa erkaklarning eng asosiy ehtiyojlaridan biridir. Er ham, xotin ham turmush o‘rtog‘ining zo‘rma–zo‘raki quvonchini ko‘rganida yaxshi tomonlama taajjubga tushadi, yomon tomonlama esa achchiqlanadi, g‘azablanadi yoki qiyofasi sovuq tus oladi.

Juftlikdan biri boshqasiga unchalik zarur bo‘lmagan nimanidir berishiga qaratilgan hatti–harakatlar muvaffaqiyatsizlikka va barbod bo‘lishga olib keladi. Erkakning ehtiyojlari ayolning ehtiyojlaridan farq qilgani bois, juftlikdan har biri boshqasining eng muhim ehtiyojlarini, ya’ni u yuqori o‘ringa qo‘yadigan afzalliklarni payqashi va aniqlab olish uchun vaqt ajratishi kerak. Hayratli tomoni shundaki, ko‘plab odamlar buni sezish mumkin deb o‘ylashadi, biroq men bu faqat o‘zaro bir–birini to‘liq tushunish va samarali amaliyot orqali sodir bo‘lishiga ishonaman.

Bir–birlarining ehtiyojlarini qondirishga o‘zlarini bag‘ishlaydigan er va xotin butun umrlik – o‘zlari qachondir orzu qilganidan ham teranroq va mukammalroq – oilaviy baxt uchun poydevor qo‘yadilar.

Biz keyingi ikkita bobda ayollarning eng muhim ehtiyojini (mehribonlik namoyon etishni) va erkaklarning eng muhim ehtiyojini (jinsiy aloqani) ko‘rib chiqamiz. Biz mehribonlikka bo‘lgan ehtiyojdan boshlaymiz, negaki mazkur ehtiyoj qondirilganida, u jinsiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga asos yaratadi.

Men juftliklarga maslahat bergan ko‘plab vaziyatlarda erkaklar o‘z xotinlariga nisbatan mehribonlik ko‘rsatishni umuman bilmasliklarini payqaganman. Bu erkaklarning aksariyat qismi “jinsiy aloqa yetishmasligi”dan qayg‘urib shikoyat qilishadi. Ayni vaqtda to‘laqonli jinsiy aloqani qanday tashkillashtirishni yoki ishqiy ehtiroslaridan qay tarzda lazzat olishni to‘liq tushunmaydigan xotinlar arz qilishadi: “Unga faqat mening badanim kerak, u hech qachon menga shunchaki mehribonlik qilishni istamaydi”. Oxir–oqibatda ikkalasining ham hafsalasi pir bo‘lib, bu osongina xiyonatga, ehtimol, ajrashishga ham olib kelishi mumkin. Bunday bo‘lishi aslo shart emas! Nega shunday ekanligini sizlarga ko‘rsatishim uchun menga ruxsat bering.


“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobi oila haqidagi eng yaxshi kitob sifatida reytingni takror va takror boshqarib kelmoqda, negaki bu kitob boshqa asarlardan farqli ravishda erlar va xotinlar nimaga ko‘proq muhtoj bo‘layotgan bo‘lsalar, aynan o‘shani bir–birlariga berishlariga ko‘maklashadi.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji”ni o‘qigan million nafardan ko‘p juftliklar oila o‘chog‘idagi alangani saqlab turishni o‘rganib oldilar va endi kitobni boshqa odamlarga ham tavsiya etishmoqda. Doktor Xarlining samarali maslahatlari va tajribalari sharofati bilan oilaviy hayotlarida ajoyib o‘zgarishlar yuz bergan insonlar safiga qo‘shiling. Siz baxtli nikohning faqat orzu bo‘libgina qolmay, balki haqiqiy hayotingizga aylanishini ko‘rasiz


Книга на Узбекском языке: Его нужды, Ее нужды (Уиллард Ф. Харли-мл.)

«Его нужды, Ее нужды» неизменно считается лучшей семейной книгой, потому что, в отличие от других произведений, эта книга призывает мужей и жен давать друг другу то, в чем они нуждаются больше всего.

Более миллиона пар, прочитавших «Потребность мужчины, потребность женщины», научились поддерживать пламя и теперь рекомендуют эту книгу другим. Присоединяйтесь к рядам людей, которые добились замечательных изменений в своей семейной жизни благодаря эффективным советам и опыту доктора Харли. Вы увидите, что счастливый брак станет не просто мечтой, а вашей реальностью.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак