Doniyor 4 bob

1 Navuxadnazarning Maktubda bayon qilingan daraxt haqidagi tushi. 16 Tushning ta’biri. 25 Navuxadnazarning tushi o‘ngidan keladi. 31 Navuxadnazar Xudoni olqishlaydi.

1 Men, Navuxadnazar, o‘z uyimda xotirjam, shohona saroyimda rohat–farog‘atda yashayotgan edim.
2 Ammo bir kuni kechasi ko‘rgan tushim yuragimga allaqanday vahima soldi. Bu tushim meni dahshatga tushirgan edi.
3 Men tushimning ta’birini bilishni istab, Bobildagi hamma saroy maslahatchilarini huzurimga keltirishni buyurdim.
4 Qoshimda hozir bo‘lgan folbin, munajjim, afsungar va rammollar tushimni eshitdilar–u, ammo uni ta’birlay olmadilar.
5 Nihoyat, Doniyor keldi (uning Beltashazar degan ismi men sig‘inadigan xudoning ismi bilan hamohangdir). Doniyor muqaddas xudolarning ruhi bilan to‘ladir. Men unga tushimni aytib berdim:
6 — Ey, Beltashazar, folbinlarning boshlig‘i, senda muqaddas xudolarning ruhi borligi menga ayon, har qanday sir senga oshkordir. Ko‘rgan tushimning ta’birini menga aytib ber.
7 Tushimda men dunyoning qoq o‘rtasida o‘sayotgan bir daraxtni ko‘rdim. U nihoyatda ulkan edi.
8 Daraxt o‘sib borib uchi bilan osmonga yetdi. Daraxtni dunyoning to‘rt burchagidan turib ko‘rsa bo‘lar edi.
9 Uning yaproqlari nihoyatda chiroyli, mo‘l mevalari butun dunyoni ta’min qilar edi. Yovvoyi hayvonlar uning tagida pana topar, osmondagi qushlar shoxlarida in qurar, yer yuzidagi barcha mavjudot undan oziqlanar edi.
10 Men to‘shagimda yotib, kelgan vahiyni tomosha qilayotganimda, osmondan kuzatuvchi bir farishta tushib keldi.
11 U ovozini baland qilib shunday dedi: “Daraxtni yiqitinglar, shoxlarini chopib tashlanglar, yaproqlarini uzib, mevalarini sochib yuboringlar. Tagidagi hayvonlarni haydanglar, shoxlardagi qushlarni uchiringlar.
12 Ammo daraxtning to‘nkasi va ildizlariga tegmanglar, ularni temir va bronza bilan zanjirlab, mayin dasht o‘tlari orasida qoldiringlar. Daraxt timsolidagi bu odam osmondan tushgan shudringga cho‘milsin, yovvoyi hayvonlar bilan yashab, nasibasini dasht o‘tlari orasidan terib yesin.
13 Undan inson ongi olib tashlansin. U yetti yil mobaynida ongsiz hayvonday yashasin.
14 Bu hukmni kuzatuvchi farishtalar chiqarishdi, toki har bir mavjudot Xudoyi Taoloni inson saltanatining yagona Hukmdori deb bilsin. U shohlikni xohlagan odamiga berar, xokisor qashshoqni taxtga o‘tqazar.”
15 Men, Navuxadnazar, ko‘rgan tushim mana shudir. Endi sen, Beltashazar, menga uning ta’birini aytib ber, chunki saroy maslahatchilari tushimni ta’birlay olmadilar. Sen esa buning uddasidan chiqasan, chunki senda muqaddas xudolarning ruhi bor.
16 So‘ng Beltashazar, ya’ni Doniyor bir qancha vaqt o‘ziga kelolmay turdi. Mening tushim uni dahshatga tushirar edi. — Beltashazar, tushim va uning ta’biri seni dahshatga solmasin, — dedim unga men. — Hazratim, — deb gapini boshladi Beltashazar. — Iloyim, bu tushingiz va uning ta’biri dushmanlaringiz boshiga tushsin!
17 Siz, uchi osmon bilan o‘pishgan baland bir daraxtni ko‘rdingiz. Bu daraxt shu qadar ulkan ediki, uni dunyoning to‘rt burchagidan turib ko‘rsa bo‘lar edi.
18 Uning yaproqlari nihoyatda chiroyli, mo‘l mevalari butun dunyoni ta’min qilar edi. Tagida yovvoyi hayvonlar yashar, osmondagi qushlar shohlarida in qurar edi.
19 O‘sha ulkan daraxt — sizsiz, ey, shoh hazratlari! Siz yer yuzida hokimiyatingizni o‘rnatib, shuhratingizni osmonu falaklarga yoygansiz.
20 Tushingizda siz, ey, hazrati oliylari, osmondan tushib kelayotgan kuzatuvchi farishtani ham ko‘rdingiz. Farishta: “Daraxtni yiqitib, yo‘q qilinglar”, deb buyruq berdi. “Ammo to‘nka va ildizlariga tegmanglar, ularni temir va bronza bilan zanjirlab, dasht o‘tlari orasida qoldiringlar. Yetti yil davomida u osmondan tushgan shudringga cho‘milib, yovvoyi hayvonlar bilan birga yashasin.”
21 Tush ta’biri shundaydir: Xudoyi Taoloning amriga muvofiq bularning barchasi kelajakda boshingizga tushadi.
22 Siz insonlar jamiyatidan haydalib, yovvoyi hayvonlar orasida yashaysiz. Xudoyi Taolo inson saltanatining yagona Hukmdori ekanini va U taxtni xohlagan odamiga berishini anglab yetmaguningizcha yetti yil davomida molga o‘xshab o‘t yeb, osmondan tushgan shudringga cho‘milasiz.
23 Ammo daraxt to‘nkasi va ildizlari qoldirilganligi shundan dalolat beradiki, siz Xudoni Oliy Hukmdor sifatida tan olganingizdan keyin, shohligingiz qayta tiklanadi.
24 O‘tinaman sizdan, ey, shoh hazratlari, maslahatimni rad etmang: gunohlaringizdan yuz o‘girib, to‘g‘rilikni mahkam tuting, yomon qilmishlaringizdan voz kechib, ezilganlarga iltifot qiling. Kim bilsin, balki shunda davlatingiz ravnaqi davom etar.
25 Bularning hammasi mening boshimga tushdi.
26 O‘n ikki oylardan keyin, men, Navuxadnazar, Bobildagi saroyimning tomida sayr qilib yurgan edim.
27 Shunda shaharga nazar tashlab: — O‘z qudratim bilan qurdirgan shohona poytaxt Bobilni bir ko‘rib qo‘yinglar–a! — dedim, — cheksiz kuchim va dabdabali ulug‘vorligim bu shaharda aks ettirilgan.
28 Bu so‘zlar og‘zimdan chiqib ulgurmagan ham ediki, osmondan bir ovoz keldi: — Ey, shoh Navuxadnazar, gapimga quloq sol! Sen taxtingdan tushirilding!
29 Sen insonlar jamiyatidan haydalib, yovvoyi hayvonlar bilan yashaysan. Xudoyi Taolo — inson saltanatining yagona Hukmdori ekanini va U taxtni xohlagan odamiga berishini uqmaguningcha, yetti yil davomida molga o‘xshab o‘t yeb yurasan.
30 Menga aytilgan bu karomatli so‘zlar o‘sha zahotiyoq amalga oshdi. Men insonlar jamiyatidan haydaldim. Mol kabi o‘t yeb, osmondan tushgan shudringga cho‘mildim. Sochlarim burgut qanotlariday uzun, tirnoqlarim qushning changallariday bo‘lguniga qadar, hayotim shu zaylda davom etdi.
31 Belgilangan muddat tugagach, men ko‘zimni osmonga tikdim, o‘sha zahotiyoq es–hushim o‘zimga qaytib keldi. Men Xudoyi Taologa shukronalar aytdim, mangu yashovchini olqishlab, ulug‘ladim: Zero, abadiydir Uning hukmronligi, Avlodlar oshadir Uning shohligi.
32 Yerdagi insonlar Uning nazdida hech narsadaydir, Insonlaru malaklarga U hukmini o‘tkazgaydir. Biror kimsa Unga bas kela olmas, “Nima qilyapsan?” — deb so‘rashga jur’at etmas.
33 Es–hushim qaytib kelganidan so‘ng, shohligim, obro‘–e’tiborim hamda shuhratim tiklandi. Maslahatchi va beklarim meni qidirib kelishdi. Men qayta taxtga o‘tirdim, ulug‘vorligim esa oldingidan ham oshdi.
34 Endi men, Navuxadnazar, Samoviy Shohga hamdu sanolar aytaman, Uni olqishlab, ulug‘layman. Uning hamma ishlari to‘g‘ri, chiqargan hukmlari adolatlidir, U dimog‘i shishganlarning popugini pasaytirishga qodirdir.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак