Sahroda 31 bob

1 Isroil xalqi Midiyon xalqi bilan jang qiladi. 13 Lashkar qaytib keladi. 25 O‘ljalarning taqsimlanishi.

1 Egamiz Musoga aytdi:
2 — Isroil xalqi uchun Midiyonlardan qasos ol. Shundan keyin sen olamdan ko‘z yumasan.
3 Shundan keyin Muso xalqqa aytdi: — Odamlaringizning bir qismini qurollantiringlar. Ular Midiyon xalqi bilan jang qilib, ulardan Egamizning qasosini olishsin.
4 Har bir Isroil qabilasidan mingtadan odamni urushga jo‘natinglar.
5 Har bir Isroil qabilasidan mingtadan odam tanlab olindi, jami o‘n ikki ming odam qurollanib jangga shay bo‘ldi.
6 Muso ularni va ular bilan birga Elazar o‘g‘li ruhoniy Finxazni urushga jo‘natdi. Finxaz o‘zi bilan muqaddas ashyolarni va karnaylarni olib ketdi. Bu karnaylar xatardan darak berish uchun chalinardi.
7 Egamiz Musoga amr qilganday, Isroil sipohlari Midiyonlar bilan jang qilishdi. Ular Midiyon xalqining butun erkak zotini qirib tashlashdi.
8 Midiyon xalqining beshala shohini — Evi, Raxem, Zur, Xur, Rabani ham boshqalar qatori o‘ldirib yuborishdi. Bavo‘r o‘g‘li Balomni ham qilichdan o‘tkazishdi.
9 Midiyon xalqining ayollariyu bolalarini asir qilib, jamiki podalarini, suruvlarini va mol–mulkini o‘lja qilib olishdi.
10 Midiyon xalqi istiqomat qilgan hamma shaharu qarorgohlarga o‘t qo‘yishdi.
11 Olgan hamma o‘ljalarini — odamidan tortib moligacha
12 qarorgohga — Muso, ruhoniy Elazar va Isroil jamoasi huzuriga olib kelishdi. Qarorgoh Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahri ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida joylashgan edi.
13 Muso, ruhoniy Elazar va jamoaning hamma yo‘lboshchilari ularni kutib olish uchun qarorgohdan tashqariga chiqishdi.
14 Muso urushdan qaytib kelgan mingboshi va yuzboshilardan qattiq g‘azablandi.
15 — Nimaga hamma ayollarni tirik qoldirdingiz? — deb so‘radi ulardan Muso.
16 — Balomning maslahati bilan Piyor tog‘ida Isroil xalqini Egamizga xiyonat qilishga undagan shular– ku! O‘shalarning dastidan Egamizning jamoasi orasida o‘lat paydo bo‘lgan edi!
17 Qani, bo‘linglar, hamma o‘g‘il bolalarni va er ko‘rgan ayollarni o‘ldiringlar.
18 Faqat er ko‘rmagan qizlarni o‘zingiz uchun tirik qoldiringlar.
19 So‘ng yetti kun davomida qarorgohdan tashqarida bo‘linglar. Qaysi biringiz odam o‘ldirgan yoki jasadga qo‘l tekkizgan bo‘lsangiz, uchinchi va yettinchi kunlari poklaninglar. Sizlar bilan birga asirlar ham poklanishsin.
20 Hamma kiyimlarni, barcha charm va yog‘och buyumlarni, echki junidan to‘qilgan hamma narsalarni poklanglar.
21 Ruhoniy Elazar urushga borgan sipohlarga aytdi: — Musoga Egamiz amr etgan qonun shundan iborat:
22 oltin, kumush, bronza, temir, qalay va qo‘rg‘oshin
23 — olovda yonmaydigan hamma narsalarni olovdan o‘tkazib poklanglar. Bundan tashqari, poklanish suvi bilan ham poklanglar. Olovda yonadigan buyumlarni esa suvning o‘zi bilan poklanglar.
24 Yettinchi kuni kiyimlaringizni yuvinglar. Shunda pok bo‘lasizlar. Keyin qarorgohga kirsangiz bo‘ladi.
25 Egamiz yana Musoga aytdi:
26 — Sen, ruhoniy Elazar va jamoaning urug‘boshilari asir olingan odamlarni, o‘lja olingan hayvonlarni hisoblab chiqinglar.
27 Asiru o‘ljalarni teng ikki qismga bo‘lib, bir qismini urushga borgan sipohlarga, ikkinchi qismini butun jamoaga beringlar.
28 Urushga borgan sipohlar ulushidan Men, Egangiz, uchun ulush ajratinglar. Asirlar, mol, eshak, qo‘y va echkilarning har besh yuztasidan bittasini Menga ulush qilib beringlar.
29 Sipohlardan olingan bu ulushni Menga nazr qilib, ruhoniy Elazarga beringlar.
30 Xalqqa tegishli bo‘lgan o‘ljaning ikkinchi qismidan Muqaddas chodir uchun mas’ul bo‘lgan levilarga ulush beringlar. Asirlar, mol, eshak, qo‘y va echkilarning har elliktasidan bittasi levilarga berilsin.
31 Muso bilan ruhoniy Elazar Egamizning Musoga bergan amrini ado etishdi.
32 Sipohlar qo‘lga kiritgan narsalardan tashqari o‘lja qilib olgan mol–hol va ayollarning umumiy soni quyidagicha edi: qo‘y–echkilar — 675.000 ta,
33 mollar — 72.000 ta,
34 eshaklar — 61.000 ta,
35 er ko‘rmagan qizlar — 32.000 ta.
36 O‘ljaning urushga borgan sipohlarga tegishli qismi quyidagicha edi: qo‘y–echkilar — 337.500 ta,
37 shulardan 675 ta qo‘y–echki Egamizning ulushidir,
38 mollar — 36.000 ta, shulardan 72 tasi Egamizning ulushidir,
39 eshaklar — 30.500 ta, shulardan 61 tasi Egamizning ulushidir,
40 er ko‘rmagan qizlar — 16.000 ta, shulardan 32 tasi Egamizning ulushidir.
41 Egamiz Musoga amr qilganday, Muso Egamizga ajratilgan ulushni nazr sifatida ruhoniy Elazarga berdi
42 Muso Isroil xalqi uchun sipohlarning o‘ljasidan ajratib olgan qism quyidagilardan iborat edi:
43 qo‘y–echkilar — 337.500 ta,
44 mollar — 36.000 ta,
45 eshaklar — 30.500 ta,
46 er ko‘rmagan qizlar — 16.000 ta.
47 Isroil xalqi ulush qilib olgan odamu hayvonlarning har elliktasidan bittasini Muso Egamizning Muqaddas chodiri uchun mas’ul bo‘lgan levilarga berdi. Egamiz Musoga qanday amr qilgan bo‘lsa, Muso shuni qildi.
48 Shundan so‘ng mingboshi va yuzboshilar Musoning huzuriga kelishdi.
49 Ular Musoga: — Biz, qullaringiz, qo‘limiz ostidagi sipohlarni sanab chiqdik, — deyishdi, — bironta odamimizni yo‘qotmabmiz.
50 O‘zimizni Egamiz hukmidan himoya qilish uchun, biz topgan oltin buyumlarimizni — bilaguzuklar, muhr uzuklar, sirg‘alar va zebigardonlarimizni Egamizga nazr qilib olib keldik.
51 Muso bilan ruhoniy Elazar ular olib kelgan hamma oltin zeb–ziynatlarni olishdi.
52 Mingboshi va yuzboshilar Egamizga nazr qilgan oltinning umumiy og‘irligi o‘n ikki pudga yaqin chiqdi.
53 Oddiy sipohlar esa qo‘lga kiritgan o‘ljalarni o‘zlariga qoldirgan edilar.
54 Isroil xalqini Egamiz doim esida tutishi uchun, Muso bilan ruhoniy Elazar mingboshi va yuzboshilardan olgan oltin buyumlarni Uchrashuv chodiriga olib kelishdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18