Yeremiyo 27 bob

1 Yeremiyo va ho‘kiz bo‘yinturug‘i.

1 Yo‘shiyo o‘g‘li Zidqiyo Yahudoda hukmronlik qilayotgan ilk davrida, Egamiz O‘z so‘zini Yeremiyoga ayon qildi.
2 Egamiz menga shunday dedi: “Yog‘ochdan bir bo‘yinturuq yasa, qayishlar yordamida uni gardaningga osib ol.
3 So‘ng esa Quddusga — shoh Zidqiyo huzuriga kelgan elchilar orqali Edom, Mo‘ab, Ommon, Tir va Sidon shohlariga xabar jo‘nat.
4 Ularga quyidagi xabarni yetkazishlarini buyur: Isroilning Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Shohlaringizga aytinglar,
5 bu dunyoni, yer yuzidagi odamzodu hayvonlarni Men O‘z qudratim va ajoyibotlarim bilan yaratganman. Shunday ekan, ularni xohlagan odamga beraman.
6 Ana shu yurtlarning barchasini Men Bobil shohi qulim Navuxadnazarga berdim. Hattoki yovvoyi hayvonlarni ham uning izmiga topshirdim, ular ham Navuxadnazarga xizmat qilishadi.
7 Navuxadnazarning shohligi qulaguncha hamma xalqlar unga, uning o‘g‘liyu nevarasiga xizmat qiladi. Keyin esa Navuxadnazarning o‘zi ham ko‘plab xalqlarga va buyuk shohlarga xizmat qilishga majbur bo‘ladi.
8 Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilmagan, unga bo‘yin bermagan har bir xalq va shohlikni Men urushga, qahatchiligu o‘latga giriftor etib, qirib tashlayman. O‘sha xalqni Navuxadnazar orqali butunlay yo‘q qilmagunimcha qo‘ymayman.” Egamizning kalomi shudir.
9 “Sizlar Bobil shohiga xizmat qilmaysizlar”, deya karomat qilayotgan payg‘ambarlaringizga, folbinlaringizga, tush ta’birchilariga, bashoratgo‘y odamlaringizga, sehrgarlaringizga ishonmanglar.
10 Ular sizlarga yolg‘on bashorat qilyaptilar. Agar ularga quloq solsangizlar, Men sizlarni bu yerdan chiqarib yuboraman. Uzoq yurtlarga surgun qilaman, oqibatda sizlar halok bo‘lasizlar.
11 Bobil shohining bo‘yinturug‘i ostida bo‘yin eggan, unga xizmat qilgan har bir xalqni esa Men o‘z yurtida qoldiraman. Ular o‘z joyida yashab, o‘z yeriga ishlov beradilar.” Egamizning kalomi shudir.
12 Men Yahudo shohi Zidqiyoni ham xuddi shunday deb ogohlantirdim: “Bobil shohiga bosh eging, uning o‘ziga ham, xalqiga ham xizmat qiling, shunda joningizni saqlab qolgan bo‘lasiz.
13 Egamiz: “Bobil shohiga xizmat qilmagan har bir xalq urush, qahatchilik va o‘latdan nobud bo‘ladi” degan edi. Nahotki o‘zingizning va o‘z xalqingizning joniga zomin bo‘lsangiz?!
14 “Bobil shohiga xizmat qilmang”, deb aytayotgan payg‘ambarlarning gaplariga quloq solmang, ular sizlarga yolg‘on bashorat qilyapti.
15 O‘sha payg‘ambarlar haqida Egamiz shunday deb aytdi: “Ularni Men yubormaganman. Ular Mening nomimdan yolg‘on bashorat qilishyapti. Shunday ekan, Men sizlarni va sizlarga bashorat qilayotgan payg‘ambarni bu yurtdan uloqtirib tashlayman. Hammangiz halok bo‘lasizlar.”
16 So‘ng men ruhoniylarga va butun xalqqa gapirdim: “Egamiz shunday demoqda: Egamizning uyiga qarashli ashyolar Bobildan yaqinda olib kelinadi, deb aytayotgan payg‘ambarlarga quloq solmanglar. Ular sizlarga yolg‘on bashorat qilishyapti.
17 Ularga quloq solmanglar! Joningizni saqlab qolmoqchi bo‘lsangizlar, Bobil shohiga xizmat qilinglar. Aks holda shahar vayron qilinadi!
18 Agar ular haqiqatan ham payg‘ambarlar bo‘lishsa, agar chindan ham Mening kalomim ularga ayon bo‘lgan bo‘lsa, unda ular Menga — Sarvari Olamga yolvorishsin. “Sening uyingdagi, shoh saroyidagi va Quddusdagi qolgan ashyolar Bobilga olib ketilmasin”, deb Menga iltijo qilishsin.
19 -
20 Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoga bostirib kelib, taxtda o‘tirgan Yohayiqim o‘g‘li Yohayixinni Yahudo amaldorlari bilan birga asir qilib olib ketganda, Ma’baddagi ikkita bronza ustunni, hovuzni, tagkursilarni va Quddusdagi ayrim idishlarni qoldirib ketgan edi. O‘sha qolgan–qutgan ashyolar haqida Sarvari Olam shunday demoqda:
21 “Men, Isroil xalqining Xudosi, Sarvari Olam uyimda, shoh saroyida va Quddusda qolgan ashyolar haqida aytadigan gaplarimni eshitinglar:
22 Ashyolarning hammasi Bobilga olib ketiladi. Men ularni olib kelgani bormagunimcha, o‘sha yerda qoladi. So‘ng esa Men ularni qaytarib olib kelaman, shu yerga joylashtiraman.” Egamizning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18