Doniyor 3 bob

1 Navuxadnazar hamma odamlarga oltin haykalga sajda qilishni buyuradi. 8 Doniyorning uch og‘aynisi itoatsizlikda ayblanadi. 19 Doniyorning uch og‘aynisi o‘limga mahkum qilinadi. 26 Uchta yigit ozod qilinib, yuqori lavozimga ko‘tariladi. 31 Navuxadnazarning maktubi.

1 Shoh Navuxadnazar sof oltindan ulkan bir haykal yasattirdi. Balandligi oltmish tirsak, eni esa olti tirsak bo‘lgan bu haykal Bobil viloyatidagi Durax tekisligida o‘rnatildi.
2 So‘ng qo‘li ostidagi barcha noiblar, hokimlar, beklar, a’yonlar, xazinabonlar, qozilar, ma’murlar va viloyatlarning amaldorlarini chaqirtirib, o‘rnatgan haykalning ochilishida qatnashishlarini buyurdi.
3 Bu barcha amaldorlar shoh Navuxadnazar o‘rnatgan haykalning ochilishiga yig‘ilganlarida,
4 jarchi baland ovozda shunday e’lon qildi: “Ey, barcha xalqlar, elatlar va urug‘lar!
5 Hozir sozandalarimiz karnay, nay, lira, chang, arfa, doira va boshqa cholg‘u asboblarini chaladilar, sizlar esa muk tushib shoh Navuxadnazar o‘rnatgan oltin haykalga sajda qilasizlar.
6 Kimki muk tushib sajda qilmasa, o‘sha zahotiyoq olovli chuqurlikka tashlanadi.”
7 Cholg‘u asboblarining sadolarini eshitgach, barcha xalqlar, elatlar va urug‘lar muk tushib, shoh Navuxadnazar o‘rnatgan haykalga sajda qildilar.
8 Yahudiylarni qoralash niyatida yurgan ayrim Bobilliklar uchun qulay bir vaziyat tug‘ilgan edi. Bunday fursatni boy bermaslik uchun ular
9 shoh Navuxadnazarga shunday dedilar: “Shoh hazratlarining umri boqiy bo‘lsin!
10 Ey, shoh hazratlari, siz bergan amringizga binoan cholg‘u asboblarining sadolarini eshitgan har bir odam muk tushib oltin haykalga sajda qilishi kerak edi, shunday emasmi?
11 Siz, amrimga itoat qilmagan har qanday kishi olovli chuqurlikka tashlanadi, deb aytgan edingiz.
12 Ammo ayrim yahudiylar, xususan siz Bobil viloyatiga hokim qilib tayinlagan Shadrax, Meshax va Abednaxu shoh hazratlarining amriga bo‘ysunmadilar. Bu odamlar xudolaringizga sig‘inmaydilar, ular hatto siz o‘rnatgan oltin haykalga sajda qilishni ham o‘zlariga ep ko‘rmadilar.”
13 Bu xabardan g‘azablanib ketgan Navuxadnazar Shadrax, Meshax va Abednaxuni o‘z huzuriga keltirishni buyurdi. Ular shoh huzuriga keltirilganda,
14 Navuxadnazar ularga dedi: — Shadrax, Meshax va Abednaxu, sizlar mening xudolarimga sig‘inmaganingiz va men o‘rnatgan oltin haykalga sajda qilmaganingiz to‘g‘risida xabar topdim.
15 Ammo men sizlarga lutf aylab yana bir imkoniyat beraman. Hozir cholg‘u asboblarining sadolarini eshitishingiz bilanoq, muk tushib men o‘rnatgan haykalga sajda qilasizlar. Aks holda o‘sha zahotiyoq olovli chuqurlikka tashlanasizlar. Shunda sizlarni mening qo‘limdan bironta xudo ham qutqara olmaydi!
16 Shadrax, Meshax va Abednaxu shohga shunday javob berishdi: — Ey, olampanoh, bu masalada biz o‘zimizni oqlamoqchi emasmiz.
17 Biz sig‘inadigan Xudo bizni olovli chuqurlikdan ham, sizning qo‘lingizdan ham qutqarishga qodir.
18 Ammo U bizni qutqarmagan taqdirda ham, bilib qo‘yingki, ey, shoh hazratlari, biz hech qachon xudolaringizga sig‘inmaymiz, siz o‘rnatgan oltin haykalga ham sajda qilmaymiz.
19 Shadrax, Meshax va Abednaxuning bunday javobi Navuxadnazarning qonini qaynatdi. Uning afti–basharasi burishib ketdi. U olovni odatdagidan yetti barobar qattiqroq yondirishni buyurdi.
20 So‘ng lashkarlarining orasidagi eng kuchli polvonlarga Shadrax, Meshax va Abednaxuni bog‘lab, olovli chuqurlikka tashlashni amr qildi.
21 Polvonlar ularni bog‘lab, ustki kiyimi, ishtoni, bosh kiyimi, xullas, butun ust–boshi bilan olovli chuqurlikka tashladilar.
22 G‘azablangan shoh qattiq olov yondirishni buyurgani uchun, alanga avjiga chiqqan edi. Olovning tafti uch og‘aynini chuqurlikka tashlayotgan polvonlarni kuydirib yubordi.
23 Shadrax, Meshax va Abednaxu esa bog‘langan holda olovli chuqurlikka yiqildilar.
24 Buni tomosha qilib turgan shoh Navuxadnazar birdaniga o‘rnidan sapchib turdi–da, hayrat ichra maslahatchilariga: — Biz chuqurlikka uchta bog‘langan odamni tashlamaganmidik? — deb hayqirib yubordi. — Xuddi shunday, shoh hazratlari, — deb javob berdi ular.
25 — Vo ajabo! Alanganing o‘rtasida bog‘lanmagan to‘rtta odam yuribdi–ku, — dedi shoh. — Ularning birortasiga ham zarar yetmagan. To‘rtinchi kimsa xuddi ilohiy zotga o‘xshaydi– ya!
26 Navuxadnazar chuqurlikning og‘ziga borib: — Shadrax, Meshax va Abednaxu, ey, Xudoyi Taoloning xizmatkorlari, qani, chiqinglar! Oldimga kelinglar! — deb baqirdi. Shadrax, Meshax va Abednaxu alanga orasidan chiqishdi.
27 Barcha noiblar, hokimlar, beklar va shoh a’yonlari Shadrax, Meshax va Abednaxuni o‘rab olib, olov o‘sha odamlarga hech qanday ziyon yetkazmaganligini ko‘rishdi. Ularning na sochlari kuygan, na ustki kiyimlariga zarar yetgan, ulardan hatto tutun hidi ham kelmas edi.
28 Navuxadnazar dedi: “Shadrax, Meshax va Abednaxuning Xudosiga hamdu sanolar bo‘lsin! U o‘z farishtasini yuborib, O‘ziga inongan qullarini xalos qildi. Ular o‘z Xudosidan boshqa bo‘lgan xudolarga sig‘inishdan ko‘ra, o‘limni ravo ko‘rdilar, shu bois shohning amriga ham bo‘ysunmadilar.
29 Shuning uchun farmonim quyidagichadir: Shadrax, Meshax va Abednaxuning Xudosiga shak keltirgan har bir odam qaysi xalq, elat yoki urug‘ga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar chopib, tashlanadi, uning uyi esa vayron qilinadi. Zero, bunday najot beradigan boshqa xudo yo‘qdir.”
30 Keyin shoh Shadrax, Meshax va Abednaxuning martabasini yanada oshirib, ularni Bobil viloyatidagi yuqori lavozimlarga ko‘tardi.
31 Shoh Navuxadnazar yer yuzidagi barcha xalqlar, elatlar va urug‘larga quyidagi xabarni yubordi: “Xonadoningizdan baraka arimasin!
32 Xudoyi Taolo menga ko‘rsatgan alomatu mo‘jizalari haqida sizlarni xabardor qilmoqchiman.
33 Naqadar buyukdir Uning alomatlari! Naqadar qudratli mo‘jizalari! Uning shohligi — mangu shohlik bo‘lur, U abadiy hukmronlik qilur.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак