Yeremiyo 49 bob

1 Egamiz Ommon xalqini hukm qiladi. 7 Edom xalqi hukm qilinadi. 23 Damashq hukm qilinadi. 28 Kedar va Xazor hukm qilinadi. 34 Elam hukm qilinadi.

1 EgamizOmmon xalqi to‘g‘risida shunday dedi: “Isroil tirnoqqa zormidi?! Uning merosxo‘ri yo‘qmidi?! Nimaga unda Mo‘laxga topinadiganlar Gad hududini egallab olishdi? Nimaga Ommon xalqi Gad shaharlarida yashayapti?”
2 Egamiz demoqda: “Bu qilmishlari uchun shunday kunlar keladiki, Men Ommonliklarning Rabba shahriga qarshi jang e’lon qilaman. Rabba shahrini vayronalar uyumiga aylantiraman, Atrofdagi qishloqlariga o‘t qo‘yaman. Shunda Isroil xalqi bosqinchilarining yerlarini bosib oladi.” Egamizning kalomi shudir.
3 Dod sol, ey Xashbon! Ay shahri vayron bo‘ldi! Ey Rabba aholisi, faryod qiling! Qanorga o‘ranib, marsiya ayting, Sarosimaga tushib badaningizni tiling. Axir, xudoyingiz Mo‘lax surgun qilinadi, Ruhoniylaru a’yonlaringiz asirga olib ketiladi.
4 Ey isyonkor qiz Ommon, Nechun kuching bilan maqtanasan? Sening kuching qirqiladi! Sen boyligingga ishonasan, “Bizga hujum qilishga kim jur’at etar?”, deysan.
5 Sarvari Olam — Rabbiy shunday demoqda: “Men O‘zim senga har tomondan dahshat solaman. Hammangiz tumtaraqay bo‘lib qochasizlar, Qochoqlaringizni hech kim to‘play olmaydi.
6 Ammo shundan so‘ng Men Ommon xalqini yana farovonlikka erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir.
7 Sarvari Olam Edom haqida shunday dedi: Temonda farosatli kishi qolmadimi? Oqilona nasihat beradigan topilmadimi? Aqllarini mog‘or bosdimi?
8 Ey Dedonliklar, qochinglar, Chuqur g‘orlarda bekinib olinglar! Vaqt keldi Esov naslini jazolashga, Falokat keltiraman uning boshiga.
9 Bog‘ingizda uzum tergan odamlar Bir–ikki bosh uzum qoldiradi–ku! Kechasi uyga tushgan o‘g‘ri Faqat xohlagan narsasini oladi–ku!
10 Men esa Esovning bor–yo‘g‘ini tortib olaman, Uning pana joylarini oshkor qilaman, U hech qayerga yashirina olmaydi. Uning bolalari halok bo‘ladi, Og‘a–ini, qo‘shnilari o‘ladi. Undan asar ham qolmaydi.
11 Yetimlaringizni qoldiring, Ularning jonini asrayman. Bevalaringiz Menga inonib yashasin.
12 Egamiz shunday demoqda: “Aybsiz odamlar jabr tortsa–yu, sen, ey Edom, jazosiz qolasanmi?! Yo‘q, sen jazodan qochib qutulolmaysan. Jazo kosasidan albatta ichasan.
13 O‘z nomim bilan qasam ichib aytamanki, Bozrax shahri vayron bo‘ladi. Uning ayanchli ahvoli odamlarni vahimaga soladi. O‘tgan–ketganlar uni mazax qilib, nomini qarg‘ishlarda ishlatadi. Yon– atrofidagi hamma shaharlar ham to abad tashlandiq bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
14 Men, Yeremiyo, Egamizdan bir xabar oldim, Jarchi bu xabarni xalqlarga e’lon qildi: “To‘planing! Shaharga hujum qiling, Qani, jangga otlaning!
15 Ey Edom, seni xalqlar orasida arzimas qilib qo‘yaman, Butun odamzod sendan hazar qiladigan bo‘ladi.
16 Vajohating seni aldadi, Takabburliging seni ahmoq qildi. Sen–ku tik qoyada yashaysan, Azim cho‘qqilarni egallagansan. Burgut kabi iningni baland qurgan bo‘lsang ham, Seni u yerdan tortib tushiraman.” Egamizning kalomi shudir.
17 Edomning boshiga tushadigan kulfatlar shu qadar dahshatli bo‘ladiki, bu yurtning oldidan o‘tgan har bir kishi vahimaga tushib, qotib qoladi.
18 Sado‘m, G‘amo‘ra va atrofdagi shaharlar qanday vayron bo‘lgan bo‘lsa, Edom ham xuddi shunday vayron bo‘ladi. U yerda hech kim yashamaydi.
19 Men Iordan chakalakzoridagi arslonday yaylovdagi qo‘ylarga hujum qilaman. Bir zumda Edom xalqini o‘z yurtidan haydab chiqaraman. O‘zim xohlagan insonni u yerga bosh qilaman. Axir, kim Menga teng kela oladi?! Kim Mendan hisobot so‘ray oladi?! Qaysi cho‘pon Menga qarshi tura oladi?!
20 Shunday ekan, Edom xalqiga qarshi tuzgan rejalarimni eshitib qo‘ying. Temon aholisiga qilgan niyatlarimga quloq tuting: Yirtqichlar suruvdagi qo‘zichoqlarni sudrab ketadi. Qilmishlari tufayli yam–yashil yaylovlari payhon bo‘ladi.
21 Edom gursullab qulaganda, yer yuzi larzaga keladi. Xalqning dodu voylari Qizil dengizgacha eshitiladi.
22 Qaranglar! Dushman burgutday Bozraxga hujum qilmoqda. Qanot kerib shahar uzra parvoz etmoqda. O‘sha kuni Edom lashkarlari dard tutgan ayol kabi vahimaga tushadi.
23 Quyidagi xabar Damashq haqidadir: Xomat bilan Arpad ahli shum xabar eshitishadi, Shuning uchun ular sarosimaga tushadi. Yuragiga tushgan g‘ulg‘ula bosilmaydi, Jo‘shqin dengiz kabi tinchlanmaydi.
24 Damashq madorsiz qoladi, Orqaga qochmoqchi bo‘ladi, Butun vujudini vahima qamrab oladi. Dard tutgan ayolday azobu qiynoqda qoladi.
25 Evoh, mashhur shahar tark etiladi! Quvonch makoni tashlab ketiladi!
26 O‘sha kuni yigitlari maydonlarda o‘ladi, Hamma sipohlari halok bo‘ladi.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
27 “Men Damashq devorlariga o‘t qo‘yaman, Olov Banhadad qal’alarini yondirib tashlaydi.”
28 Bobil shohi Navuxadnazar mag‘lub qilgan Kedar va Xazor shohliklari haqida Egamiz shunday deydi: “Qani bo‘ling, Kedarga hujum qiling! O‘sha sharq qabilalarini halok eting!
29 Qo‘lga kiriting chodirlariyu qo‘ylarini, Pardalariyu bor bisotini. Tuyalarini o‘zingizga oling.“ Odamlar baqiradi: “Atrofni dahshat qamradi!”
30 Egamiz shunday demoqda: “Ey Xazor aholisi! Qoching! Uzoqlarga bosh olib keting. Chuqur g‘orlarda yashirinib oling. Zero, Bobil shohi Navuxadnazar Sizlarga qarshi bir reja tuzdi, Sizlarni halok etish niyatida yuribdi.”
31 Egamiz shunday demoqda: “Ey Bobil lashkarlari, Qani, xotirjam bo‘lgan xalqqa hujum qilinglar! Bexatar yashayotganlarga tashlaninglar! Ular sahroda yolg‘iz yashaydilar, Shaharlarining na darvozalari, na tambalari bor.
32 Ularning tuyalarini o‘lja olasiz, Mol podalarini qo‘lga kiritasiz. Sochini oldirib yurgan Xazorliklarni Men to‘rt tomonga tarqatib yuboraman. Ularning ustiga har yoqdan kulfat yog‘diraman.” Egamizning kalomi shudir.
33 Xazor to abad tashlandiq bo‘lib qoladi, Chiyabo‘rilar makoniga aylanadi. U yerda hech kim yashamaydi, U joylarga hech kim borib o‘rnashmaydi.
34 Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining boshida Egamiz Yeremiyo payg‘ambarga Elam yurti to‘g‘risida O‘z so‘zini ayon qildi.
35 Sarvari Olam demoqda: “Men Elam merganlarini nobud qilaman. Qudratining manbaini sindiraman.
36 Ular ustiga to‘rt tomondan dushman solaman. Hammasini yer yuzining to‘rt tomoniga tarqatib yuboraman. Elamliklar qochib bormagan biron bir yurt qolmaydi.”
37 Egamiz demoqda: “Men Elamni qasdi bor dushmanlari qarshisida sarosimaga solaman. Qaynagan g‘azabimni ustilariga kulfat qilib yog‘diraman. Ortidan qilich solib, hammasini bitta qoldirmay qirib tashlayman.
38 Ularning shohini a’yonlari bilan birga yo‘q qilaman. Elamda O‘z taxtimni o‘rnataman.
39 Ammo keyinchalik Men Elam xalqini yana farovonlikka erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак