Yeremiyo 13 bob

1 Zig‘ir tolasidan to‘qilgan qiyiqcha. 12 Sharob meshlari. 15 Yeremiyo mag‘rurlik haqida ogohlantiradi.

1 Egamiz menga shunday dedi: “Bor, o‘zing uchun zig‘ir qiyiqcha sotib ol. Uni belingga bog‘la, ammo suvga tekkizma.”
2 Egamizning amriga binoan men qiyiqcha sotib olib, belimga bog‘lab oldim.
3 Keyin Egamiz menga shu so‘zini ayon qildi:
4 “Sotib olgan belingdagi qiyiqchani qo‘lingga olginu Poro anhorining bo‘yiga tush. Qiyqchani qoyaning yoriq joyiga yashirib qo‘y.”
5 Men Egamiz buyurganidek qildim. Qiyiqchani Poro anhorining bo‘yiga yashirib qo‘ydim.
6 Oradan ancha kun o‘tgandan so‘ng, Egamiz menga shunday dedi: “Qani, Poro anhorining bo‘yiga bor, Mening amrimga binoan u yerda yashirib qo‘ygan qiyiqchani olib kel.”
7 Shunda men borib, qiyiqchani o‘zim yashirib qo‘ygan joydan kovlab oldim. Ammo qiyiqcha chirib ketgan, hech narsaga yaramaydigan bo‘lib qolgan edi.
8 Shunda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi.
9 Egamiz shunday demoqda: “Men Yahudo xalqining mag‘rurligini va Quddus aholisining takabburligini qiyiqcha kabi chiritaman.
10 Bu fosiq xalq so‘zlarimni eshitishdan bosh tortdi, o‘jar yuragining xohishini bajardi. Begona xudolarga ergashdi, ularga xizmat qilib, sajda etdi. Ular o‘sha chirib ketgan qiyiqcha kabi, hech narsaga yaramaydigan bo‘ladilar.
11 Qiyiqcha odamning beliga yopishib turgani kabi, Men jamiki Isroil va Yahudo xalqlarini O‘zimga yaqin tutar edim: Ular Mening xalqim bo‘lishadi, Menga shon–shuhrat, olqishlar va sharaf keltirishadi, deb shunday qilgan edim. Ammo ular quloq solmadilar.” Egamizning kalomi shudir.
12 Isroil xalqining Xudosi — Egamiz menga shunday dedi: “Yeremiyo, xalqqa ayt: Sharob meshlari sharob bilan to‘ldirilishi kerak. Bordi– yu, ular senga: “Sharob meshlari sharob bilan to‘ldirilishi kerakligini o‘zimiz ham bilamiz”, deb aytishsa,
13 sen ularga shunday deb javob ber: “Egamiz demoqda: Men bu yurtdagi hamma odamlarni mast qilaman. Dovud taxtida o‘tirgan shohdan tortib, ruhoniylar, payg‘ambarlar va Quddusning butun aholisigacha — hammani mast qilaman.
14 Men ularni bir–birlariga, ota–onalarni bolalariga qarshi qilib qo‘yaman. Ularni ayamay yo‘q qilib tashlayman, ularga achinmayman, rahm– shafqat qilmayman.” Egamizning kalomi shudir.
15 Eshitinglar, quloq solinglar, Katta ketmanglar, Zotan, Egamiz gapirmoqda.
16 Xudo ustingizga zulmat yubormasdan oldin, Qorong‘i qirlarda qoqilmasingizdan oldin, Egangiz Xudoni ulug‘lang. Aks holda siz kutayotgan yorug‘likni U zulmatga aylantiradi, Uni tim qorong‘i qiladi.
17 Agar siz gaplarimga quloq solmasangiz, Mag‘rurligingiz uchun qalbim pinhon yig‘laydi. Men achchiq–achchiq ko‘z yosh to‘kaman, Axir, Egamizning qo‘ylari Asirlikka olib ketiladi.
18 Egamiz menga dedi: “Shohga va ona malikaga shunday degin: Taxtdan tushinglar, Axir, chiroyli tojingiz Boshingizdan tushib ketdi.
19 Nagav cho‘lidagi shaharlar berkitilgan, Darvozalarni ochadigan kimsa yo‘q. Yahudo xalqi asirlikka olib ketildi, Ha, butun xalq surgun qilindi.”
20 Ey Quddus, shimoldan kelayotganlarga bir qara! Qani sening chiroyli qo‘ylaring? Qani senga topshirilgan suruving?
21 Sen ittifoqdoshlaringga o‘zing ustozlik qilgan eding, Egamiz o‘shalarni boshingga chiqarganda, nima der ekansan? Shunda sen to‘lg‘oq tutgan ayolday bo‘lib qolasan–ku! Dard azobida qolib ketasan–ku!
22 “Nega bular boshimga tushdi?” dersan. Sen ko‘p gunoh qilding, Etaging ko‘tarildi, xo‘rlanding.
23 Habashistonlik terisining rangini o‘zgartira oladimi?! Qoplon terisidagi xollarini yo‘qota oladimi?! Shu singari sizlar ham yaxshilik qila olmaysizlar, Yomonlik qilishga odatlanib qolgansizlar!
24 Garmsel somonni to‘zg‘itganday, Egamiz ham sizlarni sochib tashlaydi.
25 Bu sizlarning qismatingizdir, Boshingizga yog‘iladigan kulfatingizdir. Sizlar Egamizni unutdingizlar, Soxta xudolarga inondingizlar.
26 Xudo ko‘ylagingiz etagini baland ko‘taradi, Sharmandangizni chiqaradi.
27 U ko‘rdi dalalarda, qirlarda Qilgan jirkanch ishlaringizni, Zino va shahvoniy qiyqiriqlaringizni. Ko‘rdi uyatsizlarcha qilgan fohishabozligingizni. Ey Quddus, holingga voy! Qachongacha bulg‘anib yurasan?!


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак