Yeremiyo 32 bob

1 Yeremiyo dala sotib oladi. 16 Yeremiyoning ibodati. 36 Umid va’dasi.

1 Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining o‘ninchi yilida Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi. O‘sha yili Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining o‘n sakkizinchi yili bo‘lib,
2 ayni vaqtda u lashkarlari bilan Quddusni qamal qilib turgan edi. Yeremiyo esa Yahudo shohi saroyidagi soqchilar hovlisiga qamab qo‘yilgan edi.
3 (Shoh Zidqiyoning o‘zi Yeremiyoni o‘sha yerga qamatib, shunday degan edi: “Nega sen Egamizning nomidan bashorat qilib yuribsan? Sen shunday deb yurgan emishsan: “Egamiz bu shaharni Bobil shohining qo‘liga topshiradi, shahar taslim bo‘ladi.
4 Yahudo shohi Zidqiyo ham Bobilliklarning qo‘lidan qochib qutulolmaydi. U Bobil shohining qo‘liga topshiriladi. U o‘z ko‘zi bilan shoh Navuxadnazarni ko‘radi, Navuxadnazar u bilan yuzma–yuz gaplashadi.”
5 Yana shunday deb yurgan emishsan: “Navuxadnazar Zidqiyoni Bobilga olib ketadi. Egamiz Zidqiyoni jazolamaguncha Zidqiyo o‘sha yerda qoladi.” Yana: “Agar Bobilliklarga qarshi jang qilsangizlar, mag‘lub bo‘lasizlar”, deb aytgan ekansan.)
6 Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qilib dedi:
7 “Ey Yeremiyo, sening oldingga Shallum amakingning o‘g‘li Xanomil keladi. U senga: “Onoto‘tdagi dalamni sotib ol. Eng yaqin qarindoshim bo‘lganing uchun, dalamni sotib olish huquqiga egasan”, deb aytadi.”
8 Keyin, xuddi Egamiz aytganidek, soqchilar hovlisiga amakivachcham Xanomil kirib keldi. U menga shunday dedi: “Benyamin hududida joylashgan Onoto‘tdagi dalamni sotib olsang, degan edim. Sen yaqin qarindoshim bo‘lganing uchun, dalamni o‘zingga mulk qilib olish huquqiga egasan. Dalamni sotib olaqol.” Shunda menga haqiqatan ham Egamiz gapirganini bildim.
9 Men amakivachcham Xanomildan Onoto‘tdagi dalani sotib olib, unga 43 misqol kumushni o‘lchab berdim.
10 Keyin vasiqaga qo‘l qo‘yib, uni muhrladim, hammasini guvohlar oldida qildim, kumushni tarozida o‘lchab berdim.
11 So‘ng muddat va shartlari bayon qilingan vasiqaning muhrlangan nusxasini, shuningdek, ochiq nusxani
12 Boruxga berdim (Borux Neriyoning o‘g‘li, Maxsiyoning nevarasi edi). Soqchilar hovlisida o‘tirgan hamma yahudiylar, vasiqaga qo‘l qo‘ygan guvohlar va amakivachcham Xanomil buning shohidi bo‘ldilar.
13 Men ularning oldida Boruxga shunday dedim:
14 “Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: “Bu vasiqaning ikkala nusxasini, muhrlangan va ochiq nusxalarini olib, xumchaga solib qo‘y, toki ular uzoq yillar davomida saqlanib qolsin.
15 Zero, bu yurtda odamlar yana uylar, dalalar va uzumzorlar sotib oladigan bo‘lishadi.” Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olamning kalomi shudir.”
16 Men vasiqani Neriyo o‘g‘li Boruxga berganimdan so‘ng, Egamizga ibodat qildim:
17 “Yo Egam Rabbiy! Sen O‘z qudrating va ajoyibotlaring bilan yeru osmonni yaratding. Sening qo‘lingdan kelmaydigan narsa yo‘q.
18 Sen ming–ming avlodlarga O‘zingning mustahkam sevgingni ko‘rsatasan, ammo otalarning gunohlari uchun bolalarni jazolaysan. Ey, buyuk va qudratli Xudo! Sarvari Olamdir Sening noming.
19 Sen dono rejalar tuzib, buyuk ishlar qilasan. Foniy bandalar qilayotgan barcha ishlarni kuzatib turasan. Ularni qilmishiga yarasha jazolaysan, qilgan ishiga yarasha taqdirlaysan.
20 Sen Misrda yodda qoladigan alomatu mo‘jizalar ko‘rsatding. Hozirgi kunda ham Isroil va butun odamzod orasida Sening noming nihoyatda mashhur.
21 Alomatu mo‘jizalaring, O‘z qudratingu ajoyibotlaring, buyuk bir dahshating bilan Sen O‘z xalqingni Misrdan olib chiqqan eding.
22 Ota–bobolariga va’da qilgan, sut va asal oqib yotgan yurt ularga bergan eding.
23 Ular bu yurtga kelib, uni mulk qilib oldilar. Ammo Senga bo‘ysunmadilar, qonunlaringga rioya qilmadilar. Buyurgan amrlaringni bajarmadilar. Shu sababdan Sen bu falokatlarning hammasini ularning boshiga solding.
24 Ana endi Bobilliklar Quddusga hujum qilyaptilar. Quddusni qo‘lga kiritish uchun, shahar devoriga qiyalatib tuproq uyyaptilar. Qirg‘in, ocharchilik va o‘lat dastidan shahar taslim bo‘ladi. O‘zing ko‘rib turganingdek, aytganlaringning bari bajo bo‘lyapti.
25 Ey Egam Rabbiy, shahar Bobilliklarga taslim bo‘layotgan shunday bir paytda Sen menga: “Guvohlar oldida kumushga dala sotib ol”, deding–a!
26 Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qildi:
27 “Men Egangman. Men barcha tirik jonning Xudosiman. Qo‘limdan kelmaydigan ish yo‘q!”
28 Egamiz yana shunday dedi: “Men bu shaharni Bobilliklarga, Bobil shohi Navuxadnazarga taslim qilib beraman. Ular shaharni qo‘lga kiritadilar.
29 Sizlarga hujum qilib kelayotgan bu Bobilliklar shaharga o‘t qo‘yadilar. Quddusdagi uylarni yondirib tashlaydilar! Axir, Quddus aholisi uylarining tomlari ustida Baalga qurbonliklar kuydirib, boshqa xudolarga sharob nazrlarini keltirib, Meni g‘azablantirdi.”
30 Egamiz shunday demoqda: “Isroil va Yahudo xalqlari yoshligidan beri oldimda faqat qabihlik qilishadi. Qachon qarasa, Isroil xalqi o‘z ishlari bilan Meni g‘azablantirib yuradi.
31 Bu shahar bino bo‘lgandan beri, to bugunga qadar, shahar aholisi Meni qattiq g‘azablantirib kelmoqda. Men ularni huzurimdan daf qilaman,
32 chunki Isroil va Yahudo xalqlari — shohlariyu a’yonlari, ruhoniylariyu payg‘ambarlari, Yahudo va Quddusda yashagan hamma odamlar qilgan yovuzliklari bilan jahlimni chiqardilar.
33 Ular Menga yuz burmay, orqa o‘girdilar. Men ularni to‘g‘ri yo‘lga solmoqchi bo‘lib astoydil harakat qilgandim, ammo ular Menga quloq solmadilar, o‘zlariga saboq olmadilar.
34 Mening nomim bilan atalgan uyga jirkanch butlarini o‘rnatib, uyimni harom qildilar.
35 Xinnum soyligida Baalga sajdagohlar qurdilar. U yerda o‘g‘il–qizlarini Mo‘laxga olovda kuydirib qurbonlik qildilar. Men ularga bunday jirkanch ishni amr qilmaganman, bu hatto xayolimga ham kelmagan. Natijada bu qilmishlari tufayli Yahudo jazoga loyiq bo‘ldi.”
36 Sizlar bu shahar haqida “Quddus shahri qirg‘in, ocharchilik va o‘lat dastidan Bobilliklar oldida taslim bo‘ladi”, deb aytyapsizlar, ammo Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda:
37 “Men g‘azab, qahr va qattiq jahl ustida turli yurtlarga xalqimni tarqatib yuborgan edim, endi ularni yig‘ib olaman. Ularni yana mana shu yerga olib kelaman. Ular bu yerda osoyishta umr kechiradilar.
38 Ular Mening xalqim, Men esa ularning Xudosi bo‘laman.
39 Ular Mendan har doim qo‘rqsin, deb ularni yakdil qilaman, hammasini hayotning bir maqsadi tomon yo‘naltiraman. Shunda o‘zlariga ham, bolalariga ham yaxshi bo‘ladi.
40 Men ular bilan abadiy ahd tuzaman. Ularga doim yaxshilik qilishdan qochmayman. Mendan yuz o‘girib ketmasliklari uchun, ularning yuraklariga Mendan qo‘rqish hissini solib qo‘yaman.
41 Men ularga yaxshilik qilganimdan xursand bo‘laman, ularni jonu dilim bilan bu yurtda albatta mustahkam o‘rnashtiraman.”
42 Egamiz shunday demoqda: “Men bu xalqning boshiga katta falokatni qanday yog‘dirgan bo‘lsam, va’da qilgan barcha ezguliklarimni ham ustilariga xuddi shunday yog‘diraman.
43 Odamlar bu yurt haqida “Ha, yurtimiz Bobilliklarga taslim bo‘ldi, odamlar va hayvonlarsiz huvullab qoldi”, deb aytishyapti. Ammo shunday kun keladiki, bu yurtdagi dalalar yana sotiladigan bo‘ladi.
44 Odamlar bu dalalarni kumushga sotib oladilar, guvohlar oldida vasiqalarga qo‘l qo‘yib, muhr bosadilar. Bunday hodisa Benyamin hududida, Quddus atrofida, Yahudo shaharlarida, qirlarda, g‘arbdagi qirlar etaklarida va Nagav cho‘lida sodir bo‘ladi. Axir, Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак