Sahroda 20 bob

1 Kadeshdagi voqealar. 14 Isroil xalqi o‘tib ketishiga Edom shohi ijozat bermaydi. 22 Horunning o‘limi.

1 Birinchi oyda butun Isroil jamoasi Zin cho‘liga yetib keldi va Kadeshda o‘rnashdi. Maryam o‘sha yerda vafot etib, dafn qilindi.
2 U yerda jamoa uchun ichishga suv yo‘q edi. Shu sababli xalq Muso bilan Horunga qarshi yig‘ilib,
3 Musoga ta’na qila boshlashdi: — Biz ham qarindoshlarimiz bilan birga Egamiz oldida qirilib ketsak bo‘lmasmidi–ya!
4 Nimaga sizlar Egamizning jamoasini mana shu sahroga olib keldingizlar? Biz mol–holimiz bilan birga qirilib ketishimiz uchunmi?!
5 Nimaga bizni Misrdan olib chiqib, mana shu kasofat joyga olib keldingizlar o‘zi? Bu yerda ekin ekib bo‘lmasa, birorta anjir daraxti, uzum yoki anorlar bo‘lmasa. Bu yerda hatto ichishga suv ham topib bo‘lmaydi–ku!
6 Muso bilan Horun jamoa oldidan ketishdi. Ular Uchrashuv chodiri kiraverishiga borib, muk tushishdi. Shunda Egamiz ulug‘vorligini ularga zohir qildi.
7 Egamiz Musoga dedi:
8 — Tayog‘ingni ol. Akang Horun bilan birgalikda jamoani yig‘inglar. So‘ng jamoaning ko‘zi oldida qoyaga buyruq beringlar. Shunda qoyadan suv chiqadi. Shu yo‘sinda sizlar qoyadan suv chiqarib, jamoaga ham, ularning mollariga ham suv berasizlar.
9 Muso Egamizning aytganini qilib, Egamiz huzuridagi tayoqni oldi.
10 So‘ng Muso bilan Horun jamoani qoya yoniga yig‘ishdi. Muso ularga: — Quloq solinglar, ey, isyonchilar! Mana shu qoyadan biz sizlarga suv chiqarib berishimiz kerakmi? — dedi.
11 Muso qo‘lini ko‘tarib, qoyaga tayog‘i bilan ikki marta urgan edi, qoyadan sharillab suv oqdi. Jamoaning o‘zi ham, ularning mollari ham suv ichdi.
12 Shunda Egamiz Muso bilan Horunga dedi: — Menga yetarlicha inonmaganingiz uchun, Isroil xalqiga Mening muqaddasligimni namoyon qilmaganingiz uchun, bu jamoani Men ularga beradigan yurtga sizlar boshlab kirmaysiz.
13 Isroil xalqi bu yerda Egamizdan noligani uchun bu joy Mariva, deb nom oldi. O‘sha joyda Egamiz Isroil xalqiga O‘zining muqaddasligini namoyon qildi.
14 Muso Kadeshdan Edom shohiga choparlar orqali quyidagi mazmunda bir xabar jo‘natdi: “Biz, Isroil xalqi, sizning jigaringizmiz. Bizning boshimizga tushgan kulfatlardan sizlar xabardorsiz.
15 Bizning otalarimiz Misrga ko‘chib borgan edilar. Biz Misrda uzoq vaqt yashadik. Misrliklar otalarimizga ham, bizga ham zulm o‘tkazishdi.
16 Keyin biz Egamizga yolvorib iltijo qilgan edik, U bizning iltijoimizni eshitdi. U farishtasini jo‘natib, bizni Misrdan olib chiqdi. Mana endi biz Kadeshda — yurtingiz chegarasidagi shaharda turibmiz.
17 Bizga yurtingiz orqali o‘tib ketishga ijozat bersangiz. Biz ekinzorlaringiz va uzumzorlaringizga kirmaymiz, quduqlaringiz suvidan ichmaymiz. Sizning yurtingizdan o‘tib ketgunimizcha, faqat Shoh yo‘lidan yuramiz, yo‘ldan o‘ngga ham, chapga ham chiqmaymiz.”
18 Lekin Edom shohi Musoga: “Mening yurtimdan o‘ta ko‘rma, aks holda ustingga qilich yalang‘ochlab bostirib boraman”, — deb javob yubordi.
19 Isroil xalqi esa Edom shohidan iltimos qildi: “Biz katta yo‘ldan ketamiz. Agar suvingizdan o‘zimiz yoki mollarimiz ichsa, haqini to‘laymiz. Biz bor–yo‘g‘i yurtingizdan o‘tib ketmoqchimiz, xolos.”
20 Lekin Edom shohi: “O‘tmaysizlar!” — deb turib oldi. U Isroil xalqiga qarshi tish–tirnog‘igacha qurollangan katta lashkarini boshlab chiqdi.
21 Xullas, Edom shohi Isroil xalqiga o‘z yurtidan o‘tib ketishga ijozat bermadi. Isroil xalqi Edom yurtini chetlab o‘tib ketdi.
22 Butun Isroil jamoasi Kadeshdan jo‘nab, Xo‘r tog‘iga yetib keldi.
23 Egamiz Muso bilan Horunga Xo‘r tog‘ida — Edom yurti chegarasida shunday dedi:
24 — Horunning bu olamdan ko‘z yumadigan vaqti keldi. Men Isroil xalqiga beradigan yurtga u kirmaydi. Chunki sizlar ikkovingiz Mariva suvlari yonida Mening amrimga qarshi chiqdingizlar.
25 Endi sen Horun bilan uning o‘g‘li Elazarni Xo‘r tog‘iga boshlab chiq.
26 Horunning ustidan ruhoniylik kiyimlarini yechib olib, o‘g‘li Elazarga kiygiz. Horun o‘sha yerda vafot etadi.
27 Muso Egamiz amr berganday qildi. Uchalovi Xo‘r tog‘iga chiqishdi, butun jamoa buni ko‘rib turdi.
28 Muso Horunning ustidan kiyimlarini yechib olib, uning o‘g‘li Elazarga kiygizdi. Horun o‘sha yerda — tog‘ tepasida vafot etdi. Shundan so‘ng Muso bilan Elazar tog‘dan qaytib tushishdi.
29 Butun jamoa Horunning vafot etganini bildi. Jamiki Isroil xalqi Horun uchun o‘ttiz kun aza tutdi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак