Yeremiyo 41 bob

1 O‘sha yilning yettinchi oyida shoh Zidqiyoning bosh lashkarboshilardan biri bo‘lgan Nataniyo o‘g‘li Ismoil o‘nta odami bilan birga Mispaxga — Oxixam o‘g‘li Gadaliyoning huzuriga bordi. Ismoil shoh urug‘idan bo‘lgan Elishamaning nabirasi edi. Gadaliyo kelganlar bilan birga dasturxon atrofida o‘tirib ovqatlanayotganda,
2 Nataniyo o‘g‘li Ismoil va u bilan kelgan o‘nta odam qilichlarini yalang‘ochlab, Bobil shohi hokim qilib tayinlab ketgan Gadaliyoni chopib tashladi.
3 Gadaliyo bilan birga Mispaxda bo‘lgan hamma yahudiylarni Ismoil qilichdan o‘tkazdi. U yerdagi Bobillik sipohlarni ham o‘ldirdi.
4 Ertasi kuni Gadaliyo o‘ldirilganligi haqidagi xabar tarqalmay turib,
5 Shakam, Shilo‘ va Samariyadan saksonta odam keldi. Ular qayg‘udan soqolini olgan, kiyimlarini yirtgan, tanalarini tilgan edilar. Ular don va tutatqilarni nazr qilish uchun Ma’badga ketayotgan edilar.
6 Nataniyo o‘g‘li Ismoil ularni kutib olish uchun Mispaxdan yig‘lab chiqdi. Ularga yaqinlashgach: “Qani ichkariga, Gadaliyoning oldiga kiringlar”, dedi.
7 Ular shaharga kirishlari bilanoq, Ismoil bilan uning odamlari ularni ham qirib tashladilar.
8 Ammo kelganlardan o‘ntasi Ismoilga yolvorib dedilar: “Iltimos, bizni o‘ldirma! Dalalarda yashirib qo‘ygan bug‘doy, arpa, zaytun moyi va asalimiz bor.” Ismoil ularni o‘ldirmay, hayotlarini asrab qoldi. O‘ldirgan odamlarning jasadlarini esa katta sardobaga tashladi.
9 U jasadlarga to‘ldirgan bu sardobani Yahudo shohi Oso Isroil shohi Basho hujum qilgan paytda qurdirgan edi.
10 Ismoil Mispaxda omon qolgan hamma odamlarni asir qilib oldi. Ularning orasida Bobillik qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Gadaliyoning ixtiyoriga topshirgan malikalar va Mispaxdagi hamma odamlar bor edi. Nataniyo o‘g‘li Ismoil ularning hammasini asir qilib, Ommon yurtiga jo‘nadi.
11 Nataniyo o‘g‘li Ismoilning qilgan jinoyatlari haqida Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon va lashkarboshilar xabar topdilar.
12 Ular bor odamlarini to‘plab, Ismoil bilan jang qilish uchun yo‘lga tushdilar. Ular Ismoilga Givondagi katta hovuz yoqasida yetib oldilar.
13 Ismoilning asirlari Kariyox o‘g‘li Yo‘xanonni va uning yonidagi hamma lashkarboshilarni ko‘rib, xursand bo‘lib ketishdi.
14 Ismoil Mispaxdan asir qilib olgan o‘sha odamlarning hammasi orqaga — Kariyox o‘g‘li Yo‘xanonning oldiga yugurib kelishdi.
15 Nataniyo o‘g‘li Ismoil esa sakkizta odami bilan Yo‘xanondan qochib, Ommon yurtiga ketdi.
16 Shunday qilib, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon va uning lashkarboshilari Mispaxdagi fojiada omon qolgan ayolu bola–chaqalarni, saroy amaldorilariyu jangchilarni Gadaliyoning qotili Ismoilning qo‘lidan ozod qildilar. Ularni o‘zlari bilan Givondan olib ketdilar.
17 -
18 Yo‘xanon lashkarlari Bobilliklardan qo‘rqqanlari uchun, Misrga yo‘l oldilar. Chunki Bobil shohi yurtga hokim qilib tayinlagan Gadaliyoni Ismoil o‘ldirgan edi. So‘ng hammasi yo‘lda Baytlahm yonidagi Ximxam qo‘nolg‘asida to‘xtadilar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак