Yeremiyo 48 bob

1 Mo‘abning taqdiri. 11 Mo‘ab shaharlari vayron bo‘ladi. 26 Mo‘ab sharmanda bo‘ladi. 40 Mo‘ab qutula olmaydi.

1 Isroil xalqining Xudosi — Sarvari OlamMo‘ab haqida shunday demoqda: “Navo aholisining holiga voy! Ularning shahri xarob bo‘ladi. Xiratayim sharmandalarcha mag‘lub bo‘ladi, Uning qal’asi uyatga qoladi, Yer bilan yakson qilinadi.
2 Mo‘abning dovrug‘idan asar ham qolmaydi. Dushman Xashbon shahrini qo‘lga kiritadi, Mo‘ab xalqini ildizidan quritishni reja qiladi. Madmon shahrida sukunat hukm suradi, Qilich uning iziga tushadi.
3 Ana, Xo‘ronaymdan faryod eshitilmoqda! “Xonavayron bo‘ldik!” deya xitob qilishmoqda.
4 “Mo‘ab vayron bo‘ldi–ku!” deya dodlashmoqda. Go‘daklari bo‘g‘ilib yig‘lamoqda.
5 Odamlar achchiq–achchiq yig‘lab, Luxit tepaligiga chiqishadi. Hatto Xo‘ronaymga tushish yo‘lida Achchiq fig‘on ovozlari eshitiladi.
6 Tezroq qoching! Cho‘ldagi yulg‘unday Joningizni saqlab qolishga tirishing!
7 Ey Mo‘ab, sen kuch va boyligingga tayanding, Endi esa mag‘lub bo‘lasan. Xudoying Xamo‘sh surgun qilinadi, Ruhoniylaringu a’yonlaring asir qilib olib ketiladi.
8 Har bir shahringga vayron etuvchi keladi, Birorta shahring omon qolmaydi. Vodiy vayron qilinadi, Yassi tepalik yakson etiladi.” Egamizning kalomi shudir.
9 Mo‘ab uchun qabr toshi tayyorlang, Ko‘p o‘tmay Mo‘ab yo‘q bo‘ladi. Shaharlari vayron qilinadi, Hammasi huvullab qoladi.
10 Egamizning ishidan bo‘yin tovlagan kishi la’nati bo‘lsin! Qon to‘kishdan o‘zini tiygan bunday kishi la’nati bo‘lsin!
11 Mo‘ab yoshligidan bexatar o‘sgan, Tindirilgan sharob kabi tinch yashagan. Go‘yo bir idishdan boshqasiga quyilmagan, Hech qachon o‘z yurtidan surgun bo‘lmagan. Shu bois uning ta’mi o‘zgarmagan, Muattar hidi saqlanib qolgan.
12 Egamiz shunday demoqda: “Ammo shunday kunlar kelmoqdaki, Men Mo‘abga qarshi odamlarni jo‘nataman. Ular Mo‘abni sharob to‘kkanday to‘kib tashlaydilar. Idishlarini bo‘shatib, chilparchin qiladilar.
13 Mo‘ab xalqi o‘z xudosi Xamo‘sh dastidan sharmanda bo‘ladi, Isroil xalqining holiga tushadi. Axir, Isroil ham Baytildagi buzoqqa inonib, Sharmandayi sharmisor bo‘lgan edi–ku!
14 “Biz qahramonlarmiz, Jasur jangchilarmiz”, deb Aytishga qanday haddingiz sig‘di?
15 Xudo Shohdir, Sarvari Olamdir Uning nomi. U shunday demoqda: “Mo‘ab vayron bo‘ladi, Shaharlari bosib olinadi. Eng sara yigitlari qirib tashlanadi.
16 Mo‘abga kulfat yaqinlashmoqda, Falokat unga yelday uchib kelmoqda.
17 Ey Mo‘ab qo‘shnilari, qayg‘uringlar, Ey Mo‘abni taniganlar, motam tutinglar. Aytinglar: “Evoh, saltanat hassasi sindi. Qudratli va ulug‘vor hassa parchalandi.”
18 Ey Dibonda yashaganlar, To‘rdagi o‘rningizdan turinglar, Yerdagi tuproqqa o‘tiringlar. Zero, Mo‘abni halok etuvchi sizga qarshi chiqadi, U qo‘rg‘onlaringizni qulatadi.
19 Ey Arorda yashaydiganlar, Ko‘chaga chiqib kuzatib turinglar! Qochib ketayotgan erkagu ayollardan “Nima bo‘ldi?” deb so‘ranglar.
20 Oh, Mo‘ab sharmanda bo‘ldi, vayron qilindi. Uvvos solib, faryod qilinglar! Mo‘ab xarob bo‘lganini Arnon daryosi bo‘ylarida e’lon qilinglar.”
21 Xudo yassi tepaliklarda joylashgan hamma shaharlarni: Xo‘lunni, Yaxazni, Mifatni,
22 Dibonni, Navoni, Bayt–Diblatayimni,
23 Xiratayimni, Bayt– Gamulni, Bayt–Miyonni,
24 Xariyo‘tni, Bozraxni jazolaydi. Xullas, uzoq–yaqinda joylashgan hamma Mo‘ab shaharlari vayron bo‘ladi.
25 Mo‘abning qudrati sinadi, kuchi kesiladi. Egamizning kalomi shudir.
26 O‘zini Egamizdan ustun qo‘ygan Mo‘abni mast qilinglar. O‘z qusug‘ida o‘zi dumalab yotsin, odamlarga kulgi, masxara bo‘lsin.
27 Ey Mo‘ab, esingdami, Isroil ustidan kulgan eding! U o‘g‘rimidiki, u haqda gapirganingda boshingni chayqagan eding!
28 “Ey, Mo‘ab aholisi! Shaharlarni tark eting, Qoyalar orasida yashab yuravering. Tog‘ darasida in qurgan kabutarlarday bo‘ling.
29 Eshitganmiz Mo‘abning mag‘rurligini, Manmanligi, kiborligi, takabburligini! Naqadar takabburdir u! Nihoyatda gerdayib ketgan!”
30 Egamiz shunday demoqda: “Men bu xalqning surbetligini bilaman. Ular behuda maqtanadilar.
31 Shunday ekan, Mo‘ab uchun men yig‘layman, Butun Mo‘ab xalqi uchun faryod qilaman. Xir–Xarasot aholisi uchun ko‘z yosh to‘kaman.
32 Ey Sivmo qishlog‘ining uzumzorlari, Men ham Yazir shahri singari sizlar uchun qayg‘uraman. Sizning novdalaringiz o‘sib ketdi, Hatto O‘lik dengizdan ham oshib o‘tdi, Shoxlaringiz Yazir shahrigacha yetdi. Ammo yozgi mevalar va uzumlaringizga Zararkunanda tushdi.
33 Mo‘abning hosildor yerlarida Shodligu xursandchilik barham topdi. Men uzum siqish chuqurlardagi Sharobni tortib olaman. Endi hech kim shodlikdan hayqirib uzum ezmaydi, Shodon qiyqiriqlar endi eshitilmaydi.”
34 “Xashbon, Elaley ahli faryod chekadi, Ularning ovozi Yaxazgacha eshitiladi. Sadosi Zo‘vardan Xo‘ronaymgacha jaranglaydi, To Eglat–Shalishiyogacha yetib boradi. Hatto Nimrim suvlari nobud bo‘ladi.
35 Egamiz shunday demoqda: Mo‘ab sajdagohlarida qurbonlik qilganlarni yo‘q qilaman, O‘z xudolariga atab tutatqi tutatganlarni o‘ldiraman.
36 Qalbim nay kabi nola qilib, Mo‘ab uchun qayg‘urmoqda. Ha, qalbim nay kabi, Xir–Xarasot odamlari uchun yig‘lamoqda. Axir, ularning yiqqan boyligi yo‘q bo‘ldi.”
37 Qayg‘udan hamma sochini oldirgan, Hamma soqolini qirib tashlagan, Hamma qo‘llarini tilgan, Bellariga qanor o‘rab olgan.”
38 Egamiz shunday demoqda: Mo‘abdagi hamma tomlar ustida, Hamma shahar maydonlarida Faqat marsiya aytiladi. Zotan Men Mo‘abni sindirib tashlayman, Keraksiz idishday chilparchin qilaman.
39 Mo‘ab chil–chil sinadi! Odamlari achchiq–achchiq yig‘laydi! Sharmandalikdan Mo‘ab yuzini yashiradi! Mo‘ab hammaga masxara bo‘ladi, Uning ahvolidan qo‘shni xalqlar vahimaga tushadi.”
40 Egamiz shunday demoqda: “Qaranglar! Dushman burgut singari Mo‘abga hujum qilmoqda, Qanot kerib Mo‘ab uzra parvoz etmoqda.
41 Mo‘ab shaharlari endi olinadi, Qal’alari qo‘lga kiritiladi. O‘sha kuni Mo‘ab lashkarlari vahimaga tushadi, Ular dard tutgan ayol kabi bo‘lib qoladi.
42 Axir, Mo‘ab o‘zini Egamizdan ustun qo‘ydi– da, Endi u nobud bo‘ladi.
43 Ey Mo‘ab ahli, sizni vahima, Tuzoq va choh kutmoqda!” Egamizning kalomi shudir.
44 “Vahimadan qochgan chuqurga tushar, Chuqurdan chiqqan esa tuzoqqa ilinar. Men Mo‘abning boshiga Jazo yilini keltiraman.” Egamizning kalomi shudir.
45 “Holdan toygan qochoqlar Xashbon shahri soyasida to‘xtaydi. Ammo olov chiqadi Xashbon shahridan, Alanga chiqadi shoh Sixo‘nning shahridan. Yong‘in butun Mo‘ab yurtini yamlab yutadi, Isyonkor odamlarning boshini yeydi.
46 Ey Mo‘ab, holingga voy! Xamo‘shga sig‘inganlar nobud bo‘ladi, O‘g‘il–qizlaring asirlikka tushadi.
47 Ammo keyinchalik Men Mo‘ab xalqini yana farovonlikka erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir. Mo‘ab to‘g‘risidagi bashoratlar o‘z nihoyasiga yetdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18