Sahroda 2 bob

1 Isroil qabilalarining qarorgohda joylashishi.

1 Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi:
2 “Isroil xalqining har bir qabilasi chodirlarini o‘z qarorgohida, o‘z xonadoni tamg‘alari ostida o‘rnashtirsin. Ular chodirlarini Uchrashuv chodirining aylanasiga, undan ma’lum bir masofada tikishsin.
3 Uchrashuv chodirining sharq tomonida chodir tikadigan qabilalar Yahudo qarorgohida guruh– guruh bo‘lib joylashsin. Yahudo qabilasining yo‘lboshchisi Ominadov o‘g‘li Naxsho‘ndir.
4 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 74.600 tadir.
5 Undan keyin Issaxor qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Issaxor qabilasining yo‘lboshchisi Zuvor o‘g‘li Natanildir.
6 Uning sanoqqa kirgan sipohi 54.400 tadir.
7 Undan keyin esa Zabulun qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Zabulun qabilasining yo‘lboshchisi Xalon o‘g‘li Eliyobdir.
8 Uning sanoqqa kirgan sipohi 57.400 tadir.
9 Yahudo qarorgohidagi sanoqqa kirgan sipohlarning hammasi 186.400 tadir. Birinchi bo‘lib ular yo‘lga chiqishsin.
10 Uchrashuv chodirining janub tomonida chodir tikadigan qabilalar Ruben qarorgohida guruh– guruh bo‘lib joylashsinlar. Ruben qabilasining yo‘lboshchisi Shaduvor o‘g‘li Elizurdir.
11 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 46.500 tadir.
12 Uning yonida Shimo‘n qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi Zurishaday o‘g‘li Shalumiyoldir.
13 Uning sanoqqa kirgan sipohi 59.300 tadir.
14 Keyin Gad qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Gad qabilasining yo‘lboshchisi Duvel o‘g‘li Eliasafdir.
15 Uning sanoqqa kirgan sipohi 45.650 tadir.
16 Ruben qarorgohidagi hisobga kirgan sipohlarning hammasi 151.450 tadir. Ikkinchi bo‘lib ular yo‘lga chiqishsin.
17 Dastlabki ikkita qarorgoh va keyingi ikkita qarorgoh o‘rtasida levilar Uchrashuv chodiri bilan birga yo‘lga chiqishsin. Qabilalar qay tartibda qarorgohda joylashgan bo‘lsa, yana o‘sha tartibda yo‘lga chiqishlari lozim. Har biri o‘z o‘rnida, o‘z qarorgohi safida borsin.
18 Uchrashuv chodirining g‘arb tomonida chodir tikadigan qabilalar Efrayim qarorgohida guruh– guruh bo‘lib joylashsinlar. Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi Omihud o‘g‘li Elishamadir.
19 Uning sanoqqa kirgan sipohi 40.500 tadir.
20 Undan keyin Manashe qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Manashe qabilasining yo‘lboshchisi Padozur o‘g‘li Gamalieldir.
21 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 32.200 tadir.
22 So‘ngra Benyamin qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi Gido‘nax o‘g‘li Avidondir.
23 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 35.400 tadir.
24 Efrayim qarorgohidagi sanoqqa kirgan hamma sipohlar 108.100 tadir. Uchinchi bo‘lib ular yo‘lga chiqishsin.
25 Uchrashuv chodirining shimol tomonida chodir tikadigan qabilalar Dan qarorgohida guruh–guruh bo‘lib joylashsinlar. Dan qabilasining yo‘lboshchisi Omishaday o‘g‘li Oxazardir.
26 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 62.700 tadir.
27 Uning yonida Osher qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Osher qabilasining yo‘lboshchisi Oxron o‘g‘li Paxiyoldir.
28 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 41.500 tadir.
29 So‘ngra Naftali qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Naftali qabilasining yo‘lboshchisi Enan o‘g‘li Oxirdir.
30 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 53.400 tadir.
31 Dan qarorgohidagi sanoqqa kirgan hamma sipohlar 157.600 tadir. Ular guruh–guruh bo‘lib oxirida yo‘lga chiqishsin.”
32 Shunday qilib, butun Isroil xalqi xonadonlari bo‘yicha sanoqdan o‘tdi. Qarorgohlarda guruh– guruh bo‘lib joylashgan lashkarning umumiy soni 603.550 ta chiqdi.
33 Musoga Egamiz amr etganday, Levi qabilasi Isroil xalqiga qo‘shib hisoblanmadi.
34 Xullas, Musoga Egamiz qanday amr etgan bo‘lsa, Isroil xalqi shuni qildi. Ular qarorgohi bo‘yicha joylashgan, har biri o‘z urug‘i, xonadoni bo‘yicha yo‘lga chiqqan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18