Sahroda 26 bob

1 Isroil xalqi ikkinchi marta ro‘yxatga olinadi.

1 O‘latdan so‘ng Egamiz Muso bilan ruhoniy Horun o‘g‘li Elazarga dedi:
2 “Jamiki Isroil xalqining urushga yaroqli bo‘lgan yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini xonadoni bo‘yicha sanab chiqinglar.”
3 Bu paytda Isroil xalqi Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahri ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida qarorgoh qurgan edi. Muso bilan ruhoniy Elazar xalqqa:
4 “Egamiz bizga amr qilganday yigirma yoshdan yuqori bo‘lgan erkaklarini sanab chiqinglar”, deb aytishdi. Misr yurtidan chiqqan jamiki Isroil xalqining ro‘yxati quyidagicha edi:
5 Ruben Isroilning to‘ng‘ichidir. Ruben o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Xano‘xdan Xano‘x urug‘i, Palluvdan Palluv urug‘i,
6 Xazrondan Xazron urug‘i, Karmidan Karmi urug‘i kelib chiqqan.
7 Ruben urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 43.730 kishi chiqdi.
8 Palluvning Eliyob degan o‘g‘li bor edi,
9 Eliyobning esa Namuvol, Datan va Aburam degan o‘g‘illari bor edi. Ko‘raxning izdoshlari Egamizga qarshi isyon ko‘tarishganda, ularga qo‘shilishib Muso bilan Horunga qarshi bosh ko‘targan Datan va Aburam o‘shalardir. Ular Isroil yo‘lboshchilari edi.
10 Yer yorilib, Ko‘rax bilan birga ularni ham yutib yuborgandi. O‘sha kuni alanga Ko‘raxning 250 ta izdoshini kuydirib yo‘q qilgandi. Mana shu voqea xalqqa ogohlantirish edi.
11 Lekin Ko‘raxning o‘g‘illari o‘sha kuni omon qoldi.
12 Shimo‘n o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Namuvoldan Namuvol urug‘i, Yomindan Yomin urug‘i, Yoxindan Yoxin urug‘i,
13 Zeraxdan Zerax urug‘i, Shovuldan Shovul urug‘i kelib chiqqan.
14 Shimo‘n urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 22.200 kishi chiqdi.
15 Gad o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Zafo‘ndan Zafo‘n urug‘i, Xagidan Xagi urug‘i, Shunodan Shuno urug‘i,
16 Oznaxdan Oznax urug‘i, Yeridan Yeri urug‘i,
17 Aro‘ddan Aro‘d urug‘i, Eralidan Erali urug‘i kelib chiqqan.
18 Gad urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 40.500 kishi chiqdi.
19 -
20 Yahudo o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Shelodan Shelo urug‘i, Parazdan Paraz urug‘i, Zeraxdan Zerax urug‘i kelib chiqqan. Yahudoning ikki o‘g‘li G‘ur va O‘nan Kan’on yurtida olamdan o‘tgan edilar.
21 Parazdan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Xazrondan Xazron urug‘i, Xomuldan Xomul urug‘i kelib chiqqan.
22 Yahudo urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 76.500 kishi chiqdi.
23 Issaxor o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: To‘lodan To‘lo urug‘i, Puvaxdan Puvax urug‘i,
24 Yoshuvdan Yoshuv urug‘i, Shimrondan Shimron urug‘i kelib chiqqan.
25 Issaxor urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 64.300 kishi chiqdi.
26 Zabulun o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Sareddan Sared urug‘i, Elo‘ndan Elo‘n urug‘i, Yaxliyoldan Yaxliyol urug‘i kelib chiqqan.
27 Zabulun urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 60.500 kishi chiqdi.
28 Yusufning o‘g‘illari Manashe va Efrayimdan kelib chiqqan urug‘lar quyidagilardir:
29 Manashedan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Moxirdan Moxir urug‘i kelib chiqdi. Gilad urug‘i Moxirning o‘g‘li Giladdan kelib chiqqan.
30 Giladdan kelib chiqqan urug‘lar quyidagichadir: Yazardan Yazar urug‘i, Xalekdan Xalek urug‘i,
31 Osriyoldan Osriyol urug‘i, Shakamdan Shakam urug‘i,
32 Shamidodan Shamido urug‘i, Xaferdan Xafer urug‘i kelib chiqqan.
33 Xafer o‘g‘li Zalofxodning o‘g‘li yo‘q, qizlari bor edi, xolos. Zalofxod qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza edi.
34 Manashe urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 52.700 kishi chiqdi.
35 Efrayim o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Shutalaxdan Shutalax urug‘i, Boxirdan Boxir urug‘i, Taxandan Taxan urug‘i kelib chiqqan.
36 Shutalax o‘g‘li Irondan Iron urug‘i kelib chiqqan.
37 Efrayim urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 32.500 kishi chiqdi. Yusuf nasli urug‘lari bo‘yicha ana shulardan iboratdir.
38 Benyamin o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Belaxdan Belax urug‘i, Oshboldan Oshbol urug‘i, Oxiramdan Oxiram urug‘i,
39 Shafufamdan Shafufam urug‘i, Xufamdan Xufam urug‘i kelib chiqqan.
40 Belaxning o‘g‘illari Ard va No‘mandan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Arddan Ard urug‘i, No‘mandan No‘man urug‘i kelib chiqqan.
41 Benyamin urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 45.600 kishi chiqdi.
42 Dan o‘g‘li Xushimdan Xushim urug‘i kelib chiqqan. Dan urug‘lari shulardan iboratdir:
43 butun Dan nasli Shuxom urug‘idan tashkil topgan edi. Ular sanalganda, 64.400 kishi chiqdi.
44 Osher o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Yimnaxdan Yimnax urug‘i, Yishvidan Yishvi urug‘i, Bariyodan Bariyo urug‘i kelib chiqqan.
45 Bariyo o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Xaberdan Xaber urug‘i, Malxiyoldan Malxiyol urug‘i kelib chiqqan.
46 Osherning Serax degan qizi ham bor edi.
47 Osher urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 53.400 kishi chiqdi.
48 Naftali o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Yaxzayoldan Yaxzayol urug‘i, Go‘nodan Go‘no urug‘i,
49 Izardan Izar urug‘i, Shillemdan Shillem urug‘i kelib chiqqan.
50 Naftali urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 45.400 kishi chiqdi.
51 Shunday qilib, Isroil xalqining hamma erkaklari sanalganda, 601.730 kishi chiqdi.
52 Egamiz Musoga dedi:
53 “Yerni qabilalarga odamlarning soniga ko‘ra, mulk qilib bo‘lib ber.
54 Katta qabilaga kattaroq ulush ber, kichik qabilaga kichikroq ulush ber. Har bir qabilaga ro‘yxatga olingan odamlarning miqdoriga qarab ulush berilsin.
55 Yerni qabilalarga ro‘yxatdagi odamlarning soniga qarab bo‘lib berayotganingizda, qur’a tashlanglar.
56 Har bir qabilaning ulushi qabilaning katta–kichikligiga qarab qur’a bo‘yicha taqsimlansin.”
57 Levi qabilasining ro‘yxati esa, urug‘lari bo‘yicha, quyidagichadir: Gershondan Gershon urug‘i, Qohotdan Qohot urug‘i, Maroridan Marori urug‘i kelib chiqqan.
58 Bu urug‘lardan: Lubnax urug‘i, Xevron urug‘i, Maxli urug‘i, Mushi urug‘i, Ko‘rax urug‘i kelib chiqqan. Qohot Imromning otasi edi.
59 Imromning xotini esa Yo‘xavad degan ayol edi. Yo‘xavad Levining qizi bo‘lib, u Misrda tug‘ilgan edi. Yo‘xavad Imromga ikki o‘g‘il — Horun va Musoni hamda bir qiz — Maryamni tug‘ib berdi.
60 Horunning Nadov, Abihu, Elazar, Itamar degan o‘g‘illari bor edi.
61 Nadov va Abihu Egamiz amr etmagan olovni Uning huzuriga olib kelganlari uchun nobud bo‘lgan edilar.
62 Shunday qilib, Levi qabilasining bir oylik va undan yuqori yoshdagi erkaklari sanalganda, 23.000 kishi chiqdi. Levilarga Isroil xalqi orasida ulush berilmagani uchun, ular Isroil xalqi qatorida ro‘yxatga olinmagan edi.
63 Muso bilan ruhoniy Elazar Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahri ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida ro‘yxatga olgan Isroil xalqi ana shulardan iborat edi.
64 Muso bilan ruhoniy Horun Sinay sahrosida ro‘yxatga olgan odamlarning birortasi bu ro‘yxatga kirmadi,
65 chunki Egamiz Isroil xalqining o‘sha avlodiga: “Sizlar sahroda o‘lib ketasizlar”, deb aytgandi. Ulardan faqat Natan o‘g‘li Xolib va Nun o‘g‘li Yoshua tirik qolgan edi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак