Hikoyalarda bo'yash uchun rasmlar
MINNATDORCHILIK
Bizga O’z so’zini bergan Egamizga hamdu-sanolar bo’lsin!
Muqaddas Kitob haqiqatlari bilan bo’lishgan o’qituvchilarga, yozuvchi va hizmatchilarga muallif nomidan chuqur minnadorchiligimizni bildiramiz. Muallifning oilasiga – alohida rahmat!
Ushbu darslarni nashr uchun tayyorlashga rozilik bildirib, yordam bergan va qatnashgan barcha birodarlarimizni qadrlaymiz!
Muharrirlar
Muqaddas Kitob hikoyalarini har doim barcha bolalariga o’qib bergan, onamga bag’ishlanadi.
- Muallif: (Marta Rorer)
OTA-ONALARGA MUROJAAT
Bolalar hikoyalar aytib berishlarini yoki o'qib berishlarini yaxshi ko’radilar. Ushbu hikoyalar Muqaddas Kitobga kirish sifatida xizmat qiladi, Ibtidodan boshlanib va Vahiy bilan tugaydi.
Hikoyalarni yozishda biz ularni Muqaddas kitobdagidek saqlab qolishga harakat qildik. Muqaddas Kitobdagi ko'plab personajlar qahramon bo'lmasalar-da, Xudo ularga imoni tufayli yordam berdi. Xudoning va'dalari bugungi kunda ham haqiqatdir. Itoatkorlik baraka beradi, itoatsizlik esa hukmga olib keladi. Uning barchamizga bo'lgan sevgisi ajoyib: u solihlar ustidan ham fosiqlar ustidan ham birdek O’z yomg’irini yog’diradi.
Hikoyalar qisqa va sodda tarzda yozilgan, ammo o'qib berayotganingizda Muqaddas Kitobdan batafsil tushintirib berishingiz mumkin.
Yaxshi hikoyalar sizning farzandizngizni dunyo qarashini kengaytirishga yordam beradi. Hikoyaning asosi bo’lgan Muqaddas Kitobning matnga e'tibor bering. Samimiy imon, Xudoga bo'lgan minnatdorchilik va o'z qalbingizda yashaydigan Xudoning tirik so'zi bilan farzandingizning imonini mustahkamlang.
Hikoyalarni suhbat ohangida o'qing, noaniqliklar, kutish, javob berish sahnalarida pauza qiling, hikoyaning mavzusiga qarab tez yoki asta-sekinlik bilan o’qing, tabiiyki yuz ifodalari va imo-ishoralardan foydalaning - bu voqeani jonlantirishga va kichik tinglovchilar uchun hikoyani jonli va hayajonli bo’lishiga yordam beradi.
Muqaddas Kitob hikoyalarini o'qiyotganda bolaning e'tibori va qobiliyatini rivojlantirishni, to'g'ri xulosalar qilishni o’rganishini hohlaymiz. Lekin eng muhimi, biz bolada Xudoga bo'lgan sevgi va Uning so’zlariga bo’lgan qiziqish o’sishini hohlaymiz.
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
“Xalq Yoshuaga shunday dedi: — Egamiz Xudoga xizmat qilamiz, Unga quloq solamiz”. (Yoshua 24:24)
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. ISHOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
“Kaloming, ey Egam, to abaddir, U samolarda mustahkam turadi”. (Zabur 118:89)
“O, naqadar sevaman qonuningni!
Kun boʻyi xayolimda tutaman uni”.
(Zabur 118:97)
“…Egamizning soʻzlarini oʻrama qogʻozdan oʻqib berasan…”
(Yeremiyo 36:6)
Bo'yash uchun rasmlar. Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar bo'yash uchun rasmlar