Korinfliklarga ikkinchi maktub 5 bob

1 Samoviy maskanimiz. 11 Xudo bilan yarashish.

1 Bilamizki, biz makon qilgan bu tanamiz yer yuzidagi bir kulbadaydir. Bu kulba xarob bo‘lganda, Xudo samoda bizga qo‘l bilan qurilmagan mangu bir uy beradi.
2 Biz samoviy maskanimizga yetishishni kutib, bu yerdagi kulbada, ya’ni tanamizda oh chekib yuribmiz.
3 Xudo bizga samoviy tana beradi, ruhimiz maskansiz qolmaydi.
4 Bu tanamizda ekanmiz, xuddi og‘ir yuk ostida qolgandek oh–nola chekamiz. O‘lishni xohlamaganimiz uchun oh–nola qilamiz. Samoviy tana darhol bu moddiy tananing o‘rnini olishini istaymiz. Axir, o‘shanda mangu tana foniy tananing o‘rnini egallaydi.
5 Xudo bizni mana shu maqsad uchun yaratgan va bunga kafil sifatida bizga Muqaddas Ruhni ato qilgan.
6 Biz bu tanada bo‘lganimizda samoviy maskanimizdan va Egamizdan uzoqda ekanligimizni bilsak ham ishonchimiz barqaror.
7 Axir, biz ko‘zga ko‘rinadigan narsalarga emas, balki imonimizga tayanib hayot kechiramiz.
8 Ha, ishonchimiz barqaror, shuning uchun bu tanalarimizni tashlab, Egamiz bilan birga samoda maskan qilishni afzal ko‘ramiz.
9 Xoh mana shu foniy tanada bo‘laylik, xoh abadiy maskanda bo‘laylik, bizning maqsadimiz Egamizni mamnun qilishdir.
10 Chunki har birimiz Masihning hukm kursisi oldida hozir bo‘lishimiz kerak. Shunda har birimiz, xoh yaxshi ishlar bo‘lsin, xoh yomon, qilganlarimizga yarasha mukofot yoki jazo olamiz.
11 Biz Xudodan qo‘rqish nimaligini bilganimiz uchun boshqalarni ham Xushxabarga ishonishga da’vat qilamiz. Biz qanday odam ekanligimiz Xudoga ayondir, umid qilamanki, sizlar ham bizning qandayligimizni ochiq–oydin bilasizlar.
12 Biz o‘zimizga o‘zimiz tavsiya bermayapmiz. Aksincha, sizlarga biz bilan faxrlanish imkonini beryapmiz. Shunda insonning qalbidagi o‘y–xayolu fazilatlari bilan emas, balki tashqi qiyofasi bilan maqtanadiganlarga sizlar o‘rinli javob bera olasizlar.
13 Agar biz boshqalarga aqldan ozganday ko‘rinsak, bu Xudoga shuhrat keltirish uchundir. Aqlimiz joyida bo‘lsa, bu sizlarning manfaatingiz uchundir.
14 Axir, Masihning bizga bo‘lgan muhabbati bizni rag‘batlantiradi. Bir Odam hamma uchun o‘lgan bo‘lsa, demak biz hammamiz o‘lganmiz, degan xulosaga keldik.
15 Ha, Masih hamma uchun o‘ldi, toki yashayotganlar endi o‘zlari uchun emas, balki ular uchun o‘lgan va tirilgan Masih uchun yashasinlar.
16 Shu sababdan endi biz hech kimga insoniy nuqtayi nazardan baho bermaymiz. Bir vaqtlar Masihga ham insoniy nuqtayi nazardan baho bergan edik, endi esa unday qilmaymiz.
17 Binobarin, kim Masihga tegishli bo‘lsa, u yangi ijoddir. Eski hayot o‘tib ketdi, yangisi kirib keldi.
18 Bularning hammasi Xudodandir. U Masih orqali bizni O‘zi bilan yarashtirdi hamda boshqalarga Xudo bilan yarashish yo‘lini ko‘rsatish xizmatini bizga berdi.
19 Ha, insonlarning gunohlarini ularning o‘zlariga qarshi hisoblamasdan, Xudo dunyoni Masih orqali O‘zi bilan yarashtirdi. Yarashish haqidagi bu xabarni yetkazishni esa bizga topshirdi.
20 Shunday qilib, biz Masihning elchilarimiz, Xudo biz orqali insonlarga murojaat etyapti. Masih nomidan yolvoryapmiz: Sizlar ham Xudo bilan yarashinglar.
21 Axir, Xudo bizni Masih orqali oqlash uchun gunohsiz bo‘lgan Masihni gunohkorni jazolaganday, jazoladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18