Sahroda 11 bob

1 Tavera nomli joy. 4 Muso yetmishta oqsoqolni tanlaydi. 31 Egamiz bedanalar yuboradi.

1 Xalq qiyinchiliklardan ming‘irlab nolib, Egamizni qattiq ranjitdi. Egamiz ularning ming‘irlab nolishini eshitib, g‘oyat g‘azablanganidan qarorgohga alanga tushirdi. Alanga avj olib, qarorgohning chetlarini kuydirib yubordi.
2 Xalq Musoga faryod qildi. Muso Egamizga iltijo qilgan edi, alanga o‘chdi.
3 Egamizning alangasi qarorgohni yondirgani uchun bu joyga Tavera, deb nom berildi.
4 Isroil xalqi orasidagi qalang‘i– qasang‘ilarning nafsiga o‘t tushdi. Isroil xalqi ham ularga qo‘shilishib fig‘on chekib, zorlana boshladi: “Qani, endi go‘sht bo‘lsa!
5 Biz Misrda tekinga baliq, bodring, qovun, piyoz, porey piyozi, sarimsoq yeyar edik.
6 Endi esa sillamiz qurigan, mannadan boshqa yeydigan hech narsa yo‘q.”
7 Manna kashnich urug‘iga o‘xshardi, uning rangi daraxt yelimi rangiday edi.
8 Xalq mannani yerdan yig‘ishtirib olar, tegirmonda yanchib yoki havonchada tuyib, so‘ng qozonga solib qaynatardi, non ham yopardi. Uning mazasi zaytun moyi qo‘shib yopilgan nonga o‘xshardi.
9 Tunda qarorgohga shabnam tushganda, shabnam bilan birga manna ham yog‘ilardi.
10 Hamma odamlar oila a’zolari bilan birga o‘z chodirlariga kiraverishda turib faryod qilishayotgan edi. Buni eshitgan Muso qattiq ranjidi. Egamizning g‘azabi ham alanga oldi.
11 Shunda Muso Egamizga dedi: — Nimaga qulingning boshiga shuncha azoblarni solding? Nima uchun mendan marhamatingni darig‘ tutding? Nima uchun bu xalqning og‘irligini menga yuklading?
12 Shu xalqning hammasini men qornimda ko‘tarib yurganmidim?! Ularni men tuqqanmidim?! Nimaga unda Sen menga: “Enaga chaqaloqni ko‘tarib yurganday, sen bu xalqni Men ota–bobolaringga va’da qilgan yurtga qo‘llaringda ko‘tarib bor”, deb aytyapsan?
13 Ular yig‘lab, bizga go‘sht ber, deb aytishyapti! Shuncha xalqqa go‘shtni qayerdan topib beraman, axir?!
14 Bu xalqning og‘irligini men bir o‘zim ko‘tara olmayman. Bunga ortiq chiday olmayman.
15 Agar menga munosabating shu bo‘lsa, hoziroq jonimni olib qo‘ya qol. Bordi–yu, Sendan marhamat topgan bo‘lsam, mening bunchalik xor bo‘lishimga yo‘l qo‘yma.
16 Shunda Egamiz Musoga dedi: — Menga Isroil oqsoqollaridan yetmishtasini yig‘ib ber. Ular xalqning orasida yo‘lboshchi deb tan olingan obro‘li odamlardan bo‘lishsin. Ularni Uchrashuv chodiriga olib kelib, o‘zingning yoningga turg‘izib qo‘y.
17 Men tushib kelib, u yerda sen bilan gaplashaman. So‘ng senga bergan Ruhimdan olib, ularga ham beraman. Sen bu xalqning og‘irligini yolg‘iz o‘zing ko‘tarmasliging uchun, ular yoningga kirib, og‘iringni yengil qilishadi.
18 Xalqqa esa shu gapni ayt: “Ertangi kunga tayyorlanib poklaninglar, go‘sht yeysizlar. Sizlar Egamizning qulog‘i ostida ming‘irlab nolib, qani, endi go‘sht bo‘lsa, biz Misrda davr surgan ekanmiz, deb faryod qildingizlar. Shuning uchun Egamiz sizlarga go‘sht beradi, sizlar go‘sht yeysizlar.
19 Sizlar go‘shtni bir–ikki kun emas, besh–o‘n kun ham emas, yigirma kun ham emas,
20 balki bir oy davomida — go‘sht burnilaringizdan chiqquncha, ko‘nglingizga urguncha yeysizlar. Chunki sizlar, Misrdan chiqishimizning nima keragi bor edi, deya ming‘irlab nolib, orangizdagi Egangizni rad etdingiz.”
21 Lekin Muso Egamizga aytdi: — Mening yonimdagi bu xalq 600.000 jondan iborat. Sen esa: “Ularni bir oy davomida go‘sht bilan boqaman”, deyapsan!
22 Bor mol–qo‘yimizni so‘ysak ham, dengizdagi hamma baliqlarni yig‘ishtirib kelsak ham, ularni to‘ydira olarmidik?!
23 Egamiz shunda Musoga aytdi: — Nima, Men, Egangning qo‘li kaltamidi?! Mening senga aytgan gaplarim bajo bo‘lishi yoki bo‘lmasligini endi ko‘rasan.
24 Shundan keyin Muso tashqariga chiqib, Egamizning so‘zlarini xalqqa yetkazdi. So‘ng yetmishta xalq oqsoqolini yig‘ib, ularni Muqaddas chodir atrofiga joylashtirdi.
25 Shunda Egamiz bulut ichida tushib kelib, Muso bilan gaplashdi, Musoga bergan O‘z Ruhidan olib, yetmishta oqsoqolga berdi. Ruh oqsoqollarni qamrab oldi va ular zikr tusha boshladilar. Lekin bunday hol boshqa takrorlanmadi.
26 Yetmishta oqsoqolning ikkitasi Muqaddas chodirga bormay qarorgohda qolgan edi. Birining ismi Eldod, ikkinchisiniki Midod edi. Biroq Egamizning Ruhi ularni ham qamrab oldi, ular ham qarorgohda zikr tusha boshladilar.
27 Bir o‘spirin yugurib kelib, Musoga: “Eldod bilan Midod qarorgohda zikr tushishyapti”, dedi.
28 Musoning yordamchisi, yoshligidan unga xizmat qilib kelgan Nun o‘g‘li Yoshua dedi: — Muso hazratlari! Ularni to‘xtating!
29 Muso esa unga shunday javob berdi: — Sen mening manfaatimni ko‘zlab, shu gaplarni aytyapsanmi? Menga qolsa, Egamning butun xalqi payg‘ambar bo‘lsin, Egamiz O‘z Ruhini ularning hammasiga bersin, deyman!
30 Shundan so‘ng Muso bilan Isroil oqsoqollari qarorgohga qaytib kelishdi.
31 Egamiz shamol qo‘zg‘atdi. Shamol dengizdan bedanalarni uchirib kelib, ularni qarorgohga va qarorgoh atrofiga uyub tashladi. Bedanalar qarorgohning aylanasi bo‘ylab bir kunlik masofada, ikki tirsak balandlikda uchib yurgan edi.
32 Xalq o‘sha kuni kunduzi va kechasi, keyingi kuni ham ertadan kechgacha bedana yig‘ishtirdi. Eng oz tergan odamniki oltmish savat chiqdi. Ular bedanalarni quritish uchun butun qarorgoh atrofiga yoyib tashlashdi.
33 Lekin odamlar go‘shtni endi og‘ziga olib, hali yeyishga ham ulgurmagan edilarki, Egamiz xalqqa g‘azabini sochib, qaqshatqich o‘lat yubordi.
34 Bu yerga Xivrut– Xattavo, deb nom berildi, chunki bu yerga nafsi buzuq odamlar dafn qilingandi.
35 Xalq Xivrut–Xattavodan Xazero‘tga qarab yo‘lga chiqdi. Ular Xazero‘tga yetib borganlaridan keyin qarorgoh qurishdi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак