Xaggey 1 bob

Kirish

Xaggey kitobi miloddan avvalgi 520 yilda Egamiz o‘z payg‘ambari Xaggey orqali yuborgan xabarlar to‘plamidir. Miloddan avvalgi 520 yilgacha yahudiylarning ko‘pchiligi Bobildagi asirlikdan qaytib kelgan edilar. Xalq yo‘lboshchilari yaxshi yashardilar, lekin qolganlar juda qiyin sharoitlarda yashayotgan edilar. Egamiz Xaggeyga, Ma’bad qaytadan qurilmaganligi sababli, xalq shunchalik qiyin ahvolda yashayapti, deb aytadi. Ular Egamizning Ma’badiga e’tiborsizlik bilan qarashlari Egamizni ham hurmat qilmasliklarini ko‘rsatardi, shuning uchun Egamiz ularga baraka berishni rad qilgan edi.

Xalq Ma’badni qurishni boshlagandan keyin Egamiz ularga baraka berishga va ularning yurtiga farovonlik ato qilishga va’da beradi.

 

1–BOB - Xaggey.

Egamizning Ma’badni qaytadan qurish to‘g‘risidagi amri

 

1 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yil, oltinchi oy, birinchi kuni edi. Yahudo hokimi — Shaltiyol o‘g‘li Zarubabelga va oliy ruhoniy — Yohuzadax o‘g‘li Yoshuaga payg‘ambar Xaggey orqali Egamiz quyidagi so‘zlarini ayon qildi:
2 — Sarvari Olam shunday aytmoqda:
3 “Bu xalq: ‘Hali Egamizning uyini qurishning vaqti kelgani yo‘q’, deb aytadi.
4 Ey, Isroil xalqi, Mening uyim vayron bo‘lib yotganda sizlarga hashamatli uylarda yashashning vaqtimi?!”
5 Mana endi Sarvari Olam shunday aytmoqda: “O‘z ahvolingizga qarab, yaxshilab o‘ylab ko‘ringlar–chi!
6 Ko‘p ekib, kam o‘rasiz. Ovqat yeysiz–u, to‘ymaysiz. Ichasiz, ammo chanqog‘ingiz qonmaydi, ustingizga kiyasiz–u, isinolmaysiz. Kim pul ishlasa, uning puli yirtiq hamyonga tushadi.”
7 Sarvari Olam shunday demoqda: “O‘z ahvolingizga qarab, yaxshilab o‘ylab ko‘ring, axir!
8 Tog‘larga chiqib, yog‘och olib tushinglar–da, Mening uyimni quringlar. Men uni ko‘rib zavqlanib, ulug‘lanaman, — deydi Egamiz.
9 — Ko‘p hosil olishni umid qilgan edingiz, mana kam oldingiz. Uyga olib kelganingizni sochib yubordim. Nima uchun? — demoqda Sarvari Olam. — Mening uyim vayron bo‘lib yotgan paytda, sizlar faqat o‘z uyingiz haqida o‘ylaganingiz uchun shunday qildim.
10 Sizlarni deb osmondan shudring tushmadi, yer ham hosil bermadi.
11 Men dalalar, qirli joylarga qurg‘oqchilik keltirib, don, uzum sharbati va zaytun moyini quritdim. Yerdan chiqqan barcha hosilni yo‘q qildim, odamlar va hayvonlarni qiyinchiliklarga duchor qildim. Insonlar o‘z qo‘llari bilan qilgan mehnatlarini puchga chiqardim.”
12 Shundan keyin Zarubabel, oliy ruhoniy Yoshua va asirlikdan qaytib kelgan barcha xalq o‘zlarining Egasi Xudoga itoat qilishdi. O‘zlarining Egasi Xudo yuborgan payg‘ambar Xaggeyning so‘zlariga quloq solishdi, chunki ular Egamizdan qo‘rqardi.
13 Egamizning elchisi Xaggey Uning quyidagi so‘zlarini xalqqa yetkazdi: — Egamizning kalomi shudir: “Men sizlar bilan birgaman.”
14 Yahudo hokimi — Shaltiyol o‘g‘li Zarubabelni, oliy ruhoniy — Yohuzadax o‘g‘li Yoshuani va asirlikdan qaytib kelgan butun xalqni Egamiz ruhlantirdi, shunda ular hammalari kelib, o‘zlarining Xudosi, Sarvari Olamning uyini tiklashni boshlashdi.
15 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yil, oltinchi oy, yigirma to‘rtinchi kunida qayta qurilish boshlandi.


Injil Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак