Titusga maktub 1 bob

Kirish

Titusga maktub Mazkur maktubning muallifi havoriy Pavlusdir. Pavlus bu maktubini Krit orolidagi yosh, sadoqatli hamkori Titusga yozgan. Titus, Timo‘tiy singari, Pavlusning eng yaqin hamkorlaridan biri edi. Titusning ismi boshqa maktublarda ham tilga olingan (misol uchun 2Korinf. 2:13, 7:6–16, 8:23). Galatiyaliklarga yozgan maktubida Pavlus Titusning yunon ekanligini aytib o‘tadi.

Titus Pavlus bilan birgalikda Krit orolida Masih haqidagi Xushxabarni e’lon qilib, dastlabki imonlilar jamoatlariga asos soladi. Pavlus Kritdan ketishidan oldin, jamoatlarni tartibga solish vazifasini Titusning zimmasiga yuklaydi.

Bu maktubida Pavlus jamoat oqsoqollariga bo‘lgan talablar haqida so‘z yuritib, yoshi katta erkagu ayollar, yigitu qizlarga pand–nasihat qilishni Titusga buyuradi. Bulardan tashqari, Titusga ko‘rsatmalar berib, xudojo‘ylik borasida mulohazalarini aytadi.

 

1–BOB - Titusga maktub

Duoyi salom

 

1 Xudoning quli va Iso Masihninghavoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan salom! Xudoning tanlangan odamlari imonda sobit bo‘lsinlar va xudojo‘ylikka chorlovchi haqiqatni bilib olsinlar deb, Xudo meni bu xizmatga tayinladi.
2 Havoriy sifatida men ularni abadiy hayotdan umidvor bo‘lishga da’vat etaman. Zero, Xudo abadiy hayotni azaldanoq va’da qilgan. U hech qachon yolg‘on va’dalar bermaydi.
3 Belgilangan paytda Xudo abadiy hayotga chorlovchi Xushxabarni bizning voizligimiz orqali ayon etdi. Najotkorimiz Xudo bu Xushxabarni menga topshirib, uni e’lon qilishimni buyurdi.
4 Qadrdonim Titus, bizning e’tiqodimiz bir, sen menga o‘z o‘g‘limday bo‘lib qolgansan. Otamiz Xudo va Najotkorimiz Iso Masih senga inoyat va tinchlik ato qilsin.
5 Qolgan ishlarni bitirishing uchun men seni Krit orolida qoldirgan edim. Senga buyurganimdek, orolning har bir shahridagi imonlilar jamoati ustidan oqsoqollar tayinlagin.
6 Jamoat oqsoqoli yaxshi nom chiqargan bo‘lishi shart. U o‘z xotiniga vafodor bo‘lsin. Uning farzandlari imonli bo‘lib, shaloqlik va itoatsizlik aybidan holi bo‘lishsin.
7 Zero, jamoat yetakchisi Xudoning xonadonini boshqaruvchi sifatida kamchiliksiz bo‘lishi lozim, ya’ni u takabbur, jahldor, mayxo‘r, zo‘ravon yoki pulparast emas,
8 balki mehmondo‘st, yaxshilikni sevadigan, vazmin, odil, oq ko‘ngil va nafsini tiygan odam bo‘lsin.
9 Haqiqatga o‘rgatilgan, Xushxabar aqidalariga qattiq rioya qiladigan inson bo‘lsin. Shunda u boshqalarga ham sog‘lom ta’limot bilan nasihat qila oladi, qarshilik qiluvchilarni esa fosh eta oladi.
10 Axir, hech kimga itoat qilmaydigan, quruq gap sotuvchi yolg‘onchi birodarlar bor, ayniqsa sunnatlilar orasida bundaylar ko‘p.
11 Ularning safsatalarini to‘xtatish kerak. Zero, ular pul ishlash niyatida soxta ta’limotlar o‘rgatib, butun oilalarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirmoqdalar.
12 Mana, ulardan chiqqan bir mutafakkir o‘z yurtdoshlari haqida shunday degan: “Kritliklar doimo yolg‘on gapirishadi, Ular yeb–to‘ymas dangasalardir, Go‘yoki yirtqich hayvonlardir”.
13 Bu gapda jon bor. Shuning uchun beboshlarga qattiq tanbeh ber, toki ular haq imonga qaytsinlar.
14 Yahudiylarning afsonalariga va haqiqatdan yuz o‘girgan odamlarning ko‘rsatmalariga quloq solmasinlar.
15 Qalbi pok odamlar uchun hamma narsa haloldir. Buzuq va imonsizlarning nazarida esa hamma narsa haromdir. Bundaylarning aqli ham, vijdoni ham bulg‘angan.
16 Ular, Xudoni bilamiz, deydilar–u, o‘z qilmishlari bilan Uni inkor etadilar. Bunday qabih, o‘zboshimcha odamlar hech bir xayrli ishga yaramaydilar.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Injil Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак