Doniyor 8 bob

1 Doniyorning qo‘chqor va echki haqidagi vahiysi. 15 Farishta Jabroil vahiylarni tushuntirib beradi.

1 Doniyor shunday deb yozdi: “Shoh Belshazar hukmronligining uchinchi yilida menga yana bir vahiy keldi.
2 Bu vahiyda men Elam viloyatidagi Shushan qal’asida, Uloy daryosining bo‘yida turgan ekanman.
3 Men daryo bo‘yida bir qo‘chqor turganini ko‘rdim. Uning ikkita uzun–uzun shoxlari bor ekan. Ikkinchi bo‘lib chiqqan shox birinchisiga qaraganda uzunroq ekan.
4 Qo‘chqor o‘zini g‘arb, shimol va janubga urib, yo‘lida duch kelgan hamma narsani suzar edi. Hech qanday hayvon unga bas kela olmas, uning qurbonlarini qutqara olmas edi. Qo‘chqor xohlagan ishini qilar, kuchi tobora oshib borar edi.
5 Buni tomosha qilib turganimda, g‘arb tomondan bir taka ko‘rindi. Yelday uchib kelayotgan bu takaning tuyoqlari go‘yo yerga tegmayotganday tuyular edi. Uning ko‘zlari orasida ulkan bir shox bor edi.
6 U quturganicha qo‘chqor tomon yugurdi–da,
7 qahr–g‘azab bilan unga tashlanib, suzdi. Takaning zarbasi zo‘rligidan, qo‘chqorning ikkala shoxi sinib tushdi. Qo‘chqor takaga bas kela olmadi. Taka uni yerga yiqitib toptadi, hech kim qo‘chqorni undan qutqara olmas edi.
8 Taka nihoyatda kuchayib ketdi, ammo kuch– qudrat cho‘qqisida uning ulkan shoxi sinib tushdi. Sinib tushgan shoxning o‘rniga dunyoning to‘rt tomoniga qayrilgan to‘rtta katta shox o‘sib chiqdi.
9 Ularning biridan yana bitta shoxcha chiqdi. Uning kuch–qudrati oshib, janub, sharq va go‘zal Isroil o‘lkasi tomon yoyildi.
10 Qudrati osmonu falakka yetgan bu shox samoviy lashkarlarga hujum qildi. Samoviy lashkarlar bo‘lmish yulduzlarning ayrimlarini yerga tushirib toptadi.
11 Hatto samoviy lashkarning sarkardasini mensimay, unga keltiriladigan kundalik qurbonliklarni to‘xtatdi. Ma’badni esa vayron qilib,
12 samoviy lashkarlarni mag‘lub qildi. Kundalik qurbonliklar o‘rniga haddan tashqari jirkanch bir narsani o‘rnatdi. Haqiqatni oyoq osti qilgan bu shox har bir ishida muvaffaqiyat qozonar edi.
13 Keyin men farishtalar o‘zaro gaplashayotganini eshitib qoldim. Ularning biri boshqasidan shunday deb so‘raganini eshitdim: — Vahiydagi bu narsalar qachongacha davom etar ekan–a? Qachongacha bu jirkanch narsa kundalik qurbonliklar o‘rnini egallaydi? Qachongacha Ma’bad va samoviy lashkarlar oyoq osti bo‘ladi?
14 Sherigi unga shunday javob berdi: — Bunday ahvol 2300 kechayu kunduz davom etadi. O‘sha vaqt mobaynida qurbonliklar keltirilmaydi. Shundan so‘ng Ma’bad poklanib, asl holiga qaytariladi.
15 Men ko‘rgan vahiyning mag‘zini chaqmoqchi bo‘lib, boshimni qotirib turganimda, birdaniga oldimda odam qiyofasidagi allakim paydo bo‘ldi.
16 Shu paytda men Uloy daryosi tomonidan: — Ey, Jabroil, bu odamga vahiyning ma’nosini tushuntirib ber, — deb xitob qilayotgan inson ovozini eshitdim.
17 Jabroil menga yaqinlashganda, men qo‘rqqanimdan yuz tuban yerga yiqilib tushdim. Ammo u menga: — Tushungin, ey, banda, bu oxirzamon vahiysi, — dedi.
18 U gapirayotganda men hushimdan ketib, yuz tuban yerda cho‘zilib yotgan edim. Ammo u qo‘lini tekkizib, meni turg‘izib qo‘ydi–da,
19 shunday dedi: — Eshit, men senga oxirzamon paytida sodir bo‘ladigan narsalarni ayon qilaman, o‘sha davrda Xudo o‘z g‘azabini yer yuziga sochishni belgilagandir.
20 Sen ko‘rgan ikki shoxli qo‘chqor — bu Midiya va Fors shohliklaridir.
21 Taka esa Yunoniston shohligidir. Ko‘zlarining orasidagi ulkan shox — bu Yunoniston taxtida o‘tiradigan birinchi shohdir.
22 Sinib tushgan shoxning o‘rniga chiqqan to‘rtta shox — Yunoniston to‘rt qismga bo‘linishini bildiradi. Taxtga o‘tirgan to‘rtta shoh oldingi shohga qaraganda zaifroq bo‘ladi.
23 Ularning hukmronlik paytlari oxirlab, gunohlari to‘lib–toshganda, makr–hiylaga usta, vajohati xunuk bir shoh taxtga o‘tiradi.
24 U nihoyatda kuchayib ketadi, biroq o‘zining kuchi bilan emas. U hamma yoqni vayron qilib, barcha ishlarida muvaffaqiyat qozonadi. Zabardast yo‘lboshchilaru Xudoning aziz odamlarini qirib tashlaydi.
25 Ustalik bilan ishlatgan makkorligi tufayli ko‘p yutuqlarga erishadi. Ko‘zini yog‘ bosgan bu shoh ogohlantirmasdan ko‘p odamlarni halok qiladi. U hatto eng buyuk Shohga qarshi bosh ko‘taradi. Oqibatda esa yo‘q qilib tashlanadi, ammo bu insonning kuchi bilan qilinmaydi.
26 Doniyor, men hozir senga tushuntirib bergan ertalabki va kechqurungi qurbonliklarga oid bo‘lgan bu vahiy albatta amalga oshadi. Sen vahiyni sir tutgin, chunki bu uzoq kelajakka oid narsadir.
27 Bu voqeadan so‘ng tobim qochib, bir necha kun betob bo‘lib yotdim. Keyin turib shohning xizmatiga qaytdim. Ammo vahiy meni tamomila esankiratib qo‘ygan edi. Men uning ma’nosini tushunmagan edim.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак