Korinfliklarga ikkinchi maktub 10 bob

1 Pavlusning Xudo bergan hokimiyati. 12 Maqtanishu maqtanmaslik haqida.

1 Masihning O‘zi ko‘rsatgan muloyimlik va mehribonlik bilan sizlardan iltijo qilaman. Ba’zilar men haqimda, “Pavlus shaxsan oramizda bo‘lganda mo‘min–u, uzoqda bo‘lganda esa juda jasur ekan– a!” deb aytayotgan ekan.
2 Ba’zilar meni bo‘shang odam, deb aytayotgan ekan. Men albatta bunday odamlarga qattiq muomila qilaman. Sizlardan o‘tinaman, sizlarga qattiq gapirishga meni majbur qilmanglar.
3 Biz inson bo‘lib, bu dunyoda yashasak ham, bashariy kuch bilan jang qilmaymiz.
4 Bizning qurol–aslahalarimiz bashariy manfaat uchun emas, balki ilohiy manfaat uchun ishlatiladi. Bu dunyoning qurol–aslahalariday emas. Xudoning qudrati bilan bu qurol–aslahalarimiz qal’aday mustahkam bo‘lgan insoniy o‘y–xayollarni hamda quruq safsatalarni yo‘q qilishga qodir.
5 Xudoni tanib–bilishga to‘sqinlik qilayotgan takabburona dunyoqarashga biz barham beramiz. Har qanday o‘y–xayolni Masihga bo‘ysundirib, asir qilamiz.
6 Shunday qilib, o‘zlaringiz ham to‘la bo‘ysunganingizdan keyin, biz birgalikda har xil itoatsizlikni jazolashga tayyor bo‘lamiz.
7 Ko‘z oldingizda bo‘lganlarga qarang. Agar birortasi ishonch bilan: “Men Masihga tegishliman”, desa, quyidagini o‘ylab ko‘rsin: u tegishli bo‘lgan Masihga biz ham tegishlimiz.
8 Egamiz tomonidan berilgan hokimiyat haqida juda ko‘p maqtansam ham, bundan hech xijolat bo‘lmayman. Axir, bu hokimiyat menga sizlarning imoningizni vayron qilish uchun emas, balki mustahkamlash uchun berilgan.
9 Darvoqe, ba’zilar: “U maktublarida talabchan va kuchli,
10 lekin shaxsan biz bilan bo‘lganda esa zaif, so‘zlari ham ta’sirsiz”, deb aytayotgan ekan. Bunday deb aytayotganlar shuni bilib qo‘ysinlarki, men faqatgina maktublarimda ogohlantirib qolmayapman.
11 Men maktublarimda qanday inson ekanligimni ko‘rsatgan bo‘lsam, huzuringizda bo‘lganimda ham shunday inson ekanligimni o‘z harakatlarim bilan isbotlayman.
12 O‘zlarini maqtayotgan odamlarning qatoriga biz o‘zimizni qo‘shmaymiz, hatto ular bilan solishtirmaymiz. Ular o‘zlarini o‘zlari bilan o‘lchab, o‘zlarini o‘zlariga qiyos qiladilar. Bu qanday ahmoqlik!
13 Biz haddan tashqari maqtanmaymiz. Xudo bizga yuklagan mas’uliyat va vazifa doirasidan chiqib ketmaymiz. Sizlar ham bizning mas’uliyatimiz doirasiga kirasizlar.
14 Agar biz sizlarga mas’ul bo‘lmaganimizda edi, sizlarga qilgan muomalamizda haddimizdan oshgan bo‘lardik. Ammo o‘zlaringiz bilasiz–ku, birinchi bo‘lib sizlarga Masihning Xushxabarini keltirgan bizmiz.
15 Biz haddimizdan oshib, boshqalarning qilgan mehnati bilan maqtanmaymiz. Umid qilamizki, imoningiz oshib boraveradi, shunda sizlarning yordamingiz bilan xizmatimiz yanada ko‘payadi.
16 Shunday qilib, boshqalarning tayyor ishlari bilan maqtanmay, sizlardan uzoqroq bo‘lgan joylarga ham Xushxabarni yetkazaylik.
17 Muqaddas Bitiklarda yozilganday: “Kim maqtanmoqchi bo‘lsa, Egamizning qilgan ishlari bilan maqtansin!”
18 O‘zini o‘zi maqtagan odam emas, balki Egamizning maqtoviga sazovor bo‘lgan odamgina Unga maqbul bo‘ladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18