Yeremiyo 4 bob

1 Tavbaga undov. 5 Yahudo xalqiga keladigan falokatlar. 13 Yahudo dushmanlar qurshovida. 19 Yeremiyo o‘z xalqi uchun qayg‘uradi. 23 Kelayotgan kulfat haqidagi vahiy.

1 Egamiz shunday demoqda: “Ey Isroil, qani endi qaytsang, Qani endi, Menga qaytib kelsang! Huzurimdan jirkanch butlaringni uloqtirib tashlasang, Qani endi, Mening yo‘limdan ozmay yursang.
2 Qani endi, haqiqat, adolat va to‘g‘rilik ila “Egamiz shohid!” deya qasam ichsang. Shunda xalqlar Men orqali baraka topadi, Ular Men bilan faxrlanadi.”
3 Egamiz Yahudo xalqiga va Quddus aholisiga shunday deb aytmoqda: “Yeringizni shudgor qiling, Tikanlar orasiga urug‘ sepmang.
4 Ey Yahudo xalqi va Quddus aholisi, O‘zingizni Men, Egangizga, bag‘ishlang, Yuragingizni sunnat qiling. Aks holda, yovuz qilmishingiz uchun G‘azabimni ustingizga olovday yog‘diraman, Olovni hech kim o‘chira olmaydi.
5 Yahudoda e’lon qiling, Quddusda jar soling. Butun yurt bo‘ylab burg‘u chalinsin, Baland ovozda hayqiring: “To‘planinglar! Mustahkam shaharlarga qochaylik!”
6 Quddusga qochib kelish uchun ishora bering, Imillamay, tezroq qoching! Men shimoldan kulfat keltirmoqdaman, Dahshatli halokat olib kelmoqdaman.
7 Ana, xalqlarni halok etuvchi yo‘lga tushdi, U sher kabi chakalakzordan chiqdi. Yurtingizni xarob qilgani uyasini tark etdi. Evoh, endi shaharlaringiz vayron bo‘ladi, Hammasi huvullab qoladi.
8 Marsiya aytib, faryod qilinglar, Qanorga o‘ranib olinglar. Axir, Egamizning alangali g‘azabi Bizni chetlab o‘tmadi.
9 Egamiz shunday demoqda: “O‘sha kuni shoh bilan a’yonlarning yuragi orqaga tortib ketadi. Ruhoniylar bilan payg‘ambarlar dahshatga tushadi.”
10 Shunda men dedim: “Yo, Egam Rabbiy, Sen Quddus aholisini yomon laqillatding! Qilich ularning bo‘g‘zida turgan bir paytda, Sen ularga tinchlik va’da qilding.”
11 O‘sha payt kelganda Egamiz Quddus aholisiga shunday deb aytadi: “Sahrodagi yalang qirlardan chiqqan garmsel xalqim tomon esmoqda. U donni xashakdan tozalaydigan mayin shabada emas,
12 balki Men yuborgan kuchli bir garmseldir. Men sizlarga qarshi O‘z hukmimni e’lon qilmoqdaman.”
13 Qarang! Dushman bulutday ko‘tarilmoqda. Ularning jang aravalari quyun kabidir, Otlari burgutdan ham chaqqondir. Evoh, sho‘rimiz qurisin! Xonavayron bo‘ldik!
14 “Ey Quddus, najot topishing uchun yuragingni pokla. Qachongacha yuragingda yovuz niyat saqlaysan?!
15 Ana, Dan shahridan xabarchining ovozi eshitilmoqda, Efrayim qirlaridan bir shum xabar kelmoqda.
16 Xalqlarga buni aytinglar, Quddusda shunday e’lon qilinglar: “Olis yurtdan bosqinchilar kelmoqda, Ular Yahudo shaharlariga qarshi hayqirmoqda.
17 Bosqinchilar dala qo‘riqchilariga o‘xshab, Quddusni qurshab olishadi. Zotan Quddus ahli Menga qarshi bosh ko‘tardi”, demoqda Egamiz.
18 Tutgan yo‘lingizdan, qilgan qilmishingizdan Bu kulfat boshingizga keldi–ku! Jazoingiz shudir. Oh, naqadar achchiq bo‘lmasa bu kulfat! Naqadar yurakni ezadi–ya!”
19 Voy jonim, adoyi tamom bo‘ldim! Voy yuragim! Qinidan chiqquday bo‘lyapti! Sukut saqlab tura olmayman, Eshityapman burg‘u sadolarini, Eshityapman urushga da’vatlarni.
20 Kulfat ketidan kulfat keldi, Butun yurt xonavayron bo‘ldi. Bir zumda chodirlarim buzilib ketdi, Chodirimning pardalari yo‘q bo‘ldi.
21 Qachongacha yov bayrog‘i ko‘zim oldida hilpirab turaveradi?! Qachongacha burg‘u ovozi qulog‘imga chalinaveradi?!
22 Egamiz shunday javob berdi: “Axir, Mening xalqim befarosat, Ular Meni tanishmaydi. Ular nodon, aqlsiz farzandlardir. Yomonlik qilishga usta, Yaxshilik qilish esa qo‘llaridan kelmaydi.”
23 Men yerga qaradim, yer ayqash–uyqash edi, Ko‘zimni osmonga tikdim, osmonda nur ko‘rinmasdi.
24 Tog‘larga qaradim, tog‘lar silkinayotgan edi, Hamma qirlar larzaga kelgan edi.
25 Qaradim, ammo inson zoti ko‘rinmadi, Hatto ko‘kdagi qushlar ham uchib ketgan edi.
26 Qaradim, hosildor yerlar cho‘lga aylangan edi, Hamma shaharlar vayron bo‘lgan edi. Bunga sabab Egamizning qattiq qahri edi.
27 Zero, Egamiz shunday degan edi: “Butun yurt vayron bo‘ladi, Lekin yurtni butunlay yo‘q qilib yubormayman.
28 Butun dunyo aza tutadi, Osmon ham qop–qora bo‘lib ketadi. Buni Men aytdim, shaxtimdan qaytmayman. Qaror qildim, qarorimni o‘zgartirmayman.”
29 Otliq va kamonchilar hayqirig‘idan Har bir shahar aholisi qochib qoladi. Ular chakalakzorlar oralab yugurishadi, Qoyalarga chiqib, oralariga yashirinib olishadi. Hamma shaharlar huvullab qoladi, U yerlarda yashaydigan odam bo‘lmaydi.
30 Sen esa, ey xarobazorga aylangan shahar, Nega ustingga qirmizi libos kiyib olding, Oltin taqinchoqlar bilan bezanding? Nega ko‘zlaringni bo‘yab olding? Bekorga bezanib olibsan! O‘ynashlaring sendan nafratlanadi, Joningga qasd qilmoqchi ular.
31 Ana, kimdir to‘lg‘oq tutgan ayolday baqirmoqda, Kimdir ilk bor tug‘ayotgan ayolday ingramoqda. Qiz Quddus entikib qichqirmoqda, Qo‘llarini cho‘zib shunday demoqda: “Sho‘rim qurisin! Qotillarim oldida madorim qolmadi.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак