Sahroda 14 bob

1 Xalq zorlanadi. 11 Muso xalq uchun ibodat qiladi. 26 Egamiz xalqni shikoyat qilgani uchun jazolaydi. 39 Kan’on yurtini bosib olishga birinchi urinish.

1 Keyin butun jamoa fig‘on chekib, tun bo‘yi yig‘i–sig‘i qilib chiqdi.
2 Jamiki Isroil xalqi Muso va Horundan ming‘irlab nolib, ularga shunday dedi: — Qaniydi, Misrda o‘lib ketganimizda yoki shu sahroda jon berganimizda edi!
3 Agar jangda qirilib ketadigan bo‘lsak, nima uchun Egamiz bizni o‘sha yurtga olib boryapti? Bizning xotinu bola– chaqalarimiz dushmanga o‘lja bo‘ladi–ku! Bundan ko‘ra, Misrga qaytib ketganimiz yaxshiroq emasmi?!
4 Shundan so‘ng ular o‘zaro: “O‘zimizga bir yo‘lboshchi tanlaymiz–u, Misrga qaytib ketamiz”, deb kelishib olishdi.
5 Muso bilan Horun esa butun Isroil jamoasi oldida muk tushishdi.
6 Yurtni ko‘rib kelgan ayg‘oqchilarning ikkitasi Nun o‘g‘li Yoshua va Yafunax o‘g‘li Xolib qayg‘udan kiyimlarini yirtishdi.
7 Ikkovi jamiki Isroil jamoasiga deyishdi: — Biz ko‘rib kelgan yurt — juda ham yaxshi joy!
8 Agar Egamiz bizdan mamnun bo‘lsa, U bizni o‘sha yurtga olib kiradi, sut va asal oqib yotgan o‘sha yurtni bizga beradi.
9 Faqat Egamizga qarshi isyon qilmanglar! U yurtning xalqidan qo‘rqmanglar! Ular biz uchun oson o‘lja bo‘lishadi. Ular pushti panohidan ayrilgan, Egamiz esa biz bilan bo‘ladi. Ulardan qo‘rqmanglar!
10 Lekin butun jamoa: “Yoshua va Xolibni toshbo‘ron qilamiz!” deb po‘pisa qildi. Shunda Egamiz ulug‘vorligini Uchrashuv chodirida jamiki Isroil xalqiga zohir qildi.
11 Egamiz Musoga dedi: — Qachongacha bu xalq Meni xo‘rlaydi?! Ularning orasida qancha mo‘jiza ko‘rsatgan bo‘lsam–u, qachongacha Menga ishonmay yuradi?!
12 Men o‘lat yuborib bu xalqni qirib tashlayman. Sendan esa ulardan ham kuchliroq va buyukroq bir xalq yarataman.
13 Ammo Muso Egamizga shunday javob qildi: — Sen bu xalqni O‘z qudrating bilan Misrliklar orasidan olib chiqqan eding–ku! Agar xalqingni qirib tashlasang, Misrliklar bu haqda eshitishadi.
14 Ular bu yurtda istiqomat qilayotgan xalqlarga ham bu haqda xabar berishadi. Ey, Egam, o‘sha xalqlar Sen biz bilan ekaningni bilishadi. Sen biz bilan yuzma–yuz ko‘rishganingni, Sening buluting doimo bizning tepamizda turganini, Sen bizni kunduzi ustun shaklidagi bulut ichida, kechasi ustun shaklidagi alanga ichida yo‘lga boshlaganingni ular bilishadi, axir!
15 Bordi–yu, sen xalqingning hammasini birday qirib tashlasang, Sening ulug‘vorliging haqida eshitgan xalqlar:
16 “Isroil xalqining Egasi qasam ichib va’da bergan yurtga O‘z xalqini olib kira olmagani uchun, ularni sahroda nobud qilib yuboribdi”, — deb aytishmaydimi?!
17 Yo, Rabbiy, iltijo qilaman, O‘z matonatingni ko‘rsat. Sen O‘zing aytgansan:
18 “Men, Egangizning jahli tez chiqmas, sodiq sevgim mo‘ldir. Fosiqlikni, isyonni kechiraman. Lekin aybdorni aslo jazosiz qoldirmayman. Men ularni jazolab, ularning gunohlari oqibatini bolalariga, nabiralariga va chevaralariga olib kelaman.”
19 O‘tinaman, cheksiz sevging tufayli bu xalqning gunohidan o‘t. Axir, Sen ularni Misrdan chiqqanlaridan beri kechirib kelyapsan.
20 — Iltimosingga muvofiq ularni kechiraman, — dedi Egamiz Musoga.
21 — Lekin Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi, yer yuzini to‘ldirgan ulug‘vorligim haqi, ont ichib aytamanki,
22 bu odamlarning birortasi Men otalariga va’da qilgan yurtga kirmaydi. Ular Mening buyuk qudratimni, Misrda va sahroda qilgan mo‘jizalarimni ko‘ra turib Menga quloq solmadilar, Meni qayta–qayta sinadilar.
23 Meni xo‘rlagan bu odamlar Kan’on yurtini ko‘rmaydilar.
24 Lekin qulim Xolib bundaylardan emas. U Menga sodiq qoldi. Shuning uchun Men uni o‘zi ko‘rib kelgan o‘sha yurtga olib kiraman. Uning nasli yurtni egallaydi.
25 Endi esa Omolek va Kan’on xalqlari yashaydigan vodiylarga bora ko‘rmanglar. Ertagayoq orqaga qaytinglar, Qizil dengiz tomon yo‘l olib, sahroga boringlar.
26 Egamiz Muso bilan Horunga dedi:
27 — Qachongacha bu qabih jamoa Mendan noliyveradi?! Men Isroil xalqining ming‘irlab nolishini eshitdim.
28 Ularga borib Mening shu gapimni ayt: “Barhayot Xudo bo‘lganim haqi, ont ichib aytamanki, Men so‘raganlaringizning hammasini sizlarga beraman. Men, Egangiz, aytdim.
29 Jasadlaringiz mana shu sahroda qoladi. Ro‘yxatga kirgan yigirma va undan yuqori yoshdagilar — Mendan ming‘irlab noliganlarning hammasi
30 Men ont ichib, sizlarga yashash uchun bermoqchi bo‘lgan yurtga kirishmaydi. U yurtga faqat Yafunax o‘g‘li Xolib bilan Nun o‘g‘li Yoshua kirishadi.
31 Sizlar, bolalarimiz u yerda dushmanga o‘lja bo‘ladi, deb aytdingiz. Ammo Men bolalaringizni o‘sha yerga olib kiraman. Sizlar rad etgan o‘sha yurtdan ular bahra olishadi.
32 Sizlarning jasadlaringiz esa mana shu sahroda qolib ketadi.
33 Bolalaringiz sahroda qirq yil tentirab yuradi. Hammangiz mana shu sahroda nobud bo‘lmaguningizcha, bolalaringiz sizning sadoqatsizligingiz uchun azob tortishadi.
34 Sizlar o‘sha yurtni qirq kun davomida ko‘rib qaytib kelgan edingizlar. Endi gunohingiz uchun qirq yil, har bir kun evaziga bir yildan jazo tortib yurasizlar. Menga qarshi chiqqanlarning holi ne kechishini shunda bilasizlar!
35 Menga qarshi yig‘ilgan mana shu qabih jamoaning hammasini Men shunday ahvolga solamanki, ular mana shu sahroda qirilib, yo‘q bo‘lib ketishadi. Buni Men, Egangiz, aytdim.”
36 Muso Kan’on yurtiga ayg‘oqchi qilib yuborgan o‘nta odam bo‘lmag‘ur gaplar tarqatib, jamoaning Egamizdan ming‘irlab nolishiga sababchi bo‘lgan edi.
37 O‘sha yurt haqida noxush xabar olib kelgan bu odamlar o‘latga chalinib, Egamizning oldida jon berishdi.
38 Ayg‘oqchilardan faqat Nun o‘g‘li Yoshua bilan Yafunax o‘g‘li Xolib tirik qoldi.
39 Muso jamiki Isroil xalqiga shu gaplarni aytganda, xalq chuqur qayg‘uga botdi.
40 Ertasiga ular tong saharda turdilar, Kan’ondagi qirlarga tomon jo‘nayotib shunday dedilar: — Qani, ketdik, gunoh qilganimizni anglab yetdik. Mana endi Egamiz bizga va’da qilgan o‘sha yurtga kirishga tayyormiz.
41 Lekin Muso: — Nima uchun Egamizning amriga yana itoatsizlik qilyapsizlar? — dedi. — Bu bilan hech narsaga erisholmaysizlar–ku!
42 U yerga bormanglar. Egamiz sizlar bilan emas! Dushmanlaringiz oldida mag‘lub bo‘lasizlar!
43 Omolek va Kan’on xalqlari sizlarga qarshilik ko‘rsatishadi. Qirilib ketasizlar. Sizlar Egamizdan yuz o‘girganingiz uchun, U sizlar bilan birga bo‘lmaydi.
44 Biroq Isroil xalqi bilganidan qolmay o‘sha yerdagi qirlarga chiqdi. Egamizning ahd sandig‘i bilan Muso esa qarorgohda qolishdi.
45 O‘sha qirlarda istiqomat qiladigan Omolek va Kan’on xalqlari pastga tushib, Isroil xalqiga hujum qilishdi, ularni Xo‘rmaxgacha quvib borishdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак