Sahroda 1 bob

Kirish

“Sahroda” kitobida Isroil xalqining Misrdan ozod bo‘lib chiqqandan keyingi tarixi bayon etiladi. Mazkur kitob Isroil xalqining Sinay tog‘idan Kan’on yurtiga qilgan qirq yillik safari davomida sahroda yuz bergan voqealarni hikoya qiladi. Shu sababdan kitob “Sahroda”, deb nomlangan. Sinay sahrosi hozirgi Misr hududining shimoli–sharqida joylashgan.

Kitobni uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi qismda (1:1-10:10–oyatlar) Xudo Musoga: “Xalqni sanab chiq!” deb amr beradi. So‘ng Isroil xalqining qarorgohda joylashishi va Levi qabilasining majburiyatlari to‘g‘risida Musoga ko‘rsatmalar beradi. Bu qism xalqning Fisih ziyofatini nishonlashi va Egamizga qurbonliklar nazr qilishi to‘g‘risidagi hikoya bilan tugaydi.

Ikkinchi qism (10:11-21:20–oyatlar) Isroil xalqi Iordan daryosining sharqida yashayotgan Mo‘ab xalqining yurtiga yo‘l olganda yuz bergan voqealarni o‘z ichiga oladi. Bu safar sahrodagi eng qiyin safar bo‘ladi. Xalq ko‘p shikoyat qiladi, hatto Xudoga va Musoga qarshi isyon ko‘taradi. Isroil xalqi Kan’on yurtida istiqomat qilayotgan xalqlar to‘g‘risida eshitgandan keyin, Kan’on yurtiga hujum qilishdan bosh tortadi. Shuning uchun Xudo Isroil xalqini jazolaydi: qirq yil sahroda qoldiradi. Kitobning bu qismi Isroil xalqining Mo‘ab yurtidagi Fisgax tog‘ tizmasi etagida chodir tikib joylashishi to‘g‘risidagi hikoya bilan tugaydi.

“Sahroda” kitobining uchinchi qismi (21:21-36:13–oyatlar) Isroil xalqining Iordan daryosi sharqidagi yerlarni — janubdagi Mo‘ab chegarasidan shimoldagi Jalila ko‘ligacha bo‘lgan yerlarni egallashi to‘g‘risidagi hikoya bilan boshlanadi. Shundan keyin Mo‘ab shohi Isroil xalqini la’natlash uchun begona xalqdan bo‘lgan payg‘ambar Balomni yollaydi. Lekin Xudo Balomga, Isroil xalqini duo qil, deb aytadi. Balom Egamizning amriga itoat etadi. So‘ng Isroil xalqi Iordan daryosidan o‘tishga va g‘arbdagi Kan’on yurtini zabt etishga tayyorgarlik ko‘radi. Lekin Isroil xalqidan ba’zilari Iordan daryosining sharqiga o‘rnashishga qaror qilishadi. Isroil xalqi ikkinchi marta ro‘yxatga olinadi, so‘ng Xudo Yoshuani Isroilning navbatdagi yo‘lboshchisi qilib tayinlaydi. Shuningdek, bir nechta yo‘lboshchini Yoshuaga yordamchi qilib tanlaydi. Ular Yoshuaga yurtni qabilalarga bo‘lib berishda yordam berishadi. Isroil xalqiga Egamiz qonunlar beradi va shu bilan kitob nihoyasiga yetadi.

“Sahroda” kitobi isyonkor, ruhan tushkun, Xudodan umidini uzgan xalq to‘g‘risida hikoya qiladi. Shuningdek, kitobda Xudo O‘z xalqini janglarda himoya qilgani, qaqragan sahroda ularga yegulik va suv ato qilgani to‘g‘risida ham so‘z yuritilgan. Xudo Isroil xalqini yo‘q qilishni istamagan, aksincha, ularga ruhoniy Horunning quyidagi duosiday, marhamat qilishni xohlagandi:

“Egam senga baraka bersin,

Seni O‘z panohida asrasin!

Egam senga ochiq yuz bilan boqsin,

Senga iltifot qilsin.

Egam nazarini senga solsin,

Senga tinchlik ato etsin!” (6:24-26)

 

1–BOB - Sahroda

Isroil xalqi ilk bor ro‘yxatga olinadi

1 Isroil xalqi Misr yurtini tark etib, Sinay sahrosiga kelganiga ikki yilu ikki oy bo‘ldi. Ikkinchi oyning birinchi kunida EgamizUchrashuv chodirida Musoga shunday dedi:
2 “Sen va Horun jamiki Isroil xalqini urug‘i, xonadoni bo‘yicha sanab chiqinglar.
3 Urushga yaroqli bo‘lgan yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarni guruhlarga bo‘lib, nomma–nom ro‘yxatini tuzinglar.
4 Har bir qabiladan bittadan urug‘boshi sizlarga yordam bersin.
5 Sizlarga yordam beradigan urug‘boshilarning ismi quyidagichadir: Ruben qabilasidan — Shaduvor o‘g‘li Elizur.
6 Shimo‘n qabilasidan — Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol.
7 Yahudo qabilasidan — Ominadov o‘g‘li Naxsho‘n.
8 Issaxor qabilasidan — Zuvor o‘g‘li Natanil.
9 Zabulun qabilasidan — Xalon o‘g‘li Eliyob.
10 Yusuf o‘g‘li Efrayim qabilasidan — Omihud o‘g‘li Elishama. Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan — Padozur o‘g‘li Gamaliel.
11 Benyamin qabilasidan — Gido‘nax o‘g‘li Avidon.
12 Dan qabilasidan — Omishaday o‘g‘li Oxazar.
13 Osher qabilasidan — Oxron o‘g‘li Paxiyol.
14 Gad qabilasidan — Duvel o‘g‘li Eliasaf.
15 Naftali qabilasidan — Enan o‘g‘li Oxir.”
16 Jamoa orasidan tanlangan ana shu urug‘boshilar Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari edi.
17 Muso va Horun urug‘boshilar bilan birgalikda ikkinchi oyning birinchi kunida butun jamoani yig‘ishdi.
18 Ular Isroil xalqining barcha urug‘larini va xonadonlarini aniqlab chiqishdi. So‘ng Musoga Egamiz amr etganday, jamoaning yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini nomma–nom alohida ro‘yxatga olishdi.
19 Shu tariqa Muso Sinay sahrosida Isroil xalqini sanab chiqdi.
20 Urug‘i va xonadoni bo‘yicha nomma–nom ro‘yxatga olingan, yigirma va undan yuqori yoshdagi urushga yaroqli erkaklarning soni quyidagicha edi:
21 Isroilning to‘ng‘ich o‘g‘li Ruben qabilasidan — 46.500 ta odam,
22 Shimo‘n qabilasidan
23 — 59.300 ta odam,
24 Gad qabilasidan
25 — 45.650 ta odam,
26 Yahudo qabilasidan
27 — 74.600 ta odam,
28 Issaxor qabilasidan
29 — 54.400 ta odam,
30 Zabulun qabilasidan
31 — 57.400 ta odam,
32 Yusuf o‘g‘li Efrayim qabilasidan
33 — 40.500 ta odam,
34 Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan
35 — 32.200 ta odam,
36 Benyamin qabilasidan
37 — 35.400 ta odam,
38 Dan qabilasidan
39 — 62.700 ta odam,
40 Osher qabilasidan
41 — 41.500 ta odam,
42 Naftali qabilasidan
43 — 53.400 ta odam.
44 Muso, Horun va Isroil xalqining o‘n ikki urug‘boshisi sanab chiqqan odamlar ana shular edilar. Ularning hammasi ota–bobolarining nasli bo‘yicha ro‘yxatga olindi.
45 Xullas, Isroil xalqining yigirma va undan yuqori yoshdagi urushga yaroqli hamma erkaklari xonadonlari bo‘yicha sanalganda,
46 603.550 ta chiqdi.
47 Levi qabilasi esa ro‘yxatga kiritilmagan edi,
48 chunki Musoga Egamiz shunday degandi:
49 “Levi qabilasini ro‘yxatga kiritma, ularni Isroil xalqi bilan birga sanama.
50 LevilargaMuqaddas ahd chodirini, uning hamma ashyolarini va chodirga tegishli bo‘lgan barcha narsalarni topshir. Yo‘lga chiqqanlaringizda, ular chodirni va undagi hamma ashyolarni ko‘tarib yursinlar. Chodirni asrab– avaylab, uning yoniga o‘z chodirlarini tiksinlar.
51 Har safar chodir ko‘chirilganda, levilar Muqaddas chodirni yig‘ishsin. Qarorgoh qurganingizda esa chodirni yana o‘rnatishsin. Chodirning yaqiniga borgan boshqa har qanday odam uchun jazo o‘limdir.
52 Qolgan Isroil qabilalari o‘z qarorgohlarida guruh–guruh bo‘lib joylashsin.
53 Isroil xalqi Mening qahr–g‘azabimga uchramasligi uchun, levilar o‘z chodirlarini Muqaddas ahd chodiri atrofida o‘rnatib, o‘sha yerda chodirni qo‘riqlashsin.”
54 Musoga Egamiz qanday amr etgan bo‘lsa, Isroil xalqi shuni qildi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18