Korinfliklarga ikkinchi maktub 1 bob

Kirish
2 KORINFLIKLARGA Mazkur maktubni havoriy Pavlus Korinfdagi jamoat bilan keskin munosabatda bo‘lgan bir paytda, ya’ni Korinfdagi ba’zi bir masihiylar Pavlusga har tarafdan hujum qilayotgan vaqtda yozgan. Pavlusning Korinfga borish rejalari o‘zgargani bois, ba’zi Korinfliklar uni ishonchsiz, o‘z so‘zida turmaydigan inson, deb aytishardi. Yana ba’zi birlari Pavlusning havoriyligiga shubha qilishardi. Bunday ig‘volar o‘zlarini havoriy deb atagan soxta ustozlardan kelib chiqqan edi. Pavlus bu maktubni Korinf jamoatining ishonchini va hurmatini qozonish niyatida yozgan.
Maktubning dastlabki qismida (1-7–boblar) Pavlus o‘zining Korinfliklar bilan bo‘lgan munosabati haqida yozib, nima sababdan ularning jamoatidagi ba’zi bir odamlarga qattiq gapirganini tushuntiradi. Mana shu qattiq muomala natijasida munosabatlar qayta tiklanganidan qanchalik xursand ekanini maktub davomida ifoda etadi. Shundan keyin (8-9–boblar) u Korinfdagi jamoatni Quddusdagi muhtoj bo‘lgan birodarlarga saxiylik bilan ehson berishga undaydi. Maktubning oxirgi qismida (10-13–boblar) Pavlus o‘zining haqiqiy havoriy ekanini, soxta havoriylarning aytgan gaplari yolg‘on ekanini dalillar orqali isbotlashga harakat qiladi.
Pavlus Xudoga xizmat qilib, ko‘plab qiyinchiligu azob–uqubatlarga qaramay, odamlarga Xudoning Xushxabarini yetkazishga harakat qiladi. Mazkur maktubda u jamoatning tavba qilgan aksariyat a’zolariga o‘z minnatdorchiligini izhor qiladi, itoatsizlarni esa tartibga chaqirib, o‘zining yetakchi sifatidagi hokimiyatini tan olishlariga da’vat qiladi. Pavlus bir necha bor o‘z shaxsiyati, namunali hayoti, Xudo tomondan tanlanganligini va Masihga xizmat qiladigan havoriy ekanligini ta’kidlaydi.

1–BOB - Korinfliklarga ikkinchi maktub

1.Duoyi salom  3.Tasalli manbayi — Xudo  12.Pavlusning safar rejalari o‘zgaradi

 

1 Xudoning irodasi bilan Iso Masihninghavoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan va birodarimiz Timo‘tiydan Xudoning Korinf shahridagi jamoatiga hamda Axaya hududidagi barcha Xudoning azizlariga salom!
2 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyatu tinchlik ato qilsin.
3 Rabbimiz Iso Masihning otasi Xudoga, har turli tasallining manbayi bo‘lgan Xudo — marhamatli Otaga hamdu sanolar bo‘lsin!
4 Har xil azob–uqubatlarga uchraganimizda Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz.
5 Masihga o‘xshab biz qanchalik ko‘p azob cheksak, Xudo bizga Masih orqali shunchalik ko‘p tasalli beradi.
6 Biz azob–uqubatlarga duchor bo‘layotgan ekanmiz, sizlar tasalli va najot topishingiz uchun shunday bo‘lyapti. Biz tasalli topayotgan bo‘lsak, bu ham sizlar tasalli topishingiz uchundir, toki sizlar ham bizga o‘xshab azob–uqubatlarga uchraganingizda bardosh bera oling.
7 Sizlar nafaqat azob–uqubatlarimizga, balki tasallimizga ham sherik bo‘lishingizga hech shubhamiz yo‘q.
8 Ey, birodarlar, biz shuni istar edikki, sizlar Asiya viloyatida biz chekkan azoblardan bexabar qolmanglar. Biz haddan tashqari, chidab bo‘lmas darajada azob–uqubat tortdik, hatto tirik qolishimizdan ham umidimizni uzgan edik.
9 O‘lim muqarrar ekanligiga amin bo‘lgan edik. Bularning hammasi bizning o‘zimizga emas, balki o‘liklarni tiriltiradigan Xudoga umid bog‘lashimiz uchun sodir bo‘ldi.
10 Haqiqatan ham Xudo bizni shunday og‘ir o‘lim tahlikasidan qutqardi va yana qutqaradi ham. Ha, U bizni yana qutqaradi, deb Undan qattiq umid qilamiz.
11 Sizlar ham ibodatlaringiz orqali bizning faoliyatimizga sherik bo‘lyapsizlar. Buni ko‘rib, ko‘pchilik biz uchun Xudoga shukr aytadi, chunki ko‘plarning biz uchun qilgan iltijolari natijasida Xudo bizga iltifot ko‘rsatdi.
12 Vijdonimiz guvohlik berib turibdi, biz bu dunyoda, ayniqsa sizlar bilan bo‘lgan munosabatimizda Xudo ato qilgan soddalik va samimiylik bilan ish tutdik. Biz dunyoviy donolikka emas, balki Xudoning inoyatiga tayanib harakat qildik. Faxrlanishimizning sababi mana o‘shadir.
13 Sizlar o‘qib, tushuna oladiganlardan boshqa hech narsa yozmaymiz.
14 Sizlar hozir bizni qisman bo‘lsa–da tushunasizlar. Umid qilamanki, bir kun kelib sizlar quyidagini to‘la anglab olasiz: biz sizlardan qanday faxrlansak, sizlar ham Rabbimiz Iso keladigan kunda bizdan shunday faxrlana olasizlar.
15 Yuqorida aytib o‘tganlarimning to‘g‘riligiga ishonganim uchun, meni ikki marta ko‘rib, xursand bo‘lib qolinglar, degan niyatda sizlarning oldingizga bormoqchi edim.
16 Makedoniyaga borayotganimda sizlarning oldingizga kirib o‘tish, qaytishda ham sizlarning oldingizga borish niyatim bor edi. Shunday qilib, Yahudiyaga ketishimda yo‘lda uchrashi mumkin bo‘lgan ehtiyojlarimni qondirib, kuzatib qo‘yardingizlar.
17 Shunday rejalarim bor edi. O‘sha rejalar amalga oshmasa, yengiltaklik bilan harakat qilgan bo‘lamanmi?! Yoki men reja qilayotgan paytda goh “ha”, goh “yo‘q”, deydigan, betayin odamlardanmanmi?!
18 Xudo ishonchlidir, shuning uchun sizlarga yetkazgan xabarimiz ham hech o‘zgarmaydi.
19 Silvan, Timo‘tiy va men sizlarga Xudoning o‘g‘li — Iso Masih haqida aytganmiz. Iso Masih o‘zgaruvchan emas. U doimo sadoqatlidir.
20 Iso Masih orqali Xudo O‘z va’dalarini bajaradi, shuning uchun biz ham Iso Masih orqali Xudoni ulug‘lab, “Omin, iloyim shunday bo‘lsin”, deymiz.
21 Xudoning O‘zi bizni ham, sizlarni ham Iso Masihga bo‘lgan imonimizda mustahkam qiladi. U bizni O‘zi uchun tanlab oldi.
22 Bizga O‘z muhrini bosib, kelajakdagi qut–barakalarning kafili sifatidaMuqaddas Ruhni berdi.
23 Xudo shohid, o‘z jonim haqqi aytyapman, sizlarni ayaganim uchun hanuz Korinfga bormadim.
24 Biz sizlarning imoningiz ustidan hukmdormiz, demoqchi emasman, chunki sizlar imonda mahkam turibsizlar. Xizmat qilishimizdan maqsad quvonchingizni ko‘paytirishdir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18