Yeremiyo 20 bob

1 Yeremiyo ruhoniy Pashxur bilan bahs qiladi. 7 Yeremiyo Egamizga shikoyat qiladi.

1 Immar o‘g‘li Pashxur ruhoniy bo‘lib, Egamiz uyining bosh nazoratchisi edi. U Yeremiyoning bashorat qilib aytgan bu so‘zlarini eshitdi.
2 Shu sababdan Yeremiyoni kaltaklatib, Egamiz uyining hovlisidagi Yuqori Benyamin darvozasi tomonda kishanlab qo‘yishni buyurdi.
3 Ertasi kuni ertalab Pashxur Yeremiyoning kishanlarini yechganda, Yeremiyo unga shunday dedi: “Egamiz senga Pashxur emas, “Dahshat qamragan”, deb ism qo‘ygan.
4 Zero, Egamiz shunday deb aytmoqda: “Men seni va hamma do‘stlaringni vahimaga solaman. Do‘stlaring dushmanlari qo‘lida halok bo‘layotganini o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan. Men butun Yahudo xalqini Bobil shohining qo‘liga topshiraman. Bobil shohi xalqimni asir qilib, o‘zining yurtiga olib ketadi. Ularni qilichdan o‘tkazadi.
5 Men bu shaharning boyliklarini, bor narsasini, qimmatbaho buyumlarini, Yahudo shohlarining xazinalarini dushmanning qo‘liga beraman. Ular shaharni talon–taroj qilishadi. Barcha boyliklarini Bobilga olib ketishadi.
6 Sen ham, ey Pashxur, o‘z xonadoning bilan Bobilga surgun bo‘lasan. Sen u yerda jon berib, dafn qilinasan. Yolg‘on bashoratlaringga quloq solgan do‘stlaring ham o‘sha ko‘yga tushadi.”
7 Ey Egam, sen meni ko‘ndirding, Men ham ko‘ndim. Mendan ustun kelding, meni yengding. Men hammaga mazax bo‘ldim, Hamma ustimdan kulmoqda.
8 Gapirganimda jar solishim kerak, “Zo‘ravonlik! Halokat!” deya baqirishim kerak. Sening so‘zing tufayli hammaga kulgi bo‘ldim, Kun bo‘yi meni masxara qilishyapti.
9 Bordi–yu, men: “Bo‘ldi, Egam haqida so‘zlamayman, Uning nomidan gapirmayman” desam, Sening so‘zing olov kabi ichimni yondiradi, O‘t qo‘yganday suyaklarimni zirqiratadi. So‘zingni ichimda saqlab turishdan charchadim, Ha, uni boshqa ushlab tura olmayman.
10 Eshityapman, ko‘pchilik g‘iybat qilyapti. Atrofimni dahshat qamragan! “Fosh bo‘lsin! Uni fosh qilaylik!” deb aytyaptilar. Hatto mening yaqin do‘stlarim ham Qoqinishimni poylab turibdilar, “Yeremiyo tuzoqqa tushadi, Shunda uni yengamiz, Undan qasdimizni olamiz”, deyaptilar.
11 Ammo Egam men bilan birgadir, U bahodir jangchiga o‘xshaydi. Meni quvg‘in qilganlar qoqilib tushadi, Ular mendan ustun kelolmaydi. Isnodga qoladi, muvaffaqiyatga erisholmaydi. Ular to abad dog‘da qoladi, Sharmandagarchiligi hech qachon unutilmaydi.
12 Ey Sarvari Olam, sen solih kishini sinaysan, Odamning dilini, o‘y–xayolini bilasan. Dushmanlarimdan o‘ch olganingni ko‘rayin, Axir, da’voimni Senga topshirdim!
13 Egamizga qo‘shiq kuylanglar! Egamizga hamdu sanolar aytinglar! Zero, U bechora bandaning jonini Badkirdorlar qo‘lidan qutqardi.
14 Evoh, tug‘ilgan kunim qurib ketsin! Onam meni tuqqan kun xosiyatsiz bo‘lsin!
15 Otamga xabar olib kelgan odam la’nati bo‘lsin, “O‘g‘il ko‘rding!” deya, uni xursand qilgan qurib ketsin.
16 Egamiz shafqatsizlarcha vayron qilgan Ko‘hna shaharlarday bo‘lsin o‘sha odam. U ertalabdanoq dodu faryodlar eshitsin, Kunduz kuni urush na’ralarini eshitsin.
17 Axir, u meni onamning qornidayoq o‘ldirmadi. Shunda onamning qorni qabrim bo‘lgan bo‘lardi, Onam to abad homilador bo‘lib qolgan bo‘lardi.
18 Nimaga ham tug‘ildim ekan–a?! Mashaqqatu qiyinchilik ko‘rish uchunmi?! Umrimni sharmandalikda xazon qilish uchunmi?!


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Uzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktubilar. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18