Sahroda 15 bob

1 Qurbonliklarga oid qonunlar. 32 Shabbat qoidalarini buzgan odam haqida. 37 Popuklar haqida qoidalar.

1 Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi:
2 Egamiz sizlarga beradigan yurtga o‘rnashib olganingizdan keyin mana bu qonunlarga rioya qiling:
3 bergan va’dangizga muvofiq, qo‘y– echki suruvi yoki podadan qilinadigan qurbonlik, ko‘ngildan chiqarib beradigan qurbonlik, xalqning belgilangan bayramida qurbonlik qilay, deb Egamizga yoqimli hid borishi uchun quydiriladigan qurbonlik yoki tinchlik qurbonligi qilib olovda quydirasiz.
4 -
5 Shunda Egamizga atab, qurbonlikka qo‘shib don bilan sharob nazri ham qilishingiz lozim. Qo‘zi yoki uloqchani qurbonlik qilganingizda, don nazrini — ikki kosa zaytun moyi aralashtirilgan to‘rt kosa sifatli unni, ikki kosa sharobni nazr qilinglar.
6 Qo‘chqorni qurbonlik qilganingizda, don nazrini — uch kosa zaytunmoyi aralashtirilgan sakkiz kosa sifatli unni va
7 uch kosa sharobni nazr qilinglar. Bu qurbonlik va nazrlardan Egamizga yoqimli hid boradi.
8 Buqani Egamizga atab, kuydiriladigan qurbonlik, bergan va’dangizga muvofiq qilinadigan qurbonlik yoki tinchlik qurbonligi qilganingizda,
9 qurbonlikka qo‘shib to‘rt kosa zaytun moyi aralashtirilgan o‘n ikki kosa sifatli unni va
10 to‘rt kosa sharobni nazr qilinglar. Olovda kuydiriladigan bu qurbonlik va nazrlardan Egamizga yoqimli hid boradi.
11 Shunday qilib, buqa, qo‘chqor, qo‘zi yoki uloqchani qurbonlik qilganingizda, shu nazrlarni qurbonlikka qo‘shib keltiringlar.
12 Qurbonlik qilinadigan hayvonlarning soni qancha bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir hayvonga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazr qilinglar.
13 Isroil xalqidan bo‘lgan har bir odam qurbonlikni Egamizga yoqimli hid borishi uchun olovda kuydirganda, mana shu qoidalarga rioya qilishi shart.
14 Agar orangizda o‘rnashib olgan yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan birorta musofir Egamizga yoqimli hid borishi uchun qurbonlikni olovda kuydirmoqchi bo‘lsa, u ham shu qoidalarga rioya qilsin.
15 Isroil jamoasi uchun ham, orangizda yashayotgan musofir uchun ham qonun–qoida bir. Egamizning oldida sizlar ham, musofirlar ham birdir. Bu qonun–qoidaga doimo, avlodlaringiz osha rioya qilinglar.
16 Sizlar uchun ham, orangizda yashayotgan musofirlar uchun ham qonun–qoida birdir.
17 Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz yana quyidagi qonunlarni berdi:
18 Egamiz sizlarni boshlab borayotgan yurtga kirganingizdan keyin,
19 o‘sha yurtning nonidan tanovul qilasizlar. O‘shanda noningizning bir qismini Egamizga nazr qilinglar.
20 Xamirning birinchi zuvalasidan yopilgan nonni Egamizga nazr qilinglar. Bu nazrni yanchilgan donni nazr qilganday nazr qilinglar.
21 Avlodlar osha xamirning birinchi zuvalasini Egamizga nazr qilinglar.
22 Agar Egamiz men orqali bergan bu amrlarning birortasiga
23 — Egamiz amr etgan kundan boshlab avlodlaringiz osha rioya qilmasangiz,
24 agar jamoa bu xatoga bilmagan holda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, butun jamoa Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani kuydirib qurbonlik qilsin. Ular buqaga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrini keltirishsin. Bundan tashqari, bitta takani gunoh qurbonligi qilishsin.
25 Shunday qilib, ruhoniy butun Isroil jamoasini gunohlaridan poklaydi. Jamoa bilmasdan xato qilgani uchun kechiriladi, chunki ular qilgan xatosi uchun Egamizga qurbonlik qilib, olovda kuydirgan va gunoh qurbonligini keltirgan bo‘ladilar.
26 Egamiz butun Isroil jamoasini va sizlarning orangizda yashayotgan musofirlarni kechiradi, chunki butun xalq bilmay xato qilgan edi.
27 Agar birorta odam bilmasdan gunoh qilib qo‘ysa, bir yoshli echkini gunoh qurbonligi qilsin.
28 Ruhoniy Egamizning oldida o‘sha odamni gunohidan poklaydi, o‘sha odam kechiriladi.
29 Bilmasdan gunoh qilib qo‘ygan Isroil odami uchun ham, orangizda istiqomat qilayotgan musofir uchun ham qonun bir.
30 Lekin qasddan gunoh qilgan odam, Isroil xalqidanmi yoki musofirmi, Egamizga shak keltirgan bo‘ladi. O‘sha odam Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinsin.
31 U Egamizning so‘zlarini nazar– pisand qilmagani uchun, amrlariga itoat qilmagani uchun albatta yo‘q qilinsin. Uning gunohi o‘z gardanida qoladi.
32 Bir kuni Isroil xalqi sahroda turgan paytda, Shabbat kuni o‘tin terib yurgan bir odamni ushlab olishdi.
33 Ular o‘sha odamni Muso, Horun va butun Isroil jamoasi oldiga olib kelishdi.
34 Biroq bu odamni nima qilish kerakligini hali aniq bilishmagani uchun, uni qamab qo‘yishdi.
35 Keyin Egamiz Musoga dedi: — Bu odamning jazosi o‘limdir. Butun jamoa uni qarorgohdan tashqariga olib chiqib, toshbo‘ron qilsin.
36 Egamiz Musoga amr etganday, butun jamoa o‘sha odamni qarorgohdan tashqariga olib chiqib, toshbo‘ron qilib o‘ldirdi.
37 Shundan keyin Egamiz Musoga dedi:
38 — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Sizlar avlodlar osha kiyimlaringizning etagiga popuk qilib osib yuringlar. Har bir popukka ko‘k ip qo‘shib eshilgan bo‘lsin.
39 Popuklar sizlarga Men, Egangizning amrlarini eslatib turadi. Ularni ko‘rganingizda Men sizlarga bergan hamma amrlarimni eslab, bajarasizlar. Xiyonatga yetaklovchi ko‘nglingiz, ko‘zingiz ehtiroslariga ortiq berilmaysizlar.
40 Shunda sizlar Mening hamma amrlarimni yodingizda tutib bajarasizlar, Menga bag‘ishlangan bo‘lasizlar.
41 Men Egangiz Xudoman. Men Xudoyingiz bo‘laman, deb sizlarni Misrdan olib chiqqanman. Men Egangiz Xudoman.”


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак