Sahroda 19 bob

1 Malla g‘unajinning kuli. 11 Murdaga tegib ketish.

1 Muso bilan Horun orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunni berdi:
2 sizlar bizga bitta nuqsonsiz malla g‘unajinni olib kelinglar. G‘unajinga bo‘yinturuq urilmagan bo‘lsin.
3 Malla g‘unajinni ruhoniy Elazarga beringlar. So‘ng g‘unajinni qarorgohdan tashqariga olib chiqib, Elazarning oldida so‘yinglar.
4 Ruhoniy Elazar g‘unajinning qoniga barmog‘ini botirib, qonni Uchrashuv chodirining oldi tomoniga qarata yetti marta sepsin.
5 So‘ng jonivor butunligicha — terisi, go‘shti, qoni, ichak–chovoqlari bilan birga Elazarning ko‘zi oldida kuydirilsin.
6 Ruhoniy sadr yog‘ochini, issop o‘tining bir tutamini va qirmizi ipni olib, yonayotgan g‘unajin ustiga tashlasin.
7 So‘ng ruhoniy yuvinib, kiyimlarini ham yuvsin. Shundan keyingina u qarorgohga qaytib kirishi mumkin. Lekin ruhoniy kechgacha harom bo‘ladi.
8 G‘unajinni yoqqan odam ham yuvinib, kiyimlarini yuvsin. U ham kechgacha harom bo‘ladi.
9 Keyin birorta pok odam g‘unajinning kulini yig‘ishtirib, qarorgoh tashqarisidagi toza joyga olib borib qo‘ysin. Isroil xalqi bu kulni poklanish suviga solib ishlatish uchun saqlasin. Bu kul odamlarni gunohlardan poklash marosimida ishlatiladi.
10 G‘unajinning kulini yig‘ishtirgan odam ham kiyimlarini yuvsin, u ham kechgacha harom bo‘ladi. Bu — Isroil xalqi uchun ham, ularning orasida yashayotgan musofirlar uchun ham doimiy qonun–qoida.
11 Har qanday kishining murdasiga tekkan odam yetti kun harom bo‘ladi.
12 Murdaga tekkan odam poklanish suvi bilan uchinchi va yettinchi kuni o‘zini poklasin. Shunda u pok bo‘ladi. O‘sha odam uchinchi va yettinchi kuni o‘zini poklamasa, harom bo‘lib qolaveradi.
13 Murdaga tegib, o‘zini poklamagan odam EgamizningMuqaddas chodirini bulg‘agan bo‘ladi. Poklanish suvi o‘sha odamning ustiga sepilmagani uchun u haromligicha qoladi. Bunday odam Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinsin.
14 Agar odam chodirda vafot etsa, quyidagi qoidaga rioya qilinglar: o‘sha paytda chodirda bo‘lgan va chodirga kirgan hamma odamlar yetti kun harom bo‘lishadi.
15 Chodirdagi qopqog‘i yopilmagan, usti ochiq har qanday idish ham harom bo‘ladi.
16 Agar birorta odam ochiq maydonda o‘ldirilgan yoki o‘z ajali bilan o‘lgan kimsaning jasadiga, marhumning suyagiga yoki qabriga tegsa, u yetti kun harom bo‘ladi.
17 Harom bo‘lgan odam uchun gunohdan poklash maqsadida kuydirilgan malla g‘unajinning kulidan olib idishga solinglar, so‘ng kulning ustiga oqar suvdan quyinglar.
18 Pok odam issopni olib, suvga botirsin–da, suvni chodirga, chodirdagi hamma jihozlarga, chodirdagi odamlarga sepsin. Odamning suyagiga, marhumga, o‘ldirilgan kimsaning jasadiga yoki qabrga tekkan odamning ustiga ham o‘sha suvdan sepsin.
19 Uchinchi va yettinchi kunlari pok odam harom odamga suvdan sepib, yettinchi kuni uni poklasin. Poklangan odam yuvinib, kiyimlarini yuvsin. Ana shunda kechqurunga borib u pok bo‘ladi.
20 Harom bo‘la turib o‘zini poklamagan har qanday odam Isroil jamoasi orasidan yo‘q qilinsin. Chunki poklanish suvi sepilmagan o‘sha odam haromligicha qolib, Egamizning Muqaddas chodirini bulg‘agan bo‘ladi.
21 Bu — sizlar uchun doimiy qonun–qoida. Poklanish suvini sepgan odam kiyimlarini yuvsin. Poklanish suviga tekkan har qanday odam kechgacha harom bo‘lib qoladi.
22 Harom odam tekkan har qanday narsa haromdir. Harom odamga tekkan odam ham kechgacha harom bo‘ladi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18