Doniyor 2 bob

1 Navuxadnazarning tushi. 14 Xudo Doniyorga Navuxadnazar tushining ta’birini ochib beradi. 24 Doniyor shohga tush bilan uning ta’birini aytadi. 46 Shoh Doniyorni taqdirlaydi.

1 Navuxadnazar hukmronligining ikkinchi yilida bir tush ko‘rdi. Tushi uni shu qadar bezovta qilib yubordiki, ko‘ziga boshqa uyqu kelmadi.
2 Shoh tushining ta’birini bilish uchun qo‘li ostidagi barcha folbin, munajjim, sehrgar va afsungarlarni chaqirtirdi. Ular shoh huzurida hozir bo‘lganlarida,
3 shoh ularga shunday dedi: — Men g‘alati bir tush ko‘rdim. Yuragimga g‘ulg‘ula solgan bu tushning ta’birini bilmoqchiman.
4 Ular shohga oramiy tilida dedilar: — Shoh hazratlarining umri boqiy bo‘lsin! Tushingizni aytib bering, kaminalaringiz uni ta’birlab beradilar.
5 — Bilib qo‘yinglar, — dedi ularga shoh. — Agar menga tush va uning ta’birini aytib bermasangiz, men sizlarni jazolab, tanalaringizni bo‘lak–bo‘lak qildiraman, uylaringizni esa vayron qilib, bir uyum toshga aylantiraman.
6 Bordi–yu, tushimni aytib, uni ta’birlab bersangiz, sizlarga in’omu mukofotlar berib, izzat–ikrom ko‘rsataman. Qani, endi menga ko‘rgan tushimni va uning ta’birini aytib beringlar!
7 Ular shohga ikkinchi marta dedilar: — Shoh hazratlari avval tushlarini aytsinlar, kaminalaringiz uni ta’birlashga tayyordirlar.
8 — Sizlar qarorim qat’iy ekanini ko‘rib, vaqtni cho‘zmoqchisizlar, — dedi shoh. — Buni aniq bilib turibman.
9 Agar tushimni aytib bermasangiz, hammangizga jazo bir! Sizlar meni laqillatib, vaziyat o‘zgargunicha vaqtni cho‘zishga kelishib olgansizlar. Tushni menga aytib beringlar, shunda uni ta’birlay olishingizni ham bilaman.
10 — Yer yuzida shohning bu talabini qondiradigan bironta jon bormikan?! — deya ajablandilar ular. — Shuhrati ro‘yi zaminga yoyilgan shohlarning birontasi ham bunday narsani na folbin, na munajjim, na afsungardan talab qilgan.
11 Shoh hazratlari bizdan imkonsiz bir narsani talab qilyaptilar. Buni shohga foniy bandalar dunyosidan yiroq yashaydigan xudolardan boshqa hech kim ochib berolmaydi.
12 Darg‘azab bo‘lgan shoh: “Bobildagi barcha saroy maslahatchilari qatl qilinsin!” — deya farmon berdi.
13 Farmon e’lon qilindi. Saroy maslahatchilari qatl qilinish arafasida edi. Doniyor va uning o‘rtoqlari ham qatl qilinishlari kerak edi.
14 Shoh soqchilarining boshlig‘i Oriyox saroy maslahatchilarini qatl qilmoq uchun yo‘lga chiqqanda, Doniyor uning oldiga borib, ehtiyotkorlik bilan murojaat qilib:
15 “Ey, Oriyox hazratlari, nima bois shoh bunday shoshilinch farmon chiqardilar?” — deb so‘radi. Shunda Oriyox bo‘lib o‘tgan voqeani unga birma–bir so‘zlab berdi.
16 Doniyor shosha–pisha shoh qoshiga kirib, tushning ta’birini topmoq uchun hazratlaridan muhlat so‘radi.
17 So‘ng uyga borib, bo‘lib o‘tgan voqeani sheriklari Xanoniyo, Mishail va Ozariyolarga aytib berib, dedi:
18 “Saroy maslahatchilari bilan birga halok bo‘lmasligimiz uchun, Samoviy Xudoga iltijo qilinglar. U bizga rahm qilib, bu sirni ochib berishini so‘ranglar.”
19 O‘sha kecha Doniyorga bu sir vahiy orqali oshkor bo‘ldi va Doniyor Samoviy Xudoga hamdu sanolar aytdi:
20 “Xudoyimiz dono va qudratlidir, Asrlar osha Uning nomi ulug‘lansin!
21 U zamon va davrlarni o‘zgartirar, Shohlarni taxtdan tushirib taxtga o‘tqazar. Donishmandlarga donolik, Oqilu fozillarga bilim berar.
22 Pinhon saqlangan sirlarni ochar, Zulmatda yashiringan narsalarni bilar, Yorug‘lik Uning dargohida maskan topar.
23 Ey, ota–bobolarimning Xudosi, Senga shukrlar aytib, madhlar kuylayman, Zero, donoligu qudratni menga bergan Sensan, Istagan narsamni menga ochgan Sensan, Shoh tushini bizga oshkor qilgan Sensan.”
24 Doniyor saroy maslahatchilarini qatl qilish uchun shoh tomonidan tayinlangan Oriyoxning oldiga borib: — Hazratim, saroy maslahatchilarining jonlariga zinhor qasd qilmang, — dedi. — Meni darhol shoh huzuriga olib kiring, men shoh hazratlari ko‘rgan tushni ta’birlab beraman.
25 Oriyox zudlik bilan Doniyorni shoh huzuriga olib kirib: — Ey, olampanoh, kaminangiz Yahudo asirlari orasidan tushingizni ta’birlab beradigan bir odamni topib keldi, — dedi.
26 Shoh Doniyorga yuzlanib (Doniyorning boshqa ismi Beltashazar edi): — Sen menga ko‘rgan tushimni hamda uning ta’birini aytib bera olasanmi? — dedi.
27 Doniyor shohga shunday javob berdi: — Ey, hazrati oliylari, na saroy maslahatchisi, na munajjim, na folbin, na rammol buning uddasidan chiqa oladi.
28 Lekin samoda shu kabi sirlarni oshkor qila oladigan bir Xudo bordir. U sizga, ey, shoh hazratlari, oxiratda bo‘ladigan narsalarni ayon qilmoqchi. Siz tushingizda ko‘rgan vahiy quyidagicha edi:
29 Ey, olampanoh, siz uxlab, kelajak haqida bir tush ko‘rdingiz. Bu tush orqali sirlarni oshkor qiluvchi Xudo sizga kelajakda ro‘y beradigan narsalarni ayon qildi.
30 Bu sirning menga ochilganligi esa donoligim boshqalarnikidan ziyoda bo‘lgani uchun emas, balki shohanshohim ko‘rgan tushining ta’birini bilib, uning ma’nosini tushunishlari uchundir.
31 Ey, shoh hazratlari, tushingizda siz bahaybat bir haykal ko‘rdingiz. Oldingizda turgan o‘sha ulkan haykalning ko‘rinishi nihoyatda yarqiroq va qo‘rqinchli edi.
32 Haykalning boshi toza oltindan, ko‘krak va qo‘llari kumushdan, beli va sonlari bronzadan,
33 boldirlari temirdan, oyoqlarining bir qismi loydan, bir qismi temirdan edi.
34 Unga qarab turganingizda, tog‘dan o‘z–o‘zidan uzilgan bir tosh dumalab kelib haykalning loy va temirdan bo‘lgan oyoqlariga urildi–da, ularni parcha– parcha qildi.
35 Temir, loy, bronza, kumush va oltin parchalanib, yozgi xirmonlardagi to‘ponday bo‘ldi. Shamol ularni uchirib ketib, hech bir asar qoldirmadi. Haykalga urilgan tosh esa katta tog‘ bo‘lib, butun yer yuzini qopladi.
36 Bu siz ko‘rgan tush edi. Endi esa shoh hazratlari tushining ta’birini eshitsinlar.
37 Ey, shoh hazratlari, siz kabi buyuk hukmdorni dunyo hali ko‘rmagan. Samoviy Xudo sizga saltanat, kuch– qudrat va shon–shuhrat ato qilgandir.
38 U sizga yerda yashovchi barcha insonlarni, hatto dashtdagi yovvoyi hayvonlaru osmonda uchuvchi qushlarni tobe qilgan, ular ustidan hukmronligingizni mustahkam o‘rnatgan. Tilla bosh — Sizsiz.
39 Ammo sizdan keyin jahon sahnasiga boshqa buyuk bir shohlik chiqadi. Bu shohlik siznikidan zaifroq bo‘ladi. So‘ng haykalning bronza beli va sonlari bilan ifodalangan uchinchi shohlik hukmronlik qiladi.
40 Undan keyin temirday qattiq to‘rtinchi shohlik bo‘ladi. Temir hamma narsani sindirib yo‘q qilganiday, o‘sha shohlik ham undan oldingi shohliklarni buzib, yo‘q qiladi.
41 Siz haykalning oyoqlari va oyoq barmoqlari bir qismi loydan, bir qismi temirdan ekanligini ko‘rdingiz, bu bo‘lingan shohlik bo‘ladi. Loy temir bilan qorilgani uchun bu shohlikda biroz temirning kuchi bo‘ladi.
42 Shohlik ayrim jihatdan kuchli, ayrim jihatdan zaif bo‘ladi.
43 Temir bilan loyning qorishmasi yana shundan dalolat beradiki, o‘sha zamon hukmdorlari quda–andachilik yo‘li bilan shohliklarini mustahkam qilmoqchi bo‘ladilar, ammo temir loy bilan qovushmagani kabi, ular ham bir–biri bilan qovusha olmaydilar.
44 O‘sha shohlarning davrida Samoviy Xudo bitmas– tuganmas bir shohlik o‘rnatadi. Hech kim uni yenga olmaydi. Bu shohlik boshqa barcha shohliklarni yer bilan yakson qilib, o‘zi abadiy turadi.
45 Tog‘dan o‘z–o‘zidan dumalab tushib, temir, bronza, loy, kumush va oltinni parchalab tashlagan tosh o‘sha shohlikning ifodasidir. Buyuk Xudo sizga, ey, shoh hazratlari, kelajakda sodir bo‘ladigan narsalarni ayon qildi. Siz ko‘rgan tushingiz haqiqatdan ham karomatli, ta’biri esa ro‘y rostdir.
46 Shoh Navuxadnazar muk tushib Doniyorga sajda qildi. So‘ng odamlariga Doniyor oldida nazrlar keltirib, hushbo‘y tutatqilar tutatishni buyurdi.
47 Shoh Doniyorga dedi: — Chindan ham sening Xudoying sirlarni oshkor qiluvchi eng buyuk Xudodir, U shohlarning haqiqiy Egasidir, chunki bu sirni menga faqat sen oshkor qila olding!
48 Shoh Doniyorni yuqori mansabga ko‘tarib, ko‘pdan–ko‘p in’omlar taqdim qildi, uni Bobil viloyatining hokimi va saroy maslahatchilarining boshlig‘i qilib tayinladi.
49 Doniyorning iltimosiga binoan shoh Bobil viloyatining boshqaruvini Shadrax, Meshax va Abednaxuga topshirdi. Doniyorning o‘zi esa shoh saroyida xizmat qilib qoldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак