J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (31-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
31.Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
Sizlardan ko‘pchiligingiz hirsiy gunohning oqibatlaridan xabardor bo‘lishga ulgurgansiz. Siz Xudoning rejasidan tashqarida bo‘ladigan jinsiy faollik uyat, gunoh va yolg‘izlikka olib borishini o‘zingizda his qilib ko‘rdingiz.
Mazkur kitobda keltirilgan ma’lumotlar sizni o‘z hatti-harakatlaringizni o‘zgartirish va poklikka qaytishga ishontirgan bo‘lsa, siz shunday savol berishingiz mumkin: “Xudo sizni kechira oladimi?” Balki kechirim olib keladigan qalb yengilligini qachondir his qilishingizga shubhalanayotgandirsiz? Iltimos, imkon qadar diqqat bilan o‘qishda davom eting.
Siz o‘z aybingizni his qilasiz, negaki haqiqatan aybdorsiz. Rimliklarga maktubda (3:23) barcha odamlarning gunohga botganligi va Xudoning ulug‘vorligidan mahrum bo‘lganliklari aytilgan. Biz aniqlab olganimizdek, nikohdagidan tashqari har qanday jinsiy faollik gunoh hisoblanadi. Kimki buzuq hayot kechirsa, gunoh qilsa, aybdorlik hissi - gunohning muqarrar oqibati ekanligini bilib olgansiz.
Kalomda kechirimning mumkin ekanligini va siz hatto uzoq yillik gunohkorlikdan so‘ng ham ozodlikka erishishingiz mumkin ekanligi aytilgan. Siz gunohni o‘z kuchingiz bilan yengib o‘tolmaysiz, o‘tmishingizni bartaraf etolmaysiz va mustaqil tarzda qalbingizni poklay olmaysiz, ammo buni uddalaydigan Zot bor.
Yuhannoning Birinchi maktubida (2:1) aytilgan: “Aziz bolalarim, gunoh qilmanglar deb men sizlarga shularni yozyapman. Bordi-yu birortamiz gunoh qilib qo‘ysak, Otamiz Xudoning oldida homiyimiz - Iso Masih bor. U - solih Zotdir”.
Biz Isoning nomi ila kechirim olishimiz uchun U Otaning taxti oldida turadi. Faqat Isoning sharofati ila biz kechirim olishimiz mumkin. Agar sizda hali Iso Masih bilan shaxsiy munosabatlaringiz bo‘lmasa, kechirimga yo‘lning chiqish nuqtasi - Masih bilan shaxsiy, taqdiringizni o‘zgartirib yuboradigan uchrashuvdir.
Yodingizda bo‘lsa, Rimliklarga Maktubda (3:23) barcha gunoh qilganligi aytilgan. Bu har birimizga taalluqli. Agar siz Isodan o‘zingizning shaxsiy Najotkoringiz bo‘lishini so‘rasangiz, U barcha gunohlaringizni kechiradi. Xo‘sh, birinchi qadamni qanday qo‘yish mumkin? Taxminan shu tarzda ibodat qiling: “Rabbim Iso Masih, Sen menga juda keraksan. Meni kechir va poklagin. Men hoziroq Senga Rabbim va Xaloskorim sifatida ishonch bildiraman. Hayotimning xo‘jayini bo‘l, meni ich-ichimdan o‘zgartir. Senga ishona olishim uchun Senga minatdorchilik bildiraman. Iso Masih nomi bilan, omin”.
Siz o‘z gunohingizni va Isoning undan xalos qilishiga ehtiyojingizni tan olganingizda, nimalar ro‘y beradi? U sizni butunlay poklaydi.
Yuhannoning Birinchi maktubida aytilgan: “Bordi-yu gunohlarimizni e’tirof etsak, sodiq va adolatli bo‘lgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forig‘ qiladi”.
Ushbu oyatda Xudo barcha gunohlarimizni kechirishni istashi va bunga qodir ekanligi aniq bildirilgan. Bu yerda: “hirsiy gunohlardan tashqari barcha gunohlar” deb aytilmagan. Yo‘q! Biz gunohlarimizni Unga olib kelganimizda, Xudo bizni har qanday yolg‘onlardan poklaydi.
Balki, siz shunday dersiz: “Iso mening kechirimim uchun hammasini ado etganini tushunaman, biroq baribir o‘zimni kechirilganligimni his qilmayapman”. Bilasizmi, ana shu paytda siz haqiqatni to‘plab olishingiz kerak. Xudoning kechirimi go‘yoki shaxsan sizga taalluqli bo‘lmasligi haqidagi yolg‘onlarga ishonmang. Shayton aynan shunga erishmoqchi bo‘ladi. Mabodo siz endilikda Masihda bo‘lsangiz, haqiqat mana qayerda: “Sharq g‘arbdan qanchalik uzoq bo‘lsa, gunohlarimizni bizdan shu qadar uzoq qiladi” (Zabur 102:12).
Siz mustaqil ravishda o‘tmishingizni bartaraf etib, qalbingizni poklay olmaysiz - biroq buni uddalaydigan Zot bor. |
Xudo nafaqat sizning hirsiy gunohlaringizni kechirgan, balki sizdagi barcha qonunga zid qilmishlaringizni ham to‘liq o‘chirib yuborgan. Zaburchi, Xudo bizning gunohlarimizni “sharq g‘arbdan qanchalik uzoq bo‘lsa” shu darajada uzoq qilishi haqida yozganida, cheksizlikni tasvirlaydigan ifodadan foydalanadi. Bir o‘ylab ko‘ring. Globusning Shimoliy qutbi va Janubiy qutbi bor. Siz shimol tomonga uzoq yurishingiz mumkin - va muayyan bir paytda janubga yo‘l olayotgan bo‘lib chiqasiz. Shu tariqa siz janub sari uzoq yurishingiz mumkin - va muayyan bir paytda shimolga borayotgan bo‘lib chiqasiz. Janubdan shimolgacha masofa o‘lchamli. Ammo globusda G‘arbiy qutb bo‘lmaganidek, Sharqiy qutb ham yo‘q. Ular orasidagi masofani shunchaki o‘lchab bo‘lmaydi. Agar siz sharqqa yo‘l olsangiz, butun umr sharq sari yurishingiz mumkin. Mabodo g‘arbga yo‘l olsangiz - g‘arb sari abadiy yo‘l bosishingizga to‘g‘ri keladi. Mana, Iso sizdan gunohlaringizni qanchalik uzoq qiladi, Uning kechirimi chuqurligi mana qanday darajada.
Xudo siz haqingizda allaqachon yozib qo‘yganligiga ishonch hosil qilgan holda, siz ozodlikda yashashingiz mumkin. Xudo sizni kechirishni istaydi. Iso xochda jon berganidayoq gunohlaringiz uchun to‘lov qilgan. Undan kechirim so‘rang va U sizni butunlay poklaydi.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.