Doniyor 1 bob

Kirish

Eramizdan avvalgi 586 yilda Bobil qo‘shinlari Quddus shahrini zabt etishadi. O‘sha davr mobaynida Doniyor ismli bir yigitcha boshqa asirlar qatori Bobilga surgun qilinadi. Mazkur kitobning birinchi qismida (1-6–boblar) Doniyor va uning uch do‘sti Bobil hukumatida yuksak obro‘–e’tiborga ega bo‘lganlari haqida hikoya qilinadi. Ularning hayoti bir necha marta xavf ostida bo‘ladi, shunga qaramay, ular Egamizga oxirgacha sodiq qolishadi. Bobil shohligi Midiya–Fors shohligiga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, Doniyorning yangi hukumatga xizmat qilishi ham kitobning o‘sha qismida bayon qilingan.

Kitobning ikkinchi qismi (7-12–boblar) Doniyorga kelgan vahiylardan va farishta unga aytgan vahiy ta’birlaridan tashkil topgan.

Kitobning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat: odamzodning hayotidan o‘rin olgan barcha hodisalar Xudoning irodasi bilan sodir bo‘ladi. Xudo shohliklarni qudratli qilib, vaqti kelganda, ularni mag‘lub qiladi. Unga sodiq bo‘lgan har bir odamga Xudo g‘amxo‘rlik qiladi. Vaqti kelib, U O‘z xalqiga g‘alaba keltiradi va butun dunyoda adolat o‘rnatadi. Quyidagi oyatlarda Doniyor kelajakdagi g‘alabalar haqida so‘z yuritadi: “Tunda kelgan o‘sha vahiyda men osmon bulutlarida kelayotgan inson qiyofasidagi bittasini ko‘rdim. U Azaliy Nuroniy oldiga keldi. Unga hukmronlik, ulug‘vorlik va shohlik berildi. Barcha xalqlar, elatlar va urug‘lar unga bo‘ysunishdi. Uning hukmronligi bitmas–tuganmas, abadiy hukmronlikdir. Uning shohligi hech qachon buzilmasdir.” (7:13-14)

 

1–BOB - Doniyor

Doniyor va do‘stlarining boshidan o‘tgan voqealar (1:1-6:28)

O‘spirinlar shoh Navuxadnazar saroyida

 

1 Yahudo shohi Yohayiqim hukmronligining uchinchi yilida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qo‘shin tortib kelib, shaharni qamal qildi.
2 Rabbiyning irodasi bilan Navuxadnazar Yahudo shohi Yohayiqimni asirlikka olib, Xudoning uyidagi ayrim idishlarni olib chiqdi. Navuxadnazar o‘ljalarni Bobil yurtiga olib borib, idishlarni o‘z xudosining uyidagi xazinaga joylashtirdi.
3 U saroyning bosh mulozimi Ashnapazga shunday buyruq bergan edi: “Isroil xalqidan olingan asirlardan shoh va zodagonlarning oilalariga mansub bo‘lgan
4 yosh, jismonan sog‘lom, xushqomat, zehni o‘tkir, qobiliyatli, farosatli va shohning saroyida xizmat qilishga layoqatli yigitlarni olib kel. Sen ularga bobil tili va adabiyotini o‘rgatishing kerak.
5 Har kungi yegulik bilan sharob ularga mening dasturxonimdan berilsin. Ular uch yil ta’lim olishgach, mening huzurimda hozir bo‘lishlari lozim.”
6 Tanlanganlarning orasida Yahudo qabilasidan bo‘lgan Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyo ismli o‘spirinlar bor edi.
7 Bosh mulozim ularning ismlarini o‘zgartirib, Doniyorni Beltashazar, Xanoniyoni Shadrax, Mishailni Meshax, Ozariyoni esa Abednaxu deb atadi.
8 Doniyor shohona yegulik va sharobdan bulg‘anishni xohlamadi. U bu taomlardan voz kechmoqni ahd qilib, bosh mulozimdan buning uchun ijozat so‘radi.
9 Xudoning irodasi bilan Doniyor bosh mulozimning muruvvatiyu iltifotiga sazovor bo‘lgan edi.
10 Ammo bosh mulozim Doniyorning taklifini eshitib lol qoldi va dedi: “Yo‘q, yegulik bilan ichimliklarni sizlarga shoh hazratlarining o‘zlari belgilaganlar. Hazratimning buyruqlaridan bosh tortishdan qo‘rqaman. Bordi–yu, ko‘rinishlaring tengdoshlaringnikidan yomonroq bo‘lsa, jonimni xavf ostiga qo‘ygan bo‘lasizlar.”
11 Keyin Doniyor bu masala xususida bosh mulozim tayinlagan soqchi bilan gaplashdi, chunki bu soqchi Doniyor va uning uch og‘aynisi uchun mas’ul bir odam edi. U soqchiga shunday dedi:
12 “Iltimos, qullaringizni o‘n kun davomida sinab ko‘ring. Bizga yegani sabzavot, ichgani suv bering.
13 Keyin esa bizni shohona yegulikni yegan yigitlar bilan solishtirib ko‘ring, so‘ng bilganingizni qilavering.”
14 Soqchi rozi bo‘lib, ularni o‘n kun davomida sabzavotlar bilan boqdi.
15 O‘n kun o‘tgach, ularning qadlari to‘lishib, shohona yegulik yegan boshqa yigitlardan ancha ko‘rkam bo‘ldi.
16 Shunday qilib, soqchi ularning shohona yeguliklari va sharobini o‘ziga olib qolib, ularga faqat sabzavotlar beradigan bo‘ldi.
17 Xudo bu to‘rtta yigitga adabiyot va falsafaning har sohasini fahmlamoq uchun bilim va iste’dod bergan edi. Bundan tashqari, Doniyor turli xil vahiy va tushlarni ta’birlash qobiliyatiga ega edi.
18 Shoh belgilagan muddat tugagach, bosh mulozim hamma yigitlarni Navuxadnazar huzuriga olib bordi.
19 Shoh ularning har biri bilan suhbatlashdi. Ular orasida hech kim Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyoga teng kelmas edi. Shuning uchun shoh ularni o‘z saroyida olib qoldi.
20 Shoh qanday savol bermasin va qanday jumboqni yechishni so‘ramasin, ularning bilimi va donoligi butun shohlikdagi folbinu munajjimlarnikidan o‘n barobar ziyoda edi.
21 Doniyor saroyda shoh Kurush hukmronligining birinchi yiligacha xizmat qildi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18