Yeremiyo 1 bob

Kirish

Yeremiyo payg‘ambar urush davrida yashagan. Vujudga kelgan yangi kuchli shohliklar atrofidagilarini zabt etardi. Kichkinagina Yahudo shohligi jang qilayotgan ikkita kuchli shohlikning orasida qolib ketgan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Bobil shohligi Yahudoni zabt etdi. Yahudo xalqi ozodlikni qo‘ldan berib, Bobil shohligining mustamlakasiga aylandi. Yeremiyo payg‘ambar bu voqealarning guvohi edi.

Yeremiyo yigirma yoshga to‘lar–to‘lmas, Yahudo xalqiga Xudoning so‘zini yetkaza boshladi. Uning faoliyati miloddan avvalgi 586 yilgacha, ya’ni Bobil Yahudo yurtini zabt etguncha davom etdi. So‘ng esa Misrga qochib ketayotgan odamlar Yeremiyoni majburan o‘zlari bilan olib ketishdi. Ammo Yeremiyo Misrda ham odamlarga Xudoning so‘zini yetkazishda davom etdi.

Yeremiyoning ko‘p bashoratlarida yozilgan sanasi ko‘rsatilgan. Ammo bu bashoratlar xronologik tarzda joylashmay, mavzular bo‘yicha joylashtirilgan.

Ko‘pincha Yeremiyo Xudoning so‘zini odamlarga aniq va to‘g‘ri yetkazib berish uchun o‘z bashoratlarini nafaqat og‘zaki, balki harakatlar orqali ham tasvirlab bergan (13:1-11, 19:1-11, 27:1-28:17, 32:1-44, 43:7-13 ga qarang).

Yahudo xalqini Xudo jazolamoqchi ekanligini Yeremiyo odamlarga aytadi. Ularni Bobilliklarga taslim bo‘lishga chaqiradi. Shu sababdan ichi qora odamlar Yeremiyoni xoinga chiqaradi. Ular Yeremiyoni zindonga tashlashadi, hatto uning joniga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lishadi. Shunda payg‘ambar Yeremiyo Xudoga yolvorib, ichidagi hamma dardini aytadi. Kitobning bu qismlari odamlar orasida “Munojot” deb nom olgan (11:18-23, 12:1-6, 15:10-11, 15:15-21, 17:14-18, 18:19-23, 20:7-18 ga qarang).

Yeremiyo payg‘ambar Yahudo xalqiga: “Sizlar Egamiz bilan tuzgan ahdni buzdingiz, yolg‘iz Unga xizmat qilmay, butparastlikka berilib ketdingiz”, deya ularga ko‘p tanbeh beradi. Shu qilmishlari uchun Yahudo xalqi Xudoning qahriga uchrab, Bobilliklarga taslim bo‘lishlarini, so‘ng esa Bobilga surgun qilinishlarini bashorat qiladi. Ammo bir kunmas — bir kun Xudo siylagan xalqini o‘z yurtiga qaytarib olib kelishini, ular bilan yangi ahd tuzishini aytadi: “Men kelajakda Isroil xalqi bilan tuzadigan ahd shunday bo‘ladi: Men qonunimni odamlarning ichiga solib qo‘yaman, qonunni odamlarning yuraklariga yozaman. Men ularning Xudosi bo‘laman, ular esa Mening xalqim bo‘ladilar. Shundan keyin odamlar bir–biriga “Egamizni tanib–biling”, deb aytmaydigan bo‘lishadi. Chunki ularning hammasi — kattasidan tortib kichigigacha Meni biladigan bo‘ladi. Men ularning ayblarini kechiraman, gunohlarini hech qachon esga olmayman.” Egamizning kalomi shudir.” (31:33–34)

 

1–BOB - Yeremiyo

Egamiz Yeremiyoni tanlaydi

 

1 Ushbu kitobda Xilqiyo o‘g‘li Yeremiyoning so‘zlari bayon etilgan. Yeremiyo Benyamin hududidagi Onoto‘t shahrida yashagan ruhoniylardan biri edi.
2 Omon o‘g‘li Yo‘shiyo Yahudoda hukmronlik qilgan davrning o‘n uchinchi yilida, Egamizning so‘zi ilk bor Yeremiyoga ayon bo‘lgan edi.
3 Shundan so‘ng, Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim davridan tortib, to Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yiligacha, Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini bir necha marta ayon qilgan edi. Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yili, beshinchi oyida Quddus aholisi Bobilga surgun qilindi.
4 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
5 “Onang qornida senga shakl bermasimdan oldin seni bilgan edim, Tug‘ilmasingdan oldin seni O‘zim uchun ajratib olgan edim. Xalqlarga seni payg‘ambar etib tayinlagan edim.”
6 Men Unga shunday javob qaytardim: — Yo, Egam Rabbiy! Men tuzuk gapira olmayman. Hali juda yoshman.
7 Egamiz esa menga shunday dedi: — O‘zingni, yoshman, deb aytma! Men seni kimning oldiga yuborsam, o‘shalarning oldiga borasan. Senga amr qilgan hamma gaplarimni ularga aytasan.
8 Sen ulardan qo‘rqma. Men sen bilan birga bo‘laman, seni xalos qilaman. Egangning kalomi shudir.
9 So‘ng Egamiz qo‘lini uzatib, labimga tekkizdi–yu dedi: — Mana, so‘zlarimni og‘zingga solib qo‘ydim.
10 Xalqlar va shohliklarni qo‘porib, yo‘q qilishing uchun, vayron qilib, ag‘darishing uchun, bunyod etib, mustahkamlashing uchun bugun senga izn berdim.
11 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qilib, shunday dedi: — Ey Yeremiyo, nimani ko‘ryapsan? — Bodom shoxini, — deb javob berdim men.
12 — To‘g‘ri ko‘rding, — dedi Egamiz. — Bodom shoxi Mening hushyor turishimni bildiradi. Aytgan so‘zlarimni Men tez orada bajo keltiraman.
13 Egamiz menga O‘z so‘zini yana ayon qilib, dedi: — Nimani ko‘ryapsan? — Shimolda qaynab turgan bir qozonni. Qozon biz tomonga ag‘darilay–ag‘darilay deb turibdi, — dedim.
14 Egamiz menga shunday dedi: — Bu yurtning butun aholisi ustiga shimoldan falokat yog‘iladi.
15 Egamiz shunday demoqda: “Men shimoldagi shohliklarining barcha xalqlarini chaqirib olyapman. Ularning shohlari kelib, o‘z taxtlarini Quddus darvozalarining yoniga o‘rnatadilar. Quddus devorlarini qurshab oladilar, Yahudo shaharlarining hammasiga hujum qiladilar.
16 Shu yo‘sin Men xalqimga qarshi hukmimni e’lon qilaman, chunki O‘z xalqim Meni tark etib, qabihlik qildi. Ular begona xudolarga qurbonliklar keltirib, o‘z qo‘llarining ijodiga sajda qildilar.
17 Sen esa bo‘laqol, belingni bog‘la. Buyurganlarimning hammasini ularga borib ayt. Ulardan qo‘rqma. Aks holda ularning oldida seni dahshatga solaman.
18 Bugun Men seni bir qal’aday, temir ustunday va bronza devorday mustahkam qildim. Sen butun yurtga — Yahudo shohlariga, shahzodalariga, ruhoniylariga, yurt aholisiga qarshi chiqasan.
19 Ular senga hujum qilishadi, lekin seni yenga olishmaydi. Men sen bilan birga bo‘laman, seni xalos qilaman.” Egamizning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18