Yeremiyo 38 bob

1 Yeremiyoni sardobaga tashlashadi. 14 Zidqiyo Yeremiyoga maslahat soladi.

1 Matton o‘g‘li Shafatiyo, Pashxur o‘g‘li Gadaliyo, Shalamiyo o‘g‘li Yuxal va Malkiyo o‘g‘li Peshxur Yeremiyoning xalqqa aytgan shu so‘zlarini eshitgan edilar:
2 “Egamiz demoqda: Shaharda qolganlar qilichdan, qahatchilik va o‘latdan nobud bo‘ladilar. Bobilliklarning oldiga chiqqanlar esa tirik qoladilar. Bunday odamlar hech bo‘lmaganda o‘z jonlarini saqlab qoladilar.”
3 Ular yana Egamizning Yeremiyo orqali aytgan shu so‘zlarni ham eshitgan edilar: Egamiz demoqda: “Bobil shohining lashkarlari albatta bu shaharni taslim qilib, qo‘lga kiritadilar.”
4 A’yonlar shohga arz qilib: — Bu odamni yo‘q qilish kerak! — dedilar, — chunki u o‘zining bema’ni gaplari bilan shaharda qolgan jangchilaru odamlarning ruhini tushirmoqda. U xalqimizning foydasini emas, zararini ko‘zlamoqda.
5 — Juda soz, — dedi shoh, — u bilan xohlaganingizni qiling. Men sizlarga monelik qila olmayman.
6 A’yonlar Yeremiyoni ushlab, arqonlarga bog‘lab sardobaga tushirdilar. Soqchilar hovlisidagi bu suvsiz sardoba shahzoda Malkiyoga tegishli bo‘lib, sardobada balchiqdan boshqa hech narsa yo‘q edi. Yeremiyo balchiqqa botib qoldi.
7 Shoh saroyining amaldori Habashistonlik Obidmalek Yeremiyo sardobaga tashlanganligi haqida xabardor bo‘ldi. Shoh o‘sha paytda Benyamin darvozasidagi mahkamada edi.
8 Obidmalek saroydan chiqdi–da, shohning oldiga borib dedi:
9 — Shoh hazratlari, Yeremiyo payg‘ambarni sardobaga tashlagan odamlar qabihlik qilishibdi. Shaharda non qolmagan bo‘lsa, Yeremiyo u yerda ochlikdan o‘ladi–ku.
10 Shoh Habashistonlik Obidmalekka shunday amr qildi: — Bu yerdan o‘ttizta odamni olginda, borib Yeremiyoni sardobadan chiqarib ol. Tag‘in u yerda o‘lib qolmasin.
11 Obidmalek yoniga odamlarni olib, saroy xazinasining ostki qismida joylashgan xonaga kirdi. U yerdan eski–tuski kiyimlar va latta–putta topib, ularni arqonlarga bog‘lab, Yeremiyoga tushirdi.
12 So‘ng Yeremiyoga dedi: “Arqon tanangizga botmasligi uchun, lattalarni arqon bilan qo‘ltig‘ingiz orasiga qo‘ying.” Yeremiyo aytilganday qildi.
13 Odamlar Yeremiyoni arqonlar yordamida sardobadan chiqarib oldilar. Yeremiyo soqchilar hovlisida qoldi.
14 Shoh Zidqiyo Yeremiyo payg‘ambarni chaqirtirdi, uni Egamiz Ma’badining uchinchi kirishida kutib oldi. — Sendan bir narsa so‘ramoqchiman, — dedi shoh. — Mendan hech narsa yashira ko‘rma.
15 — Sizga haqiqatni aytsam meni o‘ldirishingiz aniq, — dedi Yeremiyo. — Sizga maslahat berganim bilan, baribir quloq solmaysiz.
16 Shoh Zidqiyo Yeremiyoga maxfiy ravishda ont ichib dedi: — Bizga hayot baxshida etgan Xudo shohid, men seni o‘ldirmayman. Joningga qasd qilayotgan odamlarning qo‘liga ham seni topshirmayman.
17 Shundan keyin Yeremiyo Zidqiyoga dedi: — Isroil xalqining Xudosi, Parvardigori Olam — Egamiz demoqda: Agar siz Bobil shohining a’yonlariga taslim bo‘lsangiz, o‘z joningizni saqlab qolasiz, bu shahar ham olovga yem bo‘lmaydi. Siz va butun xonadoningiz tirik qolasizlar.
18 Bordi–yu, Bobil shohining a’yonlariga taslim bo‘lmasangiz, Bobilliklar bu shaharni yengib, unga o‘t qo‘yadilar, o‘zingiz ham ularning qo‘lidan qochib qutulolmaysiz.
19 — Men Bobilliklar tomonga qochib o‘tgan yahudiylardan qo‘rqaman, — dedi shoh. — Bobilliklar meni ularning qo‘liga topshirishsa, ular meni xo‘rlashadi.
20 — Topshirishmaydi, — dedi Yeremiyo. — Aytganlarimni qilib, Egamizning so‘ziga itoat qilsangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi, joningizni saqlab qolasiz.
21 Bordi–yu, taslim bo‘lishdan bosh tortsangiz, Egamiz menga vahiy orqali ayon qilganlari bajo bo‘ladi:
22 Saroyingizda qolgan hamma ayollar Bobil shohining a’yonlari oldiga chiqariladi. O‘sha ayollar sizga shunday deyishadi: Ishongan do‘stlaringiz Sizni aldab, yengib ketishdi. Oyog‘ingiz loyga botganda, Ishongan do‘stlaringiz sizni tashlab ketishdi.
23 Sizning xotinu bola–chaqalaringiz Bobilliklarning oldiga chiqariladi. Siz o‘zingiz ham Bobilliklarning qo‘lidan qochib qutula olmaysiz. Bobil shohi sizni qo‘lga tushirib, shaharni yondirib yuboradi.”
24 — Suhbatimiz haqida hech kimga og‘iz ochma, aks holda o‘lasan, — dedi Zidqiyo Yeremiyoga.
25 — Bordi–yu, a’yonlar sen bilan gaplashganimni bilib qolib, senga: “Shoh bilan nimalar haqida gaplashding? Bizdan biron narsani yashirmay ayt, bo‘lmasa o‘lasan”, — deb aytishsa,
26 sen ularga: “Meni Yo‘natanning uyiga qaytarib yubormang, shohim, aks holda u yerda adoi tamom bo‘laman, deb iltijo qildim”, deya javob ber.
27 A’yonlar Yeremiyoning oldiga kelib, uni so‘roqqa tutishdi. Yeremiyo shoh buyurgan gaplarni aytib, javob berdi. Shundan keyin a’yonlar unga boshqa savol bermadilar, chunki shoh bilan Yeremiyo orasida bo‘lgan suhbatni hech kim eshitmagan edi.
28 Yeremiyo Quddus qulagan kunga qadar soqchilar hovlisida qoldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18