Yeremiyo 31 bob

1 Isroil xalqi ona yurtiga qaytib keladi. 15 Egamizning Isroilga bo‘lgan mehr– shafqati. 23 Xudo xalqining yorqin kelajagi.

1 Egamiz shunday demoqda: “O‘sha vaqtda Men hamma Isroil qabilalarining Xudosi bo‘laman, ular esa Mening xalqim bo‘ladi.”
2 Egamiz shunday demoqda: “Qirg‘indan omon qolgan Isroil xalqi Orom izlab safarga chiqqanda, Sahroda inoyat topdi.
3 Men qadimda Isroilga zohir bo‘lib, shunday degan edim: Seni mangu sevgi bilan sevdim, Senga sodiq bo‘lib keldim.
4 Ey bokira qiz Isroil, Men seni qaytadan bunyod etaman. Sen qayta bino bo‘lasan. Sen yana childirmalaringni chalasan, Quvonch ila raqsga tushasan.
5 Samariya qirlarida yana uzumzorlar barpo qilasan. Tok ekkan dehqonlar o‘z hosilidan yeydilar.
6 Shunday kunlar keladiki, Soqchilar Efrayim qirlarida jar soladilar: “Kelinglar, Egamiz Xudoning oldiga boraylik! Kelinglar, Quddusga chiqaylik!”
7 Egamiz shunday demoqda: “Yoqub nasli uchun sevinch ila qo‘shiq ayting, Ha, xalqlar sardori uchun Xudoni madh qiling. Xudoga hamdu sanolar o‘qing, Unga yolvorib ayting: “Ey Egamiz, O‘z xalqingni xalos qilgin! Isroilning omon qolganlarini qutqargin!”
8 Men ularni shimoldan olib kelaman, Dunyoning to‘rt burchagidan yig‘ib olaman. Oralarida ko‘ru cho‘loqlar bo‘ladi, Homilador ayollaru to‘lg‘oq tutayotganlar bo‘ladi. Katta bir jamoa bo‘lib, bu yerga qaytib kelishadi.
9 Ular yo‘l yurib, ko‘z yosh to‘kishadi, Ularni boshlab kelayotganimda iltijo qilishadi. Men ularni suv buloqlari bo‘ylab yetaklayman, Qoqilmasin deb, tekis yo‘ldan olib yuraman. Zotan, Men Isroilning otasidirman, Efrayim Mening to‘ng‘ich o‘g‘limdir.
10 Ey xalqlar, Egamizning so‘zini eshitinglar, Dengiz ortidagi yurtlarda shunday e’lon qilinglar: “Egamiz Isroil xalqini tarqatib yubordi, Ammo endi uni qayta yig‘ib oladi, Cho‘pon suruvini qo‘riqlaganday, Egamiz Isroilni qo‘riqlaydi.”
11 Zero, Yoqub naslini Egamiz ozod qildi, Ulardan kuchliroq bo‘lgan bir xalqdan bu naslni qutqardi.
12 Yoqub nasli Quddus qirlarida quvonch ila ashula aytadi, Egamiz bergan barakadan quvonadi. Bug‘doy, sharob va zaytun moyi tufayli, Suruvdagi qo‘zilaru podalardagi buzoqlar tufayli Ularning yuzidan nur sochiladi. Ular sug‘orilgan boqqa o‘xshaydigan bo‘ladi, Butunlay qayg‘uni unutib yuborishadi.
13 Qizlar xursand bo‘lib, raqsga tushadilar, Erkaklarning yoshu qarisi shod bo‘ladi. Men ularning qayg‘usini quvonchga aylantiraman, Hasrat o‘rniga taskin va shodlik beraman.
14 Ruhoniylarni a’lo sifatli ovqatlar bilan to‘yg‘izaman, Xalqimni barakalardan bahramand qilaman.” Egamizning kalomi shudir.
15 Egamiz shunday demoqda: “Rama shahridan bir nido eshitilur, Achchiq bir nolayu ohu fig‘on bu. Bolalari uchun yig‘lar Rohila, Ovunishni xohlamas, Axir, ular endi yo‘q.”
16 Egamiz shunday demoqda: “Bo‘ldi bas, yig‘lama, Ko‘z yoshlaringni to‘kma. Zero, mehnating taqdirlanadi, Farzandlaring dushman yurtidan qaytib keladi.
17 Kelajaging uchun umid bor, Bolalaring o‘z yurtiga qaytib keladi.” Egamizning kalomi shudir.
18 Efrayimning hasratini eshitdim: “Meni jazolading, o‘zimga saboq oldim. Men o‘jar bir buzoqqa o‘xshagan edim. Meni qaytar, oldingga qaytib boray, Axir, Egam Xudo Sensan.
19 Sendan yuz o‘girganimdan pushaymon bo‘ldim, Esim joyiga kelgach, ko‘ksimga urdim. Yoshlikda isnodga qolganim tufayli Sharmandayu sharmisor bo‘ldim.”
20 “Efrayim — Mening aziz o‘g‘lonim, Suyukli farzandimdir u! Unga qarshi ko‘p gapirganim bilan, Xayolimdan uni ketkizmayman. Unga ich–ichimdan achinib ketdim, Albatta unga rahm qilaman.” Egamizning kalomi shudir.
21 Ey bokira qiz Isroil, O‘zing uchun yo‘l belgilarini qo‘y, Yo‘nalish ustunlarini o‘rnat. Kelgan yo‘lingni aniqlab ol. Qayt, o‘z shaharlaringga qayt.
22 Ey vafosiz qiz, Qachongacha ikkilanasan?! Egamiz dunyoda yangi bir narsa yaratadi: Isroil O‘z Xudosiga chirmashib oladi.
23 Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman. Shunda Yahudo yurtidagi va barcha shaharlaridagi odamlar Quddusni shunday duo qiladigan bo‘lishadi: ‘Ey muqaddas tog‘, Solihlik makoni, Egamiz senga baraka bersin!’
24 Odamlar Yahudo yurtida va uning hamma shaharlarida yashaydilar. U yerda dehqonlar va qo‘ylarni boqadigan chorvadorlar bo‘ladi.
25 Men chanqaganlarning chanqog‘ini qondiraman, toliqqan jonga orom beraman.”
26 Shunda odamlar miriqib uxlab, kuchga to‘lib uyg‘onadilar.
27 Egamiz shunday demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Isroil va Yahudo yurtlarini odamlarga va hayvonlarga to‘ldiraman.
28 Ilgarilari Men bu xalqni qo‘porib, vayron qilgan bo‘lsam, ularni ag‘darib tashlab, yakson etgan bo‘lsam, boshlariga falokat keltirgan bo‘lsam, endi ularni qayta bunyod etib, mustahkam qilaman.” Egamizning kalomi shudir.
29 O‘shanda odamlar shunday deb aytmaydigan bo‘ladi: “Otalari achchiq uzum yeyishgan edi, Bolalarining esa tishi qamashdi.”
30 Aksincha, har bir odam qilgan gunohi uchun o‘zi o‘lim jazosini tortadi. Kim achchiq uzum yegan bo‘lsa, o‘shaning tishi qamashadi.”
31 Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Isroil va Yahudo xalqlari bilan yangi ahd tuzaman.
32 Bu yangi ahd Men ularning ota– bobolari bilan tuzgan ahdga o‘xshamaydigan bo‘ladi. Men ota–bobolarini qo‘lidan yetaklab, Misrdan olib chiqqanimda, ular bilan ahd tuzgan edim. Men ularga sodiq xo‘jayin edim, ammo ular o‘sha ahdimni buzishdi.”
33 Egamiz shunday demoqda: “Men kelajakda Isroil xalqi bilan tuzadigan ahd shunday bo‘ladi: Men qonunimni odamlarning ongiga solib qo‘yaman, qonunimni yuraklariga yozaman. Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim bo‘ladilar.
34 Shundan keyin odamlar bir–biriga: ‘Egamizni tanib–biling’, demaydigan bo‘lishadi. Chunki ularning hammasi — kattasidan tortib kichigigacha Meni biladigan bo‘ladi. Men ularning ayblarini kechiraman, gunohlarini hech qachon esga olmayman.” Egamizning kalomi shudir.
35 Kunni yoritsin, deya Egamiz quyosh ato qildi. Kechasi nur sochsin, deya oy va yulduzlarni yaratdi. U dengizni ko‘pirtirar, To‘lqinlarini o‘kirtirar, Uning nomi Sarvari Olamdir. U shunday demoqda:
36 “Agar tabiatdagi bu tartib buzilsa, Isroil nasli ham xalq sifatida yo‘q bo‘ladi.”
37 Egamiz shunday demoqda: “Osmonu falakni o‘lchab bo‘lmaganday, Zamin poydevorini tekshirib bo‘lmaganday, Men ham Isroil naslini tark etolmayman, Qilgan qilmishlari uchun ularni tashlab ketolmayman.” Egamizning kalomi shudir.
38 Egamiz shunday demoqda: “Shunday kunlar kelyaptiki, Quddus Men uchun qayta tiklanadi. Butun shahar Xanonil minorasidan tortib, to Burchak darvozasigacha qayta quriladi.
39 Shahar kengayadi, chegarasi g‘arbdagi Goriv tepaligigacha borib, Go‘ax tomon buriladi.
40 O‘liklar ko‘milgan, axlat tashlangan butun Xinnum soyligi va Qidron soyligining sharqidagi Ot darvozasigacha cho‘zilgan hamma dalalar Men uchun muqaddas bo‘ladi. Quddus shahri endi hech qachon vayron qilinmaydi, xarobaga aylanmaydi.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак