Yeremiyo 6 bob

1 Quddus dushmanlar qurshovida. 10 Isyonkor Isroil. 16 Isroil Xudoning yo‘lini tark etadi. 22 Shimoldan bosqinchilar keladi.

1 Ey Benyamin nasli, Joningizni qutqaringlar! Quddusdan qochib chiqinglar! Taxuva shahrida burg‘u chalinglar! Bayt–Xakerem shahrida olov yoqib, belgi ko‘rsatinglar. Ana, shimoldan bir falokat kelyapti, Dahshatli bir halokat yaqinlashyapti.
2 Qiz Quddus go‘zal va latofatlidir, Ammo Men uni yo‘q qilib tashlayman.
3 Shahar atrofiga joylashib olgan cho‘ponlarday, Dushmanlar Quddusni qamal qiladi. Har biri o‘z lashkari uchun joy tanlaydi.
4 Ular shunday deb aytishadi: “Quddusga qarshi jangga tayyorlaninglar! Bo‘la qolinglar, kunduz kuni ularga hujum qilamiz! Sho‘rimiz qurisin! Kun ham botyapti, Oqshom soyalari bo‘y cho‘zib qoldi.
5 Endi tunda hujum qilamiz, Shahardagi qal’alarni vayron etamiz!”
6 Sarvari Olam dushman lashkariga shunday demoqda: “Daraxtlarini kesib tashlanglar, Quddus devoriga qiyalatib tuproq uyinglar. Bu shahar jazolanishi kerak, Shahar zo‘ravonlikka to‘lib–toshgan.
7 Buloqdan suv qaynab chiqqani singari, Quddusdan qabihliklar qaynab chiqyapti. Zo‘ravonligu buzg‘unchilik sadolari eshitilyapti. U yerda ko‘rganim xastaligu yaralar.
8 Ey Quddus, esingni yig‘ib olgin, Yo‘qsa Men sendan yuz o‘giraman. Seni tashlandiq bir joyga aylantiraman, Yurtingni huvullatib qo‘yaman.
9 Dushmanlaringga aytaman, Ular seni ship–shiydam qiladilar, Bir shingil uzumi qolmagan tokka o‘xshatib qo‘yadilar.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
10 Ey Egam! Kimga gapiray, kimni ogohlantiray?! Kim mening gaplarimga quloq soladi?! Qara, ularning quloqlari yopiq, Ular hech narsani eshitmaydi. Sening so‘zingdan ular xafa bo‘ladi, Uni eshitishni xush ko‘rmaydi.
11 Ammo ichim Sening g‘azabingga to‘lgan edi, Jahlimni tiyishdan charchadim. Egamiz menga shunday dedi: “G‘azabimni ko‘chadagi bolalarga sochgin, To‘dalashib turgan yigitlarga sochgin. G‘azabim erkagu ayollarga tushadi, Munkillagan qariyalar ham undan qochib qutulmaydi.
12 Uylari, dalalari va xotinlari Boshqa birovlarga beriladi. Men bu yurt aholisiga qarshi qo‘l ko‘taraman.” Egamizning kalomi shudir.
13 “Ular kichkinasidan tortib kattasigacha, Nafsini tiyolmay harom yo‘l bilan pul topishadi. Payg‘ambardan tortib ruhoniygacha — Hammasi tovlamachilik qilishadi.
14 Xalqimning yaralarini yuzaki davolashadi. Ahvol og‘ir bir paytda “hammasi yaxshi”, deb aytishadi.
15 Jirkanch ishlari uchun uyaladilarmi? Yo‘q, uyalmaydilar! Qizarish degan narsani bilmaydilar. Shuning uchun boshqalarday halok bo‘ladilar, Ularni jazolab, xonavayron qilaman”, deb aytmoqda Egamiz.
16 Egamiz O‘z xalqiga shunday deb aytmoqda: “Chorrahalarda turib qarang, Qadimgi yo‘llar haqida so‘rang, Yaxshi yo‘l qayerda ekanligini bilib oling. O‘sha yo‘ldan yuring, Shunda ko‘nglingiz taskin topadi.” Ammo ular: “Yo‘q, u yo‘ldan yurmaymiz”, dedilar.
17 Egamiz qo‘riqchilarni qo‘yib, ularga: “Burg‘uning jangovar sadolariga quloq solinglar”, deb tayinladi. Ular esa “Quloq solmaymiz”, deb aytdilar.
18 “Shuning uchun, ey xalqlar, eshiting! Xalqim ne holga tushishini bilib oling.
19 Ey zamin, quloq sol! Men bu xalqning boshiga kulfat keltiraman, Yomon niyatlarining oqibatidir shudir. Zotan ular so‘zlarimga kirmadilar, Qonunlarimni rad etdilar.
20 Shava yurtidan keltirilgan ziravorlarni nima qilaman?! Olis yurtdan olib kelingan xushbo‘y qamishni nimaga ishlataman?! Kuydiriladigan nazrlaringizni Men qabul qilmayman, Qurbonliklaringizdan xushnud bo‘lmayman.”
21 Shu sababdan Egamiz demoqda: “Men bu xalqqa to‘g‘onoq solaman, Otalar farzandlari bilan birga qoqilib tushadilar, Qo‘shnilar yor–birodarlari bilan birga halok bo‘ladilar.”
22 Egamiz shunday demoqda: “Ana, shimoldagi yurtdan odamlar kelmoqda, Dunyoning chetidan buyuk bir xalq qo‘zg‘almoqda.
23 Kamonu nayzalar bilan qurollangandir ular, Shafqat qilmaydigan zolimdir u odamlar. Ular otlarini yeldiradi, To‘lqinlangan dengizday guvullab keladi. Ey qiz Quddus, ular qarshingda saf tortadilar, Jang qilishga shay bo‘lib turadilar.”
24 “Ular haqidagi bu xabarni eshitdik, Madorimiz qolmadi. Azobu iztirob chekdik Dard tutgan ayol kabi.
25 Dalalarga bormanglar, Ko‘chalarda yurmanglar! Dushman qilichini tutgan. Atrofni dahshat qamragan.”
26 Ey xalqim, qizalog‘im! Qanorga o‘ranib, kulga belangin. Yolg‘iz farzand uchun aza tutgandek, Achchiq–achchiq yig‘lagin. Ana, halok etuvchi kelyapti, U to‘satdan senga hujum qiladi.
27 Ey Yeremiyo, xalqimni tekshirgin, Temirni sinaganday ularni sinagin, Tutgan yo‘llarini bilib olgin.
28 Ularning hammasi o‘jar va beboshdir, Birovlarga tuhmat qilib yuradilar. Bag‘rlari mis va temir kabi qattiq, Hammasi buzg‘unchilik qiladilar.
29 Ana, bosqonga to‘xtovsiz dam berilmoqda, O‘choqdagi olov lovullab yonmoqda. Ammo bunday olov ham ularni tozalay olmadi, Ular fosiqligicha qoldi.
30 Ularni “sifatsiz kumush”, deb ataydilar, Axir, Egamiz ularni rad etdi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак