Yeremiyo 51 bob

1 Bobil hukmining davomi. 15 Xudoga hamdu sano qo‘shig‘i. 20 Egamizning bolg‘asi. 24 Bobilning jazosi. 36 Egamiz Isroilga yordam beradi. 41 Bobilning qismati to‘g‘risidagi ashula. 45 Xudo Bobildagi Isroil xalqiga xabar beradi. 54 Bobil vayron bo‘ladi. 59 Yeremiyoning bashorati Bobilda ovoza qilinadi.

1 Egamiz shunday demoqda: “Men Bobilga va uning aholisiga qarshi, Halokat keltiradigan shamol qo‘zg‘ataman.
2 Bobilga ajnabiylarni jo‘nataman. Ular bug‘doyni sovurganday, Bobilni sovurib tashlaydilar. Uning bor–yo‘g‘ini shilib oladilar. Kulfat kuni unga har yoqdan yopiriladilar.
3 Bobil kamonchilarining sovut kiyishiga, O‘q uzishlariga imkon bermang. Bobil yigitlariga rahm qilmang! Lashkarini tamomila qirib bitiring.
4 Ular Bobil yurtida chopib tashlanadilar, Ko‘chalarida og‘ir yaralanib yotadilar.
5 Isroil va Yahudo xalqlari Sarvari Olam oldida gunoh qilgan bo‘lsalar ham, Xudosi ularni tark etmadi. Isroilning Muqaddas Xudosi ulardan yuz o‘girmadi.
6 Bobildan qochib chiqinglar! Joningizni qutqarib qolinglar! Bobilning gunohi tufayli qirilib ketmanglar, Zotan Egamiz Bobildan o‘ch olmoqda, Qilgan qilmishlariga yarasha jazosini bermoqda.
7 Bobil Egamizning qo‘lidagi oltin kosaday edi, Bobil butun dunyoni mast qildi. Dunyo xalqlari kosadagi sharobdan ichdi, Hammasi aqldan ozdi.
8 Bobil birdaniga qulaydi, buzib tashlanadi. Uning uchun faryod qiling! Yaralariga malham surting, Zora tuzalib qolsa!
9 Bobilda yashagan ajnabiylar aytishadi: “Bobilni tuzatmoqchi edik, ammo u tuzalmadi. Endi uni tashlab ketaylik, Har birimiz yurtimizga qaytib ketaylik. Axir, Bobilning jazosi boshidan oshdi, Ko‘kdagi bulutlargacha yetib bordi.”
10 Isroil xalqi deydi: “Egamiz bizni oqladi. Yuringlar, Quddusga boraylik, Egamiz Xudoning buyuk ishlarini U yerda e’lon qilaylik.
11 O‘tkirlang o‘qlarni! To‘ldiring o‘qdonlarni! Egamiz O‘z Ma’badi uchun Bobilliklardan o‘ch olmoqchi bo‘ldi. U butun Bobil yurtini vayron qilishni rejalashtirib qo‘ygan edi. Rejasini amalga oshirish uchun Midiya shohlarini Bobilga qarshi qo‘zg‘atgan edi.
12 Bobilga qarshi bayroq ko‘taring. Qo‘riqchilar safini kuchaytiring, Soqchilar qo‘ying. Pistirma qo‘yishga tayyor turing. Egamiz rejalarini amalga oshiradi, Bobilga qarshi aytganlarini bajaradi.
13 Ey serob suvlar bo‘yidagi shahar, Boy xazinaga ega bo‘lgan shahar! Sening kuning bitdi. Hayoting ipi uzildi.
14 Sarvari Olam O‘z nomi bilan qasamyod qilib dedi: “Chigirtkaday gala–gala dushmanni senga qarshi yuboraman. Ular yurting uzra g‘olibona hayqiradi.”
15 Egamiz qudrati ila yerni yaratdi, Donoligi ila dunyoni bunyod etdi, Idroki ila osmon gumbazini o‘rnatdi.
16 Uning ovozidan osmondagi suvlar gulduraydi, U dunyoning to‘rt burchidan bulutlarni olib keladi. Yomg‘ir yog‘dirishdan oldin momaqaldiroq chaqtiradi, Omborlaridagi shamollardan esdiradi.
17 Uning oldida hamma odamlar ahmoq va nodondir. Zargarlar yasagan butlari tufayli sharmanda bo‘lishadi. Yasagan sanamlari soxtadir, ularning joni yo‘q.
18 Bu betayin butlar aldamchidir. Ularni jazolagan kunim yo‘q bo‘lishadi.
19 Yoqubning Xudosi esa unday emas. U butun borliqni yaratgan, Merosi bo‘lgan Isroilni bino qilgan. Uning nomi Sarvari Olamdir.
20 Ey Bobil, sen Mening bolg‘am, urush qurolimsan. Sen bilan ezdim Men xalqlarni, Sen bilan parchaladim shohliklarni.
21 Sen bilan pachaqladim otlaru chavandozlarni, Majaqladim jang aravalariyu aravakashlarni.
22 Sen bilan ezdim erkagu ayollarni, Sen bilan urdim yoshu qarilarni, Sen bilan o‘ldirdim yigitu qizlarni,
23 Sen bilan ezdim cho‘ponlaru ularning suruvlarini, Sen bilan urdim dehqonlaru ularning ho‘kizlarini, Sen bilan o‘ldirdim hokimlaru a’yonlarni.
24 Egamiz shunday demoqda: “Quddusga qilgan barcha yovuzliklari uchun Bobilliklarni va butun Bobil yurtini sizning ko‘zingiz oldida jazolayman.”
25 Egamiz shunday demoqda: “Ey Bobil, sen tog‘day bo‘lib, Butun dunyoni vayron qilding. Shu bois Men senga qarshiman! Men senga qarshi qo‘l ko‘taraman, Seni qoyalardan pastga dumalatib yuboraman, Kuyib abgor bo‘lgan toqqa aylantiraman.
26 Sendan na peshtoq uchun tosh, Na poydevor uchun tosh olinadi. Sen to abad tashlandiq bo‘lib qolasan.” Egamizning kalomi shudir.
27 “Bayroqni ko‘taring! Xalqlarga burg‘u chaling! Xalqlarni Bobilga qarshi urushga tayyorlang. Ararat, Minnax va Ashkanoz shohliklarini Unga qarshi to‘plang. Bobilga qarshi jang qiladigan lashkarboshini tayinlang, Chigirtka galasiday ko‘p otlar keltiring.
28 Xalqlarni Bobilga qarshi urushga tayyorlang. Midiya shohlarini, ularning hokimu a’yonlarini, Ularning qo‘li ostidagi hamma yurtlarni Bobilga qarshi safarbar qiling.
29 Butun dunyo dag‘–dag‘ titramoqda, Zero, Egamiz O‘z rejasini amalga oshirmoqda. Bobil vayron bo‘ladi, Evoh, kimsasiz huvullab qoladi.
30 Bobil sipohlari jangdan voz kechishadi, Qal’alarida pisib yotishadi. Ularning madori qolmaydi, Ayollarday zaif bo‘lib qolishadi. Bobilning dushmani shahar binolariga o‘t qo‘yadi, Shahar darvozalarini buzadi.
31 Chopar ketidan chopar yugurar, Xabarchi ketidan xabarchi kelar. Bobil shohiga shunday xabar yetkazmoqchi ular: “Shahringiz quladi,
32 Daryoning kechuv joylari qo‘lga olindi, To‘qaylarga o‘t qo‘yildi, Sipohlar sarosimaga tushdi.”
33 Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Qiz Bobil xirmondagi bug‘doyga o‘xshaydi. Tez orada o‘rim vaqti yetib keladi, Hademay u yanchiladi.”
34 Quddus aholisi shunday dedi: “Bobil shohi Navuxadnazar bizni g‘ajidi, ezdi, Bizni bo‘m–bo‘sh idishday qilib qo‘ydi. U ajdahoday bizni yamladi, Lazzatlarimiz bilan qornini to‘yg‘izdi, Keyin esa bizni tupurib tashladi.”
35 Quddus aholisi aytsin: “Majaqlangan tanam uchun Bobildan o‘ch olinsin”, deya. Sion aholisi aytsin: “To‘kilgan qonim uchun Bobilliklar jazolansin”, deya.
36 Egamiz shunday demoqda: “Men da’voingizni eshitib, Sizni himoya qilaman. Sizlar uchun o‘ch olaman. Bobilning bulog‘ini quritaman, Daryolarini suvsiz qoldiraman.
37 Bobilni bir uyum toshga aylantiraman, Chiyabo‘rilarning makoni qilaman. Bobilning ahvolidan odamlar dahshatga tushadi, Uni ko‘rganlar qotib qoladi. U yerda biron kimsa yashamaydi.
38 Bobilliklar sher kabi o‘kirishadi, Sher bolalariday bo‘kirishadi.
39 Ayni qizishgan paytlarida Ularga o‘tkir ichimlikdan ichiraman. Ularni mastu shodon qilaman. So‘ng ular abadiy uyquga ketishadi, Hech qachon uyg‘onishmaydi.” Egamizning kalomi shudir.
40 “Men ularni qo‘zichoq, qo‘chqor va takalarday Qassob oldiga olib boraman.”
41 Eha, Bobil shahri quladi–ya! Butun dunyo g‘ururi mag‘lub bo‘ldi–ya! Uning qismatidan xalqlar dahshatga tushdi!
42 Dengiz suvlari Bobilni bosdi, Shovqin to‘lqinlar uni qoplab oldi.
43 Ana, shaharlari xarob bo‘ldi, Ular cho‘lu sahroga aylandi. Endi u yerda hech kim yashamaydi, Inson qadami u yerga yetib bormaydi.
44 Bobil xudosi Belni Men jazolayman, Yutganlarini og‘zidan chiqaraman. Endi xalqlar uning oldiga oqib bormaydi, Bobil devorlari qulab tushadi.
45 Ey xalqim, chiqib ket u yerdan! Qochib qol Egangning qahridan! Joningni qutqargin!
46 Yurtdagi mish–mishlar sizni qo‘rqitmasin, Yuragingizga g‘ulg‘ula solmasin. Bir yil bir mish–mish bo‘ladi, Keyingi yili boshqasi chiqadi. Ha, yurtdagi zo‘ravonlik haqida mish–mish chiqadi, Shohlar orasidagi urush haqida mish–mish tarqaladi.
47 Mana, shunday kun kelyaptiki, Men Bobilning soxta xudolarini jazolayman. Butun Bobil yurti sharmanda bo‘ladi, Ko‘chalarida jasadlar yotadi.
48 Ha, Bobilga qarshi shimoldan Qirg‘in keltiruvchi keladi. Shunda Bobilning halokatidan Yeru osmon shodlanadi, U yerdagi barcha mavjudot xursand bo‘ladi”, deb aytmoqda Egamiz.
49 “Axir, Bobil Isroil xalqining umriga zomin bo‘ldi, Yer yuzidagi ko‘p xalqlarning boshini yedi, Ana endi uning qilmishlari o‘zining boshiga yetdi.
50 Ey, qilichdan omon qolganlar! Qochinglar, o‘ylanmanglar! Olis yurtda Egangizni eslanglar. Quddus haqida o‘ylanglar.
51 Sizlar aytasiz: “Sharmanda bo‘ldik. Haqoratlar eshitdik. Yuzimiz shuvut. Axir, Egamiz uyining muqaddas xonalarini Ajnabiylar oyoq osti qildi.”
52 Egamiz esa shunday demoqda: “Mana, shunday kunlar kelyaptiki, Men Bobilning soxta xudolarini jazolayman. Butun yurt uzra Yaradorlarning faryodlari eshitiladi.
53 Bobil osmonga chiqib olsa ham, Baland qal’asini mustahkam qilsa ham, Men unga qarshi qirg‘in keltiruvchini yuboraman.” Egamizning kalomi shudir.
54 Egamiz shunday demoqda: “Ana, Bobil xalqidan dodu faryod ko‘tarilmoqda, Bobil yurtidan vayron–talqon sadolari kelmoqda.”
55 Egamiz Bobilni vayron qiladi, Shang‘illagan tovushini o‘chiradi. Dushmanlar shiddatli to‘lqinlarday o‘kiradi, Quloq teshgudek qilib baqiradi.
56 Qirg‘in keltiruvchi Bobilga qarshi chiqadi, Sipohlarini asirlikka oladi. Kamonlarini sindiradi. Axir, Egamiz jazolaydigan Xudodir, U rosa Bobilning jazosini beradi.
57 Xudo Shohdir, Sarvari Olamdir Uning nomi. U shunday demoqda: “Mast qilaman Bobil amaldorlariyu donishmandlarini, Hokimlarini, a’yonlariyu jangchilarini. Ular abadiy uyquga ketadilar, Hech qachon uyg‘onmaydilar.”
58 Sarvari Olam shunday demoqda: “Bobilning qalin devorlari yer bilan yakson qilinadi, Baland darvozalari yondirib tashlanadi. Ellar behuda tinkasini quritadi. Xalqlarning ter to‘kib erishganlari olovga yem bo‘ladi.”
59 Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining to‘rtinchi yili. Shoh Zidqiyo Bobilga bormoqchi bo‘lib yo‘lga otlanganda, Yeremiyo payg‘ambar Neriyoning o‘g‘li, Maxsiyoning nevarasi Sarayoga ko‘rsatmalar berdi. Sarayo bu safarda javobgar bir shaxs edi.
60 Yeremiyo o‘rama qog‘ozga Bobilning boshiga tushadigan barcha kulfatlarni batafsil bayon qilib yozdirgan edi.
61 U Sarayoga shunday tayinladi: “Bobilga borganingdan keyin, o‘rama qog‘ozdagi hamma so‘zlarni xalqqa baland ovozda o‘qib ber.
62 Keyin esa shunday xitob qil: “Ey Egam, Sen O‘zing bu joyni vayron qilaman, degansan. Bu yerda na odamlar, na hayvonlar yashaydi, bu joy to abad tashlandiq bo‘ladi, deb aytgansan.”
63 O‘rama qog‘ozni o‘qib bo‘lganingdan keyin, unga bir tosh bog‘lagin–da, Furot daryosining o‘rtasiga uloqtirib yubor.
64 Keyin shunday deb ayt: “Bobil ham shunga o‘xshab cho‘kib ketadi. Egamiz Bobilga yog‘diradigan kulfatlar tufayli Bobil hech qachon o‘nglanmaydi. Uning butun aholisi o‘ladi.” Yeremiyoning bashoratlari tugadi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак