Yeremiyo 3 bob

1 Bevafo Isroil. 6 Isroil va Yahudo xalqlari tavbaga chaqiriladi. 19 Xudo xalqining zinokorligi.

1 Egamiz shunday demoqda: “Bir odam xotini bilan ajrashdi, deylik. Agar xotini borib, boshqasiga turmushga chiqsa, oldingi eri uni qayta nikohiga olishi mumkinmi?! Bunday bema’nigarchilik yurtni harom qilib yubormaydimi?! Ey Isroil, sen ko‘p o‘ynashlar orttirib fohishalik qilding. Endi qaysi yuz bilan oldimga qaytib kelmoqchisan?!
2 Atrofingdagi yalang qirlarga nazar solib, qara! Sen fohishalik qilmagan biror joy qoldimi?! Sen yo‘l bo‘ylarida o‘tirib, o‘ynashlaringni kutding. Cho‘lda bosqinchilik qilishga shay turgan qaroqchiday bo‘lding. Menga qilgan bevafoliging va fosiqliging bilan, Butun yurtni harom qilding.
3 Shu sababdan yomg‘ir yog‘madi, Bahorda yog‘ingarchilik bo‘lmadi. Sen fohishaday bezbetsan, Uyat degan narsani bilmaysan.
4 Endi esa Menga: “Otajonimsan”, deyapsan, “Yoshligimdan buyon do‘stimsan”, deb aytyapsan!
5 “Hadeb mendan jahling chiqaveradimi?” deysan, “Bir umr menga g‘azabingni sochasanmi?” deb aytasan, O‘zing esa imkoning boricha yovuzlik qilaverasan.”
6 Shoh Yo‘shiyo davrida Egamiz menga shunday dedi: “Bevafo Isroilning qilmishlarini ko‘rdingmi? Har bir baland tepalikda va har bir yashil daraxt ostida u fohishalik qildi.
7 Barcha qilmishlaridan keyin ham, oldimga qaytib keladi, deb o‘ylagan edim. Lekin u qaytib kelmadi. Shuning uchun Men sadoqatsiz Isroilga taloq xatini berib, jo‘natib yubordim. Uning singlisi Yahudo esa buni ko‘rgan edi.
8 Shunga qaramay bu munofiq zarracha ham qo‘rqmadi, u Menga vafo qilmay, fahshga berildi.
9 Isroil tosh va yog‘ochdan yasalgan xudolarga sig‘inib, zino qilgan edi. Yengiltaklik bilan fohishalik qilib, yurtni harom etgan edi.”
10 “Bularga qaramay, uning munofiq singlisi Yahudo, Menga sof ko‘ngil bilan qaytmadi. U ko‘zbo‘yamachilik qildi”, deb aytmoqda Egamiz.
11 Keyin Egamiz menga shunday dedi: “Bevafo Isroil munofiq Yahudoga qaraganda o‘zini solih qilib ko‘rsatdi.
12 Qani, shimolga bor, u yerda ushbu so‘zlarimni jar solib ayt: — Egamiz shunday deb aytmoqda: Ey bevafo Isroil, Menga yuz bur! Endi Men senga g‘azabimni sochmayman, Men rahmdilman. Sendan to abad g‘azablanmayman.” Egamizning kalomi shudir.
13 “Faqatgina gunohingni tan olgin: sen Egang Xudoga qarshi bosh ko‘tarding, har bir yashil daraxt ostida begona xudolarga sajda etib, zino qilding, Mening gapimga kirmading”, deb aytmoqda Egamiz.
14 Egamiz shunday demoqda: “Ey sadoqatsiz farzandlar, oldimga qaytinglar! Zero, Men xo‘jayiningizman. Har bir shahardan bittangizni, har bir xonadondan ikkitangizni olib, Quddusga olib kelaman.
15 Men sizlarga ko‘nglimdagi cho‘ponlarni beraman. Ular sizlarni donolik va bilim bilan boshqarishadi.
16 Sizlar yurtda ko‘payib, uvali–juvali bo‘lasizlar. Shunda xalq Mening ahd sandig‘im haqida gapirmaydigan bo‘ladi. Ular sandiq haqida o‘ylashmaydi, uni esga ham olishmaydi. Ularga zarurati bo‘lmagani uchun, yangisini yasashmaydi.
17 Zero, o‘sha vaqtda Quddus “Egamizning Taxti”, deb ataladi. Hamma xalqlar Menga sajda qilish uchun Quddusda, Mening huzurimda to‘planadilar. Shundan keyin ular hech qachon yovuz yuraklarining o‘jarliklarini qilmaydilar.
18 O‘sha kunlarda Yahudo va Isroil xalqlari birlashadi. Ular shimoldagi yurtdan Men ota–bobolaringizga mulk qilib bergan yurtga birga qaytib kelishadi.”
19 Men, Egangiz, ichimda shunday degan edim: “Seni jon–jon deya O‘zimga farzand qilib olgan bo‘lar edim, Senga ajoyib yurtni sovg‘a qilgan bo‘lar edim, Xalqlarning eng go‘zal mulkini senga bergan bo‘lar edim. Meni “Otajonim deysan”, deya niyat qilgan edim, Mendan hech qachon yuz o‘girmaysan, deb o‘ylagan edim.
20 Ammo, ey Isroil, Menga bevafolik qilding! Sen eriga xiyonat qilgan ayolday bo‘lding”, deb aytmoqda Egamiz.
21 Yap–yalang qirlar uzra fig‘on eshitilmoqda, Isroil xalqi dodu faryod solmoqda. Zotan, ular haq yo‘ldan ozgan edilar, O‘zlarining Egasi Xudoni unutib yuborgan edilar.
22 Ey, sadoqatsiz farzandlarim, orqaga qaytinglar! Bevafo qalbingizga Men shifo beraman.” Sizlar shunday deysizlar: “Mana, oldingga qaytyapmiz, Axir, Egamiz Xudo Sensan.
23 Biz qirlarda butlarga sajda qilar edik, Qattiq shovqin–suron ko‘tarar edik. Ammo hammasi behuda ekan. Yagona Najotkorimiz Sensan.
24 Bu yaramas butlar bolaligimizdan buyon, Otalarimizning mehnatini yo‘qqa chiqardi, Ularni mol–qo‘ylaridan ayirdi, O‘g‘il–qizlaridan judo qildi.
25 Keling, sharmandalikni o‘zimizga to‘shak qilaylik, Uyatni yopinchiq qilib, ustimizga yopaylik! Axir, ota–bobolarimiz bilan biz Egamiz Xudoga qarshi gunoh qildik. Yoshligimizdan to bugungacha Egamiz Xudoning gapiga kirmadik.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак