Korinfliklarga ikkinchi maktub 4 bob

1 Sopol idishlardagi ulug‘ xazinamiz.

1 Biz Xudoning marhamati bilan yangi ahdning xizmatkorlari bo‘lganimiz uchun tushkunlikka tushmaymiz.
2 Aksincha, sirli va uyatli ishlar qilishdan, makr–hiyla ishlatishdan bosh tortib, Xudoning kalomini buzmay gapiramiz. Haqiqatni ochiq–oydin aytib, Xudoning huzurida o‘zimizni boshqa odamlarning hukmiga topshiramiz.
3 Xushxabarimiz sirli, to‘siq parda ortida turganday bo‘lib tuyulsa, u halok bo‘ladiganlar uchun shunday tuyuladi.
4 Bu dunyoning xudosi imonsizlarning ongini ko‘r qilib qo‘ygan. Shuning uchun ular Xushxabarning nurini ko‘ra olmaydilar. Bu Xushxabar Xudoning aniq tasviri bo‘lgan Masihning ulug‘vorligini ko‘rsatadi.
5 Biz o‘zimiz haqimizda emas, Rabbimiz Iso Masih haqida va’z qilamiz. Isoning yo‘lida sizlarning xizmatkoringizmiz.
6 Xudo dunyoni yaratganda O‘z so‘zi bilan zulmatdan nur yaratgan edi. Endi U O‘zining nuri bilan bizning yuraklarimizni ham yoritdi, Iso Masih siymosida porlab turgan O‘z ulug‘vorligini bizga ko‘rsatdi.
7 Shunday ajoyib xazinani sopol idishlarday bo‘lgan tanalarimizda olib yuribmiz. Shu orqali oliy qudrat bizga emas, Xudoga mansub ekanligi ko‘rinib turibdi.
8 Biz har tomonlama jabrlanamiz, ezilamiz, ammo sinmaymiz. Ko‘nglimiz alag‘da qolib, mushkul ahvolga tushsak ham umidimizni yo‘qotmaymiz.
9 Quvg‘in qilinamiz, lekin Xudo hech qachon bizni tashlab ketmaydi. Bizni yerga yiqitadilar, ammo yakson qila olmaydilar.
10 Iso Masih o‘limga ro‘baro‘ bo‘lganidek, biz ham azob–uqubat tortib, o‘lim tahlikasida yashayapmiz, toki Isoning hayoti bizning tanamizda namoyon bo‘lsin.
11 Iso Masihga tegishli bo‘lganimiz uchun biz doim o‘limga duchor bo‘lyapmiz, toki Isoning hayoti bizning foniy badanimizda namoyon bo‘lsin.
12 Shunday qilib, o‘lim xavfi ostida yashashimiz sizlarga abadiy hayot keltiradi.
13 Muqaddas Bitiklarda: “Ishonganim uchun gapirdim,” deb yozilgan. Bizda ham shunday imon bor, shuning uchun Xushxabar aytishni davom ettiraveramiz.
14 Bilamizki, Rabbimiz Isoni tiriltirgan Xudo bizni ham Isoga o‘xshatib tiriltiradi va sizlar bilan birga O‘zining huzuriga olib kiradi.
15 Boshimizdan o‘tganlarning hammasi sizlarning manfaatingiz uchundir. Xudoning inoyati ko‘pdan ko‘p odamlar orasida yoyilar ekan, Xudoga yanada ko‘p odamlar shukr aytadi va bundan Unga yanada ko‘proq shon–shuhrat keladi.
16 Shuning uchun ham umidimizni yo‘qotmaymiz. To‘g‘ri, bu foniy badanimiz xazon bo‘lyapti, ammo biz ruhan yangilanib boryapmiz.
17 Bizning o‘tkinchi, yengil azob–uqubatlarimiz bizga haddan tashqari ajoyib va abadiy ulug‘vorlik keltiradi.
18 Axir, biz ko‘rinadigan narsalarga emas, balki ko‘rinmaydigan narsalarga ko‘z tikkanmiz. Ko‘rinadigan narsalar o‘tib ketadi, ko‘rinmaydiganlari esa mangudir!


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18