Yalang‘och dalillar (Josh Makdauell) 34 bob

J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (34-savol) Kitob O'zbek tilida

Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savolJ.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (Audiokitob) Kitob O'zbek tilida

 

Mundarija

Tashakkurnoma

Xo‘sh, boshlaymizmi?

1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?

2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?

3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?

4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?

5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?

6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?

7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?

8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?

 9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?

10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?

11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?

12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa

 xavfsiz emasmi?

13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?

14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna  orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?

15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?

16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?

17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?

 18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?

19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?

20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?

21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?

22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?

23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?

24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?

25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?

26.Ahir nikohgacha bo'ladigan  jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?

27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?

28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?

29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?

30.  Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?

31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his  qilishim mumkin?

32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?

33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?

34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?

35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?

36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?

37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?

38. Masturbatsiya bu durustmi?

39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?

40. Qizlarga, Erin Devis

41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan

42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma

43. Muhokama uchun savollar


34.Men qanday qilib “yo‘q” deyishim mumkin?

Bu olam nikohdan tashqarida jinsiy yaqinlik qilishimizga undab bosim o‘tkazadi. Siz to‘ygacha o‘zingizni saqlash borasida bergan va’dangizga vafo qilish uchun tengdoshlaringiz va OAV bosimiga qarshi chiqishingiz mumkin. Poklikni saqlash mumkin - ammo bu o‘z-o‘zidan, tasodifan ro‘y bermaydi. Sizga to‘g‘ri yo‘ldan dadil borishingiz uchun ixtiyoringizda puxta o‘ylangan reja bo‘lishi kerak.

Mana, ko‘plab odamlarga yordam bergan o‘n bitta uslub197.

1. Sizga hisobdorlik tartibi  kerak.

Jinsiy aloqa borasida sizning nuqtai nazaringizni quvvatlaydigan biror kishini toping va u bilan yetarli darajada vaqt o‘tkazing. Poklikka intilish haqiqiy kurashga aylanishi mumkin. Bu urushga yolg‘iz o‘zingiz bormang. Hech kim sizni ishonchli do‘stlar kabi yaxshiroq himoya qilmaydi.

Voiz kitobida (4:9-10) aytilgan: “Ikki kishi bir kishidan ko‘proq ish bajara oladi, ular o‘z mehnatlari uchun yaxshi taqdirlanadilar. Agar bittasi yiqilsa ikkinchisi turg‘azadi, lekin yolg‘iz bo‘lganning ahvoli chatoqdir, u yiqilsa turg‘izishga yonida hech kim bo‘lmaydi”.

Hech qachon do‘stona yordamni izlashni to‘xtatmang. O‘zingiz to‘g‘ridan to‘g‘ri savollar berishingiz mumkin bo‘lgan do‘stlaringiz, yoshlar cho‘poni, murabbiylar va aql-farosatli yoshi kattalardan iborat yordam tizimini yarating. Sizga chegaralar o‘rnatishingizga yordam beradigan va poklik yo‘lidan birgalikda boradigan ana shunday odamlar yonida bo‘ling.

2. Sizga kerak bo‘lishidan avvalroq, aniq chegaralar o‘rnatib oling

Tanangiz shunchaki “barmoqni qasirlatish” bilan hirsiy xayol va his-tuyg‘ularni to‘xtatib qolishga qodir emas, u boshqacha qilib yaratilgan. U vafodor er-xotinlik muhitidagi yaqinlikka intilish uchun yaratilgan. Siz mabodo masala jinsiy birlashuvga borib taqaladigan vaziyatga tushgan bo‘lsangiz yoki fikringizda jinsiy aloqaga oid tasavvurlar jamlanishiga izn bergan bo‘lsangiz, bu holda o‘zingizni yengib o‘tishingiz juda qiyin bo‘ladi. Shu bois, nima qilishga tayyor ekanligingizni va turli vaziyatlarda o‘zingizni qanday tutishingiz kerakligini avvaldan qaror qilib qo‘yganingiz afzal.

Misol uchun, pornografiyani ko‘rish vasvasasidan qochish uchun kompyuter qarshisida faqat umumiy xonada, kattalar qurshovida o‘tirishga qaror qiling. Tanlagan yigitingiz yoki qizingiz bilan haddan ziyod yaqin bo‘lishdan qochish uchun o‘zingizning shu yarim bo‘lagingiz bilan mashina ichida, kimsasiz uyda yoki o‘zingizning ahloqiy andazalaringizga qarshi chiqishingiz mumkin bo‘lgan boshqa qayerdadir yolg‘iz qolmaslik uchun muayyan chegaralar o‘rnating.

3. O‘z qarorlaringizni yozib qo‘ying

Nikohgacha bo‘ladigan jinsiy aloqadan o‘zingizni saqlash qaroringizni yozib qo‘ying. Vaqtni ayamang, uni qog‘ozga shunday tushiringki, ongingiz bu bilan qalbingizni asray olsin. Kimdir bilan romantik munosabatlaringiz boshlangach, tanlagan insoningiz bilan yaqinlashish chegaralarini yozish uchun vaqt ajrating.

Siz qachonki o‘z qo‘lingiz bilan oq qog‘ozga majburiyatlaringizni yozar ekansiz, o‘z ko‘zingiz bilan bunda chinakam kuch borligini ko‘rasiz.

4. Xudodan ko‘mak so‘rang

Balki siz Xudoga manzur bo‘lish uchun poklik yo‘lini tanlagandirsiz, ammo U bilan buni muhokama etdingizmi? Siz Unga ibodat orqali murojaat qilib, o‘zingizni pok saqlashingizda U yordam berishini so‘raganmisiz? Men sizga taxminan mana bu tarzda ibodat qilishni taklif etaman: “Iso, men Sening yordamingga muhtojman. Men yolg‘iz o‘zim bardosh berolmayman. Menga Sening kuch-qudrating kerak, meni shu kuch bilan to‘ldirgin va jinsiy aloqa pokligini saqlashimga yordam ber”.

Havoriy Pavlus aytgan: “...Ojiz bo‘lgan paytimda Masihning qudrati bilan kuchga to‘laman”. (2 Korinfliklar 12:10). Xudo sizga kerakli kuch-qudratni berishi mumkin. Undan shu haqda so‘rang!

5. Romantikaga shoshilmang

Tadqiqotlar barvaqt uchrashuvlar va barvaqt jinsiy aloqa o‘rtasida chuqur bog‘liqlik borligini ko‘rsatmoqda. Uchrashuvlar juftliklarni jismoniy va hissiy darajalarda yaqinlashtiradi. Yaqinlik o‘zaro bog‘liqlikni va bir-birini jinsiy aloqaga tortuvchi gormonlarni ko‘p marotaba ishlab chiqarish jarayonini faoliyatga tushiradigan jismoniy birlashuvga olib boradi. O‘smirlar uchrashuvga borishni qanchalik barvaqt boshlasalar, ularning barvaqt faol jinsiy aloqaga kirishish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.

Misol uchun, o‘n to‘qqiz yoshigacha uchrashuvni boshlagan o‘smirlarning 91 foizi maktabni bitirguncha jinsiy aloqa qilishadi. O‘n besh yoshida uchrashuvga borishni boshlaganlarning 40 foizi maktab davrida bokiraliklarini yo‘qotishadi. 16 yoshigacha kutganlarning faqat 20 foizigina attestatni qo‘lga olishdan avval jinsiy aloqani sinab ko‘rishadi198.

Kimki romantikaga shoshilmasa, uning jinsiy aloqaga shoshilmasligi ham oson kechadi.

6. Qadriyatlaringizni baham ko‘rmaydigan odam bilan yaqin munosabatlarga kirishmang.

“Imonsizlar bilan sherik bo‘lmanglar. Solihlik bilan qabihlikning orasida qanday aloqa bor?! Nur bilan zulmat orasida qanday umumiylik bo‘lishi mumkin?! (2 Korinfliklar 6:14). Mazkur oyat qadriyatlarimizni baham ko‘rmaydigan odam bilan hayotimizni bog‘lashdan bizni ogohlantiradi. Agar tanlagan insoningiz sodiq masihiy bo‘lmasa va Xudoning andazalariga, jumladan jinsiy aloqaga nisbatan, o‘zini baxshida etmasa, poklikni asrash siz uchun og‘ir, deyarli bajarib bo‘lmaydigan vazifaga aylanadi. Agar siz chindan ham Xudoning oldidagi o‘z majburiyatlaringizni bajarishni istasangiz, hayotiy nuqtai nazaringizga amal qiladigan odamlar bilangina uchrashing.

7. O‘z qadriyatlaringiz haqida aytib bering

O‘zingiz uchrasha boshlagan inson sizning qarashlaringizni baham ko‘rishini qanday bilish mumkin? Shunchaki undan so‘ray qoling! Qadriyatlaringiz haqida gapirayotganda, ayniqsa, jinsiy aloqa va o‘zaro munosabatlarga taalluqli masalalarda, to‘g‘riso‘z bo‘ling. Mabodo bu masalalarni avvalroq muhokama qilib olmasangiz, munosabatlaringiz chuqurlashgani sayin, bu haqda gapirish shunchalik qiyin bo‘ladi.

8. Hammasini oldindan rejalashtiring

Har bir uchrashuvni avvaldan rejalashtiring: kim bilan qayoqqa borasiz, nimalar bilan mashg‘ul bo‘lasiz, yana kimlar sizlar bilan birga bo‘ladi. Muayyan bir rejaga ega bo‘lmasdan boqibeg‘amlikka yo‘l qo‘ysangiz, ko‘ngilsiz voqealarga tushishingiz shunchalik oson yuz beradi.

9. Tanlagan insoningizni ota-onangizga tanishtiring

Yodingizda bo‘lsa, 32-savolga javob berayotganimda sog‘lom romantik munosabatlarning muhim ko‘rsatgichlaridan biri ota-onaning ma’qullashi ekanligini aytgandim. Mayli, onangiz yoki otangiz siz tanlagan inson bilan muloqot qilib ko‘rishsin. Munosabatlarning dastlabki pallasida ota-onangiz ishtirokida “ikki yoqlama uchrashuv” o‘tkazish haqida o‘ylab ko‘ring. Ota-onangizdan boshqa sizni kim ham yaxshiroq darajada biladi? Ularni shaxsiy hayotingizga kiriting, bu qo‘shimcha tashqi nazoratni ta’minlaydi va siz uchrashadigan insonning pokligingizni asrashingiz uchun izn berishiga tayyor ekanligini bilishda yordam beradi. Biz rafiqam Dotti bilan bolalarimizdan birortasining “yarim bo‘lagi” bilan “ikkiyoqlama uchrashuv”ga borishni yoqtirardik. Hozirgacha o‘sha davrlarni biz - bolalarimiz ham - mamnuniyat bilan eslaymiz.

10 Spirtli ichimliklar va giyohvand moddalardan nari bo‘ling

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining 23 foizi so‘nggi bora jinsiy aloqa qilganda giyohvand moddalar yoki alkogol ta’sirida bo‘lgan. Yanada xavotirga soladigani shuki, so‘rovda ishtirok etgan o‘smirlarning to‘rtdan bir qismi o‘shalar ta’siri ostida jinsiy yaqinlikka kirishganlari, hushyor holatda bunday qilmagan bo‘lishlarini aytishgan199. Ko‘plab o‘smirlar birinchi jinsiy aloqa vaqtida alkogol ta’sirida bo‘lganliklarini ma’lum qilishadi200.

Hammaga ma’lumki, ehtirosni qo‘zg‘atadigan toksik vositalarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish mantiqiy qarorlar qabul qilish layoqatini, shuningdek, o‘zining hirsiy harakatlari haqida sog‘lom fikr yuritish darajasini kamaytiradi.  Agar siz nikohgacha bokiralikni saqlamoqchi bo‘lsangiz, shuningdek, to‘shakda o‘tkaziladigan tajribalar bilan bog‘liq tavakkalchiliklardan qochishni istasangiz, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklardan o‘zingizni tiying.

Poklikni saqlashga urinish haqiqiy jangga aylanishi mumkin. Bu jang maydoniga yolg‘iz kirmang.

11. Ko‘zlaringizni ehtiyot qiling

Xudoning Kalomi biz nimalar haqida o‘ylayotgan bo‘lsak, ana o‘shalar o‘zimiz ekanligini aytadi. Hikmatlar Kitobida (23:7) aytilgan: “Chunki u ko‘nglida o‘z foydasini hisoblaydi...”

Shunday deyish mumkin: siz nima haqda o‘ylasangiz, bu hatti-harakatlaringizga ta’sir ko‘rsatadi, natijada o‘ylaganlaringizga mos insonga aylanasiz. Ehtiyot bo‘ling: zamonaviy OAV jinsiy aloqaning soxta-jozibakor tasvirini yaratadi. Ishonavering, sizga nohaqqoniy va ahloqsiz jinsiy aloqa tasvirini tiqishtiradigan TV, videoroliklar, Internetdagi film va maqolalardagi barcha yolg‘on sizga albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. E’tibor bering-a, men: “Hech qachon kinoga bormang, televizoringizni yoqmang, Internetda vaqtingizni o‘tkazmang” deb aytmadim. Muqaddas Kalom OAV aslida gunohkor ekanligini uqtirmaydi. Men sizlarni faqatgina ziyrak bo‘lishga chorlayman. Aqlingizni poklik sari intilishingizga xalaqit beradigan hamma narsadan asrang.

“Endi esa, ey birodarlarim, fikr-zikringiz haqiqiy, sharafli, to‘g‘ri, pok, yoqimli, tahsinga sazovor narsalarda bo‘lsin. Ha, olqishga loyiq, a’lo narsalar ustida fikr yuritinglar” (Filippiliklar 4:8). Ya’ni, biz o‘zimiz iroda kuchi bilan xayollarimizni qadriyatlarimiz va nuqtai nazarimizni himoya qilishga qaratishimiz lozim.  Tanlov - o‘zimizning i


Книга на Узбекском языке: - Голые факты  (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)

Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.

 

Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак