Galatiyaliklarga maktub 1 bob

Kirish

Galatiyaliklar Galatiya Rim imperiyasining bir hududi bo‘lib, taxminan hozirgi Turkiyaning markaziy qismida joylashgan edi. Havoriy Pavlus Galatiyaning ba’zi qismlarida Iso Masih haqidagi Xushxabarni targ‘ib etdi. Buning natijasida u yerda bir nechta imonlilar jamoati vujudga keldi.

Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin Pavlusga qarshi bo‘lgan ba’zi odamlar kelib, Galatiyadagi jamoatlarda o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladilar. Ularning ta’limoti bo‘yicha inson Xudoning nazarida solih bo‘lish uchun nafaqat Iso Masihga imon keltirishi, balki yahudiy dinining qonunlarini bajarishi lozim edi. Bu odamlar ayniqsa Galatiyalik imonlilarning sunnat qilinishi kerakligini o‘rgatardilar. Pavlus esa sunnat muhim emas, deb ta’lim berar edi.

Pavlus bu maktubni Galatiyaliklarga yolg‘on ta’limotlarni rad etish niyatida yozgan. Galatiyalik imonlilar Muqaddas Ruhga tayanib yashashsin, deb Pavlus ularni Iso Masihga bo‘lgan haqiqiy imonga qaytinglar, deb undadi. Pavlus maktubda avvalo o‘zining Xudo tomonidan yuborilgan xavoriy ekanligini tasdiqlab yozadi. So‘ng, Iso Masih haqidagi Xushxabarni targ‘ib etish vazifasini unga insonlar emas, balki Xudo berganini Galatiyaliklarga eslatib o‘tadi. Hatto Quddusdagi havoriylar ham Pavlusning ta’limotlarini tasdiqlaydilar. Haqiqatan ham Pavlusni Xudo g‘ayriyahudiylarga Xushxabar aytish uchun yuborganligini tan oladilar.

Pavlus maktubning davomida inson faqatgina Iso Masihga bo‘lgan imoni orqali oqlanadi, deb tasdiqlaydi. Muqaddas Bitiklarga tayanib, Ibrohimning hayoti misolida Pavlus imon orqali oqlanish hammaga taalluqli ekanligini ko‘rsatadi. Keyin Pavlus Tavrotdagi qonunlarning mohiyatini tushuntiradi. Nihoyat, Pavlus Muqaddas Ruh boshchiligida masihiylar qanday hayot kechirishlari kerakligi haqida maslahat beradi.

Pavlus uchun imon nimani bildirishi quyidagi oyatda aniq ko‘rsatilgan: “Axir, qonunning o‘zi meni o‘limga mahkum qildi. Endi men Xudo uchun yashay deb, qonun uchun o‘lganman. Men Masih bilan birga xochga mixlab qo‘yilganman. Endi yashayotgan men emas, balki Masihdir. U mening hayotimni boshqaryapti. Hali tirik ekanman, Xudoning O‘g‘liga bo‘lgan imon bilan yashayman. Axir, U meni yaxshi ko‘rib, O‘zini men uchun fido qilgan.” (2:19-20)

 

1–BOB - Galatiyaliklarga maktub

Duoyi salom

 

1 Men — Pavlus va men bilan birga bo‘lgan hamma birodarlar Galatiya o‘lkasidagi imonlilar jamoatlariga salom yo‘llaymiz.
2 Men insonlar tomonidan emas, inson orqali ham emas, balki Iso Masih va Uni tiriltirgan Otamiz Xudo tomonidan havoriy qilib tayinlanganman.
3 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat hamda tinchlik ato qilsin.
4 Iso Masih bizni hozirgi yovuz zamondan qutqaray, deb bizning gunohlarimiz uchun O‘zini fido qildi. U shu yo‘sin Otamiz Xudoning irodasini ado etdi.
5 Xudoga abadulabad shon-sharaflar bo‘lsin! Omin.
6 Sizlar Xudodan shunchalik tez yuz o‘girib, boshqa bir Xushxabarga yuz burayotganingizdan juda hayronman. Axir, Masihning inoyati orqali Xudo sizlarni O‘z Xushxabariga da’vat qilgan edi.
7 O‘sha Xushxabardan boshqa hech qanday xushxabar yo‘q–ku! Faqat ba’zilar sizlarni chalg‘itib, Masih haqidagi Xushxabarni buzib ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar.
8 Ammo kimda–kim, hatto biz o‘zimizmi yoki osmondan kelgan biror farishtami, sizlarga biz yetkazgan Xushxabardan boshqa bir “xushxabar” keltirsa, u la’nati bo‘lsin!
9 Men oldin ham aytgan edim, hozir ham aytyapman: kimki sizlar qabul qilgan Xushxabarga zid bo‘lgan xabarni targ‘ib etsa, la’nati bo‘lsin!
10 Xo‘sh, men kimning maqtoviga sazovor bo‘lmoqchiman: insonlarningmi yoki Xudoningmi?! Nahotki insonlarni mamnun qilmoqchi bo‘lsam?! Agar men hali ham insonlarni mamnun qilayotgan bo‘lsam edi, Masihning quli bo‘lolmas edim!
11 Ey birodarlar, sizlarga aytib qo‘yay: men targ‘ib etayotgan Xushxabar inson ijodi emas.
12 Axir, men bu Xushxabarni insondan qabul qilmaganman yoki biror odamdan o‘rganmaganman. Uni menga Iso Masihning O‘zi vahiy orqali ayon qilgan.
13 Men yahudiy diniga e’tiqod qilib, qanday hayot kechirganim haqida eshitgansizlar. O‘sha paytlarda Xudoning jamoatini shafqatsizlarcha quvg‘in qilardim, uni qirib tashlashga harakat qilardim.
14 Qavmimdan bo‘lgan ko‘p tengdoshlarimga qaraganda, yahudiy dinini chuqurroq tushunib, ulardan ancha ilgarilab ketgan edim. Ota–bobolarimning urf–odatlari amal qilinishiga juda jonkuyarlik qilar edim.
15 Ammo Xudo menga muruvvat qildi, inoyati bilan meni O‘ziga da’vat etib, onam qornida bo‘lganimdayoq meni tanlagan edi.
16 Men boshqa xalqlar orasida Xudo O‘g‘li haqidagi Xushxabarni targ‘ib qilishim uchun, Xudo O‘z O‘g‘lini menga zohir qildi. Shunda men hech bir inson bilan maslahatlashmadim.
17 Hatto mendan oldin havoriy bo‘lganlarni ko‘rishga Quddusga bormay, darhol Arabistonga jo‘nadim. Undan keyin yana Damashqqa qaytdim.
18 Uch yildan keyin, Butrus bilan tanishay, deb Quddusga bordim. Uning yonida o‘n besh kun bo‘ldim.
19 Ammo Quddusda Butrusdan va Rabbimiz Isoning ukasi Yoqubdan boshqa hech bir havoriyni ko‘rmadim.
20 Men sizlarga nima yozayotgan bo‘lsam, Xudo shohid, hech biri yolg‘on emas.
21 Undan so‘ng Suriya va Kilikiya viloyatlariga bordim.
22 Yahudiya o‘lkasidagi imonlilar jamoatlari meni hali shaxsan tanimas edilar.
23 O‘sha imonlilar men haqimda faqat boshqalarning: “U bir vaqtlar bizlarni quvg‘in qilib yurgan kishi edi. Endi esa ilgari ildizi bilan quritmoqchi bo‘lgan imonni o‘zi targ‘ib qilmoqda”, degan gaplarini eshitardilar
24 va men tufayli Xudoni ulug‘lar edilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18