Yeremiyo 2 bob

1 Xudo Isroil xalqiga g‘amxo‘rlik qiladi. 4 Isroil ajdodlarining gunohi. 9 Egamiz O‘z xalqini ayblaydi. 14 Bevafolikning oqibati. 20 Isroil xalqi Xudoga sajda qilishdan bosh tortadi. 26 Isroil xalqi jazolanadi.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 — Quddusga borib, jar sol. “Egangiz shunday deb aytmoqda: Yoshligingdagi vafodorliging yodimda, Kelinchakligingdagi sevging esimda. Sen sahroda Menga ergashgan eding, Ekin ekilmagan yerda orqamdan yurar eding.
3 Ey Isroil, sen Menga bag‘ishlangan eding, O‘rimimning ilk hosiliga o‘xshagan eding. O‘sha hosilni yegan har kim aybdor hisoblanardi, Bundaylarning boshiga kulfat kelar edi”, deb aytmoqda Egamiz.
4 Ey Yoqub xonadoni, jamiki Isroil urug‘lari, Egamizning so‘zlarini eshitinglar.
5 “Egamiz shunday demoqda: Ota–bobolaringiz Mendan nima ayb topdilar? Nima uchun Mendan uzoqlashdilar? Ular betayin butlarga sig‘indilar, O‘zlari ham betayin bo‘lib qoldilar.
6 Ular Menga intilmaydilar. Men esa ularni Misrdan olib chiqqan edim, Cho‘ldan, chuqurliklarga to‘la sahrodan olib o‘tgandim, Zulmat qamragan qaqroq yerda olib yurgan edim. Odam yashamagan, oyoq yetmagan joydan olib o‘tgan edim.
7 Men sizlarni hosildor yurtga olib kelgandim, Mevalaridan, mo‘l hosilidan yenglar, degan edim. Ammo sizlar kelib, yurtimni harom qildingizlar, Mulkimni jirkanch bir joyga aylantirdingizlar.
8 Ruhoniylar Menga intilmaydilar, Qonun himoyachilari Meni bilmadilar, Hukmdorlar Menga qarshi bosh ko‘tardilar, Payg‘ambarlar Baal nomidan bashorat qildilar, Hech narsaga yaramaydigan butlarga ko‘ngil bog‘ladilar.
9 Egamiz shunday demoqda: — Men sizlarni yana bir bor ayblayman, Nabiralaringizni ham ayblayman.
10 G‘arbdagi Kipr qirg‘oqlariga borib ko‘ringlar, Sharqdagi Kedarga odam jo‘natib, bilib kelinglar. Bunday voqea hech yuz berganmikan?
11 Biron xalq o‘z xudolaridan voz kechganmikan?! Xudolari haqiqiy bo‘lmasa–da, ulardan yuz o‘girganmikan?! Mening xalqim esa o‘z ulug‘vor Xudosidan voz kechdi, Qadrsiz butlarga Meni almashtirdi.
12 Ey osmon, bundan hayratlangin, Vahima ichra titragin. — Egamizning kalomi shudir. —
13 Mening xalqim ikkita gunoh qildi: Ular Meni — hayotbaxsh suv bulog‘ini tark etdilar. O‘zlari uchun sardobalar qazidilar, Suvni ushlab turolmaydigan yoriq sardobalar qurdilar.
14 Isroil qulmidi?! Yoki qullikda tug‘ilganmidi? Nechun unda u g‘animlariga o‘lja bo‘ldi?
15 G‘animlari unga sherday o‘kirdi, Ovozi boricha unga bo‘kirdi. O‘shalar dastidan Isroil yurti xarob bo‘ldi, Shaharlari vayron bo‘lib, huvullab qoldi.
16 Nuf va Taxpanxasdagi xalqlar Sochingni qirib tashladilar.
17 Ey Isroil, senga yo‘l ko‘rsatgan Xudoni tark etding, Shu qilmishing bilan o‘z boshingni o‘zing yeding.
18 Endi nega Misrga borasan? Nil suvidan ichish uchunmi?! Nechun Ossuriyaga yo‘l olasan? Furot suvidan ichish uchunmi?!
19 Qabihliging o‘zingning boshingga yetadi, Xiyonating seni mahkum qiladi. Egang Xudoni tark etganing Naqadar yomon va alamli ekanini Ko‘rib, bilib qo‘ygin. Sen Mendan qo‘rqmas ekansan”, demoqda Parvardigori Olam — Rabbiy.
20 “Egamiz shunday demoqda: — Ey Isroil, sen ancha oldin bo‘yinturug‘ingni sindirgan eding, Ko‘p vaqt oldin kishanlaringni uzgan eding. “Senga xizmat qilmayman!” deb aytgan eding. Har bir baland tepalikda butlarga sajda etding, Har bir yashil daraxt ostida fohishaday yotding.
21 Men seni a’lo tokday ekkan edim, Sen eng sara urug‘dan paydo bo‘lgan eding. Nechun endi aynib qolding? Nega yovvoyi tokka aylanib qolding?
22 Sen o‘zingni ishqor bilan ishqalasang ham, Ko‘p sovun ishlatib, o‘zingni yuvsang ham, Aybdorlik dog‘laring ketmaydi, Bular doim ko‘z o‘ngimda bo‘ladi”, Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
23 Shunday ekan, qanday qilib: “Bulg‘anmadim”, deb aytasan?! Nega “Baalga sig‘inmadim”, deysan?! Vodiyda qilgan ishlaringga qara, Qilgan qilmishlaring haqida o‘ylab ko‘r, Sen hirsi qo‘zigan ona tuyaga o‘xshaysan, O‘zingni u yoqdan–bu yoqqa urasan.
24 Sahroda ulg‘aygan bir qulonga o‘xshaysan, Shahvating qo‘ziganda, havoni iskaysan. Sening hirsingni kim qondira oladi? Hech bir erkak senga erishish uchun o‘zini urintirishi shart emas, Juftlashish davrida seni osonlikcha topib olishadi.
25 Ey Isroil, boshqa xudolarning ketidan yuguraverma, Chorig‘ing yirtilguncha, tomog‘ing quriguncha ular ketidan yuravermagin. Lekin sen shunday deding: “Gapirganing befoyda, Axir, men o‘sha xudolarni sevib qoldim, Ularning ketidan bormasam bo‘lmaydi.”
26 Qo‘lga tushgan o‘g‘ri sharmanda bo‘lganday, Isroil xalqi ham sharmanda bo‘ladi. Ularning o‘zlari, shohlari, a’yonlari uyatga qoladi, Ruhoniylaru payg‘ambarlari sharmanda bo‘ladi.
27 Ular yog‘ochga: “Mening otam sensan” deyishadi, Toshga: “Tuqqan onam sensan”, deb aytishadi. Ammo Menga yuz burmay, orqa o‘girishadi, Boshlariga kulfat kelganda esa, “Bizga najot ber!” deya Menga yolvorishadi.
28 Xo‘sh, o‘zlaringiz uchun yasagan xudolaringiz qani? Kulfat chog‘ida sizlarni qutqara olsa, kelsin. Shaharlaringiz qancha ko‘p bo‘lsa, Xudolaringiz ham shunchadir, ey Yahudo xalqi.
29 “Nechun Men bilan da’volashasiz?! Hammangiz Menga qarshi bosh ko‘tardingiz!” deb aytmoqda Egamiz.
30 Ey xalqim, seni jazolaganim zoye ketibdi. Sen baribir gapimga kirmading. Sening qiliching yirtqich arslonday, Payg‘ambarlaringni qirib tashladi.
31 Ey bu nasl, Egangning gaplariga quloq sol! Nahotki Men Isroil uchun sahroday bo‘lgan bo‘lsam?! Nahotki, zulmat qoplagan qorong‘i yerday bo‘lgan bo‘lsam?! Nechun xalqim: “Endi ozodmiz, oldingga qaytib bormaymiz”, deb aytadi?
32 Qiz bola taqinchoqlarini unutadimi?! Kelinchak o‘z libosini esdan chiqaradimi?! Yo‘q! Ammo xalqim Meni unutdi, Oradan son–sanoqsiz kunlar o‘tib ketdi.
33 Oshiqlarni topishga naqadar ustasan! Eng buzuq ayol ham sendan o‘rgansa bo‘ladi.
34 Sen kiyimlaringni dog‘ qilding, Aybsiz qashshoqlarning qoniga belading, Ular uyingga o‘g‘ri bo‘lib tushmagan edi. Shunga qaramay sen:
35 “Aybsizman”, deb aytasan. “Egamiz g‘azabidan tushgani aniq”, deysan. “Gunoh qilmadim”, deganing uchun, Men seni jazolayman.
36 Nega sen yengiltaklik qilasan? Nega ittifoqchilaringni o‘zgartirasan? Sen Ossuriyadan yordam olmaganingday, Misrdan ham hech qanday yordam olmaysan.
37 Sen Misrdan chiqib kelasan, Uyalganingdan yuzingni qo‘ling bilan to‘sasan. Zero, sen umid bog‘lagan xalqni Egamiz rad etdi. Sen ulardan hech qanday naf ko‘rmaysan.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18