Sahroda 18 bob

1 Ruhoniylar va levilarning burchlari. 8 Ruhoniylarning ulushi. 21 Levilarning ulushi. 25 Levilarning ushri.

1 Egamiz Horunga dedi: “Sen, o‘g‘illaring va butun Levi qabilasi Muqaddas chodirga nisbatan qilingan har qanday ayb uchun javobgar bo‘lasizlar. Ruhoniylik xizmatida yo‘l qo‘yilgan ayblar uchun esa faqatgina sen va o‘g‘illaring javobgar bo‘lasizlar.
2 Qabiladosh levi birodarlaringni yoningga ol. Sen o‘g‘illaring bilan Muqaddas ahd chodirida xizmat qilayotganingda ular sizlarga yordam berishadi.
3 Levilar sizlarning nazoratingiz ostida xizmat qilib, Muqaddas chodirga oid barcha yumushlarni bajarishadi. Lekin ular muqaddas jihozlarga va qurbongohga zinhor yaqinlashmasinlar, aks holda ular ham, sizlar ham halok bo‘lasizlar.
4 Levilar sizlarga qo‘shilishib, Uchrashuv chodiridagi barcha vazifalarni bajarishsin. Levilardan boshqa birortasi sizlar bilan birga xizmat qilmasin.
5 Mening g‘azabim Isroil xalqiga qarshi yana avj olmasligi uchun, chodirning Muqaddas xonalarida va qurbongohda faqatgina sen o‘g‘illaring bilan xizmat qilgin.
6 Levi birodarlaringni Men O‘zim senga yordamchi qilib, Isroil xalqi orasidan tanlab olganman. Ular Uchrashuv chodirida xizmat qilishlari uchun Men, Egangizga, bag‘ishlangan.
7 Shunday bo‘lsa–da, qurbongoh va ichki parda orqasidagi Eng muqaddas xona bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ruhoniylik xizmatini faqat sen o‘g‘illaring bilan bajar. Ruhoniylikni Men sizlarga hadya qilib berdim. Muqaddas buyumlar oldiga kelgan boshqa har qanday odamning jazosi o‘limdir.”
8 Egamiz yana Horunga dedi: “Isroil xalqi Menga olib kelgan hamma muqaddas nazrlarni nazorat qilishni senga topshirdim. Bu nazrlarni senga va o‘g‘illaringga doimiy ulush qilib berdim.
9 Isroil xalqi Menga beradigan eng muqaddas nazrlarning, ya’ni don nazri, gunoh qurbonligi va ayb qurbonliklarining kuydirilmaydigan qismi sen bilan o‘g‘illaringga tegishlidir.
10 Bularni muqaddas joyda tanovul qilinglar. Bu nazrlarni faqat erkaklar tanovul qilishlari mumkin. Bu nazrlarni g‘oyat muqaddas deb bilinglar.
11 Qurbongoh oldida Isroil xalqi yuqoriga ko‘tarib, Menga bergan boshqa hamma nazrlar ham sen bilan o‘g‘il–qizlaringning doimiy ulushidir. Xonadoningdagi har bir pok odam bu nazrlarni tanovul qilishi mumkin.
12 Odamlar Men, Egangizga, nazr qilgan ilk hosilning eng sifatli zaytun moyini, sharobini va donini ham Men sizlarga berdim.
13 Menga nazr qilingan butun yurtning ilk hosili sizlarniki bo‘ladi. Xonadoningizdagi har bir pok odam bu nazrlarni tanovul qilishi mumkin.
14 Isroilda Menga tamomila bag‘ishlangan har bir narsa sizlarniki bo‘ladi.
15 Isroil xalqi Menga nazr qilgan har bir to‘ng‘ich o‘g‘il va hayvonlarining birinchi erkak bolasi ham sizlarnikidir. Lekin sizlar ularning har bir to‘ng‘ich o‘g‘li evaziga hamda harom hayvonning birinchi erkak bolasi evaziga ulardan kumush olishlaringiz shart.
16 Har bir to‘ng‘ich o‘g‘il bir oylik bo‘lganda, ularning evaziga besh bo‘lakdan kumush olinglar. Har bir kumush bo‘lakning og‘irligi 2,5 misqol bo‘lsin.
17 Lekin sigirning, qo‘yning va echkining birinchi bolasi evaziga hech qanday to‘lov olma. Bu jonivorlar faqat Menga tegishlidir. Ularning qonini qurbongohga sep, yog‘ini esa Men, Egangizga, yoqimli hid kelishi uchun olovda kuydir.
18 Qo‘chqorning yuqoriga ko‘tarilgan to‘shi va o‘ng soni seniki bo‘lgani kabi, bu jonivorlarning go‘shti ham seniki bo‘ladi.
19 Isroil xalqi Menga keltiradigan ehsonlarning hammasini Men senga va o‘g‘il–qizlaringga doimiy ulush qilib beraman. Bu sen va sening nasling bilan Mening o‘rtamdagi qat’iy ahddir.”
20 So‘ng Egamiz Horunga yana dedi: “Sizlar Isroil yurtida ulush olmaysizlar, xalqingiz orasida sizlarga bir bo‘lak yer ham berilmaydi. Zotan, Isroil xalqi orasidagi ulushingiz ham, mulkingiz ham Menman.
21 Levilarning Uchrashuv chodirida qilgan xizmatiga yarasha Men ularga Isroil yurtidagi hamma ushrlarni xizmat haqi qilib beraman.
22 Bundan buyon Isroil xalqi Uchrashuv chodiriga yaqin kelmasin. Aks holda ular qilgan gunohi uchun jazo tortib o‘ladilar.
23 Levilar esa Uchrashuv chodirida xizmat qilib, chodirga nisbatan qilingan har qanday ayb uchun javobgar bo‘lishadi. Bu avlodlaringiz osha abadiy qonun– qoida bo‘lsin. Levilar Isroil xalqi orasida yerni ulush qilib olishmaydi.
24 Buning o‘rniga, Men ularga Isroil xalqining Menga nazr qilgan barcha ushrlarini beraman. Shu sababli Men, levilar Isroil xalqi orasida ulush olmaydi, deb aytgan edim.”
25 Egamiz yana Musoga dedi:
26 — Levilarga Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz Isroil xalqining ushrini sizlarga ulush qilib bergan. Sizlar ushrni olganingizda, shu ushrning o‘ndan bir qismini Egamizga nazr qilib beringlar.
27 Egamiz bu nazringizni don bilan sharobning ilk hosili o‘rnida qabul qilib oladi.
28 Demak, sizlar Isroil xalqidan oladigan jamiki ushringizning o‘ndan bir qismini Egamizga nazr qilishingiz shart. O‘sha nazrni ruhoniy Horunga beringlar.
29 Isroil xalqidan qabul qilgan ushrning faqatgina eng sifatlisini Egamizga nazr qilinglar.
30 Isroil xalqi Egamizga don bilan sharob nazrlarini keltirgandan keyin hosilning qolganini o‘zlariga qoldiradilar. Shu singari, sizlar ham ushrlarning eng sifatlisini Egamizga bag‘ishlaganingizdan keyin, qolganini o‘zingizga qoldiringlar.
31 Qolganini o‘zingiz oilangiz bilan har qanday joyda yeb–ichishingiz mumkin. Bular Uchrashuv chodirida qilgan xizmatingiz uchun to‘lovdir.
32 Egamizga ushrning eng sifatlisini bag‘ishlaganingizdan keyingina ushrning qolganini yeyishingiz mumkin, shunda sizlar aybdor hisoblanmaysizlar. Shunday yo‘l tutsangiz, Isroil xalqining muqaddas hadyalarini bulg‘amagan bo‘lasizlar, o‘zlaringiz nobud bo‘lmaysizlar.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18